R e s p u b L i k a s I k o n s t I t u t s I y a s I n I


Pensiyalar,  nafaqalar,  ijtimoiy  yordam  boshqa  turlarining


Download 8.86 Mb.
Pdf ko'rish
bet14/40
Sana21.03.2020
Hajmi8.86 Mb.
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   40

Pensiyalar,  nafaqalar,  ijtimoiy  yordam  boshqa  turlarining 

miqdori  rasman  belgilab  qo‘yilgan,  tirikchilik  uchun  zarur  eng 

kam miqdordan  oz  bo‘lishi  mumkin  emas».

Bular  sirasiga  pensiya,  nafaqa  va  ijtimoiy  nochor  fuqaro- 

larni  pul  va  shunga  o ‘xshash  shakllardagi  moddiy  ta ’minotlar 

bilan  ta ’minlash  kiradi.  Bozor  iqtisodiyotiga  o ‘tishning  besh 

tam oyilidan  biri,  davlatning  olib  borayotgan  iqtisodiy  va 

ijtimoiy  islohotlarini  amalga  oshirishda  kuchli  ijtimoiy  siyosat 

olib borishga asoslanadi.  Undan tashqari 0 ‘zbekiston Respub­

likasining  «Fuqarolarning  davlat  pensiya  ta ’minoti  to ‘g‘risi- 

dagi»  qonuni  qabul  qilindi.

Hozirda  Respublikamizning  bir  qator  organlari  va  institut- 

lari  fuqarolarning  ijtimoiy  ta ’minoti  masalalari  bilan  shug‘ul- 

lanib,  ularning  Konstitutsiyaviy huquqlarini  davlat tomonidan 

ijtimoiy himoya qilish mexanizmi yaratilgan.  Ijtimoiy ta ’minot 

huquqi  bilan  malakali  tibbiy  xizmatdan  foydalanish  huquqi 

bir-biri  bilan  uzviy  bog‘liqdir.

Malakali  tibbiy xizmatdan foydalanish  huquqi 

— shaxslarga 

maxsus  tibbiy  bilimlarga  ega  malakali  shifokorlar  yordamida 

tibbiyot  muassasalarida  yoki  tibbiy xizmat  k o ‘rsatish  mumkin 

b o ‘lgan  joylarda  maxsus  kerakli  tibbiy  yordam   olish  bilan 

ifodalanadi.



O ‘zbekistonda  har  bir  inson  m alakali  tibbiy  xizmatdan 

foydalanish  huquqiga  ega 

( 0 ‘zbekiston  Respublikasi  Konstitu­

tsiyasining  40-moddasi).

«Fuqarolarning  sog‘lig‘ini  saqlash  to ‘g‘risida»gi  0 ‘zbekiston 

R espublikasining  1996-yil  29-avgustdagi  qonunining  13- 

moddasida: « 0 ‘zbekiston Respublikasi fuqarolari sogiiqni saqlash 

borasida daxlsiz huquqqa egadirlar. Davlat yoshi, jinsi, irqi, millati, 

tili, dinga munosabati,  ijtimoiy kelib chiqishi, e’tiqodi,  shaxsiy va 

ijtimoiy mavqeidan qat’i nazar fuqarolarning sog‘lig‘i saqlanishini 

ta’minlaydi. Davlat fuqarolarda kasalliklarning har qanday shakl­

lari  borligidan  q at’i  nazar,  ularning  kamsitishlardan  himoya 

qilinishini  kafolatlaydi»  deb  mustahkamlangan.

Fuqarolar sog‘lig‘ini saqlash huquqi quyidagilarda namoyon 

b o ia d i:

1)  Fuqarolarning  sog‘liqni  saqlashga  doir  huquqlari  davlat 

tom onidan  kafolatlanishini  ta ’minlash;

2)  Fuqarolarning  sog‘lom  turmush  tarzini  shakllantirish;

3)  Davlat  organlari,  korxonalar,  muassasalar,  tashkilotlar, 

ja m o a t  b irla sh m a la rin in g   fu q a ro la r  s o g i i g ‘ini  saq lash  

sohasidagi  faoliyatini  huquqiy jihatdan  tartibga  solish.



116

M am lakatim izda  fuq arolarning  sog‘lig‘ini  saqlashning 

davlat tomonidan belgilangan asosiy prinsiplari quyidagilardan 

iborat:

—  Sog‘liqni  saqlash  sohasida  inson  huquqlariga  rioya 



qilinishi;

—  Aholining  barcha  qatlamlari  tibbiy  yordamdan  bahra- 

mand  bo‘la  olishi;

—  Profilaktika  chora-tadbirlarining  ustunligi;

—  Sog‘liq‘ini  yo‘qotgan  taqdirda  fuqarolarning  ijtimoiy 

himoya  qilinishi;

—  Tibbiyot  fanining  amaliyot  bilan  birligi.

0 ‘zbekiston  Respublikasida  so g iiq ni  saqlashning  davlat,

xususiy  va  boshqa  tizim lari  yig‘indisidan  ib o ra t  yagona 

sog‘liqni  saqlash  tizimi  amal  qiladi.

0 ‘zbekiston Respublikasida bu sohada,  shuningdek,  «OITS 

bilan kasallanishning oldini olish to ‘g‘risida»gi qonun, «Aholini 

sil  kasalligidan  muhofaza  qilish  to ‘g‘risida»gi  qonun,  «Davlat 

sanitariya nazorati to ‘g‘risida»gi qonun, «Qon va uning tarkibiy 

qismlari  donorligi  to ‘g‘risida»gi  qonun  va  ular  asosida  qabul 

qilingan  boshqa  huquqiy  hujjatlar  muhim  o ‘rin  egallaydi.

Shaxsning  barkam ol  b o iish id a  bilim  olish  huquqi  k atta 

ahamiyat kasb etadi. 0 ‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi­

ning  41-moddasida  «Har  kim  bilim  olish  huquqiga  ega.  Bepul 

umumiy  ta’lim  olish  davlat  tomonidan  kafolatlanadi.  Maktab 

ishlari  davlat  nazoratidadir» 

deyilgan.

T a’lim  —  bu  davlat  tom onidan  q a t’iy  o ‘rnatilgan  ta ’lim 

me’yorlarini o ‘rganish bo‘lib, shaxs, jamiyat va davlat manfaat- 

lari  yo'lida,  aniq  m aqsadga  qaratilgan  t a ’lim -tarbiya  jara- 

yonidir52.

T a’lim  inson  turmush  tarzining  ajralmas  elementidir.  Unga 

nafaqat  moddiy jihatdan  ta ’minlanish  vositasi,  balki  salomat- 

lik  hamda  jamiyat  hayotida  muntazam  ishtirok  etish  vositasi 

sifatida  ham  qaraladi.  T a’lim  har  qanday  rivojlangan jamiyat- 

ning asosi hisoblanadi.  Madaniyat ta ’limsiz mavjud bo‘lmaydi. 

Bu jam iyatda  adolatsizlik  va  tengsizlikni  b artaraf  etishning 

vositalaridan  biridir.

0 ‘zbekiston  Respublikasi  qonunchiligida  xususan,  1997-yil 

29-avgustdagi «Ta’lim to ‘g‘risida»gi qonunda bilim olish huquqi 

jin si,  tili,  yoshi,  irqiy,  milliy  m ansubligi,  e’tiqodi,  dinga



52 Безуглов  А.А.,  Солдатов  С.А.  Конституционное  право  России.  —  

М: Том I, 2001,  541-ст.

’ 

117

munosabati, ijtimoiy kelib chiqishi, xizmat turi, ijtimoiy mavqei, 

turarjoyi,  0 ‘zbekiston  Respublikasi  hududida  qancha  vaqt 

yashayotganligidan  qat’i  nazar,  har  kimga  bilim  olishda  teng 

huquqlar  kafolatlanishi  mustahkamlangan.

Q on u nga  k o ‘ra  t a ’lim ning  qu y idagi  tu rla ri  m avjud: 

maktabgacha ta ’lim;  urn urn i у  o‘rta ta ’lim;  o‘rta maxsus,  kasb- 

hunar  ta ’limi;  oliy  ta ’lim;  oliy  o ‘quv  yurtidan  keyingi  ta ’lim; 

k a d rla r  m alakasin i  oshirish  va  u larn i  q ay ta  tayy orlash ; 

maktabdan  tashqari  ta ’lim.

Bilim  olish  huquqi:

—  Davlat  va  nodavlat  ta ’lim  muassasalarini  rivojlantirish;

— Ishlab  chiqarishdan  ajralgan va  ajralmagan  holda ta ’lim 

olishni  tashkil  etish;

—  T a’lim  va  kadrlar  tayyorlash  davlat  dasturlari  asosida 

bepul  o ‘qitish,  shuningdek,  ta ’lim  muassasalarida  shartnoma 

asosida  to ‘lov  evaziga  kasb-hunar  o ‘rgatish;

—  Barcha  turdagi  ta ’lim  muassasalarining  bitiruvchilari 

keyingi  bosqichdagi  o ‘quv yurtlariga kirishda teng huquqlarga 

ega  bo‘lishi;

—  Oilada  yoki  o ‘zi  mustaqil  ravishda  bilim  olgan  fuqaro- 

larga akkreditatsiyadan o ‘tgan ta ’lim muassasalarida eksternat 

ta rtib id a   a tte s ta tsiy a d a n   o ‘tish  h u q u q in i  berish  o rq ali 

ta ’minlanadi.

Abu Nasr Forobiyning uqtirishicha, iloji bo‘lsa oldin tarbiya, 

so‘ngra  ta ’lim  berilishi  lozim.Uyda,  oilasida  yaxshi  tarbiya 

ko ‘rgan  bola  ixlos  va  ishonch  bilan  ta ’lim  olishga,  ilm-fanni 

o ‘rganishga  intiladi.

A gar  yoshlarda  m a ’naviy  k am olot  yetishm asa,  u lard a 

ishtiyoq  sust bo‘ladi.  Ana shularni  hisobga olib,  Forobiy avval 

yoshlarni  tarbiyalab,  mehnat  qilish  va  kasb-hunarni  o ‘rgatib, 

keyin  ta ’lim  berish  lozim,  deya  ta ’kidlaydi»53.

0 ‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida umumiy ta ’lim­

ning davlat  tomonidan  bepulligi  kafolatlab  qo‘yilgan.  Bu  esa 

bir  to m o n d an   aho linin g   t a ’lim  olishga  bo  lgan  ijtim oiy 

ehtiyojini qondirishda bosh huquqiy asos va ancha insonparvar, 

demokratik  xususiyat  kasb  etadi.

J a h o n d a   san oq li  d av latla rd a  m avjud  b o 'lg a n   k a d rla r 

tayyorlash  sohasida  maxsus  dastur,  ya’ni  «Kadrlar  tayyorlash 

milliy  dasturi»  Oliy  Majlis  tom onidan  qabul  qilinib,  yuqori 

m alakali  k ad rlar  tayyorlashning  zam on  talablariga  javob



53  Abu  Nasr Forobiy.  Fozil odamlar shahri.  — Т.:  1998,  130-134-betlar.

118

beradigan tizimini rivojlantirish,  har tomonlama kamol topgan 

shaxsni  shakllan tirish   uchun  ijtim oiy-iqtisodiy,  huquqiy, 

psixologik-pedagogik  va  boshqa  sharoitlarni  yaratishni  o ‘z 

oldiga  m aq sad   qilib  q o ‘ygan.  U sh b u  d a s tu rd a   k a d rla r 

tayyorlashda  ta ’limning  uzluksizligiga  k atta  e’tibor  berildi. 

Mamlakatimizda  savodxonlik darajasi  ancha yuqori b o ‘lib,  bu 

k o ‘rsatkich  97,7  %  ni  tashkil  etadi.  Ayni  vaqtda  jah o n d a 

savodsizlikka  qarshi  kurash  hali  davom  etayotganini  hisobga 

olsak,  0 ‘zbekistonda  bu  sohada  qudratli  moddiy-texnik  asos 

mavjudligini  e’tiborga  olish  lozim.  Albatta,  jam iyatda  yalpi 

savodlilik  k o ia m in i  oshirish  bu  um um ta’lim  m uassasalari 

(maktablar)  gardaniga  tushadi.  Hozirgi  vaqtda  0 ‘zbekistonda 

jami 9 mingdan ortiq umumta’lim muassasalari,  ya’ni m aktab­

lar  faoliyat  ko‘rsatmoqda.

Konstitutsiyaning  42-moddasida  berilishicha,  «Наг  kimga 

ilmiy  va  texnikaviy  ijod  erkinligi,  madaniyat  yutuqlaridan 

foydalanish  huquqi  kafolatlanadi.  Davlat  jamiyatning  madaniy, 

ilmiy va texnikaviy rivojlanishiga g‘amxo‘rlik qiladi». 

Konstitu- 

tsiyamiz madaniy boyliklarimizdan har bir kishining foydalanish 

huquqini  kafolatlaydi.  M adaniyat  deganda  inson  tomonidan 

yaratilgan  barcha  boyliklar,  yutuqlar  yig‘indisi  tushuniladi  va 

u  ijtimoiy  hayotda  universal  xususiyatga  ega.

M adaniyatning  tarkibiy  qismlarini  fan,  t a ’lim  va  san ’at 

tashkil  qiladi.  Adabiy,  musiqiy,  badiiy  asarlar  va  xalq  eposi, 

ilmiy  nazariya  va  hunarlar  madaniyat  fenomeniga  kiradi.  Har 

bir  madaniyat  elementi  xalq  hayotining  u  yoki  bu  ko‘rinishini 

o ‘zida  aks  ettiradi.  H ar  birimizning  san’at,  kino,  adabiyot, 

m usiqa  dunyosidan  bah ram an d   b o ‘lish  huquqim iz  asosiy 

qonunimizda  mustahkamlanadi.  Barcha  uchun  teatr,  muzey, 

kutubxona  va  arxitektura  yodgorliklari  eshiklari  hech  bir 

to ‘siqsiz  ochiqdir.  H ar  bir  shaxs  istagan  fan  va  texnika  sohasi 

bilan  sh ug ‘ullanishi  m um kin.  Buni  davlatim iz  h uquqiy, 

tashkiliy,  moddiy  va  siyosiy jihatdan  kafolatlaydi54.

6-§.  Fuqarolarning  huquq  va  erkinliklarining 

kafolatlari.  Fuqarolarning  burchlari

Fuqarolarning Konstitutsiya va qonunlarda mustahkamlan- 

gan huquq va erkinliklarini amalga oshirishni davlat tomonidan

54  O'zbekiston  Respublikasining  Konstitutsiyaviy  huquqi  (mualliflar 

jamoasi).  TD Y U I.  Toshkent:  «Moliya»,  2002,  292-bet

119


ta ’minlashga  yordam   beradigan  vositalar,  usullar  va  shart- 

sharoitlar  majmui  kafolat  tushunchasini  beradi.

Kafolatning  asosiy  vazifasi,  fuqarolarning  huquq  va  erkinlik- 

larini amalga oshirish jarayonida vujudga keladigan to ‘siqlarni 

b a r ta r a f   etish  b ilan   b o g ‘liq  b o ‘lgan  m a jb u riy a tla rn in g  

bajarilishini ta ’minlashdir.  0 ‘zbekiston Respublikasi Konstitu- 

tsiyasining  43-  moddasida  «Davlat  fuqarolarning  Konstitutsiya 

va  qonunlarda  mustahkamlangan  huquqlari  va  erkinliklarini 

ta’minlaydi» 

deyilgan.

Kafolatlarni  quyidagicha  turkumlash  mumkin:

1.  Yuridik  (huquqiy);

2.  Ijtimoiy-siyosiy;

3.  Iqtisodiy(moddiy).

Fuqarolarning huquq va erkinliklarini ta ’minlashda yuridik 

kafolatlar  alohida  o ‘rin  tutadi,  chunki  boshqa  barcha  kafolat- 

lar  yuridik jihatdan  tartibga  solinishni  taqozo  etadi.  Y a’ni, 

yuridik  kafolatlar  fuqarolarning  huquq  va  erkinliklarining 

qonunlar  asosida  huquqiy jihatdan  kafolatlanishidir.  Yuridik 

kafolatlarning  real  amalga  oshishi  faqat  dem okratik  rejim 

sharoitida  kuzatiladi.

Yuridik  kafolatlar  quyidagilarni  o ‘z  ichiga  oladi:

—  Fuqarolarning  huquq  va  erkinliklarini  buzish  mumkin 

b o ‘lgan  h arakatlarni  taqiqlash  va  chegaralashning  yuridik 

m e’yorlarini  mustahkamlash;

—  Fuqarolarning  o ‘z  huquq  va  erkinliklarini  hech  qanday 

to ‘siqsiz  amalga  oshirishlarida  davlat  idoralari  va  mansabdor 

shaxslar  mas’ulligini;

—  H u q u q larn i  buzganlik  uchun  yuridik  jav o b g arn in g 

belgilanganligi  (mulkiy,  intizomiy,  m a’muriy,  jinoiy);

—  F u qaro larga  qaratilgan  va  huquqiy  aham iyatga  ega 

b o ig an ,  tegishli  davlat  va  fuqarolarning  huquqlarini  amalga 

oshirishni mustahkamlashga jamoat idoralari, mansabdor shaxs- 

larning  faoliyati.

Yuridik  kafolatlarning  quyidagi  shakllari  mavjud:

1.  Konstitutsiyaviy  huquqiy  kafolatlar;

2.  Sudlar  tomonidan  huquq  va  erkinliklarni  kafolatlash;

3.  Ombudsman  faoliyati;

4.  H ukum at  faoliyati.



K onstitutsiyaviy  huquqiy  k afola tla rg a  

m a m lak a tn in g  

Konstitutsiyasining o ‘zida bevosita mustahkamlangan kafolat­

lar  kiradi.  Ular  0 ‘zbekiston  Respublikasi  Konstitutsiyasining 

X  bobining  43-46-moddalarida  mustahkamlangan  normalar.

120


Sudlar tomonidan huquq va erkinliklarni kafolatlash 

-  fuqaro- 

lar huquq va erkinliklarining sudlar  orqali himoya  qilinishidir. 

Uning  mazmuni  har  bir  fuqaro  davlat  organlari,  korxonalar, 

muassasalar,  tashkilotlar, jam oat  birlashmalari,  fuqarolarning 

o ‘zini-o‘zi  boshqarish  organlari  yoki  mansabdor  shaxslarning 

g‘ayriqonuniy  xatti-harakatlari  (qarorlari)  bilan  o ‘z  huquqlari 

yoki  erkinliklari  buzilgan  deb  hisoblasa,  shikoyat  bilan  sudga 

m uro jaat  qilish  huquqi  orqali  o ‘z  huquq  va  erkinliklarini 

himoya  qilish,  demak.



Ombudsman  faoliyati 

—  0 ‘zbekiston  Respublikasi  fuqaro­

larning  huquq  va  erkinliklarining  himoyasi  sohasidagi  qonun 

hujjatlariga  rioya  etilishi  Oliy  M ajlisning  Inson  huquqlari 

b o ‘yicha  v akili  (o m b u d sm an )  to m o n id an   ham   am alga 

oshiriladij Uning faoliyati  0 ‘zbekiston  Respublikasining  1997- 

yil 24-apreldagi «Oliv Majlisning inson huquqlari bo‘yicha vakili 

(OMBUDSMAN)  to ‘g‘risida»gi  qonuniga  muvofiq  0 ‘zbekis- 

ton  Respublikasida  davlat  organlari,  fuqarolarning  o ‘zini-o‘zi 

boshqarish  organlari,  korxonalar,  muassasalar,  tashkilotlar, 

jam oat  birlashmalari  va  mansabdor  shaxslar  tomonidan  inson 

huquqlari  to ‘g‘risidagi  amaldagi  qonunchilikka  rioya  etilishi- 

ning  samaradorligi  ustidan  parlam ent  nazoratini  o'rnatadi. 

Vakil  ko'rilayotgan  masalalar  bo‘yicha  xulosalar  qabul  qiladi. 

Xulosalar faqat  tavsiyaviy  xaraktera  ega.

Hukumat  faoliyati 

-   hukum at  tom onidan  fuqarolarning 

buzilgan  huquqlari,  erkinliklari  va  qonuniy  m anfaatlarini 

himoya  qilish  0 ‘zbekiston  Respublikasi  Vazirlar  Mahkamasi- 

ning  chiqargan  norm ativ-huquqiy  hujjatlari  asosida  amalga 

oshiriladi.



Siyosiy kafolat 

— bu davlatda amal qilib turgan siyosiy tizim. 

Ushbu  tizim,  mamlakatning  olib  borayotgan  siyosiy  maydon- 

dagi  faoliyati  orqali jamiyatda inson huquqlari va  erkinliklari­

ning  buzilishidan  himoya  etish  uchun  xizmat  qiladi.  Fuqaro­

larning  huquq  va  erkinliklarini  siyosiy  kafolatlash  quyidagi- 

larga  bog‘liq:

—  D av latn in g   m a m lak a t  m iqyosida  olib  b o ray o tg a n  

siyosatining  maqsadiga;

—  Siyosiy  plyuralizmga;

—  Siyosiy  mafkuraga;

—  Inson  huquqlarini  himoya  qilish  holatiga;

—  Ommaviy  axborot  vositalarining  faoliyatiga.

Iqtisodiy  kafolatlarga 

vujudga  kelgan  ishlab  chiqarish

munosabatlari,  iqtisodiy  tizim  kiradi.  M ustaqil  0 ‘zbekiston

121


bozor  m unosabatlariga  asoslangan,  mulkchilikning  barcha 

sh ak llari  tengligi  va  him oyasini  tan  olgan  h olda  d av lat 

tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish yo‘li bilan mulkdor- 

larn in g   safini  k en g ay tiradigan   huquqiy  ja m iy atn i  b arp o  

etm oqda.  Q ilinayotgan  ushbu  h arak atlar  xalqni  iqtisodiy 

kafolatlashga  yordam  beradi.



Iqtisodiy  kafolatlarga:

—  A d o la tli  is te ’m ol  sav atin i 

davlat  tom onidan  rasmiy  ravishda 

mustahkamlash;

—  Eng  kam  oylik  ish  haqi  miq- 

dorini  belgilash;

—  Davlat  tomonidan  aholini  kam  ta ’minlangan  qatlamini, 

voyaga  yetmaganlar  va  nogironlarni  moddiy jihatdan  qoilab - 

quvvatlash;

—  Barcha  mulk  shakllarining  tengligini  hamda  fuqarolar­

ning  mulk  huquqlarini  ta ’minlash  kiradi.

0 ‘zbekiston  Respublikasida  fuqarolarning  huquq  va  erkin­

liklarini  kafolatlash  K onstitutsiya  asosida  qabul  qilingan 

maxsus  qonunlar  orqali  ham  tartibga  solinadi.  Ushbu  qonun- 

larga:  «Axborot  olish  kafolatlari  va  erkinligi  to ‘g‘risida»gi, 

«A xborot  erkinligi  prinsiplari  va  kafolatlari  to ‘g‘risida»gi, 

«A dvokatlik  fao liyatin ing   k afo latlari  va  ad v o k atlarn in g  

ijtimoiy  himoyasi  to ‘g‘risida»gi,  «Fuqarolar  saylov  huquqlari- 

ning  kafolatlari  to ‘g‘risida»gi,  «Chet  ellik  investorlar  huquq- 

la rin in g   k a fo la tla ri  va  u la rn i  h im oya  qilish  ch o ra la ri 

to ‘g‘risida»gi,  «Kasaba  uyushmalari,  ularning  huquqlari  va 

faoliyatining  kafolatlari  to ‘g‘risida»gi,  «Fuqarolarning  bank- 

lardagi  om onatlarini  himoyalash  kafolatlari  to ‘g ‘risida»gi, 

« T a d b irk o rlik   va  ta d b irk o rla r  fa o liy atin in g   k a fo la tla ri 

to ‘g‘risida»gi  qonunlar  kiradi.

0 ‘zbekiston  Respublikasi  Konstitutsiyasining  44-moddasida 



«Наг  bir  shaxsga  o‘z  huquq  va  erkinliklarini  sud  orqali  himoya 

qilish, davlat organlari, mansabdor shaxslar, jamoat birlashmalari- 

ning g‘ayriqonuniy  xatti-harakatlari ustidan sudga shikoyat qilish 

huquqi  kafolatlanadi» 

deb  mustahkamlangan.  Ushbu  Konstitu­

tsiyaviy  huquqiy  norma  bevosita  0 ‘zbekiston  Respublikasining 

1995-yil  30-avgustda «Fuqarolarning huquqlari va erkinliklarini 

buzadigan  xatti-harakatlar  va  qarorlar  ustidan  sudga  shikoyat 

qilish  to ‘g‘risida»gi  qonunda  to ‘la  rivojlantirilgan.

H ar  bir  fuqaro  davlat  organlari,  korxonalar,  muassasalar, 

tashkilotlar,  jam oat  birlashmalari,  fuqarolarning  o ‘zini-o‘zi

122

Ukraina  Konstitutsiyasida 

har bir fuqaroga davlat ijti­

moiy  yo‘naltirilgan  bozor 

iqtisodiyotini saqlab qolish- 

ni kafolatlaydi.


boshqarish  organlari  yoki  mansabdor  shaxslarning  g‘ayriqo- 

nuniy  xatti-harakatlari  (qarorlari)  bilan  o ‘z  huquqlari  yoki 

erkinliklari  buzilgan  deb  hisoblasa,  shikoyat  bilan  sudga 

murojaat  qilish  huquqiga  ega.

0 ‘zbekiston  R espublikasining  2000-yil  14-dekabrdagi 

«Sudlar  to ‘g‘risida»gi  (yangi  tahriri)  qonuniga  ko ‘ra  fuqaro- 

lar  huquq  va  erkinliklari  ham da  m anfaatlarini  har  qanday 

tajovuzlardan  himoya  qilish  sud  organlarining  vazifasi  etib 

k o 'r s a tilg a n .  S h u n in g d ek ,  0 ‘zb ek isto n   R esp u b lik a sin i 

«P ro k u ratu ra  to ‘g ‘risida»gi  (yangi  tah riri)  qonunning  4- 

m oddasiga  k o ‘ra  p ro k u ra tu ra   organlari  o ‘z  faoliyatining 

asosiy  yo‘nalishlaridan  biri  fuqaroning  huquq  hamda  erkin­

liklarini  t a ’m inlashga  q aratilg an   q o n u n lar  ijrosi  ustidan 

nazorat  qilish  mustahkam lab  qo ‘yilgan.

Shikoyat  deganda  fuqarolarning  buzilgan  huquqlari,  erkin­

liklari  va  qonuniy  m anfaatlarini  tiklash  to ‘g‘risidagi  talabi 

bay on  etilgan  murojaatini  tushunamiz.

Sudga  shikoyat  qilish  huquqi 

-   fuqarolar  tomonidan  ular- 

ning  buzilgan  huquqlari,  erkinliklari  va  qonuniy manfaatlarini 

sud  tartibida  tiklashni  talab  etgan  huquqidir.

0 ‘zbekiston Respublikasining «Fuqarolarning huquqlari va 

erkinliklarini  buzadigan  xatti-harakatlar  va  qarorlar  ustidan 

sudga  shikoyat  qilish  to ‘g‘risida»gi  qonuniga  binoan  davlat 

o rg an lari,  ko rx o n ala r,  m u assasalar,  ta sh k ilo tlar,  ja m o at 

birlashmalari,  fuqarolarning  o ‘zini-o‘zi  boshqarish  organlari 

va mansabdor shaxslarning sudga shikoyat qilishga loyiq xatti- 

harakatlari  (qarorlari)  jumlasiga:

a)  Fuqaroning  huquqlari  va  erkinliklarini  buzgan;

b)  Fuqaroning  o ‘z  huquqlari  va  erkinliklarini  ro ‘yobga 

chiqarishiga  monelik  tug‘dirgan;

d)  Fuqaro  zimmasiga  qonunga  xilof  ravishda  qandaydir 

majburiyat yuklatilishiga sabab bo'lgan xatti-harakatlar (qaror­

lar)  kiradi.

F uqaro  o ‘z  huquqlari  va  erkinliklarini  buzadigan  xatti- 

harakatlar (qarorlar) ustidan shikoyat bilan bevosita sudga yoki 

tobelik  tartibida  yuqori  turuvchi  organga  yoxud  mansabdor 

shaxsga  murojaat  qilish  huquqiga  ega.

Berilgan shikoyatni  tegishli davlat organi,  mansabdor shaxs 

bir  oylik  muddatda  k o ‘rib  chiqishlari  shart.  Agar  fuqaroning 

shikoyatini  qanoatlantirish rad  qilingan b o ‘lsa yoki  u shikoyat 

bergan kundan boshlab bir oy mobaynida javob olmagan bo‘lsa, 

sudga  shikoyat  bilan  murojaat  qilishga  haqli.



123

Sudning qonuniy kuchga kirgan qarori barcha davlat organ­

lari,  korxonalar,  muassasalar,  tashkilotlar,  jam oat  birlashma­

lari, fuqarolarning o ‘zini-o‘zi boshqarish organlari, mansabdor 

shaxslar,  fuqarolar  uchun  majburiy  va  uni  bajarish  shart.

0 ‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 45-moddasida 

«Voyaga yetmaganlar,  mehnatga layoqatsizlar va yolg‘iz keksa- 

larning huquqlari davlat himoyasidadir» 

deb mustahkamlangan. 

Bu 0 ‘zbekiston Respublikasida voyaga yetmaganlar, mehnatga 

layoqatsizlar va yolg‘iz keksalarni davlat himoyasida ekanligini 

Konstitutsiya darajasida mustahkamlanishi ijtimoiy yo‘naltiril- 

gan  bozor  iqtisodiyotini  shakllantirish  hamda  ijtimoiy  davlat 

barpo  etish  kabi  strategik  m aqsadlarni  amalga  oshirishning 

salm oqli  asosi  hisoblanadi.  Shuningdek,  bu  sohada  qabul 

qilingan  qator  norm ativ  hujjatlarni  davlatimizning  ijtimoiy 

sohada  olib  borayotgan  odilona  siyosatining  mahsuli  sifatida 

baholashim iz  mumkin.  U shbu  norm ativ  hujjatlar  qatoriga 

misol tariqasida «Aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj  qatlam- 

la rin i  an iq   y o ‘n a ltirilg a n   ta rz d a   q o ‘llab -q u v v atlash n i 

kuchaytirish  to ‘g ‘risida»  2002-yil  25-yanvardagi  Prezident 

Farmonini  (  bola  ikki  yoshga  to ‘lgunga  qadar  uni  parvarish 

qilish  b o ‘yicha  onalarga  beriladigan  oylik  nafaqalar  miqdori

2002-yilning  1-fevralidan  boshlab  eng  kam  ish  haqining  170 

foizi, 2003-yilning 1-yanvaridan boshlab esa 200 foizi miqdorida 

belgilanganligi  mustahkamlangan)  ko‘rsatish  mumkin.

0 ‘zb ek isto n   R esp u b lik asin in g   ijtim oiy  so h ad a  olib 

borilayotgan  siyosati  yoshi  ulug‘,  keksa  fuqarolarimizni  ham 

n a z a rd a n   ch etd a  q o ld irg an i  y o ‘q.  U larg a  g ‘a m x o ‘rlik 

k o ‘rsatishni  oshirish  hamda  ijtimoiy  muhofaza  qilish,  moddiy 

va  m a ’naviy  q o ‘llab -q u v v atlash n i  y an ad a  k u ch ay tirish  

maqsadida  2002-yil  0 ‘zbekiston  Respublikasida  «Qariyatarni 

qadrlash yili» deb e’lon qilindi.  Shu munosabat bilan 0 ‘zbekis- 

ton  Respublikasi  Vazirlar  Mahkamasi  tomonidan  2002-yil  24- 

yanvarda  «Q ariyalarni  qadrlash  yili»  davlat  dasturi  qabul 

qilindi.

Konstitutsiyamizning  46-moddasida  Xotin-qizlar  va  erkak- 




Download 8.86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   40




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling