Qurish yasash, konstruksiyalash va matematika


Download 48.06 Kb.
bet1/8
Sana26.06.2023
Hajmi48.06 Kb.
#1656393
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
ривожланиш марказлари




1."Qurish yasash, konstruksiyalash va matematika" markazi.
Markazda bola qurish-yasashni, matematik bilimlarni, muloqotga kirishishni o‘rganadi. Shu bilan birga mayda motorika rivojlanadi, bola doimiy xarakatda bo‘ladi, bilmaganlarini bir- biridan o‘rganadi,bir-biriga o‘rgatadi.
Ushbu markazni yaxshi ishlashi, bolalarni o‘ziga jalb qilishi uchun tarbiyachi tomonidan quydagi ishlar qilinishi lozim:
1. Bu markazni zonalash muhim, shunda uning yonidan o‘tayotganlar qurilmalarni buzib yubormaydi. Bo‘sh joy yetishmagan taqdirda bu markazni yotoqxonada ham joylashtirish mumkin.Yoki markazda doimiy shovqin bo‘lganligi sababli ,uni boshqa markazlardan bolalar bo‘yidan baland bo‘lmagan to‘siqlar bilan ajratish;
2. Markazdagi shkaflar bola yoshiga mos bo‘lishi;
3. Shkaflardagi o‘yinchoqlar, ko‘rgazmali qurollar bola olishi va tanloviga xalaqit qilmasligini ta’minlash;
4.Markazdagi jixozlar dasturdagi mavzularga mos bo‘lishi;
5.O‘tilgan mavzularni tez olib tashlamaslik, balki ularga ham qarash, ulardan xam foydalanishlari uchun sharoit yaratish;
6.Xar xaftada xafta mavzusi asosida yangi o‘yinlar, ko‘rgazmali qurollar, o‘yinchoqlar bilan boyitish;
7. Bolalar nazaridan qochgan jixozlarni markazdan bir muddat olib turish;
8. Markazda bolalar faoliyatini kuzatishda matematik tasavvurlarini kengaytirishga qaratilgan son- sanoq, kattalik, fazoviy tushunchalar, geometrik shakllar va vaqtni bilishga qaratilgan bilimlarni bola qanchalik olayotganini taxlil qilishi lozim. Bolalar e’tiboridan chetda qolayotgan (fazoviy tushunchalar, arifmetik masalalar, mantiqiy masalalar) mavzularni frontal mashgulotlarga olish kerakligini belgilash va frontal mashgulotga tayyorgarlik ko‘rish kerak.
Xuddi shunday qurish -yasash jarayonlarida bola qanday konstruksiyalarni ko’ra olayotganligi kuzatiladi. Eng sodda qurilish konstruksiyalarini qurayotgan bolada qiziqish bor, lekin malaka yo‘q, bunday bolalar bilan ertalabki, kechki soatlarda ishlash lozim bo‘ladi;
9.Markazni boyitish uchun ota- onalar bilan ishlashni kuchaytirish, Kuzatuv kengashini ishga solish, MTT da tashkil etilgan pulli xizmatlardan tushgan mablaglarni markaz uchun kerakli jihozlar olishga yo‘naltirish lozim.

Download 48.06 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling