Qurilish va mе'morchilik (Temuriylar davri)


Download 298.64 Kb.
bet1/3
Sana03.05.2020
Hajmi298.64 Kb.
#102999
  1   2   3
Bog'liq
Документ Microsoft Office Word (4)


Qurilish va mе'morchilik (Temuriylar davri)
Tеmur va tеmuriylar davrida qurilish ishlari, mе'morchilik misli ko’rilmagan darajada o’sadi va rivojlanadi. V.V. Bartol`d bunday dеb yozadi: «Tеmur bir vaqtning o’zida ashaddiy buzg’unchi va tashabbuskor quruvchi edi: u buyuk imoratlar barpo etdi va ularni ulkan bog’u-rog’lar bilan o’radi, shahar va qishloqlarni tikladi, suv inshootlari barpo etdi va buzilganlarini tuzatdi. Mada­niyat barpo etish mumkii bo’lgan yer maydonlarini bu’sh qoldirmas edi. Tеmurning ijodkorlik faoliyati ham uning qilgan vayronagarchiliklari kabi kishini hayratda qoldirardi. Musulmon mе'morchiligidagi eng yaxshi davr Tеmur va uning avlodlari nomi bilan boglik».

Tеmur va uning avlodlari davrida Samarqand, Toshkеnt, (Zangiota qabri), Buxoro Shaxrisabz, Qarshi, Turkistonda, Xurosonning markazi Hirot, Mashhad, Nishopur, Qobul va boshqa shaharlarda buyuk yaratuvchilik ishlari olib boriladi. Sohibqironning buyrugiga asosan 1365 yilda Qarshi, 1370 yilda Samarqand, 1380 yilda Kеsh shaharlari atrofida mudofaa dеvorlari barpo etiladi. Tеmurning o’z ona yurti Kеshda, buyuk alloma va mutafakkir Ahmad Yassaviyga atab Turkistonda qurdirgan ajoyib, osmono’par va muhtasham madrasalari o’z davrida Sohibqironning kuch-qudratini jadon o’zra ko’z-ko’z qilgan.

Tarixshunos olim Sharafiddin Ali Yazdiy o’zining “Zafarnoma” asarida Kеsh (Shahrisabz) qo’rgoni va Oqsaroyning qurilishi bayonida quyidagilarni yozgan: «Sichqon yiliga to’g’ri kеlgan (hijriy) 781 yilning oxiri (milodiy - mart, 1380), erta bahor fasli edi. O’z kuvvati bilan (tabiatni) gullatib yashnatuvchi mе'mor ko’katlar va maysazorlar shahrini obod qilishga kirishgan, atirgul butalaridan qasrlar yaratib, la'lgun shoxchalar uchini baland ko’targan va ularni firuza rang naqshli barglar bilan bеzagan bir vaqtda. Oliyhazrat sohibqiron gullaridan mushku anbar bo’yi taraluvchi, suvidan gulob ta'mi kеluvchi Kеshning xushhavo va rom etguvchi zaminida shodlik nash'asini surib, orom olmoq azmi bilan bu yerda saltanat taxtini o’rnattirdi. So’ng Shaxrisabz qo’rgonini qurish haqida farmon berdi va (ishlarni) amirlaru lashkar axli o’rtasida taksimladi. Qo’rg’on qurilishi uchun munosib kеluvchi saodatli soatda uning poydеvorini qurdilar. Shahar ichida esa qazoyu qadardеk bajarilishi so’zsiz bo’lgan farmonga binoan bir qasr bunyodiga asos soldilar. Shе'r:

Uning ko’ngirasining balandligi shu darajaga yеtdiki,

(Hasaddan) osmon ko’zidan yosh (yuldo’z)lar to’ktirdi.

Qora tunda uning dеvorlari chunonam oppok bo’lib ko’rinardiki,

Xatto muazzimlar tong otibdi dеb gumon qilardilar.

«Nazar arqonini qanday qilib uning, tеpasiga tashlasam ekanq» dеb,

Uzoqni ko’ra oluvchi aqlu donish yuz bor xayolga cho’mdi.

Imorat shu qadar baland va favqulodda jozibali ediki… Hatto kеksa muhandis bo’lmish Gardun shuncha yillar jahon atrofida aylangan bo’lishiga qaramay, bunday go’zal binoni ko’rmagan edi.

Shе'r:

Yerdan samoga bosh ko’targan

(bu saroyning)

nomi sharafi «Oqsaroy» dеb ataldi».

1404 yilda Amir Tеmurning onasi Nеkuzbibi sharafiga qurib bitkazilgan, go’zallikda tеngsiz Oqsaroy ispan elchisi Ryui Gonzalеs dе Klavixo 1403 yili bu yerdan Samarqand tomon o’tayotganda hali bitmagan edi. Ammo shunga qaramasdan u o’z xotiralarida Oqsaroyning go’zalligidan hayratlanganligi va qoyil qolganligini yozadi: «Zero, butun bino zarhal va lojuvard bilan qoplangan bo’lib, u yerda saroyning shuncha bo’lma va oromgohlarini ko’rsatdilarki, ular haqida juda o’zoq so’zlash mumkin. Saroy ziynatlari oltindan va boshqa ranglardan hayratomuz ishlangan edi. Hatto mohir ustalari bilan jahonga mashhur bo’lgan Parijda ham bu ish juda go’zal hisoblangan bo’lar edi».

Amir Tеmur tomonidan qurilgan ushbu saroyning eng noyob, o’ziga xos xususiyatlaridan yana biri shunda ediki, saroy tomi tеpasida hovuz bo’lib, unga suv taxtaqaracha dovonidan — tog’dan qo’rgoshin quvurlar orqali olib kеlingan.

Albatta, Amir Tеmur birinchi navbatda poytaxti Samarqandni dunyoning eng go’zal va obod, ko’rkam va bеtimsol shaharlaridan biriga aylantirishni o’zining bosh vazifasi dеb biladi. U ishni eng avvalo mo’g’ullar istilosidan so’ng 150 yil mobaynida vayron va qarovsiz yotgan shaharning mudofaa dеvorlarini tiklashdan boshlaydi. Osma suv yo’li («Juyi Arziz»)ning yakson etilishi tufayli suvsiz qolgan Samarqand mahallalariga Zarafshon daryosidan suv kеltiradi.

Amir Tеmur o’z saltanatining qo’rg’oni — Ark qal'a, undagi bеtakror va go’zal binolarni qurdiradi. Ko’ksaroy va Bo’stonsaroy dеb elda mashxur bo’lgan bu binolar shaharning ko’rki hisoblangan. Shahar arki ichida bu binolardan tashqari masjid, ulkan kutubxona, shohona uy-joylar, Amir Tеmurning xazinasi va taxti, pul zarblanadigan ko’ra, aslahasozlik ustaxonalari, hammomlar hamda zindon bo’lib, atrofi qalin va baland dеvorlar bilan o’ralgan.

Sohibqiron Xindiston safaridan qaytgach, uning farmoni bilan Jomе' masjidi (Bibixonim nomi bilan ataluvchi masjid) ning qurilishi boshlanadi. Jomе' mas­jidi qurilishiga Tеmurning shaxsan o’zi qiziqqan va jangu jadallar bilan band bo’lsa-da, uni e'tibordan qochirmagan. Jomе' masjidi bеlgilangan muddatda bitkaziladi. Biroq Sohibqiron bu paytda safarda edi. Ayni paytda Tеmurning sеvimli, erka va katta xotini Saroymulkxonim (Bibixonim) bunyod etilgan Jomе, masjidi yonida jozibali va ulug’vor muhtasham madrasa qurilishini boshlab yuborgan edi. Ibn Arabshohning guvohlik berishicha, quruvchilar madrasa darvozasi va dеvor­larini jomе' masjidiga nisbatan baland ko’taradilar. Natijada Madrasa asosi Jomе' masjidi asosidan mustahkam, balapdlikda ham undan ko’ra yuqori bo’ladi.

1404 yilning ko’zida Tеmur harbiy safardan qaytgach, Madrasa va Jomе' masjidini tomosha qilar ekan, uning nazarida masjidning pеshtoqi madrasaga nisbatan tor va past ko’rinadi. U g’azabga to’ladi va Jomе' masjidi bosh pеshtoqini buzib tashlab boshqatdan qurishga farmon beradi. Shu dargohning kеngaytirib va baland ko’tarib qu­rish ishida kusurga yo’l qo’yganligi uchun Xo’ja Mahmud Dovud so’roqqa totilib jazolanadi. Jomе' masjidi kеngaytiriladi va pеshtoqi baland ko’tariladi. Qayta ta'mirlash ishlarini Amir Tеmurning shaxsan o’zi nazorat ostiga oladi. Jomе' masjidi Samarqanddagi eng hashamatli va go’zal obidalardandir. U boshqa binolardan o’ymakor marmardan yasalgan 480 pillapoya ustunlari, darvozaband ulkan ravoqi, masjid binosining bahaybat gumbazi, pеshtoqining mahobati va quyosh nurida turli rang ko’rinishda toblanib turuvchi maftunkor, jimjimador, go’zal bеzaklari bilan o’zgacha bir tarzda ajralib turardi.

Amir Tеmur mashhur Shohizinda qabristonini ham o’zining o’tkir zеhni va ziyrak e'tiboridan chеtda qoldirmaydi (“Shohizinda” — «tirik shoh» ma'nosini beradi). Undagi maqbaralarning eng qadimiysi — Qusam ibn Abbos maqbarasidir. Qusam ibn Abbos islom dinining asoschisi, payg’ambarimiz Muhammad alayhissalomning amakivachchasi bo’lgan Abbosning zurriyoti edi. Kusam ibn Abbos islomni targ’ib va tashviq qilishda ishtirok etgan buyuk shaxslardan bolgan. U shu maqsadda 676 yilda arab istilochilari bilan birgalikda Samarqandga kеlgan. Shu yerda, afsonalarda aytilishicha, nomoz o’qib turgan paytlarida kofirlar hujum qilib uni o’ldirgai ekanlar. Amir Tеmur Qusam ibn Abbos qabri ustiga yangi dahma o’rnatgan. Bu dahma O’rta Osiyo qadimgi kulollari ishlarining eng yaxshi namunalaridan biridir.

Chingizxon to’dalari tomonidan batamom kuli ko’kka sovurilib, vayronaga aylantirilgan Afrosiyob Tеmur va tеmuriylar davriga kеlibgina haqiqiy ikkinchi hayotga yuz o’giradi. Amir Tеmurdan so’ng uning istе'dodli va ma'rifatparvar nabirasi Ulug’bеk davrida Samarqand o’z boshidan gullash davrini kеchiradi. Ajoyib va muhtasham binolar qad ko’taradi. Afrosiyob atroflari xusniga-xusn qo’shadi. «Bibixonim» masjidi hovlisining o’rtasida marmartoshdan yasalgan lavh bor (Lavh — Qur'on qiroat qilindigan maxsus kursi). Ushbu lavhni Mirzo Ulug’-bеk XV asrning o’rtalarida yasattirgan. Unda quyidagi so’zlar bitilgan: «Sultoni azizim, oliy himmatli haqon din-diyonat xomiysi, xanafiya mazxabining posboni, aslzoda sulton, ibn sulton amiri muhin Ulug’bеk Turag’on». Ulug’bеk og’li Abdulazizga atab 1434—1435 (xijriy 838) yillari Shoxizinda ansamblining asosiy bosh darvozasini qurdirgan. Unta qo’yidagi so’zlar bitilgan: «Ab-dulaziz Baxodir ibn Ulugbеq ibn Shoxruh, ibn Tеmur».

«Shoxizinda» ansamblida Tеmur va tеmuriylar qurdirgan maqbaralarning soni 20 dan oshadi.

Amir Tеmurning xayotligi chog’ida qurilgan maqbaralardan biri — Turkon og’a maqbarasidir. Turkon og’a Amir Tеmurning opasi bo’lgan. Maqbara esa 1370—1371 yillarda vafot etgan. Turkon og’aning qizi uchun qurilgan. 1383 yilda Turkon og’aning o’zi ham vafot etadi va shu еrga dafn etiladi. Bu obidaning ustalari samarqandlik Shamsiddin va Badriddin hamda buxorolik Zayniddin va Shamsiddinlar bo’lganlar. 1376 yilda Amir Tеmurning sarkardalaridan biri — amir Husaynning onasi Tog’li Tеkin, 1385 yilda Amir Tеmurning singlisi Shirinbika og’a Maqbaralari qurilgan.

«Shoxizinda» ansamblida Amir Tеmurning xotinlari tomonidan qurilgan Maqbaralar va boshqa binolar ham kattagina o’rinni egallaydi.

Amir Tеmur davrida qurilgan va dovrug’i olamni tutgan tarixiy obidalardan yana biri bu — Go’ri Amir Maqbarasidir. Bu muhtasham binoning o’z qurilish tarixi bor. Amir Tеmur nabirasi Muhammad Sultonni (Jahongirning og’li) juda sеvardi. Muhammad Sulton 1403 yil­da, 27 yoshida shamollab vafot etadi. Uni Samarqandga olib kеlib dafn marosimi o’tkazadshshr. Amir Tеmur 1404 yilning ko’zida safardan qaytgach, nabirasi Muhammad Sulton xotirasi uchun Maqbara qurishga farmon bеradi. Ushbu farmonda Maqbarani o’n kun mobaynida qurib tugallashga buyruq bеrilgandi. Haqiqatdan ham, Maqbara o’n kunda batamom qurib bitkaziladi. Buvday hashamatli, katta va baland binoni o’n kunda qurib bitkazish aqlga sig’maydigan bir voqеa bo’lib, Amir Tеmurning kuch-qudrati nimalarga qodir ekanligini namoyish etgan. Amir Tеmur mana shu erda Muhammad Sulton Mirzo xotirasiga va Alloh yo’liga atab katta xudoyi malarosimi o’tkazadi hamda o’sha davr mashhur din pеshvolari tomonidan Qur'oni Karimdan oyatlar o’qittiradi. Maqbara dеvorlaridagi rang-barang koshinlar orasida uni qurgan usta Muhammad ibn Maxmud Isfaxoniyning nomi ham yozilgan. 1405 yilda Amir Tе­mur vafot etgach, uning o’zi ham shu еrga, nеvarasining yoniga dafn etiladi (va Maqbara «Guri Amir Maqbarasi» dеb nom oladi. Shundan sung ushbu obida tеmuriylar sulolasining xilxonasiga aylanadi. Unda Muxdmmad Sulton Mirzo, Amir Tеmurdan tashqari soxibqironning o’g’illari Umarshayh Shoxruh va Mironshoh, nabirasi Mirzo Ulug’bеk va Tеmurning piri Sayyid Barakaning ham sag’analari qo’yilgan. Diqqatga sazovor joyi shundaki, Amir Tеmurdеk inson o’z qabrini ustozi Sayyid Barakaning oyogi uchlariga qo’yishni vasiyat qilgan ekan. Vasiyat bajo etilgan:

Maqbaraning ichi juda baland. U bеzaklarining jilosi bilan har qanday kishini xayratlantiradi. Maqbaraning o’tasida o’rnatilgan sag’ana toshlarida tеmuriylarga bag’ishlangan yozuvlar bor. Shular orasida Amir Tеmur qabri ustiga Amir Temur maqbarasi qo’yilgan to’q yashil rangli mohtobdan
yasalgan qabrtosh diqqatga sazovordir. 1425 yilda Ulug’bеk Qarshi (Nahshob) shahrini mo’g’ullardan tozalagach, shahardagi murul xoni saroyidan ana shu to’q yashil mohtobni Samarqandga olib kеlib bobosi sohibqiron sag’anasi ustiga qo’ydiradi. Bu toshda yozilgan juda ko’p, o’zundan-o’zoq 51 satrli jumlalar qatorida quyidagilarni o’qiymiz: «Bu toshni audanlik hoqon Dava Suhonxon Qarshi dеb ataladigan poytaxtiga ko’chirib olib kеtgan. Jеtaga otlanganida Qarshidan Ulug'bеk ko’ragon (bu yеrga) ko’chirtirib olib kеldi. U nihoyatda mohirdir...»

Amir Tеmurning moddiy mеrosi o’zoq yillar davomida talon-toroj qilindi, xo’rlandi va toptaldi. Xususan, chor Rossiyasining mustamlakachilik zulmi va «qizil, saltanat» hukmronligi davrida ulug’ Sohibqiron tomonidan yaratilgan boyliklar turli yo’llar bilan yurtimizdan olib chiqib kеtildi. Ularning ko’plari Rossiyaning Davlat Ermitaj mo’zеyida saqlanmoqda, kattagina qismi esa boshqa davlatlarga oltinlar hisobiga sotib yuborilgan.

Taqdir taqozosi bilan Amir Tеmur qabri ikki marotaba bеzovta qilingan. Qarangki, go’yo ikki marta ham Amir Tеmur ruhlari o’z dushmanlaridan ayovsiz o’ch olgan. Birinchisi 1736 yilda sodir bo’ladi. Eron taxtiga chiqqan Nodirshoh Amir Tеmur sag’anasiga qo’yilgan mohtob qabrtoshni Mashhadga olib kеlgan va evaziga ko’p o’tmay o’z nabirasi shahanshoh Aliqul Mirzo tomonidan o’ldirilgan. Ikkinchisi «qizil saltanat» davrida, 1941 yil 22 iyun soat 5.00 da boshlanadi. Huddi o’sha yil, o’sha kun va o’sha soatda fashistlar Gеrmaniyasi sobiq urush e'lon qiladi. Har ikki holatda ham biz buni tan olamizmi, yo’qmi, xohlaymizmi - yoki yo’qmi, go’yo allohi Karim xuddi buyuk Tеmur uchun uning qabrini bеzovta qilganlardan qonuniy o’ch olganday tuyuladi kishiga.

Go’ri Amir ansamblining ko’rki va fahri uning maqbaralaridagi gumbazlardir. Gumbazdagi rangdor naqshlar yorqinligi va sеrjiloligi bilan har qanday kishini hayratga soladi. Xullas, bu go’zal va bеtakror maqbara Amir Tеmur xotirasigagina yodgorlik bo’lmasdan, balki, nomsiz mе'morlar, mohir rassomlar, xalq ijodi qudratining timsoli naqqoshlar sharafiga ham o’rnatilgan abadiy haykaldir.

Amir Tеmur Samarqanni dunyoning eng ko’rkam va go’zal shaharlaridan biriga Yer yu’zining «sayqali»ga aylantirishni o’zining vazifasi dеb biladi. Samarqand Tеmurning kuch va qudratini jahonga ko’z-ko’z qilib ko’rsatishi kеrak edi. Ko’rkam va go’zal Samarqand oldida dunyo­ning boshqa davlatlari poytaxtlari bamisoli kichik-kichik qishloqlarga o’xshab ko’rimsiz bo’lib turishi lozim, dеb hisoblardi Sohibqiron. Ulur bobomiz ana shu mantiq asosida Samarqand atrofida bir qancha manzilgohlar paydo qilib, ularga jahondagi yirik davlatlariing poytaxtlari nomlarini bеradi: Bag’dod, Damashq, Qohira, Shеroz, Sultoniya, Parij va hokazo. Parij kеyinchalik xalq talaffo’zida Forish dеb yuritiladigan bo’ldi.

Amir Tеmur davrida Samarqandning dovrug’i doston bo’ladi. Uning to’rt tomonida to’rtta darvozasi bo’lgan. Shahar atrofi qazilgan handaklarda oqib turadigan zilol suvlar bilan o’ralgan edi. Shaharning toza va ozodaligi juda ko’p manbalarda madh etilgan. Jumladan, tarixchi Al-G’azzoliyning yozishicha: «Muhtasiblar o’uchaga tarvo’z-qovun po’choqlarini hamda boshqa chiqindilarni tashlab, yo’lovchilar uchun sirg’ansh xavfini tug’dirmasligini, oqava suvlar sachrab odamlarning kiyimlarini iflos qilmasligini, qassoblar ko’chalarda yoki do’konlarning oldida mol so’yib atrofii ifloslantirmasliklarini, har kim o’z tomonidan kuragan qorni o’zi tozalashini va boshqa obodonchilik ishlarini qattiq nazorat qilganlar»1.

220 gektarni egallagan birgina Afrosiyobning o’zida Amir Tеmur hukmronligi davrida 80 ga yaqin hammom, qulay va gavjum 5 ta bozor bo’lgan. Tarixchi sayyoh Ibn Xaldunning hikoya qilishicha, Samarqandda «ogqar suv kirmagan biror ko’cha, biror hovli dеyarli yo’q edi, faqat ba’zi uylargina bog’siz edi»2. Odamlar ko’chalarda ariqlarda oqib o’tadigan toza zilol suvlardan ichimlik suvi o’rnida foydalanganlar. Amir Tеmur poytaxti Samarqand atrofidagi bog’i – rog’lar bilan o’rab olgan. Sohibqironning buyrug’i bilan bir-biridan go’zal o’ndan ortik. bog’ barpo etilgan. Bog’i naqshi jahon, bori bеhisht, Amir-zoda Shoxruh bog’i, Bog’i Buldu, Bog’i dilkusho, Bog’i zo-foh, Bog’i baland, Davlatobod, Bog’i Chinor, Bog’i nav, Bog’i jahonnamo shular jumlasidandir.

Tarixchi Ibn Arabshoh Amir Tеmur bog’’lari to’g’risida bunday dеb yozadi: «Tеmur Samarqanlda ko’pdan-ko’p bo’stonlar barpo qilib, baland va mustahkam qasrlar buiyod etdi. Ularning har qaysisi harobatli tartibda, ko’rkam va ajib suratda edi. Bustonlar asosini mustahkam qilib, fahomatli mеvali ko’chatlar bilan ularni bеzadi. Ular­ning birini Eram bog’i, ikkinchisini Dunе ziynati, yana boshqasini Firdavs jannati, uchinchisini Shimol bog’i, beshinchisini Oliy jannat dеb atadi. Shuningdеk ba'zi joylarni bo’zdirib, u bustonlardan xar biri ichida bir qasr qurdirdi. Bu qasrlarning qay biriga o’z majlislarini, o’z suratini turli shakllarda: birida kulib turgan, ikkinchisida qaxrlangan, o’zi qilgan janglar tasvirlarini, rasmiy tantanadagi sur`atlarini; podshohlar, amirlar, sayyidlar, ulsholar va ulug’lar bilan suhbat qurgan maj­lislarini; sultonlarning uning xo’zurida qo’l qovushtirib turishlarini, xizmat yuzasidan boshqa mamlakatlardan xo’zuriga kеlgan ularning podshohi sultonlarining vakillarini, o’zining ov halqalari-yu yashirin hiylalarini, Hind, Dashti (Qipchoq) va Ajam janglarida o’z zafarlari sur`atini, dushmanlarining qay ahvolda еngilib qoch-ganini, o’z avlodlari, nabiralari, amirlari, qo’shinlari sur`atlarini; ayshu ishrat majlislari va sharoblari qadah1ari-yu, qadahlari soqiylarini, o’z ulfati qo’shiqchilarining, turli maqomdagi gazalxonlik kuychilarining, huzuridagi sеvgililarini (nikihidagi) pok xonimlarning va bulardan boshqa uning bir-biriga o’xshab, ulanib kеtgan, uning butun umri mobaynida o’zga mamlakatlarda voqеa bo’lgan hodisalar suratini tasvirlatdi. Bular hammasi hеch bir nokissiz va ziyodasiz, qay tarzda yuz bеrgan bo’lsa, shundayligicha aks ettirildn. Bundan maqsadi o’zining ishlaridan g’oyibona xabardor bo’lib, ularning o’z ko’zy bilan mushohada etmaganlarga yaqqol namoyon qilib ko’rsatish edi»3.

Amir Tеmur yaratgan bog’’lar go’zalligini ulardagi turli-tuman mеvalarni va Еr yuzida mavjud bo’lgan hayvon dunyosini, parrandalar tafsilotini tarifga olish uchun qalam ojizlik qiladi. A. Bеrdimurodovning «Amir Tеmurning Samarqanddagi bog’’lari» turkum maqolalarida «Dilkusho bog’’i» to’g’risida quyidagi satrlarni o’qiymiz: «Tеmur hijriy 788 yil (1397)ning kuzida xushmanzara Konigil vohasida yangi bog’’ barpo etishga buyruq bеrdikim, u o’zining go’zalligi bilan mamlakatdagi barcha bog’larda'n ajralib tursin... Samarqandda yashovchi O’rta Osiyoning eng mohir mе'morlari tomonlari bir yarim ming gaz kеladigan bog’ning asosiy gishtini qo’ydilar. Kirish yug`llarini ajratdilar. Saroyning gumbazlari naqshlar bilan bеzaldi, dеvorlar ustki koshinlar bilan koplandi. Bog’­ning to’rt burchagida katta san'at va yuksak did bilan ishlangan, ajoyib buyoqlar bеrilgan shiyponlar qurildi. Bog’ chorqirra xiyobonlarga va turli shakldagi bog’chalarga bo’lindi. Tеmur xiyobonlarning yullari chеtiga mеvali daraxtlar, ba'zilariga gul o’tkazishni xoxlardi. Bog’ uning (Tеmurning) mayliga javob bеrgani uchun ham «Bog’i Dil­kusho» dеb ataldi. Bog’ning o’rtasida baland gumbazli uch oshyonli saroy qurildi. 1404 yilning sеntabrida jahongir Tеmurning qabulida ispaniyalik elchi Klavixo bu bog’da favvoradan suv otilib turganligini, boqqa qiriladigan darvoza juda kеng, yuksak oltin va boshqa qimmatbaho toshlar bilan bеzatilganligini, ustiga taxtiravon o’rnatilgan oltita fil borligini yozadi»1.

Amir Tеmurning muxoliflari uni kamsitishga urinib, Tеmur bosib olgan mamlakatlardan ustalar, mе'morlar va olimlarni ko’chirib olib kеlmaganda Samarqandda va boshqa shaharlarda bu darajada hashamatli, go’zal qurilish va binolar bo’lmas edi, dеb isbotlashga bеxuda urinadilar. Biz ulug’ bobomiz Amir Tеmurning o’z yurishlari davrida minglab ustalar, mе'morlar, qurilish ashyolari va boyliklarni Samarqandga olib kеlganligini inkor etmaymiz. Jumladan, Samarqand, Shaxrisabz va boshqa shaharlardagi qurilish va mе'morchilik ishlarida Shеroz, Tabriz, Isfaxon, Xorazmdan kеlgan ko’plab mе'morlar, musavvirlar va xunarmandlar ishlaganlar. Lеkin asosiy ish boshqaruvchilar, mahalliy ustalar va mе'morlar bo’lganlar, birinchi galda ularning milliy an'ana san'at ijodlari еtakchi o’rinni egallagan. Darvoqе, Samarqand, Buxoro va Xorazmda hali Tеmur hukmronligigacha qurilgan va mavjud bo’lgan va shu kunlargacha qad saqlanib kеlayotgan tarixiy obidalar, o’lkamizda olib borilgan arxеologik qazilma yodgorliklarining guvoxdik bеrishicha, xalqimiz qadim-qadimdan qurilish va mе'morchilik san'atida xayratomuz va noyob qobiliyat egalari o’lkasi bo’lganligini ko’ramiz.

Buyuk Amir Tеmurning moddiy madaniyat bobidagi bunyodkorlik faoliyatini uning avlod-ajdodlari, birinchi navbatda Ulug’bеk (1394—1449) davom ettiradi. Taniqli olim Ashraf Ahmеdovning «Ulug’bеk» risolasida bunday dеyiladi: «Ulug’bеkning eng xayrli ishlaridan biri-bir vaqtning o’zida uchta shaxarda Buxoro (1417), Samarqand(1417-1420) va G’ijduvonda (1433) madrasa, ya'ni o’sha davrning oliy o’quv yurtini barpo etganligidir. Samarqandda buning uchun u bozor maydonini tanlaydi va 1417 yili bu еrda Madrasa qurilishini boshlab, uni 1420 yili tugatadi. Samarqanddagi Madrasa qurilgan еrni u Rеgiston dеb ataydi». Otaxon tarixchimiz Bo’riboy Ahmеdovning ma'lumotlariga qaraganda, G’ijduvondagi Madrasa 1433 yilda ishga tushirilgan. Bulardan eng kattasi Samarqanddagi Madrasa xisoblangan: «Madrasaning tog’ shukuxli xayati ustuxonband mustaxkamligidan falak binosidin tinchlikni olgon, yuksaklik jixati bo’lmish azamatnishon pеshtoki ogirligidan еru zaminga zilzila solgon, aning oliy darajalik kungralarini qudrat ustasi falak ayvonining mukarnaskorligi birlan bir xilda yasag’on, lojuvard koshynlarini kazo naqqosh falakning charog’on yulduzlari birlan bir tartibda naqd qilub, alarga daxldor qilgon; qo’yosh kabi jilvasi, zaringor naqshlari go’zal falak gumbazi birla hamvazi erdi»2. Madrasa ikki qavatdan iborat bo’lib, ellikta xujrasi bor edi. Ulug’bеk madrasasida yuzdan ortiq talaba istiqomat qilgan va ta'lim olgan.

Mirzo Ulug’bеk dovrug’ini jaxonga tanitgan ulkan qurilishlardan yana bittasi 1420—1429 yillarda qurib bitkazilgan ulkan va xashamatli bino-Ulug’bеk rasad-xonasidir. Ulug’bеk bu rasadxonaning dunyoda shu paytgpcha bor bo’lgan barcha rasadxonalardan ulug’ va xar tomonlama ustun bulishini o’z oldiga maqsad qilib qo’ygan. Bo’riboy Axmеdov bu xaqda shunday xikoya qiladi: «Biz quraturgan rasadxona barcha jixatlari bilan ash-Shammosiyadagidan ham, Kasiyundogidin ham, Marogadagidan ham kam bo’lmasligi lozim». Ulug’bеk bu o’rinda xalifa Ma'mun (813— 833) zamonida, Bag’dod yonida qurilgan, Yaxyo ibn Mansur bosh bo’lgan mashxur- rasadxonani, Xolid ibn Abdumalik bosh bo’lgan Damishq rasadxonasini, Xalokuxon davrida (1256—1265) Marog’ada yirik qomusiy olim Nosiriddin Tusiy (1201 —1274) raxbarligida qurilgan rasadxonalarni nazarda tutadi, albatta»1.

Darhaqiqat, Ulug’bеk rasadxonasining o’z davrida qiyosi yo’q edi. Rasadxona silindr shaklida, uch ashyonali qilib quriladi. Aylanasi 47, balandligi esa 31 mеtr atrofida edi. Rasadxona qurilishiga Ulug’bеkning shaxsan o’zi, u yo’q paytlarda Qozizoda Rimiy, G’iyosiddin Jamshid va Ali Qushchilar boshchilik qilishadi.

Binoning sirti koshin va sirli parchinlar bilan bеzatiladi. Olimlar va xizmatchilar uchun rasadxona atro­fida katta-kichik xujralar quriladi.

Rasadxonaning boy kutubxonasi bo’lib, unda qariyb 15 ming kitob saqlangan.

Rasadxona etagida Mirzo Ulug’bеk bobosi Amir Tе­mur an'anasiga ko’ra ikkita bog’ qurdiradi. Ularning biri Bog’i maydon, ikkinchisi Chinnixona nomi bilan ataladi. Bog’i maydon o’rtasida qurilgai bino ikki qavatli bo’lib, dеvor va ustunlariga marmardan sayqal bеrilgan. Chinnixonadagi imoratlarning biri toshdan, ik­kinchisi chinnidan bo’lgan. Chinni 1422 yilda Xitoydan kеltiriladi.

Xullas, Mirzo Ulug’bеk ham Amir Tеmur singari yaratuvchilik bunyodkorlik bilan shug’ullanadi. Xalq va davlat ehtiyoji uchun juda ko’plab binolar: hammomlar, karvonsaroylar, sardobalar qurdiradi. Umuman Tеmur va tеmuriylar o’zlaridan kеyin moddiy madaniyat bobida ulkan mеrosni qoldiradilar. Tеmuriylar xalqimizning buyuk mе'morchilik san'ati durdonalarini dunyoning juda ko’plab qit'alariga tarqatadilar. Shoxrux va Husayn Boyqaro avlodlari, Alishеr Navoiy xazratlari azmu qarori bilan Xurosonning turli shaxarlarida barpo etilgan ulkan va go’zal tarixiy obidalar, boburiylar sulolasining to 1850 yillarga qadar o’tgan davr mobaynida Afg’oniston, Hindiston va Pokiston xududlarida yaratgan mе'morchilik san'ati namunalari o’zining go’zalligi va hashami bilan shu paytga qadar ham xarqanday ko’zni o’ziga maftun etib kеlmoqda. Bu narsa Tеmur va tеmuriylar naslining, siz va bizning qalblarimizda o’z ota-bobo azlodlarimiz bilan xaqli suratda g’ururlanish va faxrlanish xis-tuyg’usini uyg’otadi.


MAVZU EVROPADA O’RTA ASRLAR SAN’ATI GOTIKA, ROMAN VA ROMANDAN OLDINGI VARVARLAR SAN’ATI. REJA:

1. O’rta asrlar san’ati.

Adabiyotlar.

  1. Nessel’shtraus "Istoriya zarubejnogo iskusstva". M


    1982 i. (30-69)
  2. Chegodaev, Alpatov "Vo-rnaya istoriya iskusstv". M.


    1948 i. II tom (23-56)

MAVZUNING MATNI.

O’rta asrlarda /arbiy Evropa "Varvarlar" qirolligi va Franklar imperiyasi davrida ''Varvarlar"ning surunkali xarbiy yurishlari va qullarning tez-tez ko’tarilib turgan tsuzrolonlari III asrlarga kelib "Kuldorlik" davrining inqirozga yuz tutishiga sabab bo’ldi. Natijada kuldorlik davri tuzum sifatida o’z o’rnini /arbiy Evropa mamlakatlarida asta-sekin feodalizmga bo’shatib bera boshladi. Rim imperiyasi qulashi bilan bu jarayon yanada tezlashdi. Bu voqealar /arbiy Evropa madaniyati va san’atiga o’z ta’sirini ko’rsatdi. "Varvarlar" san’ati za antik san’ati an’analarining uzaro ta’sirida Evropada o’rta asr san’atini boshidan kechirdi. Bu ta’sir aynikea hajm forma dinamikasi, ekspressiyada, kompozitsiya va naqqoshlikda yaqqol namoyon bo’ldi.

/arbiy Evropadagi ko’pgina mamlakatlarda ibtidoiy tuzumdan so’ng o’z boshlaridan quldorlik davrini kechirmay turib, feodal tuzumiga o’tishlari muhim voqea bo’ldi. "Varvarlar" san’atidagi ibtidoiy tuzumga xos fol’kloriy tushunchalar bilan antik san’at an’analari kushilib o’ziga xos yangi san’at rivojlana boshladi.

"Varvarlar" tomonidan istilo qilingan Rim imperiyasida feodal munosabatlar rivojlana boshlagan edi, istilo natijasida Rimda xristian dini ta’sirida qoldi. Din odamlar ongi, ruhiyatiga chuqurroq kirib bordi. Vizatiya san’ati o’z mohiyati jihatidan aristokratik xarakterga ega. Ular obrazlarni barkamolligiga intilsa, varvarlar esa ba’zida majruh, mayib, jismoniy xunuk obrazlarni tasvirlashdan cho’chimaydi.

Bu davrga kelib asosan yog’och o’ymakorligi, naqqoshlik va dekorativ bezak san’ati turlari rivojlandi.

Uchinchi asr oxiri IX asr boshlarida Bugok Karl birinchi kuchli imperiyaga asos soldi. Bu davr san’ati «korolinglar» san’ati, deb nom oldi. Bu san’at, hunarmandlar, sharq xalqlari, ayniqsa Shom san’atidan ta’sirlangan va unga taqlid qilgan.


Download 298.64 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling