Quvurdagi sarfni avtomatik rostlash tizimini tadqiq qilish


Download 93.93 Kb.
Sana10.11.2021
Hajmi93.93 Kb.
#173388
Bog'liq
2-ТАЖРИБА


2-Tajriba ishi

QUVURDAGI SARFNI AVTOMATIK ROSTLASH TIZIMINI TADQIQ QILISH
Ishdan maqsad:

MatLAB amaliy dasturi yordamida avtomatlashtirishda asosiy parametr bo`lib hisoblanadigan sarfni avtomatik rostlash sistemasini o`rganish, uni turg’unlik me`zonlari buyicha tekshirish va komp’yuterda madelini qurish.


Nazariy qism:

Sarf avtomatikadagi asosiy parametrlardan biri bo`lib uni rostlash va boshqarish juda muhim hisoblanadi. Bu tajriba ishi orqali truboprovoddagi sarfni rostlashni o`rganamiz. Sarfni rostlash uchun sarf o`lchagichni tanlashimiz va uni xarakteristikasini, uzatish funktsiyasini, struktur sxemasini tuzishni bilishimiz lozim.


Sarf o`lchagichning ishlash printsipi.

O`zgaruvchan bosimlar farqi usuli bilan sarf o`lchagichlar asosan differentsial manometr va toraytiruvchi qurilmadan tashkil topadi.




6.1- rasm. Toraytiruvchi qurilma.

Bu usul bilan sarfni o`lchashda trubali o`tkazgichga toraytiruvchi qurilma o`rnatiladi. Toraytirish qurilmasi teshigidan o`lchanayotgan oqim o`tganda, toraytirish qurilmasigacha va undan keyin oqim sarfi o`zgarganda bosimlar farqi o`zgaradi.



Toraytirish qurilmasining chiqish signalini menbranali difrentsial manometr qabul qiladi. Menbranaga xar xil tarafdan ta`sir qilayotgan va bosimlar menbranada va kuchga aylanadi.kuchlar farqi richakka ta`sir qilib ularda mamentni hosil qiladi, yoki bu kuchlar farqi richagning surilishiga olib keladi. O`z novbatida bu surilishni o`zgartirsak ya`ni maxsus o`zgartirgichlar orqali o`zgartirsak o`z o`zidan o`lchovchi pribor kelib chiqadi.


Boshqarish ob`ekti haqida tushuncha.

Hozirgi rivojlangan axborot zamonida barcha ishlab chiqarish korxonalarida zomonaviy ishlab chiqarishni boshqarib turuvchi programniy paketlar qo`llaniladi. Bu baracha programniy paketlar asosi bir maqsad: ishlab chiqarish sifatini yaxshilashdir. Ishlab chiqarish sifatini yaxshilash uchun asosiy o`zgaruvchi parmetrlarni optimal tarzda ushlab turishimiz zarur va shartdir. Har bir ishlab chiqarish agregatida o`zinig reglamenti mavjud bo`lib shu reglament asosida biz barcha parametrlarni reglamentda ko`rsatilgan qiymatda saqlab turishimiz kerak bo`ladi. SHu parametrlar tarkiga sarf ham kiradi. Sarf - bu trubapravoddan vaqt birligida oqib o`tgan maxsulot miqdoriga aytiladi. Sarf yuqorida aytganimizdek ishlab chiqarishni eng asosiy parametri bo`lib hisoblanadi. Uni roslash natijasida biz maxsulotning sifatini va eng asosiysi ishlab chiqarish komp’leksini avariya holatidan saqlashimiz mumkin. Misol tariqasida qaraganda ob`ektning kirishiga 5 t/s maxsulot kirishi kerak, ob`ektning xarakteristikasiga qarab sarf o`rnatilgan qiymatdan 1 t/s ga oshsa darhol signalizatsiya berishi 1.2 t/s ga oshsa blakirovka qilinsin degan shart qo`yilgan bo`lsin. Agar sistemada blakirovka ketsa bu butun ishlab chiqarishni to`xtatishga olib keladi. Bu misoldan ko`rinib turibdiki sarf sistemaning asosiy parametri hisoblanar ekan.

Berilgan sistemada sarfni roslaganimizdan so`ng uni turg’unlikka tekshirishimiz kerak. Sistemani turg’unlikka tekshirish uchun maxsus programni paketlar mavjud bo`lib shulardan biri MATLAB pragrammasidan foydalanamiz.
MATLAB programmasida turg’unlikka tekshirish.



6.2-rasm. Avtomatik rostlashning struktur sxemasi.
Sistemani MATLAB programmasida turg’unlikka tekshirish uchun yuqoridagi struktur sxemani programmaga qurishdan boshlaymiz.

Bu erda:


TQ – taqqoslovchi qurulma,

AR – avtomatik rostlagich,

IM – ijro etuvchi mexanizm (klapn),

BO – boshqarish ob`ekti,

O`Q – o`lchovchi qurilma (datchik).

Bu barcha bloklarni uzatish funktsiyalarini o`rni quyib MATLABda o`tkinchi jarayon xarakteristikasini olamiz. Bu olingan o`tkinchi jarayon xarakteristikasidan sistemani turg’unligini aniqlash mumkin.



Sistemani turg’unligini Gurivets me`zoni orqali aniqlashga harakat qilamiz. Buning uchun umumiy sistemani uzatish funktsiyasini topib undagi xarakteristik tenglamani aniqlab va shu xarakteristik tenglamadagi Gurivets aniqlovchilarini noldan kattaligiga tekshiramiz.
Ish bajarishning tartibi.

  1. Barcha bloklarni uzatish funktsiyasini keltirib chiqarish.

  2. MATLAB programmasida strukturani tuzish.

  3. Tuzilgan strukturadan o`tkinchi jarayon xarakteristikasini olish va uni turg’unlikka tekshirish.

  4. Sistemani xarakteristik tenglamasini keltirib chiqarish va Gurivets me`zoni orqali turg’unlikka tekshirish.

  5. Olingan barcha natijalarni A4 formatda hisobot tayyorlash.

Download 93.93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling