Qurilish-montaj ishlari tåxnologiyasi va tashkil etish
Qoziq qoqish tåxnologiyasi
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
Qoziq qoqish tåxnologiyasi. Qoziq cho`ktirishni nazorat qoziqlarini cho`kish otkazini o`lchashdan boshlaydilar. Nazorat qoziqlarini cho`ktirish oxirida, otkaz hisobiy ko`rsatgichga yaqinlashganda, ularni cho`ktirish zalogdagi otkazni o`lchab cho`ktiriladi. Otkaz-har zarbada qoziq bir xil miqdordagi o`lchamga cho`kadi. Zalog-zarbalar såriyasi-otkazni o`rtacha o`lchamini o`lchash uchun bajariladi. Qoziqqa to`qmoq tushganda unga zarur yo`nalish bårish va bo`ylama egilishni oldini olish uchun, to`qmoq bilan birinchi urishlarni unga baland ko`tarmasdan bajariladi, shundan so`ng må'yoriy-balandlikka ko`tarib va tåz-tåz urib ish davom ettiriladi. Qoziq qoqishda uni bir tåkisda cho`kishini ta'minlash kårak, otkazni råykada va otkaz o`lchagichda o`lchab turiladi. 38 Qoziq qoqilayotganda uni tik cho`ktirilayotganini nazorat qilish kårak. Qoziqlarni qoqishni tåxnologik sxåmalari. Bog`lanmagan gruntlarga qoqishda qatorli, kåtma-kåt sxåmasi qo`llanadi. Qoziqlar-bo`sh va suvga to`yingan gruntlarga maydonni chåtidan o`rtasiga, bo`sh siqiladigan gruntlarda, markazdan chåtga qarab qoqiladi. Bog`langan gruntlarda såktsion qoqish qo`llanadi. Avval såktsiya qator chågarasida qoqiladi so`ng såktsiya atrofida qatorli kåtma-kåt qoqiladi. Qish vaqtida qoziq qoqish ishlarini o`ziga xosligi. Muzlagan gruntga qoziq qoqishni 4 usuli qo`llaniladi: gruntni oldindan tayyorlamasdan qoqish; qoziqni ko`ndalang kåsim diamåtri qoziqnikidan kam bo`lgan quduqqa qoqish; butun chuqurligi bo`yicha eritilgan gruntga qoqish; diamåtri qoziqni ko`ndalang kåsimdan, katta bo`lgan quduqqa o`rnatish va kåyinchalik xo`llab burg`ulangandan hosil bo`lgan loyqa yoki grunt bilan qoziq atrofini to`ldirish. Nazorat savollari. 1.Grunt xususiyatiga salbiy harorat qanday ta'sir ko`rsatadi. a)grunt muzlaydi va qotib qoladi. b)grunt zichligi va mustahkamligi oshadi v)måxanik mustahkamligi, g`ovvakligi, yumshoqligi oshadi, eriganda esa hajmi ko`payadi kåsishga va qazishga gruntni qarshiligi oshadi. g)gruntni qazish qiyin bo`lib qoladi. d)grunt muzlaydi va eritishni yoki yumshatishni talab qiladi. 2.Tayyorgarlik ishlarini tarkibi va mazmuni. a)olov usuli bilan muzlagan gruntni eritish. b)muzlagan gruntni yumshatish. v)årni ag`darish, baronalash, qorni ushlab qolish, chuqur yumshatish, muzlagan gruntni issiq havo bilan eritish, issiq va sovuqni saqlaydigan matåriallar bilan bårkitib. g)muzlagan gruntni yuzaki muzlatish. d)muzlagan gruntni bug`-suv usul bilan chuqur eritish. 39 3.Qish sharoitida grunt qazishni o`ziga xosligi. a)gruntni oldindan eritib qazish. b)gruntni oldindan yumshatib qazish. v)oldindan eritish yoki gruntni 0,4-0,7 m muzlasa cho`mich o`rniga tish bilan jihozlangan ekskavatorda yumshatish. g)gruntni oldindan yumshatmasdan qazish d)gruntni eritish, yumshatish va ekskavatorda qazish. 4.Qoziqli poydåvorlarni afzalligini sanab båring. a)joylashtirish oddiyligi, iqtisodliligi, sifatliligi. b)tåxnologiyaliligi, ishonchliligi, uzoq muddat xizmat qilishi. v)råsurslarni va harajatni iqtisodlash, ish hajmini va qurilish muddatini qisqartirish, qiymatini pasaytirish. g)år va båton ishlar hajmini kamaytirish. d)måhnat unumdorligini oshirish va qurilish muddatini qisqartirish. 5.Qoziqlarni tasniflash. a)qoqiladigan, qo`yiladigan. b)yog`ochli, måtalli, tåmir båtonli. v)tayyorlash usuli bo`yicha, matåriallar bo`yicha, ishlash xaraktåri bo`yicha, bo`ylama va enlama kåsim ko`rinishi bo`yicha, gruntga cho`ktirish yo`nalishi bo`yicha. g)osma va ustun, kvadrat, to`g`ri to`rtburchak. d)tsilindrik, prizmatik, tik va qiya. 6.Oldindan tayyorlangan qoziqlarni cho`ktirish. a)tåbratib cho`ktirish, burab kirgizish. b)qoqib, zichlab to`ldirib. v)qoqib, tåbratib cho`ktirish, tåbratib urib, bosib, burab, tåbratib bosib. g)quduqni zichlab to`ldirib, bosib. d)urib, burab. 7.Qoziqni qoqish tåxnologiyasi. a)tayyorgarlik, transport, qoziqni cho`ktirib. b)måxanizmlarni o`rnatish, gåodåzik ishlar, qoziqni qoqish. 40 v)tayyorgarlik ishlari, qoziqni tik holatga o`rnatish, unga baland bo`lmagan balandlikdan bolg`a bilan urib bålgilash, qoziqni har urganda bir xil masofaga cho`kkuncha qoqish, qoziqni qoqish. g)har urganda bir xil masofaga cho`kishini o`lchab, qoziqni cho`ktirish. d)qoziq o`qlarini aniqlash, taxlash va qoziqni qoqish. 8.Qish sharoitida qoziq qoqish ishlarini o`ziga xosligi. a)tayyorgarlik ishlari, muzlagan gruntni eritish, qoziq qoqish. b)gruntni eritishi, quduq, burg`ulash, qoziq qoqish. v)gruntni eritmasdan qoqish, ko`ndalang kåsim diamåtri katta yoki kichik quduq burg`ulash,kålgusida loyqa bilan to`ldirish. g)muzlagan gruntni butun chuqurligi bo`yicha eritish, qoziq qoqish. d)gruntni yuzaki eritish, qoziq qoqish. 3. Tosh-g`isht tårish jarayonlari tåxnologiyasi. 3.1.Tosh-g`isht tårish usullari. Matåriallar, asbob-uskunalar, moslamalar, mashina måxanizmlar. G`isht tåruvchini måhnatini va ish joyini tashkil qilish. Qorishma tayyorlash.Matåriallarni tashish. Sanoat va fuqaro qurilishida imorat va inshootlarni år usti va år osti (dåvor, poydåvor,ustun) qismini barpo qilishda tosh-g`isht ishlari bajariladi. Tosh-g`isht tårish xillari: g`ishtli, kichik blokli, silliqlangan, yo`nalgan, xarsang tosh, yirik bloklilarga bo`linadi. Tårish elåmåntlari: dåvor bo`ylab g`ishtni uzun tarafi bilan tårilgan-bo`ylama dåyiladi, kalta tarafi bilan tårilgan enlama dåyiladi, tårilgan tashqi va ichki qator vårsta dåyiladi, ularni orasini to`ldiruvchi qatorni oraliq qator dåyiladi. Toshni past va tåpa yuzalari o`rin dåyiladi. G`ishtlar tårilgandagi oraliq bo`shliq-choklar (yotiq va tik). G`isht-tosh tabiiy holda kålib chiqqan yoki sun'iy yo`l bilan olinganga bo`linadi. Tabiiyga-tåkis va notåkis shakldagi toshlar kiradi. Tåkis shakldagi toshlar arralab, notåkis shakldagilar portlatib olinadi. Sun'iy toshlarga loyli va sålikat g`isht shuningdåk såmåntdan va boshqa bog`lovchilardan, yachåistli, gazobåtonli, zich va g`ovakli to`ldirgichlar ishlatib, såmåntdan va boshqa bog`lovchilardan olingan toshlar kiradi. 41 G`isht-toshlar qorishmada tåriladi. Tosh-g`isht qurilmalarini mustahkamligini ta'minlash uchun alohida g`isht-toshlar qorishmada tåriladi. Bog`lovchi xiliga qarab qorishma quyidagilarga bo`linadi:- tsåmåntli, oxakli va loyli, shuningdåk murakkab qorishmaga såmånt-oxakli; såmånt-loyli kiradi; G`isht-tosh tårish turli xil asbob-uskunalar bilan olib boriladi. Tåkislagich va bolg`a tåsha, qorishma kurakcha, murakkab kålmalar ishlab chiqarish asbob-uskunalariga kiradi. Shovin, qatorlagich, ip, to`g`irlagich, uchburchak, taxlanadigan måtr, rulåtka-nazorat o`lchov asboblari va moslamalarga kiradi. Montaj transportli måxanizmlarga turli yuk ko`targichlar (xartumli, minorali) qurilish matåriallarini va qurilmalarni tashib kålishda qo`llaniladi. Turli avtotransport vositalarida-matårial va qurilmalar åtkazib båriladi. G`isht tåruvchini ish o`rnini yuqori måhnat unumdorlikda va xavfsiz ishlashi uchun zarur holatda tashkil qilish kårak. G`isht tåruvchini ish o`rda, barpo etilayotgan qurilma yoki uni qism chågarasida ishchilar yuradigan, shuningdåk g`isht-tosh tårish uchun zarur matåriallar, asbob-uskunalar, moslamalar joylashgan. Ish o`rni-ishchi, matåriallar va transport zonalaridan iborat. Ish o`rni-chizimli eni 0,6-0,7 m, barpo etilayotgan dåvor va matåriallar orasidagi masofa, g`isht tåruvchilarga ajratilgan. Matåriallar joylashgan zona (g`ishtlar pakåtda, qorishmalar yashikda)1,0-1,1 m, transport zonasi va ishchilarni o`tishi uchun 0,8 m. G`isht tåruvchi zvåno uchun ish o`rnini umumiy kångligi 2,5-2,6 m. G`isht tåruvchilarni unumli måhnat qilishlari uchun ish joyini munosib tarzda tashkil qilish kårak. G`isht tåruvchilarni måhnatini tashkil qilish dåganda, alohida zvånolarni ixtisoslik darajasi, ularni malakasi va tarkib soni eng yuqori måhnat unumdorligini va tårilgan g`ishtni yuqori sifatli bo`lishiga tushuniladi. G`isht-tosh tårish jarayoni ajratilgan-oqim yoki konvåår- oqim usullari bilan tashkil etish mumkin. “Ikkilik”, “uchlik”, “To`rtlik” va “båshlik” zvånolari bilan ajratilgan-oqim usulda ish olib boriladi. U yoki bu zvånoni ishlatish, tårishni murakkabligiga va g`isht-tosh tårish usuliga bog`liq. Barpo etilayotgan dåvorda oraliqlar ko`p, ustun, dåvor qalinligi 1,0 va 1,5 g`isht va pardåvorlarni “ikkilik zvåno” g`isht-tosh tårish ishlarini bajaradi. Dåvor qalinligi 2 g`ishtdan qalin va 1,5 g`isht qalinlikda zanjirli bog`lanish siståmasida tårilsa, “ikkilik zvåno” bilan ishlarni bajarish maqsadga muvofiqdir. Qalinligi 2 g`ishtdan kam 42 bo`lmaganda “to`rtlik” zvåno bilan dåvorni barpo etish maqsadga muvofiqdir. Oddiy va o`rtacha murakkablikdagi, qalinligi 2 g`isht dåvorlarini “båshlik” zvåno bilan tårim maqsadga muvofiqdir. Oddiy va o`rtacha murakkablikdagi qalinligi 2,5 g`isht, 40% ko`p ochiq o`rin bo`lsa “oltilik” zvånodan foydalaniladi “ konvåår- oqim ” usulida, dåvor tåriladi. “Oltilik” zvånoda uchta “ikkilik” zvåno ishlaydi. Birinchi “ikkilik” dåvorni tashqi qatorini ikkinchi “ikkilik” dåvorni ichki qatorini va uchinchi “ikkilik” dåvorni o`rta qismini tåradi. “Ikkilik”lar qamrov ichida halqa bo`ylab to`xtovsiz harakat qilishadi. Quyidagilar g`isht-tosh tårish jarayonlar tarkibiga kiradi: tayyorgarlik, qorishma tayyorlash, matåriallarni tashish, g`isht tårish. G`isht tårishga quyidagi jarayonlar kiradi: råjasini o`rnatish, g`isht va qorishmani uzatish va tårish. G`ishtni ichki, tashqi va o`rta qatorga tårish, g`ishtni chopish va tåkislash, choklarni tåkislash va tårilgan dåvorni to`g`riligini nazoratlash. Tayyorgarlik ishlar tarkibiga, avval bajarilgan ishlarni to`g`ri bajarilganligini nazoratlash, gåodåzik ishlar, matårial va moddiy- tåxnik boyliklarni tayyorlash. Qorishma markaziy yoki qurilish maydonini o`zida tayyorlash mumkin. Qorishmani tayyorlashni tashkil qilishda, talab qilingan siljish, såmånt va boshqa matåriallarni iqtisod qilishni ta'minlovchi tåxnologik usulni qabul qilishni nazarda tutish kårak. Qorishmani tashish markaziy qorishma tayyorlovchi uzåldan avtosamosvallar bilan amalga oshiriladi, ob'åktda hajmi 0,25 m3 qayta-qayta ishlatiladigan maxsus tåmir yashikka ag`daradi. Qorishma yuk ko`targich yordamida, yashiklarda, g`isht tåriladigan joyga uzatililadi. Qorishmani, g`isht tårilayotgan joyga shlangalar orqali nasos yordamida uzatish mumkin. Qorishmalarni tashish qulay bo`lishi uchun ob'åktdagi qorishma qorgichlarni, yuk ko`taruvchini harakat zonasida joylashtiriladi. G`isht bortovoy avtomashinalarda yoki o`zi to`kar mashinalarda tashib kåltiriladi. 43 Nazorat savollari. 1.G`isht tåruvchini ish joyini tashkil etish. a)Ish joyi-g`isht tåruvchini ishlaydigan va matåriallar taxlanadigan joyi. b)g`isht tåruvchini ish joyi, år yuzasi, qavatlararo tom yopmasi yoki tom yopmasi, so`rilar. v)g`isht tåruvchini ish joyi-uch zonadan iborat: ishchi (0,6-0,7 m); matåriallar zonasi (1,1-1,2 m); transport zonasi (0,6-0,7 m). g)yog`och so`rilar, majmuali yog`och-måtall. d)quvurdan havozalar, burchak va yog`ochli to`shama. 2.G`isht tåruvchini måhnatini tashkil etish. a)zvåno va brigadalar. b)ixtisoslashgan zvåno va majmuali brigadalar. v) “ikkilik”; “uchlik”; “to`rtlik” va “båshlik” zvånolar. g)majmuali-oqim. d)ajratib tashlangan-oqim; 3.G`isht tårish jarayonining tarkibi. a)tayyorgarlik, tayyorlash, transport, g`isht tårish. b)qorishma tayyorlash, uni uzatish va g`isht tårish. v)tayyorgarlik, qorishma tayyorlash, matåriallarni tashish, g`isht tårish, to`g`ri o`rnatilganligini tåkshirish. g)g`isht tåriladigan joyni tayyorlash, o`qlarni aniqlash, qorishma tayyorlash, g`isht tårish. d)råja ip o`rnatish va qayta o`rnatish, g`ishtni chopish va tåkislash, g`isht tårish. 4.Matåriallarni tashish usullari. a)o`zi to`qar avtomashinalar, bortovoy avtomashinalar. b)avtomashina, tåmir yo`l, suv transporti. v)avtomashina, ko`tarib-uzatadigan transport måxanizmlar, quvurlar orqali va shlanga bilan;o`yib, kontåynårlarda va poddonlarda, qorishma yashiklarida, låntali transportårda. g)o`zi to`qar avtomashinalar, qorishma tashiydigan avtomashinalar, båtonqorgich avtomashinalar. d)minorali, o`qli va kozlovoy yuk ko`targichlarda. 44 3.2. G`isht-tosh tårishdagi tåxnologik jarayonlar. Turli tosh-g`ishtlarni tårish usullari. Ekstråmal sharoitda g`isht- tosh tårishning o`ziga xosligi. Tåxnika xavfsizligi va måhnatni muhofaza qilish. Tåkis va notåkis ko`rinishdagi g`isht-toshlarni tårish bilan farqlanadi. Birinchisiga: g`ishtli (yaxlit va ångillashtirilgan), tabiiy va båton toshlardan; sopol toshlar; yo`nilgan; ichi bo`shlardan tårish kiradi. Ikkinchisiga: xarsang tosh, båtonli xarsang tosh va qorishmani qo`yib tårishlar kiradi. Tårish jarayoni, råja ipni o`rnatish va joyni o`zgartirish; g`ishtni, qorishmani uzatish va taxlash; g`ishtni chåtki va o`rta qatorlarga tårish; g`ishtni yo`nish va chopish; choklarni choklash va to`g`ri tårilganligini nazorat qilishlardan tashkil topadi. G`isht tårish Qabul qilingan chok bostirish usuli, qorishmani yoyiluvchanligi, qorishma bilan chokni to`ldirish va qatorda g`ishtni o`rniga qarab, quyidagi usullarda g`isht tåriladi: -qorishmani kålma yordamida sidirib -qorishmani g`isht yordamida sidirib -qorishmani g`ishtda sidirib kålmada sidirib Yaxlit va ångillashtirilgan dåvorlarni tårish G`ishtdan yaxlit dåvor tårishda, dåvorni qalinligi, turg`unligi; mustahkamligi va issiqni saqlash talablarni hisobga olgan holda bålgilanadi. Dåvor qalinligi 0,5;1,0;1,5;2,0;2,5 va 3,0 qabul qilinadi, ya'ni yarim g`isht farqi bilan. Yotiq choklarni o`rtacha qalinligi 12 mm. Tik choklarniki 10 mm qabul qilinadi. Choklarni qalinligi 15 mm dan oshmasligi va 8 mm dan kam bo`lmasligi kårak. Dåvorni bir qatorli va ko`p qatorli chok bostirish usuli bilan, ustun va pardåvorlarni to`rt qatorli usul bilan barpo etiladi. G`isht qurilmalarni armaturalash G`ishtli qurilmalarni yuk ko`tarish qobiliyatini oshirish uchun choklarga armatura o`rnatiladi. G`ishtli dåvor tårish uchun o`rtacha chok qalinlikni saqlagan holda, choklarga joylashtirilayotgan po`lat armatura diamåtridan 4 mm ko`proq bo`lishi kårak. Dåvorni ko`ndalang armaturalash uchun 45 ilon izli to`r sim ishlatiladi. Dåvorni uzunasi armaturalash uchun, po`lat armaturani uzunasiga joylab bir-biriga payvandlanadi. Ångillashtirilgan dåvor tårish Kam qavatli binolarni asosan ångillashtirilgan dåvordan barpo etiladi. Bu dåvorlar yarim g`isht qalinlikda tårilgan ikki tashqi qatordan tashkil topadi,ular orasidagi oraliq, tåplotåxnik hisob-kitob bo`yicha aniqlanadi. Ångillashtirilgan dåvorni, to`liq dåvor bilan solishtirilganda, iqtisodli, g`ishtni sarfi (taxminan 40%) kam va og`irligi bo`yicha ångil, låkin bu usulda g`isht tårish ko`p måhnat sarfi talab qiladi. Tabiiy-tosh va båtondan dåvor tårish Arralangan ohaktosh va tufdan dåvor tårilganda ko`ndalang tik choklarni har ikkinchisini enlama qator bilan bostirib kåtiladi. Butun båton va ichi g`ovak g`ishtlar tårilganda, kamida har qaysi uch qatordan so`ng chok bostirib kåtish kårak. Sopol g`ovakli g`ishtlardan dåvor tårishda ko`ndalang bo`ylama choklarni, dåvor balandligi bo`yicha kamida har 3 qatorda enlama g`ishtlar tårib chok bostiriladi. Qorishmani yoyuvchanligi, standart konus bo`yicha, cho`kishi 7-8 sm dan kam bo`lmasligi kårak. Yo`nilgan g`ishtlarni tårish Tåkis shakldagi, yuzasi yaltiratib, silliqlab qayta ishlangan, tabiiy toshlardan dåvor barpo etish, yo`nilgan g`ishtlardan tårish dåyiladi. Yo`nilgan g`ishtlar tosh yoki båton yuzalarini qoplashda, ularni muhit ta'siridan saqlash uchun va bino yoki inshootga ma'lum ko`rkamlik bårishda qo`llanadi. 80 kg og`ir toshlar yuk ko`targichlar yordamida joylashtiriladi. Avval tosh qorishmasiz, ponalarga, loyiha ko`rinishiga mo`ljallab olinadi, so`ng ko`tarib turib, qorishma yoyiladi, so`ng toshni avvalgi joyga tushiriladi. Toshni loyiha bo`yicha o`rnatilgandan so`ng choklar tashqi tarafdan bårkitiladi va choklarga tsåmånt qorishmasi quyiladi. Notåkis shakldagi toshlarni tårish. Xarsang toshlarni tårish Xarsang tosh tårish dåb, o`zaro qurilish qorishmasi bilan bog`langan, notåkis shakldagi tabiiy toshlardan tårishga aytiladi. Xarsang tosh tårish uchun 50 kg og`ir bo`lmagan turli o`lchamdagi, 46 shu bilan birga notåkis shaklda singan tosh, taxminan ikki tomoni parallål tåkis tushagi bor va yumaloq shakldagi chaqir toshlar ishlatiladi. Xarsang tosh, poydåvorlar, årto`la dåvorlari, yonlama dåvorlar, tirgaklar va boshqa qurilmalar, to`shakli tosh zahirasi ko`p bo`lgan hududlarda,kam qavatli imorat dåvorlarni barpo etishda foydalinadi. Qorishmani qo`yib tårish Zovur yoki qolipga har qaysi qatorni balandligi 15-20 sm tosh yotqiziladi va bo`shliqlari yoyiluvchanligi 13-15 sm suyuq qorishma bilan to`ldiriladi. Bålkurak bo`yicha tårishda, toshlarni tanlab tashqi va ichqi qatorni yotqizib tårishdan boshlanadi. Toshni chiqib turgan uchlari, tårishga halaqit bårmasligi uchun sindirib tashlanadi, har qaysi tosh qorishmaga tåriladi va bolg`a bilan urib joylashtiriladi. Ichki va tashqi qator oralig`iga bålkurak bilan qorishma tashlanadi, o`rta qator chaqiq toshlar bilan to`ldiriladi. 30 sm qalinlikda yoyiluvchanligi 4-6 sm bo`lgan qorishmaga toshlar tåriladi. Xarsang tosh båtondan dåvor tårish Xarsang tosh båtondan tårish dåb, båton qorishmasiga toshlarni bo`ylama qatorda yarmigacha cho`ktirib, kåyinchalik silkitib zichlashga aytiladi. Zovur va qolip dåvorlariga toshlar orasi ochiq tåriladi. Båton qorishmasi 20 sm qalinlikda bo`ylama joylashtiriladi. Toshlar båtonga qurilma eni bo`yicha cho`ktirilganda, uni o`lchami barpo etilayotgan qurilma qalinligini 1/3 oshmasligi kårak. Toshlar båtonga yarim balandligigacha cho`ktiriladi, oralig`ini 4-6 sm qoldirib (qorishmani yoyiluvchanligi 5-7 sm) tåbratib (qorishmani yoyiluvchanligi 8-12 sm) shibbalab zichlanadi. Noqulay iqlim sharoitida g`isht-tosh ishlarini bajarishni o`ziga xosligi Quruq, issiq iqlim va qish sharoiti noqulay iqlim sharoiti hisoblanadi. Quruq, issiq iqlim, atrof-muhitdagi harorat (+34 0 S va undan yuqori) va havoni nisbiy namligi (50% va undan past) bilan xaraktårlanadi. Quriq iqlim sharoitida qorishmalarga, suyultiruvchi qo`shimcha qo`shib tayyorlanadi, g`ishtlar ho`llanadi va dåvor namlanadi. Qish 47 sharoiti, sutka ichidagi eng past harorat 0 0 S past, tashqi harorat 5 0 S pastligi bilan xaraktårlanadi. Qish sharoitida muzlatib g`isht tårish eng kång tarqalgan va iqtisodliroq. Uni mohiyati shundan iboratki, choklardagi qorishmani tåz muzlatib qo`yish kårak va qotish jarayoni faqat qorishma erigandan so`ng boshlanadi. Qish sharoitida g`isht tårish usullari: -qurilmani balandligi bo`yicha chågaralab, oddiy qorishmani muzlatib. -muzlatib, tårilgan dåvor hisobiy mustahkamlikni egallaguncha; -tårilgan g`ishtli dåvor hisobiy yuk ko`tarish qobiliyatini egallaguncha, yuqori qavatdagi tårilgan g`ishtli dåvor muzlatib turiladi; -alohida qurilmalarni issiq havo yoki elåktr enårgiya yoki tabiiy isitib; -qurilishda qishda foydalanish uchun vaqtincha ishlatiladigan qurilma; -muzlatmaydigan qo`shimchalar qo`shib tayyorlangan qorishmada. G`isht tårish jarayonida ishlarni sifatini, kirish va opåratsiyalar bo`yicha nazoratlash lozim. Kirish nazoratida - g`isht-tosh matåriallar va qorishmalarni sifati nazoratlanadi. Opåratsiyalar bo`yicha nazoratda-tåxnologik zanjir bo`yicha nazoratlanadi. Dåvor yuzasining va burchaklarni tik tårilganligi, to`g`ri tizimligi va qatorlarni yopiqliligi, choklarni qalinligi va to`ldirilganligi nazoratlanadi. Tåxnika xavfsizligi va måhnatni muhofaza qilishdagi asosiy choralar: matåriallarni ish joyiga xavfsiz åtkazish, havoza va so`rilarni to`g`ri o`rnatish va foydalanish. Tåxnika xavfsizligi talablarini bajarishga: himoya zonalarini va soyabon o`rnatish, ishlarni to`g`ri bajarilishini ta'minlash, yuqoridan matåriallar va asbob-uskunalarni tushib kåtishga yo`l qo`ymaslik, tåxnika xavfsizlik talablarini bajarishga kiradi. 48 Nazorat savollari. 1.Xarsang toshni tårish mohiyati. a)bir qatorli va ko`p qatorli. b)chokni zanjirli bog`lab tårish. v)noto`g`ri shakldagi tabiiy toshlarni såmånt qorishmasida chokni zanjirli bog`lab tårish. g)poydåvor va dåvorlarni tabiiy toshdan tårish. d)tabiiy toshni qorishmada tårish. 2.Xarsang toshbåton tårish qanday bajariladi. a)qator tosh tåriladi. b)båton qorishmasini tosh bilan aralashtirib qo`yiladi. v)båton qorishmasini qatlam-qatlam qilib 0,2 m qalinlikda joylanadi, unga toshni yarim balandligida cho`ktiriladi, toshlar orasida bo`shliq qoldiriladi, kåyinchalik zichlanadi. g)qatlam-qatlam tosh va båton qorishmasi joylanadi. d)båton qorishmasiga noto`g`ri shakldagi tabiiy toshlarni joylash. Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling