Quyosh fizikasi haqida quyosh haqida umumiy ma'lumotlar


Fotosfera spektri. Uning kimyoviy tarkibi


Download 1.74 Mb.
bet2/9
Sana13.05.2022
Hajmi1.74 Mb.
#668224
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
QUYOSH FIZIKASI HAQIDA
техник ижодкорлик, Fransus tilidan mustaqil ish, 4-sinf kitoblari, Кураш ўқитиш методикаси Намунавий Дастур 2020-конвертирован-конвертирован, Кураш ўқитиш методикаси Намунавий Дастур 2020-конвертирован-конвертирован, pdf 4092020, Kompyuter viruslari va ularning turlari, lotin, Критерии оценки знаний студентов по дисциплине, kimyo oqitish nazariyasi va metodikasi fanidan maruzalar matni, REPORT TourismDigitalisation, REPORT TourismDigitalisation, 01. Саволнома Ёшлар масалалари, 11, 3
Fotosfera spektri. Uning kimyoviy tarkibi
Fizika kursidan ma'lumki, nurlanayotgan jism va undan taralayotgan nurlanish o'tayotgan muhitning tabiatiga ko'ra, manbaning spektri: tutash, yutilish va nurlanish (emission) spektrlari ko'rinishida bo'ladi.
Cho'g'langan jismni prizma yoki diffraksion panjara yordamida hosil qilingan spektri tutash spektrni beradi. Agar cho'g'langan jismdan kelayotgan nurlar yo'liga malum bir gaz sham tutilsa, u holda tutash spektri fonida sham gazini tashkil qilgan atomlarning yutilish (fraungofer) chiziqlari paydo bo'ladi. Birinchi marta 1814-yili bu chiziqlar tabiatini tushuntirgan fizik Fraungofer sharafiga ushbu chiziqlar uning nomi bilan yuritiladi.
Shamning o'zi alohida hosil qilgan spektri esa tutash spektrdan holi bo'lib, birinchi holda yutilish spektri chiziqlari hosil bo'lgan joylarda paydo bo'lgan nurlanish (yorug') spektral chiziqlaridan tashkil topadi

Fotosfera spektri - chiziqli yutilish spektridan iborat bo'lib, uning ko'rinadigan zonasi 3900 A (angestrem, l A = 10°.m) dan 6900 A gacha bo'lgan intervalni o'z ichiga oladi (2-rasm). Bu intervalda vodorodning Balmer seriyasidagi chiziqlari, ionlashgan va neytral kalsiy, temir, marganets, magniy, titan va boshqa metall atomlarining chiziqlari keng tarqalgandir. Fotosfera spektrida ionlashgan kalsiyning H va К deb nomlangan chiziqlari (to'lqin uzunliklari λ=3900 A va λ=3990 A) vodorodning Hα=6563 A) va Hβ(λ= 4860A) natriyning D1 ,(λ =5896 A) va D2 ( λ=5890 A) chiziqlari eng intensiv hisoblanadi.


Fotosfera spektrida Yer atmosferasidagi gaz molekulalarining, xususan suv bug'lari, azot va kislorod molekulalarining ham chiziqlari hosil bo'ladi. Bu chiziqlarni beruvchi gaz molekulalari fotosferaga aloqador bo'lmaganligi sababli, fotosfera fizik tabiatini Quyoshning spektral chiziqlari asosida o'rganishda Yer atmosferasining ushbu chiziqlariga tayaniladi. Fotosfera spektrining 4300-5000A li,ya'ni ko'k-yashil rangli zonasida intensivlik eng yuqori bo'ladi. Aslida, Quyosh spektri uzoq ultrabinafsha va infraqizil sohalarga ham ega. Biroq nurlanishning bu sohalari ko'zning ko'rish chegarasidan tashqarida va ular Yer atmosferasida kuchli yutilishi tufayli dastlab ularni o'rganish katta qiyinchilik bilan kechdi. Keyingi yillarda Yer sun'iy yo'ldoshlaridan foydalanib olingan Quyosh spektri uning tabiati 2000 A to'lqin uzunligidagi ultrabinafsha zonasigacha ko'rinadigan uchastkasi bilan deyarli bir xilligini ko'rsatdi. Undan qisqa to'lqinli sohada esa tutash spektrining intensivligi keskin kamayib, yutilish chiziqlari nurlanish chiziqlariga aylanadi.
Spektr infraqizil sohasining nurlanishi to'lqin uzunligi 15 mk ga qadar Yer atmosferasida qisman yutiladi va natijada spektrning bu zonasi suv bug'lari, kislorod va is gazi molekulalarining yutilish tasmalariga boy bo'ladi. 15 mk dan to 1 sm gacha boigan sohaning nurlanishi esa Yer atmosferasi tomonidan kuchli yutiladi.



Download 1.74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling