R e s p u b L i k a s I k o n s t I t u t s I y a s I n I


Download 8.86 Mb.
Pdf ko'rish
bet25/40
Sana21.03.2020
Hajmi8.86 Mb.
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   40

Birinchidan, 

diplomatik  vakolatxona  boshlig‘i  almashtiril- 

ganda;

Ikkinchidan, 

diplomatik  vakolatxona  boshlig‘i  nomaqbul 

shaxs  (person  non  grata)  deb  e’lon  qilinganda;

Uchinchidan, 

davlatlar  o ‘rtasidagi  diplomatik  m unosabat­

lar  uzilganda;

T o ‘rtinchidan, 

d a v la tla r  o ‘rta s id a   urush   h o la ti  e ’lon 

qilinganda;

Beshinchidan, 

dav lat  xalqaro  hu qu q   subyekti  sifatida 

mavjudligini  tugatganda.

4. 

Konstitutsiyada  belgilab  q o ‘yilganidek,  Prezident mamla­

kat ijtimoiy-iqtisodiy hayotining,  ichki va tashqi siyosatining eng 

muhim

 

masalalari  yuzasidan  Oliy  M ajlis palatalariga  har y ili 



та ’lumotnoma taqdim etadi.

 

Uning m a’lumotnomasi  normativ 



hujjat  hisoblanmaydi.  Bu  axborot  siyosiy  tusga  ega  b o ‘lib, 

mamlakatni  rivojlantirishning  dasturiy  prinsiplari  va  strategik 

vazifalarini  o ‘z  ichiga  oladi.

M a ’lum otnom ada  O 'zbekiston  Prezidentining  m am lakat 

kelajagini  qanday  tasav v ur  qilayotganligi  bayon  etiladi. 

Jumladan,  0 ‘zbekiston  Prezidenti  I.  A.  Karimovning quyidagi 

chiqishlarini  ko‘rsatib  o‘tish  mumkin:  1995-yil  23-  fevraldagi 

birinchi  chaqiriq  Oliy  Majlis  birinchi  sessiyasidagi  « 0 ‘zbekis­

ton ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy rivojlanishining asosiy tamoyil- 

lari»,  1996-yil  29-  avgustdagi  milliy  parlam entning  oltinchi 

sessiyasidagi  «H ozirgi  bosqichda  dem okratik  islohotlarni 

chuqurlashtirishning eng muhim vazifalari»,  1999-yil 14- aprelda 

o ‘n to ‘rtinchi sessiyadagi « 0 ‘zbekiston XXI asrga intilmoqda», 

2000-yil  22-yanvarda  ikkinchi  chaqiriq  Oliy  Majlis  birinchi 

sessiyasidagi  «Oliy maqsadimiz — Vatan  ozodligi  va  obodligi, 

xalq  erkinligi va  farovonligi» mavzusidagi chiqishlari  va  2005- 

yil  28-yanvarda  Oliy  Majlis  Qonunchilik palatasi va  Senatning 

q o ‘shma  majlisida  «Bizning  bosh  maqsadimiz  — jam iyatni 

demokratlashtirish  va  yangilash,  mamlakatni  modernizatsiya

225


va isloh etishdir» m a’ruzasida davlatning tashqi va ichki siyosati- 

ning  asosiy  yo‘nalishlari  k o ‘rsatib  o ‘tildi.  Prezidentning  bu 

nutqlarida  davlatning  strategik  siyosiy  yo‘nalishlari  belgilab 

berildi.


5.  Ozbekiston Respublikasi Prezidentining ijroiya hokimiya- 

tini  tuzish  bilan  bog‘Iiq  vakolatlari  ancha  keng  bayon  qilingan.

Bunday vakolatlarning ko‘pchiligiga quyidagi ikkita sabab bor:



Birinchidan, 

Prezident  bo‘lib  saylangan  shaxsning  dasturi 

umumxalq saylovlari orqali qoilab-quvvatlangani uchun u ijro 

hokim iyat  o rg an larini  tuzishda  m a ’lum   vak o latlarg a  ega 

b o iish i  kerak.  Chunki  uning  dasturini  bajarish  asosan,  ijro 

h okim iyati  o rgan lari  zim m asiga  tush adi,  ularn i  tuzishda 

Prezidentning  vakolatlari juda  muhim  o ‘rin  tutadi;

Ikkinchidan, 

0 ‘zbekiston  Respublikasi  K onstitutsiyaviy 

tu zu m in in g  a so slarid a n   biri  b o im is h   h o k im iy atlarn in g  

boiinishi prinsipi  davlat hokimiyatining biror  organi  faqat  bir 

hokimiyat  tarm og‘i  tomonidan  tuzilishini  istisno  qiladi.  Shu- 

ning  uchun  d av lat  hokim iyatining  m arkaziy  org an larin i 

tuzishga  ham  Prezident,  ham  Oliy  Majlis jalb  qilingan.  Bunga 

ikki y o i bilan erishiladi:  Prezident muayyan mansabdor shaxs- 

larni  tayinlaydi,  Oliy  Majlis  palatalari  esa  m a’qullaydi  yoxud 

Oliy Majlis palatalari tayinlaydi, nomzodni esa Prezident taklif 

qiladi.

Ijro  hokimiyati  organlarini  tashkil  qilishda  Prezidentning 



vakolatlari  juda  keng.  Prezident  Bosh  vazir  nomzodini  Oliy 

Majlis  palatalariga  kiritadi.  0 ‘zbekiston  Respublikasi  Bosh 

p ro k u ro ri  va  uning  o ‘rin b o sarla rin i  tayinlaydi  va  ularni 

lavozimidan ozod qiladi, keyinchalik bu masalalarni Oliy Majlis 

Senatining  tasdig‘iga  kiritadi.  Shuningdek,  Prezident  viloyat­

lar  hokimlarini  va  Toshkent  shahar  hokimini  tayinlaydi  va 

lavozimidan  ozod  qiladi,  bu  masalalarni  tegishli  xalq  deputat­

lari Kengashining tasdigiga qo‘yadi.  Prezident o ‘z qarori bilan 

Konstitutsiyani,  qonunlarni  buzgan  yoki  o ‘z  sha’ni  va  qadr- 

qimmatiga  dog‘  tushiradigan  xatti-harakat  sodir  etgan  tuman 

va shahar hokimlarini lavozimidan ozod etishga haqli. 0 ‘zbekis- 

ton  Respublikasi  Milliy  xavfsizlik  xizm atini  tuzadi.  Milliy 

xavfsizlik xizmati  raisini tayinlaydi  va lavozimidan  ozod  etadi, 

keyinchalik  shu  m asalaga  doir  fapm o n larn i  0 ‘zbekiston 

Respublikasi  Oliy  Majlisining  Senati  taqdimiga  kiritadi.

6.  S u d  h o k im iy a ti  organlariga  kelganda,  shuni  a ytish  

mumkinki,  Prezident  Oliy  M ajlis  Senatiga  Konstitutsiyaviy  sud 

raisi  va  sudyalari,  Oliy  sud raisi  va  sudyalari,  Oliy  xo ja lik   sud

226


r a is i 

va  sudyalari  nom zodlarini  taqdim   etadi.

 

Shuningdek, 



Prezident viloyat, tuman, tumanlararo shahar, harbiy va xo‘jalik 

sudi  su d y alarin i  ta y in lay d i  va  lavo zim idan   ozod  etad i. 

Prezidentning  taqdimiga  binoan,  Oliy  Majlis  Senati  Markaziy 

Bank  boshq aru v i  raisi,  T ab iatn i  m uhofaza  qilish  davlat 

qo'mitasining  raisini  tayinlaydi  va  lavozimidan  ozod  eta^i.

Faqat  ijro  hokimiyati  organlarini  tuzishgina  emas,  balki  u- 

larning  faoliyati  bilan  bog‘liq  sohada  ham  Prezidentga  katta 

vakolatlar  berilgan.  K onstitutsiyaga  muvofiq  Prezident  ijro 

hokimiyatining  boshlig‘i  hisoblanadi.

Agar  Respublika  boshqaruv  or­

ganlarining,  shuningdek,  hokim lar­

ning qabul qilgan hujjatlari Konstitu­

tsiya  va  qonunlarga,  0 ‘zbekiston 

Respublikasining  xalqaro  majburi- 

yatlariga  zid  bo‘lsa  yoki  ular  inson 

va  fuqarolarning  huquq  va  erkinlik­

larini  poymol  qilsa,  ushbu  masala  tegishli  sudda  hal  qilinma- 

gunicha Prezident bu hujjatlarni  to‘xtatish  yoki  bekor  qilishga 

haqli.

7.  Prezidentning Respublika davlat  va boshqaruv  oliy  organ­

larining o ‘zaro hamkorligini ta ’minlashdagi vakolatlari ham bor. 

Buning  uchun  u  K onstitutsiyada  o ‘rnatilgan,  Oliy  Majlisga 

ta ’sir  o ‘tkazish  (XVIII  bob),  V azirlar  M ahkam asiga  t a ’sir 

o ‘tkazish  (XX  bob)  dastaklaridan  foydalanishi,  ba’zi  hollarda 

sudga  murojaat  qilishi,  masalani  Konstitutsiyaviy  sud  к о‘rib 

chiqishi  uchun  taqdim  etishi  mumkin.

Prezident  0 ‘zbekiston  Respublikasi  vazirliklarini,  davlat 

q o ‘mitalarini hamda davlat boshqaruvining boshqa organlarini 

tuzadi  va  tugatadi,  buni  Oliy  Majlis  palatalarining  tasdig‘iga 

kiritadi.

Davlat  hokimiyati  va  boshqaruv  organlarining  bahamjihat 

ish lash in i  t a ’m inlash  uchun  P re zid e n t  K o n stitu tsiy a d a  

ko‘rsatilgan  boshqa  vositalardan  ham  foydalanish  imkoniga 

ega.  Lekin  Prezidentning  davlat  va  ijro  hokimiyati  boshlig‘i 

sifatidagi  o b ro ‘si  hal  qiluvchi  omil  hisoblanadi.  Chunki  u 

to ‘g‘ridan-to‘g‘ri  umumiy  saylovlarda  xalq  topshirgan  siyosiy 

mandaatga  ega.

8.  0 ‘zbekiston   Respublikasining  P re zid e n ti  qonunlarni 

im zolaydi.

 

P rezidentning  imzosi  b o im a s a ,  qonun  kuchga 



kirmaydi.  Bu  davlat  boshlig‘ining  an’anaviy  funksiyasi b o ‘lib, 

q o n unga  m ajburiy  kuch  beradi  va  qonun  chiqaruvchilik

227

Bilasizmi, Germaniya Feder­

al Konstitutsiyaviy sudi hat- 

to Federal Prezidentni yetarli 

asoslar  mavjud  bo‘lganda 

vakolatidan  chetlatish  hu­

quqiga ham ega ekan.


jarayonini  yakunlaydi.  0 ‘zbekiston  Respublikasi  Oliy  Majlisi­

ning  Senati  m a’qullagan  qonun  imzolanishi  va  e’lon  qilinishi 

uchun  Prezidentga  o ‘n  kun  ichida  yuboriladi.  Prezident  esa 

o ‘ttiz  kun  ichida  qonunni  imzolaydi  hamda  qonun  matbuotda 

e’lon  qilinadi.

Qonunni  imzolash  uning  xalqqa  e’lon  qilinganligini,  ya’ni 

uni  ommaga  bildirganligini  anglatadi.  Bunday  rasmiy  e’lon 

qilish — Oliy Majlis qabul qilgan va Prezident imzolagan qonun 

m atnini  rasmiy  m aqom   berilgan  m atbu ot  organida  nashr 

etishdir.  Qonun  butun  0 ‘zbekiston  Respublikasi  hududida 

kuchga  kiradi.

0 ‘zbekiston  R espublikasining  Prezidenti  qonunga  o ‘z 

e’tirozlarini ilova etib, uni takroran muhokama qilish va ovozga 

qo‘yish uchun Oliy Majlisga qaytarishga haqli. Konstitutsiyaviy 

h u q u q d a   bu  « P rezid en t  vetosi»  nom ini  olgan  b o ‘lib, 

boshqaruvning  prezidentlik  shaklidagi  davlatlarga  xosdir.

Veto  —  davlat  boshlig‘ining  parlament  qabul  qilgan,  lekin 

hali  kuchga  kirm agan  qonunga  e ’tiroz  bildirish  huquqidir, 

0 ‘zbekiston  Konstitutsiyasida  «Veto»  atamasi  ishlatilmagan. 

0 ‘zbekiston  Konstitutsiyasida  Prezidentning  o ‘z  asoslangan 

e’tirozini  bildirib,  qonunni  tak ro ra n   m uhokam a  qilish  va 

ovozga  qo‘yish  uchun  Oliy  Majlisga  qaytarish  huquqi  haqida 

gapiriladi.

Qaytarish  uchun  asoslar  ro ‘yxati  Konstitutsiyada  ko‘rsatil- 

magan,  lekin  qonunni  qaytarar ekan,  Prezident  bunday  qaror- 

ning  sababini  asoslab  beradi.  B unda  Prezident  um um an 

qonunga yoki  uning  biror  qoidasiga  e’tiroz bildirishi  mumkin.

Agar Prezident tomonidan  qaytarilgan  qonunni  Oliy  Majlis 

Qonunchilik  palatasi  va  Senati  a ’zolarining  umumiy  sonining 

uchdan ikki qismidan iborat ko‘pchilik ovozi m a’qullasa qonun 

o ‘n  to ‘rt  kun  ichida  Prezident  imzolashi  va  e’lon  qilishi  kerak 

b o ia d i.



9. 

0 ‘zbekiston Respublikasi Prezidentining favqulodda holat 

masalasidagi vakolatlari Konstitutsiyaning 93-moddasi 19-bandida 

aniq  ifodalangan.

 

F a q a t  P rezidentgina  butun  R espublika 



hududida  favqulodda  holat joriy etishga  haqli.  U  qabul  qilgan 

q a ro rin i  uch  kun  m obaynida  Oliy  M ajlisning  p a la ta la ri 

tasdig‘iga  kiritadi.  Lekin  Prezident  bunday  qarorni  qabul 

qilishda  erkin  emas,  chunki  favqulodda  holat  faqat  qonunda 

belgilangan  hollarda  va  tartibdagina joriy  etiladi.

1 0 .0 ‘zbekiston  Respublikasi Prezidentining  harbiy  sohadagi 

vakolatlari ancha keng.

 

U Respublika Qurolli Kuchlarining Oliy



228

Bosh  q o ‘m ondoni  hisoblanadi,  Q urolli  K uchlarning  Oliy 

qo‘mondonlarini tayinlaydi va vazifasidan ozod qiladi, Xavfsiz­

lik  kengashini  tuzadi  va  unga  rahbarlik  qiladi,  oliy  harbiy 

unvonlarni  beradi.

Prezidentning  Oliy  Bosh  q o ‘m ondon  ekanligi  M udofaa 

vazirligiga  har  qanday  buyruqlar  berishiga  imkon  tug‘diradi. 

Mudofaa vaziri amalda bevosita Prezident rahbarligida ishlaydi. 

Urush  yoki  agressiya  holatida  Prezident  har  qanday  vaqtda 

Qurolli kuchlarga boshchilik qilishni o ‘z q o ‘liga olishi mumkin.

0 ‘zbekiston  Respublikasi  Prezidenti  tajovuzdan,  bir-birini 

mudofaa  qilish  yuzasidan  tuzilgan  shartnoma majburiyatlarini 

bajarish zaruriyati tug'ilganda urush holati e’lon qilishga haqli, 

u  bu  qarorini  uch  kun  mobaynida  mamlakat  Oliy  Majlisining 

palatalarinig  tasdig‘iga  kiritadi.



11.D a v la t  b o s h lig ‘i  sifa tid a   0 ‘zb e k isto n   R esp u b lik a si 

Prezidentining vakolatlari jumlasiga fuqarolik,  siyosiy  boshpana 

berish  kabi masalalarni hal qilish  kiritilgan.

0 ‘zbekistonda  yagona  fuqarolik  o ‘rnatilgan  b o iib ,  unga 

qanday  asoslarda  ega  b o iish id an   q a t’i  nazar  barcha  uchun 

tengdir  (K onstitutsiyaning  21-m oddasi).  F u q aro lik k a  ega 

b o iis h   va  uni  yo‘qotishning  asos  va  tartiblari  0 ‘zbekiston 

R espublikasining  «F uqarolik  to ‘g ‘risida»  gi  qonuni  bilan 

belgilanadi.  Qonunning  30-moddasida  Prezidentning  fuqaro­

lik  masalalari  bo'yicha  vakolatlari  belgilangan.

Prezident  bu  m asala  b o ‘yicha  quyidagi  qarorlarni  qabul 

qiladi:


Birinchidan, 

0 ‘zbekiston  Respublikasi  hududida  doimiy 

yashab  kelayotgan  chet  el  fuqarolari  va  fuqaroligi  boim agan 

shaxslarni  0 ‘zbekiston  Respublikasining  fuqaroligiga  qabul 

qilish;

Ikkinchidan, 

xorijda yashayotgan  tegishli iltimosnoma bilan 

0 ‘zbekiston  Respublikasi  Prezidentiga  murojaat  qilgan  xorijiy 

fu q aro lar  va  fuqaroligi  b o im a g a n   shaxslarni  0 ‘zbekiston 

Respublikasi  fuqaroligiga  qabul  qilish;

Uchinchidan, 

0 ‘zbekiston  Respublikasining  fuqaroligiga 

tiklash  to ‘g‘risida;

To‘rtinchidan, 

0 ‘zbekiston  Respublikasining  fuqaroligidan 

chiqarish  to ‘g‘risida;

Beshinchidan.  0 ‘zbekiston  Respublikasining  fuqaroligini 

yo‘qotganlik  to ‘g‘risida.

Y uqorida  aytilgan  m asalalarni  dastlabki  k o ‘rib  chiqish 

uchun  0 ‘zbekiston  Respublikasi  Prezidenti  huzurida  fuqaro-

229


lik masalalari b o ‘yicha komissiya tuzilgan.  U har bir ariza yoki 

iltimosnomaning  Prezident  ko‘rib  chiqishiga  tayyorlaydi.

0 ‘zbekiston  Respublikasining  fuqaroligini  qabul  qilish  va 

undan chiqishining batafsil tartibi (zarur hujjatlari, ular qayerga 

yuborilishi  kerak  va  hk.).  « 0 ‘zbekiston  Respublikasining 

fuqaroligi  bilan  bog iiq  masalalarni  k o ‘rib  chiqishning  tartibi 

to ‘g‘risidagi  qoidalar»  bilan  tartibga  solinadi.  U  1992-yil  22- 

noyabrda  0 ‘zbekiston  Respublikasi  Prezidentining  farmoni 

bilan  tasdiqlangan.  0 ‘zbekiston  Respublikasining  fuqaroligi 

masalalari  bo‘yicha  Prezident  farmon  chiqaradi.

Siyosiy boshpana — o ‘z mamlakatida siyosiy vajlarga ko‘ra 

t a ’qib  qilinayotgan  xorijiy  shaxsga,  fuqaroligi  b o ‘lmagan 

shaxsga  boshqa  m am lakatda  yashash  huquqini  berishdir. 

О ‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan xorijiy shaxsga 

yoki  fuqaroligi  b o ‘lmagan  shaxsga  siyosiy  boshpana  berilishi 

shuni  anglatadiki,  bu  odam  0 ‘zbekistonga  kelishi  mumkin  va 

jinoyatchi  sifatida boshqa  davlatga berilmaydi.  Odatda siyosiy 

boshpana siyosiy faoliyati, ilmiy va madaniy vajlar uchun, milliy 

va  diniy  vajlar  tufayli  ta ’qib  qilinayotgan  shaxslarga  beriladi. 

Siyosiy  boshpana  huquqi  1948-yilgi  Inson  huquqlari  umum- 

jahon deklaratsiyasi  (14-modda)  va  BMT  Bosh  Assambleyasi- 

ning  1967-yil  14-dekabrdagi  rezolutsiyasi  bilan  qabul  qilingan 

hududiy boshpana to ‘g‘risidagi deklaratsiyada nazarda tutilgan, 

lekin  rezolutsiya  fa q a t  tavsiya  xususiyatiga  ega.  Siyosiy 

boshpana  olish  uchun  zarur  b o ‘lgan  shartlarni  belgilash  -  

boshpana  berayotgan  davlatning  suveren  huquqidir.  F aqat 

0 ‘zbekiston  Respublikasining Prezidentigina  siyosiy  boshpana 

berish  to ‘g‘risidagi  qaror  qabul  qilishga  vakolatlidir.



12.Davlat mukofotlari va fax riy unvonlar

  -


 

davlatning iqtisod, 

fan,  madaniy at,  san’at,  Vatanni himoya qilish  va ijtimoiy hayot- 

ning  boshqa  sohalaridagi yuksak  xizm atlari uchun fuqarolarni 

rag‘batlantirishning  oliy  shaklidir.

K onstitutsiyaga  muvofiq  davlat  m ukofotlari  (ordenlar, 

medallar,  yorliqlar) bilan taqdirlash 0 ‘zbekiston Respublikasi­

ning  Prezidenti  tom onidan  amalga  oshiriladi.  U  oliy  harbiy 

unvonlar  (masalan,  armiya  generali),  oliy  malakaviy  unvonlar 

(masalan,  diplomatik  daraja),  oliy  maxsus  unvonlar  (masalan, 

am aldagi  davlat  adliya  m aslahatchisining  toifa  darajasi)ni 

beradi.  Fan  va  texnika,  adabiyot  va  san’at  sohasidagi  davlat 

mukofotlari  bo'yicha  komissiyaning  qarori  Prezident  farmon- 

lari  bilan  tasdiqlanadi.  F aqat  0 ‘zbekiston  Respublikasining 

fuqarolarigina  emas,  balki  xorijiy  fuqarolar  hamda  fuqaroligi

230


boim agan  shaxslar ham davlat mukofotlari va faxrli unvonlar 

bilan  m ukofotlanishi  mum kin.  M asalan,  1996-yil  aprelda 

fransuz  olim i,  professor  L.  K eren  A m ir  Tem ur  m erosini 

o ‘rganishga  q o ‘shgan  katta  hissasi  uchun  «Shuhrat»  medali 

bilan  mukofotlandi.

M ukofotlangan  shaxs  qasddan jinoyat  sodir  etganda  sud­

ning taqdimnomasiga binoan faqat Prezident tomonidan davlat 

m ukofotlaridan  m ahrum   qilinishi  m um kin  (Prezidentning 

maxsus  farmoni  chiqariladi).

13.Amnistiya to ‘g ‘risidagi hujjat larni qabul qilish haqida Oliy 

Majlisning  Senatiga  taqdimnoma  kiritadi.

 

Amnistiya  -  jinoyat 



sodir etgan shaxslarni jinoiy javobgarlikdan t o i a  yoxud qisman 

ozod  qilish  yoki  ilgari  sud  tayinlagan jazoni  o ‘tagan  shaxslar­

ning  sudlanganligini  olib  tashlashdir.  Amnistiya  e io n   qilinishi 

bilan jazoni  o ‘tayotgan  shaxslar  uni  o ‘tashdan  ozod  qilinadi- 

lar  yoki jazo  muddati  qisqartiriladi.  Agar  ayblanuvchi  ishning 

amnistiya  b o ‘yicha  to ‘xtatilishiga  e’tiroz  bildirsa,  ushbu  ish 

tergovi  va  sud  yurituvida  davom  etadi.  Sud  ayblanuvchini 

aybdor  deb  topsa,  shu  amnistiya  hujjatida  k o ‘rsatilgan  asos- 

larga  k o ‘ra  to ‘xtatiladi.

0 ‘zbekiston  Respublikasining  Prezidenti  O'zbekiston  sud­

lari  tomonidan  hukm  qilingan  fuqarolarni  afv  etadi.  Afv  etish 

to ‘g‘risidagi  qarorni  qabul  qilar  ekan,  Prezident  inson  huquq­

lari  va  erkinliklarining  kafolati  sifatida  maydonga  chiqadi. 

Chunki mahkumning O ‘zbekiston Prezidentiga murojaat qilishi 

-jin o iy jazo chorasini qandaydir darajada b o isad a o ‘zgartirish- 

ning  so‘nggi  imkoniyatidir.

Amnistiyadan  farqli  ravishda  afv  -   individual  hujjat,  ya’ni 

muayyan  shaxs  yoki  shaxslar  guruhiga  taalluqli  hujjatdir.  Afv 

hukm qonuniy kuchga kirgan jinoyati uchun sudlangan shaxsni 

jazo d an   ozod  qilish  yoki  jazoni  yum shatishdir.  Afv  etish 

reabilitatsiyadan  farq   qiladi.  R eabilitatsiya  (oqlash)  ham 

individual  hujjat,  lekin  u  oqlangan  shaxs  noqonuniy  hukm 

qilinganini bildiradi. Afv esa hukmning to ‘g‘riligini tasdiqlaydi, 

lekin  m ahkum ning  holatini  yengillashtiradi  (jazo  chorasini 

o ‘zgartirish,  jazoni  o ‘tashdan  ozod  qilish).

0 ‘zbekiston  Respublikasining  Prezidenti  o‘z  vakolatlarini 

b ajarish n i  dav lat  idoralarig a  yoki  m an sab do r  shaxslarga 

topshirishga  haqli  emas.



14.Konstitutsiyaning 95-m oddasiko‘p  mamlakatlarda mavjud 

b o ‘lgan  davlat  bosh lig‘ining parlam entni  tarq atib  yuborish 

institutiga  bag‘ishlangan.

231


P arla m en tn i  ta rq a tib   y u b o rish   —  u ning  v a k o la tla ri 

tu gag u n cha,  yangi  saylovlar  belg ilang u n ich a  p arla m en t 

faoliyatining  to ‘xtatilishidir.

Parlamentni  tarqatib  yuborish  hokimiyatlarning  b o ‘linishi 

prinsipini  amalga  oshiradigan  m uvozanatlar  va  ziddiyatlar 

tizimining  muhim  elementidir.

Prezident Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va Senatini faqat 

K o n stitu tsiyad a  aniq  belgilangan  h ollardagina  tarq atish i 

mumkin.

Birinchidan, 

Oliy  Majlis  Qonunchilik palatasi va  Senatining 

ta rk ib id a  uning  faoliyatini  tahd id g a  soladigan,  hal  qilib 

bo ‘lmaydigan  ixtiloflar  yuz  berganda;



Ikkinchidan, 

Oliy  Majlis  Qonunchilik  palatasi  va  Senati  bir 

necha  marta  Konstitutsiyaga  zid  qarorlar  qabul  qilganda;

Uchinchidan, 

tarqatib  yuborishga  Konstitutsiyaviy  sudning 

roziligi  boiganda.

D em okratik  tuzum dagi  parlam entni  ta rq a tib   yuborish 

instituti  uchun  ikki  tomonlama  bir  xil  yuridik  aloqa  xosdir: 

parlament  tarkibi  faoliyatining  to ‘xtatilishi  va  yangi  saylov- 

larning  belgilanishi.  0 ‘zbekiston  K o nstitutsiyasining  95- 

m o d d a sid a  Oliy  M ajlis  Q o n u n ch ilik   p a la ta s i  va  S enati 

tarqatilgan  taqdirda,  uch  oy  mobaynida,  unga  yangi  saylovlar 

o ‘tkazilishi  k o ‘rsatilgan.

Shu  bilan  birga,  K onstitutsiyaning  95-m oddasining  3- 

qismida  Oliy  Majlisning  Qonunchilik  palatasi  va  Senatining 

tarqatib  yuborilishini  cheklovchi  qoida  belgilab  q o ‘yilgan. 

Masalan,  butun  0 ‘zbekiston  hududida  favqulodda  holat joriy 

qilingan  b o ‘lsa,  Oliy  Majlis  Qonunchilik  palatasi  va  Senati­

ning  tarqatilishi  mumkin  emas.  Bunday,  alohida  favqulodda 

vaziyatda  davlat  amaldagi  parlamentsiz  qolishi  mumkin  emas.

Shunday qilib, 0 ‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Oliy 

Majlisi  palatalarini  tarqatib  yuborish  huquqi  m utlaq  emas, 

chunki  bu  Konstitutsiyada  q at’iy  belgilangan  vaziyatlar  bilan 

chegaralangan.

5-§.  O ‘zbekiston  Respublikasi  Prezidenti  qabul 

qiladigan  normativ-huquqiy  hujjatlar

K o n stitu tsiy aning   94-m oddasiga  m uvofiq  0 ‘zbekiston 

R esp u b likasi  P rezidenti  K o n stitu tsiy a g a  va  q o n u n la rg a 

asoslanib  ham da  ularni  ijro  etish  yuzasidan  m am lakatning 

butun hududida majburiy kuchga ega bo‘lgan farmonlar, qaror­

lar  va  farmoyishlar  chiqaradi.

232


0 ‘zbekiston  R espublikasining 

Prezidenti o ‘z vazifalari va Konstitu­

tsiyaviy vakolatlarini amalga oshirish 

maqsadida  k o ‘pqirrali  huquq  ijod­

korligi  faoliyatini  yuritadi.

P rezident  b u tu n  0 ‘zbekiston  hu du did a  bevosita  am al 

qiladigan,  m ajburiy  kuchga  ega  b o ‘lgan  uch  xil  norm ativ- 

huquqiy  hujjat:

1)  farmonlar;

2)  qarorlar;

3)  farmoyishlar  chiqaradi.



Download 8.86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   40




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling