R e s p u b L i k a s I k o n s t I t u t s I y a s I n I


Download 8.86 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/40
Sana21.03.2020
Hajmi8.86 Mb.
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   40

81  ’

ning  barcha  ko‘rinishlaridan  tiyilishi»,  «har  qanday  iqtisodiy 

majburlash  ta ’siridan  o ‘zini  tiyib  turishi»  kerakligi  to ‘g‘ridan- 

to ‘g ‘ri  k o ‘rsatib  q o ‘yilgan.  Bularning  barchasi,  shubhasiz, 

hozirgi zamon xalqaro huquq hujjatlari tomonidan har qanday 

k o ‘rinishdagi  g‘ayriqonuniy  kuch  ishlatishni  q a t’iyan  man 

etilayotganligidan  dalolat  beradi.  BMT  Nizomining  42-47  va 

51-m oddalarida  qurolli  kuchni  qonuniy  ravishda  q o ‘llash 

holatlari  haqida,  41  va  50-moddalarida  esa  qurolsiz  kuchlar- 

ning  qonun  doirasida  qo'llanilishi  haqida  aytib  o ‘tilgan.  Bu 

m o d d a la rd a   quyidagi  u su lla r  sanab  o 'tila d i:  « Iq tiso d iy  

munosabatlar,  temir yo‘l,  dengiz,  havo,  pochta,  telegraf,  radio 

va  boshqa  aloqa  vositalarini  to ‘la  yoki  qisman  uzib  qo‘yish, 

diplomatik  aloqalarni  to ‘xtatib  qo‘yish».

N izom da  qu ro lli  k u ch larn i  d a v la tla r  to m o n id an   ikki 

holatdagina,  ya’ni  o ‘zini-o‘zi  mudofaa  qilish  (51-modda)  va 

BM T  X avfsizlik  K en g ash in in g   q a ro rig a   aso san ,  dunyo 

xavfsizligiga tahdid, tinchlik, sulh buzilgan yoki agressiya holat- 

larida  (39  va  42-m.m)  qonuniy  ravishda  q o ‘llash  mumkinligi 

t a ’kidlanadi.

M a’lum davlatning o ‘zini-o‘zi mudofaa qilishi, shu davlatga 

qurol bilan bostirib kirilganidagina huquqiy asosga ega boiadi. 

Bir  davlat  boshqasiga  qarshi  iqtisodiy  yoki  siyosiy  chora 

ko‘rganida,  birinchi  davlatga  qarshi  qurolli  kuch  ishlatish  51- 

moddaga  binoan  to ‘g‘ridan-to‘g‘ri  taqiqlangan.

Bunday vaziyatlarda yoki hatto qurol bilan davlat hududiga 

bostirib  kirish  holati  namoyon  bo'lganida,  himoyalanuvchi 

davlat unga nisbatan teng o ‘lchov tamoyiliga amal qilgan holda 

javob  tadbirini  q o ‘llashi  mumkin.

BMT  Nizomi  aniq  majburiy  choralarning  to ‘la  ro ‘yxatini 

o ‘zida  ifodalamagan.  Xavfsizlik  Kengashi  Nizomda  maxsus 

sanab  o ‘tilm agan  boshqa  ch o ra-tad b irla rn i  ham   k o ‘rishi 

mumkin.


Kuch  ishlatmaslik  tamoyili,  eng  avvalo,  agressiv  urushlar- 

ning  taqiqlanishini  ko‘zda  tutadi.  Chunki  m a’lum  bir  davlat 

tomonidan  qurolli  kuch  ishlatilishi,  avvalo  agressiv  urush  deb 

tan  olinadi  va  xalqaro jinoyat  sifatida  davlatlarning  xalqaro- 

huquqiy javobgarlikka  tortilishiga,  shuningdek,  bunga  aybdor 

shaxslarning  xalqaro  jinoiy  javobgarlikka  tortilishiga  sabab 

b o ‘ladi.

Agressiya  harakatlari  Nyurnberg  va  Tokio  xalqaro  harbiy 

tribunallarining  nizomlarida  xalqaro  jinoyatlar  deb  yuridik 

jih a td a n   tasniflangan.  U rushdan  keyingi  yillarda,  ushbu



82

tam oyilning  m azm uniga  davlatlarning  agressiv  urushlarni 

tashviq  qilmasliklari  majburiyati  ham  kiritilgan.

Agressiya tushunchasidan tashqari xalqaro huquqda «qurolli 

hujum»  tushunchasi  ham  e’tirof etilgan.  H ar  ikkala  o ‘xshash 

holatda  ham  ularning  oqibatlari  turlicha  talqin  qilinadi.  BMT 

Xavfsizlik Kengashining ta ’rificha, bevosita qurolli hujum bilan 

bog‘liq  boim agan  harakatlar  agressiya  deb  nomlangan.

Ushbu tamoyilning mazmuniga 70-yillardan boshlab davlat­

larning  kuch  bilan  tahdid  solish  yoki  boshqa  davlat  chegara­

larini  buzish  maqsadida  kuch  ishlatish  yoki  bo‘lmasa  hududiy 

ixtiloflar  va  davlat  chegaralari  bilan  b o g iiq   masalalarni  hal 

etish vositasi sifatida kuch ishlatilishidan o ‘zini tiyishi lozimligi 

alohida  kiritilgan.

K uch  is h la tm a slik   ta m o y ilin in g   m a zm u n ig a  k o ‘ra, 

xalqaro  huquq m e’yorlarining buzilishi  orqali boshqa davlat 

h u d u d la rin i  b o sib   o lish ,  k u ch   is h la tis h   b ila n   b o g ‘liq 

repressaliya  harakatlari  man  etiladi,  shu jum ladan,  uchinchi 

bir  davlatga  qarshi  agressiyani  amalga  oshirmoqchi  b o ‘lgan 

ikkinchi davlat ixtiyoriga foydalanish  uchun  o ‘z hududlarini 

berish, boshqa bir davlatdagi fuqarolar urushi yoki terroristik 

harakatlarda ishtirok etish yoki yordam  k o ‘rsatish,  gijgijlash 

uyushtirish,  bir davlat hududiga bostirib kirish uchun qurolli 

to ‘dalar,  m untazam   kuchlar,  yollanm a  jan g ari  guruhlarni 

tashkil  etish  yoki  bunday  harakatlarni  rag‘batlantirish  kabi- 

lar  taqiqlanadi.

Davlat chegaralari daxlsizligi tamoyili 

davlat xavfsizligining 

muhim  asoslaridan  biri  hisoblanadi.  Ushbu  tamoyil  dastlab 

sobiq  Ittifoqning  G F R   bilan  1970-yil  12-avgustda  tuzgan 

shartnom asida,  so‘ngra  PXR,  G D R   va  CH SSRning  G FR  

bilan  tuzgan  shartnom alarida  huquqiy  rasmiylashtirildi.  Shu 

vaqtdan  boshlab  chegaralarning  daxlsizligi  barcha  davlatlar 

uchun  yuridik  majburiy  b o ‘lgan  xalqaro  huquq  normasiga 

aylandi.

Chegaralarning daxlsizligi tamoyili  1975-yildagi Yevropada 

xavfsizlik  va  hamkorlik  kengashining  yakunlovchi  hujjatida 

ifodalandi: «Ishtirokchi davlatlar bir-birlarining va Yevropadagi 

barcha davlatlarning chegaralarini buzilmas hamda daxlsiz deya 

qaraydilar va  shu  bois  hozir ham,  kelajakda  ham,  bu chegara- 

larga nisbatan, har qanday xavf solishga qaratilgan harakatdan 

o'zlarini  tiyib  turadilar».

D avlat  chegarasiga  xavf  solish  -   bu  chegara  chiziqlarini 

o ‘zgartirishga uning yuridik (huquqiy) qonuniyligi yoki chegara



83

ch izig ‘ining  h o la tin i  o ‘z g a rtirish g a   y o ‘n a ltirilg a n   bir 

tomonlama  xatti-harakat,  tahdid  yoki  talabdir.

Shu  bois  bunday  tamoyilning  e’tirof  etilishi  har  qanday 

hududiy  k o ‘z  olaytirishlardan  voz  kechish  demakdir,  y a ’ni 

hujjat  m atnida  aytilganidek,  davlatlar  «A ’zo  davlatlardan 

istalgan  birining  butun  hududi  yoki  undan  bir  qismini  egallab 

olish  yoki  boMib  olishga  qaratilgan  har  qanday  talab  yoki 

harakatdan  o‘zlarini  tiyib  turadilar».

YEXHT  ishtirokchi-davlatlari  tomonidan  Yevropa  davlat- 

larining mavjud chegaralarining e’tirof etilishi xalqaro-huquqiy 

ho lat  b o ‘lib,  uning  oqibatida  m uayyan  huquqiy  n atijalar 

yuzaga  keladi.  Mavjud  chegaralarning  xalqaro  huquq  asosida 

tan  olinishi  hududiy  chegaraga  nisbatan  davlatlararo  bitimga 

tenglashtiriladi.

1. 

C hegaralar  yaxlitligi  tam oyilini  uch  qoida  asosida: 



birinchidan,  xalqaro  huquqiy  m e’yorlarga  muvofiq  yuridik 

jih a td a n   belgilangan  m avjud  chegaralarning  tan  olinishi; 

ikkinchidan,  ayni  vaqtda  yoki  kelajakda  har  qanday  hududiy 

k o ‘z  olaytirishlardan  voz  kechish;  uchinchidan,  har  qanday 

bosqinchilik  harak a tlari  va  tahdidlardan,  jum ladan,  kuch 

ishlatish  yoki  kuch  bilan  tahdid  solishdan  voz  kechish  deb 

izohlash  mumkin.

Chegaralarning buzilmas (yaxlit)ligi tamoyili xalqaro huquq­

ning  an ’anaviy  tamoyili  bo‘lgan  davlat  chegaralari  daxlsizligi 

tamoyiliga juda  o ‘xshash  b o iib ,  davlat  chegaralari  daxlsizligi 

tamoyilining mazmun va mohiyati davlatlarning m a’lum joydagi 

mavjud chegara chizig‘iga rioya qilish majburiyatlarini o ‘z ichiga 

oladi,  bu  m a’lum joydagi  chegara  chizig‘ini  bemalol  o‘zgartiri- 

lishi  va  tegishli  ruxsatsiz  yoki  qoidadan  tashqari  ravishda  uni 

kesib  o ‘tishga  yo‘l  qo‘ymaslikning  oldini  oldi.  Bu  tamoyil  har 

bir  suveren  davlatga  o ‘z  chegarasini  insonlar  yoxud  transport 

vositalari  bilan  kesib  o ‘tilishini  nazorat  qilish  huquqini  beradi.

D avlat  chegaralarining  yaxlit  (buzilmas)ligi  prinsipi  va 

chegara daxlsizligi prinsipi jo ‘g‘rofiy jihatdan farq qiladi.  1975- 

yildagi  Y ak u n lo v ch i  h u jja tg a   m uvofiq,  c h eg a ralarn in g  

b u zilm asligi  tam o y ili  ushb u  q ay d n o m a  ish tiro k c h ila ri 

hisoblangan  davlatlar,  y a’ni  Yevropa  davlatlari,  AQSH  va 

K anadaga  nisbatan  amal  qiladi.  Chegara  daxlsizligi  tamoyili 

esa  ancha  keng  doirada  amal  qilib,  umumiy  xalqaro  huquq 

tamoyili hisoblanadi va bu xususda maxsus kelishuv-shartnoma- 

lar  bor-yo‘qligidan  q a t’i  nazar  ushbu  tamoyil  barcha  q it’a- 

larda  amal  qiladi.

84


Davlatlarning hududiy yaxlitligi tamoyili 

BMT Nizomi qabul 

qilinishi  bilan  o ‘z  tasdig‘ini  topgan,  lekin  mazkur  tamoyilning 

riv o jlanish  ja ra y o n i  davom   etm oqda  va  bu  tam oyilning 

nomlanishi  oxirigacha  o ‘z  yechimini  topgani  yo‘q.  Shuning 

uchun  huquqiy  ad ab iy otlarda  hududiy  yaxlitlik,  hududiy 

daxlsizlik,  hududiy butunlik iboralarini uchratishimiz mumkin.

BMTning  Nizomi  kuch  ishlatish  yoki  kuch  bilan  tahdid 

solishni  davlatning  hududiy  butunligiga va  har qanday  davlat­

ning  siyosiy  m ustaqilligiga  qarshi  q o ‘llanishini  ta q iq lab  

qo‘ygan.  Nizomning  2-modda,  4-bandida  bu  tamoyil  alohida 

eslatib  o ‘tilmagan  b o ‘lsa-da,  uning  k o ‘pgina  elementlari  o ‘z 

aksini  topgan.  Xususan,  har  bir  davlat:

Birinchidan,

  boshqa  davlatning  milliy  butunligi  va  hududiy 

daxlsizligini qisman yoki t o i a  buzilishiga qaratilgan har qanday 

xatti-harakatdan  o ‘zini  tiyib  turishi  kerak;



Ikkinchidan,

  davlatning  hududi  Nizom  qoidalarini  buzish 

orqali  kuch  ishlatish  natijasida  harbiy  bosib  olish  obyekti 

bo‘lmasligi  lozim;



Uchinchidan,

  davlat  hududi  kuch  bilan  tahdid  qilish  yoki 

uni ishlatish natijasida boshqa davlat tomonidan egallab olinish 

obyekti  boMishi  mumkin  emas.

1975-yildagi  YEXHT  ning  Yakunlovchi  hujjatida  hududiy 

yaxlitlik tamoyiliga shunday ta ’rif beriladi:  «A’zo davlatlar har 

birining  hududiy  yaxlitligini  hurmat  qiiadi  va  bunga  muvofiq, 

BMTning  Nizomi  maqsadlariga  mos  kelmaydigan  har  qanday 

harakatga,  har  qanday  a ’zo  davlatning  hududiy  yaxlitligi, 

siyosiy mustaqilligiga qarshi qaratilgan harakatlarga qarshidir».

Yakunlovchi  hujjatga  muvofiq,  davlatlar  bir-birlarining 

hududiy  yaxlitligini  hurm at  qilish  majburiyatini  olib,  «ВМТ 

Nizomi  maqsad  va  tamoyillariga  mos  kelmaydigan  har  qanday 

xatti-harakatga qarshi chiqishlari  lozim».  Bu yerda gap hududiy 

yaxlitlik yoki daxlsizlikka qarshi har qanday xatti-harakat haqida 

bormoqda.  M asalan,  hududiy  suveren  davlatning  ruxsatisiz 

xorijiy  hududdan  har  qanday  transport vositasining tranzit  olib 

o ‘tilishi  nafaqat  chegara  daxlsizligi,  balki  davlat  hududining 

daxlsizligiga ham xilofdir.  Barcha tabiiy zaxiralar davlat hududi­

ning  tarkibiy qismlari hisoblanadi,  agar hudud  butunlay  daxlsiz 

boisa,  uning  qismlari  ham  daxlsiz  boiishi  lozim.  Davlat  o ‘zga 

mamlakat  hududidan  foydalanish  chog‘ida  ushbu  davlatning 

tabiiy  shart-sharoitlariga  zarar  yetkazmasligi  lozim.

Xalqaro  nizolarni  tinch  yo‘l  bilan  hal  etish  tamoyili 

BMT 


Nizomining  2  -  modda  3  -bandiga  muvofiq  «BMTning  barcha

’  85

a ’zolari o ‘z xalqaro nizolarini xalqaro tinchlik, xavfsizlik hamda 

adolatga xavf solmaydigan holda tinch vositalar bilan hal qiladi- 

lar».

U shbu  prinsip  q ato r  xalqaro  shartnom a  va  bitim larda 



belgilab qo‘yilgan. Ularda urush usuliga murojaat qilish huquqi 

chegaralanib, xalqaro nizolarni tinch yo‘l bilan hal etish vosita­

lari  rivojlantirilgan  va  davlatlar  zimmasiga  bunday  vositalarni 

qo ‘llash  majburiyati  yuklangan.

BMT  Nizomining  33-moddasiga  muvofiq  nizo  ishtirokchi 

taraflar «Bahslami muzokara, tekshiruv, vositachilik, yarashish, 

sud  muhokamasi,  arbitraj,  mintaqaviy  organlarga  m urojaat 

etish  yo‘li  bilan  yoki  o ‘z  xohishlariga  k o ‘ra  boshqa  tinchlik 

vositalari  bilan  hal  etishga  harakat  qilishlari  lozim».

N izolarni  tinch  y o ‘l  bilan  hal  etish  tam oyilining  tahlili 

(E X H T ning  Y akuniy  h u jjati,  X alq aro   h u q u q   p rin sip lari 

to ‘g‘risidagi  1970-yilgi  Deklaratsiya)  shuni  ko‘rsatadiki,  BMT 

Nizomini  rivojlantiradigan  va  to id iradig an   bir  qator  qoida- 

larni  saqlab  qolishga  erishildi.  Jumladan:

—  Davlatlarning  «Qisqa  muddat  ichida  xalqaro  huquqqa 

asoslangan  adolatli  qarorga  kelish  uchun  barcha  choralarni 

k o ‘rish»  majburiyatini;

—  Nizo  hal  qilinmayotgan  hollarda  «Nizolarni  tinch  yo‘1 

bilan hal qilishning o ‘zaro kelishilgan yoilarini izlashni davom 

ettirish»  majburiyatini;

—  «Xalqaro  tinchlik  va  xavfsizlikni  ta ’minlashga  tahdid 

tug‘iladigan  va  shu  bilan  nizoni  tinch  y o i  bilan  hal  qilishni 

yanada  og‘irlashtiradigan  har  qanday  harakatlardan  o ‘zini 

tiyish»ni.

X alq a ro   h u q u q n in g   hozirgi  zam on  k o n sep siy alarig a 

muvofiq davlatlararo nizoni tinch yo‘l bilan hal etishlari lozim.

Amaliyot  shuni  k o ‘rsatadiki,  ko‘pchilik  davlatlar  tinchlik 

vositalari  tizimida  eng  qulay  b o ig an   diplomatik  muzokaralar 

y o iini afzal biladi, chunki ko‘p masalalar diploma tik y o i bilan 

hal  etilib  kelinmoqda.

Bevosita  m uzokaralar  xalqaro  nizoning  tezda  hal  etilishi 

talablariga  javob  beradi,  tom onlarning  teng  huquqliligini 

kafolatlaydi,  ham  siyosiy,  ham  yuridik  ixtiloflarni  hal  etish 

uchun  q o ilan ilish i  m um kin  b o ig a n   kelishuvga  erishishga 

k o ‘m aklashadi,  muammo  yuzaga  kelishi  bilan  unga  darhol 

barham  berilishi  imkoniyatini  yaratadi,  muammoning  dunyo- 

ning  tinchligi  va  xalqaro  xavfsizlikka  tahdid  solish  darajasiga 

yetmasidan  yoki  yoyilib  ketmasidan  hal  etilishiga  yo‘1  ochadi.



86

Xalqaro  munosabatlar  taraqqiyoti,  so‘nggi  yillarda  davlat­

larning muzokara doirasidan chiqib, nizoni yechishning boshqa 

qulay  vositalarini  yaratish,  bu  borada  uchinchi  bir  tomonga 

yoki  xalqaro  organlarga  m urojaat  qilish  yo‘llarini  ham  keng 

ochib  bermoqda.  K o‘pincha  bunday  holatlarda  BMT  Xalqaro 

sudining  roli  bilan  bog‘liq  masalalar  ko‘tariladi.

So‘nggi yillarda shu narsa ta ’kidlanmoqdaki, bir tomondan, 

xalqaro  nizolarni  tinchlik  vositasida  hal  etishning  salm og‘i 

oshib  borm oqda,  ikkinchi  tom ondan  esa,  davlatlar  ushbu 

tam oyilning  m azm unini  jam iyatnin g   am aliy  ehtiyojlariga 

moslashtirishga  tinimsiz  harakat  qilib  kelmoqda.

Boshqa  davlatlarning  ichki  ishlariga  aralashmaslik  tamoyili 

xalqaro  m unosabatlarda  umumiy  tamoyil  sifatida  millatlar- 

ning  o ‘z  davlatchiligi  uchun  kurashishlari  jarayonida,  y a’ni 

burjua-demokratik inqiloblar davrida shakllandi.  Ilgarigi davr- 

larda ushbu tamoyil bir oz cheklangan ravishda qo‘llanilar edi, 

chimki  xalqaro  huquq  ko ‘p  holatlarda  davlatning  ichki  ish­

lariga turli xil aralashuvlar, hattoki qurolli  aralashuvlarga ham 

y o ‘l  q o ‘ya  olar  edi.  B oshqa  dav latlarnin g   ichki  ishlariga 

aralashm aslik  tam oyili  hozirgi  nuqtayi  nazardan  umumiy 

shaklda  BMT  Nizomining  2-modda  7-bandida  qayd  etilgan 

b o ‘lib,  obro‘li  xalqaro  hujjatlarda  yanada  oydinlashtirilgan; 

bu  1970-yildagi  X alqaro  huquq  tam oyillari  haqidagi  Dek- 

la ratsiy a,  Y E X H T ning  Y akunlovchi  h u jjatid a  B M Tning 

davlatlarning  ichki  ishlariga  aralashishiga  yo‘1  q o ‘ymaslik 

haqidagi  Deklaratsiyasi  kabilar;  BMT  Nizomining  2-modda

7-bandiga muvofiq BMT hech bir davlatning tub ichki vakolati 

(kompetensiya)ga  kiruvchi  ishlarga  aralashish  huquqiga  ega 

emas. Bunday taqiqlash nafaqat BMTning o ‘ziga, balki xalqaro 

munosabatlarning  barcha  ishtirokchilariga  ham  taalluqlidir.

Xalqaro  huquq  davlatning  ichki  siyosiy  ahvoliga  tegishli 

masalalarni tartibga solmaydi, shu bois ham davlat yoki xalqaro 

tashkilotlarning  muayyan  bir  davlatning  ichki  vakolatiga  oid 

ishlarini  hal  etishga  urinishi  uning  ichki  ishiga  aralashuvi  deb 

baholanm og'i  lozim.

Ammo  BMT  Nizomining  VII  bobida  bir  istisno  belgilan- 

ganki, unga muvofiq dunyo tinchligiga tahdid,  agressiya holat­

larda  majburiy  choralar  ko'rilishi  mumkin.  Bundan  shunday 

xulosa qilish mumkinki, «Har qanday davlatning tub vakolatiga 

kiruvchi  ishlar»  sof hududiy muammoga  kirmaydi.  Bu  demak, 

m a’lum bir voqea-hodisa, agar biror davlat hududi ichida sodir 

bo‘layotgan bo‘lsa-da, uning ichki vakolatiga tegishli emas deb



  87


qaralishi  mumkin.  Masalan,  BMT  xavfsizlik  Kengashi  biror- 

bir davlat hududida yuz berayotgan hodisa xalqaro  tinchlik va 

xavfsizlikka xavf solayapti  deb  hisoblasa,  u  holda voqea  o ‘sha 

davlatning  ichki  ishlari  hisoblanib  qolm aydi  va  BM Tning 

h a ra k a tla ri  o ‘sha  d av lat  ichki  ish lariga  aralash u v   deya 

baholanmaydi.

Aralashmaslik  konsepsiyasi  davlatning  o ‘z  ichki  vakolat- 

lariga har qanday masalalarni bemalol kirita olish mumkinligini 

bildirmaydi.  Davlatlarning  xalqaro  majburiyatlari,  jumladan, 

BMT Nizomidan kelib chiqadigan majburiyatlari ushbu masala- 

ning  h al  etilish ig a  t o ‘g ‘ri  y on d o sh u v  m ezoni  m e’yor 

hisoblanadi.  Sharhlanayotgan  moddaga  asosan  mamlakatimiz 

tashqi  siyosati  xalqaro  huquqning  umume’tirof etilgan  boshqa 

qoidalari  va  norm alariga  asoslanadi.  U lar  jum lasiga  inson 

huquqlariga  hurmat  tamoyilini  kiritish  mumkin.

M avzuni  mustahkamlash  uchutt  savollar

1.  «Suverenitet» atamasi ilk bor qaysi davlatda va nechanchi asrda 

vujudga kelgan hamda qaysi so‘zdan olingan?

2.  0 ‘zbekistonning  davlat  suvereniteti  tushunchasi  va  mohiyati 

qaysi qonun hujjatlarida mustahkamlangan?

3.  0 ‘zbekistonning  davlat  ramzlari qachon  qabul  qilingan  va  u- 

ning mazmun-mohiyatiga qanday ta’rif berilgan?

4.  «Demokratiya»  so‘zi  qayerdan  kelib  chiqqan  va  u  nimani 

anglatadi?

5.  0 ‘zbekiston Respublikasi Prezidenti o‘zining « 0 ‘zbekiston XXI 

asr bo‘sag‘asida:  xavfsizlikka tahdid,  barqarorlik  shartlari  va 

taraqqiyot kafolatlari» nomli asarida demokratiya tushunchasi 

haqida qanday ta’rif bergan?

6.  To‘g‘ridan-to‘g‘ri,  ya’ni  bevosita  demokratiya  tushunchasini 

bilasizmi?

7.  Vakillik demokratiyasi nima?

8.  To‘g‘ridan-to‘g‘ri va vakillik demokratiyasi shakllari 0 ‘zbekis- 

ton  Respublikasi  Konstitutsiyasining  qaysi  moddalarida  o‘z 

aksini topgan?

9.  To‘g‘ridan-to‘g‘ri va vakillik demokratiyasi shakllari 0 ‘zbekis- 

tonning qaysi qonunlari asosida amalga oshirilishi belgilangan?

10.  «Referendum» so‘zining lug'aviy ma’nosi qaysi tildan olingan 

va qanday ma’noni anglatadi?

11.  0 ‘zbekiston  Respublikasida  necha  m arotaba  referendum 

o‘tkazilgan  va nechanchi yillarda?

88


12.  O'zbekistonni demokratik davlat sifatida tavsiflovchi belgilarini 

aniqlang.

13.  «Hokimiyatning bo‘linish» nazariyasi nechanchi asrdan boshlab 

mustaqil siyosiy-huquqiy ta’limotga aylangan?

14.  Jahon tajribasida  «Demokratiya va  inson  huquqlari»  qanday 

asoslarda himoya qilinadi?

15.  0 ‘zbekistonda siyosiy va mafkuraviy xilma-xillik qanday rivoj 

topmoqda?

16.  0 ‘zbekiston RespublikasiPrezidenti I. A. KarimovOliy Majlis- 

ning 2-chaqiriq 2-sessiyasida so‘zlagan nutqida, 0 ‘zbekistonda 

siyosiy va mafkuraviy plyurealizmni yanada rivojlantirish uchun 

Parlam ent  faoliyati  qanday  tashkil  etilishi  bilan  bog‘liq 

ekanligini asoslab bergan?

17.  Inson  huquqlari  umumjahon  deklaratsiyasi  qachon  qabul 

qilingan va qanday ahamiyatga ega boidi?

18.  Ijtimoiy adolat va qonuniylik prinsiplari 0 ‘zbekiston Respub­

likasi Konstitutsiyasining qaysi moddalarida o‘z aksini topgan?

19.  0 ‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining asosiy prinsiplari 

deganda nimani tushunasiz va uni belgilab bering?

20.  0 ‘zbekistonda  Konstitutsiya  va  qonunning  ustunligi  prinsipi 

qanday amalga  oshiriladi?

21.  O‘zbekiston Respublikasi tashqi siyosatining Konstitutsiyaviy 

asoslari qaysi qonun hujjatlarida belgilangan?

22.  0 ‘zbekistonda  mudofaa  va  xavfsizlikning  ta ’minlanishini 

Konstitutsiyaviy-huquqiy asoslarini aniqlang.

23.  0 ‘zbekiston qurolli kuchlari qachon tashkil etilgan?

24.  Milliy istiqlol mafkurasiga qanday ta’rif berilgan?

25.  0 ‘zbekistonning  davlat  mustaqilligini  am alda  namoyon 

qiladigan va ro'yobga chiqaradigan tashkiliy tuzilmalar tizimi 

haqida nimalarni bilasiz?

26.  0 ‘zbekiston  Konstitutsiyasining birinchi moddasida «Davlat- 

ning « 0 ‘zbekiston Respublikasi» va « 0 ‘zbekiston» degan nom- 

lari bir ma’noni anglatadi» deb yozib qo‘yilgan, buning mazmun 

va mohiyatini aniqlang.



U C H IN  C H I BO ‘L I M

INSON VA FUQAROLARNING ASOSIY 

HUQUQLARI, ERKINLIKLARI 

VA BURCHLARI

V B O B

IN S O N   У A  FU Q A R O   H U Q U Q   У A 

ER K IN LIK LAR I  H A M D A   B U R C H L A R IN IN G  

K O N ST IT U T SIY A V IY   A SO SL A R I

l- § .  |Inson  huquqlarining  xalqaro-huquqiy  asoslari. 

O ‘zbekiston  Respublikasida  fuqarolarning 

konstitutsiyaviy  huquq  va  erkinliklari 

tushunchasi  va  ularning  turkumlanishi

^Insoniyat  tarixida  yangi  davr  —  inson  huquqlari  davri 

boshlandi. Inson huquqlari, eng avvalo, umuminsoniy qadriyat- 

larga,  umumjahon  sivilizatsiyasiga,  bu  sohada  boshqa  xalqaro 

erishilgan  tajribalarga  hamda xalqaro  huquqning umume’tirof 

etilgan  tamoyillari  va  m e’yorlariga  asoslangan.  ,

«Inson  huquqlariga  asoslangan  dem okratik  jam iyatning 

xalqaro miqyosda e’tirof etilgan tamoyillari bor. Tenglik, erkin- 

lik,  birodarlik,  xalqlar  va  millatlararo  d o ‘stlik,  insonning  o ‘z 

xohish-irodasini  erkin  bildirishi  hamda  uni  amalga  oshirishi, 

ozchilikning ko‘pchilikka bo‘ysunishi va ozchilikning manfaat- 

larini  ham   ro ‘yobga  chiqarish,  barcha  fuqarolarning  teng 

huquqliligi,  davlatning  asosiy  idoralariga  saylanishi,  ularning 

saylovchilar oldida hisob berishi, davlat va jamiyat boshqaruvi- 

da  qonun  ustuvorligi,  tayinlash  yo‘li  bilan  shakllanadigan 

davlat idoralarining saylovchi tashkilotlar oldidagi javobgarligi 

va  boshqalar  shular jumlasiga  kiradi»32.



Download 8.86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   40




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling