R e s p u b L i k a s I k o n s t I t u t s I y a s I n I


  Qayumov  R.  0 ‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy  huquqi


Download 8.86 Mb.
Pdf ko'rish
bet13/40
Sana21.03.2020
Hajmi8.86 Mb.
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   40

48  Qayumov  R.  0 ‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy  huquqi.

—  Toshkent:  «Adolat»,  1998  ,  158-bet.

107

Voyaga  yetmagan  bolalami  diniy  tashkilotlarga jalb  etish, 

shuningdek,  ularning  ixtiyoriga,  ota-onalari  yoki  ularning 

о‘mini bosuvchi  shaxslar ixtiyoriga zid  tarzda dinga o ‘qitishga 

yo‘1  q o ‘yilmaydi.

Dinga  e’tiqod  qilish  yoki  o ‘zga  e’tiqodlar  erkinligi  milliy 

xavfsizlikni  va jam oat  tartibini,  boshqa  fuqarolarning  hayoti, 

salomatligi,  axloqi,  huquqi  va  erkinliklarini  ta ’minlash  uchun 

zarur  bo‘lgan  darajadagina  cheklanishi  mumkin.

Chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar 0 ‘zbekis- 

ton Respublikasi fuqarolari bilan teng ravishda vijdon erkinligi 

va  diniy  e’tiqod  erkinligi  huquqidan  foydalanadilar.

0 ‘zbekiston  Respublikasida  din  davlatdan  ajratilgan.  Hech 

bir  dinga yoki  diniy  e’tiqodga boshqalariga  nisbatan  biron-bir 

imtiyoz  yoki  cheklashlar  belgilanishiga  yo‘l  qo‘yilmaydi.

Qonunning  5-moddasida  diniy  tashkilotlarga  quyidagicha 

ta ’rif berilgan: « 0 ‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining dinga 

e’tiqod  qilish,  ibodat,  rasm-rusumlar  va  marosimlarni  birga- 

likda ado etish maqsadida tuzilgan ko‘ngilli birlashmalari (diniy 

jamiyatlar, diniy o ‘quv yurtlari, masjidlar, cherkovlar, sinagoga- 

lar,  m onastirlar  va  boshqalar)  diniy  tashkilotlar  deb  e’tirof 

etiladi».

4-§.  Fuqarolarning  siyosiy  huquqlari  va 

demokratik  erkinliklari

Siyosiy  hu qu q  va  erk in liklar  deyilganda  insonlarning 

bevosita  siyosiy  manfaatlariga  tegishli  huquqlar  tushuniladi. 

Siyosiy  h u q u q la ri  shaxsning  siyosiy  ja ra y o n   va  d av lat 

hokimiyatini  amalga  oshirishda  ishtirok  etish  imkoniyatlarini 

ifodalaydi.

0 ‘zbekiston  Respublikasi  Prezidenti  I.A.Karimov  ta ’kid- 

laganidek,  «Xalq  davlat  hokim iyatining  m anbaidir.  Uning 

xohish-irodasi davlat siyosatini belgilab beradi. Bu siyosat inson 

va jamiyatning  farovonligini,  0 ‘zbekiston  barcha  fuqarolari­

ning  m unosib  turm ushini  t a ’m inlashga  qaratilgan  b o ‘lishi 

kerak»49.

Siyosiy  huquq  va  erkinliklar  o ‘z  ta biatiga  k o ‘ra  inson 

tu g ‘ilganidanoq  ega  b o iad ig an   va  uzviy  hisoblangan  asosiy 

shaxsiy  huquqlardan  farqli  o ‘laroq,  davlat  fuqaroligiga  ega 

bo‘lishi bilan bog‘liqdir.  Bu  farqlar Konstitutsiyalarda shaxsiy



49  Karimov  I.A.  0 ‘zbekiston:  milliy  istiqlol,  iqtisod,  siyosat,  mafkura. 

—  Т.:  « 0 ‘zbekiston»,  1993, 43-bet.

108

huquqlar  «har  kim»,  siyosiy  huquqlar  «fuqarolar»  deb  aniq 

yo‘naltirilganligida  o ‘z  ifodasini  topgan.

Siyosiy  h u q u q la rn in g   fu q aro lik   b ilan   b o g ‘liqligi,  uni 

demokratik  davlatlarda  har bir  fuqarolarning  tabiiy  huquqlari 

hisoblanm asdan  va  ular  davlat  tom onidan  berilgan  hosila, 

ikkinchi darajali huquqlar deb tushunilishi to ‘g‘ri emas. Aynan 

ularning  ushbu  xarakteriga  k o ‘ra  ham  bu  huquqlar  davlat 

tomonidan  berilgan  va  o ‘rnatilgan  huquqlar  sifatida  qaralishi 

mumkin  emas.  Davlat  ularni  insonlarning  shaxsiy  huquqlari 

singari  tan  oladi,  ularga  rioya  etadi  va muhofaza  qiladi.

Saylov  huquqi  passiv  va  faol  turlarga  b o ‘linadi.  Saylash 

huquqi  faol  huquq  hisoblanadi.  Saylash  huquqiga  18  yoshga 

to ‘lgan  fuqarolar  ega  b o ‘ladilar  va  ular  ushbu  huquq  orqali 

harak atd ag i  qonunchilikka  m uvofiq  u  yoki  bu  lavozimga 

nomzodni  ilgari  surishi  mumkin.  Sud  tomonidan  muomalaga 

layoqatsiz  deb  topilgan  fuqarolar,  shuningdek,  ozodlikdan 

mahrum  etish joylarida  saqlanayotganlar  saylanishi  mumkin 

emas  va  saylovda  qatnashmaydilar.



Passiv saylov huquqi 

davlat hokimiyati organi yoki mahalliy 

o ‘z in i-o ‘zi  b o sh q arish   o rg a n la rig a   say lan ish   h u qu qi 

hisoblanadi. Passiv saylov huquqi davlat hokimiyati organi yoki 

mahalliy  o ‘zini-o‘zi  boshqarish  organining xarakteriga  bog‘liq 

ravishda  turli  yoshlarda  q o ‘lga  kiritiladi.  Masalan,  0 ‘zbekis- 

ton  R espublikasi  Prezidenti  lavozimiga  35  yoshdan  kichik 

bo‘lmagan,  Oliy  Majlis  Qonunchilik  palatasi  deputatligiga  25 

yoshga,  mahalliy vakillik  organlariga 21  yoshga  to ‘lgan  shaxs- 

largina  saylanish  huquqiga  ega  bo‘ladilar.

0 ‘zb ekiston  R esp u b lik asid a  saylovlar  um um iy,  teng, 

to ‘g‘ridan-to‘g‘ri  saylov  huquqi  asosida  yashirin  ovoz  berish 

yo‘li  bilan  o ‘tkaziladi.

O ‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 32-moddasida 

« 0 ‘zbekisiton  Respublikasining  fuqarolari jam iyat  va  davlat 

ishlarini  boshqarishda  bevosita  ham da  o ‘z  vakillari  orqali 

ishtirok etish huquqiga  egadirlar.  Bunday ishtirok etish  o ‘zini- 

o ‘zi  boshqarish,  referendumlar  o ‘tkazish va  davlat  organlarini 

demokratik  tarzda  tashkil  etish  yo‘li  bilan  amalga  oshiriladi» 

deyiladi. Fuqarolarning davlat va jamiyat ishlarini boshqarishda 

ishtirok  etish  huquqi  huquqiy-demokratik  davlatning  muhim 

prinsiplaridan  biri  bo‘lib  xizmat  qiladi.

0 ‘zbekiston Respublikasining fuqarolari davlat hokimiyati- 

ning vakillik  organlariga  va  o ‘zini-o‘zi  boshqarish  organlariga 

saylanish  va  saylash,  shuningdek,  referendumda  ishtirok  etish

109


huquqiga  egadirlar.  H ar  bir  saylovchi  bir  ovozga  ega.  O lz 

xohish-irodasini  bildirish  tengligi  va  erkinligi  qonun  bilan 

kafolatlanadi.  Demokratiyaning  asosiy  shakllaridan  biri  bu — 

d av lat  va  ja m iy a t  h a y o tin in g   m uhim   m u am m o larin in g  

umumxalq  muhokamasida  o ‘z  yechimini  topishi  referendum 

hisoblanadi.

1994-yil  5-mayda  0 ‘zbekiston  Respublikasining  «Fuqaro- 

lar saylov huquqlarining kafolatlari to ‘g‘risida»gi qonuni qabul 

qilindi.  Unga  k o ‘ra:

Saylov huquqi fuqarolarning referendumlarda,  0 ‘zbekiston 

Respublikasi  Prezidenti  saylovida  va  hokimiyatning  vakillik 

organlari  saylovida  qatnashishi  orqali  amalga  oshiriladi.

Saylovchilar  qayerda  b o ‘lishlaridan  q a t’i  nazar,  ularga 

referendumlarda, 0 ‘zbekiston Respublikasi Pezidenti saylovida 

va  hokim iyatning  vakillik  organlari  saylovlarida  bevosita 

qatnashish  huquqi  kafolatlanadi.

O ‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 33-moddasida 

ko‘rsatilishicha:  «Fuqarolar o ‘z ijtimoiy faolliklarini  0 ‘zbekis- 

ton  Respublikasi  qonunlariga  muvofiq  mitinglar,  yig‘ilishlar 

va  namoyishlar  shaklida  amalga  oshirish  huquqiga  egadirlar. 

H okim iyat  organlari  faqat  xavfsizlik  nuqtai  nazaridangina 

bunday  ta d b irla r  o ‘tk azilishini  to 'x ta tis h   yoki  taq iq lash 

huquqiga  ega».

Fuqarolarning  o ‘z  ijtimoiy  faolliklarini  mitinglar,  yig‘ilish- 

lar  va  nam oyishlar  yo‘li  bilan  amalga  oshirish  huquqlarini 

0 ‘zbekiston  Respublikasi  tan  oladi  va  kafolatlaydi.



M iting 

bu—  siyosiy  m asalalarning  m uhokam asi  uchun 

yig‘ilgan jam oa  yig‘ilishidir.

Yig‘ilish 

bu — yopiq imoratda yoki biror xonada o ‘tkaziladi- 

gan,  m a’lum  bir  masalalarni  muhokama  qilish  va  qaror  qabul 

qilish uchun yig‘ilgan shaxslarning majlisidir.  Majlis shaklidagi 

yig‘ilishlar  majlis  tashkilotchilari  tom onidan  ishtirokchilar 

sonini chegaralash uchun tanlanishi mumkin, lekin bu yig‘ilish- 

larning  asosiy  mohiyatini  belgilamaydi.

N am oyish 

—  bu  ijtim oiy  siyosiy  n o ro zilik n in g   ochiq 

k o ‘rinishi  b o ‘lib,  nam oyishchilarning  u  yoki  bu  m asalalar 

bo‘yicha ommaviy tarzdagi ochiq munosabatlaridir.  Namoyish 

asosan  miting  bilan  boshlanadi  va  tamom  bo‘ladi50.

D a v la t  fu q a ro la rn in g   bu  h u q u q in i  am alg a  o shirish  

m aqsadini  k o ‘zda  tutib,  ularga  binolarni,  m aydonlarni  va

50  0 ‘zbekiston  Respublikasining  Konstitutsiyaviy  huquqi  (mualliflar

jamoasi).  TD Y U I.  — Toshkent:  «Moliya»,  2002,  271-272-  betlar.

110


k o ‘chalarni  berish,  ax b orotlarni  keng  tarqatish,  ommaviy 

axborot vositalaridan foydalanish imkoniyati bilan ta ’minlaydi.

Hokimiyat  organlari  miting,  yigilish  va  namoyishlarning 

yo‘nalishlarmi belgilaydi, hamda ularning boshlanish va tugash 

vaqtini  nazorat  qilishadi.

Y ig‘ilishlar,  miting  yoki  nam oyishlar  uyushtirish  yoxud 

o ‘tkazish  tartiblari  ularning  tashkilotchisi  tomonidan  buzilsa, 

0 ‘zbekiston  Respublikasining  amaldagi  m a’muriy  va jinoyat 

qonunchiligida  belgilangan javobgarlikka  tortiladilar.

Davlat  ishlarini  boshqarishda  fuqarolarning  ishtirok  etish 

huquqlariga  bevosita  aloqador  b o ‘lgan  muhim  huquqlardan 

biri  —  bu  fu qaro larn ing   o ‘z  m an faatlarin i  him oya  qilish 

m aqsadida  kasaba  uyushm alariga,  siyosiy  p artiyalarga  va 

boshqa  jam oat  birlashmalariga  uyushish,  ommaviy  harakat- 

lard a  ish tiro k  etish  h u q u q id ir  ( 0 ‘zbekiston  R espublikasi 

Konstitutsiyasining  34-moddasi).

Bu huquq  fuqarolarga yuqorida aytib  o ‘tilgan maqsadlarda 

ijtimoiy  uyushgan  faoliyat  olib  borishning  turli  shakllariga 

birlashish,  u  yoki  bu  vazifalarni  bajarish  uchun  kuchlarini 

umumlashtirish  imkonini  beradi.

Ijtimoiy  uyushmalar  fuqarolarning  siyosiy  faolligi  va  o ‘z- 

larini  nam oyon  qilishlarini  rivojlantirishga,  ularning  turli 

ehtiyojlarini  qondirishga  k o ‘m ak  beradi.

F u q aro larn i  uyushm alar  a ’zoligiga  qabul  qilish  uning 

nizomida yozilgan shartlarga muvofiq ko‘ngilli ravishda amalga 

oshiriladi.  Hech kim biron-bir uyushmaga kirishga yoki unda 

bo‘lishga majbur qilinishi mumkin emas.  Fuqaro partiya a ’zosi 

bo‘lishi  yoki  partiyasiz  boiishi  mumkin.

0 ‘zbekistonda jam oat birlashmalarining faoliyatini tartibga 

solib  turuvchi  q a to r  qo nu nlar  q ab u l  qilindi.  1999-yil  14- 

apreldagi  0 ‘zbekiston  Respublikasining  «Nodavlat  notijorat 

tashkilotlari  to ‘g‘risida»gi.  1996-^yil  26-dekabrdagi  0 ‘zbekis- 

ton  Respublikasining  «Siyosiy  partiyalar  to ‘g‘risida»gi,  1991- 

yil  15-  fevralda  0 ‘zbekiston  Respublikasining  « 0 ‘zbekiston 

Respublikasida jam oat birlashmalari to ‘g‘risida»gi,  1991-yil 20- 

noyabrda O ‘zbekiston Respublikasining « 0 ‘zbekiston Respub­

likasida yoshlarga oid davlat siyosati to ‘g‘risida»gi,  1992-yil 2- 

iyulda О ‘zbekiston Respublikasining  «Kasaba uyushmalari,  u- 

larning huquqlari va faoliyatining kafolatlari to ‘g ‘risida»gi,  14- 

iyunda 0 ‘zbekiston Respublikasining «Vijdon erkinligi va diniy 

tash k ilo tlar  to ‘g ‘risida»gi  (yangi  tah riri)  q o n unlar  shular 

jumlasidandir.



I l l

0 ‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 35-moddasiga 

ko'ra, «Har bir shaxs bevosita o‘zi va boshqalar bilan birgalikda 



vakolatli davlat organlariga, muassasalariga yoki xalq vakillariga 

ariza,  taklif va  shikoyatlar bilan  murojaat  qilish huquqiga  ega.

Arizalar, takliflar va shikoyatlar qonunda belgilangan tartibda 

va  muddatlarda  ko‘rib  chiqilishi  shart»ligi 

mustahkamlangan.

V akolatli  organlarga  ariza,  ta k lif  va  shikoyatlar  bilan 

murojaat qilish — bu fuqarolarning davlat va jamiyat ishlarini 

boshqarishda ishtirok etishining amaliy shakllaridan biri b o iib , 

bu  huquq  —  fuqarolarning  siyosiy  faolligini  namoyon  qilish, 

ijtimoiy  ishlarga  qiziqishi,  shuningdek,  o ‘zlarining  huquqlarini 

himoya qilishning muhim vositailaridan biridir.  Shu bilan birga 

fuqarolarning  m urojaatlari  jam iyat  hayotidagi  joriy  masala­

larni  hal  qilish  uchun  zarur  axborot  manbai,  davlat  apparati- 

ning  aholi  bilan  m uloqotini  m ustahkam lash  usuli  va  y o ii 

sifatida  ham  katta  ahamiyatga  ega.

Ushbu  munosabatlarni  tartibga  solish  m aq sad id a  2002- 

yil  11-mayda  0 ‘zbekiston  Respublikasining  «Fuqarolarning 

murojaatlari to ‘g‘risida»gi Qonuni qabul qilindi.  Unda fuqaro­

larning  m urojaatlari  huquqini  belgilaydigan  asosiy  qoidalar, 

shuningdek,  fu q aro larn in g   m u ro jaatlarin i  k o ‘rib  chiqish 

muddati  va  tartibi  belgilangan.

Fuqarolarning  murojaatlari  mazmuniga  ko‘ra  uch  shaklda 

b o ia d i:

1)  Taklif;

2)  Ariza;

3)  Shikoyat.

Taklif 

— fuqarolarning da vlat organlari, jam oat birlashma­

lari,  korxonalar,  m uassasalar  va  tashkilotlarning  faoliyatini 

yaxshilashga  qaratilgan  murojaatlaridir.



Ariza 

—  fuqarolarning  hijiquqlari  va  qonuniy  manfaatlarini 

ro‘yobga chiqarish to‘g‘risida iltimos bayon etilgan murojaatlardir.

I

Shikoyat 

— davlat organlarining, jam oat birlashmalarining, 

mulkchilik  shaklidan  q a t’i  nazar  korxonalar,  m uassasalar, 

tashkilotlarning,  m ansabdor  shaxslarning  xatti-harakatlari 

yoxud  qarorlari  tufayli  fuqalrolarning  buzilgan  huquqlari  va 

qonuniy  manfaatlarini  tiklash  talab  qilingan  murojaatlardir.

Fuqarolarning takliflari taklif tushgan kundan e’tiboran bir 

oy muddat ichida ko‘rib chiqilacli, qo‘shimcha o ‘rganishni talab 

etadigan  takliflar  bundan  miustasno  b o iib ,  bu  haqda  taklif 

kiritgan  shaxsga  m a’lum  qilinadi.



Arizalar va shikoyatlar davlat organiga, jam oat birlashmasi- 

ga, korxona, muassasa va tashkilotga tushgan kundan e’tiboran 

bir  oy  muddat  ichida  hal  etiladi.  Qo‘shimcha  o ‘rganishlar  va 

tekshirishni  talab   qilmaydigan  m asalalarni  esa  15  kundan 

kechiktirmay  hal  etishlari  shart.

Ariza  yoki  shikoyatni  hal  etish  uchun  maxsus  tekshiruvlar 

o ‘tkazish,  q o ‘shimcha  materiallarni  so‘rab  olish  yoki  boshqa 

chora-tadbirlar  ko‘rish  zarur  bo‘lsa,  tegishli  organ,  korxona, 

muassasa,  tashkilot  rahbari  yoki  rahbar  o ‘rinbosari  ariza  yoki 

shikoyatni  hal  etish  muddatini,  istisno  tariqasida  uzaytirishi 

mumkin,  biroq  bu  muhlat  bir  oydan  oshmasligi  lozim  bo‘lib, 

bu  haqda  ariza yoki  shikoyat  bergan  shaxsga  m a’lum qilinadi. 

Bunda  m urojaatni  к о ‘rib  chiqishning  umumiy  m uddati  ikki 

oydan  oshmasligi  kerak.

K o‘rib chiqilayotgan  huquqning to ‘liq ta ’minlanishi birinchi 

navbatda boshqarish madaniyati darajasi, vakolatli davlat organ­

lari  xizmatchilarining  mas’uliyati  va  ongi  bilan  bog’liq.

5-§.  Iqtisodiy,  ijtimoiy  huquq  va  erkinliklarning 

K onstitutsiyaviy  asoslari

Inson  va  fuqarolarning  asosiy  huquq  va  erkinliklari  ichida 

iqtisodiy  va  ijtimoiy  huquqlar  muhim  rol  egallaydi.

Bular  inson  hayotining  eng  muhim  jabhalarida,  jumladan, 

mulkdor  b o ‘lish,  mehnat  qilish,  erkin  kasb  tanlash,  adolatli 

mehnat  sharoitlarida  ishlash,  ishsizlikdan  himoyalanish,  dam 

olish,  ijtim oiy  t a ’m inot  olish,  m alakali  tibbiy  xizm atdan 

foydalanish,  bilim  olish,  ilmiy  va  texnikaviy  ijod  erkinligi, 

madaniyat  yutuqlaridan  foydalanish  huquqlaridir.

0 ‘zbekiston  Respublikasi  Konstitutsiyasining  36-modda- 

sida,  ya’ni  «Har  bir  shaxs  mulkdor  bo‘lishga  haqli.  Bankga 

qo‘yilgan  omonatlar  sir  tutilishi  va  meros  huquqi  qonun  bilan 

kafolatlanadi» 

deb  belgilangan.

M ulk  huquqi  har  kimning  o ‘ziga  tegishli  mol-mulk  o ‘z 

xo h ish ig a  k o ‘ra ,  o ‘z  m a n fa a tin i  k o ‘zlab  egalik  qilish, 

foydalanish va tasarruf etishni anglatadi.  Mulkdan foydalanish 

ekologik muhitga zarar yetkazmasligi, fuqarolar, yuridik shaxs­

lar  va  davlatning  huquqlarini  hamda  qonun  bilan  qo‘riqlana- 

digan  m anfaatlarini  buzmasligi  ham da  yer  va  boshqa  tabiiy 

zaxiralardan  oqilona  foydalanish  zarur.  0 ‘zbekiston  Respub­

likasi  Konstitutsiyasining.  55-moddasida  k o ‘rsatilganidek,  u- 

lar  davlat  muhofazasidadir.

113


Sobiq Ittifoq davrida davlat monopoliyasi hukmron bo‘lgan 

b arch a  m oddiy  va  nom oddiy  n e ’m a tlar  xalq  m ulki  deb 

hisoblangan,  aslida  esa  uning  egasi  davlat  edi.  0 ‘sha  davrda 

xom  ashyo  tarqatish,  ishlab  chiqarish  jabhalari  —  hammasi 

davlat  tomonidan  rejalashtirilgan.  Shu  rejalar  asosida  moddiy 

boyliklar  iqtisodiy  va  madaniy  rivojlanishni  har  bir  korxona 

uchun davlat rejalashtirib bergan. 0 ‘sha davrda shaxslar xususiy 

tadbirkorlik  bilan  shug‘ullanishi  umuman  man  etilgan  edi. 

Chunki,  bu  sotsialistik  ishlab  chiqarish  prinsiplariga  to ‘g‘ri 

kelmas  edi.  Konstitutsiyada  fuqarolarning  shaxsiy  mulklari- 

ning  obyekti  deb  ularning mehnat jam g‘armalari,  turarjoylari, 

uy-ro‘zg‘or  buyumlari,  yordamchi  xo‘jalik  asbob-uskunalari 

va  shaxsiy  buyumlari  tan  olinar  edi.

M ulk  h u q u q ig a  oid  K o n stitu tsiy a v iy   n o rm alarn in g  

rivojlanishi  uchun  va  uning  huquqiy  mexanizmini  yaratishga 

d o ir  b ir  q a n c h a   q o n u n la r  q ab u l  qilin di.  «M u lkch ilik  

t o ‘g ‘risida»gi,  «F uqarolik  kodeksi»,  «Ijara  to ‘g‘risida»gi, 

«Valyutani  tartibga  solish  to ‘g‘risida»gi,  «Qimmatli  qog‘ozlar 

va  fo n d   b irja la ri  t o ‘g ‘risida»gi,  « T ad b irk o rlik   fao liy ati 

erkinligining  kafolati  to ‘g‘risida»gi,  «Erkin  iqtisodiy  hudud- 

lar  to ‘g‘risida»gi  va  boshqalar  shular jumlasidandir.

0 ‘zbekiston  Respublikasida  ayni  vaqtda  mulkning  xususiy 

va  omm aviy  (davlat)  shakllari  m avjud  va  b u lar  bir  xilda 

kafolatlanadi.

0 ‘zbekiston  Respublikasida  barcha  mulkdorlarning  huquq 

va  erkinliklari  him oya  etiladi.  M ulkning  barcha  shakllari 

daxlsiz  va  qonun  bilan  q o ‘riqlanadi.  0 ‘zbekiston  R espub­

lik a sid a  ja m g ‘arm a,  o m o n a tla r  b a rc h a   tijo r a t  b a n k la ri 

tomonidan  qabul  qilinishi  mumkin.

0 ‘zbekiston  Respublikasida  bank  om onatchilari  b o ‘lib, 

0 ‘zbekiston  Respublikasi  fuqarolari,  chet  el  fuqarolari  va 

fuqaroligi  bo‘lmagan  shaxslar  hisoblanadi.  Bank  omonatining 

sir  tu tilish i  0 ‘zbek iston   R esp u b lik asi  K o n stitu tsiy asid a 

mustahkamlanganidek, insonlarning iqtisodiy huquqlari sirasiga 

k ira d i.  B ank  to m o n id an   o m o n a t  sirla ri  saq lash g a  oid 

m unosabatlar  0 ‘zbekiston  Respublikasining  «Bank  va  bank 

faoliyati  to ‘g‘risida»gi  qonuni  bilan  tartibga  solinadi.

Fuqarolarning  mulklari  davlat  ehtiyojlari  uchun,  faqatgina 

qonunda belgilangan asoslarda va tartibda barcha xarajatlarini 

qoplash  sharti bilan  olinishi mumkin.  M ulkdor faqat qonunda 

nazarda  tutilgan  hollarda  va  tartibdagina  mulkidan  mahrum 

etilishi  mumkin.

114


0 ‘zbekistonda  har  bir  inson  meros  qoldirish  huquqiga  ega 

ekanligi  0 ‘zbekiston  Konstitutsiyasi  tomonidan  kafolatlanadi. 

Meros ikki yo‘l bilan qonun va vasiyat yo‘li bilan qoldiriladi. 

0 ‘zbekiston  Respublikasining  F uqarolik  Kodeksi  1120- 

moddasida  «Har  bir  shaxs  o ‘z  mulkini  to ‘laligicha  yoki  mulk- 

ning m a’lum bir qismini bir kishiga yoki davlatga yoxud o ‘zini- 

o ‘zi  b o sh q a rish   o rg a n la rig a   m eros  q o ld irish i,  o ‘zining 

vasiyatnomasini  har  qanday  vaqtda  o ‘zgartirishi  yoki  bekor 

qilishi  m um kin»  deyilgan.  D av lat  v asiy atn o m an in g   sir 

tutilishini  kafolatlaydi.

0 ‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 37- moddasida 

«Har bir shaxs mehnat qilish, erkin kasb tanlash, adolatli mehnat 

sharoitlarida ishlash va qonunda ko‘rsatilgan tartibda ishsizlikdan 

himoyalanish  huquqiga  egadir.

Sud  hukmi  bilan  tayinlangan  jazoni  o ‘tash  tartibidan  yoki 

qonunda ko‘rsatilgan boshqa hollardan tashqari majburiy mehnat 

taqiqlanadi» 

deb  mustahkamlangan.

M ehnat  huquqi  birinchi  b o iib , 

sobiq Ittifoq Konstitutsiyasida  1936- 

yil  va  0 ‘zbekiston  SSRning  1937- 

yildagi  K onstitutsiyasida  m ustah­

kam lan g an   edi.  U ning  ta rk ib ig a 

ko ‘ra har bir shaxsning mehnat qilish 

va  haq  olishi  kafolatlangan.  1992-yil  0 ‘zbekiston  K onstitu­

tsiyasida  bunga  q o ‘shimcha  qilib  har  kim  erkin  kasb  tanlash 

huquqiga  egaligi  t a ’kidlanib,  majburiy  m ehnat  taqiqlanishi 

mustahkamlangan.

Respublikam izda  qonun  b o ‘yicha  to ‘la  erkin  iqtisodiy 

faoliyat  har  bir  inson  uchun  ta ’minlanadi,  muhit  tanlash,  o ‘z 

mehnatini  sarflash  erkinligi,  har  bir  shaxsning  mehnat  qilish 

huquqi,  erkin  ish joyini  tanlash,  adolatli  mehnat  sharoitlarida 

ishlash va ishsizlikdan himoyalanish kabi shaxslarning Konstitu- 

tsiyaviy  huquqlari  0 ‘zbekiston  Respublikasining  «Aholini  ish 

b ilan   t a ’m inlash  t o ‘g ‘risidagi»gi,  « M e h n at  m uh o fazasi 

to ‘g‘risida»gi  qonunlari  va  0 ‘zbekiston  Respublikasi  Mehnat 

Kodeksi  bilan  tartibga  solinadi51.

0 ‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 39-moddasiga 

ko‘ra, ya’ni «Har kim qariganda, mehnat layoqatini yo‘qotganda, 

shuningdek, boquvchisidan mahrum bo‘lganda va qonunda nazarda 

tutilgan  boshqa hollarda  ijtimoiy  ta’minot  olish  huquqiga  ega.

51  O'zbekiston  Respublikasining  Konstitutsiyaviy  huquqi  (mualliflar

jamoasi).  TD YU I.  —  Toshkent:  «Moliya»,  2002,  282-  bet.

Ukraina  Konstitutsiyasida 

korxona, tashkilot va muas- 

sasa  mehnat jamoasini  ish­

lash huquqi ham mustahka- 

mlangan.

1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   40




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling