R e s p u b L i k a s I k o n s t I t u t s I y a s I n I


  K arim ov  I.A .  V atan   sajd agoh   k abi  m uq add asdir.  T.  3.—   Т


Download 8.86 Mb.
Pdf ko'rish
bet11/40
Sana21.03.2020
Hajmi8.86 Mb.
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   40

32  K arim ov  I.A .  V atan   sajd agoh   k abi  m uq add asdir.  T.  3.—   Т.: 

« 0 ‘zbekiston»,  1996,  8-bet.

90

f

  InsojiJmqTnqlariga'doir xalqaro  hujjatlarga  BMTning  1948- 

yilgi'«Inson huquqlari Umumjahon  Deklaratsiyasi»,  1966-yilgi 

«Iqtisodiy,  ijtim oiy  va  m adaniy  h u q u q la r  to ‘g ‘risida»gi, 

«Fuqarolik va  siyosiy  huquqlar  to ‘g‘risida»gi  Xalqaro  paktlar 

kiradi. 0 ‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi «Inson huquq­

lari  Umumjahon  Deklaratsiyasi»ning  barcha  asosiy  g‘oya  va 

qoidalarini  o ‘zida  singdirgan.  Tarixda  sinalgan  umuminsoniy 

qadriyatlarni  o ‘zida  m ujassam lashtirgan,  eng  rivojlangan, 

taraqqiy  etgan  davlatlarning  huquqiy  tajribasiga  tayangan.

Birlashgan  M illatlar  Tashkiloti  insoniyat  tarixida  inson 

om ilining  yangi  bosqichini  boshladi  va  1995-2005-yillarni 

kurramizda «Inson huquqlari o ‘n yilligi», deb e’lon qildi. Inson 

huquqlari umumjahon Deklaratsiyasida zikr etilgan inson asosiy 

huquqlari va erkinliklari ifodasini 0 ‘zbekiston Konstitutsiyasi­

ning  quyidagi  moddalarida  yaqqol  ko‘rish  mumkin:

1.  Teng  fuqarolik  huquqi  (21-modda);

2.  Yashash  huquqini  himoya  qilish  (24-modda);

3.  H ar  kimning  erkinlik  va  shaxsiy  daxlsizlik  huquqiga 

egaligi,  qonunga  asoslanm agan  holda  hibsga  olinishi  yoki 

qam oqda  saqlanishi  mumkin  emasligi  (25-modda);

4.  Hech kimni qiynoqqa solmaslik va aybi aniqlanmaguncha 

aybdor  hisoblamaslik  holati  (26-modda);

5.  Fuqarolar turar joyi, telefon yozishmalari daxlsizligi (27- 

modda);

6.  So‘z,  fikr  va  e’tiqod  erkinligi  va  uni  tarqatish  huquqi 



(29-modda);

7.  Din  va  vijdon  erkinligi  (31-modda);

8.  Fuqarolar uchun jamiyat va davlat ishlarini boshqarishda 

ishtirok  etish  huquqi  (32-modda);

9.  Mulkdorlik huquqi va erkin kasb tanlash (38-39-moddalar);

10. Qonunga  muvofiq  siyosiy  partiyalar  va  boshqa jam oat 

birlashmal-ari  tashkil  etish  (56-modda);

1 l.Saylash va saylanish huquqi (117-modda) va shuningdek, 

boshqa  k o ‘p  m oddalarda  xalqaro  m iqyosda  e’tiro f  etilgan 

insonning asosiy huquqlari va erkinliklari o ‘z munosib  o ‘rnida 

har  tomonlama  aks  ettirilib,  Konstitutsiya  va  boshqa  qonun- 

lar  bilan  kafolatlangan33.

^.onstitutsiyaviy huquq, erkinlik va burchlarning o ‘ziga xos 

xu$usiyati  shundaki,  qonun  chiqaruvchi  hokimiyat  Kotistitu-



33  0 ‘zbekiston  Respublikasining  Konstitutsiyaviy  huquqi  (mualliflar

jamoasi).  TDY UI.  —  Toshkent:  «Moliya»,  2002,  189-190-  betlar.

tsiyada  asosiy  huquq,  erkinlik  va  burchlarni  mustahkamlaydi, 

qonun  va  qonun  osti  hujjatlarida  esa,  ular  asosida  vujudga 

keladigan  hosila  huquq,  erkinlik  va  burchlarni  belgilash  bilan 

birga ular mazmunini keng yoritish imkonini  beradi.  Konstitu- 

tsiyaviy  huquq,  erkinlik  va  burchlarning  yuridik  xususiyatlari 

qatoriga  Konstitutsiyada  mustahkamlangan har qanday qoida 

singari,  ular  oliy  yuridik  kuchga  va  o ‘zgartirishning  maxsus 

tartibiga  ega  ekanligini,  shuningdek,  uning  asosida  ishlab 

ch iq ilad ig an  b o sh qa  so h alar  q o nu nchilig i  uchun  asosiy 

yo’nalishlarni  belgilashini  ta ’kidlash  joiz34.

K onstitutsiyaviy  huquq,  erkinliklarni  yuridik  jih atd an  

mustahkamlash  shakllari  turli  davlatlarda  turlicha  bo‘lib,  bu 

har  bir  davlatning  iqtisodiy,  siyosiy  rivojlanish  darajasiga 

bog‘liq.  H uquq  va  erkinliklarni  mazmun  jihatdan  o ‘rganish 

ham da  huquqiy  tom ondan  tartib g a  solish,  u la rn u m a ’lum 

guruhlarga  ajratishni  talab  qiladi.  Bu  esa  yurisprudensiyada 

huquq  institutlari  bilan  bog‘liq  muammolarni  o ‘rganish  va  u- 

larni  yechishni  osonlashtiradi.  Tasniflash  h ar  doim  shartli 

ravishda  kechadi,  chunki  ko‘p  hollarda  biror huquq,  erkinlik, 

burch  bir  paytda  ikki  yoki  undan  k o ‘p  tasnifiy  guruhlarga 

tegishli  b o ‘lib  qolishi  mumkin.

Huquq va erkinliklar mohiyatiga k o ‘ra,  XVI-XVII  asrlarda 

vujudga  kelgan  ta ’limotlarga  asosan 

tabiiy

  huquq,  erkinliklar 

va 

p o z itiv

  huquq,  erkinliklarga  ajratiladi.

Tabiiy huquq va erkinliklar insonning uzviy, ajralmas huquq 

va  erkinligi  b o iib ,  tug‘ilgandan  boshlab,  vafot etguniga  qadar 

mavjud bo‘ladi. Tabiiy huquq va erkinliklarga har qanday inson 

(fuqaroligi yo‘q shaxslar hamda chet el fuqarolari) hech qanday 

moneliksiz  ega  bo'ladi.  Tabiiy  huquq  va  erkinliklar jumlasiga 

yashash  huquqi,  shaxsiy  erkinlik  va  daxlsizlik  huquqi,  fikr  va 

so‘z  erkinligi  va  hokazolar  kiradi.

Pozitiv 

huquq va erkinliklar faqat biror-bir davlatga tegishli 

fuqarolarda  m avjud  b o iib ,  ular  o ‘sha  davlat  bilan  o ‘zaro 

huquqiy  aloqada  b o ia d i.  Masalan,  fuqaro  o‘z  davlati  oldida 

Konstitutsiyaviy  burchlarni  bajarishga  majburligi.

Subyektga  tegishliligiga  ko‘ra:

— 

individual

 (masalan,  bilim  olish  huquqi);



ja m o a (k o lle k tiv )

  turlariga ajratish mumkin.  Masalan, ish 

tashlash  huquqi  -  jam oa  huquqidir.  Individual  tartib d a  ish

34  0 ‘zbekiston  Respublikasining  Konstitutsiyaviy  huquqi  (mualliflar

jamoasi).  T D Y U I. —  Toshkent:  «Moliya»,  2002,  234-bet.

92


tashlash  -   ish  tashlash  hisoblanmasdan,  balki  u  ishga  kelmas- 

lik,  deb  baholanishi  mumkin.

Shuningdek,  h u q u q ,  erk in lik   va  b u rch la rn i 

a s o s iy   va 

qo ‘sh im c h a

  tu rlarg a  ajratish   m um kin.  M asalan,  davlatni 

boshqarishda  ishtirok  etish  asosiy  huquq  hisoblansa,  saylov 

huquqi undagi hosila huquq bo‘lib, uning mazmunini ifodalash 

shakli  hisoblanadi.

H u q u q ,  erk in lik   va  b u rc h la rn in g   m azm un-m ohiyiati 

b o ‘yicha  tasn iflash   ju d a   m uhim   ah am iy atga  ega  b o ‘lib, 

umumjahon  miqyosida  tan  olingan  k o ‘rinishi  quyidagicha:



— Shaxsiy huquqlari, erkinliklari va burchlari: 

ya’ni yashash 

huquqi, shaxsiy erkinlik va daxlsizlik hamda turarjoy daxlsizligi 

kabi  huquq,  erkinlik  va  burchlar;



—  Siyosiy  huquqlari,  erkinliklari  va  burchlari: 

davlat  va 

jam iyatni  boshqarishda  ishtirok  etish,  ovoz  berish,  yig‘ilish 

huquqi,  v atanni  him oya  qilish  bilan  bo g ‘liq  q ato r  siyosiy 

huquq,  erkinlik  va  burchlar;

—   Iqtisodiy-ijtimoiy  huquqlari,  erkinliklari  va  burchlari: 

mehnat  huquqi,  mehnat  erkinligi,  mulk  huquqi,  soliq  to ‘lash 

burchi,  t a ’lim  olish  huquqi,  ijod  erkinligi  va  shu  kab ilar 

iqtisodiy,  ijtimoiy  va  m adaniy  huquq  erkinlik  va  burchlar 

guruhini  tashkil  etadi;

0 ‘zbekiston  Respublikasi  K onstitutsiyasida  ham  huquq, 

erkinliklar  xuddi  shunday  guruhlarga  ajratiladi.

2-§.  Fuqarolik  tushunchasi.

O ‘zbekiston  Respublikasida  fuqarolik

Fuqarolik 

—  bu jismoniy  shaxsning  m a’lum  bir  davlatga 

mansubligini  anglatib,  ushbu  fuqaroning  tegishli  davlat  bilan 

doimiy  ravishda  huquqiy  aloqada  b o ‘lib  turishini  bildiradi. 

Bunda  fuqaro  shu  davlat  tom onidan  belgilangan  huquq  va 

burchlarni  amalga  oshiradi,  davlat  esa  fuqaroni.har  yerda  va 

har  vaqt  himoya  qiladi.  Mazkur  huquqiy  aloqadorlik  fuqaro­

ning  tug‘ilganida  yuzaga  kelib,  uning  butun  umri  davomida 

saqlanib  qoladi.

1992-yil  2-iyulda  « 0 ‘zbekiston  Respublikasining  fuqaroligi 

to ‘g‘risida»gi  qonuni  qabul  qilindi.  Q onunda  yozilishicha, 

0 ‘zbekiston  Respublikasining  fuqaroligi  shaxs  bilan  davlat- 

ning  doimiy  siyosiy-huquqiy  aloqasini  belgilaydi,  bu  aloqa  u- 

larning  o ‘zaro  huquqlari  va  burchlarida  ifodalanadi.

Birinchi bo‘lib 

«Fuqaro»

 atamasi fransuz inqilobining  1799- 

yildagi  « Inson  va  fu q a ro   h u q u q la ri  D ek la ra tsiy asi» d a

93


ko'rsatilgan edi.  Dunyo mamlakatlarida hozir bir fuqarolik va 

k o ‘p  fuqarolik  (bipatrid)  mavjud  b o iib ,  masalan,  Rossiya, 

Braziliya  kabi  davlatlarda  ko‘p  fuqarolikka  asoslanadi.

0 ‘zbekiston  K o nstitutsiy asining   21-m oddasiga  k o ‘ra, 

0 ‘zbekiston Respublikasining butun hududida yagona fuqaro­

lik  o ‘rnatiladi  va  u  barcha  uchun  tengdir.  Q oraqalpog‘iston 

Respublikasining  fuqarosi  ayni  vaqtda  0 ‘zbekiston  Respub­

likasining  fuqarosi  hisoblanadi.

0 ‘zbekiston  Respublikasida  har  bir  shaxs  fuqaro  b o ‘lish 

huquqiga  egadir.  Hech  kim  fuqarolikdan  yoki  fuqarolikni 

o ‘zg artirish   h u q u q id a n   m ahrum   qilinishi  m um kin  emas. 

0 ‘zbekiston Prezidenti  I.A.Karimov 0 ‘zbekiston  Respublikasi 

Konstitutsiyasining  bir  yilligiga  atalgan  m a’ruzasida  shunday 

degan edi:  «Shaxs 0 ‘zbekiston Respublikasi fuqaroligini qabul 

qilar  ekan,  bu  bilan  u  K onstitutsiyamiz  va  qonunlarimizda 

mustahkamlab  qo‘yilgan  huquq  va  erkinliklarga  ega  bo ‘ladi. 

Shuningdek,  u  m a’lum  burchlarni  ham  bajarishga  majburdir. 

Tabiiyki,  0 ‘zbekiston  davlati  ham  fuqarolarning  manfaatlari 

va  erkinliklarini  Respublika  hududida  va  uning  tashqarisida 

himoya  qilish  majburiyatini  o ‘z  zimmasiga  oladi»35.

Jah o n   am aliyotida  fuqarolikni  qabul  qilishning  asosiy 

k o ‘rinishlari:

—  Tug‘ilish  orqali  (filiatsiya);

—  Fuqaroligi  bo ‘lmagan  yoki  chet  davlat  fuqarosi  b o ‘lgan 

shaxsning  fuqarolikka  qabul  qilinishidir  (naturalizatsiya);

— Xalqaro shartnomalar va qonunlarda belgilangan tartibda 

fuqarolikni  tiklash  (reintegratsiya);

—  D avlatlarning  b o iin ib   ketishi  oqibatida  fuqarolikni 

tanlash  (optatsiya);

—  Hududiy  o ‘zgarishlar  vaqtida  avtomatik  tarzda  fuqaro- 

likning  o ‘zgarishi  (transfert).

Fuqarolikni  olishning  eng  asosiy  ko‘rinishi  tug‘ilish  orqali 

fuqarolikka  qabul  qilinish  b o iib ,  bu  o ‘z  navbatida  ikkiga 

b o iin a d i:

«Q on  huq u q i»   (jus  sanguinus)  aso sid a  ch aq alo q n in g  

fuqaroligi  ota-onasining  fuqaroligi  bilan  belgilanib,  tug‘ilgan 

joyiga  bogianm aydi.

« T u p ro q   h u q u q i»   (jus  soli)  asosiga  k o ‘ra,  fu q aro lik  

chaqalqqning  tug‘ilgan  joyidan  kelib  chiqib,  uning  ota-onasi 

fuqaroligi  bilan  b o g iiq   boim aydi.



35  Karimov I. A. Buyuk kelajagimizning huquqiy kafolati. —  T .: «Sharq»,

1993,9-bet. 

*

94

0 ‘zbekiston  Respublikasida  ham  tug‘ilish  orqali  fuqarolik 

olish  «qon  huquqi»ga  asoslanadi,  ya’ni  « 0 ‘zbekiston  Respub­

likasining  fuqaroligi  to ‘g‘risida»gi  qonunining  14-moddasiga 

binoan  tugilgan  paytida  ota-onasi  0 ‘zbekiston  Respublikasi 

fuqarosi  b o ‘lgan  bola,  0 ‘zbekiston  Respublikasi  hududida 

yoxud  0 ‘zbekiston  R espublikasidan  ta sh q arid a  tu g ‘ilgan 

b o ‘lishidan  q a t’i  nazar,  0 ‘zbekiston  Respublikasi  fuqarosi 

hisoblanadi.  Ushbu  qonunga  k o ‘ra  quyidagilar  0 ‘zbekiston 

Respublikasining  fuqaroligiga  mansub  b o ‘ladilar:

1)  Kelib  chiqishi,  ijtimoiy  va  mulkiy  holatidan,  irqi  va 

m illatidan,  jinsi,  m a ’lum oti,  tili,  siyosiy  qarashlari,  diniy 

e’tiqodi,  mashg‘ulotining turi va  sajiyasidan  q at’i  nazar  ushbu 

Q onun  kuchga  kirgan  vaqtda  0 ‘zbekiston  R espublikasida 

doim iy  yashab  tu rg a n ,  b o shq a  d av latla rn in g   fu q aro la ri 

b o ‘lm agan  ham da  0 ‘zbekiston  R espublikasining  fuqarosi 

bo‘lish. istagini  bildirgan  shaxslar;

2)  Davlat  yo‘llanmasi  bilan  0 ‘zbekiston  Respublikasidan 

tash q arid a  ishlayotgan,  h arbiy  xizm atni  o ‘ta yotgan  yoki 

o ‘qiyotgan  shaxslar,  agar  ular  0 ‘zbekiston  Respublikasining 

hududida tug‘ilgan b oisalar yoki doimiy yashaganliklarini isbot 

qilgan  b o ‘lsalar,  boshqa  davlatlarning  fuqarolari  bo‘lmasalar 

va  ushbu  Qonun  kuchga  kirganidan  keyin  kechi  bilan  bir  yil 

ichida  0 ‘zbekiston  Respublikasining  fuqarosi  b o ‘lish  istagini 

bildirgan  b o ‘lsalar;

3)  Ushbu  Qonunga  muvofiq  0 ‘zbekiston  Respublikasining 

fuqaroligini  olgan  shaxslar.

Chet  el  fuqarolari  va  fuqaroligi  b o ‘lmagan  shaxslar  o ‘z 

iltim o sn o m ala rig a  k o ‘ra  u shbu  Q o n u n ga  b in o a n   kelib 

chiqishidan,  irqi  va  millatidan,  jinsi,  m a’lumoti,  tili,  dinga 

m unosabati,  siyosiy  va  boshqa  e ’tiq od larid an   q a t’i  nazar 

0 ‘zbekiston Respublikasi fuqaroligiga qabul qilinishi mumkin.

0 ‘zbekiston  Respublikasining  fuqaroligiga  qabul  qilish 

shartlari  quyidagilardan  iborat:

1)  Chet  el  fuqaroligidan  voz  kechish;

2)  So‘nggi  besh  yil  davom ida  0 ‘zbekiston  Respublikasi 

hududida  doimiy  yashaganlik.

U shbu  q o ida  0 ‘zbekisto n   R esp u b lik asin in g   fu q aro si 

b o iish   istagini  bildirgan  shaxslarga,  basharti  ular  shu  yerda 

tu g ‘ilgan  va  hech  b o ‘lmasa  ota-onasidan  biri,  buvasi  yoki 

buvisi  0 ‘zbekiston  Respublikasi  hududida  tug‘ilganligini  va 

boshqa  davlatlarning  fuqarosi  emasligini  isbotlasa,  taalluqli 

b o im a y d i;



3)  Qonuniy  tirikchilik  manbalarining  mavjudligi;

4)  0 ‘zbekiston  Respublikasining Konstitutsiyasini tan  olish 

va  bajarish.

Shaxsning o ‘z iltimosnomasiga ko‘ra 0 ‘zbekiston Respubli­

kasi  fuqaroligidan  chiqishga  ruxsat  etiladi.  Quyidagi  hollarda 

esa  bu  inkor  etiladi:

—  Shaxs  davlat  oldidagi  majburiyatlarini  yoki  fuqarolar­

ning  yoxud  d a v la t  va  ja m o a t  ta s h k ilo tla rin in g   m uhim  

manfaatlari bilan b o g iiq  mulkiy majburiyatlarini bajarmagan 

b o isa ;

— Shaxs ayblanuvchi sifatida jinoiy javobgarlikka tortilgan 

yoxud  unga  nisbatan  qonuniy  kuchga  kirgan  va  ijro  etilishi 

zarur  b oigan  sud  hukmi  boisa;

—  Shaxsning  0 ‘zbekiston  R espublikasi  fu q aroligidan 

chiqishi  0 ‘zbekiston  Respublikasi  davlat  xavfsizligi  manfaat- 

lariga  zid  boisa.

0 ‘zbekiston  Respublikasi fuqaroligining yo‘qotilish asoslari 

b o iib :

1)  Shaxs  chet  davlatda  harbiy  xizmatga,  xavfsizlik  xizmati 

id o ra la rig a ,  p o litsiy ag a,  adliya  id o ra la rig a   yoki  d av lat 

ho k im iyati  va  b o sh qaru vin in g  bosh q a  id o rala rig a  ishga 

kirganligi  natijasida;

2) Agar chet elda doimiy yashovchi shaxs besh yil davomida 

uzrli  sabablarsiz  konsullik  hisobiga  turmagan  boisa;

3)  Agar  0 ‘zbekiston  Respublikasi  fuqaroligi  yolg'onligi 

shak-shubhasiz m a’lumotlar yoki soxta hujjatlarni taqdim etish 

natijasida  olingan  bo isa.

0 ‘zbekiston  Respublikasi  Prezidentining  Farmoni  chiqqan 

kundan  boshlab  0 ‘zbekiston  R espublikasining  fuqaroligi 

yo‘qotiladi.

0 ‘zbekiston Respublikasida fuqarolik bilan shug‘ullanuvchi 

davlat  organlariga  quyidagilar  kiradi:

—  0 ‘zbekiston  Respublikasining  Prezidenti;

—  0 ‘zbekiston  Respublikasining  Ichki  ishlar  vazirligi;

—  0 ‘zbekiston  Respublikasining  Tashqi  ishlar  vazirligi;

— 0 ‘zbekiston  Respublikasining diplomatiya vakolatxona- 

lari  va  konsullik  muassasalari.

0 ‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 22-moddasiga 

k o ‘ra  «O ‘zbekiston  Respublikasi  o ‘z  hududida  ham,  uning 

tashqarisida  ham  o ‘z  fuqarolarini  huquqiy  himoya  qilish  va  u- 

larga  homiylik  ko‘rsatishni  kafolatlaydi».

96


3-§.  Shaxsiy  huquq  va  erkinliklarning  Konstitu­

tsiyaviy  asoslari

Yashash huquqi. 

Inson huquqlari umumjahon Deklaratsiyasi- 

ning 3-moddasida har bir insonning yashash, erkinlik va shaxsiy 

daxlsizlik  huquqlari  mustahkamlangan.  Shuningdek,  fuqaro- 

lik  va  siyosiy  h u q u q lar  to ‘g ‘risidagi  xalqaro  P aktning  6- 

moddasida  «Yashash  huquqi  har  bir  insonning  uzviy  huquqidir. 



Bu huquq qonun tomonidan himoya qilinadi. Hech kim o‘zboshim- 

chalik bilan hayotdan mahrum qilinishi mumkin emas» 

deyilgan.

Inson -  bioijtimoiy mavjudot bo iib ,  tabiat mahsuli sifatida 

biologik  tirik  organizm  hamda jamiyat  mahsuli  sifatida  shaxs 

b o i i b   sh ak llan ad i.  Y ashash  h u qu q i  aynan  in so n larn in g  

biologik  mavjudligini  saqlashga  b o ig a n   huquqidir.

Shu  bois  h u q u q   to m o n id an   q o ‘riq la n a d ig a n   ijtim oiy 

qadrjyatlar qatorida inson, uning shaxsi bilan bog iiq  xususiyat- 

lari  ijtimoiy  m a’noda  tengi  yo‘q,  biologik  m a’noda  takror- 

lanmas,  tabiat  va jamiyat  ijodining  mahsuli  sifatida  markaziy 

o ‘rinni  egallaydi.  Insonning har qanday tirik  mavjudotlar kabi 

fiziologik  va  psixologik  tuzilishi,  ayniqsa,  uning  jam iy at 

hayotidagi  ishtiroki,  ijtimoiy  munosabatlarning  yaratuvchisi 

va  ishtirokchisi,  subyekti  ekanligi  bois  ham  uning  hayoti  oliy 

darajada  muqaddas  hisoblanadi  hamda  u  muhofaza  qilinadi36

2001-yil  Ikkinchi  chaqiriq  0 ‘zbekiston  Respublikasi  Oliy 

Majlisining oltinchi sessiyasida qabul qilingan «Jinoiy jazolarni 

liberallashtirilishi  munosabati  bilan  0 ‘zbekiston  Respublikasi­

ning Jinoyat,  Jinoyat-protsessual  kodekslari  hamda  M a’muriy 

javobgarlik  to ‘g‘risidagi  kodeksga  o ‘zgartishlar  va  qo‘shim- 

chalar  kiritish  haqida»gi  0 ‘zbekiston  Respublikasi  Qonuni37 

inson  va  fu q a ro la rn in g   shaxsiy  h u q u q   va  e rk in lik larin i 

rivojlantirish  sohasidagi  muhim  qadamlardan  biri  b o id i.

O iim   ja z o sin i  q o il a s h   b o sq ich m a -b o sq ich   kam ayib 

borayotganligi 0 ‘zbekiston Respublikasida sud huquq tizimini, 

jinoiy jazolarni  liberallashtirish  borasida  amalga  oshiriladigan 

jarayonning muhim yo‘nalishi b o id i.  M amlakat mustaqillikka

36  0 ‘zbekiston  Respublikasining  K onstitutsiyaviy  huquqi  (mualliflar 

jamoasi).  TD Y U I.  —  Toshkent:  «Moliya»,  2002,  244-bet.

37  «Jinoiy jazolarni  liberallashtirilishi  m unosabati  bilan  O ‘zbekiston 

R espublikasining  Jinoyat,  Jinoyat-protsessual  kodekslari  hamda 

M a ’m uriy  javob garlik   t o ‘g ‘risidagi  k od ek sga  o ‘zgartishlar  va 

qo'shimchalar  kiritish  haqida»gi  0 ‘zbekiston  Respublikasi  Qonuni  // 

0 ‘zbekiston  Respublikasi  Oliy  Majlisining  Axborotnomasi,  2001.


erishgan  paytda  jinoyat  to ‘g‘risidagi  qonun  hujjatlari  o iim  

jazosini  nazarda  tutuvchi  30  dan  ortiq  m oddalardan  iborat 

edi.O‘zbekiston  Respublikasining  1994-yilgi jinoyat  kodeksida 

bunday moddalar soni  13,  1998-yilda 8,  2001-yilda esa 4 gacha 

kamaytirildi.  2003-yilda jinoyat qonunchiligini liberallashtirish 

bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar amalga oshirilgandan so‘ng, 

faqat ikki turdagi jinoyat-javobgarlikni og‘irlashtiradigan holat- 

larda  qasddan  odam  o idirish  va  terrorizm jinoyatlarini  sodir 

etganlik  uchun  o iim  jazosi  nazarda  tutiladi.

Prezidentimiz  ta ’kidlaganlaridek,  «O 'tgan  o ‘n  ikki  yildan 

ortiqroq  vaqt  mobaynida  o iim   jazosi  qo ilan ilish i  mumkin 

b o ig an  jinoyatlar  tarkibi  33  tadan  2  tagacha  qisqartirildi»38. 

Ayni  vaqtda,  m amlakatda  amalga  oshirilayotgan  jamiyat  va 

d av lat  h ay o tin i  d em o k ra tik   jih a td a n   y an ad a  yangilash, 

m amlakatni  modernizatsiya  qilish  borasidagi  islohotlarning 

m ohiyati  va  mazmuni,  sud-huquq  tizimini  liberallashtirish 

bo‘yicha olib borilayotgan ishlarning natijalari jazo turi sifatida 

o iim  jazosi  bekor  qilinishini  hamda  uning  umrbod  yoki  uzoq 

muddatga ozodlikdan mahrum etish jazosi bilan almashtirilishi 

zarurligini  taqozo  etm oqda.  2005-yil  1-avgustda  insonning 

yashash  huquqini  e io n   qiluvchi  va  mustahkamlovchi  xalqaro 

huquqning  umume’tirof etilgan  prinsiplari  va  normalaridan, 

0 ‘zbekiston  Respublikasi  Konstitutsiyasi  qoidalaridan  kelib 

chiqqan holda, shuningdek, jinoiy jazolarni yanada liberallashti­

rish borasida aniq chora-tadbirlarni amalga oshirish maqsadida, 

0 ‘zbekiston Respublikasi Prezidentining « 0 ‘zbekiston Respub­

likasida o ‘lim jazosini bekor qilish to ‘g‘risida»gi Farmoni e’lon 

qilindi39.  Ushbu farmonda 2008- yilning  1-yanvaridan boshlab, 

jinoiy jazo  turi  sifatida  o iim  jazosi  bekor  qilinishi  va  uning 

o ‘rniga umrbod yoki uzoq  muddatga ozodlikdan mahrum etish 

jazosi joriy  etilishi  ko'rsatilgan.

H ar  bir  insonning  yashash  huquqi  o ‘z  navbatida  tabiiy 

huquqlar  q atoridan  joy  olib,  uni  t a ’m inlash  uchun  davlat 

tom onidan:

— 

H ar  bir  insonning  hayoti  xavfsizligini  kafolatlovchi 



qonunchilik  tizimini  shakllantirish;

38  Karimov I.A.  Bizning bosh maqsadimiz-jamiyatni demokratlashtirish 

va  yangilash,  m am lakatni  m odernizatsiya  va  isloh   etishdir.  -Т.: 

« 0 ‘zbekiston»,  2005, 48-b.

39  0 ‘zbekiston Respublikasi Prezidentining « 0 ‘zbekiston Respublikasida 

o iim  jazosini  bekor  qilish  to ‘g ‘risida»gi  Farm oni  //  «Xalq  s o ‘zi» 

gazetasi, 2005-yil, 2-avgust.

98

—  Insonning  biologik  mavjudligini  saqlab  qolish  uchun 

yetarlicha  iste’mol  mahsulotlari  (oziq-ovqat)  bilan  ta ’minlash 

choralarini  ko‘rish;

—  Ekologik  toza  tabiiy  atrof-muhitni  yaratish;

— Sog‘liqni saqlash tizimini mustahkamlash va rivojlantirish 

kabi  muhim  tadbirlar  amalga  oshirilishi  kerak.

Yashash  huquqi  kafolatlarini  ta ’minlash  maqsadida  davlat 

tom onidan  fuqarolarning  sog‘lig‘ini  saqlashga jiddiy  e’tibor 

berilmoqda.  Uning  uchun  sog‘liqni  saqlashning  yagona  tizimi 

y aratilg a n   b o 'lib ,  bu  tizim   so g ‘liqni  saq lash  sohasidagi 

qonunchilikni  ham  o ‘z  ichiga  olgan.

0 ‘zbekistonda  sogiiqni  saqlash  hamda  onalik  va  bolalikka 

katta  e’tibor berilmoqda.  Buning  uchun  qator  davlat  dasturlari 

ishlab  chiqilib,  hayotga  tatbiq  etilgan.  Ularning  asosiy  vazifasi 

bolalar  o ‘limining  oldini  olish,  ekologiyani  yaxshilash, jismoniy 

va  sog‘lom  avlodni  o ‘stirish,  onalik  va  bolalikni  himoya  qilish 

uchun  zarur  shart-sharoitlarni  yaratishni  ko‘zlaydi.

Insonlarning  yashash  huquqini  ta ’minlash  va  muhofaza 

qilish jinoyat  huquqi  qonunchiligida rivojlantirilib,  unda  inson 

hayotini  muhofaza  qilishga  doir  o ‘nlab jinoiy  huquqiy  chora- 

lar  tizimi  mustahkamlangan.  Undan  tashqari  jinoyat  huquqi 

qonunchiligida  afv  etish  instituti  ham  mavjud.




Download 8.86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   40




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling