Quvnoq alifbo A


Download 54.15 Kb.
Sana07.11.2020
Hajmi54.15 Kb.
#141629
Bog'liq
QUVNOQ ALIFBO





quvnoq

alifbo

QUVNOQ ALIFBO



A

Axloq odobning boshi,

Ajdodlarning merosi.

Bilimlar tamal toshi,

Alibejon alifbe.



L

Luqmon bobom o’qigan,

La’l yoqutdan zo’r bo’lgan.

Kitoblarning pirisan,

Alibejon alifbe.



I

Imkon qadar o’qitgan,

Ilimga Narvon qo’ygan.

Insonlikni anglatgan,

Alibejon alifbe.



F

Fan cho’qqisiga chiqmoq,

Faqat a’lo o’qimoq.

Bizni ulug’ maqsaddir,

Alibejon alifbe.



B

Beshikdan qabrgacha,

Bilim olmoq farz deydi.

Bola boshidan deydi,

Alibejon alifbe.



E

Endi hech qiynalmaymiz,

Ertak she’rlar o’qiymiz.

Biz sendan minnatdormiz,

Alibejon alifbe.



D

Dangasa qiz Diyora,

Dasturxon ham yozmaydi.

Dastro’moli yoq sira,

Hatto qo’lin yuvmaydi.



G

Gulnoza gul teribdi,

Gulnoraga beribdi.

Gulni so’ramay uzib,

Gulnoza “chuv” tushibdi.



H

Hikoya to’qir hakka,

Halima she’r o’qidi.

Hozir keeling siz yakka,

Handalak yeylik birga.



J

Jasurbek bilan Javlon,

Jo’ja boqdi ikkovlon.

Juna o’yin qizidi,

Jo’jani mushuk yedi.



K

Kapalak kunduz uchar,

Kechasi dam oladi.

Komiljon ko’ylak kiysa,

Yoqasi kir bo’ladi.



M

Mushuk mehmon kutardi,

Mehmoni sichqon edi.

Mehmon kirdi teshikdan,

Mushukvoy tutib yedi.



N

Nodira non yopadi,

Nozima kulcha yasar.

Nonni e’zozlaganni,

Rizq-ro’zi to’kin bolar.



O

Olim olma teribdi

Olmadan ko’-ko’p yebdi.

Bog’bon bobo kep qolib,

Olim qo’lga tushibdi.



P

Paqqos tushurdi Parpi,

Palovni qoymay sira.

Parpiga yordamlashdim ,

Pichirlab aytay sizga.



Q

Qarmoq tashlar hovuzga,

Qosim bilan Qahramon.

Kelajakda orzusi,

Ovchi bo’lishdir hamon.



R

Rosa raqsga tushdi,

Raqqosa qiz Ra’noxon.

Rostini aytay sizga,

Qo’shiling kelib bizga.



S

Samalyot samo quchdi,

Salimni qushi uchdi.

Ovozi olam buzar,

Salim uni kuzatar.



T

Tulki tufli kiyibdi,

Tuflisi sal qisibdi.

To’yga borib kelguncha,

Oyog’I bo’ldi kulcha.



U

Ukam bilan ikkimiz,

Ulfatchilik qildik biz.

Uzum, sharbat, qiyomdan,

Hech vaqo qo’ymay yebmiz.


V

Vali varrak uchirdi,

Vohid kaptar uchirdi.

Va’dasini unutib,

Vazifani ko’chirdi.



X

Xo’rozvoy turib tongda,

Xotinlarin o’yg’otdi.

Bechora Xolidaxon

Xotirasin yo’qqotdi,



Y

Yolg’on so’zni so’zlamang,

Yolg’onchilik yomondir.

Yo’ldosh bo’lin baxt-omad,

Rost so’zlagan omondir.



Z

Zulfuzarxon injiq qiz,

Zardan ko’yak kiyibdi.

Zo’rg’a zo’rg’a yuradi,

Ko’ylagi tor kelibdi.



O‘

O’rdak ko’lda suzardi,

“O’lja”sini qidirib.

“O’lja”si qochib qoldi,

Suv tagiga berkinib.



G’

G’ayrat bilan G’ofurjon,

G’oz bo’libdi ikkovlon.

G’ozlar jo’ja ochibdi,

Har tomonga qochibdi.





CH

Chumolivoy mehmonga,

Chigirtkani chaqirdi.

Issiq choyini ichvolib,

Chigirtkajon baqirdi.



NG

Tongdanoq bong uradi,

Bodring sotgan sotuvchi:.

“Qani-qani keb qoling,

Bodringdan olib qoling”.




Download 54.15 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling