R e s p u b L i k a s I k o n s t I t u t s I y a s I n I


Download 8.86 Mb.
Pdf ko'rish
bet27/40
Sana21.03.2020
Hajmi8.86 Mb.
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   40
>/qonun  qabul  qilindi.  Ushbu 

qonunda  nraljaffiy  davlat  hokimiyatining  vakillik  va  ijroiya 

org^m ari^rig  huquqjva  vazimlari  va  ular  munosabatlarining 

huqu

Xuddi  shu  kunnp'zini-cyzi  boshqarish  organlari  huquqiy 

m aq o m in i  b e lg ila o b ^ ru y c h i  « F u q a ro la rn in g   o ‘zin i-o ‘zi 

boshqarish  organlari  to‘g4fisida»  qonun  qabul  qilindi.  Ushbu 

qonunda  ilk  bor  o ‘zini-o‘^   boshqarish  organlarining  maqomi 

belgilab  berildi.



110  Karimov I

barqaro-tWfISEartla 

1997,155-156-b..

5n  X R .

I asr ho‘sag‘asida>-xavfsizlikka  tahdid, 

waqflijjrCStAafolatlsfT  -Т .:  « 0 ‘zbekiston»,

/

2-§.  Xalq  deputatlari  Kengashlari  -  

vakillik  organi  sifatida

K onstitutsiya  mahalliy  vakillik  organlM ni  ikki  b o ‘g‘inli

tizim ini  m ustahkanlladi  va  ushbu  holat/  « 

hokimiyati  td ‘g‘risida»gi  qonunda  ifodasmi

M ahalliy  d avlat/ 

topdi.


m ahalli 

belgilan 

Uari,  Res 

tx>‘g‘ini< 

binoan 

larda,  tui 



boysun 

hokimiy 


Toshken

Konstitutsiyaning  99-moddasiga  ko‘ra/ viloyatlar,  tumanlat 

va shaharlar (tumanga bo‘ysunadigan shanarlardan,  shuningdek/~''''\ 

shahar  tarjcibiga  kiruvchi  tum anlardan  rasmqari)da  hokimlar 

boshchilik /qiladigan xalq  deputatlari  Kengashlari  hokimiyatning 

vakillik  organlari  boiib,  ular  davlat  va  fuqarolarning  manfaat- 

larini  ko‘ilab  o ‘z vakolatlariga  taalluqli  ma^alalarni  hal  etadilar. 

,Mazl4ir  moddada  mustaqil  О ‘zbekiston  Respublikasining 

davlat  hokim iyati  vakillik  o rg an larin in g   tizimi 

n.  Bu avvallari davlat hokimiyatining vakillik organ- 

ublikaning  m a’muriy-hududiy/bo‘linishining  hamma 

tuziladi,  degan  qoidaga  barhuim  berdi.  Bu  normaga 

ahalliy  davlat  hokimiyati  vakillik  organlari  viloyat-/ 

anlarda va shahar larda tashkil  qilinadi.  Tumanlarj 

igan va shahar tarkibiga kiruvchi tumanlarda davlat 

ti  vakillik  organlari  tashkil  qilinmaydi.  Jum ladan, 

shahri  tarkibidagi  tum anlarda  ham  vakillik  organ­

lari  tuziljnaydi.  Shuningdek,  shaharcha,  qishloq  va  ovuli 

ham  davlat  hokimiyati  vakillik  organlari  tuzilmaydi. 

1

M ah alliy   vakillik  o rg an larig a  ham   ijro iy a  h ok im iy at 



boshlig‘i  rahbarlik  qiladi,  ularning  rahbarligi,  asosan,  vakillik 

organlarifiing  ishini  tashkil  qilish,  yo‘naltirishdan  iboratdir. j 

Hokimlariiing joylarda  vakillik  va  ijro  hokimiyatiga  rahbarlik j 

qiladi,  deb  belgilanishi,  mahalliy  m iqyosda  hokim iyatning! 

b o ‘linish  prinsipiga  am al  qilinm agandek  tuyuladi.  Aslidai 

hokimlar vakillik organlaridan ustun turmaydi,  ularning vakil-/ 

lik  organlaririi  hokimlarga bo ‘ysunishi  m a’nosida  emas,  vakil-j 

lik  organlari  ishini  tashkil  qilish  doirasida  bo‘ladil u . 

Л

Mahalliy  davlat  hokimiyati  organlari  hisoblanuvchi  xalq 



deputatlari  I^engashlari  vakillik  xarakteriga  ega,  ya’ni  xalq 

tom onidan  Umumiy,  teng,  to ‘g ‘rid an -to ‘g ‘ri  saylov  huquqi 

asosida  yastyirin  ovoz  berish  yo‘li  bilan  saylanadi.  «Xalq  ham 

bevosita,  h^m  o ‘z  vakillari  orqali  davlat  hokimiyatini  amalga 

oshirishd^' to ‘liq  imkoniyatga  ega  b o iish i  lozim»112.

111  Hjjeanov O. Mustaqillik va mahaJliyHiekimiyat. —Т.: «Sharq», 1996,32-b.  /  

ll2^-K^arimov  I.A.  0 ‘zbekistonpitfg  o ‘z isthsdol  va^ rS tiqiyot y o ‘li.  —  Т.:  4


Xalq  deputatlari  K engashlarining  saylov  orqali  tashkil 

etilishi,  ularning  vakillik  xarakterini  yaqqol  k o ‘rsatadi.  Y a’ni 

saylov natijasida fuqarolar bu organlarga o ‘zlarining vakillarini 

saylaydi.  Kengashlarga  saylangan  deputatlar  saylovchilardan 

vakolat  olib,  ularning  nomidan  o ‘z  faoliyatini  yuritadi.  Ular, 

boshqacha  qilib  aytganda,  davlat  hokimiyati  organlaridagi 

xalqning  muxtor  vakilidir.

X alq  d e p u ta tla rin in g   saylovi  1994-yil  5-m ayda  qabul 

qilingan  «Xalq  deputatlari  viloyat,  tuman  va  shahar  Kengash­

lariga saylov to ‘g‘risida»gi Qonun bilan tartibga solinadi. Unga 

ko‘ra,  Xalq  deputatlari  viloyat,  tuman,  shahar  Kengashlariga 

saylov  hududiy  bir  m an d aatli  saylov  o kruglari  b o ‘yicha 

ko ‘ppartiyalilik  asosida  besh  yil  muddatga  o ‘tkaziladi.

X alq  deputatlari  viloyat,  tum an  va  shahar  K engashlari 

deputatlari  umumiy,  teng  va  to ‘g‘ridan-to‘g‘ri  saylov  huquqi 

asosida  yashirin  ovoz  berish  yo‘li  bilan  saylanadilar.

D eputatlar  saylovini  o ‘tkazish  uchun:

—  Xalq  deputatlari  viloyat  va  Toshkent  shahar  Kengash­

lariga  deputatlar  saylashda  oltmishtadan  k o ‘p  bo‘lmagan;

— Xalq deputatlari tuman va shahar Kengashlariga deputat­

lar saylashda o ‘ttiztadan k o ‘p bo‘lmagan hududiy saylov okrugi 

tuziladi.  H ar  bir  saylov  okrugidan  tegishli  xalq  deputatlari 

Kengashiga  bitta  deputat  saylanadi.

—  Xalq  deputatalari  viloyat,  tum an  va  shahar  Kengash­

lariga  saylov  o ‘tkazuvchi  saylov  okruglari  soni  aholining, 

saylovchilarning  soni,  hudud  va  boshqa  mahalliy  sharoitlarni 

inobatga  olgan  holda  ushbu  Qonunda  belgilangan  norm alar 

d o irasid a  tegishli  xalq  d e p u ta tla ri  K engashi  to m o n id an 

belgilanadi.

Saylov  okruglari  tegishli  viloyat,  tum an,  shahar  saylov 

komissiyalari  tomonidan,  qoida  tariqasida,  saylovchilar  soni 

teng  holda  tuziladi.  Saylov  okruglarining  chegaralari  viloyat­

lar,  tum anlar  va  shaharlarning  m a’muriy-hududiy  tuzilishini 

inobatga  olgan  holda  belgilanadi.

Qonunning  9-moddasiga  binoan  saylovni  tashkil  etish  va 

o ‘tkazish  uchun:

Xalq  deputatlari  viloyat  Kengashiga  saylov  o ‘tkazuvchi 

viloyat  saylov  komissiyasi;

—  Xalq  deputatlari  tuman  Kengashiga  saylov  o ‘tkazuvchi 

tuman  saylov  komissiyasi;

—  Xalq  deputatlari  shahar  Kengashiga  saylov  o ‘tkazuvchi 

shahar saylov komissiyasi;



256

—  Okrug  saylov  komissiyalari;

—  Uchastka  saylov  komissiyalari  tuziladi.

Xalq  deputatlari  viloyat,  tum an,  shahar  K engashlariga 

saylov  yuzasidan  saylov  kompaniyasi  boshlanganligi  deputat- 

larning  vakolat  m uddati  tugashidan  kam ida  uch  oy  oldin 

0 ‘zb ek isto n   R esp u b lik asi  M arkaziy  saylov  kom issiyasi 

to m o n id an   omm aviy  ax b o ro t  vositalarid a  e’lon  qilinadi. 

Q onunning  20-m oddasiga  k o ‘ra,  X alq  depu tatlari  viloyat 

K engashlari  deputatligiga  nom zodlar  k o ‘rsatish  huquqiga 

siyosiy  partiyalar,  bevosita  fuqarolar  egadirlar.

Xalq  deputatlari  tuman,  shahar  Kengashlari  deputatligiga 

nomzodlar  ko'rsatish  huquqiga  siyosiy  partiyalar,  fuqarolar­

ning  o ‘zini-o‘zi  boshqarish  organlari,  shuningdek,  bevosita 

fuqarolar  egadirlar.

23-moddaga  binoan:

—  S odir  etilg an   jin o y a ti  uchu n   su d lan g a n lik   h o la ti 

tugallanmagan  yoki  sudlanganligi  olib  tashlanmagan  shaxslar;

— Saylov kuniga qadar so‘nggi besh yil mobaynida 0 ‘zbekis- 

ton  Respublikasi  hududida  muqim  yashamagan  shaxslar;

—  0 ‘zbekiston  Respublikasi  Qurolli  Kuchlarining  harbiy 

xizmatchilari, Milliy xavfsizlik xizmatining, Ichki ishlar vazirligi- 

ning,  boshqa  harbiylashtirilgan  b o ‘linmalarning  xodimlari;

—  Diniy  tash kilotlar  va  birlashm alarning  professional 

xizmatchilari  deputatlikka  nomzod  etib  ro‘yxatga  olinmaydilar.

Saylovoldi  tash v iq o t  d e p u ta tlik k a   n o m zodlar  tegishli 

viloyat, tuman, shahar saylov komissiyasi tomonidan ro ‘yxatga 

olingan  kundan  boshlanadi.  Saylovchilarning  ro'yxatlarini 

tuzish,  fuqarolarni  ro 'yx at  bilan  tanishtirish,  ovoz  berishni 

tashkil  etish  va  saylov  natijalarini  aniqlash  tegishli  saylov 

komissiyalari  tomonidan  amalga  oshiriladi.

Xalq deputatlari Kengashlariga saylanadigan deputatlarning 

tarkibini kuzatsak, ular orasida aholining hamma qatlamlariga 

tegishli kishilar borligini ko‘ramiz, deputatlar orasida turli kasb, 

millat,  yosh,  partiya,  turli  jins  vakillarining  mavjudligi,  bu 

organning haqiqatan vakillik organi ekanligidan dalolat beradi.

«Mahalliy  davlat  hokimiyati  to ‘g‘risida»gi  qonunning  1- 

moddasiga  ko‘ra,  xalq  deputatlari  Kengashi  va hokim viloyat, 

tum an  va  shahar  uchun  umumiy  bo'lgan  ijtimoiy-iqtisodiy 

rivojlanish  vazifalari  amalga  oshirilishini,  joylarda  qonunlar, 

0 ‘zbekiston  Respublikasi  Oliy  Majlisining  boshqa  qarorlari, 

0 ‘zbekiston  Respublikasi  Prezidenti  va  Vazirlar  Mahkamasi 

q ab u l  qilgan  h u jjatlar,  yuqori  turu v ch i  xalq  d ep u tatla ri



257

Kengashlari  va  hokim lar  qarorlarining  ijrosini,  0 ‘zbekiston 

Respublikasi  davlat  hokimiyati  va  boshqaruvi  organlari  bilan 

fuqarolarning o ‘zini-o‘zi boshqarish organlari o ‘rtasidagi aloqa­

larni,  aholini  viloyat,  tum an  va  shaharni  boshqarishga jalb 

etishni  ta ’minlaydi.

Mahalliy  hokimiyat  organlari  o ‘zlarining  butun  faoliyatini 

davlat  hamda  fuqarolarning  manfaatini  k o ‘zlab  olib  boradi- 

lar,  natijada  davlat  m anfaati  bilan  fuqarolarning  m anfaati 

o ‘rtasida  mushtaraklik  vujudga  keladi.  0 ‘zbekiston  Respub­

likasida davlat faoliyatining muhim prinsiplaridan biri qonuniy- 

likdir.  Bu prinsip mahalliy vakillik faoliyatiga ham taalluqlidir, 

shuning  uchun  ularni  o ‘z  vakolatlariga  taalluqli  masalalarni 

hal  qilishini  Konstitutsiyada  belgilanishi  tabiiydir.

Xalq  deputatlari  viloyat,  tuman,  shahar  Kengashi  qarorlarini 

qabul  qiladi  va  b asharti  ana  shu  h u jjatlard a  o ‘zga  tartib  

belgilanmagan bo‘lsa, imzolangan vaqtdan boshlab kuchga kiradi.

Xalq  deputatlari  Kengashi  o ‘z  vakolatlari  doirasida  qabul 

qilgan  hujjatlar  viloyat,  tuman,  shahar  hududida joylashgan 

barcha korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, mansabdor shaxs­

lar  va  fuqarolar  tomonidan  ijro  etilishi  majburiydir.

Q onunning  7-m oddasida  mahalliy  vakillik  organlari  va 

ijroiya  organlari  faoliyatining  iqtisodiy  asosini  tashkil  etuvchi 

mulk  shakllari  berilgan  b o ‘lib,  unga  k o ‘ra  ushbu  mulklarni 

m a’muriy-hududiy  tuzilm alarning  davlat  mulki  (kommunal 

m ulk)  ham da  viloyat,  tum an  va  shahard a  m avjud  b o ‘lib, 

iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishga xizmat qiluvchi boshqa mulk 

tashkil  etadi.

Xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashi va viloyat, 

tu m an ,  sh ah ar  hokim i  m u tlaq   0 ‘zbekiston  R espublikasi 

mulkida  b o ‘lgan  davlat  mulki  obyektlariga  nisbatan  ishlab 

chiqarish  va  ijtimoiy  obyektlarni  samarali joylashtirish,  tabiiy 

va  m ehnat  resurslaridan  oqilona  foydalanish,  atrof-m uhitni 

m uhofaza  etish,  aholini  ijtim oiy  him oya  qilish  sohasida 

nazoratni  amalga  oshiradilar.

Xalq  deputatlari  viloyat,  tuman,  shahar  Kengashi,  viloyat, 

tum an,  shahar  hokimi  o ‘zlari  idora  qilayotgan  hududdagi 

mulkchilikning  turli  shakliga  asoslangan  korxonalar  uchun 

0 ‘zbekiston Respublikasining qonunlarida nazarda tutilmagan, 

tadbirkorlik  va  xo‘jalik  faoliyatini  erkin  yuritishga  to ‘sqinlik 

qiladigan  cheklovlarni joriy  etishga  haqli  emaslar.

Q onunning  8-moddasiga  k o ‘ra,  xalq  deputatlari  viloyat, 

tuman,  shahar  Kengashi  davlat  mulkini  chegaralash  natijasida



258

o ‘ziga berilgan yoki qonunlarga muvofiq o ‘zi sotib olgan obyekt- 

larga  nisbatan  mulkdor  vakolatlarini  to ‘liq  amalga  oshiradi.

Xalq  deputatlari viloyat,  tuman,  shahar  Kengashining mol- 

mulki,  budjet  mablag‘lari,  budjetdan  tashqari  fondlarning  va 

aniq  m aqsadga  qaratilgan  fondlarning  m a b la g ia ri  viloyat, 

tuman,  shahar  mulkidir.  Viloyat,  tuman,  shahar  ahamiyatiga 

ega bo‘lgan muhandislik infrastrukturasi  obyektldri va boshqa 

obyektlar,  korxonalar  va  birlashmalar,  xalq  ta ’l/mi,  sogiiqni 

saqlash,  ijtimoiy  ta ’m inot,  fan  va  m adaniyat  inuassasalari, 

viloyat,  tuman,  shahar mablag‘i  hisobidan  tashknl etilgan  yoki 

sotib  olingan,  shuningdek,  ulushbay  asoslarda  rashkil  etilgan 

yoki  sotib  olingan  yoxud  xalq  deputatlari  viloyat,  tum an, 

sh ah a r  K engashiga  b o sh q a  m an b alard an   bepul  berilgan 

qimmatli  qog‘ozlar  va  moliya  aktivlari  viloyat,  tuman,  shahar 

mulki  bo‘lishi  mumkin.

«Mahalliy  davlat  hokimiyati  to ‘g‘risida»gi  Qonunning  III 

bobi mahalliy davlat hokimiyati faoliyatining moliyaviy asosiga 

b ag ‘ishlangan.  13-moddaga  k o ‘ra,  viloyat,  tum an,  shahar 

budjeti  daromadlariga:

—  0 ‘zbekiston  Respublikasi  qonunlariga  muvofiq  olinadi- 

gan  soliqlar  va  yig‘imlar;

— Viloyat,  tuman  va  shaharga qarashli  mol-mulkni  ijaraga 

berish  yoki  sotishdan  keladigan  tushumlar;

—  Qonunlarda  nazarda  tutilgan  hollarda  viloyat,  tuman, 

shahar mulki hisoblangan korxonalar, muassasalar va tashkilot- 

larning  tekshirish  vaqtida  aniqlangan  yashirib  qolingan  yoki 

kamaytirib  k o ‘rsatilgan  daromadlarining  muayyan  qismi;

—  0 ‘zbekiston  R espublikasining  qonunlariga  muvofiq 

boshqa  tushumlar  kiritiladi.

Bundan  tashqari,  xalq  deputatlari  viloyat,  tuman,  shahar 

Kengashi:

—  Fuqarolar,  mulkchilik  shaklidan  q at’i  nazar,  korxona­

lar,  m uassasalar  va  tashkilotlarning  ixtiyoriy  badallari  va 

xayriyalaridan;

—  0 ‘zbekiston  Respublikasi  qonunlariga  muvofiq  undiri- 

ladigan  ayrim  turdagi jarimalardan;

— Budjetdan tashqari o ‘zga mablag‘lardan tarkib topadigan 

budjetdan  tashqari  fondlar  hosil  qilishi  mumkin.  Budjetdan 

tashqari fondlarning m ablagiari bankdagi maxsus hisob raqam- 

larda  turadi,  ularni  olib  q o ‘yish  mumkin  emas,  ular  tegishli 

xalq  d ep utatlari  K engashi  va  hokim ning  qaroriga  binoan 

sarflanadi.



259

Xalq deputatlari viloyat,  tuman,  shahar Kengashining asosiy 

ish  shakli  sessiyadir.  Xalq  deputatlari  viloyat,  tuman,  shahar 

Kengashining  sessiyalari  tegishli  hokim,  hokim  yo‘qligida  esa 

uning  o ‘rinbosarlaridan  biri  tomonidan  zaruratga  qarab,  biroq 

yiliga  kamida  ikki  marta  chaqiriladi.  Deputatlar  uchun  sessiya- 

lar davlat ishida qatnashish maktabidir. Bu bilan har bir deputat 

Kengash  sessiyasida masalalarni  hal  qilishda  faol  ishtirok  etish, 

mavjud  kamchiliklarni  ochib  tashlash,  Kengash,  hokimlik  va 

ularga  bo‘ysungan  organlar  faoliyatini  yaxshilashga  qaratilgan 

takliflar  kiritish  im koniyatiga  ega  b o ‘ladi.  Sessiyalar,  xalq 

deputatlarining tegishli Kengash deputatlari kamida uchdan ikki 

qismining  tashabbusiga  binoan  ham  chaqirilishi  mumkin. 

Kengash  sessiyasini  chaqirish  to ‘g‘risidagi  qarordan  deputatlar 

sessiya  ochilishidan  kamida  yetti  kun  oldin  xabardor  qilinadi.

Yangi  saylangan  xalq  deputatlari  viloyat,  tuman,  shahar 

Kengashining  birinchi  sessiyasi  hokim  tomonidan  saylovdan 

keyin  kechi  bilan  uch  haftalik  muddat  ichida  chaqiriladi  va  u 

keksa  deputatlardan  biri  tomonidan  ochiladi.  Xalq  deputat­

lari  Kengashi  sessiyalarida  hokim,  u  yo‘qligida  esa  Kengash- 

ning  qaroriga  yoki  hokimning  topshirig‘iga  binoan  mazkur 

Kengashning  deputatlaridan  biri  raislik  qiladi.  Xalq  deputat­

lari Kengashining har bir sessiyasini o ‘tkazish davrida deputat­

lar  orasidan  sessiya  kotibi  yoki  kotibiyati  saylanadi.

Xalq deputatlari Kengashining sessiyasi,  basharti unda jami 

deputatlarning kamida uchdan ikki qismi ishtirok etsa, vakolatli 

hisoblanadi.  Xalq deputatlari viloyat,  tuman,  shahar Kengashi 

sessiyasida  muhokama  qilinayotgan  masalalar  b o ‘yicha  ochiq 

yoki  yashirin  ovoz  berish  orqali,  deputatlar  umumiy  sonining 

ko'pchilik  ovozi  bilan  qaror  qabul  qilinadi.

«Mahalliy  davlat  hokimiyati  to ‘g‘risida»gi  qonunning  18- 

moddasida belgilanganidek, xalq deputatlari Kengashi sessiyalarini 

chaqirish va o‘tkazish, sessiya muhokamasiga masalalar kiritish va 

ularni qarab chiqish, xalq deputatlari  Kengashi organlarini tashkil 

etish  va  saylash,  ularning  faoliyatiga  doir  hisobotlami  tinglash, 

deputatlar so‘rovlarini, qaror loyihalarini qarab chiqish, ovoz berish, 

qarorlami  e’lon  qilish,  sessiyaga  taklif etiladigan  shaxslar  sonini 

aniqlash  tartibi,  shuningdek,  deputatlarning mas’uliyati va  sessiya 

ishini  tashkil  etishga  doir  boshqa  masalalar  xalq  deputatlari 

Kengashining  ish  tartibiga  muvofiq  belgilanadi.

Xalq  deputatlari  Kengashi  huzurida  sessiya  muhokamasiga 

kiritiladigan  m asalalarni  dastlabki  tarzda  qarab  chiqish  va 

tayyorlash,  xalq  deputatlari  Kengashi  qarorlarini  va  0 ‘zbekis-



260

ton  Respublikasining  qonun  hujjatlarini  ro ‘yobga  chiqarish 

uchun  ko‘maklashish,  vakolatlari  doirasida  nazorat  o ‘rnatish 

maqsadida  xalq  deputatlari  Kengashi  o ‘z  vakolati  muddatiga 

doimiy va muvaqqat komissiyalar tuzadi. Komissiyalar faoliyati­

ning  o ‘ziga  xosligi,  eng  avvalo,  shundan  iboratki,  ular  orqali 

deputatlar  sessiyalar  oralig‘idagi  davrda  kengash  faoliyatiga 

bevosita va doimiy jalb qilinadi.  Doimiy komissiyalar -  mahalliy 

xalq  deputatlari  Kengashlarining  strukturaviy  organlari  boiib, 

ko‘pchilik deputatlarni, ya’ni ko‘p sonli faollarni birlashtiruvchi, 

jamoatchilik  asosida  faoliyat  yurituvchi  organdir.



3-§.  Hokim  -   mahalliy  ijroiya  va  vakillik 

hokimiyatining  rahbari  sifatida

Hokim  institutining joriy  etilishi  o ‘zbek  milliy  davlatchiligi 

a n ’analari  va  tarixiy  tajribalarning  qaytadan  tiklanishining 

tarixiy  tajriba  va  a n ’analarga  asoslanadi.  Iskandar  davrida 

mahalliy  aholi  vakillaridan  Artaboz  -   Baqtriyada,  Oksiart  va 

X oriyon  -   S o‘g ‘diyona  viloy atlarid a  hokim lik  qilganlar. 

Xususan,  Amir  Temur  va  temuriylar  davlatchiligida  davlat 

boshqaruvi  oliy  darajadagi  am aldorlardan  tashkil  topgan 

m arkaziy  boshqaruv  va  viloyat  hokim lari  q o iid a   mahalliy 

boshqaruv  asosiy  o ‘rin  tutib,  ular  m am lakatning  amaldagi 

haqiqiy  egalari  edilar.  M ustaqillikning  ilk  kun larid an o q , 

mahalliy  hokimiyat  organlari  faoliyatida  yakkaboshchilikni 

kuchaytirish  maqsadida  hokim  lavozimi  ta ’sis  etildi  va  1991- 

yil  dekabr  oyida  Toshkent  shahri  aholisi  tom onidan  ilk  bor 

shahar  hokimi  saylandi.  Oliy  Kengash  tomonidan  1992-yil  4- 

yanvarda  qabul  qilingan  « 0 ‘zbekiston  Respublikasi  mahalliy 

hokimiyat  idoralarini  qayta  tashkil  etish  to ‘g‘risida»gi  qonun 

hokim  institutining  asosiy  vazifalarini  belgirlab  bergan  b o isa, 

«Mahalliy  davlat  hokimiyati. to ‘g‘risida»gi  1993-yil  2-sentabr 

qonuni  hokim  instituti  faoliyatining  tashkil  etilishini  qonuniy- 

lashtirdi.

Viloyat,  tuman,  shahar  hokimi  viloyat,  tuman  va  shahar- 

ning  oliy  m ansabdor  shaxsi  b o iib ,  ayni  bir  vaqtda  tegishli 

hududdagi  vakillik  va  ijroiya  hokimiyatini  boshqaradi. 

«Kuchli  ijroiya  hokimiyati  b o im a sa ,  hatto  eng  dem okratik 

y o ‘1  b ilan   q ab u l  qilin g an   q a ro rla r  ham   b a jarilm aslig i 

mumkin»,113  —  deydi  0 ‘zbekiston  Prezidenti.

113  Karimov  I.A.  O'zbekistonning  o ‘z  istiqlol  va  taraqqiyot  y o ii.  — Т.: 

1992,  16-bet.

261


Hokimlik lavozimi ijro hokimiyatini kuchaytirish maqsadida 

vujudga  keltirilgan.  Hokim  nafaqat joylarda  ijro  hokimiyatini 

boshqaradi,  balki  vakillik  organlarini  ham  boshqaradi.

Hokimlar  vakillik  organlaridan  farq  qilib,  tayinlash  y o ii 

bilan  ta ’sis  etiladi.  Viloyat  hokim lari  va  Toshkent  shahar 

hokim i  0 ‘zbek iston   R esp ublikasi  P rezidenti  to m o n id an  

tayinlanib,  lavozimidan  ozod  qilinadi,  tayinlash va  ozod  qilish 

viloyat va Toshkent shahar Kengashlari sessiyasida tasdiqlanadi. 

Bu viloyat va Toshkent shahar hokimlari 0 ‘zbekiston Respub­

likasi Prezidentining shu joylardagi vakili ekanligini ko‘rsatadi. 

Natijada markaziy va mahalliy ijro organi o ‘rtasida mustahkam 

aloqa  vujudga  keladi.  Viloyat  T oshkent  shahar  hokim lari 

hokimlik  tizmining  yuqori  b o ‘g‘inini  tashkil  etadi.

H okim lik  tizim ining  keyingi  b o ‘g ‘ini  tum an  va  shahar 

hokim laridir.  U lar  ham  ikki  guruhga  b o ‘linadi.  Birinchisi, 

viloyat tarkibidagi tumanlar va viloyatga bo‘ysunuvchi shahar­

larning  hokim lari.  Bu  hokim lar  viloyat  hokimi  tom onidan 

lavozimga  tayinlanadi  va  lavozimidan  ozod  qilinadi  ham da 

tegishli  hudud  xalq  deputatlari  Kengashida  tasdiqlanadi.

Shahardagi tumanlaming hokimlari, shahar hokimi tomonidan 

lavozimga  tayinlanadi  va  lavozimidan  ozod  qilinadi.  Shahar 

tarkibidagi  tum anlarda  vakillik  hokimiyati  organlari  b o ‘lma- 

ganligi  uchun,  hokimlami  lavozimga  tayinlash  yoki  lavozimidan 

ozod  qilish  shahar  Kengashi  tomonidan  tasdiqlanadi.

Tum anga  b o ‘ysunuvchi  shaharlarning  hokim lari,  tum an 

hokimi  tom onidan  lavozimga  tayinlanadi  yoki  lavozimidan 

ozod  qilinadi.  Tumanga  b o ‘ysunuvchi  shaharlarda  ham  vakil­

lik  organi  b o ‘lmaganligi  uchun  hokimni  lavozimga  tayinlash 

va  lavozimidan  ozod  qilish  masalasi  tum an  xalq  deputatlari 

Kengashlarida  tasdiqlanadi.

Hokimlami lavozimga tayinlashda bir tomondan Prezident va 

yuqori  hokimlar,  ikkinchi  tomondan  tegishli  vakillik  organlari- 

ning  ishtirok  etishi,  hokimlarning  yuqori  va  mahalliy  vakillik 

organlari  oldida,  xalq  vakillari  oldida  mas’uliyatni  kuchaytiradi.

«Mahalliy  davlat  hokimiyati  to ‘g‘risida»gi  qonunning  21- 

moddasiga  ko‘ra,  viloyat,  tuman,  shahar  ijroiya  hokimiyatiga 

hokim boshchilik qiladi. Hokim 0 ‘zbekiston Respublikasi Vazir­

lar  Mahkamasi  belgilaydigan  miqdorda  birinchi  o ‘rinbosar  va 

o‘rinbosarlarga ega bo‘ladi. Viloyat va Toshkent shahar hokimi- 

ning birinchi o ‘rinbosari hamda o ‘rinbosarlari hokim tomonidan 

0 ‘zbekiston  Respublikasining Prezidenti  bilan  kelishilgan holda 

lavozimga  tayinlanadi  va  lavozimdan  ozod  etiladi,  bu  xususda




Download 8.86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   40




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling