R e s p u b L i k a s I k o n s t I t u t s I y a s I n I


Download 8.86 Mb.
Pdf ko'rish
bet22/40
Sana21.03.2020
Hajmi8.86 Mb.
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   40

200

Shuningdek,  Senat majlislarining oralig‘ida  uning Kengashi 

tom onidan  0 ‘zbekiston  R espublikasi  Bosh  prokurorining 

senatorni jinoiy javobgarlikka  tortish,  ushlab  turish,  qamoqqa 

olish yoki unga nisbatan sud tartibida qoilaniladigan m a’muriy 

jazo  choralarini  q o ‘llashga  rozilik  olish  to ‘g‘risidagi  taqdim- 

nomalari  ham  к о ‘rib  chiqiladi



jt"

  Xulosa qilib ta ’kidlash lozimki, 0 ‘zbekiston Respublikasi Oliy 

Majlisining Senatini  tuzish 0 ‘zbekiston  Respublikasi Oliy Majlisi 

tizimidagi  palataning  maqsad  va  vazifalari  bilan  chambarchas 

bogiiq  holda  olib  boriladi.  0 ‘z  faoliyatini  tashkil  etish  va  ichki 

tartib-qoidalariga  bog‘liq  masalalar  yuzasidan  yuqori  palata 

mutlaq vakolatlarga ega ekanligi, shuningdek, ularning reglament 

shaklida  tasdiqlanish munosabati  bilan  ushbu  tuzilma nihoyatda 

ixcham  tarkib  topadi.  Shuning  uchun  uning  Senat  Raisi,  Rais 

o‘rinbosarlari,  Kengash,  qo ‘mitalar  va  komissiyalardan  iborat 

asosiy  tuzilmasi  Senat  ishi  davomida  yuzaga  kelgan  ehtiyojlarga 

bog‘liq  holda  qo‘shimcha  shtatlarga  ega  boiishi  mumkin.

S enat  q o ‘m ita la ri  va  k o m issiy a lari  K o n stitu tsiy av iy  

maqomga  ega.  Bunda  q o ‘m italar  am alda  Senatning  doimiy 

faoliyat  yurituvchi  tarkibiy  birligi  hisoblanadi.

Birinchisi  —  Senatga  kiritiladigan  m asalalarni  dastlabki 

tarzda ko‘rib  chiqish  va  tayyorlash.  Ikkinchisi —   0 ‘zbekiston 

Respublikasi  qonunlari  va  Senat  tomonidan  qabul  qilinadigan 

qarorlarning  ijrosini  nazorat  qilib  borish.

Qo‘mitalar rais, uning o ‘rinbosarlari va qo‘mita a ’zolaridan 

iborat  tarkibda  senatorlar  orasidan  palataning  vakolatlari 

muddatiga  saylanadi.

0 ‘zb ek isto n   R e sp u b lik asi  Oliy  M ajlisinin g   S en atid a 

reglament  b o ‘yicha,  budjet  va  ijtim oiy-iqtisodiy  m asalalar 

bo‘yicha,  tashkiliy-ma’muriy  masalalar  bo‘yicha,  qonunchilik 

va  sud-huquq  m asalalari  b o ‘yicha,  m udofaa  va  xavfsizlik 

masalalari bo‘yicha, tashqi siyosiy masalalar bo‘yicha qo‘mita- 

lar,  albatta,  tuziladi.

0 ‘zbekiston  R espublikasining  Oliy  Majlisi  to ‘g ‘risidagi 

qonun  hujjatlari  tuzilishi  shartligi  « 0 ‘zbekiston  Respublikasi 

Oliy  Majlisi  Senatining  Reglamenti  to ‘g‘risida»gi  0 ‘zbekiston 

Respublikasi  Qonunining 7-moddasi uchinchi  qismida nazarda 

tutilgan qo‘mitalardan tashqari boshqa qo‘mitalar ham tuzilishi 

mumkinligiga  yo‘l  q o ‘yadi,  ammo  baribir  ularning  sonini, 

qoida  tariqasida,  sakkiztadan  ko‘paytirmasligi  shart.

Senat  q o ‘m italarini  shakllantirishning  huquqiy  tartibga 

solinishi  shu  bilan  kifoyalanadi.

201


5-§.  Qonun  chiqarish  jarayoni  bosqichlari

Qonun  chiqarish  funksiyalarini  amalga  oshirish  parlament 

va  p arlam en t  p a latalarin in g   asosiy  vazifasi  hisoblanadi. 

H okim iyatni  taqsim lash  prinsipi  shuni  n azard a  tu tad ik i, 

jam iyat  barcha  ijtimoiy  tabaqalarning  m anfaatlarini,  butun 

millat  manfaatlarini  to ‘liq  ifoda  etuvchi  parlamentlar  boshqa 

davlat  organlari  tom onidan  chiqariladigan  boshqa  huquqiy 

hujjatlarga  nisbatan  k attaro q   yuridik  kuchga  ega  b o ig a n  

norm ativ  huquqiy  hujjatlarni  qabul  qilishlari  lozim.  Aynan 

parlam entlar  tom onidan  qabul  qilinuvchi  qonunlar  boshqa 

barcha  davlat  organlari  uchun  zarur  huquqiy  negizni  vujudga 

keltiradi,  mazkur  organlarning  o ‘zaro  hamda  fuqarolar  va  u- 

larning  birlashmalari  bilan  m unosabatlarini  belgilab  beradi. 

Xullas,  qonunlar  davlat  va jamiyat  hayotida juda  muhim  rol 

o ‘ynaydi.  Shuning  uchun  ham  qonun  chiqarish jarayonini,  u- 

ning  subyektlari  m aqom ini,  qonun  chiqarish  jarayonining 

bosqichlarini  huquqiy  tartibga  solish  muhim  ahamiyatga  ega.

Rasmiy nuqtai nazardan qonun chiqarish jarayoni tashkiliy- 

huquqiy tadbirlar (tartib-qoidalar)ning murakkab tizimi bo‘lib, 

ularning  natijasi  o ia ro q   qonun  yaratiladi94.  M azkur  tartib- 

qoidalar  majmui  qonun  chiqarish jarayonining  bosqichlarini 

tashkil  etadi.

Q onun  ch iq arish   ja ra y o n i  b o sq ich larin in g   ah am iy ati 

shundaki,  m azkur  bosqichlarning  har  birining  mazmunini 

tashkil etuvchi, huquq normalari bilan tartibga solingan barcha 

tadbirlarini  amalga  oshirishgina yuqorida zikr etilgan jarayon- 

ning  navbatdagi  bosqichiga  o ‘tish  im konini  beradi.  Qonun 

chiqarish jarayonining bosqichlariga P.A. Rustamov tomonidan 

quyidagicha  ta ’rif beriladi:  «M azkur  jarayon  bosqichlari  — 

qonun loyihalarini tayyorlash, kiritish, muhokama qilish, qabul 

qilish  va  qonunlarni  e’lon  qilish  bo‘yicha  yuridik  ahamiyatga 

ega  b o ‘lgan  va  tartib-qoidalarga  asosan  rasmiylashtirilgan 

tadbirlar  majmui»95.

Qonun  loyihasini  parlamentga  kiritish  mazkur jarayonning 

dastlabki  bosqichidir.

94  Bu haqda qarang: Законодательный процесс. Понятие. Институты. 

Стадии.  Научно-практическое пособие.  -  М.:  2000.

95  р уСТамов  П.А.  Научно-информационное  обеспечение  законо­

творческой деятельности в Республике Узбекистан.  Кандидатская 

диссертация. -  Т.: 2000,  52-ст.

202


Q onun  ijodkorligi  faoliyatining  asoslarini  belgilaydigan 

muhim  qoidalar,  avvalam bor,  K onstitutsiyalarda,  maxsus 

qonunlarda  mustahkamlanadi,  qonun  chiqarish jarayonining 

bosqichlari  parlam ent  va  uning  p alatalari  reglam entlarida 

mufassalroq  tartibga  solinadi.

Q onunchilik  tashabbusi

  huquqini  ro‘yobga  chiqarish  qonun 

chiqarish jarayonining  birinchi  bosqichi  deb  e’tirof etiladi.

0 ‘zbekiston  R esp ublikasining  K o n stitu tsiy a sid a  ham  

qonunchilik  tashabbusi  huquqi  subyektlarining  ancha  keng 

doirasi  belgilangan.  Konstitutsiyaning  83-moddasiga  muvofiq, 

qonunchilik  tashabbusi  huquqiga  0 ‘zbekiston  Respublikasi 

Prezidenti,  o‘z davlat hokimiyatining oliy vakillik organi orqali 

Qoraqalpog‘iston  Respublikasi,  Qonunchilik  palatasi  deputat­

lari,  Respublika  Vazirlar  M ahkamasi,  0 ‘zbekiston  Respub­

likasining  Konstitutsiyaviy  sudi,  Oliy  sudi,  Oliy  xo‘jalik  sudi, 

Bosh  prokurori  ega.

Xulosa qilib  aytish mumkinki,  bir qator davlatlar  (Rossiya, 

0 ‘zbekiston va boshqalar)da qonunlarni ko‘rib chiqish va qabul 

qilish  parlament  tajribasi  qonunchilik  tashabbusi  bosqichidan 

keyin 


qonun  loyihasini d a stla b k i  ta rzd a   к о  ‘rib  chiqish  bosqichini 

ajratish  imkonini  beradi.  M azkur  bosqich  asosan  kiritilgan 

qonun  loyihasi  yuzasidan  bildirilgan  taklif-m ulohazalar  va 

takliflarni  palataning  bosh  (m as’ul)  q o ‘m itasi  tom onidan 

umumlashtirish  hamda  qonun  loyihasi  haqida  xulosa  tayyor- 

lashni  nazarda  tutadi.  M azkur  bosqich  qonun  loyihasining 

keyingi  taqdiri  uchun  muhim  ahamiyatga  ega:  salbiy  xulosa 

ch iq arilg a n   ta q d ird a   q o n u n   lo y ih asi  p a la ta d a   q o 'lla b - 

quvvatlanishi  ehtimoli juda  kam.

Qonun  loyihasini p a rla m e n t  ( uning p a la ta s i) da ко ‘rib  chiqish 

va  m u h o k a m a   qilish   h a m d a   uni  ta k o m ilig a   y e tk a z is h

  qonun 


chiqarish jarayonining navbatdagi bosqichidir. Mazkur bosqich 

parlament,  uning  palatalari  majlislarida  qonun  loyihasi  ustida 

ishlashni  (odatda  bu  ish  qonun  loyihasini  o‘qish  deb  ataladi), 

shuningdek,  qonun  loyihasi  ustida  parlament  q o ‘mitalari  va 

komissiyalarida  ish  olib  borishni  o ‘z  ichiga  oladi.

Qonun  loyihalari  plenar  majlislarda,  qoida  tariqasida,  bir 

nechta  (ikki,  uch,  to ‘rt)  o'q ish d a  k o ‘rib  chiqiladi.  H ar  bir 

o ‘qishning  o ‘z  maqsadi  va  o ‘z  vazifalari  bo‘ladi.



Q a b u l  q ilin g a n   qonun  lo y ih a s in i  p a r la m e n tn in g   ik k in c h i 

p a la ta sid a   ко ‘rib  chiqish

  ikki  palatali  parlamentlardagi  qonun 

chiqarish jarayonining navbatdagi bosqichidir. Zero, bir palatali 

parlamentda qonunni qabul qilish  oxirgi marta ovozga qo'yish

203


orqali  am alga  oshiriladi  (u  birinchi  o ‘qishdan  keyin  ham, 

ikkinchi,  uchinchi,  to ‘rtinchi  o ‘qishdan  keyin  ham  o ‘tkazilishi 

mumkin).  Ikki  palatali  parlamentda  esa  qonun  loyihasi  ayni 

bir tahrirda  ikkala  palata  tomonidan  qabul  qilingan  holdagina 

qonunga  aylanadi  (ammo  b a ’zan  p alatalard an   biri  qayta 

ovozga qo‘yish orqali boshqa palata tomonidan qabul qilingan 

qonun loyihasini m a’qullamagan ikkinchi palataning «veto»sini 

yengishi  ham  mumkin).

Palatalar  qonun  chiqarish  faoliyati  sohasida  teng  huquq- 

larga  ega  b o ‘lgan  va  u lar  o ‘rtasida  qonunni  qabul  qilish 

yuzasidan  kelishm ovchiliklar  chiqqan  hollarda  m urosaga 

keltirish  tartib-qoidalari  qoilanadi.

K o n stitu tsiy a n in g   84-m oddasiga  m uvofiq:  a)  qo nu n 

Q o n u n ch ilik   p a la ta s i  to m o n id a n   q ab ul  qilin ib ,  S enat 

tomonidan m a’qullanishi lozim; b) Senat tomonidan rad etilgan 

qonun  Qonunchilik  palatasiga  qaytariladi  va  agar  qonunni 

qayta  к о ‘rib  chiqishda  palata  deputatlar  umumiy  sonining 

uchdan  ikki  qismidan  iborat  ko‘pchilik  ovozi  bilan  qonunni 

yana  m a’qullasa,  qonun  parlament  tomonidan  qabul  qilingan 

h iso b lanadi  ham da  im zolanishi  va  e ’lon  qilinishi  uchun 

0 ‘zbekiston  R espublikasi  Prezidentiga  p alata  tom onidan 

yuboriladi;  d)  Senat  tomonidan  rad  etilgan  qonun  yuzasidan 

palatalar  yuzaga  kelgan  kelishmovchiliklarni  bartaraf  etish 

uchun  tenglik  asosida  kelishuv  komissiyasini  tuzishi  mumkin. 

Palatalar kelishuv komissiyasi takliflarini qabul qilganda qonun 

odatdagi  tartib d a  k o ‘rib  chiqilishi  kerak.  K onstitutsiyaga 

o ‘zgartishlar  kiritish,  Konstitutsiyaviy  qonunni  qabul  qilish 

parlamentning  har  bir  palatasidagi  umumiy  ovozlar  sonining 

uchdan  ikki  qismidan  iborat  k o ‘pchilik  ovozini  talab  etadi. 

Odatdagi qonunlar oddiy k o ‘pchilik  ovoz  bilan  qabul  qilinadi.

Senatga  kelib  tushgan  qonun  ro'yxatga  olinadi  va  Senat 

Raisi  tom onidan  qonunni  k o ‘rib  chiqadigan  ham da  uning 

yuzasidan xulosa tayyorlaydigan qo‘mitaga topshiriladi. Senat- 

ning  majlisida  qonunni  ko‘rib  chiqish  m a’ruzachining  mas’ul 

qo‘mita  xulosasini  o ‘qib  eshittirishidan  boshlanadi.  Shundan 

so‘ng  qonun  muhokamasi  tartibida  senatorlar  so‘zga  chiqish- 

lari  mumkin.  Qonun  Senat  tomonidan  belgilangan  ko‘pchilik 

ovoz  bilan  m a’qullansa,  imzolanishi  va  e’lon  qilinishi  uchun 

belgilangan  tartibda  Respublika  Prezidentiga  yuboriladi.  Rad 

etilgan  qonun  yuzasidan  palatalar  yuzaga  kelgan  kelishmov­

chiliklarni  b artaraf  etish  uchun  kelishuv  komissiyasi  tuzishi 

mumkin.


204

M azkur  kom issiya  tenglik  asosida  tuzilad i.  K elishuv 

kom issiyasining  h a r  bir  p alatad an   saylangan  a ’zolari  o ‘z 

tark ib id an  k o ‘pchilik  ovoz  bilan  kom issiya  ham raislarini 

saylaydilar.  Kelishuv  komissiyasi  qonunning  yagona  matnini 

ishlab  chiqish  maqsadida  Senatning  har  bir  e’tirozini  alohida- 

alohida ko‘rib chiqadi. Kelishuv komissiyasi o‘z ishining natija­

lari  yuzasidan  kelishmovchiliklarni  b arta raf  etish  b o ‘yicha 

takliflarni  o ‘z  ichiga  olgan  xulosa  qabul  qiladi.  Xulosaga 

qonunga doir o ‘zgartishlar va qo‘shimchalar loyihasining matni 

ilova  q ilinadi.  X u lo sa  S enat  va  Q o nu n ch ilik   p alatasig a 

topshiriladi.  Senat  kelishuv  komissiyasining  takliflarini  qabul 

qilgan  ta q d ird a   qo nun   Q onunchilik  p ala tasi  to m onidan 

odatdagi  ta rtib d a   qayta  k o ‘rib  chiqilishi  kerak.  Q onunni 

Q onunchilik  p a la ta sid a   q ay ta  k o ‘rib  chiqishda  kelishuv 

komissiyasining  bayonnomasida  mavjud  b o ‘lgan  takiflargina 

m uhokam a  qilinadi.  Kelishuv  komissiyasining  loaqal  bitta 

taklifi rad etilgan taqdirda Qonunchilik palatasi, Senat kelishuv 

komissiyasiga  yangi  takliflarni  taqdim   etish  uchun  p alata 

tom onidan  m a’qullangan  tuzatishlarni  inobatga  olgan  holda 

ishni  davom   ettirishni  ta k lif  qilishi  m um kin.  A gar  Senat 

qonunni  kelishuv  komissiyasining  tahririda  m a’qullamasa,  u 

rad  etilgan  qonun  sifatida  Qonunchilik  palatasiga  qaytarilishi 

kerak.  Qonunchilik  palatasi  Reglamentining  17-moddasida 

Senat tomonidan rad etilgan, shuningdek, Respublika Prezidenti 

tom onidan  e’tirozlar  bilan  qaytarilgan  qonunni  Qonunchilik 

palatasi  tom onidan  qayta  k o ‘rib  chiqish  tartibi  belgilangan. 

M azkur  tartibga  muvofiq,  mas’ul  qo‘mita  rad  etilgan  qonun 

yuzasidan  xulosa  beradi.  M as’ul  q o ‘m itaning  xulosasini 

olganidan so‘ng palata qonunni qayta ko‘rib chiqish masalasini 

o ‘z majlisining kun tartibiga kiritadi. Agar Qonunchilik palatasi 

Senat  to m onidan  rad  etilgan  qonunni  p alata  d ep u tatlari 

umumiy sonining uchdan ikki qismidan iborat ko‘pchilik ovozi 

bilan  yana  m a’qullasa,  qonun  Oliy  Majlis  tom onidan  qabul 

qilingan  hisoblanadi  va  Prezidentga  imzolash  va  e’lon  qilish 

uchun  yuboriladi.

Qonunni im zolash  va e ’Ion qilish

 — qonun chiqarish jarayoni­

ning  oxirgi  bosqichi.  Mohiyat  e’tibori  bilan,  mazkur  bosqich 

ikki  yoki  uch  bosqichni  o ‘z  ichiga  oladi.  M azkur  bosqichni 

tavsiflovchi  yuqorida  zikr  etilgan  ta d b irlar  parlam entdan 

tashqarida  amalga  oshiriladi.

Parlam ent  tom onidan  qabul  qilingan 

qon u n n i  im zo la sh  

m asalasiga  to ‘xtalam iz.  O d atd a,  bu  dav lat  b o sh lig ‘ining

205


vakolatlariga kiradi.  Chet el davlatlarining Konstitutsiyalarida, 

yuridik  adabiyotlarda 



«p r o m u lg a ts iy a »

  atam asini  uchratish 

mumkin.  Promulgatsiya  deganda  ba’zan  qonunni  imzolash  va 

e’lon  qilish  tushuniladi.  Ammo  m azkur  atam aning  yanada 

aniq ro q   m a ’nosi  shundan  ib oratki,  prom ulgatsiya  davlat 

boshlig‘ining,  shu  ju m lad an,  qonunni  rasmiy  e’lon  qilish 

to ‘g‘risidagi farmoyishi ifodalangan maxsus hujjat chiqarishini 

n aza rd a  tu ta d i.  D av lat  b o sh lig ‘i  to m o n id an   ch iqarilgan 

mazkur  hujjat  (farmon,  buyruq)ning  matni  rasmiy  nashrlarda 

e’lon  qilinayotgan  qonun  matnidan  oldin  keladi96.

Bir  qator  davlatlarning  Konstitutsiyalari  davlat  boshlig‘iga 

qonunni  im zolam asdan  unga 



v e to

  q o ‘yish,  y a ’ni  qonunni 

parlamentga  qaytarish  huquqini  beradi.  Bunda  Konstitutsiya- 

lar  qonunni  rad  etish  uchun  asoslarni  ko ‘rsatmasligi,  davlat 

boshlig‘idan  o ‘z  qarorini  asoslashni  talab  qilishi  mumkin. 

Hozirgi  parlamentarizm  amaliyotiga  vetoning  faqat  bir  turi  -  

parlament  tomonidan  bekor  qilinishi  mumkin  b o ‘lgan 

n isbiy 

veto

 m a’lum. M utlaq veto (u Buyuk Britaniyada m a’lum b o iib , 

oxirgi  m arta  1707-yilda  qo‘llanilganiga  qaramay,  hozirgacha 

rasm an  saqlanib  kelmoqda)  qonunni  uzil-kesil  rad  etadi  va 

parlament  tomonidan  bekor  qilinishi  mumkin  emas.  Ba’zi  bir 

m am lakatlar  (Portugaliya,  Meksika  va  boshqalar)da  qisman 

veto  qo‘llaniladi.  Mazkur  veto  butun  qonunga  emas,  balki  u- 

ning alohida moddalariga tegishli bo‘ladi.  Rossiyada Konstitu­

tsiy ag a  m uvofiq  p rezid en tg a  b erilg an   veto  h u q u q id a n , 

amaliyotga  qaraganda,  prezident  butun  qonun  bilan  ham,  u- 

ning  alohida  m o dd alari  bilan  ham  kelishm agan  h o llard a 

foydalaniladi.  0 ‘zbekiston  Respublikasining  Konstitutsiyasi 

(oldingi  ta h rird a   ham ,  yangi  ta h rird a   ham )  0 ‘zbekiston 

R espublikasi  Prezidentiga  o ‘ziga  taqdim   etilgan  qonunni 

imzolamaslik  va  unga  o ‘z  e’tirozlarini  ilova  etib,  uni  takroran 

m uhokam a  qilish  va  ovozga  q o ‘yish  uchun  parlam en tg a 

qaytarish  huquqini  beradi.  Prezident  vetosi  nisbiy  xususiyatga 

ega  va  parlam ent  tom onidan  bekor  qilinishi  mumkin.  «Oliy 

Majlisning Qonunchilik palatasi to ‘g‘risida»gi Konstitutsiyaviy 

q o n u n g a  m uvofiq,  0 ‘zb ek isto n   R esp u b lik asi  P rezid en ti 

tomonidan  qaytarilgan  qonun  palatada  qayta  k o ‘rib  chiqilib, 

quyidagi qarorlardan biri qabul qilinadi:  1) qonunni Prezident­

ning mulohazalarini va takliflarini  inobatga olgan  holda qabul

96  Qarang:  Конституционное  (государственное)  право  зарубежных 

стран.Т.  1-2.  Общая часть,  550-ст.

206


qilish; 2) qonunni bundan buyon ko‘rib chiqmaslik; 3) qonunni 

avvalgi  qabul  qilingan  tah ririd a  m a’qullash.  A gar  qonun 

avvalgi  qabul  qilingan  tahririda  palata  deputatlari  umumiy 

sonining kamida  uchdan  ikki  qismidan  iborat ko‘pchilik  ovozi 

bilan m a’qullansa, Senatga m a’qullash uchun yuboriladi.  Senat 

(senatorlar  umumiy  sonining  kamida  uchdan  ikki  qismidan 

iborat  k o ‘pchilik  ovozi  bilan)  qonunni  m a’qullash  yoki  rad 

etish  t o ‘g ‘risid a  q a ro r  q abu l  q ilad i.  A g ar  q o n u n   S enat 

tomonidan  m a’qullansa,  0 ‘zbekiston  Respublikasi  Prezidenti 

tomonidan  o‘n  to ‘rt  kun  ichida  imzolanishi  va  e’lon  qilinishi 

kerak.  0 ‘zbekiston  R espublikasi  K o nstitutsiyasining  84- 

m o d d asig a  m uvofiq,  q o n u n la rn in g   e ’lon  qilin ish i  u la r 

q o ‘llanilishining  majburiy  shartidir.  M azkur  qoidalar  Oliy 

Majlis  palatalarining  qonunlar  bilan  tasdiqlangan  reglament- 

larida  ham  o ‘z  aksini  topgan.

M a vzu n i  m ustahkam lash  uchun  savollar

1.  0 ‘zbekiston Respublikasi qonun chiqaruvchi organ nomi nima 

deb ataladi? 

Q & A f  

^  ^

2.  0 ‘zbekiston  RespuMikasi  Ony  Majlisi  Qonunchilik  palatasi 

qanday shakllantiriladi?

3.  0 ‘zbekiston  Respublikasi  Oliy  Majlisi  Qonunchilik  palatasi 

Spikeri vakolatlarini sanab bering.

4.  «Senat» so‘zining lug‘aviy ma’nosi qanday?

5.  0 ‘zbekiston  Respublikasi  Oliy  Majlisi  Senati  qanday  shakl- 

lanadi?


6.  0 ‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati faoliyatini tashkil 

etish tartibi qanday?

7.  О ‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 

nechta qo‘mitalari mavjud?

8.  0 ‘zbekiston  Respublikasi  Oliy  Majlisi  Qonunchilik  palatasi 

faoliyatini tashkil etish tartibi qanday?

9.  0 ‘zbekiston  Respublikasi  Oliy  Majlisi  Senati  va  Qonunchilik 

palatasining qanday vakolatlarini  bilasiz?

10.  Oliy Majlis palatalari qanday huquqiy hujjatlar qabul qiladi?


IX  B O B

О ‘ Z B E K IST O N   R E SPU B L IK A SI 

P R E Z ID E N T IN IN G   K O N ST IT U T SIY A V IY  

M A Q O M I

l - § .  O ‘zbekiston  Respublikasida  Prezidentlik 

institutining  ta ’sis  etilishi

Prezidentlik boshqaruvi davlat hokimiyatining taqsimlanish 

prinsipi asosida tashkil qilingan mamlakatlarda boshqaruvning 

eng  maqbul  shakllaridan  biri  hisoblanadi.

D avlat  boshqaruvining  prezidentlik  shaklida  Prezident 

umumxalq saylovlarida saylanadi va davlat boshlig‘i hisoblanadi, 

ayni vaqtda u ijro  hokimiyatini  ham boshqaradi.  Davlat  organ­

lari  tizimida  markaziy  o ‘rinni  egallaydi.  Prezident  bevosita  ijro 

hokimiyatini  boshqarishi  mamlakatdagi  barcha  kuchlarni  bir 

maqsad  yo'lida  birlashtirishga,  ijtimoiy-iqtisodiy  rivojlanishiga, 

m am lakatda  barqarorlik  o ‘rnatishga  asosiy  kafolat  b o ‘ladi. 

Prezidentlik lavozimining ta ’sis etilishi 0 ‘zbekiston Respublikasi­

ning  mustaqillik  sari  qo‘ygan  dastlabki  qadami  edi.

O ‘zbekiston  Respublikasida  Prezidentlik  lavozimini  joriy 

etishda  quyidagi  sabablar  asos  bo‘ldi:

Birinchidan, 

davlat  mustaqilligiga  intilish,  Respublikada 

boshqaruv jarayonlarini  demokratlashtirish  aynan  prezident­

lik  instituti joriy  etilishini  taqozo  etar  edi.  Chunki  parlament 

uzoq bahs va munozaralarga berilib ketib, kun tartibida turgan 

dolzarb qarorlar qabul  qilish va uni amalga oshirish imkoniya- 

tiga  ega  emas  edi.  Shuning  uchun  ham  mamlakatni  bir  kishi 

tomonidan  boshqarish  ehtiyoji  paydo  b o id i.



Ikkinchidan, 

Prezidentlik  lavozimini joriy  etish  hokimiyat- 

larning  b o ‘linishi  prinsipini  rivojlantirishdan  kelib  chiqadi. 

Prezidentlik  lavozimi  davlat  hokimiyati  organlarining  tizimini 

tashkil  etishda  dem okratik  prinsiplarni  am alga  oshirishda 

yordam  berishga  qaratilgan  edi.



Uchinchidan, 

Prezident o ‘z zimmasiga hukumatni shakllanti­

rish va uning ishiga rahbarlik qilishdek ulkan mas’uliyatni olishi 

uchun  obyektiv  zarurat  tug‘ildi.



T o ‘rtinchidan, 

vaziyatni  b arq aro rlash tirish ,  tin chlikni 

ta ’minlash  va  m urakkab  muammolarni  paysalga  solmasdan

208

1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   40




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling