R e s p u b L i k a s I k o n s t I t u t s I y a s I n I


Shaxsiy  erkinlik  va  daxlsizlik  huquqi


Download 8.86 Mb.
Pdf ko'rish
bet12/40
Sana21.03.2020
Hajmi8.86 Mb.
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   40

Shaxsiy  erkinlik  va  daxlsizlik  huquqi. 

0 ‘zbekiston  Respub­

likasi  Konstitutsiyasining  25-moddasiga  k o ‘ra  0 ‘zbekistonda 

«Har kim erkinlik va shaxsiy daxlsizlik huquqiga ega. Hech kim 

qonunga  asoslanmagan  holda  hibsga  olinishi  yoki  qamoqda 

saqlanishi  mumkin emas».

Fuqarolarni  erkinlik  va  shaxsiy  daxlsizlik huquqi  Konstitu­

tsiyaviy  huquq  sifatida  insonlarning  tu g ‘ilishi  bilan  q o ‘lga 

kiritilib,  o ‘z  ixtiyori  bo‘yicha  harakat  qilishi,  boshqalarning 

shaxsiy  erkinligi  va  daxlsizligiga  ziyon  yetmaydigan  tarzda 

harak at  qilishi  lozim.  Hech  kim  insonga  qonunda  nazarda 

tutilmagan y o ila r orqali ta ’sir ko‘rsatishi mumkin emas. Shaxs­

ning  erk in ligi  ja m iy a td a g i  axloq  m e’y o rla ri  d o irasid an  

chiqmasligi va qonun asosida boiishi kerak.  Fuqarolarni erkin­

lik  va  shaxsiy  daxlsizlik  huquqi  0 ‘zbekiston  Respublikasi 

jinoyat  qonunchiligi  va  boshqa  muhofaza  choralari  nazarda 

tutilgan  qonunlar  bilan  himoya  qilinadi.

0 ‘zbekiston  Respublikasida  ham  sud-huquq  tizimini  isloh 

qilish  davomida  Prezidentimiz  ta ’kidlaganlaridek  «Sud-huquq 

tizimi  qurilishining  mutlaqo  yangi  Konsepsiyasi  amalda joriy 

etildi»  ham da  «Jinoiy  va  protsessual  qonunchiligim izning



99

dastlabki  tergov  va  sudgacha  b o ‘lgan  jarayon  ustidan  sud 

nazoratini kuchaytirish bilan bog‘liq ayrim qoidalarini qaytadan 

ko‘rib  chiqish  zarurati  vujudga  keldi»40.

Sud-huquq  tizim ini  liberallashtirish  davom ida  jin o y at 

qonunchiligimizdagi jinoyatlar tasnifl  qaytadan  ko‘rib  chiqildi 

va  ijtimoiy  xavfi  katta  bo‘lmagan jinoyatlar  ko‘lami  kengay- 

tirildi. «Natijada jazoni manzil koloniyalarda o‘tayotgan shaxs­

larning  ulushi  qam oqda  saqlanayotganlar  soniga  nisbatan 

ancha ko‘paydi. Y a’ni,  1990- yilda manzil koloniyalarda jazoni 

o‘tayotgan  shaxslar mahbuslarning  umumiy  soniga  nisbatan  7 

foiz bo‘lgan  bo‘lsa,  bugungi  kunda  bu raqam  21  foizni  tashkil 

etmoqda.  Hozirgi  vaqtda  0 ‘zbekistonda  har  100  ming  aholiga 

nisbatan  qam oqdagilar  soni  158  kishini  tashkil  etadi.  Ayni 

paytda  ushbu  ko‘rsatkich,  masalan,  AQShda  715,  Rossiyada 

584,  U krainada  416,  Qozog‘istonda  386,  Qirg‘izistonda  390, 

Estoniyada  339  kishidan  iborat»41.

Shaxsiy  erkinlik  va  daxlsizlik  to ‘g‘risidagi  Konstitutsiyaviy 

normalar jinoyat-protsessual  qonunchiligida  rivojlantiriladi  va 

toldiriladi.  M asalan,  Jinoyat-protsessual  kodeksining  18- 

moddasi  2-qismida:  «Hech  kim  sud  qaroriga  asoslanmay  yoki 

prokuror sanksiyasisiz hibsga olinishi yoki qamoqda saqlanishi 

mumkin  emas»42,  deb  belgilangan.  Uning  3-qismida  esa  sudya 

va prokuror qonunga xilof ravishda ozodlikdan mahrum etilgan 

yoki  qonun  yoxud  sud  hukmida  nazarda  tutilganidan  ortiq 

muddat  hibsda  ushlab  turilgan  yoki  qamoqda  saqlangan  har 

qanday shaxsni darhol ozod qilinishi shartligi q a t’iy belgilangan. 

Ushbu  moddaning  4-qismida  fuqarolarning  shaxsiy  hayoti,  u- 

larning  turarjoylari  daxlsizligi,  o ‘zaro  yozishmalari,  telegraf 

aloqalari  va  telefon  orqali  so‘zlashuvlarining  sir  saqlanishi 

qonun  bilan  him oyalanishi  haqidagi  norm a  m ustahkam lab 

q o ‘yilgan.

Jinoyat-protsessual  kodeksining  220-moddasiga  binoan, 

ushlab turish jinoyatni sodir etishda gumon qilinayotgan shaxsni

40  Karimov I.A.  Bizning bosh maqsadimiz-jamiyatni demokratlashtirish 

va  yangilash,  m am lakatni  m odernizatsiya  va  isloh  etishdir.  -Т .: 

« 0 ‘zbekiston»,  2005,  43-47-b.

41  Karimov I.A.  Bizning bosh maqsadimiz-jamiyatni demokratlashtirish 

va  yangilash,  mamlakatni  m odernizatsiya  va  isloh  etishdir.  — Т.: 

« 0 ‘zbekiston»,  2005,  45-46-b.

42  0 ‘zbekiston Respublikasinig Jinoyat protsessual kodeksi. // 0 ‘zbekiston 

Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi,  1995, №2, 5-modda.

100


uning  jinoiy  faoliyat  bilan  shug’ullanishiga  barham   berish, 

qochib  ketishi,  dalillarni  yashirishi  yoki  yo‘q  qilib  yuborishi- 

ning  oldini  olish  m aqsadida,  qisqa  m uddatga  ozodlikdan 

mahrum  qilishdan  iboratdir.

Jinoyat-protsessual  ushlab  turishning  asosiy  maqsadi  va  u- 

ning  m ohiyati  -   erkinlikni  cheklashning  vaqtinchaligidir. 

Qonunga muvofiq inson erkinligini qisqa vaqtga cheklash, faqat 

ushlangan  shaxsning  jinoyatga  haqiqatan  aloqadorligi  yoki 

aloqador  emasligini  aniqlash  maqsadida  amalga  oshiriladi.

Ushlab turish asoslarining q at’iy tartibda belgilab qo‘yilishi 

hozirgi zamon qonunchiligida ustuvor bo‘lib, shaxsning huquq, 

erkinlik  va  qonuniy  m anfaatlarining  yana  bir  kafolatlanishi 

shakli  hisoblanadi.

Shaxsni qonunga xilof ravishda ushlab turish va hibsga olish 

qonuniy yoki qonunga xilof ekanligini aniqlash uchun JK  234- 

moddasining  1-qismiga ko‘ra, shaxs erkinligini qisqa muddatga 

cheklash  uchun  asos  bo‘lgan  holatlarni  har  tomonlama  tahlil 

qilish  talab  qilinadi43.

Shunday  qilib,  ushlab  turish  asoslarining  qonunda  aniq 

belgilanishi  yagona  m aqsadni,  y a ’ni  shaxsning  noqonuniy 

ravishda ushlanishining oldini olishni ko‘zlaydi.  Shu maqsadda 

JP K nin g   220-235-m oddalarida  u shlab  tu rish n in g   jinoiy- 

protsessual  tartibi  belgilangan44.

JPK   226-moddasi  1-qismida  ushlab  turish  ushlangan  shaxs 

militsiyaga  yoki  huquqni  muhofaza  qiluvchi  boshqa  organga 

keltirilgan  vaqtdan  boshlab  etmish  ikki  soatdan  ortiq  davom 

etish i  m um kin  em asligi  b elg ilang an .  JP K   237-m oddasi 

mazmuniga  ko‘ra jinoyatni  sodir  qilishda  gumon  qilingan  va 

ushlab turilgan shaxsni hech qanday shartlarsiz qo‘yib yuborish 

uchun  uning  shaxsini  tasdiqlovchi  hujjat  asos  boladi.

Ushlab  turilgan  shaxsni  ozod  qilish  uchun  asoslar  qatoriga 

jin o y at  sodir  qilishda  gum onning  tasdiqlanm aganligi  ham 

kiradi  (JPK  234-mOddasi,  1-qismi  1-bandi).  Jinoyat  kodeksi­

ning  234-moddasi  1-qismida  shaxsning  aybsizligini  oldindan 

bila  turib,  noqonuniy  ushlashga  sababchi  boiganlar  uchun 

javobgarlik belgilangan. Ular surishtiruvchi, tergovchi, prokuror 

bo ‘lishi  mumkin.

43  0 ‘z b ek isto n   R esp u b lik a sin ig   Jin o y a t  k o d ek si  //  0 ‘zb ek isto n  

Respublikasi  Oliy  Kengashining Axborotnomasi,  1995,  №.1,  3-m.

44  0 ‘zbekiston Respublikasining Jinoyat protsessual kodeksi.//0‘zbekiston 

Respublikasi  Oliy  Kengashining  Axborotnomasi,  1995, №2.  5-m.

ibi


Sudyaning  oldindan  bila  turib,  adolatsiz  hukm,  hal  qiluv 

qarori  yoki  ajrim  chiqarishi  ham  uning  tegishli javobgarlikka 

tortilishi  uchun  sabab  bo‘ladi.

H ibsga  olish  jin o iy   jazo   h iso b lan m ay ,  odil  sudlovni 

ta ’m inlash  uchun  k o ‘m aklashuvchi  protsessual  m ajburlov 

chorasi  bo‘lib,  u  eng  oxirgi  zaruriyatda  qo‘llaniladigan  usul 

hisoblanadi.  Hibsga  olish ehtiyot  chorasi  sifatida  ayblanuvchi, 

sudlanuvchi  surishtiruvdan,  dastlabki  tergovdan  va  suddan 

bo‘yin  tovlashning  oldini  olish,  uning  bundan  keyingi  jinoiy 

fao liy atin in g   oldini  olish,  uning  ish  b o ‘yicha  h aq iq atn i 

aniqlashga xalal beradigan urinishlariga yo‘1 qo‘ymaslik, hukrn- 

ning  ijro  etilishini  ta ’minlash  maqsadida  qo‘llaniladi.

Sud-huquq  tizimini  yanada  liberallashtirish,  insonning 

Konstitutsiyaviy huquq va erkinliklarini cheklash bilan  bog‘liq 

protsessual  majburlov  choralarini  qo‘llashga  sanksiya  berish 

huquqi  sudlarga  bosqichma-bosqich  va  izchil  o ‘tkazilishini 

ta ’minlash  maqsadida,  shuningdek,  0 ‘zbekiston  Respublikasi 

K onstitutsiyasining  fu q aro larn i  sud  orqali  him oya  qilish 

huq u q in i  belgilovchi  19,  25  va  44-m oddalariga  m uvofiq 

0 ‘zbekiston  Respublikasi  Prezidentining  2005-yil  8-avgustdagi 

«Qamoqqa olishga sanksiya berish huquqini sudlarga o‘tkazish 

to ‘g ‘risida»gi  F a rm o n id a 45  jin o y a t  so dir  etishda  gum on 

qilinayotgan  yoki  ayblanayotgan  shaxslarni  qamoqqa  olishga 

sanksiya  berish  huquqi  2008-yil  1-yanvardan  e’tiboran  sudlar 

vakolatiga  o ‘tkazilishi  belgilandi.

Jinoyat-protsessual  qonunchiligida  ayblanuvchini  hibsda 

ushlab  turish  muddatlarini  uzaytirish  tartiblari  q at’iy  belgilab 

qo‘yilgan  bo‘lib,  uni  buzishga  hech  kimning  haqqi  yo‘q.

Inson  erkinligi  va  shaxsiy  daxlsizligining  buzilishi  har  bir 

shaxsning sudga shikoyat bilan murojaat qilish hamda buzilgan 

huquqlarini  tiklash  va  uning  talablarini  qondirish  huquqini 

keltirib  chiqaradi.  Ushbu  huquqni  amalga  oshirish  tartiblari 

0 ‘zbekiston  Respublikasining  1995-yil  30-avgustdagi  «Fuqa­

rolarning huquq va erkinliklarini buzadigan harakatlar va qaror­

lar  ustidan  sudga  shikoyat  qilish  to ‘g‘risida»gi  Qonuni46  bilan

45  0 ‘zbekiston  Respublikasi Prezidentining «Qamoqqa olishga sanksiya 

berish  huquqini  sudlarga  o ‘tkazish  to ‘g ‘risida»gi  Farmoni  //  «Xalq 

so ‘zi» gazetasi, 2005-yil, 9-avgust.

46  0 ‘zbekiston Respublikasining «Fuqarolarining huquq va erkinliklarini 

buzadigan  harakatlar  va  qarorlar  ustidan  sudga  shikoyat  qilish 

to ‘g ‘risida»gi  Qonuni  //  0 ‘zbekiston  Respublikasi  Oliy  Majlisining 

Axborotnomasi,  1995,  №9,  183-modda.

102


tartibga  solinadi.  M odomiki,  jamiyatimizda  inson  m anfaat- 

lari  ustuvor  ekan,  fuqarolar  o ‘zligini  anglash,  haq-huquqini 

tanish  uchun  m urojaat  etish  huquqlaridan  foydalanishlari 

lozim.


Shaxsning aybsizlik prezumpsiyasi. 

0 ‘zbekiston Respublikasida 

jinoyat sodir etganlikda ayblanayotgan har bir shaxsning ishi sudda 

qonuniy tartibda,  oshkora ko‘rib chiqilib,  aybi aniqlanmaguncha 

u  aybdor  hisoblanmaydi.  Sudda  ayblanayotgan  shaxsga  o ‘zini 

himoya  qilishi  uchun  barcha  sharoitlar  ta’minlab  beriladi.  Hech 

kim qiynoqqa solinishi, zo‘ravonlikka, shafqatsiz yoki inson qadr- 

qimmatini  kamsituvchi  boshqa  tarzdagi  tazyiqqa  duchor  etilishi 

mumkin  emas.  Hech  kimda  uning  roziligisiz  tibbiy  yoki  ilmiy 

tajribalar  o ‘tkazilishi  mumkin  emas.

Aybsizlik  prezumpsiyasi  (aybi  isbot  qilinguncha  shaxsni 

aybsiz  deb  faraz  qilish)  0 ‘zbekiston  Konstitutsiyasining  26- 

moddasida mustahkamlangan bo‘lib, uning mazmuni quyidagi- 

larda  koTinadi:

1)  Shaxsning  aybi  isbot  qilinmagunga  qadar  u  aybsiz  deb 

topiladi;

2)  Gumon  qilinuvchi,  ayblanuvchi  yoki  sudlanuvchi  aybini 

isbot  qilish  faqat  v ako latg a  ega  tegishli  d av lat  organlari 

tom onidan  am alga  oshiriladi,  y a ’ni  shaxs  o ‘z  aybsizligini 

isbotlab  berishga  majbur  emas;

3)  Agar  barcha  gumonlar  isbotlanmasa,  bunda  bu  gumon- 

lar  gumon  qilinuvchi,  ayblanuvchi  yoki  sudlanuvchi  foydasiga 

hal  etiladi;

4)  Shaxs faqat sudning hukmi, qaroriga binoan aybdor deb 

topiladi  va  qonunda  k o ‘zda  tutilgan javobgarlikka  tortilishi 

mumkin.


0 ‘zbekiston  R espublikasi  Oliy  M ajlisining  1995-yil  3- 

avgustdagi  qarori  bilan  1984-yil  10-dekabrdagi  «Qiynoqqa 

solish  va  muomalada  b o ‘lish, jazolashning  boshqa  shafqatsiz, 

g‘ayriinsoniy yoki qadr-qimmatni  tahqirlovchi  turlariga qarshi 

Konvensiya»ga  qo‘shildi.

Bu  Konvensiyada  yuqorida  bayon  etilgan  ta ’rif  qonuniy 

choralar  qo‘llash  natijasida  paydo  bo‘ladigan  og‘riq  va  azob- 

larga  taalluqli  emasligi  alohida  ta ’kidlanadi.  Qiynoqqa  solish, 

shafqatsiz  yoki  insonning  qadr-qimmatini  tahqirlaydigan  har 

qanday  h arak a tg a  jin o y at  qonunchiligida  jin o y at  sifatida 

qaraladi.

S h a x siy   hayot  d a x lsiz lig i. 

0 ‘zb ek isto n   R esp u b lik asi 

K onstitutsiyasining  27-m oddasida  «Har  kim  o ‘z  sha’ni  va

103  '


obro‘siga qilingan tajovuzlardan, shaxsiy hayotiga  aralashishdan 

himoyalanish  va  turarjoy  daxlsizligi  huquqiga  ega.  Hech  kim 

qonun  nazarda  tutgan  hollardan  va  tartibdan  tashqari  birovning 

turarjoyiga  kirishi,  tintuv o ‘tkazishi yoki uni ko‘zdan kechirishi, 

yozishmalar va telefonda so‘zlashuvlar sirini oshkor qilishi mumkin 

emas» 

deyilgan.

Bu  normada,  ya’ni:

—  Shaxsning  sha’ni  va  qadr-qimmati;

—  Nomulkiy  huquqlarni  q o ‘riqlash  va  hurm at  qilish;

—  Shaxsiy  hayot;

—  Turarjoy  daxlsizligini  ta ’minlashga  qaratilgan.

Sha’n  va  qadr-qim m at  faqat  insonga  xos  sifat  b o iib ,  u 

insonga  tug‘ilganidan  q o ig a   kiritadigan  ajralmas  va  boshqa- 

larg a  o ‘tk a zib   b o ‘lm aydigan  h u q u qi  h iso b la n ad i,  y a ’ni 

m a’naviy dunyosini  tavsiflaydigan nomoddiy boyliklardan  biri 

hisoblanadi.



Shaxs sha’ni 

deganda  shaxs yurish-turishiga nisbatan  o ‘zga 

shaxslarning  bergan  m a’naviy-axloqiy  bahosi  tushuniladi.

Qadr-qimmat 

-   shaxsning  jam iyatdagi  o ‘rniga,  shaxsiy 

xususiyatlariga,  qobiliyatlariga,  dunyoqarashiga  qarab  o ‘z- 

o ‘zini  ichki  baholashidir.

Shu bois u ijtimoiy fikr bilan mos kelishi yoki mos kelmasligi 

mumkin.  Shunga qaramasdan,  shaxsning qadr-qimmati,  shaxs­

ning  ichki  o ‘zini-o‘zi  baholash  mezoni  va jam iyatning  unga 

bergan  bahosi  o'zaro  biri-biriga  bog‘langan  mezonlardandir. 

Shuning  uchun  ham  insonning  sha’n  va  qadr-qimmati  katta 

ijtimoiy ahamiyatga ega va u qonun tomonidan himoya qilinadi.

Q o n u n lard a  fu q aro la rn in g   s h a ’ni  va  q ad r-q im m atin i 

qasddan  tahqirlash  m a ’muriy  huquqbuzarlik  yoki  jin o y at 

sifatida  baholanib,  bunday  harakatlar  tuhm at  yoki  haqorat 

deb e’tirof etiladi va M a’muriy javobgarlik to ‘g‘risidagi Kodeks 

yoki  Jinoyat  Kodeksi  bilan javobgarlikka  tortilishi  mumkin.

K onstitutsiyaga  muvofiq  hech  kim  0 ‘zbekiston  R espub­

likasida  shaxslarning  turarjoyini  qonunda  ko‘rsatilmagan  hol­

larda  shaxsning ruxsatisiz  turarjoyga  kirishga,  tintuv  o ‘tkazish 

yoki  uni  k o ‘zdan  kechirishi  mumkin  emas.  F aqat  prokuror- 

ning  ruxsati  bilan jinoyatga  aloqadorligi  mavjud  deb  gumon 

qilinayotgan  turarjoyda  yuqoridagi  xatti-harakatlarni  amalga 

oshirish  mumkin.

0 ‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 28-moddasida 

« 0 ‘zbekiston  Respublikasi  fuqarosi  Respublika  hududida  bir 

joydan  ikkinchi  joyga  ko‘chish,  0 ‘zbekiston  Respublikasiga

104


kelish  va  u n d an   chiqib  k etish   h u q u q ig a  ega.  Q o n u n d a 

belgilangan cheklashlar bundan mustasnodir» deb mustahkam­

langan.

Fuqarolarning ko‘chib yurish huquqi 

— shaxs ushbu huquqqa 

muvofiq  o ‘z  xohishiga  k o ‘ra,  0 ‘zbekiston  hududi  doirasida 

bir joydan  ikkinchi joyga  ko‘chib  o‘tishi,  undan  chiqib  ketishi 

va  qaytib  kelishi  mumkin.  Qonunda  belgilangan  cheklash  hol- 

lari  bundan  mustasnodir.

0 ‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining  1995-yil

6-yanvardagi  « 0 ‘zbekiston  Respublikasi  fuqarolarining  chet 

elga  chiqish  tartibi  va  0 ‘zbekiston  Respublikasi  diplomatik 

pasporti to ‘g‘risidagi qoidalarini tasdiqlash to ‘g ‘risida»gi qarori 

bilan  R espublika  hududidan  chiqish  va  unga  kirish  tartibi 

belgilangan.

0 ‘zbekistonda  Konstitutsiyaning 29-moddasiga ko‘ra «Har 

kim  fikrlash,  so‘z  va  e’tiqod  erkinligi  huquqiga  ega.  H ar  kim 

o‘zi  istagan  axborotni  izlash,  olish  va  uni  tarqatish  huquqiga 

ega,  am aldagi  K onstitutsiyaviy  tuzum ga  qarshi  qaratilgan 

axborot va qonun bilan belgilangan boshqa cheklashlar bundan 

mustasnodir.

Fikr  yuritish  va  uni  ifodalash  erkinligi  faqat  davlat  siri  va 

boshqa  sirlarga  taalluqli  b o ig a n   taqdirdagina  qonun  bilan 

cheklanishi  mumkin».

Har  kimning  o ‘z fikrini  erkin  ifoda  qilish  huquqi  o ‘z ichiga 

izlanish erkinligi,  har qanday axborotni  olish, tarqatish,  yozma 

yoki  nashr shaklida  yoxud  badiiy shaklda ifodalash  erkinligini 

amalga  oshirish  imkonini  beradi.

Fikrlash  va  e’tiqod  erkinligi  so‘z  erkinligi  orqali  amalga 

oshiriladi,  bu o ‘z fikrini ochiq  so‘zlash va boshqa shaxslarning 

e’tiboriga  yetkazish  deb  tushuniladi.  K o ‘p  h olatlarda  so ‘z 

erkinligi  ommaviy  axborot  vositalari  orqali  amalga  oshiriladi 

va  ular  har  bir  fuqaroning  so‘z  erkinligini,  ommaviy  axborot 

vositalarida  chiqish  huquqini,  o ‘z  fikr  va  e’tirozlarini  ochiq 

so ‘zlashni  kafo latlay d ig an   «Ommaviy  ax b o ro t  vo sitalari 

to ‘g‘risida»gi 0 ‘zbekiston Respublikasi Qonuni asosida faoliyat 

k o ‘rsatadilar.

A xborotlarni  yig‘ish,  to ‘plash,  qayta  ishlash,  uzatish  va 

ruxsat  etilm agan  tanishuvdan  him oya  qilish  bilan  b o g ‘liq 

b o ‘lgan  ham da  axborot  tizimlarining  m a’lum ot  asoslari  va 

banklarini  tashkil  qilish,  axborotlarni qayta ishlash va uzatish- 

ning  bosh qa  tizim larini  y aratish ,  jo riy   etish  va  u lard an  

foydalanish  sohasidagi  munosabatlar  «Axborot  olish  kafolat-

105


lari  va  erkinligi  to ‘g‘risida»gi,  «Axborot  erkinligi  prinsiplari 

va  kafolatlari  to ‘g‘risida»gi  Qonuni  bilan  tartibga  solinadi.

H ar  turdagi  m a’lumotlarni  yig‘ish  va  tarqatishga  b o ig a n  

huquq Konstitutsiyaviy tizimga qarshi yo‘naltirilgan, insoniyat- 

ning  tinchligi  va  himoyasiga  zid  b o isa , jamiyat  manfaatlariga 

qarama-qarshi  maqsadda  foydalanilsa  yoki  boshqa  insonlar­

ning  h u q u q   va  erkig a  zid  h o la tla rd a   q o n u n   to m o n id an  

cheklanadi.

Fikrlash va  so‘zlash  erkinligi  qonun  tomonidan  davlat  yoki 

boshqa ijtimoiy manfaatlarni himoya qilish  nuqtai nazari  bilan 

cheklanishi  mumkin.  Bunday  cheklanishlar  quyidagilar  bilan 

izohlanadi:  davlat  sirlarini  ovoza qilish  davlatning iqtisodiy va 

siyosiy  mustaqilligiga,  m udofaa  qudratiga  va  davlat  ham da 

jamiyatning  boshqa  manfaatlariga  putur  yetkazishi  mumkin.

1993-yilning  7-mayida  qabul  qilingan  «D avlat  sirlarini 

saqlash  to ‘g ‘risida»gi  0 ‘zbekiston  Respublikasi  Q onunida 

davlat  tom onidan  q o ‘riqlanadigan  va  maxsus  ro ‘yxat  bilan 

chegaralab  qo ‘yiladigan  alohida  ahamiyatli  mutlaqo  maxfiy- 

h arb iy ,  siyosiy,  iqtisodiy ,  ilm iy-texnikaviy  va  o ‘zga  xil 

m a iu m o tlar  Respublikaning  davlat  sirlari  deb  k o ‘rsatilgan 

b o i i b ,   u la r  h a q id a   m a iu m o tla r   t o ‘p lash  va  ta rq a tis h  

cheklanadi.  Davlat,  harbiy  va  xizmat  sirlarini  o ‘z  ichiga  olgan 

m aium otlar  davlat  sirlari  safiga  kiradi47.

0 ‘zbekiston  R espublikasining  barcha  davlat  organlari, 

jam oat birlashmalari va mansabdor shaxslari fuqarolarga ular­

ning huquq va manfaatlariga daxldor b o ig an   hujjatlar,  qaror- 

lar  va  boshqa  materiallar  bilan  tanishib  chiqish  imkoniyatini 

yaratib  berishi  lozim  ( 0 ‘zbekiston  Respublikasi  K o nstitu­

tsiyasining  30-moddasi).

0 ‘zbekistonning barcha davlat organlari, jam oat birlashma­

lari  va mansabdor shaxslari  fuqarolarga  ularning huquqlari  va 

manfaatlariga  daxldor  b o ig a n   hujjatlar,  qarorlar  va  boshqa 

materiallar  bilan  tanishib  chiqish  imkoniyatini  yaratib  berishi 

lozimligini  qayd  qilgan.  Shaxsning  huquqlari,  erkinliklari  va 

m anfaatlarini  himoya  qilishda  davlat  organlari  tom onidan 

qabul  qilingan,  fuqarolarning  huquqi  va  manfaatiga  daxldor 

huquqiy  qoidalar  bilan  ularni  tanishtirish  muhim  ahamiyatga 

egadir.  B undan  tash q ari  b arch a  ishlarni  su dlarda  k o ‘rib 

chiqayotganda  fuqarolarni  o ‘zlariga  tegishli  hujjatlar  bilan

47  0 ‘zbekiston  Respublikasining  Konstitutsiyaviy  huquqi  (mualliflar 

jamoasi).  TD Y U I.  — Toshkent:  «Moliya»,  2002,  263-264-betlar.

106


tanishish  huquqlari,  barcha  sudlarda  ishlarni  к о ‘rib  chiqish- 

ning  ochiq  tarzda  o ‘tkazilishi  sud  protsessi  qatnashchilarining 

barchasiga  o ‘z  huquq  va  manfaatlarini,  uning  hujjatlari  orqali 

himoya  qilishga  imkon  yaratadi48.

0 ‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 31-moddasida 

«Hamma  uchun  vijdon  erkinligi  kafolatlanadi.  H ar  bir  inson 

xohlagan  dinga  e’tiqod  qilish  yoki  hech  qaysi  dinga  e’tiqod 

qilmaslik huquqiga ega.  Diniy qarashlarni majburan singdirish- 

ga  yo‘l  qo‘yilmaydi»  deyilgan.

Vijdon erkinligi 

— har bir inson o ‘zi xohlagan diniga e’tiqod 

qilishi  yoki  hech  qaysi  dinga  e ’tiqod  qilm asligi  va  dinga 

nisbatan  betaraf bo‘lishi,  shuningdek,  dinga  qarshi  bo‘lishligi 

bilan  ifodalanadi.  Bu xudoning borligini  yoki  yo‘qligini  e’tirof 

etish  bilan  bog‘liq.

1998-yil  30-aprelda  (yangi  tahrirdagi)  «Vijdon  erkinligi  va 

diniy  tashk ilo tlar  to ‘g ‘risida»gi  0 ‘zbekiston  Respublikasi 

Qonuni qabul qilindi. Bu hujjat 0 ‘zbekistonda shaxs erkinligini 

haqiqiy  m a ’noda  ta ’minlovchi  qonun  hujjati  b o ‘lib,  vijdon 

erkinligini  amalga  oshirish borasida yangicha tartib-qoidalarni 

belgilab  berdi.  Ushbu  qonunning  maqsadi  har  bir  shaxsning 

vijdon erkinligi va diniy e’tiqod huquqini, dinga munosabatidan 

q at’i  nazar,  fuqarolarning  tengligini  ta ’minlash,  shuningdek, 

diniy  tashkilotlarning  faoliyati  bilan  bog‘liq  munosabatlarni 

tartibga  solib  turishdan  iborat.

V atanim iz  taraq q iy otin in g  hozirgi  bosqichida  «Vijdon 

erkinligi  va  diniy  tashkilotlar  to ‘g‘risida»  gi  qonunda  har  bir 

shaxsning  vijdon  erkinligi  va  diniy  e’tiqod  huquqi,  dinga 

m unosabati,  fuqarolarning  tengligi,  diniy  tashkilotlarning 

faoliyati  dem okratik  va  huquqiy  davlat  qurish  tam oyillari 

nuqtai  nazaridan  aniq  chizgilar  berilgan.

U shbu  qo nu nn ing   3-m oddasida  fu q a ro la rn in g   vijdon 

erkinligi  huquqi  m ustahkam langan  b o ‘lib,  vijdon  erkinligi 

fuqarolarning har qanday dinga e’tiqod qilish yoki hech qanday 

dinga  e’tiqod  qilm aslikdan  iborat  kafolatlangan  K onstitu- 

tsiyaviy  huquqidir.

Fuqaro  dinga  e’tiqod  qilishga  yoki  e’tiqod  qilmaslikka, 

ib o d a t  q ilish d a,  diniy  ra sm -ru su m la r  va  m a ro sim lard a 

qatnashish  yoki  qatnashm aslikka,  diniy  ta ’lim  olishga  o ‘z 

munosabatini belgilayotgan paytda uni u yoki bu tarzda majbur 

etishga  yo‘l  qo‘yilmaydi.




Download 8.86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   40




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling