Quyosh fizikasi haqida quyosh haqida umumiy ma'lumotlar


Download 1.74 Mb.
bet5/9
Sana13.05.2022
Hajmi1.74 Mb.
#668224
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
QUYOSH FIZIKASI HAQIDA
техник ижодкорлик, Fransus tilidan mustaqil ish, 4-sinf kitoblari, Кураш ўқитиш методикаси Намунавий Дастур 2020-конвертирован-конвертирован, Кураш ўқитиш методикаси Намунавий Дастур 2020-конвертирован-конвертирован, pdf 4092020, Kompyuter viruslari va ularning turlari, lotin, Критерии оценки знаний студентов по дисциплине, kimyo oqitish nazariyasi va metodikasi fanidan maruzalar matni, REPORT TourismDigitalisation, REPORT TourismDigitalisation, 01. Саволнома Ёшлар масалалари, 11, 3
Quyoshning temperaturasi
Astrofizikaning murakkab masalalaridan biri osmon jismlari temperaturasini aniqlashdir. Ma'lumki, temperatura modda holatini xarakterlaydigan asosiy kattalik bo'lib, uning fizik xususiyatlari ko'p jihatdan temperaturasiga bog'liq bo'ladi. Astronomlar uchun bu masalaning qiyinchiligi shundaki, ular, birinchidan, Yer tajribalaridagi kabi tekshirilayotgan jismga o'rnatilgan maxsus priborlar yordamida bevosita temperaturani o'lchash imkoniyatiga ega emas va, ikkinchidan, osmon jismlari temperaturasini aniqlashda ko'p hollarda osmon yoritgichlari nurlanishlarini absolyut qora jism nurlanishi deb qarab va uning qonunlarini qo'llab temperatura aniqlanadi. Biroq haqiqatda bu qonunlarni qo'llash yoritgichlar uchun har doim ham o'rinli bo'lavermaydi, chunki eslatilgan qonuniyatlar termodinamik muvozanatda bo'lgan nurlanadigan muhit uchungina o'rinlidir. Shu tufayli topilgan kattaliklar ma'lum xatoliklarni o'z ichiga oladi. Shunga qaramay, yulduzlar va xususan, Quyosh temperaturasini aniqlashda ma'lum shartlar bilan Plank, Stefan-Boltsman va Vinning siljish qonunlaridan fodalaniladi. Quyosh spektrida energiyaning to'lqin uzunligi bo'yicha taqsimlanish egriligida maksimum nurlanish to'lqin uzunligiga to'g'ri keladi. Bu kattalik orqali Vinning siljish qonuniga ko'ra:
aniqlangan temperatura T = 6744 К chiqadi.Quyoshning 1 m2 yuzasida 1 s da chiqadigan energiya miqdori: u holda Stefan-Boltsman qonuni orqali aniqlangan effektiv temperatura formuladan bu o'rinda
J ismning effektiv temperaturasi deb shunday absolyut qora jismning temperaturasiga aytiladiki, uning 1 sm2 yuzasi butun nurlanish spektri bo'yicha chiqargan energiyasi berilgan jismning 1 sm2 yuzasi chiqaradigan energiyaga teng bo'ladi.
Ravshanlik temperaturasi deyiluvchi temperatura esa ma'lum to'lqin uzunligi intervalida Plank formulasi:dan foydalanib topiladi. Plankformulasi absolyut qora jism uchun o'rinli ekanligi e'tiborga olinsa, ravshanlik temperaturasi quyidagicha ta'riflanadi. Jismning ravshanlik temperaturasi deb uning ma'lum to'lqin uzunligidagi 1 sm2 yuzasi chiqaradigan to'la energiyasi shu to'lqin uzunligida Ism2 yuzasi chiqaradigan shunday energiyaga teng bo'lgan absolyut qora jismning temperaturasiga aytiladi, Quyosh spektrining 5 500 A to'lqin uzunligi uchun aniqlangan ravshanlik temperaturasi 6400 К atrofida bo'ladi. Siyrak plazmada temperatura, bu plazmani tashkil qiluvchi zarralarning kinetik energiyasi bo'yicha aniqlanadigan temperatura bilan o'lchanadi va u plazmaning kinetik temperaturasi deb yuritiladi.Plazmada zarralarning kinetik energiyasi bu o'rinda v - ma'lum atomning eng katta ehtimoliy tezligi,

Download 1.74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling