Savollar
|
Javoblar
|
1.Huquqiy shaxslar daromadiga soliq nima ?
|
Daromad solig‘i – davlat byudjeti daromad manbalaridan biri
bo‘lib, u umumdavlat soliqlari tarkibiga kiradi. Uning o‘ziga xos xususiyati shundaki, soliq
jismoniy shaxslarning bevosita daromadlaridan olinadi.
|
2.Daromadga (foydaga) soliqni to’lovchilar kimlar?
|
Yuridik shaxslar daromad (foyda) solig‘i bo‘yicha budjet bilan hisob-kitoblarni mustaqil ravishda amalga oshiradilar. Ayrim tarmoqlar yuridik shaxslarining birlashmalari budjet bilan hisob-kitoblarni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaroriga binoan markazlashtirilgan tartibda amalga oshirishlari mumkin.
|
3.Rezident va norezident nima?
|
O‘zbekistonda ta’sis etilgan yoki ro‘yxatdan o‘tkazilgan yuridik shaxs, shuningdek O‘zbekiston Respublikasidan tashqarida ro‘yxatdan o‘tgan, bosh korxonasi O‘zbekistonda joylashgan yuridik shaxs O‘zbekiston Respublikasining rezidenti hisoblanadi.
O‘zbekiston Respublikasining rezidenti bo‘lgan yuridik shaxslarga O‘zbekiston Respublikasidagi va undan tashqaridagi faoliyat manbalaridan olgan daromadlari (foydalari) bo‘yicha soliq solinadi.
|
4.Soliq obyekti va soliqqa tortiladigan daromadlarga nimalar kiradi?
|
Ustav fondiga qo‘shilgan, umumiy vazifalarni hal etish uchun birlashtirilgan badallar, paylar va aniq maqsadga qaratilgan boshqa moliyaviy mablag‘lar (kapital) ana shu vazifalarni hal etish uchun maxsus tuzilgan yuridik shaxsning daromadlari hisoblanmaydi va soliq solish obyekti bo‘lmaydi.
Yuridik shaxs bo‘lgan aksiyadorning o‘tgan yillarning taqsimlanmagan foydasini ustav fondini (kapitalini) ko‘paytirish uchun yo‘naltirish chog‘ida qo‘shimcha aksiyalar qiymati yoki aksiyalarning nominal qiymatini ko‘paytirish tarzida olingan daromadlari (foydasi) soliq solish obyekti bo‘lmaydi
|
5.Daromadga (foydaga) soliq stavkalari qanday bo’ladi?
|
O‘zbekiston Respublikasidan tashqarida to‘langan daromad (foyda) solig‘i summalari O‘zbekiston Respublikasida soliq to‘lash vaqtida O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalariga muvofiq hisobga olinadi.
Hisobga olinadigan summalar miqdori O‘zbekiston Respublikasida amalda bo‘lgan stavkalar bo‘yicha hisoblab chiqarilgan daromad (foyda) solig‘i summasidan ortiq bo‘lmasligi kerak.
|
6.Qanday yuridik shaxslar daromadga soliqdan to’liq ozod etiladi?
|
Soliqdan ozod qilish, odatda, muayyan holatlarda soliqqa tortishning yo'qligi emas, aks holda istisno deb ataladigan qonun bilan belgilangan umumiy qoidalarni istisno qilishni anglatadi. Soliqdan ozod qilish, shuningdek, chegirma o'rniga ma'lum bir ob'ektni soliqqa tortishdan olib tashlashni anglatadi.
|
7. Qanday yuridik shaxslar daromadga soliqdan vaqtinchalik ozod etiladi?
|
Yuridik shaxslardan undiriladigan foyda (daromad) solig’ining iqtisodiy mohiyati, ahamiyati va byudjet daromadlarida tutgan o’rni. Yuridik shaxslarning to’laydigan soliqlari ishida ularning daromadi (foydasi)ga soliq byudjet daromadlari tarkibida katta o’rin egallaydi. Bu soliq to’g’ri soliq bo’lganligi ushun xo’jalik sub’ektlarining to’g’ridan-to’g’ri moliyaviy ahvoli bilan bog’liq, unga ta’sir etadi. Shuning ushun bu soliq salmog’ini davlat yildan-yilga kamaytirish siyosatini olib bormoqda
|
8.Huquqiy shaxslarning qanday xarajatlari soliqqa tortiladigan daromaddan kamaytiriladi?
|
Ko'pgina yurisdiktsiyalar jismoniy shaxslarning daromadlarini soliqqa tortishadi tadbirkorlik sub'ektlari, shu jumladan korporatsiyalar.
|
9.Soliq hisobini tuzish va soliqini to’lash tartibi qanday?
|
Soliq hisoboti qog’ozda va (yoki) elektron hujjatga doir talablarga rioya etilgan holda
elektron hujjat tarzida tuziladi.
Soliq hisoboti soliq to’lovchi tomonidan imzolanishi kerak, shuningdek agar u yuridik shaxs
bo’lsa, uning muhri bilan tasdiqlanadi. Elektron hujjat tarzida taqdim etilgan soliq hisoboti soliq
to’lovchining elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlanadi.
Yuridik shaxs - soliq to’lovchi qayta tashkil etilayotganda yoki tugatilayotganda, har bir qayta
tashkil etilayotgan yoki tugatilayotgan soliq to’lovchiga soliq davri boshlanganidan e’tiboran qayta
tashkil etish yoki tugatish tugallangan kunga qadar bo’lgan davr yuzasidan tegishincha topshirish
dalolatnomasi, taqsimlash balansi yoxud tugatish balansi asosida alohida-alohida soliq hisoboti
tuziladi. Mazkur hisobot topshirish dalolatnomasi, taqsimlash balansi yoki tugatish balansi
tasdiqlangan kundan e’tiboran uch ish kuni ichida taqdim etiladi. Ushbu qoidalar o’zgartirish,
shuningdek boshqa yuridik shaxsni qo’shib olish orqali qayta tashkil etilayotgan yuridik shaxslarga
nisbatan tatbiq etilmaydi.
|
10.Ikki yoqlama soliq to’lash qanday tugatiladi?
|
Ikki yoqlama soliqqa tortishga yo‘l qo‘ymaslik hamda daromad soliqlarini to‘lashdan bo‘yin tovlashning oldini olish to‘g‘risida bitim tuzish istagini bildirib, shuningdek ikki mamlakat o‘rtasidagi iqtisodiy hamkorlikka ko‘mak berish maqsadida
quyidagilar to‘g‘risida ahdlashib oldilar:
I bob. Bitimni ko‘llash sohasi
1-modda
Bitim tatbiq etiladigan shaxslar
Ushbu Bitim Ahdlashuvchi Davlatlarning biri yoki har ikkisining rezidenti bo‘lgan shaxslarga nisbatan qo‘llaniladi.
2-modda
Bitim tatbiq etiladigan soliqlar
1. Ushbu Bitim Ahdlashuvchi Davlat yoki uning ma’muriy-hududiy yoxud siyosiy bo‘linmalari yoki mahalliy hokimiyat organlari nomidan undiriladigan daromad soliqlariga nisbatan, ularni undirish usulidan qat’i nazar, tatbiq etiladi.
2. Daromad soliqlariga jami daromaddan yoxud daromadning bir qismidan olinadigan barcha soliqlar, shu jumladan, ko‘char va ko‘chmas mulkni boshqa shaxsga berishdan olingan daromaddan, korxonalar tomonidan to‘lanadigan ish haqi va maoshlarning umumiy summalaridan olinadigan soliqlar kiradi.
|