Qurolli kuchlar akademiyasi jizzax oliy harbiy aviatsiya bilim yurti chirchiq oliy tank komandir-muhandislik bilim yurti


Download 0.99 Mb.
bet1/12
Sana04.10.2022
Hajmi0.99 Mb.
#830796
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
Harbiy o\'quv yurtlari
TESTLAR TAT Yakuniyga tayyorlanish uchun, маъруза матни, маъруза матни, 002, 002, hujayraning tuzilishi (1), hujayraning tuzilishi (1), 1-mavzu javoblar, 1-mavzu javoblar, 1-mavzu javoblar, 1-mavzu javoblar, O’ZBEKISTONNING YANGI ISTIQBOLLI DORIVOR O’SIMLIKLARI, @mustaqilishlar Dutor bas (Zulxorbek Turapov), Kurs ishi Sobirov.H, Kurs ishi Sobirov.H

MAVZU:HARBIY O’QUV YURTLARI.
REJA:



  1. QUROLLI KUCHLAR AKADEMIYASI

  2. JIZZAX OLIY HARBIY AVIATSIYA BILIM YURTI

  3. CHIRCHIQ OLIY TANK KOMANDIR-MUHANDISLIK BILIM YURTI
  4. OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MILLIY GVARDIYASI JAMOAT XAVFSIZLIGI UNIVERSITETI


QUROLLI KUCHLAR AKADEMIYASI
TARIXI
1918-yil 4-may kuni RSFSR Sovet xalq komissarlarining avtonom respublikasiga “Turkiston harbiy okrugi nomining ta’sis etilishi to‘g‘risida” dekreti imzolandi. O‘sha kezlarda Turkistondagi siyosiy va harbiy vaziyat favqulodda murakkab bo‘lganligi bois, yosh Turkiston Sovet Respublikasiga bir vaqtning o‘zida ham tashqi va ham ichki dushmanlar bilan shiddatli qurolli kurash olib borishga to‘g‘ri keldi. Qo‘shinlarni tashkil etilishida ko‘plab jiddiy muammolar mavjud bo‘lganligi uchun ular barcha turdagi ta’minotda yetishmovchiliklarga duch kelishgan. Ayniqsa, malakali harbiy qo‘mondonlik kadrlarning yetishmasligi sababli qo‘mondonlik kurslarini tashkil etish qarori qabul qilindi. Turkiston Sovet Respublikasi Harbiy Komissariatining 1918-yil 12-iyuldagi 456-sonli qarori bilan Toshkent shahrida Turkiston Sovet qo‘mondonlik kurslarini tashkil etish bo‘yicha komissiya tuzildi.
1918-yil 12-iyul Toshkent oliy umumqoʻshin qoʻmondonlik bilim yurtining rasmiy tashkil topgan kuni deb qayd qilindi. Turkiston Sovet qoʻmondonlik kurslari Rossiya imperatorligi Toshkent harbiy bilim yurtining birinchi jahon urushi arafasida Parkent koʻchasida qad koʻtargan oʻquv bazasi va uy-joy kazarma fondi binolarida joylashtirildi. Kurslarning davomiyligi to‘rt oydan sakkiz oygacha bo‘lgan. Kurs dasturi quyidagilarni o‘z ichiga olgan: taktik tayyorgarlik, topografiya, artilleriya, muhandislik va pulemyot ishi, otish, ot minish, nizomlar, avtomobilsozlik, siyosiy iqtisod, geografiya, tarix, fizika asoslari, kimyo, elektrotexnika va amaliy mashg‘ulotlar. 1939- 1940- yillarda bilim yurti bitiruvchilari Hasan ko‘li va Xalkin-Gol daryosi yaqinida yapon samuraylari, Kareliya bo‘yinida finlar bilan bo‘lgan janglarda faol ishtirok etdilar. 1937-yilda maktab Toshkent harbiy bilim yurti deb qayta nomlandi.

Download 0.99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling