Qurilmalari elektr ta’minoti”


Download 0.85 Mb.
bet1/15
Sana05.12.2020
Hajmi0.85 Mb.
#159667
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
Kif-ITET-Oz-1. TOPSHIRIQ №2


Ilova 1

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI AXBOROT TEXNOLOGIYALARI VA KOMMUNIKATSIYALARINI RIVOJLANTIRISH VAZIRLIGI
MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI

TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI

“Energiya ta’minlash tizimlari” kafedrasi


INFOMMUNIKATSIYA QURILMALARI ELEKTR TA’MINOTI”



fanidan
A M A L I Y O T
T O P S H I R I Q №2

Bajardi:____________________________ta’lim yo‘nalishi


_Kif-ITET-O'z-1__guruh
_______________________________________

talabaning F.I.Sh.


Qabul qildi: ______________________________________

Toshkent 2020

INFOMMUNIKATSIYA QURILMALARI ELEKTR TA’MINOTI” fandan


2 T O P SH I R I Q (AMALIYOT)
1 - jadval

Mavzu:

Elektr ta’minoti tizimlari

Ishdan maqsad:

Infokommunikatsiya elektr ta’minoti tizimlarini hisoblash va loyihalash tamoyillari.

Adabiyotlar:

  1. Stantsiya va podstantsiyalarning elektr qismi. O’quv qo’llanma. Q.R. Allaev, I.H. Siddikov va boshq. O’z.ROO’MTV – T.: Cho’lpon nomidagi NMIU, 2016. 304b.

  2. Aloqa qurilmalarining elektr ta’minoti (o’quv qo’llanma). M.S. Sapayev, F.M. Qodirov, U.T. Aliyev. O’z.ROO’MTV, O’rta maxsus kasb-hunar ta’limi markazi. – T.: “IQTISOD-MOLIYA”, 2012 – 264 b.

  3. .Yu. Vorobyov Elektrosnabjenie kompyuternыx i telekommunikatsionnыx sistem. – M.: Eko-Trendz, 2002. – 280s.: il.

  4. Siddikov I.X. Aloqa qurilmalari qayta tiklanuvchi elektr ta’minoti manbalari fanidan uslubiy qo’llanma – Toshkent, TATU, 2016 – 92 b.

  5. Pravila ustroystva elektroustanovok (PUE). Inspeksiya «Uzgosenergonadzor», Tashkent, 2007g. – 732s.

  6. Twidell J., Weir T. Renewable Energy Resources. Second edition, 2006

Vaqti

20 soat.

Toshshiriqni bajarish ketma ketligi

  1. Amaliy topshiriqni bajaring.

  2. Hisobot tayyorlash.


Eslatma: talabalar jadvallarda keltirilgan variant nomeri bo‘yicha o‘z variantlarini tanlab oladilar va nazariy savollar nomerlari bo‘yicha savollarga javob tayyorlaydilar.

TOPSHIRIQ VARIANTLARI

2.2 - 2.3 - jadvaldan olinadi

Вariant

Talaba F.I.Sh.

0 1

Otabek

Abdiahadov

0 2

Shahzod

Abdikarimov

0 3

Maftuna

Abduraxmanova

0 4

Zuxriddin

Abdushukurov

0 5

Abdulboriy

Alimov

0 6

Shohrux

Aminov

0 7

Amirbek

Aslonov

0 8

Firdavs

Atajanov

0 9

Azizbek

Bakhodirov

1 0

Yorqin

Durnazarov

1 1

Fayzullox

Ergashboyev

1 2

Jamshid

Erkinov

1 3

Asilbek

Erkinov

1 4

Shohzod

Farmonov

1 5

Jahongir

Gafurov

1 6

Bobir

Hamroyev

1 7

Bekzod

Hayitboyev

1 8

Hakimjon

Husanov

1 9

Dilshod

Ikromov

2 0

Ibrohim

Isabekov

2 1

Abdulatif

Islamov

2 2

Shohjakhon

Jumayev

2 3

Dilafruz

Jumayeva

2 4

Abdukarim

Jurayev

2 5

Erkin

Jurayev

2 6

Sirojiddin

Mahmanazarov

2 7

murodjon

Muxamadaliyev

2 8

Shahzod

Muxammadov

2 9

Abduvali

Nazirov

3 0

Mirshod

Negov

3 1

Elyor

Norboyev

3 2

Ravshan

Nortoshev

3 3

Shohzod

Odilov

3 4

Beknazar

Oltiboyev

3 5

Davron

Omonov

3 6

Saidislom

Quvvatov

3 7

Shaxzod

Rashidov

3 8

Asliddin

Rasulov

3 9

Jahongir

Rozimov

4 0

Khusniddin

Salimov

4 1

Navruzbek

Samsokov

4 2

Jasur

Sattorov

4 3

Bexruz

Sevinchev

4 4

Shahboz

Sobirov

4 5

Elbek

Tojiyev

4 6

Davron

To'rayev

4 7

Jamshid

Umarov

4 8

Murodjon

Xakimov

4 9

Abbos

Xamidullayev

5 0

Mirzoxid

Xoshimov

5 1

Abubakr

Yoʻldoshov

5 2

Sardorbek

Yusupov

5 3

Исми руйхатда чиқмаган талабалар учун

5 4

Исми руйхатда чиқмаган талабалар учун

5 5

Исми руйхатда чиқмаган талабалар учун

5 6

Исми руйхатда чиқмаган талабалар учун

5 7

Исми руйхатда чиқмаган талабалар учун

5 8

Исми руйхатда чиқмаган талабалар учун

5 9

Исми руйхатда чиқмаган талабалар учун

6 0

Исми руйхатда чиқмаган талабалар учун


I. Amaliy topshiriqni bajaring.

Infokommunikatsiya elektr ta’minoti tizimlarini hisoblash va loyihalash tamoyillari

2.1 Hisob-kitob ishlarini bajarishga qo‘yiladigan talab va tavsiyalar.

Hisoblash-kitob ishlarini bajarish uchun nazariy materialni ma’ruza matnlari va tavsiya etilgan adabiyotlarga muvofiq o‘rganish lozim. Hisoblashda ushbu qo‘llanmada keltirilgan ma’lumotlardan foydalaning. Agar mavjud ma’lumotlar yetarli bo‘lmasa, elektr ta’minoti va elektr ta’minoti tizimlarini jihozlash bo‘yicha internetda chop yetilgan ma’lumotnomalar, qo‘llanmalar, adabiyotlar yoki onlayn kalkulyatorlardan foydalanish kerak.



2.1.1 Ishning mazmuni.

Hisoblash ishlari (kompleks topshiriq, kurs ishi va loyihasi, amaliy hisob-kitob) quyidagi ish hajmini nazarda tutadi.



  1. O‘zaruvchan tokning uzluksiz elektr ta’minoti tizimini hisoblash. Amalga oshirilgan hisob-kitoblarga asoslanib uzluksiz o‘zgaruvchan tok elektr ta’minotini tizimini tanlash amalga oshiriladi.

  2. O‘zgarmas tokning uzluksiz elektr ta’minoti tizimini hisoblash. Amalga oshirilgan hisob-kitoblarga asoslanib akkumulator batareyalarini va to‘g‘rilagich qurilmasini tanlash amalga oshiriladi.

  3. Korxona tomonidan iste’mol qilinadigan umumiy quvvatni hisoblash.

  4. Quvvat koeffitsienti korrektorini tanlash.

  5. Himoyalovchi yerga ulash qurilmasini hisoblash. .

  6. Himoya avtomatini tanlash.

  7. 1 - 6 gacha bo‘lgan bandlarni bajarish natijalari bo‘yicha tanlangan uskunalarni ko‘rsatltgan holda infokommunikatsiya elektr ta’minoti tizimining funksional sxemasini tuzish.

Nazorat hisoblash ishlarini, talabalarning mustaqil ishlari uchun hisob-kitoblarni, amaliy mashg‘ulotlarda hisob-kitoblarni bajarishda sillabusda keltirilgan amaliy mashg‘ulotlarni umumlashtirib bajarish bilan cheklanish mumkin.

Hisoblash uchun boshlang‘ich ma’lumotlar (variantlar) 2.1.4-banddan tanlanadi. Amaliy ishning natijasi elektr ta’minoti tizimining funksional sxemasi va tanlangan qurilmalar hisoblanadi.



2.1.2. Amaliy ishning xajmi va amalga oshirish grafigi.

Hisoblash ishlari 2 ta modul uchun mo‘ljallangan. Ish jadvali xar haftada bir marta o‘tkaziladigan amaliy mashg‘ulotlar jadvali bilan chambarchas bog‘liq. Hisoblash ishlari har bir modul bo‘yicha 5 ta amaliy mashg‘ulotga mo‘ljallangan.

Ikkinchi modulda 1-3 gacha bo‘lgan bandlari bajariladi. To‘g‘ri bajarilgan amaliy ish (talabaning o‘ziga berilgan variantining hisobi, hisob-kitoblarni to‘g‘ri bajarilish, tushuntirish yozuvlari mavjud bo‘lsa) himoyasiz qabul qilinib kredit belgilanadi va uchinchi modulga ruxsat beriladi.

Uchinchi modulda 4 dan 7 gacha bo‘lgan bandlar bajariladi. Amaliy ish uchun ikkinchi modulda qo‘yilgan talablar ketma-ketligi asosida uchinchi moduldagi amaliy ish tekshiriladi va himoyaga ruxsat beriladi. Butun ishni himoya qilish natijalari asosida kredit belgilanadi.

Amaliy ishni bajarishning taxminiy jadvali 2.1-jadvalda ko‘rsatilgan.

2.1-jadval



Hisob-kitob ishlarini bajarish jadvali.

Darslar №

Amaliy dars mavzusi

Ish holati

2-modul

1

Topshiriqni taqdim qilish. Infokommunikatsiya elektr ta’minoti tizimi

Amaliy ish mohiyatini tushunib yetish

2

O‘zaruvchan tokning () uzluksiz elektr ta’minoti tizimi

Dastlabki ma’lumotlar tanlanadi va o‘zgaruvchan uzluksiz elektr ta’minoti tizimi hisoblanadi (2.1.1 ning 1-2 bandlari).

3

O‘zgarmas tokning () uzluksiz elektr ta’minoti

2.1.1 ning 1-2 bandlaridagi hisob-kitoblarda xatolar bartaraf yetiladi.

4

O‘zgarmas va o‘zgaruvchan toklarining elektr energiyasi iste’molchilarining parametrlari.

Infokommunikatsiya korxonasining umumiy iste’mol quvvati hisoblab chiqiladi. 2.1.1 bo‘limning 1-, 2- va 3- bandlarining hisob-kitoblaridagi xatolar bartaraf etiladi

5

Baholash darsi.

Hisob-kitoblaridagi xatolar bartaraf etiladi. Keyingi modulga ruxsat beriladi

3-modul

1

Reaktiv quvvatni kamaytirish qurilmalari.

Quvvat koeffitsienti korrektori tanlanadi. 2.1.1 ning 4- bandi

2

Ishchi va xodimlarni elektr tokidan himoya qilish qurilmalari.

2.1.1 ning 4- bandidagi xatolar bartaraf etiladi, Himoyalovchi yerga ulash qurilmasi hisoblanadi

3

Elektr energiyasini hisobga olish va tarqatish qurilmalari.

2.1.1 ning 4- va 5- bandlaridagi xatolar bartaraf etiladi Himoya avtomati tanlash amalga oshiriladi

4

Elektr ta’minoti tizimlarining ishlash xususiyatlari. Ekspluatatsiya qilish.

Tekshirish uchun taqdim yetish.

5

Baholash darsi.

Amaliy ish himoya qilinadi.


2.1.3 Amaliy ishni rasmiylashtirish.

Amaliy ish bo‘yicha texnik talablar: matn Microsoft Office Word dasturida, Times New Roman, 14 shriftda, 1 intervalda bo‘lishi, sahifaning chap 3 sm, yuqori va quyi 2 sm, va o‘ng tomon 1,5 santimetrdan iborat joy qoldirilishi shart.

Amaliy ishga materiallarni joylashtirish quyidagicha:

– sarlavha sahifasi (titul varog‘i);

– mundareja;

– hisoblash uchun dastlabki ma’lumotlar;

asosiy qism;

– tizimning funksional sxemasi;

– adabiyotlar ro‘yxati.



Sarlavha sahifasida amaliy ish nomi, bajaruvchi talabaning ism, familiyasi, uning guruhi, fakulteti va tekshiruvchi o‘qituvchi haqida ma’lumot beriladi.

Mundareja alohida sahifada taqdim etiladi. Mazmuni amaliy ishning barcha tarkibiy qismlarini o‘z ichiga oladi. Nomlar matnga to‘liq mos kelishi kerak. Sahifa raqamlari ushbu materialning boshlanishini ko‘rsatadi.

Hisoblash uchun dastlabki ma’lumotlar yangi sahifadan boshlanadi. Barcha belgilar, qiymatlar va o‘lchov birliklari manba ma’lumotlariga kiritilishi kerak.

Asosiy qism matni bo‘limlarga bo‘linadi. Bo‘limlar Arab raqamlarida tartib raqamlarga ega bo‘lishi kerak (1, 2 va hokazo). Bo‘lim sarlavhalari xat boshi bilan boshlanib, katta harflar bilan yozilishi kerak. Bo‘lim raqamidan keyin va sarlavha oxirida nuqta qo‘yilmaydi.

Amaliy ishda bitta "Infokommunikasiya korxonasining elektr ta’minoti tizimini hisoblash" bo‘limi mavjud. Bo‘lim vazifalariga ko‘ra (1.1, 1.2 va h.k.) kichik bo‘limlarga bo‘linadi. Kichik sonlar nomlari kichik harflarda (birinchi bosh harfdan tashqari) raqamdan keyin va oxirida nuqta qo‘ygan holda xatboshidan yoziladi. Matn aniq bo‘lishi va turli talqinlarga yo‘l qo‘ymasligi kerak. Bunday holda siz ta’lim yoki maxsus adabiyotlarda tavsiya etilgan atamalar, belgilar va ta’riflardan foydalanishingiz kerak.



Download 0.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling