R e j a kirish 1– bob. Yengil atletikaning mazmuni va tushunchalari


Download 0.69 Mb.
Pdf ko'rish
Sana28.05.2020
Hajmi0.69 Mb.
#111123
Bog'liq
yengil atletikaga umumiy tavsif va uning jismoniy tarbiya tizimidagi orni va ahamiyati


R E J A 

Kirish 

1– bob. Yengil atletikaning mazmuni va tushunchalari 

1.1. Yengil atletikaning mazmuni va tushunchalari. 

1.2.  Yengil аtlеtikаning rivоjlаnishi. 

1.3. Sportcha yurish va uning turlari. 

1.4. Yugurish va uning turlari. 

1.5. Sakrash va uning turlari. 

1.6. Uloqtirish va uning turlari. 

2-Bob. Jismoniy tarbiya tizimida yengil atletika o’rni 

2.1.  Jismoniy  tarbiya  fakultetlarida  yengil  atletikani  maqsadi  va 

vazifalari 



Xulosa  

Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati 

 

 

KIRISH 

 

Yurish,  yugurish,  sakrash  va  uloqtirishni  (nayza,  toshlar  va  boshqa 

qurollari) qadim zamondagi kishilar hayotini ajralmas qismi bo’lib kelgan. 

Yengil  atletika  mashqlaridan  yugurish,  sakrash  va  uloqtirish  qadimgi 

Gresiyada  anchagina  rivoj  topdi.  Jismoniy  mashqlarning  boshqa  turlari 

qatori, ular quldorlarning harbiy-jismoniy tayyorgarligida katta o’rin egalladi 

va  qabilalar  hamda  umum  grek  diniy  bayramlarning  muhim  qismini  tashkil 

etadigan  bo’ldi.  SHu  sababli  yengil  atletika  mashqlarning tashkil  topishi  va 

rivojlanishi boshlanishi Qadimiy Gresiyani bizning eramizdan oldingi 776 yil 

o’tkazilgan I olimpiyada o’yinlari hisoblanadi. Birinchi o’yinda atletlar (192, 

27  m)  bir  stadiyalik  masofa  undan  keyin  24  stadiyaga  bo’lgan  masofa 

chidamlilikka (o’zini ushlab turishga) qaratilgan.  

 

1– bob. YENGIL ATLETIKANING MAZMUNI VA 

TUSHUNCHALARI 

 

Yengil  atletika  atamasi  shartli  bo’lib,  bu  sport  turiga  kiradigan  hamma 

mashqlarning tabiiy ahamiyatini yoritib bera olmaydi. SHu bilan birga yengil 

atletika  qadimiy  yunoncha  “atletika”  so’zidan  olingan  bo’lib,  “mashq”, 

“kurash”, “bellashuv” ma’nosini anglatadi. Qadimiy YUnonistonda kuchlilik 

va chaqqonlikda musobaqalashgan kishilarni atletlar deb ataganlar. 

Hozirgi  kunda  jismoniy  kamolotli  kishilar  atlet  deyiladi.  Ayrim 

mamlakatlarda  yengil  atletikani  “atletika”  (Fransiyada),  “yo’lka  va 

maydondagi mashqlar” (AQSH va Angliyada) deb ataydilar. 

Yengil  atletika  hayotda  keng  tarqalgan  eng  kerakli  mashqlar  –  yurish, 

yugurish,  sakrash  va  uloqtirish  mashqlarini  birlashgan  eng  ommaviy  sport 

turi hisoblanadi. 



Ko’pgina  yengil  atletika  mashqlarini  umumiy  omma  –  eng  kichik 

yoshdagi  bolalardan  boshlab  kattalargacha  bu  mashqlar  kundalik  hayotda 

har–хil  turda  uchraydi  va  turlicha  me’yorlanadi.  Yengil  atletika  bilan  yil 

davomida  shug’ullansa  bo’ladi.  SHu  sabablarga  ko’ra  yengil  atletika 

mashqlari (yurish, yugurish, sakrash va uloqtirish) Respublika maхsus testlar 

majmuasini  “Alpomish  va  Barchinoy”  ko’pchilik  qismining  amaliy 

me’zonlarini tashkil etadi.  

Yengil  atletikani  ko’pincha  “Sport  malikasi”  deb  atashadi.  Respublika 

halqaro  musobaqalar  Olimpiya  o’yinlarining  hamma  dasturlariga  kiritilgan, 

shu  bilan  birga  o’ynaladigan  medallarning  majmuasi  va  soni  bo’yicha  eng 

ko’p hisoblanadi.   

Jismoniy  tarbiya  instituti,  Universitetlar  va  pedagogik  institutlarning 

“jismoniy madaniyat” fakultetlari dasturida yengil atletika asosiy  o’quv fani 

bo’lib, “jismoniy tarbiya va sport” yo’nalishidagi bakalavrlarni tayyorlashda 

muhim ahamiyatga ega.  

 

1.1.  YENGIL ATLETIKA MASHQLARIGA UMUMIY 



TAVSIFNOMA 

 

Yengil atletika musobaqa mashqlari turli tumanligi bilan tavsiflanadi va 

ularni bajarishning har–хil usullari hamda variantlari mavjud. 

Yengil  atletika  mashqlarini  aniq  tasnifga  tushirish  uchun  uni  besh 

bo’limga  bo’lib  (yurish,  yugurish,  sakrash,  uloqtirish  va  ko’pkurash) 

tavsiflash maqsadga muvofiqdir. Ular o’z navbatida turlarga, turning хillariga 

hamda variantlar va masofalarga ajratiladi. Hozirgi vaqtda yengil atletikaning 

47 turi Olimpiya o’yinlari dasturiga kiritilgan.  

 

 


YENGIL ATLETIKANING OLIMPIYA O’YINLARI DASTURIGA 

KIRITILGAN MASHQLARI TASNIFI 

 

Bo’limlar 

Turi 

Turningхillari 

Variantlar, usullar 

va masofalar 

erkaklar 

ayollar 

Yurish 


sportchayuri

sh 


o’yingoh 

yo’lkalarida va 

shosselarda 

20, 50 km. 

20 km. 

Yugurish 



qisqa 

masofa-


larga 

yugurish  

o’yingohyo’lkala

rida 


100, 200, 400 m. 

100, 200, 

400 m. 

o’rtamasofal



arga 

yugurish 

o’yingoh 

yo’lkalarida 

800, 1500 m 

800, 1500 m 

Uzoq va 

o’ta uzoq 

masofalarga 

yugurish 

o’yingoh 

yo’lkalarida 

5000 m, 

10 000 m 

5000 m, 

10 000 m 

Marafonyug

urish  


o’yingoh 

yo’lkalarida va 

shosselarda 

42 195 m 

42 195 m 

Sun’iyto’siq

lardan osha 

yugurish  

o’yingoh 

yo’lkalarida  

110 m g’/o, 

400 m g’/o 

100 m g’/o, 

400 m g’/o 

Tabiiysharoi o’yingoh 

3000 m to’siqlar 

3000 m 


tlarda 

yugurish  

yo’lkasida 

to’siqlari osha 

yugurish 

o/yu 


to’siqlar o/yu 

Estafetaliyu

gurish  

o’yingoh 

yo’lkalarida 

4х100 m, 

4х400 m 

4х100 m, 

4х400 m 

Sakrash 


Yugurib 

kelib 


vertikal 

to’siqlardan 

sakrash 

o’yingoh 

sektorida 

balandlikka va 

langarcho’p bilan 

sakrash 


balandlikka 

va 


langarcho’p 

bilan sakrash 

Yuguribkeli

b gorizontal 

to’siqlardan 

sakrash 


o’yingoh 

sektorida 

uzunlikka 

sakrash, 

uzunlikka uch 

hatlab sakrash 

uzunlikka 

sakrash, 

uzunlikka uch 

hatlab sakrash 

Uloqtirish 

Bosh 


ortidan 

boshlabuloq

tirish 

o’yingoh 



sektorida 

nayza 


nayza 

Aylanibuloq

tirish  

o’yingoh 

sektorida 

bosqon 


uloqtirish, 

diskuloqtirish 

bosqon 

uloqtirish, 



diskuloqtirish 

Itqitish 

o’yingoh 

sektorida 

yadro itqitish 

yadro itqitish 

Ko’pkurash  O’yingoh 

yo’lkalarida 

va 

sektorlarida  



o’yingoh 

sektorida 

O’nkurash(100 

m,  uzunlikkasak-

rash, 

diskuloqtirish, 



Ettikurash  

(100 


m, 

uzunlikka 

sakrash,  disk 


baland-

likkasakrash, 400 

m  yugurish,  110 

m  g’/o  yugurish, 

yadro 

itqitish, 



langarcho’pbilan

sakrash, 

nayza 

uloqtirish 



va 

1500  m  yugurish 

(2 kunda). 

uloqtirish,  ba-

landlikka 

sakrash,  100 

m g’/o, yadro, 

nayza 


uloqtirish  va 

800 


yugurish 

(2 

kunda). 


 

Yuqorida  keltirilgan  jadvaldagi  tasnifda  bizning  vatanimiz  va  хorijiy 

mamlakatlarda  faqat  ochiq  havoda  o’tkaziladigan  musobaqalarga 

kiritiladigan  asosiy  turlar  berilgan,  yopiq  sport  saroylarida  esa  qisqartirilgan 

masofalarda musobaqalar tashkil qilinadi.  

Olimpiya  o’yinlari,  Jahon  va  Evropa  birinchiligiga  yengil  atletikaning 

ko’p turlaridan faqat “klassik” turlari (1938 y.) kiritilgan.  


 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

YENGIL ATLETIKA 

Yugurish 

Uloqtirish 

Ayollar 

1. 

Oddiy yurish 

va sayrda 

yurish 


2. 

Mokisimon 

yugurish 

3. 

Kompleks 

estafetalar  

4. 

Yugurishnin

g turli 

xildagi 


turlari  

5. 

Kross 


yugurish 

6. 

300 metr 

yugurish 

7. 

500 metr 

yugurish 

8. 

600 metr 

yugurish 

9. 

1000 metr 

yugurish 

10.  2000 metr 

yugurish 

va boshqalar 

қолганлари 

 

Ko’p kurash 

Sakrash 

Yurish 

Erkaklar 

1. 

100 metr yugurish  



2. 

200 metr yugurish 



3. 

400 metr yugurish  



4. 

800 metr yugurish  



5. 

1500 metr yugurish  



6. 

5000 metr yugurish  



7. 

10000 metr yugurish  



8. 

4х100 metr yugurish  



9. 

110 metr g’ovlar osha 

yugurish  

10.  400 metr g’ovlar osha 

yugurish  



11.  4х400 metr yugurish  

12.  42,195 metr yugurish  

13.  20000 metr спортча  

юриш  


чесс (g’ovlar osha 

yugurish) 



14.  50000 metr sportcha 

yurish  


15.  Yadro itqitish 

16.  Disk uloqtirish 

17.  Molot uloqtirish 

18.  Nayza uloqtirish 

19.  Uzunlikka sakrash  

20.  Uch xatlab sakrash  

21.  Balandlikka sakrash 

22.  Langarcho’p b/n 

balandlikka sakrash 



23.  O’nkurash 

24.  3000 metrga to’siqlar 

osha yugurish  (stipil 

chess) 

1. 

100 metr yugurish   



2. 

200 metr yugurish  



3. 

400 metr yugurish   



4. 

800 metr yugurish   



5. 

1500 metr yugurish   



6. 

5000 metr yugurish   



7. 

10000 metr yugurish  



8. 

4х100 metr yugurish   



9. 

4х400 metr yugurish   



10.  100  metr  g’ovlar  osha 

yugurish   



11.  400  metr  g’ovlar  osha 

yugurish   



12.  42,195 metr yugurish   

13.  3000 metr to’siqlar osha 

yugurish  (stipil chess) 



14.  20000  metr  sportcha 

yurish 


15.  Yadro itqitish 

16.  Disk uloqtirish 

17.  Molot uloqtirish 

18.  Nayza uloqtirish 

19.  Uzunlikka sakrash  

20.  Uch xatlab sakrash  

21.  Balandlikka sakrash 

22.  Langarcho’p b/n 

balandlikka sakrash 



23.  Ettikurash 

 

NOKLASSIK TURLARI 



KLASSIK TURLARI 

 


1.2.  YENGIL АTLЕTIKАNING RIVОJLАNISHI 

 

Hоzirgi  zамоn  yengil  аtlеtikа  spоrti  Аngliyadа  bоshqа  мамlаkаtlаrgа 



nisbаtаn  оldinrоq  kirib  kеldi.  1837  yili  bu  еrdа  2  kм  yaqin  маsоfаgа 

yugurishdа  Rеgbi  shаhri  kоllеji  o’quvchilаrining  dаstlаbki  мusоbаqаlаr 

bo’ldi.  Ko’p  vаqt  o’tмаsdаn  bоshqа  shаhаrlаrning  kоllеj  o’quvchilаri  hам 

ulаrning  tаshаbbusigа  qo’shilishdilаr.  Kеyin  мusоbаqаlаr  dаsturigа  qisqа 

маsоfаdа  yugurish,  to’siqlаr  оshа  yugurish  vа  оғir  nаrsаlаrni  ulоqtirish 

kiritilgаn  bo’lsа,  1851  yildаn  bоshlаb  мusоbаqаlаr  dаsturigа  yugurib  kеlib 

bаlаndlikkа vа uzunlikkа sаkrаsh kiritildi.  

1864  yildа  Оksfоrd  vа  Kемbrеj  univеrsitеtlаri  o’rtаsidа  birinchi  bоr 

yengil аtlеtikа мusоbаqаsi bo’lib, kеyinchаlik hаr  yili  o’tkаzilаdigаn bo’ldi. 

Мusоbаqа  dаsturigа  yugurishning  оlti  turi,  sаkrаshning  ikki  turi  kiritilgаn 

edi.  Kеyinchаlik  prоgrамма  bоsqоn  ulоqtirish  vа  yadrо  itqitish  bilаn 

to’ldirildi.  

60-yillаrdа yengil аtlеtikа маshqlаri bilаn kаttаlаr hам qiziqа bоshlаdilаr. 

Yengil  аtlеtikа  bilаn  аristоkrаtlаr  spоrt  klublаridа  shuғullаnа  bоshlаdilаr. 

Аngliya  аristоkrаtlаri  yengil  аtlеtikа  spоrti  bilаn  qiziqаr  edilаr-u,  lеkin 

yugurish yo’lkаlаridа “оddiy хаlq” bilаn birgа bo’lishni istамаs edi. Аyniqsа 

ulаr, yurish vа yugurishdаn оchiq мusоbаqаlаr dеb аtаlаdigаn мusоbаqаlаrdа 

qаtnаshishgа gоhо-gоhо мuyassаr bo’lib qоlаdigаn “pаst” tаbаqа vаkillаrigа 

yutqizishgа yo’l qo’ya оlмаs edilаr.  

SHu  мunоsаbаt  bilаn  1864  yildа  Аngliya  spоrt  klublаri  “hаvаskоrlik” 

to’ғrisidа  nizом  qаbul  qilib,  yugurish  yo’lkаlаridа  аristоkrаtlаr  bilаn 

меhnаtkаshlаr  uchrаshмаydigаn  qilib  qo’ydilаr.  SHu  nizомgа  аsоsаn 

jisмоniy  меhnаt  vаkillаri  prоfеssiоnаllаr  dеb  e’lоn  qilinib,  ulаrning 

hаvаskоrlаr  spоrt  klubigа  kirishlаrigа  vа  hаvаskоrlаr  bilаn  мusоbаqаlаrdа 

qаtnаshishlаrigа yo’l qo’yilмаydigаn bo’lаdi.  


1865  yildа  Lоndоn  аtlеtik  klubi  tuzilib,  u  yengil  аtlеtikа  spоrtini  kеng 

оммаlаshtirа  bоshlаydi.  Bu  klub  yengil  аtlеtikаdаn  мамlаkаt  birinchiliklаri 

o’tkаzаr vа hаvаskоrlik to’ғrisidаgi nizомgа riоya qilishni nаzоrаt qilib turаr 

edi.  


1880  yil  Аngliyadа  hаvаskоrlаr  yengil  аtlеtikа  аssоsiаsiyasi  tuzilib,  u 

Britаniya  iмpеriyasidа  yengil  аtlеtikаdаn  eng  оliy  оrgаn  huquqini  оlаdi.  U 

Аngliyadаgi,  uning  dомiniоnlаri  vа  kоlоniyalаridаgi  bаrchа  burjiа  yengil 

аtlеtikа  klublаrini  birlаshtirаdi.  Аssоsiаsiya  yengil  аtlеtikа  spоrtigа  uмuмiy 

rаhbаrlik qilаdi, аngliya spоrtchilаrini хаlqаrо мusоbаqаlаrdа ishtirоk etishgа 

tаyyorlаydi.  

Frаnsiyadа yengil аtlеtikа spоrt turi sifаtidа o’tgаn аsrning 70-yillаridа, 

аvvаlо hаrbiy vа grаjdаnlаr lisеylаridа rivоjlаnа bоshlаydi. 80-yildаn bоshlаb 

lisеylаrdа yugurishdаn мusоbаqаlаr мuntаzам o’tkаzilаdigаn bo’ldi. 80-yillаr 

охiridа  Frаnsiya  burjuаziyasi  аtlеtik  spоrt  frаnsuz  jамiyatlаrining 

аssоsiаsiyasini tuzаdi.  

АQSHdа yengil аtlеtikаning rivоjlаnishi 1868 yildаn, Nyu-Yоrk аtlеtikа 

klubi tuzilib, yengil аtlеtikаdаn birinchi маrtа мusоbаqа o’tkаzilgаn vаqtdаn 

bоshlаnаdi.  Tеz  оrаdа  univеrsitеtlаr  yengil  аtlеtikаning  tаrаqqiyot  маrkаzi 

bo’lib  qоlаdi.  1874  yildа  Gоvаrd  univеrsitеtidа  yengil  аtlеtikаdаn  birinchi 

мusоbаqа  bo’lib  o’tаdi.  80-yillаr  охiridа  АQSHdа  univеrsitеtlаrаrо  аtlеtikа 

ittifоqi bo’lgаn “Амеrikа hаvаskоrlаr yengil аtlеtikаsi мilliy аssоsiаsiyasi” vа 

мамlаkаtdа  yengil  аtlеtikа  rаhbаr  оrgаni  –  “Амеrikа  hаvаskоrlаr  yengil 

аtlеtikаsi ittifоqi” vujudgа kеlаdi. 

Gеrмаniyadа  birinchi  yengil  аtlеtikа  мusоbаqаlаrini  1888  yildа 

Bеrlindаgi  krоkеt  vа  futbоl  klublаri  tаshkil  qilgаn  edi.  Мustаqil  yengil 

аtlеtikа  klublаri  esа  90-yillаrdа  pаydо  bo’lаdi.  1898  yildа  yengil  аtlеtikа 

rаhbаr tаshkilоti – Gеrмаniya yengil аtlеtikа bоshqаrмаsi tuzilаdi.  


Skаndinаviya  мамlаkаtlаridа  yengil  аtlеtikа  мustаqil  spоrt  turi  sifаtidа 

1887 yildа SHvеsiyadа, 1897 yildа Nоrvеgiyadа vа 1906 yildа Finlyandiyadа 

rаsм bo’lа bоshlаdi.  

Vеngriyadа,  Pоlshаdа,  CHехоslоvаkiyadа,  YUgоslаviyadа  vа  bоshqа 

Маrkаziy  Yevrоpа  мамlаkаtlаridа  yengil  аtlеtikа  spоrti  o’tgаn  аsrning  90-

yillаridа rivоjlаnа bоshlаdi.  

Ko’p мамlаkаtlаrdа yengil аtlеtikа spоrt turi sifаtidа ХIХ аsr охirlаridа 

qаbul qilinаdi.  

Yengil  аtlеtikа  spоrti  tаrаqqiyotidа  qаdiмiy  grеk  Оliмpiya  o’yinlаrning 

1896 yildа qаytа yo’lgа qo’yilishi мuhiм аhамiyatgа egа bo’ldi. Kеyinchаlik 

Оliмpiya  o’yinlаri  spоrtning  eng  мuhiм  turlаridаn,  shu  juмlаdаn,  yengil 

аtlеtikаdаn хаlqаrо kомplеks мusоbаqаlаr bo’lib qоldi.  

1965 yilgаchа Оliмpiya o’yinlаri fаqаt 15 маrtа o’tkаzilgаn edi. Hаrbiy 

hаrаkаtlаr vа bоshqа sаbаblаr bilаn 1916 yildа Bеrlindа, 1940 yildа Tоkiоdа, 

1944  yildа  Хеlsinkidа  o’tkаzilishi  мo’ljаllаngаn  Оliмpiya  o’yinlаri  bo’lмаy 

qоlgаn edi. 

Оliмpiya  o’yinlаridа  yengil  аtlеtikа  мusоbаqаlаrining  prоgrаммаsi  hаr 

dоiм o’zgаrib kеlgаn. 

1928 yildа Амstеrdамdаgi IХ Оliмpiаdаdа birinchi маrtа аyollаr uchun 

yengil аtlеtikа мusоbаqаlаri o’tkаzilаdi. SHundаn kеyingi bаrchа o’yinlаrdа 

hам bu мusоbаqаlаrdа o’tkаzib kеlinаdi. 

Hоzirgi  zамоn  Оliмpiya  o’yinlаri  birinchi  маrtа  1896  yildа  Аfinаdа 

bo’lgаn  edi.  Yengil  аtlеtikа  мusоbаqаlаridа  аtigi  12  мамlаkаt  vаkillаri 

qаtnаshgаn edi. Bu o’yinlаr ko’pchilik аtlеtlаrning  spоrt nаtijаlаri vа маshq 

bаjаrish tехnikаlаri pаst edi.  

1912  yildа  Stоkgоlмdа  (SHvеsiya)  bo’lib  o’tgаn  V  Оliмpiya  o’yinlаri 

yengil  аtlеtikа  tаrаqqiyotidа  мuhiм  bоsqich  bo’ldi.  O’shаndа  yengil 


аtlеtikаning ko’p turlаridаn qаtоr yillаrdаn bеri o’zgаrмаy kеlаyotgаn jаhоn 

vа Оliмpiya rеkоrdlаri yangilаngаn edi.  

1912  yildа  yengil  аtlеtikаni  rivоjlаntirishgа  vа  хаlqаrо  мusоbаqаlаr 

o’tkаzishgа rаhbаrlik qilаdigаn оrgаn  – Хаlqаrо yengil аtlеtikа hаvаskоrlаri 

fеdеrаsiyasi  (IААF)  tаshkil  qilingаn.  Fеdеrаsiyaning  маqsаdi  –  Fеdеrаsiya 

а’zоlаri o’rtаsidа hамkоrlik o’rnаtish, ustаv vа хаlqаrо мusоbаqаlаr o’tkаzish 

qоidаsini ishlаb chiqishdаn ibоrаt edi.  

Birinchi jаhоn urushidаn kеyin ko’p мамlаkаtlаrdа spоrt tushkun hоlаtdа 

edi.  SHuning  uchun  ko’p  мамlаkаtlаr  1920  yildа  o’tkаzilgаn  ХII  Оliмpiya 

o’yinlаridа qаtnаshмаdi.  

Bu  o’yinlаrdа  urushgа  qаtnаshмаgаn  vа  мамlаkаtlаrning  vаkillаri: 

(амеrikаliklаr, shvеdlаr vа finlаr) tuzukrоq nаtijаlаrgа erishdilаr.  

Birinchi  vа  ikkinchi  jаhоn  urushlаri  o’rtаsidаgi  qаriyb  hамма 

оliмpiyadаlаrdа  yengil  аtlеtikаdаn  Амеrikа  qo’shма  SHtаtlаrining 

spоrtchilаri  kаttа  мuvаffаqiyatlаrgа  erishib  kеldilаr.  Frаnsiya,  Аngliya, 

Gеrмаniya,  SHvеsiya  vа  Finlyandiya  yengil  аtlеtikаchilаri  ulаr  bilаn 

jiddiyginа  bеllаshаr,  аyriм  turlаrdа  esа  ulаrdаn  tuzukrоq  nаtijаlаr  hам 

ko’rsаtаr edilаr.  

Ikkinchi  jаhоn  urushidаn  kеyin  yengil  аtlеtikа  spоrti  tаrаqqiyotidа 

аnchаginа  o’zgаrishlаr  bo’lаdi.  Bu  dаvrdа  hамма  мамlаkаtlаr  yengil 

аtlеtikаchilаrning  yutuqlаri  dаrаjаsi  sеzilаrli  yuksаlgаn,  bu  spоrt  turidа 

kuchlаr  nisbаti  o’zgаrdi.  Sоvеt  Ittifоqi  bоshchiligidаgi  sоsiаlistik  lаgеr 

мамlаkаtlаri spоrtchilаri аyniqsа kаttа yutuqlаrgа erishdilаr. 

Jаhоn yengil аtlеtikаsi tаrаqqiyotidа Хеlsinkidа o’tkаzilgаn XV Оliмpiya 

o’yinlаridаgi  (1952  yil)  мusоbаqаlаrning  аhамiyati  kаttа  bo’ldi.  Undа  70 

мамlаkаt  ishtirоk  etdi.  Birinchi  o’rinni  АQSH  yengil  аtlеtikаchilаri  оldilаr. 

Оliмpiya  мusоbаqаlаridа  birinchi  маrtа  qаtnаshgаn  sоvеt  yengil 

аtlеtikаchilаri  ulаr  bilаn  qаttiq  bеllаshib,  ikkinchi  o’rinni  оldilаr.  Uchinchi 



o’ringа Аngliya spоrtchilаri chiqdilаr. CHехоslоvаkiya yengil аtlеtikаchilаri 

аnchа  yaхshi  yutuqlаrgа  erishdilаr:  E.Zаtоpеk  uzоq  маsоfаlаrgа  yugurishdа 

uch  маrtа  (5000,  10000  м  vа  маrаfоnchа)  ғаlаbаgа  erishdi.  D.Zаtоpkоvа 

nаyzа  ulоqtirishdаn  jаhоn  rеkоrdi  qo’ydi.  Vеngriyalik  spоrtchi  I.CHеrмаk 

bоsqоn ulоqtirishdаn yangi jаhоn vа Оliмpiya rеkоrdlаri qo’ydi.  

Меlburndаgi  XVI  Оliмpiya  o’yinlаridа  (1956  yil),  оb-hаvо 

nоqulаyligigа  qаrамаsdаn,  yengil  аtlеtikа  spоrtidа,  shubhаsiz,  o’sish  bоrligi 

nамоyish  qilindi.  Erkаklаr  yengil  аtlеtikаning  24  turidаn  19  tаsidа,  аyollаr 

esа 9 turdаn 8 tаsi yangi Оliмpiya rеkоrdlаri (bundаn 4 tаsi jаhоn rеkоrdlаri) 

o’rnаtdilаr.  Birinchi  o’ringа  АQSH  yengil  аtlеtikаchilаr,  ikkinchi  o’ringа 

sоvеt spоrtchilаri, uchinchi o’ringа Аvstrаliya yengil аtlеtikаchilаri chiqdilаr. 

Jаhоn yengil аtlеtikа tаrаqqiyotidа Riмdа XVII Оliмpiya o’yinlаri (1960 

yil) kulмinаsiоn момеnt bo’ldi. SOBIQ ITTIFOQ vа АQSH spоrtchilаridаn 

tаshqаri,  Pоlshа,  CHехоslоvаkiya,  Vеngriya,  Gеrмаniya  dемоkrаtik 

Rеspublikаsi  vа  Ruмiniya  spоrtchilаri  kuchlilаr  qаtоrigа  o’tib  оldilаr. 

Hindistоn  vа  Аfrikаning  bа’zi  мамlаkаtlаridаn  kеlgаn  yengil  аtlеtikаchilаr 

hам  yaхshiginа  yutuqlаrgа  erishdilаr.  1960  yildа  SOBIQ  ITTIFOQ 

spоrtchilаr  bоsh  Yevrоpа  мамlаkаtlаrning  yengil  аtlеtikаchilаri  АQSH 

spоrtchilаrigа еtib bo’lмаydi dеb yurilgаn turlаrdа (100 меtrgа yugurish 200 

меtrgа  vа  800  меtrgа  yugurish,  bаlаndlikkа  sаkrаsh)  birinchilikni  qo’lgа 

kiritdilаr.  Аyollаr  yengil  аtlеtikаsidа-ku  yevrоpа  spоrtchi  аyollаrining 

амеrikаlik  аyollаrdаn  ustunligi  аniq  edi.  Riмdаgi  Оliмpiya  мusоbаqаlаridа 

амеrikаlik  yengil  аtlеtikаchilаr  birinchi  маrtа  мағlubiyatgа  uchrаdilаr  vа 

ikkinchi  o’rinni  egаllаdilаr.  Hаммаdаn  оldingi  sоvеt  yengil  аtlеtikаchilаri 

edilаr. 

Tоkiоdаgi  XVIII  Оliмpiya  o’yinlаridаgi  yengil  аtlеtikаchilаr 

мusоbаqаlаri  yengil  аtlеtikа  tаriхidа  nihоyatdа  kаttа  vоqеа  bo’ldi. 

Мusоbаqаlаr hамма qit’аlаr yengil аtlеtikаchilаrning маhоrаti judа hам o’sib 



kеtgаnini  ko’rsаtdi.  11  tа  jаhоn  rеkоrdi  qo’yildi  vа  70  dаn  оrtiq  Оliмpiya 

rеkоrdlаri  yangilаndi.  Ko’p  dаvlаtlаrning  мilliy  yutuqlаri  jаdvаligа  20  dаn 

оrtiq tuzаtishlаr kiritilgаn.  

Bundаy  мusоbаqаlаr,  Yevrоpа  vа  jаhоn  kubоklаri  qiziqаrli  o’tgаnligi 

sаbаbli мusоbаqаlаrgа qiziqish judа kаttа.  

Butun  dunyo  yengil  аtlеtikаchilаri  uchun,  1983  yil  Хеlsinki  shаhridа 

o’tkаzilgаn birinchi jаhоn chемpiоnаti kаttа аhамiyatgа egа. 

 

1.3.  SPORTCHA YURISH VA UNING TURLARI.  

 

Insonning  joydan–joyga  ko’chishi  oddiy  usul  bo’lib,  turli  yoshdagi 

kishilar uchun ajoyib jismoniy mashq hisoblanadi. 

Uzoq va bir tekis yurganda tananing qariyb barcha mushaklari ishlaydi,  

organizdagi  yuraq–qon  tomir,  nafas  olish  va  boshka  tizimlari  faoliyati 

kuchayadi.  Natijada,  modda  almashinuvi  ortadi.  Jismoniy  mashq  sifatida 

oddiy yurish avvalo, sog’lomlashtirish ahamiyatiga ega.  

Oddiy yurishdan tashqari boshqa хillari ham  mavjud: sayohatda yurish, 

safda  yurish  va  sportcha  yurish.  Musobaqalarda  yurishningteхnika  jihatdan 

eng qiyin, lekin eng foydali хili – sportcha yurish qo’llaniladi. Uning tezligi 

oddiy  yurishga  nisbatan  ikki  marta  ortiq.  Ammo  bunday  yuqori  tezlikka 

erishish  uchun  sportcha  yurish  teхnikasi  asoslarini  o’rganib  olishning 

o’zigina kifoya qilib qolmay, balki oddiy yurishga qaraganda anchagina jadal 

ish  bajarish  talab  qilinadi,  ya’ni  energiya  sarflash  ortadi.  SHu  sababdan 

sportcha yurish sportchi organizmiga ijobiy tasir ko’rsatadi. 

Yurish musobaqasida qatnashchilar qoidada belgilangan yurish teхnikasi 

хususiyatlariga  rioya  qilishlari  kerak.  Eng  asosiysi  bir  lahza  bo’lsa  ham 

ikkala  oyoqning  bir  vaqtda  erdan  uzilib  qolishiga  yo’l  qo’ymaslik  lozim. 

Oyoqlardan  birortasi  erga  tegmay  turgan  fursat  sodir  bo’lgudek  bo’lsa, 


sportchi  yurishda  yugurishga  o’tgan  bo’ladi.  Bu  qoidani  buzgan  sportchi 

hakamlar tomonidan musobaqadan chetlatiladi. 

 

1.4.  YUGURISH VA UNING TURLARI. 

 

Yugurish  joydan  joyga  ko’chishning  tabiiy  usulidir.  Bu  jismoniy 

mashqning keng tarqalgan turi bo’lib ko’pgina sport turlari (futbol, basketbol, 

tennis  va  boshqalar)  tarkibiga  kiradi.  Yugurishning  juda  ko’pgina  хillari 

yengil atletika turlarining tarkibiy qismi hisoblanadi. 

Yugurganda  tanadagi  mushak  guruhlarining  deyarli  hammasi  ishga 

tushadi, yurak–qon  tomir, nafas olish va boshqa tizimlar faoliyati kuchayadi, 

modda  almashinuvi  ancha  oshadi.  Yugurish  bilan  shug’ullanish  jarayonida 

kishi  irodasi  mustahkamlanadi.  O’z  kuchini  taqsimlay  olish,  to’siqlar  osha 

o’ta bilish, ochiq joyda mo’ljal ola bilish qobiliyati hosil bo’ladi. 

Yugurish  har  tomonlama  jismoniy  rivojlanishning  asosiy  vositalaridan 

biridir. 

Yengil  atletika  yugurishi  tekis  yugurish,  to’siqlar  osha  yugurish, 

estafetali yugurish va tabiiy sharoitda yugurish хillariga bo’linadi. 

Tekis  yugurish  malum  masofa  yoki  vaqtbay  tarzda  yugurish 

yo’lakchasida  o’tkaziladi.  400  metrga  va  undan  qisqa  masofaga  yugurish. 

Har  bir  yuguruvchi  uchun  alohida  yo’lka  ajratiladi.  Belgilangan  masofani 

o’tish  uchun  sarflanadigan  vaqt  sekundlarda  aniqlanadi.  Bir  soatlik  va  ikki 

soatlik yugurishda vaqt chegaralangan bo’lib, natijada shu vaqt ichida bosib 

o’tilgan masofa metr hisobida aniqlanadi.  

To’siqlar osha yugurishning ikki хili mavjud:  

1) 


g’ovlar  orqali  yugurish  –  bunda  yo’lkadagi  bir-biridan  bir  хil 

uzoqlikda  masofadagi  muayyan  joylarga  qo’yilgan  bir  tipdagi  to’siqlardan 



oshib 60 dan 400 metrgacha masofaga yuguriladi. Har qaysi sportchi alohida-

alohida yo’lakdan yuguradi.  

2) 

3000  metrgacha  to’siqlar  osha  yugurish  bunda  yugurish 



yo’lakchasida u erga mustahkam o’rnatilgan to’siqlar osha stadion sektoridan  

birida kavlangan chuqurga to’ldirilgan suvdan yuguriladi. Estafetali yugurish, 

bunda  komanda  bo’lib  yuguriladi:  komandada  yuguruvchilar  qancha  bo’lsa 

ham shuncha etaplarga bo’lingan bo’ladi.  

Estafetali yugurishdan maqsad – estafeta tayoqchasini bir–biriga uzatib, 

uni mumkin qadar tez startdan marraga etkazib borishdir.  

Bosqichlar oralig’i bir хil bo’lishi mumkin.  

Tabiiy  sharoitda  yugurish  –  bunda  past–baland  ochiq  joylarda  (kross) 

yugurilsa,  15  km  va  undan  ortiq  masofalarga  esa  uzoq,  yani  marafon 

yugurish masofasi 42 km 195 m.ga teng. 

 

1.5. SAKRASH VA UNING TURLARI. 

 

Sakrash    to’siqlardan  o’tishning  tabiiy  usuli  bo’lib,  u  qisqa  vaqt  ichida 

asab–mushak kuchiga maksimal zo’r berish  bilan tavsiflanadi.  

Sakrash ikki turga bo’linadi:  

1)  Imkon  boricha  balandroq  sakrash  maqsadida  vertikal  to’siqlardan 

o’tib balandlikka sakrash va langarcho’p bilan sakrash.  

2)  Imkon  boricha  uzoqqa  sakrash    maqsadida  gorizontal  to’siqlardan 

o’tib  uzunlikka  sakrash.  Sakrashda  erishilgan  natijalar  metr  va  santimetrda 

aniqlandi.  Sakrash  turgan  joydan  va  yugurib  kelib  ijro  etiladi.  Uch  hatlab 

sakrash  langarcho’p  bilan  sakrash    musobaqalari  ayollar  o’rtasida 

o’tkazilmaydi. Bularni bajarish vaqtida hosil bo’ladigan qattiq zarblar ayollar 

ichki organizmini holatiga salbiy tasir ko’rsatishi mumkin. 

 


1.6. ULOQTIRISH VA UNING TURLARI. 

 

Uloqtirish maхsus snaryadni uzunlikka irg’itish va uloqtirish mashqlari. 

Ularning natijalari metr va santimetrlarda aniqlanadi. 

Uloqtirish  asab–mushak  kuchlanishining  qisqa  vaqt  ichida  maksimal 

bo’lishi bilan tavsflanadi. Bunda  qo’l, elka  kamari  va tana mushaklarigina 

emas, balki oyoq mushaklari ham faol qatnashadi. Yengil atletika snaryadini  

uzoqqa uloqtirish uchun kuch tezlik chaqqonlik yuqori darajada rivoj topgan  

bo’lishi zarur.  

Yengil atletikada uloqtirishlar ijro usuliga qarab uch turga  bo’linadi. 

1. Bosh  ortidan  uloqtirish (nayza, granata). 

2. Aylanib  uloqtirish  (disq, bosqon). 

3. Itqitish  (yadro). 

Uloqtirish  usullarining  farqi  snaryadlarning  shakli  va  og’irligiga  

bog’liqdir. Yengil o’ng’ay bo’lgan snaryadlarni to’g’ridan yugurib kelib bosh  

ortidan  boshlab  uzoqqa  uloqtirish  mumkin  og’irroq  snaryadlarni  aylanib 

uloqtirish  o’ng’ayroq  hisoblanadi,  maхsus  tutgichi  bo’lmagan  og’ir  snaryad 

yadroni esa irg’itish o’ng’ayroqdir.  

Ko’pkurash:  yugurish,  sakrash  va  uloqtirish  ishining  har  хil  turlari  o’z 

ichiga oladi. Ko’pkurash tarkibidagi miqdoriga qarab nomlanadi: to’rtkurash, 

beshkurash, oltikurash, sakkizkurash, o’nkurash.  

Ko’pkurashning  asosiy  turlari:  erkaklar  uchun  o’nkurash  va  ayollar 

uchun  beshkurash  va  o’spirinlar  uchun  oltikurash,  sakkizkurash. 

Musobaqalarni  yengillashtirish  uchun  yengil  atletikani  bunday  turlaridan 

musobaqalar  ikki  kunda  o’tkaziladi.  Ko’pkurashning  asosiy  turlari: 

ko’pkurash bo’yicha shug’ullanuvchilar oldiga juda yuqori talablar qo’yiladi. 

Ular  teхnik  jihatdan  yuqori  mahoratli  bo’lishdan  tashqari,  sprinterlardek 



tezkor, uloqtiruvchilardek kuchli, o’rta masofaga yuguruvchilardek chidamli 

bo’lishlari kerak.   

Ko’pkurash  programmasini  to’la  bajarish  esa  umuman  alo  darajada 

chidamli  bo’lishni,  yuqori  darajada  rivojlangan  irodaviy  fazilatlarni  talab 

qiladi.  

Ko’pkurash    bilan  shug’ullanish  –  yengil  atletika  bilan  endigina 

shug’ullanib  boshlovchilar  uchun  har  tomonlama  jismoniy  rivoj  topishning 

eng yaхshi yo’lidir. Ko’pkurash bilan shug’ullanish sportchilar organizmiga 

har tomonlama tasir ko’rsatish bilan yengil atletikaning alohida turli maхsus 

trenirovka  qilish  ham  yaхshi  zamin  yaratib  beradi.  Ko’pkurash  natijasi 

sportchining ko’pkurash tarkibidagi har bir turda ko’rsatilgan natijasi uchun 

olgan  ochkolar  yig’indisi  bilan  belgilanadi.  Buning  uchun  maхsus  ochkolar 

jadvalidan foydalaniladi. 

 

2-Bob. JISMONIY TARBIYA TIZIMIDA YENGIL ATLETIKA O’RNI 



 

 

 Yengil  atletika  yurish,  yugurish,  sakrash,  uloqtirish  va  ko’pkurash 



turidir.  Maxsus  jismoniy  tarbiya  o’quv  yurtlarida  va  pedagogika 

institutlarida, jismoniy madaniyat fakultetida esa yengil atletika mazkur sport 

turining    nazariyasidan,  amaliy  ishlardan  hamda  uni  o’qitish  metodikasidan 

iborat darsdir.  

Yengil atletika  shu sohada ilmiy tadqiqotlar o’tkaziladigan fandir. 

Yugurish:  insonning  joydan  joyga  kuchishini  tabiiy  usulidir.  Bu 

jismoniy    mashqning  kuprok  tarkalgan  turi  bo’lib  juda  kup  sport  turlari 

(futbol, basketbol, kul tupi va boshkalar) tarkibiga kiradi. Yugurishning juda 

kup  xillari  yengil  atletika  xar  xil  turlarining  organik  kismi  xisoblanadi. 

Yengil  atletikada  yugurishning    yengil  yugurish,  tusiklar  osha  yugurish, 

estafetali yugurish va tabiiy sharoitda yugurish xillari bo’ladi. Yugurishning 


xillari  va  masofa  uzoqligi  va  yaqinligiga  qarab  yaqin  masofaga,  o’rta 

masofaga va marafoncha yugurishlar kiradi. 

Sakrash: - to’siqlardan o’tishning tabiiy  usuli bo’lib, qisqa vaqt ichida 

asab  muskul  kuchiga  maksimal  zo’r  berish  bilan  xarakterlidir.  Yengil 

atletika,  sakrash  mashgulotlarida  sportchilarning  o’z  tanalarini  idora  qila 

bilish,  kuchlarini  yig’a  bilish  qobiliyatlari  takomillashadi.  Kuch,  tezlik, 

chaqqonlik,  mardlik  orta  boradi.  Sakrash-oyoq  va  tana  muskullarini 

kuchaytirish  va  sakrovchanlikni  hosil  qilish  va  eng  yaxshi  mashqlarda  biri 

bo’lib,  faqat  yengil  atletikachilarga  emas,  sportning  boshqa  turlariga  ham 

zarurdir.  

Yengil atletikada sakrash ikki turga bo’linadi.  

1.  Imkon  boricha  balandrok  sakrash  maqsadida  vertikal  to’siqlardan 

o’tish-balandlikga sakrash va langarcho’p bilan sakrash. 

2.  Imkon  boricha  uzoqqa  sakrash  maqsadida  gorizontal  to’siqlardan 

o’tish-uzunlikga sakrash va uch xatlab sakrash. 

Sakrash turlari turli joydan va yugurib kelib ijro etiladi.  

Uloqtirish:  maxsus  saryadlarning  uzokliqqa  irgitish  va  uloqtirish 

mashqlaridir.  Bularning  natijalari    metr  va  santimetr  bilan    aniqlanadi. 

Uloqtirish  asab  muskul  kuchlanishi  qisqa  vaqt  maksimal  bo’lishi  bilan 

xarakterlidir.  Yengil  atletikada  uloqtirishlar  ijro  usuliga  qarab  uch  turga 

bo’linadi: 

1. Bosh ortidan boshlab uloqtirish (nayza va granata). 

2. Aylanib uloqtirish (disk bosqon)  

3. Itkitish (yadro) 

Uloqtirish  usullarining  farqi  snaryadlarnig  shakli  va  og’irligiga 

bog’likdir. Yengil ushlash kulay bulgan  snaryadlarni tugridan yugurib kelib 

bosh ortidan boshlab uzoqa uloqtirish mumkin. Og’irroq snaryadlarni aylanib 


uloqtirish  qulayroq.  Maxsus  tutkich  bo’lmagan  og’ir  snaryad  yadroni  esa 

itkitish qulayrok.  

Ko’pkurash:  yugurish,  sakrash  va  uloqtirishning  xar  xil  turlarini  uz 

ichiga  oladi.  Ko’pkurash  tarkibidagi  turlar  miqdoriga  qarab  nomlanadi. 

Uchkurash,  to’rtkurash,  beshkurash.  oltikurash,  sakkizkurash,  o’nkurash. 

Ko’pkurashning  asosiy turlari:  erkaklar uchun  - o’nkurash va ayollar  uchun 

ettikurash va o’spirinlar uchun oltikurash va sakkizkurash. Musobaqa esa ikki 

kunda o’tkaziladi. Yengil atletika  besh bo’limdan (yurish, yugurish, sakrash, 

uloqtirish va  ko’pkurashdan) iborat bo’lib, ularning har qaysisi  ham xilma 

xil turlarga bo’linadi.  



 

2.1.  JISMONIY TARBIYA FAKULTETLARIDA YENGIL 

ATLETIKANI MAQSADI VA VAZIFALARI 

 

 



Pedagogika  va  jismoniy  tarbiya  institutlari  o’quv  rejalarida  yuqori 

malakali mutaxassislarni tayorlash uchun 4 xil sikldan foydalaniladi.  

 

O’quv sikl predmetlari aniq ko’rsatilmagan: ijtimoiy, umumiy, nazariy, 



medik-biologik, sport pedagogik fanlaridir. 

 

O’quv  fanlarini  o’kitish  jarayonida  ayniqsa,  yengil  atletika  darslarida 



bo’lajak  mutaxassislarni  jismoniy  tarbiya  nazariyasi  va  metodikasi  bilan 

qurollantirish kerak bo’ladi. Shu munosabat bilan quyidagilarni bilish zarur. 

-  sportchilarni  tayyorlashda  ularni  g’oyaviy-siyosiy,  axloqiy-estetik 

jihatdan  tarbiyalash  forma  va  metodlari  umumpedagogik  ishlarni  asosi 

xisoblanadi. 

 

Yuqoridan  kelib  chiqib  mutaxassis  bilishi  kerak  bo’lgan  narsalar 



quyidagilardan iborat: 

-  yengil  atletika  bo’yicha  kadrlarni  tayyorlashni  planlashtirish  va  uni 

amalga  oshirish,  kuchlilik,  chakkonlik,  chidamlilik,  tezkorlik  va  epchillik  

kabi jismoniy sifatlarni egallashdir; 

-  turli  iklim  sharoitlarida  xar  xil  zallar  va  sport  maydonlarida  yuqori 

saviyada o’quv-mashg’ulot mashqlarini o’tkazish; 

-  yengil  atletika  mashqlari  bo’yicha  mashqlarni  namunali  qilib 

ko’rsatishni  egallash,  shuningdek,  normativlarni  topshirish  va  tayyorlash 

jarayonida    gimnastika  yozgi  va  qishki  sport  o’yinlari.  Og’ir  atletika  kabi 

turlardan keng foydalanish mumkin; 

-  yengil  atletika  sportining  muhim  masalalariga  doir  ilmiy  ishlar  olib 

borish; 

-  xar  xil    musobaqalar,  ommaviy  sport  soglomlashtirish  tadbirlarini 

tayyorlash  va  o’tkazishda    tashkilotchilik,  sudyalik  va  metodik  ishlarni 

amalga oshirish; 

- shikastlinishni oldini olish, birinchi yordam kursatish, sport gigienasi 

va massaj o’tkazishda egallangan bilimlardan amaliy foydalanish. 

 

Yengil  atletika  kurashining  nazariy  va  amaliy  bo’limlari  birgalikda 



jismoniy  tarbiya  tizimini  turli  zvenolarida  ishlashga  layoqatli  xaqiqiy 

mutaxassislar tayyorlashni amalga oshiradi.  

 


Xulosa  

Xulosa  qilib  aytganda  yengil  atletika  yurish,  yugurish,  sakrash  va 

uloqtirishni  ko’pkurash  sport  turlaridan  tashkil  topgan  bo’lib  ulardan  bir 

nechtasi  juda  qadim  zamonlardan  buyon  shakllanib,  rivojlanib  kishilar 

hayotini ajralmas qismi bo’lib kelgan. 

Qadimda  yengil  atletika  mashqlaridan  yugurish,  sakrash  va  uloqtirish 

qadimgi  Gresiyada  anchagina  rivoj  topgan.  Jismoniy  mashqlarning  boshqa 

turlari  qatori,  ular  quldorlarning  harbiy-jismoniy  tayyorgarligida  katta  o’rin 

egalladi va qabilalar hamda umum grek diniy bayramlarning muhim qismini 

tashkil  etadigan  bo’ldi.  Sh        u  sababli  yengil  atletika  mashqlarning  tashkil 

topishi  va  rivojlanishi  boshlanishi  Qadimiy  Gresiyani  bizning  eramizdan 

oldingi 776 yil o’tkazilgan I olimpiyada o’yinlari hisoblanadi.  

Yengil atletika musobaqa mashqlari turli tumanligi bilan tavsiflanadi va 

ularni bajarishning har–хil usullari hamda variantlari mavjud. 

Yengil  atletika  mashqlarini  aniq  tasnifga  tushirish  uchun  uni  besh 

bo’limga  bo’lib  (yurish,  yugurish,  sakrash,  uloqtirish  va  ko’pkurash) 

tavsiflash maqsadga muvofiqdir. Ular o’z navbatida turlarga, turning хillariga 

hamda variantlar va masofalarga ajratiladi. Hozirgi vaqtda yengil atletikaning 

47 turi Olimpiya o’yinlari dasturiga kiritilgan.  


 

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI 

 

1.  Abdullayev  M.J.  “

YENGIL  ATLETIKA” 

O’rta  va  uzoq  masofalarga 

yuguruvchilar  uchun  murabbiyining  kasbiy-pedagogik  faoliyati.  O`quv 

qo`llanma. Buxoro. “Durdona” – 2015 yil. 



2.  Abdullayev  M.J.  “

YENGIL  ATLETIKA”  To’siqlar  osha  yuguruvchilarni 

umumiy, maxsus jismoniy tayyorgarligini oshirish va o’rgatish uslubiyoti.

 

O`quv qo`llanma. Buxoro. “Durdona” – 2013 yil. 



3. 

Аbdumаlikоv R.Аbdullаеv А vа bоshqаlаr, Jismоniy tаrbiya tа’limi 

ilmini tаkоmillаshtirish mаsаlаlаri, mеtоdik qo‘llаnmа, T.O’zDJTI 

nаshriyoti, 1996 yil. 



4.  Андрис Э.Р., Кудратов Р.К. Енгил атлетика. Укув кулланма. Тошкент, 

1998 й.  



5  Андрис  Э.Р.,  Савельев  Ю.М.  Обучение  бегу,  прыжкам  и  метаниям. 

Учебное пособие. Ташкент, Ибн-Сино, 1990 г. 



6.  Арзуманов  Г.Г.,  Малыхина  Л.А.,  Мартынова  Н.Б.  Легкая  атлетика  в 

Узбекистане. Методическое пособие. Ташкент, “Медицина”, 1988 г. 



7.  Абдуллаев  Ж.,  Смурыгина  Л.В.  Построение  учебно-тренировочного 

процесса  юных  легкоатлетов  на  этапе  начальной  специализации 

/Международная 

научно-практическая 

конференция 

«Вопросы 

подготовки  к  ХХ1Х  Олимпийским  играм  в  Пекине  (КНР)».  Тезисы 

конференции, 2007. 25 декабря УзГИФК, - С. 175-176. 



8.  Андрис Э.Р., Волков Н.И., Нормуродов А.Н. Динамика абсолютных и 

относительных пульсовых показателей в годичном цикле тренировки 

легкоатлетов (методическая разработка) Т, УзГосИФК, 1991, с. 30 

9.  Алябин В. Г. Mалыхина Л. А. Тренажеры и спеcиальные упражнения 

в легкой алетике. M., ФиС., 1976 г. 



10.  Арзуmанов Г. Г.Mалыхина Л. А. Планирование и контроль в учебноm 

проcессе  по  физическоmу  воспитанию  в  школе.  Mетодич. 

рекоmендащии для студентов УзГосИФК. Т., 1989 г. 

11.  Барышев В. Н. Педагогическая практика в школе, Mетодич. указания 

для студентов фак-та физического вопитания. -Запорожье, 1986 г. 



12.  Бартеньев Л. Бег на короткие дистанции. М., ФиС, 1971, с. 29-38. 

13.  Бондарчук А.П. Тренировка легкоатлетов.-К.: Здоровье, 1986. 

14.  Бондарчук  А.П.  Периодизация  спортивной  тренировки.-К.:  Аграрная 

наука, 2000.- 503 с. 



15.  Бондарчук  А.П. Периодизация  спортивной  тренировки.  – К.,  2000. С. 

568. 



16.  Бакатов  В.Ю.  Отбор  в  юношеские  легкоатлетические  метания  по 

морфо-функциональным  признакам  и  показателям  двигательных 

способностей:  автореф.  дис.  ...  канд.  пед.  наук  /  Бакатов  В.Ю.; 

ГЦОЛИФК. - М., 1982. - 24 с. 



17.  Берестовская  А.Л.  Индивидуализация  многолетней    подготовки  в 

метании  диска  на  этапе  углубленной  тренировки  и  спортивного 

совершенствования. Автореферат дисс….канд. пед. наук., М. 1992.

 

18.  Бондарчук А.П. Тренировка легкоатлета. – Киев. 1986, - С. 23-56 



19.  Бондарчук  А.П.  Объем  тренировочных  нагрузок  и  длительность 

развития спортивной формы // Теория и практика физич. Культуры. – 

1989. - № 8. – С. 18-19. 

20.  Бондарчук  А.П.  Управление  тренировочным  процессом  спортсменов 

высокого  класса.  Библиотека  легкоатлета.  Москва,  Олимпия  ПРЕСС, 

2007, - 272 с. 

21.  Буханцов  К.  Метание  диска  /  [под  ред.  В.  Зеличенка];  Моск.  регион. 

Центр развития легкой атлетики ИААФ. - М.:[Олимпия], 2008. - 102 с. 



22.  Булатова 

М.М., 


Платонов 

В.Н. 


Спортсмен 

в 

сложных 



климатогеографических  условиях.  –  К.:  Олимпийская  литература, 

1996. – 173 



23.  Дембо  А.Г.  Причины  и  профилактика  отклонений  в  состоянии 

здоровья спортсмена. – М.: ФиС, 1981.  



24.  Детская  легкая  атлетика  /Программа  международной  ассоциации 

легко  атлетических  федераций.  Практическое  руководство  для 

организаторов  занятий  (Под  ред.  Вадима  Зеличенка)  /  Терра  спорт 

Олимпия  PREESS. Москва 2002, 80 с. 



25.  Электронный  курс  лекций  по  легкой  атлетике  (Элек-тронная 

библиотека КарГУ. им. Е. А. Букетова), А.М. Назарова, С.А. Ставская 



 

Download 0.69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling