R e s p u b L i k a s I k o n s t I t u t s I y a s I n I


Download 8.86 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/40
Sana21.03.2020
Hajmi8.86 Mb.
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   40
97799

Mirzayusuf Rustamboyev,  Davron Ahmedov, 

Sadriddin Xidirov,  Ixtiyor Bekov



O'ZBEKISTON  RESPUBLIKASI

KONSTITUTSIYASINI

0 ‘RGANISH

O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI OL1V VA O'RTA 

MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI

0 ‘ Z B E K I S T 0 N

R E S P U B L I K A S I

K O N S T I T U T S I Y A S I N I

0 ‘ R G A N I S H

Oliy  va  о ‘rta maxsus  ta ’lim  vazirligi  tomonidan  bakalavriatning 

barcha yo‘nalishlari  uchun  darslik  sifatida  tavsiya  etilgan

Toshkent 

«Yangi asr avlodi» 

2005

0 ‘zb ek isto n   R espublikasi  O liy  va  o ‘rta   m axsus  t a ’lim  vazirligi 

m u voflqlashtiruvchi  K engashi to m o n id a n  m a ’qu llangan



Darslik  О ‘zbekiston  Respublikasi  Konstitutsiyasi  va  и  asosida 

qabul  qilingan  qonunlarga  tayangan  holda yozilgan  bo ‘lib,  unda 

Konstitutsiyaviy institutlar va normalarning ahamiyati,  inson huquq 

va  erkinliklari,  burchlari  va  kafolatlari haqida,  shuningdek,  2002- 

yil  27-yanvarda  o'tkazilgan  umumxalq  referendumi  natijalariga 

ко 'ra  hamda  uning  asosida  qabul  qilingan  2003-yil  24-apreldagi 

O'zbekiston  Respublikasining  Qonuniga  muvofiq  Konstitutsiya- 

mizning XVIII, XIX, XX, XX III boblariga tuzatish va qo ‘shimchalar 

kiritilgan normalar mohiyati,  davlat  va jamiyat qurilishi,  si 

’ ’iquq 

sohasida  amalga  oshirilayotgan  demokratik  islohotlar  о ‘z  ij 

'>/ 


topgan.

Darslik  barcha  oliy  о ‘quv  yurtlarining  bakalavr  yo 'nalishida 

tahsil olayotgan  talabalar  uchun  mo'ljallangan.

Mas’ul  muharrir:

Ozod Husanov, 

yuridik  fa n la ri d o k to ri, professor



Taqrizchilar:

Abdujabbor To‘laganov, 

y u rid ik  fan lari d o k to ri,  professor 



Aziz Cho‘liyev, 

y uridik fan lari n o m zodi

ISBN  5-633-01818-4

©  M irzayusuf  Rustam boyev,  D avron  Ahmedov,  Sadriddin  Xidirov, 

Ixtiyor  Bekov.  «Ozbekiston  Respublikasi  Konstitutsiyasini  o ‘rganish». 

«Yangi asr avlodi»,  2005-yil



SO ‘Z  BOS H I

0 ‘zbek  milliy  davlatchiligi  rivojining  tarixiy  tajribasiga 

tayangan  holda  milliy  davlatchiligimizning  Konstitutsiyaviy 

huquqiy  jih atlarin i  takom illashtirib  borayotganligim izdan 

faxrlansak arziydi.

О ‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyusini о ‘rganish — butun

О  'zbekision  xalqining  muqaddas  burchidir.  Bizga  tarixdan 

tn a’lumki,  qadim  zamonlardan  beri  insoniyat  adolat  va  huquqiy 

kdfolat  uchun  kurashib  kelgan.  Hozirgi  davrimizda  ham  bu 

mUammoni  hal  etish  yo 'llarini  belgilash  va  hayotga  tatbiq  etish 

dolzarbligicha  qolmoqda.  M am lakatimizning  asosiy  Qonuni 

bq ‘Imish  О ‘zbekiston  Konstitutsiyasining jamiyatdagi  о ‘rni  va 

ahamiyatini, та ’no-mazmuni va mohiyatini о ‘rganish, yosh avlod- 

ning huquqiy  ongi,  tafakkuri va  madaniyatini tarbiyalash hamda 

yuksaltirish,  shuningdek,  Konstitutsiyani bilish,  uning mazmunini 

targ'ib  va  tashviq  qilish,  jam iyatim izda  qonun  ustuvorligini 

td ’minlashda О ‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyusini о ‘rganish 

dolzarb  voqelikdir.

O'zbekistonda  demokratik  huquqiy  davlatya  adolatli fuqaro­

lik  ja m iy a tn i  qurish  ko' p  jih a td a n   huquqiy  t a ’limning 

niuvaffaqiyatli amalga oshirilishga bog 'liqdir.  Huquqiy bilimlami 

keng  ta rg 'ib   q ilis h •  va  siyosiy-huquqiy  m adaniyatni 

uyg'unlashtirish,  inson huquqlari ustuvor bo'lgan jamiyatni barpo 

etishda  hamda fuqarolarning  huquqiy  savodxonligini  oshirishga 

xizmat  qiladi.

Davlatimizning  asosiy  Qonunida  Inson  huquqlari umumjahon 

Deklaratsivasining  deyarli barcha prinsipial qoidalari о ‘z  aksini 

topgan.  Kadrlar  tayyorlash  milliy  dasturida  ta ’kidlanganidek, 

yuksak huquqiy madaniyat demokratik jamiyat poydevori hamda 

huquqiy  tizimning yetukligining  ifodasidir.

Ushbu  kitob  asosida  0 ‘zbekiston  Respublikasida  amalga 

oshirilayotgan  huquqiy  islohotlar  zamirida  oliy  о ‘quv  yurtlari

3


talabalarining Konstitutsiyani о ‘rganishi — О ‘zbekiston Respub­

likasi  Prezidentining  2001-yil  4-yanvardagi farmoyishi  ijrosini 

ta ’minlashning  amaliy  ifodasi  hisoblanadi.  Farmoyish  asosida 

2001-yil 1-sentabrdan boshlab mamlakatimizda uzluksiz huquqiy 

ta 'limni bog 'chadan  to  oliy  о ‘quv yurtlarining  eng yuqori  ta ’lim 

bosqichi-  magistraturagacha  Konstitutsiyani  о ‘rganish  tashkil 

etildi.  2002-yil 27-yanvarda  о ‘tkazilgan  umumxalq  referendumi 

natijalariga  ко ‘ra  davlat  hokimiyati  tizimi  isloh  qilindi.  2003-yil 

24-apreldagi  O 'zbekiston  Respublikasining  Konstitutsiyaviy 

Qonuniga  ko'ra  O'zbekiston  Respublikasi  Konstitutsiyasining 

XVIII,  XIX,  XX,  X X III boblariga  tegishli  tartibda  tuzatish  va 

qo ‘shimchalar  kiritildi.

Ijro  hokimiyatining funksional  vazifalari  belgilandi.  Vazirlar 

Mahkamasining yangi tarkibi О ‘zbekiston Respublikasi Konstitu­

tsiyasi m e’yoriy larida ко ‘rsatib о ‘tilgan tartiblar asosida tashkil 

qilindi.

Mamlakatimiz  hayotida  inson  huquq  va  erkinliklari  kafolati 

sifatida  sud-huquq  islohotlari  amalga  oshirilmoqda.  Sud  tizimi 

ixtisoslashuvi amalga  oshirilishi yo ‘Iga  qo ‘yildi.

Mazkur kitob talabalarga О ‘zbekiston Respublikasi Konstitu­

tsiyasining  mazmun-mohiyatini  о ‘rgatishga  hamda  yosh  avlod- 

ning  qonunlarga hurmat bilan  qarashiga xizmat qiiadi.

BIRINCHI  BO  L I M

0 ‘ZBEKIST0N RESPUBLIKASI 

KONSTITUTSIYASI— DAVLATNING ASOSIY 

QONUNI

I  BOB 

O Z B E K IST O N   RESPUBLIKASI 

KO NSTITUTSIYASINI  0 ‘RGANISH 

KURSINING  M AQSADI  VA  VAZIFALARI

l-§ .  O ‘zbekiston  Respublikasi  Konstitutsiyasini 

o ‘rganish  kursining  tushunchasi  va  predmeti

Dunyodagi  rivojlangan  dem okratik  davlatlarda  hech  bir 

shaxs,  hech  bir  fuqaro  o ‘z  ijtimoiy-shaxsiy  hayotini,  o ‘zining 

huquqlari va  qonuniy  manfaatlarini  himoya qilishni  Konstitu- 

tsiyasiz  tasavvur  qila  olmaydi.  Chunki  har  bir  shaxs  kundalik 

hayotida  Konstitutsiyada  belgilab  qo‘yilgan  huquq  va  erkin- 

liklariga bevosita murojaat qiiadi hamda ushbu Asosiy qonunga 

o ‘zining  huquq  va  erkinliklarini  kafo latlab   beruvchi  oliy 

yuridik hujjat sifatida qaraydi. Shuning uchun ham demokratik 

ja m iy a td a   yash ay o tg an   h a r  bir  shaxs  K o n stitu tsiy an in g  

m azm un-m ohiyatini  ch u q ur  anglab  olishi  ham da  shaxsiy 

hayotida  uchrab  turadigan  muammolarning  yechimini  aynan 

Konstitutsiyadan  topa  bilishi  zarur.

M a’lumki, dem okratik huquqiy davlat qurish yoiidagi eng 

dastlabki  va  eng  muhim  qadam   K onstitutsiyani  o ‘rganish 

h a m d a   u n i  h a y o tg a   ta tb iq   e tis h d a n   b o s h la n a d i.  Z ero , 

0 ‘zbekiston  Respublikasi  Prezidentining  2001-yil  4-yanvarda 

e’lon  qilingan  « 0 ‘zbekiston  Respublikasi  K onstitutsiyasini 

o ‘rg an ish n i  ta sh k il  etish  t o ‘g ‘risid a» gi  farm o y ish i  ham  

dem okratiya  y o iid a   ulkan  bir  qadam   q o ‘yish  uchun  k atta



turtki  bo‘ldi.  D arhaqiqat,  ko‘p  narsa  mamlakatda  K onstitu­

tsiyani ommaviy ravishda o ‘rganish hamda uni hayotga tatbiq 

etishga  b o g ‘liq.  M ana  shu  m aqsadda  davlatim iz  rah b ari

I.Karimov 0 ‘zbekiston  Konstitutsiyasini bolalar bog‘chasidan 

boshlab  o ‘rgatish,  m aktablarda  darslik  tariqasida  o ‘qitish 

ham da  oiiy  o ‘quv  y u rtla rid a   esa  m axsus  d a rs  sifa tid a  

o ‘rganishni  vazila  qilib  q o ‘ydi.

S hundan  kelib  chiqib,  farm oyish  asosida  2001-yil  1- 

sentabrdan  mamlakatimizda  uzluksiz  huquqiy  ta ’limning  asosi 

hisoblanmish  Konstitutsiyani  o ‘rganish  bog‘chadan  boshlab 

to  oliy  ta ’limning  yuqori  bosqichi  hisoblanadigan  magistra- 

tu rag ach a  tashkil  etildi.  Zero,  0 ‘zbekiston  R espublikasi 

K onstitutsiyasini  o ‘rganish  butun  0 ‘zbekiston  xalqining 

yuksak  va  mas’uliyatli  burchidir  .

Konstitutsiya —  Asosiy  qonun  sifatida  barcha  qonunchilik 

sohalarining bosh manbai hisoblanadi,  chunki  Konstitutsiyada 

xalqning oliy irodasi  o ‘zining qonuniy ifodasi  hamda muxtasar 

bayonini  topadi.

0 ‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida hokimiyat bilan 

shaxsning  o ‘zaro  munosabatlarini,  davlat  idoralari  tizimining 

faoliyat  yuritishini  tartibga  soluvchi,  fuqarolarning  huquqiy 

maqomini,  shuningdek,  jamiyatning  boshqa  ijtimoiy  tuzilma- 

lari  holatini  belgilovchi  huquqiy  n o rm alar  yig‘indisi  o ‘z 

ifodasini  topgan.

0 ‘zbekiston  Respublikasi Konstitutsiyasini  o ‘rganish kursi­

ning  predm eti  —  bu  K on stitu tsiyav iy   in stitu tla r  h aq id a 

tasavvurlar va bilimlar, Konstitutsiyaviy normalar va ular orqali 

ta rtib g a  solinadigan  m u n osab atlar  tizim idir.  0 ‘zbekiston 

Respublikasi Konstitutsiyasini o ‘rganish kursi o ‘ziga 0 ‘zbekis- 

ton  Respublikasi  Konstitutsiyaviy  tuzum  asoslari,  inson  va 

fuqarolarning  asosiy  huquq  va  erkinliklari,  ularning  kafolat­

lari  va  burchlari,  m a’muriy-hududiy  va davlat  tuzilishi,  saylov 

tizimi,  hokim iyat  va  davlat  organlari  tizimini  tashkil  etish 

hamda  faoliyatining  asosiy  prinsiplarini,  fuqarolarning  o ‘zini- 

o ‘zi  boshqarish  asoslarini  mustahkamlaydi.

*  Demak, 0 ‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasini o‘rganish 

kursi o‘ziga xos predmetga ega.

Uning predmetini asosan ijtimoiy-siyosiy munosabatlar tashkil 

etadi.

0 ‘zbekiston  Respublikasi  Konstitutsiyasini  o ‘rganish  kursi

—  shaxs,  jam iyat  va  davlat  o ‘rtasida  vujudga  keladigan  va 

d a v la t  h o k im iy atin i  am alga  o sh irish   ja ra y o n id a   payd o

6


b o ‘ladigan,  inson  huquqlari  va  erkinliklarini  t a ’m inlashga 

qaratilgan  munosabatlarni  tartibga  soluvchi  huquqiy  norma- 

lar  tizimi  (yig‘indisi)dir./

f2-§.  O ‘zbekiston  Respublikasi  Konstitutsiyasini 

o ‘rganish  kursining  metodologik  asoslari

Ushbu  kursni  o ‘rganishda  bilish  nazariyasining  quyidagi 

uslub  (metod)lar  keng  qo‘llaniladi:

1.  Tarixiy uslub — Konstitutsiyaviy-huquqiy normalarning 

nima  uchun  va  qanday  vujudga  kelganligi,  rivojlanganligini 

tahlil  qilib,  ularning  mohiyati  va  vazifalarini  ochib  beradi;

2.  Qiyosiy  uslub  —  boshqa  huquqiy  tizimlarni  huquqiy 

tartibga  solish  mexanizmini  o ‘rganib,  huquqiy  normalarining 

samarali  modelini  yaratishga  imkon  beradi;

3.  Tizimli  uslub  —  huquqni  yagona  tizim  sifatida  uning 

normalari,  institutlari va boshqa huquqiy hodisalar o ‘rtasidagi 

aloqalarini  о‘rganish  orqali  huquq  sohasini  takomillashtiradi;

4.  S otsiologik  uslub  —  h uq u q iy   n o rm alarn i  ijtim oiy 

munosabatlarga nisbatan jam oat munosabatini o ‘rganish orqali 

huquqiy  normalarni  takomillashtirishga  imkon  yaratadi;

5.  Statistik  uslub  —  normalarni  amalga  oshirish  natijalari 

va ko‘rsatkichlarini yig‘ish va ularni tahlil qilish orqali huquqiy 

n o rm alar  sam aradorligini  kuzatishga,  o ‘rganishga  im kon 

yaratadi;

6.  Shakliy yuridik usul — soha, institutlar va normalar ichki 

tuzilishi,  normaning  shakliy  aniqligini,  ularni  tizimlashtirishni 

tahlil  qiladi

.4

*  3-§.  0 ‘zbekiston  Respublikasi  Konstitutsiyasini 

o ‘rganish  kursining  manbalari

D av lat  ho k im iy ati  ja m iy at  eh tiy o jlarid an   va  ijtim oiy 

m unosabatlarning  rivojlanish  y o ‘nalishlaridan  kelib  chiqib 

huquqiy  normalarni  qabul  qildi.  H ar  qanday  Konstitutsiyaviy 

normada  davlat  hokimiyatining  muayyan  irodasi  o ‘z  ifodasini 

topadi.


1. 

0 ‘zbekiston  Respublikasi  K onstitutsiyasini  o ‘rganish 

kursi manbalaridan biri bu -  0 ‘zbekiston Respublikasi Konstitu­

tsiyasi hisoblanadi. 0 ‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida 

davlat  va jam iyat  tuzilishi,  davlat  siyosatining  yo‘nalishlari, 

inson va fuqarolarning huquqiy holati, milliy davlat m a’muriy- 

hududiy  tuzilishi,  davlat  organlarining  tashkil  topishi  va


faoliyatining  asosiy  p rin sip lari,  yu rid ik  aso slar  m u sta h ­

kamlangan.  Konstitutsiya  yuridik  kuchi  b o ‘yicha  davlatning 

hamma huquqiy  normalaridan  yuqori  turadi  va  o ‘zining b a ’zi 

normalari  bilan  huquqning  boshqa  tarm oqlari  uchun  manba 

vazifasini  bajaradi.

2.  Qoraqalpog‘iston  Respublikasining  Konstitutsiyasi  ham 

manba  hisobladi.

3.  0 ‘zbekiston  Respublikasi  Oliy  Majlisi  tomonidan  qabul 

qilingan Konstitutsiyaviy va joriy qonunlar ham manba bo‘ladi. 

K onstitutsiyaviy  qo nunlarda  K onstitutsiyaviy  norm alarga 

aniqlik  kiritish  ularn i  m ustahkam lash  va  rivojlantirishga 

qaratilgan  b o ‘ladi.  Konstitutsiyaviy  qonunlarni  qabul  qilish 

tartibi joriy  qonunlarni  qabul  qilishdan  farq  qiiadi.  Konstitu­

tsiyaviy  qonunlarni  qabul  qilishda  Oliy  Majlis  Qonunchilik 

palatasi  deputatlarining  2/3  qismi  ovoz  berishi  talab  etiladi, 

joriy qonunlarni qabul qilishda esa deputatlarning ovoz berishi 

yetarli  b oiad i.

4.  0 ‘zbekiston  Respublikasi  Prezidentining  farm on  va 

farmoyishlari  ham  m anbalar  sirasiga  kiradi.  Farm on  faqat 

0 ‘zbekiston  Respublikasi  Prezidenti  tomonidan  Konstitutsiya 

va  q o n u n la rg a   m uvofiq  va  u la rn in g   ijro sin i  t a ’m in lash  

maqsadida qabul  qilinadi.  Davlat  qurilishi va jamiyat hayotini 

isloh  qilishda  О ‘zbekiston  Respublikasi  Prezidenti  tomonidan 

muhim  farmon,  qaror  va  farmoyishlar  qabul  qilinmoqda.

5.  О ‘zbekiston  Respublikasi  Vazirlar  Mahkamasi  tomoni­

dan  qabul  qilingan  qarorlar  ham  manba  hisoblanadi.  Bunday 

q aro rla rd a  R espublika  Prezidenti  tom onidan  belgilangan 

vazifalar huquqiy asosda batafsil yoritilib beriladi va aniq chora- 

tadbirlar  bilan  mustahkamlanadi.

6.  Mahalliy  hokimiyatning  b a’zi  bir  qarorlari  ham  manba 

b o ‘lishi  mum kin.  Bunday  qaro rlarga  xalq  deputatlarining 

Kengashlari tomonidan tasdiqlangan,  Kengashlarning qo‘mita 

va  komissiyalari,  deputatlar  guruhlari  to ‘g‘risidagi  nizomlar, 

ularning  ish  tartiblarini  tasdiqlovchi  qarorlar  misol  b o ‘ladi. 

Mahalliy  vakillik  va  ijroiya  organlarining  hujjatlari  Konstitu­

tsiya,  qonun,  farm on,  hukum at  qarorlari,  markaziy  davlat 

boshqaruv  organlari  hujjatlariga  muvofiq  va  ularning  ijrosini 

t a ’m inlash  uchun  chiqariladi.  U lar  o ‘z  hududi  doirasida 

K onstitutsiyaviy  huquq  predm etiga  kiruvchi  m asalalarni 

tartibga  soladi.

U sh b u   k u rsn in g   m a n b a la ri  K o n stitu tsiy a d a   belgilab 

q o ‘yilgan.  ^



4-§.  O ‘zbekiston  Respublikasi  Konstitutsiyasini 

o‘rganish  kursining  vazifasi

/Q‘zbekiston  Respublikasi Konstitutsiyasini o ‘rganish kursini 

o ‘qitishdan  m aqsad  ta la b alard a  0 ‘zbekiston  R espublikasi 

Konstitutsiyasining  Asosiy  Qonun  sifatida jam iyat  va  davlat 

hayotida  tutgan  o ‘rnini,  fuqarolarning  huquq  va  erkinliklari, 

burchlarini,  Konstitutsiyaviy qonunlar va huquq manbalarining 

xususiyati  to ‘g‘risidagi  tasaw urlarni  shakllantirishdan  iborat.

0 ‘zbekiston Respublikasi  Konstitutsiyasini o ‘rganish kursi­

ning vazifalari: talabalarga О ‘zbekiston Respublikasi Konstitu­

tsiyasining  mazmun-mohiyati,  fuqarolarning  huquqiy  ongini 

yuksaltirish,  davlat  mustaqilligining  huquqiy  asoslari,  fuqaro­

lik  jam iyatini  shakllantirish  m asalalari,  davlat  hokim iyati 

tashkil  etish  tam oyillari,  oliy  va  mahalliy  davlat  organlari 

faoliyati  va  ularning  tizixni,  dem okratik  in stitutlardan  biri 

hisoblangan saylov tizimi va uning mazmuni, davlat hokimiyati 

va sud-huquq tizimidagi o ‘zgarishlarni yaqindan tanishtirishdan 

i b o r a t /

M alum ki,  o ‘tgan davr mobaynida,  xususan,  2002-2005-yil- 

lar orasida mamlakatimizda davlat va jamiyat qurilishi sohasida 

juda  ko‘p  islohotlar  amalga  oshirildi  hamda  bir  qancha  yangi 

qonunlar  qabul  qilindi.  Shundan  kelib  chiqqan  holda  aytish 

lozimki,  ushbu  qo‘llanmada  quyidagi  yangi  huquqiy  islohot­

lar,  o ‘zgarishlar  o ‘z  aksini  topdi:

—  0 ‘zbekiston  tarixida  birinchi  m arta  davlat  hokimiyati 

tizim ida  ikki  palatali  parlam ent  tizimi  q aro r  topdi  ham da 

Prezidentning  ayrim  vakolatlari  parlamentga  o ‘tdi;

—  Prezidentning  vakolat  muddati  uzaytirildi;

—  Ijro  hokimiyati  tarkibi  yangidan  tashkil  etilib,  uning 

vazifalari  aniq  yo‘naltirildi;

—  Davlat  hokim iyatining  shakllanishida  muhim  institut 

hisoblangan  saylov  tizimida  ayrim  o ‘zgarishlar  ro‘y  berdi;

—  Sud-huquq  tizimi  tubdan  liberallashtirildi.

U shbu  q o 'lla n m a   tala b ala rn in g   K onstitutsiyaviy-huquqiy  ongi 

yuksalishi ham da huquqiy madaniyatining shakllanishida baholi qudrat 

xizmat qiladi. Prezidentimiz ta ’biri bilan aytganda, Konstitutsiyaning asosiy 

mohiyati shundaki, u jamiyat va uning a’zolari oldiga maqsad qo‘yadi. Ana 

shu ezgu maqsadga erishishning yo‘llarini o‘zida mujassam etadi. Shu o‘rinda 

davlat, oila va jamiyat manfaatlari, soddaroq qilib aytsak, davlat va inson 

manfaatlari uyg'unlashib ketmas ekan, rivojlanish sari olg‘a siljish bo'lmaydi1.

K arim ov  I.A .  Y angicha  fikrlash  va  ishlash  davr  talabi.  —  Т.:



« 0 ‘zbekiston»,  1997,  258-bet

9


M avzuni  mustahkamlash  uchun  savollar

1.  0 ‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasini o‘rganish kursining 

predmeti nimani o ‘rgatadi?

2.  0 ‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasini o'rganish kursining 

manbalari  haqida  nimalarni bilasiz?

3.  0 ‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasini o‘rganish kursining 

uslublarini sanab bering.

4.  O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasini o‘rganish kursining 

vazifasi nimalardan iborat?

II  BOB

KONSTITUTSIYA  TUSHUNCHASI 

VA  MOHIYATI 

^P§.  Konstitutsiya  tushunchasi,  mohiyati  va  belgilari

/K o n stitu tsiy a  lotincha  «constitution»  so‘zidan  olingan 

boTib,  «o'rnataman»  degan  m a’noni  anglatadi.  Bu  atamaning 

lo tinchadan  olinganining  sababi  qadim gi  Rim  im periyasi 

davrida  davlat  boshlig‘i  -   imperatorlar  tomonidan  xuddi  shu 

nom bilan ataladigan va qonunga teng bo‘lgan normativ hujjat­

lar qabul  qilingan.  Hozirgi  «Konstitutsiya»  tushunchasi XVIII 

asr  oxirida  pay do  b o ‘lgan  va  dunyoda  birinchi  Konstitutsiya 

sifatida  1787-yilda  qabul  qilingan AQSH  Konstitutsiyasi  bilan 

bog‘liq.  Konstitutsiyaga hozirga qadar juda ko‘plab nazariyot- 

chilar  tomonidan  ta ’rif berilgan.

K o n stitu tsiy a  -   bu  prinsipial  aham iyatga  ega  b o ‘lgan 

h u q u q iy   n o rm a la rn i  o ‘zida  m u jassam   etg an  va  d av lat 

hokimiyatini  amalga  oshirish  me’yorini  belgilovchi  davlatning 

asosiy  qonuni b o iib ,  unda davlatning qurilishi, huquqiy tizimi 

hamda  eng asosiysi,  davlat  bilan  aholi  o ‘rtasidagi  munosabat­

lar  aks  etgan  yuridik  hujjatdirj

Konstitutsiyaga ta ’rif berishda ko‘pchilik konstitutsionalist- 

lar uning mohiyatidan  kelib chiqadi.  Konstitutsiya mohiyatiga 

turlicha  yondashuvlar  mavjud.

Birinchidan,  K onstitutsiyalar  shunday  jam iyatda  qabul 

qilinadiki,  bu jamiyatlar ijtimoiy tuzumida inqilobiy o ‘zgarish-

10


lar ro ‘y berib, davlat hokimiyatiga egalik qiladigan bir ijtimoiy 

guruh  vakillari  o ‘rnini  boshqa  ijtimoiy  guruh  egallab  olganda 

K onstitutsiya  siyosiy  muvozanatni,  kuchlar  nisbatini  saqlab 

turadi  (masalan,  qirol  hokim iyati  cheklanib,  parlam entning 

mavqei  oshganda).

Ikkinchidan,  k o 'p in ch a  K on stitutsiyalarda,  u lar  qabul 

qilingan  paytdagi  davlat  hokim iyatiga  t a ’siri  k atta  b o ig a n  

siyosiy  kuchlarning  m anfaatlari  k o ‘proq  aks  etgan  b o ia d i 

(masalan,  Fransiyaning  1946-yilgi  Konstitutsiyasida  fashizm 

ustidan  qozonilgan  g ‘alaba,  siyosiy  m aydonda  millatchilik 

kayfiyatiga  qarshi  kuchlar,  harakatlarning  ta ’siri  oshgani  o ‘z 

ifodasini  topgan).

Uchinchidan,  Konstitutsiyalar  real  hayotda  davlat  hokimi­

yatiga  xalq  egalik  qiladigan jamiyatlardagina  qabul  qilinadi. 

Bunday  jam iyatlar  k o ‘pincha  dem okratik  jam iyat  sifatida 

e’tirof etiladi.

To'rtinchidan,  Konstitutsiya  davlatning  o ‘z  hokimiyatini 

amalga  oshirishda  m a’lum  bir  chegarani  belgilaydigan,  davlat 

va uning fuqarolari o ‘rtasidagi munosabatdan kelib chiqadigan 

shartlashilgan  hujjatdir.  Davlat fuqarolarning huquq va  erkin­

liklarini amalga oshirishning kafili b o isa, o ‘z navbatida fuqaro­

lar  davlat  oldidagi  burchlarini  bajarishlari  shart.

^ am o n av iy   Konstitutsiyalarning  mohiyati  umuminsoniy, 

huquqiy  qadriyatlarni  va  umumdemokratik  asoslarni  mustah- 

kamlashda ifodalanadi.  Ular har bir inson  teng huquqli fuqaro 

b o iib   faoliyat  yurita  oladigan  davlatda  yashashini  ta rg 'ib  

qiiadi.  Yuqoridagilardan  kelib  chiqib  shuni  aytish  mumkinki, 

O'zbekiston  Respublikasida  amal  qilayotgan  Konstitutsiya o ‘z 

mohiyatiga ko'ra, demokratik huquqiy davlat qurish Konstitu­

tsiyasi  sifatida  O'zbekiston  xalqi  irodasining  ifodasidir  va  bu 

iroda  umumdemokratik  prinsiplarni  o'zida  mujassam  etuvchi, 

insonni,  uning huquq va erkinliklarini  oliy qadriyat deb e’tirof 

etuvchi  davlat  va jamiyat  hayoti  asoslarini  mustahkamlashga 

yo ‘ naltirilgandir^J

Dunyo  konstitutsionalizmi  o'zining  rivojlanishi  mobaynida 

tarixdagi ko'plab ijtimoiy-siyosiy voqeliklar ta ’siri ostida b o iib  

keldi.  Shuning  uchun  turli  davrlarda  k o 'p lab   m am lakatlar 

tom onidan  qabul  qilingan  K onstitutsiyalar,  ularda  m ustah­

kamlangan normalar va tartibga solingan ijtimoiy munosabatlar

T ad jix a n o v   U .,  O d ilq o riy ev   H .,  S aidov  A.  O 'z b e k isto n  



Respublikasining Konstitutsiyaviy huquqi. — Т.:  «Sharq»,  2001,  IIV 

Akademiyasi,  85-86-betlar

11


ko‘lamiga  qarab,  shuningdek,  Kon- 

stitu tsiy a la r  q abu l  qilingan  davr 

ta la b la rid a n   kelib  chiqib,  u la rn i 

mazmunan  har  xil  rivojlanish  bos- 

qichlariga  bo‘lish  mumkin.  Albatta, 

bunda  Konstitutsiyalar  yillar  sayin 

mazmunan  boyib,  mukammallashib 

borgan.  Hozirda aksariyat adabiyot- 

la rd a  K o n stitu tsiy alarn in g   riv o j­

lanish   b o sq ich lari  t o ‘rtg a  b o ‘lib 

o ‘rganiladi.

Birinchi  bosqich  XVIII  asr  oxiridan  XX  asr  boshlarigacha 

davom  etib,  bu  Konstitutsiyalarga  AQSH  Konstitutsiyasidan 

tashqari,  Polsha  va  Fransiyaning  1791-yilda,  Norvegiyaning 

1814-yilda,  Belgiyaning  1831-yilda,  Lyuksemburgning  1868- 

yilda, Shveysariyaning 1974-yilda qabul qilingan Konstitutsiya- 

lari misol  b o ‘ladi.  Bu  bosqichda..qabul qilingan  Konstitutsiya­

lar faqat davlat hokimiyatini amalga  oshirish,  davlat organlari 

faoliyatini  va  o ‘zaro  m unosabatlarini  tartibga  solish  bilan 

cheklanib  qoldi.  Fuqarolarning  huquq  va  erkinliklariga  kam 

e’tibor  berilib,  faqat  ayrim  tabiiy  huquqlari  e’tirof etildi.  Bu, 

albatta,  bir  tomondan  o'sha  davr  uchun  katta  yutuq  ham  edi.

Ikkinchi  bosqich  Konstitutsiyalariga  ikkita jahon  urushi 

oralig‘ida  qabul  qilingan  sobiq  Ittifoq  Konstitutsiyalari,  sharq 

mamlakatlaridan Turkiya, Eron, Misr kabi davlatlarda an’anviy 

musulm on  huquqiga  asoslangan  K onstitutsiyalarni  kiritish 

mumkin.  Bu davrga kelib fuqarolarning sotsial huquq va erkin­

liklari Konstitutsiyaviy darajada mustahkamlandi. Shuningdek, 

K onstitutsiyalarda  bu  davrga  kelib  ancha  murakkablashgan 

davlat  boshqaruvi,  ijro  hokimiyatining  kuchayib  ketishi  kabi 

unsurlar  ham  o ‘z  aksini  topdi.

Uchinchi  bosqich  ikkinchi jahon  urushidan  o ‘tgan  asrning 

80-yillariga  qadar  davom  etib,  bu  davr  chinakam  konstitu- 

tsionalizm  davri  b o ‘ldi.  Chunki  aynan  shu  yillarda  dunyo 

xaritasida juda ko'plab davlatlar paydo bo‘lib, bir necha o ‘nlab 

Konstitutsiyalarning  qabul  qilinishiga  olib  keldi.  Shuningdek, 

jah o n   taraqqiyoti  yangi  bosqichga  qadam   q o ‘yganligi  bois 

ayrim   d a v la tla rd a   K o n stitu tsiy a la r  q a y ta   q ab u l  qilindi 

(masalan,  Germaniya,  Yaponiya,  Italiya  va  Fransiyada).  Bu 

bosqich  Konstitutsiyalarining o ‘ziga xos xususiyatlari:  ilk bora 

siyosiy  partiyalar  faoliyati  Konstitutsiyalarda  keng  qamrovli 

tarzda mustahkamlandi, iqtisodiyotning Konstitutsiyaviy asos-




Download 8.86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   40




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling