R e s p u b L i k a s I k o n s t I t u t s I y a s I n I


Download 8.86 Mb.
Pdf ko'rish
bet15/40
Sana21.03.2020
Hajmi8.86 Mb.
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   40

larning teng huquqlarga 

ega ekanligi mustahkamlangan. «Ayollar 

bilan  erkaklarning  teng  huquqliligini  ta ’minlash  uchun  davlat 

keng  miqyosda  q o ‘shimcha  tadbirlarni  amalga  oshirmoqda. 

Davlat  ayollarga  bilim  olishi,  kasb  egallashi,  mehnat  qilishi, 

unga haq olishi, siyosiy hayotda faol ishtirok etishi uchun erkak- 

lar  bilan  teng  imkoniyatlar  yaratib  ayollarning  oiladagi  o ‘rni, 

jismoniy  imkoniyatlarini  hisobga  olib,  ularga mehnat  qilishda,

124


so g iig ‘ini  mustahkam lashda  yaxshi  sharoitlar  va  imtiyozlar 

y aratib   berishi  ham   zarurdir.  C hunki,  teng  im koniyat  va 

qo ‘shimcha sharoit,  imtiyozlar o ‘rnatish bilangina ayollar teng 

huquqliligi  ta ’minlanishi  mumkin.  Bundan  tashqari,  oiladagi 

ishlarning  asosiy  qismi  ayollar  zimmasiga  tushadi,  buning 

natijasida  ayollar  o ‘zlarining  to ‘la  huquqliligi  imkoniyatidan 

foydalana  olm aydilar.  Shuning  uchun  davlat  ayollar  bilan 

erkaklarning tengligini e’lon  qilar ekan,  buni ta ’minlash uchun 

ayollarni qo‘shimcha ravishda moddiy va m a’naviy rag‘batlan- 

tirish  choralarini  ko‘rmoqda»55.

0 ‘zbekiston  R espublikasida  xotin-qizlarga  beriladigan 

e’tibor  milliy  qonunchiligimizda  ham  o ‘z  aksini  topm oqda. 

Jumladan, 0 ‘zbekiston Respublikasining «Oliy Majlisiga saylov 

to ‘g ‘risida»gi  (yangi  tah rirda)  qonunda  siyosiy  partiyalar 

tom onidan  deputatlikka  q o ‘yiladigan  nom zodlarning  30%i 

xotin-qizlardan  boMishi  mustahkamlandi.

0 ‘zbekiston  Xotin-qizlar  qo‘mitasining,  Respublika  xotin- 

qizlar jam oat  tashkilotlarining  ayollar  huquqlarini  himoya 

qilish,  ularning mamlakatimiz siyosiy-ijtimoiy,  sotsial-iqtisodiy 

va  madaniy  hayotida  to ‘laqonli  ishtirok  etishini  ta ’minlash, 

xotin-qizlar  h am da  yoshlarning  m a’naviy  va  intellektual 

saviyasini  yuksaltirish  borasida  olib  borayotgan  ishlarining 

samaradorligini  oshirish  maqsadida  0 ‘zbekiston  Respublikasi 

Prezidentining  2004-yil  25-mayda  « 0 ‘zbekiston  X otin-qizlar 

qo‘mitasi faoliyatini qo‘llab-quvvatlash borasidagi qo‘shimcha 

chora-tadbirlar  to ‘g ‘risida»gi  farm oni  qabul  qilindi.  U nda 

0 ‘zbekiston  X otin-qizlar  q o ‘m itasi  va  ularning  joylardagi 

b o ‘linmalari  faoliyatining  eng  muhim  vazifalari  va  yo‘nalish- 

lari  zamon  talablariga javob  beradigan  tarzda  belgilandi.

Fuqarolarning  Konstitutsiyaviy  burchlari 

-   bu  Konstitutsiya 

d arajasida  m ustahkam langan  va  tegishli  davlat  hududida 

yashovchi  har  bir  fuqaro  uchun  jam iyat,  davlat  va  shaxslar 

manfaati  yo‘lida  m a’lum  bir  xatti-  harakatlarni  bajarish  yoki 

ulardan  tiyilish  majburiyatidir.

0 ‘zbekiston  Respublikasi  Prezidenti  I.A .K arim ov  Oliy 

Majlisning birinchi chaqiriq VI  sessiyasida qilgan m a’ruzasida: 

«Insonning o ‘z huquq va burchlarini bilishi insonning Konstitu­

tsiyaviy  huquqlarining  ta ’minlanishini  kafolatlaydi.  Biz  odam- 

lardagi  eski  tuzum  psixologiyasini  o ‘zgartirishimiz  va  yangi

55  Qayumov R.  0 ‘zbekiston  Respublikasining  Konstitutsiyaviy huquqi. 

— Т.: «Adolat»,  1998,  181-b.

125


huquqiy ongni shakllantirishimiz lozim. Inson anglasinki, erkin- 

lik  -   bu  burch  m as’uliyatidir»  deb  ta ’kidladi.  0 ‘zbekiston 

R espublikasi  K on stitu tsiyasinin g   19-m oddasiga  m uvofiq 

0 ‘zbekiston Respublikasi fuqarosi va davlat bir-biriga nisbatan 

bo‘lgan  huquqlari  va  burchlari  bilan  o ‘zaro  bog‘liqdir.

0 ‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining burchlari 0 ‘zbekis- 

ton  R espublikasi  K o nstitutsiyasining  47-52-m oddalarida 

mustahkamlangan  b o ‘lib,  ular  quyidagilardan  iborat:

—  Barcha  fuqarolar  K onstiutsiyada  belgilab  q o ‘yilgan 

burchlarini  bajaradilar;

—  Fuqarolar  Konstitutsiya  va  qonunlarga  rioya  etishga, 

boshqa  kishilarning  huquqlari,  erkinliklari,  sha’ni  va  qadr- 

qimmatini  hurm at  qilishga  majburdirlar;

—  Fuqarolar  0 ‘zbekiston  xalqining  tarixiy,  m a’naviy  va 

madaniy  merosini  avaylab-asrashga  majburdirlar.  Madaniyat 

yodgorliklari  davlat  muhofazasidadir;

—  Fuqarolar  tabiiy  atrof-m uhitga  ehtiyotkorona  muno- 

sabatda  bo‘lishga  majburdirlar;

—  Fuqarolar  qonun  bilan  belgilangan  soliqlar  va  mahalliy 

yig‘imlarni  to iash g a  majburdirlar;

—  0 ‘zbekiston  Respublikasini  himoya  qilish  —  0 ‘zbekis- 

ton  Respublikasi  har  bir  fuqarosining  burchidir.  Fuqarolar 

qonunda  belgilangan  tartibda  harbiy  yoki  muqobil  xizmatni 

o ‘tashga  majburdirlar.

H ar  bir fuqaro  qonun  oldida  tengdir  va  boshqa fuqarolar­

ning  millati,  tili,  dini  va  e’tiqodini  hurm at  qilishi  shart.  H ar 

bir  fuqaro  o ‘z  huquq  va  erkinliklaridan  m anfaatlari  yo‘lida 

foydalanayotganda, uning xatti-harakatlari boshqalarga, ya’ni 

shaxs,  davlat  va  jam iyat  m anfaatlariga  zarar  yetkazmasligi 

lozim.


M avzuni  mustahkamlash  uchun  savollar

1.  Inson  huquqlari bo‘yicha qonunchilik taraqqiyoti  bosqichlari 

qaysi davrdan boshlab o‘rganib kelinmoqda?

2.  Hozirgi demokratik davlatlar Konstitutsiyalarida inson huquq- 

lariga oid qanday muhim qoidalar mustahkamlangan?

3.  Inson huquqlari Umumjahon deklaratsiyasi mazmunini so'zlab 

bering.

4.  Teng huquqlilik tushunchasi nimani anglatadi?



5.  Fuqarolik tushunchasi deganda nima nazarda tutiladi?

6.  Kimlar 0 ‘zbekiston Respublikasi fuqarolari boiadilar?



126

7.  Fuqarolikning yuzaga kelishi (kelib chiqishi) qanday yo‘l bilan 

va qay asoslarda amalga oshiraladi?

8.  Naturalizatsiya,  reintegratsiya  ma’nolari  nimalarni  anglatadi?

9.  0 ‘zbekiston  Respublikasi  fuqaroligiga  ega  bo‘lish  asoslari 

qonunda qanday belgilangan?

10.  0 ‘zbekiston  Respublikasida  fuqarolik  masalalari  bilan  qaysi 

davlat organlari  shug‘ullanadi?

11.  0 ‘zbekistonda  Konstitutsiyaviy  huquq  va  erkinliklar  qanday 

kafolatlanadi?

12.  0 ‘zbekiston fuqarolariningburch vamajburiyatlarini belgilang.

13.  0 ‘zbekiston  Respublikasida  inson  va  fuqarolarning  huquq, 

erkinlik  va  burchlarning  Konstitutsiyaviy  tasniflanishi  qaysi 

maqsadlarda va asoslarda belgilanishi mumkin?

14.  0 ‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining bir qator modda- 

larida fuqarolarning shaxsiy huquq va erkinliklari mustahkam­

langan. Bu qaysi qonunlar asosida kafolatlanishi ta’minlanadi?

15.  0 ‘zbekistonda har kim erkinlik va shaxsiy daxlsizlik huquqiga 

ega. Bu so‘zning ma’nosini ochib bering.

16.  Shaxsning aybsizlik prezumpsiyasi 0 ‘zbekiston Konstitutsiyasi­

ning  qaysi  moddasida  mustahkamlangan  va  qaysi  qonunlar 

asosida  amalga oshirilishi  belgilangan?

17.  0 ‘zbekistonda fuqarolarning Konstitutsiyaviy sha’ni va qadr- 

qimmati tavsifmi ifodalab bering.

18.  0 ‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining moddalari qaysi 

qonunlar asosida qo‘riqlanishi mustahkamlangan?

19.  0 ‘zbekiston  fuqarolarining  k o ‘chib  yurish  huquqi  qaysi 

Konstitutsiyaviy huquq turiga kiradi?

20.  0 ‘zbekiston  Respublikasi  fuqarolarining  chet  elga  chiqish  va 

kirish huquqlari qaysi hujjatda belgilangan?

21.  0 ‘zbekiston fuqarolarining chet elga chiqishi to‘g‘risidagi qoida- 

larda  alohida  toifadagi  fuqarolarga  chet  elga  chiqishga 

asoslangan cheklashlar o‘rnatilgan. Ichki ishlar organlari qaysi 

toifadagi  shaxslarning  chet  elga  chiqish  huquqini  rad  etishi 

mumkin?


22.  0 ‘zbekiston  Respublikasi  Konstitutsiyasining  29-moddasida 

fuqarolarning fikrlash, so‘z va e’tiqod erkinligi mustahkamlan­

gan.  Bu huquqlarning amal qilish tartibi qaysi qonunlarda o ‘z 

aksini topgan?

23.  0 ‘zbekiston  fuqarolarining  Konstitutsiyaviy-huquqiy  vijdon 

erkinligini tartibga soluvchi me’yorlarni ta’riflab bering.

24.  0 ‘zbekiston  Respublikasi  fuqarolari  kasaba  uyushmalariga, 

siyosiy partiyalar va boshqa jamoat birlashmalariga birlashish



127

hamda  ommaviy  harakatlarda  ishtirok  etishlari  mumkin.  Bu 

esa  fuqarolarning  qaysi  bir  maqsad  va  vazifalarini  amalga 

oshirish huquqini belgilab beradi?

25.  0 ‘zbekiston  fuqarolarining  mulk  huquqlari  qaysi  Konstitu- 

tsiyaviy huquq va erkinliklar shakliga kiradi?

26.  0 ‘zbekiston fuqarolarining meros huquqi qanday huquqiy yo‘l 

bilan  amalga oshiriladi?

27.  0 ‘zbekistonda har bir shaxsning mehnat qilish huquqi, erkin ish 

joyini  tanlash,  adolatli mehnat sharoitlarida ishlash va ishsiz- 

likdan himoyalanish kabi Konstitutsiyaviy huquqlari 0 ‘zbekis- 

ton  Respublikasining  qaysi  qonun  va  kodeksi  bilan  tartibga 

solinadi?

28.  0 ‘zbekiston fuqarolarining Konstitutsiyaviy dam olish huquq­

lari qaysi qonun bilan belgilanadi?

29.  0 ‘zbekiston fuqarolarining Konstitutsiyaviy ijtimoiy ta’minot 

olish huquqi qanday hollarda amalga oshirilishi ta’minlanadi?

30.  0 ‘zbekiston fuqarolarining Konstitutsiyaviy bilim olish huquq­

lari 0 ‘zbekiston Respublikasining qaysi qonuni asosida amalda 

mustahkamlangan?


TO ‘RTIN CH I ВО ‘L IM

JAMIYAT  VA  SHAXS

V I  BOB


О ‘ ZB EK ISTO N D A   JA M IY A T  YA  SH A X S 

M U N O S A B A T L A R IN IN G  

K O N ST IT U T SIY A V IY   A SO SL A R I

l - § .  Jam iyatning  iqtisodiy  asoslari

Jamiyatning iqtisodiy negizlari deganda, jamiyatdagi mavjud 

iqtisodiy hayot, ishlab chiqarish vositalariga nisbatan mulkchilik 

shakllari,  ijtimoiy  y o ‘nalishga  qaratilgan  ishlab  chiqarish 

maqsadi, jamiyatda  ishlab  chiqarilgan  mahsulotlarning  adolat 

prinsipi  asosida  taqsimlanish,  xo‘jalikni  boshqarishda  bozor 

iqtisodiyoti  prinsiplariga  asoslanganlik  tushuniladi.

0 ‘zbekiston Respublikasi o ‘z mustaqilligining dastlabki kun- 

laridanoq, jamiyat'taraqqiyoti uchun muhim sanalgan iqtisodiy 

ijtimoiy sohalarda muhim o ‘zgarishlar va yangiliklarni nazariy 

asoslab,  hayotga  tatbiq  eta  boshladi.  «Jamiyatning  iqtisodiy 

negizlari»  deb  nomlangan  XII  bobda,  Respublikamiz  hayoti- 

ning  iqtisodiy  asoslari  y a’ni  mulkchilik  masalalari,  xo‘jalik 

yuritish  va  tadbirkorlik  faoliyatining  kafolatlari  belgilanib, 

hozirgi  paytda  bozor  m unosabatlarini  rivojlantirish  amalga 

o sh irilayotgan  islo ho tlarn i  ch u q u rlash tirish d a  aham iyati 

beqiyosdir.

0 ‘zbekistonda yashovchi har bir fuqaroning iqtisodiy huquq 

va  erkinliklari  bevosita  Konstitutsiyamizda  o‘z  aksini  topgan. 

Jumladan,  Konstitutsiyaning  36-moddasida  shunday  deyiladi, 

«H ar  bir  shaxs  m ulkdor  b o iish g a  haqli.  Bankka  q o ‘yilgan 

omonatlar  sir  tutilishi  va  meros  huquqi  qonun  bilan  kafolat- 

lanadi».  Demak  ,  har bir inson  dunyoga kelmasdan  turib  ham,


hayotiy  davrida  ham  qonuniy  asosda  o ‘z  mulkiga  ixtiyoriy 

asosda  egalik  qiladilar.  Shunday  holatlar  ham  bo‘ladiki,  bola 

ona  qornidagi  davrida  ham  qonunda  k o ‘rsatilgan  tartibda 

m ulkka  egalik  huquqini  saqlab  qoladi.  Bu  h o lat  tegishli 

qonunchiligimizda  mustahkamlab  q o ‘yilgan.

Mulkka  bo‘lgan  huquq  nafaqat  Konstitutsiyamizda,  balki 

Fuqarolik  Kodeksida56,  «Mulkchilik  to ‘g‘risida»57gi,  «Mulkni 

davlat  tasarrufidan  chiqarish  va  xususiylashtirish  to ‘g‘risida»gi, 

«Tadbirkorlik va tadbirkorlik faoliyatining erkinligi to ‘g‘risida»gi 

qonunlar  va  boshqa  qonun  hujjatlarida  ham  o ‘z  aksini  topgan.

Bozor  munosabatlarini  rivojlantirishga  qaratilgan  0 ‘zbekis- 

ton  iqtisodiyotining  negizini  xilma-xil  shakllardagi  mulk  tashkil 

etadi.  Davlat iste’molchilarning huquqi  ustunligini hisobga olib, 

iqtisodiy  faoliyat,  tadbirkorlik  va  mehnat  qilish  erkinligini, 

barcha mulk shakllarining teng huquqliligini va huquqiy jihatdan 

bab-baravar  muhofaza  etilishini  kafolatlaydi.  Bu  munosabat 

K onstitu tsiyam izn in g  53-m oddasida  o ‘z  aksini  topgan. 

Bilamizki,  mustaqillikdan  oldingi  davrda  barcha  mulk  davlatga 

tegishli  bo‘lgan.  0 ‘zbekiston  mustaqillikka  erishgandan  so‘ng, 

bozor munosabatlariga o‘tish  davrida mulkning xilma-xil shakl- 

lari  joriy  qilina  boshlandi.  Jum ladan,  davlat  o ‘ziga  tegishli 

b o ‘lgan  m ulklarni  asta-sekin  xususiylashtirib,  insonlarning 

xususiy  mulkka  bo‘lgan  huquqlarini  shakllantira  boshladi.

Jamiyatning  iqtisodiy  negizini  asosan  mulkiy  munosabat- 

lar  tashkil  etadi.  Kishilar  tom onidan  yaratilgan  yoki  tabiat 

tomonidan  insonlarga  o ‘ziga  xos  tarzda  taqdim  etilgan  boy- 

liklar  doim   m ulk  b o ‘lib  kelgan.  M ulk  egasi  b o ‘lish  yoki 

bo‘lmasligiga  qarab,  kishilarning jamiyatdagi  mavqei  va  o ‘rni 

bevosita  o ‘lchab  boriladi.

«Eng asosiy ijtimoiy institut bo‘lgan mulkka (asosan, xususiy 

m ulkka)  m u n o sa b a tn in g   o ‘zgarishi,  —  deb  t a ’k idlaydi

I.Karimov,  —  butun  jamiyatni  va  xususan,  iqtisodiy  hayotni 

demokratiyalashning  bosh  bo‘g‘ini  b o ‘ldi.  Jamiyatni  siyosiy, 

iq tisodiy  va  ijtim oiy  yangilash  asosan  yangi  m ulkchilik 

munosabatlari  orqali  o ‘tadi»58.

56  0 ‘zbekiston  Respublikasining  Fuqarolik  kodeksi.  —   Т.:  «Adolat», 

1 996,558-b. 

*

57  0 ‘zbekiston Respublikasining « 0 ‘zbekiston Respublikasida mulkchilik 

to ‘g ‘risida»gi qonuni. (Ovbekiston Oliy Sovetining Vedomostlari,  1990- 

yil,  31-33-son,  371-modda;  1993-yil,  7-may,  48-modda;)

58  Karimov  I.Л.0 ‘zbekiston  buyuk  kelajak  sari.  —   Т.:  «O‘zbekiston»,

1998,  558-559-betlar.

130


M am lakatim izda  bozor  m unosabatlarini  shakllantirish, 

mulkchilik  munosabatlarini  tubdan  qayta  ko‘rib  chiqishga  olib 

keladi. Insonlarning mulkka bo'lgan huquqlarining kengayishiga 

bevosita asos bo‘ladi. Ayniqsa, mulkni xususiylashtirish masalasi 

davlat  oldida turgan muhim  masalalardan  biri bo‘lib  qoldi.  Shu 

sababli  0 ‘zbekiston  Respublikasi  Oliy  Kengashi  1991-yil  19- 

noyabrda  «Davlat  tasarrufidan  chiqarish  va  xususiylashtirish 

t o ‘g ‘risida»  qonun  qabul  qildi.  Bu  qonun  asosida  davlat 

tasarruflda bo'lgan korxona va tashkilotlar endi asta-sekin davlat 

tasarrufidan  chiqarilib,  mulkdorlarga  topshirila  boshlandi.  Bu 

qonun bo‘yicha yer,  yer  osti  boyliklari,  ichki  suv,  havo  havzasi, 

o ‘simlik va hayvonot dunyosi, boshqa tabiiy zaxiralar, madaniyat 

boyliklari va tarixiy boyliklar davlat tasarrufidan chiqarilmaydi. 

Davlat  tasarrufidan  chiqarilmaydigan  va  xususiylashtirilmay- 

digan  korxonalar  va  m ol-m uJklarning 

t

urlari 


0 ‘z b e k is to n  

Respublikasi Vazirlar Mahkamasi taklifiga muvofiq, Oliy Majlis 

palatalari tomonidan  belgilanadi.  Demak,  har qanday mulk har 

doim  ham  xususiylashtirilmas  ekan.

Mamlakatimiz  Oliy  Majlisi  tomonidan  mulkchilik  m uno­

sabatlarini  huquqiy  jihatdan  tartibga  solish  m aqsadida  bir 

qancha  qonunlar  qabul  qilindi.  Bular jumlasiga;  mulkchilik 

to ‘g‘risidagi,  davlat  tasarrufidan  chiqarish va  xususiylashtirish 

to ‘g‘risidagi,  ijara  to ‘g‘risidagi,  davlat  uy-joy  fondini  xususiy­

lashtirish  to ‘g‘risidagi  va  boshqa  qonunlarni  kiritish  mumkin.

M am lakatni  m odernizatsiya  qilish  va  aholiga  munosib 

turmush sharoiti yaratib berish borasida o ‘z oldimizga qo‘ygan 



m a q sa d

  va  vazifajarimiz hamda  mintaqa  va jahon  bozorlarida 

ro ‘y  berayotgan  o ‘zgarishlar,  kuchli talab  va  raqobat  iqtisodiy 

islohotlarni  yanada  chuqurlashtirishni  obyektiv  shart  qilib 

q o ‘ym oqda59.

Hozirgi  rivojlanish  davrida  xususiy  tadbirkorlarga  zarur 

resurslarni  sotib  olish  va  o ‘z  mahsulotini  sotish  uchun  bozor- 

larga chiqish imkoniyatlarini kengaytirish bo‘yicha boshlangan 

ishlarni  davom  ettirish,  birja  va  auksion  savdolari  orqali 

sotilayotgan  tovarlar turi  va hajmini  kengaytirishga qaratilgan 

q a t’iy  chora-tadbirlar  k o ‘rish,  m arkazlashtirilgan  taqsim ot 

tizimiga  qaytishga  b o ‘lgan  har  qanday  urinishlarga  barham  

berish,  ayniqsa,  muhim  ahamiyatga  ega.

Dunyoning rivojlangan mamlakatlarida bo‘lgani kabi bizda 

ham  tekshirishlar  natijalari  b o ‘yicha  moliyaviy  va  m a’muriy

59  Qarang.  « 0 ‘zbekiston  ovozi»  gazetasi,  2005-yil  29-yanvar, 4-bet.

131


jazolar  (misol  uchun,  xo‘jalik  subyekti  faoliyatiga jiddiy  ta ’sir 

ko‘rsatadigan katta miqdorda jarima olish, korxona faoliyatini 

to ‘xtatib  qo‘yish yoki tugatish,  hisob  raqamidan foydalanishni 

taqiqlash  va  hokazolar)ni  faq at  sud  tom onidan  tayinlash 

tizimiga  o‘tish  vaqti  yetdi.

Ish lab   ch iq arish n in g   ja d a l  m o d ern izatsiy a  qilinishi, 

zamonaviy  quvvatlarning  ishga  tushirilishi  iste’mol  bozorini 

sifatli  va  raqobatga  bardoshli  m ahsulotlar  bilan  to ‘ldirish 

imkonini  bermoqda.

0 ‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov mamlakati- 

mizda  amalga  oshirilayotgan  iqtisodiy  jarayonlar,  iqtisodiy 

sohadagi  vazifalar  haqida  to ‘xtalib  quyidagilarni  e’tirof etdi: 

«Ijtimoiy jihatdan  yo‘naltirilgan  bozor  iqtisodiyotini  bosqich- 

ma-bosqich shakllantirish, tadbirkorlikka erkinlik berish, tajriba- 

lar  va  iqtisodiy  yangiliklarni  rag‘batlantirish,  iqtisodiy  omillar 

vositasini ishga solish, tayyorga-ayyorlikni batamom tugatish»ni 

muhim  masalalardan  ekanligini  ta ’kidlab  o ‘tgan  edi.

2-§.  M ulk  va  uning  shakllari

M ulk-ishlab chiqarishning zarur sharti va ishlab chiqarilgan 

boyliklarning  o ‘zlashtirilishi  natijasi  hisoblanadi.  Insonlar 

buyumlarni,  ne’m atlarni  o ‘ziniki  qilib  olgandagina  o ‘zlash- 

tirishlari mumkin,  chunki jamiyatda o ‘zganiki bo‘lgan ne’m at­

larni  o ‘zlashtirib  b o ‘lmaydi.  H ar  bir  shaxs  mulkdor  b o ‘lish 

huquqiga ega bo‘lib,o‘z mulkidan ixtiyoriy ravishda va istalgan 

vaqtda foydalanadi.  Mulk sohibi o ‘z mulkiga mustaqil  tayanib 

ish  ko‘radi.

Mulk ishlab chiqarish vositalari va ishlab chiqarilgan mahsulot- 

larni  egallash,  foydalanish  va  ularni  tasarruf  etish  sohasida 

bo‘ladigan ijtimoiy munosabatlarning majmui sifatida ta’riflanishi 

ham  mumkin.  Jamiyatning  iqtisodiy  mustaqilligini  ta ’minlash 

mamlakatimizda  bozor  munosabatlarini  shakllantirish  bilan 

chambarchas  bog‘liq  b o iib ,  zero,  hech  q^ysi  bir  mamlakatni 

mulkchilik  munosabatlarisiz  tasaw ur  qilib  bo‘lmaydi.  0 ‘zbekis- 

ton  Respublikasi  M ulkchilik  to ‘g ‘risidagi  qonuniga  k o ‘ra, 

mulkdor  o ‘ziga  tegishli  mol-mulkka  o ‘z  ixtiyoriga  ko‘ra  egalik 

qiladi,  undan  foydalanadi  va  uni  tasarruf etadi.  Bunga  asosan 

mulkdor  o‘z  mulkiga  bo‘lgan  huquqlarini  ixtiyoriy  ravishda  o‘z 

xohishiga  k o ‘ra  amalga  oshiradi.  M ulkdorning  o ‘z  xohishi 

deyilganda,  uning  o‘z  erki,  irodasi  bilan  o‘zining,  shuningdek, 

boshqalarning  yoki  ijtimoiy  manfaatlarini  k o ‘zlab  birovning 

tazyiqisiz,  zo‘rlashsiz  harakat  qilishi  nazarda  tutiladi.



132

Mamlakatimizda  kichik  va  o ‘rta  biznes,  xususiy  tadbirkor- 

lik  yetakchi  rol  o ‘ynaydigan  k o ‘p  ukladli  iqtisodiyot  jadal 

shakllanmoqda.  Kichik  biznesni  rivojlantirishni  rag ‘batlan- 

tirishga  qaratilgan  chora-tadbirlar,  tadbirkorlarning  huquq  va 

manfaatlarini  himoya  qilish  bo‘yicha  samarali  mexanizmning 

amalda joriy  etilgani  iqtisodiyotimizda  katta  ahamiyatga  ega 

bo‘lgan xususiy tarmoqni yanada rivojlantirish va mustahkam- 

lash  imkonini  berdi60.

0 ‘zb ek isto n   R esp ub lik asi  «M ulkchilik  t o ‘g ‘risida»gi 

qonuniga  ko‘ra,  mulkdor  o ‘ziga  tegishli  bo‘lgan  mulkka  ega- 

lik  qiladi,  foydalanadi  hamda  tasarruf etadi.

Mulkni egallash huquqi 

-  mulkni  qo‘lda yoki  unga nisbatan 

o ‘z huquqlarini amalga oshirishda imkon beruvchi biron joyda 

saqlab turishga aytiladi.  Birovning o‘g‘irlatgan yoki yo‘qotgan 

mulkini  q o id a   saqlash  qonunsiz  egallash  deb  aytiladi.

Mulkdan  foydalanish huquqi 

— mulkning foydali  xususiyat- 

larini  olish  m ulkdan  iqtisodiy  m aqsadlarda  foydalanishdir. 

Mulkdan foydalanish huquqi mulkka egalik qilish huquqi bilan 

uzviy  ravishda  bogiiqdir.  Negaki  mulkka  egalik  qilmay  turib, 

undan foydalanib boim aydi.  Y a’ni xalq ta’biri bilan aytganda, 

y o ‘q  n arsad an   bor  qilib  b o ‘lm aydi.  0 ‘zganing  m ulkidan 

kelishuvsiz,  qonunda  k o ‘rsatilm agan  tartib da  foydalanilsa, 

noqonuniy  foydalanish  deb  topiladi.

M ulkni  tasarruf  etish  huquqi  deb 

m u lk ning   ta q d irin i 

belgilashga,  mulk  yuzasidan  boshqa  shaxslar  bilan  bo‘ladigan 

huquqiy munosabatni belgilash, o ‘zgartirish yoki bekor qilishga 

qaratilgan  huquqqa  aytiladi.  Agar  shaxs  qonuniy  ravishda 

•tasarruf etgan  b o ‘Isa,  boshqa  shaxslar  bilan  mulk  yuzasidan 

bitimlar, shartnomalar, shuningdek, mulkni sotish, hadya qilish, 

ijaraga  q o ‘yishi  mumkin.

In so n   h u q u q la ri  U m u m jaho n   d e k la ra tsiy a sin in g   17- 

moddasida  ko‘rsatilishicha:  «Har  bir  inson  yakka  holda,  shu­

ningdek,  boshqalar  bilan  birgalikda  m ulkka  egalik  qilish 

huquqiga  ega.  Hech  kim  z o ‘ravonlik  bilan  o ‘z  m ulkidan 

mahrum  etilishi  mumkin  emas».

Mulkdorlar o ‘zlariga tegishli bo‘lgan mol-mulkdan  qonunga 

zid  holda  foydalanishga,  birovlarning  mulkiy  huquqlarini 

kamsitishlariga  yo‘l  qo‘yilmaydi.  Oddiy  misol  qilib,  agar  shaxs 

biron-bir  ko‘p  qavatli  uy  qurmoqchi  bo‘lsa,  albatta,  qo‘shnisi-



Download 8.86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   40




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling