Quyosh fizikasi haqida quyosh haqida umumiy ma'lumotlar


( 9) Bu o'rinda g - erkin tushish tezlanishining kattaligi (10)


Download 1.74 Mb.
bet7/9
Sana13.05.2022
Hajmi1.74 Mb.
#668224
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
QUYOSH FIZIKASI HAQIDA
техник ижодкорлик, Fransus tilidan mustaqil ish, 4-sinf kitoblari, Кураш ўқитиш методикаси Намунавий Дастур 2020-конвертирован-конвертирован, Кураш ўқитиш методикаси Намунавий Дастур 2020-конвертирован-конвертирован, pdf 4092020, Kompyuter viruslari va ularning turlari, lotin, Критерии оценки знаний студентов по дисциплине, kimyo oqitish nazariyasi va metodikasi fanidan maruzalar matni, REPORT TourismDigitalisation, REPORT TourismDigitalisation, 01. Саволнома Ёшлар масалалари, 11, 3
( 9) Bu o'rinda g - erkin tushish
tezlanishining kattaligi (10)
bo'ladi. Chunki zichlik bir xil bo'lib, R/2 radius bilan chegaralangan sferaning ichida Quyoshning 1/8 massasi mujassamlangan. U holda Quyoshning o'rta qismida bosim quyidagi tenglamadan topiladi:
( 11) Bosim va zichlikka ko'ra, Quyoshning o'rta qismi temperaturasi gaz-holat tenglamasidan quyidagicha aniqlanadi:
(12)
Quyosh temperaturasi, uni bir jinsli emasligini e'tiborga olib hisoblaganda bu qiymatdan biroz farq qilib, 3,4 106ATni tashkil etadi. Turli metodlarni qo'llab, Quyoshning turli qatlamlarida va markazida aniqlangan bosim, zichlik va teraperaturaning qiymatlari quyidagi jadvalda keltirilgan.

Jadvaldan ko'rinadiki, markazda temperatura 15 million gradusgacha, bosim bir necha yuz milliard atmosferagacha (1 atm.=105H/m2) boradi. Bunday sharoitda atomlarning tezligi juda katta bo'lib, xususan vodorod atomi uchun sekundiga yuzlab kilometrga yetadi. Bosim yuqori bo'lgani tufayli bunday tezlikda atomlar tez-tez to'qnashib turadi. To'qnashuvchi atomlar ayrimlarining yadrolari bir-biriga juda yaqin kelib, yadro reaksiyalarini (yadroviy sintezni) vujudga keltiradi. Bunday yadroviy reaksiyalar yuqori temperatura va juda katta bosim sharoitidagina ro'y berganidan termoyadro reaksiyalari deb yuritiladi. Quyosh energiyasining asosiy manbai ana shunday reaksiyalar bo'lib, ular haqida alohida to'xtalamiz.Xromosfera Quyosh atmosferasining o'rta qatlami bo'lib, qalinligi 12-15 ming km ga yaqin. Xromosfera («xromos» - yunoncha rangli) nurlanishi fotosferaga nisbatan juda kuchsiz bo'lib, asosiy nurlanish bir necha kuchli spektral chiziqlarning to'lqin uzunliklaridagina kuzatiladi.

Bu spektral chiziqlar vodorod, geliy, ionlashgan kalsiy atomlarining chiziqlari bo'lib, xromosferani o'rganish bu chiziqlarning to'lqin uzunliklarida kuzatish va rasmga tushirish imkoniyatini beradigan teleskoplarda olib boriladi. Bunday teleskoplar xromosfera-fotosfera teleskoplari deb ataladi.
Oddiy refraktor teleskopida Quyoshning tasviri yasalgach, unga xromosfera qaysi nurda tekshirilmoqchi bo'lsa, aynan shu to'lqin uzunligidagi nurnigina (ko'pincha Hα 6562 A°yoki Ca II ning H va К -λλ 3968 A°, 3934 A°) o'tkaza oladigan interferension-polyarizatsion filtr (IPF) o'rnatiladi. Filtrdan so'ng xromosferani tanlangan spektral chiziq to'lqin uzunligidagi nurlarda ko'rish yoki kinokamera yordamida rasmga tushirish mumkin . Xromosferaning biror spektral chiziq to'lqin uzunligidagi nurda olingan rasmi spektrogeliogramma deb yuritiladi.
Spektrogeliogrammadan ko'rinadiki, xromosferaning strukturasi bir jinsli bo'lmay tolali xarakterga ega. Xromosferada Quyosh dogiari ham kuzatilsa-da, biroq unda dog'lar fotosferadagi aniqligini yo'qotgan holda ancha xiralashib ko'rinadi. Xromosferaning yuqori sifatli spektri Quyoshning to'la tutilishi paytida olinadi. Oy diski bilan Quyosh gardishining to'la to'silishida (tutilishning ikkinchi kontakti momentida) Quyoshning sharq tomonida faqat xromosfera «o'rog'i» yorqin shu'lalanadi. Shundan so'ng biroz o'tmayxromosfera «o'rog'i» Quyoshning g'arb tomonida (tutilishning uchinchi kontakti momentida) shu'lalanadi. Xromosferaning spektri sharqiy va g'arbiy «o'rog'i» shu'lalangan momentlarda olinibo'rganiladi. Undagi ravshan spectral chiziqlar - geliy, vodorod va ionlashgan kalsiy atomlariga tegishlidir. Spektrda oson uyg'onuvchi (uyg'onish potensiali nisbati kam bo'lgan) atomlarning emission chiziqlari xiralashib, ularning 86-rasm. Quyoshning yuqori uyg'onish potensialiga ega bo'lgan vodorodning Ha chizig'iga chiziqlari ravshanlashadi. tegishli spektrogeliogrammasi Xromosferada tabiatan bir-biridan farqlanuvchi qo'yidagi obyektlar kuzatiladi: spikulalar, flokkulalar, protuberanetslar va chaqnashlar.
Spikublar - xromosferadagi o'lchamlari nisbatan kichik obyektlardir. Ular o'tkir uchli konus ko'rinishida bo'lib, o'qi Quyosh radiusi bo'ylab yo'naladi. Spikulalar Quyosh diski chetida, arrani eslatuvchi tishli aylana ko'rinishida uni chegaralaydi. Spikulaning balandligi bir necha ming kilometrgacha, asosining diametri esa ming kilometrgacha boradi. Spikulalar uzoq vaqt yashamaydi va hayotining so'nggida sekundiga 20-40 kilometr tezlik bilan Quyosh atmosferasining tashqi toj zonasigacha ko'tarilib, ko'pchiligi u yerda yo'qoladi va qisman xromosferaga qaytadi. Binobarin, xromosferaning Quyosh toji bilan modda almashinuvi asosan spikulalar vositasida amalga oshadi. Spikulalarning yashash davri 2-5 minutdan oshmaydi.
Ma'lum bo'lishicha, aktiv zonalarda (magnit maydonli) spikulalar aniq bir yo'nalish bo'yicha yotib, ularning dinamikasi ham bir xil kechadi. Spikulalar xromosfera panjarasi deyiluvchi yirik strukturani hosil qiladi. Mazkur struktura, fotosfera ostidagi to'lqin harakati tomonidan vujudga keltiriladi deb taxmin qilinadi.
Flokkulalar - xromosferasining fotosfera mash'allari ustidagi sohalari bo'lib, ular ham mash'allar kabi ravshanligi bilan ajralib turadi. Faqat ionlashgan kalsiy (K va H) va Ha chiziqlariga mos to'lqin uzunliklaridagi nurlarni o'tkaza oladigan filtrlar orqali olingan spektrogeliogrammalar balandlik ortgan sayin xromosfera flokkulalari ravshanliklarining ortishini ko'rsatadi. Kalsiyli va vodorodli flokkulalar ravshan ko'rinishining sababi flokkula­lar egallagan maydonning tempera-turasi, atrof xromosferaga nisbatan yuqori bo'lishidadir.
Ma'lumki, xromosfera granula-lardan kelayotgan to'lqin oqimi bilan qizdiriladi. Mash'allar ustiga to'g'ri keladigan xromosferaning qizdirilgan bu qismlari fotosferaning aktiv 87-rasm. Quyosh protuberantslan sohasidan ko'tarilayotgan quvvatli oqimning natijasidir. Flokkulalarda temperaturaning balandlik bo'ylab ortishi mazkur quvvatli oqim qatori balandlik bo'ylab atmosferaning siyraklashishi bilan ham tushuntiriladi. Mash'allar va flokkulalar tabiatlarining bir-biriga yaqinligi, ular vujudga kelishida aniq bir mexanizm sabab bo'ladi degan fikrning tug'ilishiga asos bo'ldi. Flokkulali sohalarda Quyosh dog'lari bo'lsa, uning ravshanligi va maydoni dog'ning aktivligiga bog'liq. Agar Quyoshdagi dog' murakkab dogiardan bo'lsa, u holda flokkula maydonining ayrim sohalarida ravshanlik o'zgarib turadi. Bu flokkulalar ham, fotosfera mash'allari kabi, Quyosh dog'lari bilan genetik bog'lanishda ekanligidan xabar beruvchi dallilardan ekanligini ko'rsatadi.

Download 1.74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling