Quyosh fizikasi haqida quyosh haqida umumiy ma'lumotlar


Download 1.74 Mb.
bet8/9
Sana13.05.2022
Hajmi1.74 Mb.
#668224
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
QUYOSH FIZIKASI HAQIDA
техник ижодкорлик, Fransus tilidan mustaqil ish, 4-sinf kitoblari, Кураш ўқитиш методикаси Намунавий Дастур 2020-конвертирован-конвертирован, Кураш ўқитиш методикаси Намунавий Дастур 2020-конвертирован-конвертирован, pdf 4092020, Kompyuter viruslari va ularning turlari, lotin, Критерии оценки знаний студентов по дисциплине, kimyo oqitish nazariyasi va metodikasi fanidan maruzalar matni, REPORT TourismDigitalisation, REPORT TourismDigitalisation, 01. Саволнома Ёшлар масалалари, 11, 3
Protuberanetslar - xromosfera gardishining chekka qismlarida limb chegarasidan bir necha yuz ming kilometrgacha ko'tarila oladigan «olovli tillar»dir. Ular turli formalarda, xususan pichan g'arami, halqasimon shakllar da bo'lib, ko'pincha Quyosh sirtiga perpendikulyar bo'ladi. Protuberanetslarning asosi xromosferada yotib, uch qismi Quyosh atmosferasining toj qismigacha boradi. Protuberanetslar xromosfera va Quy osh tojida modda almashinuvida asosiy «tomirlardan» hisoblanadi. Protuberanetslarning temperaturasi 20000 К ga yaqin.
Protuberanets diskka proyeksiyalanganda uning ko'rinishi qora tola shaklida bo'ladi. Protuberanetslar Quyoshning eng yirik obyektlaridan bo'lib, ularning uzunligi va balandligi bir necha yuz ming km gacha. asosining qalinligi esa bir necha yuz km gacha yetadi.
Toj Quyosh atmosferasining sirtki qismi bo'lib, balandligi turli radial yo'nalishlarda turlicha bo'ladi. Ayrim radial yo'nalishlarda Quyosh tojining balandligi 10 million kilometrgacha yetadi. Tojning ravshanligi Oyning to'linoy fazasidagi ravshanligiga ham yetmasligi tufayli, uni oddiy ko'z bilan ko'rishning iloji yo'q. Asrlar davomida Quyosh tojini faqat Quyosh to'la tutilgandagina kuzatishgan. Faqat XX asrning o'rtalariga kelib, olim Lio (Fransiya) yaratgan koronagraf yordamida Quyosh tojini tutilishlarsiz ham kuzatish imkoni paydo bo'ldi. Koronograf - oddiy refraktorda yasalgan Quyosh tasvirini «sun'iy oy» bilan to'sish va so'ngra interferension-polyarizatsion filtrdan (IPF) o'tkazish orqali ma'lum to'lqin uzunligida tojning tasvirini olishga imkon beruvchi maxsus teleskopdir.Bunda «sun'iy oy» - konus sirtli,asosining diametri refraktor yasagan.
Q uyosh tasvirining diametriga teng bo'lgan ko'zgu bo'lib, u yordamida Quyoshning fotosfera bilan chegaralangan tasviriga tegisЫi nurlar teleskop trubasidan tashqariga chiqarilib yuboriladi. Quyosh diski atrofidagi tojning tasviri IPF ga tushadi. Bu flltr toj spektridagi ravshan spektral chiziqlardan birining (ko'pincha Fe XIV A.=5303 A°chizig'i) to'lqin uzunligiga mos (ya'ni faqat o'sha to'lqinlarni o'tkazadigan) qilib yasaladi. Agar toj spektrini olish zaruriyati tug'ilsa, IPF o'rniga spektrograf o'rnatiladi.
Toj ravshanligiga qarab, ikki qismga bo'linadi: Quyosh diski chegarasidan 0,5-^1 Ro masofagacha cho'zilgan ravshan qismli ichki toj (89-rasm) va bu chegaradan tashqarida yotgan tashqi toj. Ichki tojda yoysimon va bulutsimon obyektlar kuzatiladi. Bu obyektlar xromosferaning aktiv sohalari, ayniqsa protuberanetslar bilan ta'sirlanadi va natijada o'zgarib-harakatlanib hamda yo'qo.lib turadi. Tojning spektri, kuchsiz tutash spektri fonidan va bu fonda joylashgan yorug' (emission) chiziqlardan tashkil topadi. Emission chiziqlarning ravshanligi tojning balandligi ortgan sayin xiralashib boradi. Tojdan kelayotgan nur qutblangan bo'lib, Quyosh sirtidan 0,5Ro (Ro - Quyosh radiusi) -balandlikda qutblangan nurlar, uning butun nurlanishining 50 foizini tashkil qiladi. Nurning bunday qutblanishi, xarakteriga ko'ra, tojda nurni sochayotgan zarrachalar tabiati haqida fikr yuritishga imkon beradi. Ma'lum bo'lishicha, yorug'likning bunday kuchli qutblanishi faqat uning erkin elektronlarda sochilishi tufayligina bo'lishi mumkin. Astronomlarning bu fikri dastlabki kuzatishlardanoq tasdiqlandi.
Ma'lumki, qarash chizig'i bo'ylab tojning qismlariga fotosferadan tushayotgan nurni elektronlar faqat 90°li burchak ostidagina emas, balki undan katta va kichik burchaklarda ham sochadi. Shuning uchun tojda qutblanish qisman kuzatiladi. Quyoshdan ancha uzoqdagi toj qismida sochilayotgan nurlar 90° yaqin burchak ostida bo'ladi, binobarin bu zonada qutblanish maksimumga intiladi. Biroq undan
ham balandda, tashqi toj qismida, qutblanish kamayadi va bu qismdan kelayotgan n urlar fraungofer chiziqlarini berib, oddiy Quyosh spektriga o'xshash, biroq juda kuchsiz (xira) spektrni beradi. Bu qismdagi nurlanish haqiqiy tojga tegishli bo'lmay, sayyoralararo bo'shliqdagi chang zarrachalar da sochilayotgan Quyosh nurlarining spektriga tegishlidir.
Tojdagi erkin elektronlar va ionlarning konsentratsiyasi o'zaro teng bo'lib, hisoblashlar har kub santimetrga teng toj ustunida ularning soni taxminan 108 ga tengligini ko'rsatadi. Quyosh toji spektridagi emission chiziqlat ojdagi atomlarning yuqori darajada ionlashgan chiziqlariga mos keladi. Ulardan eng intensivlari Fe XIV (to'lqin uzunligiga 5303 A0), ya'ni 13 elektronini yo'qotgan temir atomining chizig'i, FeX (to'lqin uzunligiga 6374 A0) va boshqa kuchsiz chiziqlardir. Bundan yuqori uyg'onish potensialiga ega bo'lgan ionlashgan atomlar spektral chiziqlarining tojda hosil bo'lishi sababi, u yerda atmosfera siyrak bo'lganidan uzoq vaqt davomida elementar zarrachalar, xususan, erkin elektronlarning ma'lum vaqt birligi ichida, to'qnashishlar soni juda kam bo'lganidan ular katta tezlikka erisha oladilar. Natijada katta energiyali bu zarrachalar, atomlarni yuqori darajada ionlashtirishga muvaffaq bo'ladilar.
Quyoshning radionurlanishi
Quyoshning radionurlanishi ikki qism - doimiy va o'zgaruvchan komponentlardan iborat. Bulardan birinchisi sokin Quyoshga, ikkinchisi o'zgaruvchan Quyoshga tegishli. Quyosh toji, ko'zning ko'rish chegarasidagi Quyoshning chiqaradigan nurlarini deyarli yutmaydi, biroq radionurlanishlarni kuchli yutadi, sindiradi va qaytaradi. Quyosh tojining o'zi millimetrdan to metrli to'lqin uzunligigacha bo'lgan radionurlarni chiqaradi. Bunda millimetrli nurlar Quyosh tojining ostki qatlamlaridan, santimetrli va metrli to'lqin uzunligiga ega bo'lgan radionurlar esa atmosferaning sirtqi qatlamlaridan chiqariladi. Quyosh tojining radionurlanishiga ko'ra, aniqlangan ravshanlik temperaturasi toj balandligining ortishi bilan kamayib boradi.
Shuningdek, tojdan uzluksiz korpuskulyar zarralarning oqimi chiqib turishi aniqlangan. Bu oqimning tezligi Quyoshdan uzoqlashgan sayin ortib borib, Yer yaqinida u 300-400 km/sek ga yetadi. Quyosh tojining sayyoralararo bo'shliqda bu xilda kengayishi «Quyosh shamoli» deb yuritiladi

Download 1.74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling