R e s p u b L i k a s I k o n s t I t u t s I y a s I n I


  K arim ov  I.A .  Isloh otlar  strategiyasi  -m a m la k a tim iz  iq tisod iy


Download 8.86 Mb.
Pdf ko'rish
bet16/40
Sana21.03.2020
Hajmi8.86 Mb.
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   40

60  K arim ov  I.A .  Isloh otlar  strategiyasi  -m a m la k a tim iz  iq tisod iy 

salohiyatini  yuksaltirishdir.  —  Т.:  « 0 ‘zbekiston»,  2003,  6-bet.

133

ning  roziligini  olib,  keyingina  uy  qurishligi  mumkin.  Agar 

o ‘zboshimchalik  bilan  bu  harakatni  amalga  oshirsa,  tegishli 

tartibda harakati  asossiz deb topiladi.  0 ‘zbekiston Respublikasi 

Konstitutsiyasining  54-moddasida  shunday  deyiladi:  «Mulkdor 

mulkdan  foydalanishda  ekologik  muhitga  zarar  yetkazmasligi, 

fuqarolar,  yuridik  shaxslar  va  davlatning  huquqlarini  hamda 

qonun  bilan  qo‘riqlanadigan  manfaatlarini  buzmasligi  shart».

Fuqarolik  Kodeksining  192-moddasiga  k o ‘ra,  yo‘qolgan 

ashyoni  topib  olgan  shaxs  bu  haqda  uni  yo‘qotgan  shaxsni 

yoki ashyo egasini yoxud uni  olish huquqiga ega bo‘lgan o ‘zga 

m a’lum  shaxslardan  birontasini  darhol  xabardor  etishi  hamda 

topilgan  ashyoni  shu  shaxsga  topshirishi  shart.

Fuqarolik  Kodeksining  193-moddasiga  asosan,  agar  olti  oy 

mobaynida topilmaning egasi aniqlanmasa, ashyoni topib olgan 

shaxs  unga  egalik  huquqini  q o ‘lga  kiritadi.

Mulk shakli deganda moddiy ne’matlarni muayyan subyekt- 

larga  tegishli  bo‘lishini  mustahkamlovchi  va  tegishli  mulkning 

huquqiy  rejimini  belgilovchi  huquqiy  me’yorlar  yig‘indisidan 

iborat61.

0 ‘zbekiston  Respublikasi FK  ning  167-moddasida quyidagi 

mulk  shakllari  mavjud:

1.  Xususiy  mulk.

2.  Ommaviy  mulk.

Shu  bilan  birga  xususiy  m ulk  ham   bir  necha  tu rlarg a 

bo‘linadi:  a)  yakka  shaxsga  tegishli  mulk;  b)nodavlat  yuridik 

shaxslar  mulki.  Ommaviy  mulk  esa:  a)  0 ‘zbekiston  Respub­

likasi  mulki;  b)  m a’muriy  tuzilmalar  mulki  (munitsipal  mulk).

0 ‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 53-moddasiga 

muvofiq,  xususiy  mulk  boshqa  mulk  shakllari  kabi  daxlsiz  va 

davlat himoyasidadir. Mulkdor faqat qonunda nazarda tutilgan 

hollarda  va  tartibdagina  mulkidan  mahrum  etilishi  mumkin. 

Demak,  davlat  barcha  mulk  shakllarini  himoyalaydi,  ularga 

keng  im koniyatlar  yaratib  beradi.  Agar  m ulkdor  qonundan 

chetga chiqqan holda faoliyat olib borsa, o ‘ziga tegishli bo‘lgan 

m ulkdan  m ahrum   b o ‘lishi  mumkin.  F uqaro  mulki  xususiy 

mulkning  o ‘ziga  xos  k o ‘rinishi  b o ‘lib,  mulkning  boshqa  tur- 

lariga  nisbatan  quyidagi  afzalliklariga  ega:

1.  M ulkdor  har  doim  aniq  shaxs  b o ‘ladi;

2.  M ulkdor  mulkka  nisbatan  eng  yaqin  b o ‘ladi;



61  Qarang. O'zbekiston Respublikasi Fuqarolik huquqi. —  Т.: «Adolat», 

1996,  146-bet

134

3. 

Bunday  mulk  tashm achilik,  o ‘g ‘rilik,  x o ‘jasizlikning 

qurboni  bo‘lish  ehtimolidan  uzoq  b o ‘ladi.

0 ‘zbekiston  Respublikasi  F K   ning  209-moddasiga  asosan 

xususiy  mulkning  subyektlariga  quyidagilar  kiradi:

— Uy-joylar,  xonadonlar,  dala  hovlilar,  ekinlar,  hayvon  va 

parrandalar,  uy-ro‘zg‘or  buyumlari;

— Aksiyalar,  obligatsiyalar va  boshqa  qimmatbaho  qog‘ozlar;

— Ishlab chiqarish, xizmat ko‘rsatish, savdo va boshqa xo‘ja- 

lik  faoliyati  sohasidagi  korxonalar,  mulkiy  komplekslar,  bino- 

lar,  inshootlar,  uskuna,  transport  va  boshqa  ishlab  chiqarish 

vositalari;

—  Ixtirolar,  seleksiya  yutuqlari,  sanoat  nam unalari  va 

intellektual  faoliyatning  boshqa  natijalari;

— Iste’mol  qilishga va ishlab chiqarishga m o‘ljallangan har 

qanday  boshqa  mol-mulk  qonunlarga  muvofiq  xususiy  mulk 

bo‘lishi  mumkin,  ayrim  mol-mulk  turlari  bundan  mustasno.

0 ‘zbekiston  Respublikasida  ommaviy  mulkning  xususiy 

mulk  singari  bir  qancha  turlari  mavjud.  Bular:

a)  0 ‘zbekiston  Respublikasi  mulki;

b)  M a’muriy-hududiy  tuzilmalar mulki  (  munitsipal  mulk).

0 ‘zbekiston  R espublikasi  m ulkiga  quyidagilar  kiradi:

davlatga tegishli bo‘lgan mol-mulk, yer, yer osti boyliklari, suv, 

havo  bo‘shlig‘i,  o ‘simlik  va  hayvonot  dunyosi  hamda  boshqa 

tabiiy  boyliklar.

0 ‘zbekiston  Respublikasi  m a ’m uriy-hududiy  tuzilm alar 

mulkiga  esa  quyidagilar  kiradi:  mahalliy  budjet  m ablagiari, 

munitsipal  uy-joy  fondi  va  kommunal  xo‘jalik  korxonalar  va 

boshqa  mulkiy  majmualar,  xalq  ta ’limi,  madaniyat,  sog‘liqni 

saqlash muassasalari.

0 ‘zbekiston  Respublikasida  yuridik  shaxslarning  mulk  tur­

lari quyidagicha turlanadi: a) mahalla mulki; b) ijara korxonasi- 

ning  mulki;  d)  xo‘jalik  shirkati  mulki;  e)  diniy  tashkilotlar- 

ning  mulki;  f)  jam oat  birlashmalarining  mulki.



C h et  e l fu q a r o la r ig a   0 ‘z b e k is to n   R e sp u b lik a si  h u du didagi 

m u lk la rig a   e g a lik   qilish   huquqi  beriladi.  D a v la t  bu  m ulkning 

d a x lsizlig in i  va  boshqa  d a vla tla rg a   erkin  о ‘tkazilish in i  k a fo la t­

laydi.  О ‘zbekiston  iqtisodiyotiga chet el investitsiyalarin ijalb qilish 

borasida  am alga  osh irilayotgan   keng  m iq iyo sd a g i  islohotlar  shu 

k a fo la tla r  m avju d ekanligidan  kelib  chiqib  olib  borilm oqda62.

62  0 ‘zbekiston  Respublikasi  Prezidenti  I.A.  K arim ovning  iqtisodiy

islohotlar va  investitsiyalar  b o‘yicha  idoralararo muvofiqlahstiruvchi

kengashda  so'zlagan  nutqi //  «Xalq  so ‘zi»  gazetasi,  2000-yil,  2-fevral

135


3-§.  Jam oat  birlashmalari  tushunchasi  va  tizimi

0 ‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 56-moddasiga 

asosan  kasaba  uyushmalar,  olimlarning jamiyatlari,  xotin-qiz- 

lar,  faxriylar  va  yoshlar  tash k ilo tlari,  ijodiy  uyushm alar, 

ommaviy  h arakatlar  va  fuqarolarning  boshqa  uyushmalari 

jam oat  birlashmasi  sifatida  e’tirof etilgan.

0 ‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi jam oat birlashma- 

lariga o ‘z ustavlarida nazarda tutilgan asosiy maqsad va vazifa- 

larni  bajarish  imkonini  kafolatlaydi.  Bu  kafolat  fuqarolarning 

ixtiyoriy  uyushishga  b o ig a n   huquqlarini  ro ‘yobga  chiqarish 

uchun  huquqiy  asos  bo‘lib  xizmat  qiladi.

0 ‘zbekiston  R espublikasida  ja m o a t  b irlashm alarining 

huquqiy  asosi  yaratilgan-  Konstitutsiyaning  XIII  bobi  hamda 

fuqarolarning jamiyat  va  davlatni  boshqarishda  ishtirok  etish 

(32-modda), kasaba uyushmalariga, siyosiy partiyalarga, jamoat 

birlashmalariga  uyushish,  ommaviy  harakatlarda  qatnashish 

(34-modda)  huquqi  kafolatlangan.

0 ‘zbekiston  Respublikasining  1991-yil  15-fevralda  qabul 

qilingan  « 0 ‘zbekiston  Respublikasida  jam oat  birlashmalari 

t o ‘g ‘risida»gi  Q onunida  ja m o a t  birlashm asi  tushunchasi, 

maqsadi,  shakllari,  faoliyat  doirasi  va  huquqlari,  maqomi  va 

ro ‘yxatga  olinishi  kabi  normalar  o ‘z  ifodasini  topgan.

0 ‘z  huquqlari,  erkinliklarini  ham da  siyosat,  iqtisodiyot, 

ijtimoiy  rivojlanish,  fan,  madaniyat,  ekologiya  va  hayotning 

boshqa sohalaridagi qonuniy manfaatlarini birgalikda ro ‘yobga 

chiqarish  uchun  birlashgan  fuqarolarning  xohish-irodalarini 

erkin  bildirishlari  natijasida  vujudga  kelgan  ixtiyoriy  tuzilma 

jam oat  birlashmasi  hisoblanadi.

Jam oat birlashmalari ustavda belgilangan maqsad va vazifa- 

larni amalga oshirish uchun tashkil etiladi.  «Jamoat birlashma­

lari  to ‘g‘risida»gi  Qonunning  3-moddasiga  k o ‘ra,  «Jam oat 

birlashmalari  fuqarolik,  siyosiy,  iqtisodiy,  ijtimoiy va madaniy 

huquqlar  ham da  erkinliklarni  ro ‘yobga  chiqarish  va  himoya 

qilish,  fuqarolarning  faolligi  va  tashabbuskorligini,  davlat  va 

ja m iy at  ishlarini  b o sh q arish d a  u larn in g  ish tiro k   etishini 

rivojlantirish  va  havaskorlik  qiziqishlarini  qondirish;  ilmiy, 

texnikaviy va badiiy ijodkorlikni rivojlantirish;  aholining sihat- 

salomatligini saqlash, xayriya faoliyatida qatnashish; madaniy- 

m a ’rifiy,  fiz k u ltu ra -s o g ‘lo m lash tirish   va  sp o rt  ish larin i 

o ‘tkazish; tabiatni, tarix va madaniyat yodgorliklarni muhofaza 

qilish;  vatanparvarlik  va  insonparvarlik  tarbiyasi;  Respublika-

136


lararo  va  xalqaro  aloqalarni  kengaytirish,  xalqlar  o ‘rtasida 

tinchlik va do‘stlikni mustahkamlash;  qonunda taqiqlanmagan 

boshqa  faoliyatni  amalga  oshirish  maqsadida  tuziladi».

Jamoat birlashmasi deganda uning mohiyatiga e’tibor berish 

kerak bo‘ladi.  Jamoat bMashmasi biron-bir shaxsni yoki oilani 

yoxud  ayrim   g u ru h la rn in g   shaxsiy  foyda  olish  istagini 

ifodalamaydi.  Jamoat  birlashmalari  odatda  g‘oya,  iroda  bilan 

h arak a tg a  keladi,  u larning  yagona  m aqsadi  —  jam iyatni 

takomillashtirish.  U lar  o ‘z  oldiga  nazorat  qilish  yoki  foyda 

olish  vazifasini  q o ‘ym aydi,  balki  ular  jam iy atni  m ukam - 

mallashtirish  yo‘nalishi  va  istagida  faoliyat  yuritadi.  Demak, 

jam o at  birlashm alari  fuqarolarga  o ‘zlariga-o‘zlari  yordam  

berishlari,  o ‘z  hayotlarini  jam iyatni  takomillashtirish  orqali 

yaxshilashlari  imkonini  beradi.

Jam oat  birlashm alari  o ‘z  a ’zolarining  ixtiyoriyligi,  teng 

huquqliligi,  o ‘zini-o‘zi  boshqarish,  qonuniylik  va  oshkoralik 

tamoyillari  asosida  tuziladi  va  faoliyat  k o ‘rsatadi.

Jam oat  birlashmalari  o ‘zlarining  ustav  faoliyatiga  hamda 

tashkiliy-huquqiy  maqomiga  ko‘ra  uchta  turga  bo‘linadi:

1.  Xalqaro  miqyosdagi jam oat  birlashmasi;

2.  Respublika  miqyosdagi jam oat  birlashmasi;

3.  Mahalliy  miqyosdagi jam oat  birlashmasi.



Xalqaro  jamoat  birlashmalari 

deyilganda  o ‘z  ustaviga  va 

0 ‘zbekiston  Respublikasining  qonun  hujjatlariga  muvofiq 

0 ‘zbekiston  hududida  hamda  bitta  yoki  undan  k o ‘proq  chet 

el davlati hududida faoliyat olib borishi mumkin bo‘lgan jamoat 

birlashmalari  tushuniladi.

Chet elda tuzilgan va faoliyat k o ‘rsatayotgan xalqaro jam oat 

b irlash m asin in g   0 ‘z b ek isto n   R esp u b lik asi  h u d u d id ag i 

v ak olatxona  yoki  filiali  ham   xalqaro  ja m o a t  birlashm asi 

hisoblanadi.



Respublika jamoat  birlashmalariga 

o ‘z ustavida  belgilangan 

m aqsad  va  vazifalarini  b u tu n   0 ‘zbekiston  R espublikasi 

hududida  amalga  oshiradigan jam oat  birlashmalari  kiradi.



M ahalliy  jamoat  birlashm alari  deyilganda 

u stav larid a 

belgilangan  maqsad  va  vazifalarni  butun  viloyat  hududida, 

Toshkent  shahrida  esa  shahar  hududida  amalga  oshiradigan 

jam oat  birlashmalari  deyiladi.

Tum an  (shahar)  hududida  faoliyat  k o ‘rsatadigan  jam oat 

birlashmalari  tuman  (shahar) jam oat  birlashmalari  deyiladi.

Zaruriyat  b o ‘lgan  hollarda  viloyatlararo  va  tum anlararo 

jam oat  tashkilotlari  tuzilishi  mumkin.

137  -


X alqaro,  R espublika  ham da  viloyatlararo  m aqom dagi 

jam oat  birlashm alarining  ustavi  0 ‘zbekiston  Respublikasi 

Adliya  vazirligi  tomonidan  ro ‘yxatdan  o ‘tkaziladi.

Mahalliy  miqyosda  faoliyatini  amalga  oshiradigan  jamoat 

birlashmalarining ustavlari esa tegishli ravishda Toshkent shahar 

yoki  viloyatlar  adliya  boshqarmalari  tom onidan  ro ‘yxatdan 

o ‘tkaziladi.

Jamoat  birlashmalarining  ustavlari  ro ‘yxatdan  o ‘tkazilgan 

kundan  boshlab,  o ‘z  faoliyatlarini  amalga  oshirish  vakolatiga 

ega  b o iad ilar  hamda  yuridik  shaxs  deb  e’tirof etiladilar.

Jam oat  birlashm alari  Q onunda  belgilangan  hollarda  va 

tartibda:

—  D avlat  hokim iyati  va  boshqaruv  idoralarini  tuzishda 

qatnashadi;

— Davlat hokimiyati va boshqaruv idoralarining qarorlarini 

tayyorlashda  ishtirok  etadi;

—  Davlat  va jam oat  idoralarida  o ‘z  a ’zolari  (qatnashchi- 

lari)  nomidan  ish  yuritadi  va  ularning  qonuniy  manfaatlarini 

himoya  qiladi.

«Jamoat birlashmalari to ‘g‘risida»gi Qonunga asosan jamoat 

birlashmasi  kam ida  o ‘n  nafar  fuqaroning  tashabbusi  bilan 

tuziladi.  Jam oat  birlashmasini  tuzish  tashabbuskorlari  ta’sis 

syezdi (konferensiyasi)ni yoki umumiy yig‘ilishini chaqirib, unda 

ustav  qabul  qilinadi  va  rahbar  organ  idoralari  tuziladi.

Jam oat  birlashm alari  qonunlarda  belgilab  q o ‘yiladigan 

tartibda  ishlab  chiqarish  va  o ‘zga  tadbirkorlik  faoliyati  bilan 

shug‘ullanadilar hamda faqat o ‘z ustavidagi vazifalarni bajarish 

maqsadida  yuridik  shaxs  maqomiga  ega  bo ‘lgan  korxonalar 

xo‘jalik  hisobidagi  tashkilotlarni  tuzishga  haqlidirlar.

J a m o a t  b irla sh m a la rin in g   ish lab  ch iq arish   va  o ‘zga 

tadbirkorlik  faoliyatidan  olingan  darom adlar  faqat  ustavda 

k o ‘rsatilgan  vazifalarni  bajarish  uchun  foydalaniladi.  Jamoat 

b irlash m alarinin g   m ulki  qonun  bilan  m uhofaza  qilinadi. 

Jam oat birlashmalari ommaviy axborot vositalarini ta ’sis etish- 

lari  ham da  amaldagi  m atbuot  va  boshqa  ommaviy  axborot 

vositalari  to ‘g‘risidagi  qonunlarga  muvoflq  noshirlik  faoliyati 

bilan  ham  shug‘ullanishlari  mumkin.

K onstitutsiyaning  62-moddasida  belgilangan  norm adan 

kelib  chiqib,  jam oat  birlashmalari  faoliyatini  tugatish  uning 

yuqori organi qarori bilan yoki sud tartibida amalga oshiriladi.

Jam oat  birlashmasi  tomonidan  amaldagi  qonun  hujjatlari 

buzilgan,  shuningdek,  ustav maqsadlariga zid  harakatlar sodir



138

etilgan  taqdirda  prokuratura  yoki  adliya  organlari  tomonidan 

ularning  rahbar  organlariga  taqdimnom a  kiritiladi.  Agar  bu 

harakatlar  belgilangan  m uddatda  bartaraf etilmasa,  prokura­

tura  yoki  adliya  organlarining  taqdimnomasi  asosida  tegishli 

sud  qarori  bilan  tugatiladi.

Jam oat  birlashmasining  faoliyati  u  0 ‘zbekiston  Respub­

likasi  Konstitutsiyasi  va  qonun  hujjatlarini  buzgan  taqdirda 

sud  tomonidan  to ‘xtatib  qo‘yilishi  mumkin.

K asaba  uyushmalari  ham  jam oat  birlashmalari  tarkibiga 

kirib,  ularning  huquqiy  holati  0 ‘zbekiston  Respublikasining 

1992-yil  2-iyulda  qabul  qilingan  «Kasaba  uyushmalari,  ular­

ning  h u q uqlari  va  faoliyatining  k afo latlari  to ‘g ‘risida»gi 

Qonuni  bilan  tartibga  solinadi.

Ushbu  qonun  talabiga  ko‘ra,  «Kasaba  uyushmasi  ko‘ngilli 

jam oat  tashkiloti  b o ‘lib  ham  ishlab  chiqarish,  ham  noishlab 

chiqarish  sohalaridagi  faoliyat  turiga  qarab,  o ‘z  a ’zolarining 

mehnat  va  ijtimoiy-iqtisodiy  huquqlarini  hamda  manfaatlarini 

himoya  qilish  uchun  mushtarak  manfaatlar  bilan  bog‘langan 

mehnatkashlarni  birlashtiradi».

Konstitutsiyaning  59-moddasiga  ko‘ra  kasaba  uyushmalari 

ijtimoiy-iqtisodiy  huquqlarini  va  manfaatlarini  ifoda  etadilar 

va  him oya  qiladilar.  K asab a  tash k ilo tlarig a  a ’zo  b o 'lish  

ixtiyoriydir,  deb  belgilangan.

Fuqarolarning  mehnat  va  dam  olish  huquqlari,  sog‘liqni 

saqlash,  uy-joy  va  turm ush  darajalarini  yaxshilash  ham da 

him oya  qilish  sohasida  0 ‘zbekiston  K asaba  uyushm alari 

federatsiyasi kengashi va uning tarkibidagi turli tarmoq kasaba 

uyushmalari  ahamiyati  alohidadir.

K asaba  uyushm alarining  am aldagi  qonunlarni  bajarish 

faoliyatini  nazorat  etish  p ro k u ratu ra  ofganlari  tom onidan 

amalga oshiriladi. 0 ‘z ustavlarida ko‘rsatilgan maqsad va vazifa- 

laming bajarilishi esa adliya organlari tomonidan nazorat qilinadi.

Siyosiy  partiyalar  Konstitutsiyaning  60-moddasiga  asosan 

turli  tabaqa  va  guruhlarning  siyosiy  irodasini  ifodalaydilar  va 

o ‘zlarining  dem okratik  yo‘l  bilan  saylab  qo ‘yilgan  vakillari 

orqali  davlat  hokim iyatini  tuzishda  ishtirok  etadilar,  deb 

belgilangan.

K onstitutsion  normaga  asosan  jam iyatda  tub  m a’nodagi 

ko‘ppartiyaviylikni  shakllantirish  uchun  1996-yil  26-dekabrda 

«Siyosiy  partiyalar  to ‘g‘risida»gi  qonun  qabul  qilindi.

Mazkur  Qonunning  1-moddasiga  asosan,  «Siyosiy  partiya

— qarashlari,  qiziqishlari va maqsadlari mushtarakligi asosida



139’

tuzilgan,  jam iyat  m uayyan  qism ining  davlat  hokim iyatini 

shakllantirishdan iborat  siyosiy  irodasini  ro ‘yobga chiqarishga 

intiluvchi  hamda  o ‘z vakillari  orqali  davlat  va jam oat  ishlarini 

idora  etishda  qatnashuvchi  0 ‘zbekiston  Respublikasi  fuqaro­

larining  k o ‘ngilli  birlashmasidir».

Siyosiy  partiyalar  to ‘g‘risidagi  ushbu  qonunda,  siyosiy 

partiyalarni  tuzish  va  ularning  faoliyat  ko‘rsatish  prinsiplari, 

ular  faoliyatining  kafolatlari,  ularni  tuzish  tartibi,  nizomi, 

ro ‘yxatga  olish,  faoliyatini  to ‘xtatish  tartibi,  ularning  huquq­

lari,  vakillik  organlaridagi  partiya  fraksiyalari,  guruhlarining 

maqsadi,  vazifalari  to ‘liq  ko‘rsatib  berilgan.

Siyosiy partiyalarning davlat organlari va mansabdor shaxs­

larning  faoliyatiga  aralashuviga  yo‘l  qo‘yilmaydi.

Siyosiy  partiyalar  tashkilotlarining  tadbirlari  asosan  ular 

a ’zolarining  ishdan  tashqari  vaqtida  va  ana  shu  partiyalar 

m ablag‘i  hisobidan  amalga  oshiriladi.

Siyosiy  partiyani  tuzish  uchun  kamida  sakkizta  hududiy 

subyekt  (viloyat)da,  shu jumladan,  Qoraqalpog‘iston  Respub­

likasi  va  Toshkent  shahrida  yashayotgan  ham da  partiyaga 

birlashish  istagida  bo'lgan  kamida  yigirma  ming  fuqaroning 

imzosi  bo'lishi  talab  etiladi.

Siyosiy partiyalar 0 ‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi 

tom onidan  ro ‘yxatga  olinadi.

Agar  siyosiy  partiyaning  ustavi,  maqsadlari,  vazifalari  va 

faoliyat  uslubi  0 ‘zbekiston  Respublikasi  Konstitutsiyasiga, 

ushbu  Qonunga  hamda  boshqa  qonun  hujjatlariga  zid  b o is a  

yoki  oldinroq  xuddi  shunday  nomdagi  siyosiy  partiya  yoki 

jam oatchilik  harakati  ro ‘yxatga  olingan  b o ‘lsa,  bu  partiya 

ro ‘yxatga  olinmaydi.

Siyosiy  partiyalar  quyidagi  huquqlarga  egadirlar:

—  O 'z  faoliyati  to ‘g‘risidagi  axborotni  erkin  tarqatish,  o ‘z 

g‘oyalari,  maqsadlari  va  qarorlarini  targ‘ib  qilish;

—  Saylab  q o ‘yiladigan  davlat  organlaridagi  o ‘z  vakillari 

orqali  tegishli  qarorlarni  tayyorlashda  ishtirok  etish;

—  Q o n u n d a  belgilab  q o ‘yilgan  ta rtib d a   0 ‘zbekiston 

Respublikasi  Pfezidenti,  davlat  hokimiyati  organlari  saylov- 

larida  ishtirok  etish;

—  Partiya  faoliyati  bilan  bog‘liq  yig‘ilishlar,  konferensiya- 

lar  va  boshqa  tadbirlarni  o ‘tkazish;

—  Qonun  hujjatlarida  nazarda  tutilgan  tartibda  ommaviy 

axborot  vositalari  ta ’sis  etish  va  boshqa  ommaviy  axborot 

vositalaridan  foydalanish.



140

0 ‘zbekiston  Respublikasi  Oliy  Majlisidagi  siyosiy  partiya­

lar  fraksiyalari  siyosiy  p artiy alar  tom onidan  k o ‘rsatilgan 

deputatlarjiing  ta ’sis  yig'ilishida  o ‘z  partiyasining  siyosatini 

uyushqoqlik  bilan  o'tkazish  uchun  tuziladi.

Q oraqalpog‘iston  Respublikasi  Jo ‘qorg‘i  Kengesi  hamda 

davlat  hokim iyati  m ahalliy  vakillik  organlaridagi  partiya 

guruhlari  siyosiy  partiyalar  tomonidan  ko‘rsatilgan  deputatlar 

ta ’sis  yig‘ilishlarida  o ‘z  partiyasining  siyosatini  uyushqoqlik 

bilan o ‘tkazish uchun tuziladi. Partiya guruhlari partiya guruhi- 

ning rahbari bergan ariza yoki ta ’sis hujjatlariga asosan tegishli 

ravishda  Q oraqalpog‘iston  Respublika'si  J o ‘qorg‘i  Kengesi 

h am da  d av lat  hokim iyati  m ahalliy  o rg an lari  to m onidan 

ro ‘yxatga  olinadi.

0 ‘zbekiston  Respublikasi  Adliya  vazirligi  siyosiy  partiya- 

larning  faoliyati  0 ‘zbekiston  Respublikasi  Konstitutsiyasiga, 

qonun  hujjatlariga  va  o ‘z  ustavlariga  muvofiqligini  nazorat 

qiladi.

0 ‘zbekiston  Respublikasida  bugunga  kunda  keng  ijtimoiy 



guruhlarning manfaatlarini  ifodalash va himoya qilishga qodir 

bo‘lgan  beshta  siyosiy  partiya  faoliyat  ko‘rsatib  kelmoqda:

—  0 ‘zbekiston  Xalq  Demokratik  partiyasi  (XDP);

—  «Adolat»  sotsial-demokratik  partiyasi;

—  0 ‘zbekiston  «Milliy  tiklanish»  demokratik

partiyasi;

—  0 ‘zbekiston  «Fidokorlar»  milliy  demokratik

partiyasi;

— Tadbirkorlar va  ishbilarmonlar  harakati —  0 ‘zbekiston 

liberal  demokratik  partiyasi.

0 ‘zbekistonda  tashkil  topgan  ushbu  siyosiy  p artiy alar 

ijtimoiy  taraqqiyot,  voqealar  rivojlanishi  jarayonida  vujudga 

kelgan  ijtimoiy-siyosiy  tashkilotdirlar.

0 ‘zb ek isto n d a  d inning  ja m iy a td a   tu tg a n   o ‘rni  uning 

konstitutsion maqomi bilan belgilangan. 0 ‘zbekiston Konstitu­

tsiyasiga  muvofiq,  barcha  fuqarolar  millatidan,  irqidan,  diniy 

e’tiqodidan  q at’i  nazar  vijdon  erkinligi  kafolatlangan.

4-§.  Jam iyatda  oilaning  о ‘m i  va  uning  huquqiy 

him oyalanganligi

0 ‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 63-moddasiga 

muvofiq, «Oila — jamiyatning asosiy bo‘g‘inidir hamda jamiyat 

va  davlat  muhofazasida  bo‘lish  huquqiga  ega»  deb  ko‘rsatib



141

o ‘tilgan.  Albatta,  jamiyatning  paydo  b oiishid a  oilaning  roli 

beqiyosdir.  Oilaning  shakllanishi  va  rivojlanishi,  jamiyatning 

rivojlanishiga  ham   k a tta   t a ’sir  k o ‘rsatd i.  D av lat  doimiy 

ravishda  oila  manfaatlarini  barcha  jabhalarda  himoya  qilib, 

ularga  keng  imkoniyatlar  yaratib  beradi.

1991-yil mustaqillikka erishganimizdan so‘ng, davlat oilaviy 

munosabatlari sohasida tub islohotlar amalga oshirila boshladi. 

Jum ladan,  1992-yilda  0 ‘zbekiston  Respublikasi  Prezidenti 

farmoni  bilan  tashkil  qilingan  «Mahalla  xayriya jam g‘armasi» 

kam ta ’minlangan oilalarga, boquvchisini yo‘qotgan shaxslarga 

moddiy jihatdan katta  yordam ko‘rsatdi va ularga  keng shart- 

sharoitlar  yaratdi.  1993-yil  4-m artda  Prezidentimiz  farmoni 

bilan  «Sog‘lom  avlod  uchun»  ordeni  tashkil  etildi.  Bu  orden 

onalik  va  bolalikni  muhofaza  qilish,  yosh  avlodning  salomat- 

ligini  saqlash  ham da  yoshlarni  vatanp arv arlik   tuy g‘usida 

tarbiyalash  ishlarida  o ‘zining  xizmatlari  bilan  tanilgan  shaxs­

larga  berildi.

1994-yil 22-avgustda Prezidentimizning «Kam ta ’minlangan 

oilalarni  ijtimoiy  him oyalash  to ‘g‘risida»gi  farm oni  qabul 

qilindi.  Bu  farmonga  k o ‘ra  moddiy jihatdan  qiynalib  qolgan 

oilalarga  yaqindan  yordam   berish,  ularga  yetarlicha  shart- 

sharoitlar  yaratib  berishni  nazarda  tutadi.

Oila  m unosab atlarin i  1998-yil  30-aprelda  0 ‘zbekiston 

Respublikasi  Oliy  Majlis  tom onidan  qabul  qilingan  «Oila 

kodeksi»  tartibga  soldi.  Bu qabul  qilingan  Oila kodeksi  o ‘zida 

xalqaro  normalarni, jahon  oilaviy tajribalarini,  shu bilan birga 

o ‘zbekona  urf-odat  ham da  qadriyatlarni  o ‘zida  mujassam- 

lashtirdi.  Oila  kodeksida  oila  qonunchiligimiz  uchun  yangi 

b o ‘lgan  m unosabatlar,  nikoh  shartnom asi,  aliment  to ‘lash 

to ‘g‘risidagi kelishuv, qon-qarindoshlik va boshqa m unosabat­

lar  kiritildi.

1998-yilning  «Oila  yili»  deb  e ’lon  qilinishi,  davlatim iz 

tomonidan  oila  manfaatlarini  himoyalash,  ularni  rag‘batlan- 

tirish  hamda  ularga  yetarli  shart-sharoit  yaratib  berish  chora- 

tadbirlarini  ishlab  chiqdi.  V azirlar  M ahkam asi  tom onidan 

oilaviy  m unosabatlarni  him oyalash  b o ‘yicha  dastur  ishlab 

chiqildi.  Bu dasturga ko‘ra oilalarni huquqiy, ijtimoiy-iqtisodiy 

hamda  m a’naviy  jihatdan  himoyalash  tadbirlari  belgilandi.

Balog‘at yoshiga yetgan erkaklar va ayollar irqi, millati yoki 

diniy  belgilari  bo‘yicha  hech  qanday  cheklashlarsiz  nikohdan 

o ‘tishga  va  oila  qurishga  haqli.  U lar  niko hd an   o ‘tishda, 

nikohda  turgan  vaqtlarida  va  uni  bekor  qilish  vaqtida  bir  xil




Download 8.86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   40




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling