R e s p u b L i k a s I k o n s t I t u t s I y a s I n I


Download 8.86 Mb.
Pdf ko'rish
bet28/40
Sana21.03.2020
Hajmi8.86 Mb.
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   40

262

qabul  qilingan  qaror  tegishli  xalq  deputatlari  Kengashining 

tasdig‘iga  kiritiladi.  Tuman,  shahar  hokimining  o‘rinbosarlari 

tegishli  hokim   to m o n id an   y uqori  tu ruv chi  hokim   bilan 

kelishilgan  holda  lavozimga  tayinlanadi  va  lavozimdan  ozod 

etiladi,  bu  xususda  qabul  qilingan  qaror  tuman,  shahar  xalq 

deputatlari  Kengashining  tasdig‘iga  kiritiladi.

Shahardagi  tuman,  tumanga  bo‘ysunuvchi  shahar  hokimi­

ning  o ‘rinbosarlari  tegishli  hokim  tomonidan  yuqori  turuvchi 

hokim   bilan  kelishilgan  h o ld a  lavozim ga  tay in lan ad i  va 

lavozimidan  ozod  etiladi.

Hokimning  o ‘rinbosarlari  hokim  tom onidan  belgilangan 

vazifalar taqsimotiga muvoflq ish bajaradilar. Hokim yo‘qligida 

yoki  u  zimmasidagi  vazifalarni  bajarish  im koniyatiga  ega 

bo‘lmagan taqdirda uning vakolatlarini birinchi o ‘rinbosar yoki 

hokimning  topshirig‘iga  binoan  uning  o ‘rinbosarlaridan  biri 

bajaradi.

Viloyat,  tum an  va  shahar  hokimliklari  faoliyatida  hokim 

ijroiya  mahkamasining  ishini  tashkil  etish  katta  ahamiyatga 

ega.  Chunki,  hokim  o ‘z  vakolatlarini  ijro  mahkamasi  orqali 

amalga  oshiradi.

«Mahalliy  davlat  hokimiyati  to ‘g‘risida»gi  qonunning  22- 

moddasiga ko‘ra, mahalliy ijroiya hokimiyati organlari (hokim- 

liklar)  boshqarm alar,  b o ‘limlar  va  boshqa  b o ‘linm alardan 

iborat  bo‘lib,  ularning  strukturasi,  ularni  tashkil  etish  tartibi 

va  faoliyati  0 ‘zbekiston  Respublikasi  Vazirlar  M ahkamasi 

tasdiqlaydigan  tegishli  nizomlar  bilan  belgilanadi.

Viloyatlar va Toshkent shahar ijroiya hokimiyati organlari- 

ning  strukturasi  va  shtatlari  hokim  tom onidan  0 ‘zbekiston 

R espublikasi  V azirlar  M ahkam asi  bilan  kelishilgan  holda 

tegishli xalq  deputatlari  Kengashi tasdiqlagan budjet doirasida 

belgilanadi  va  o‘zgartiriladi.

Tuman,  shahar ijroiya hokimiyati  organlarining strukturasi 

va  shtatlari  hokim  tom onidan  yuqori  turuvchi  hokim  bilan 

kelishilgan holda tegishli xalq deputatlari Kengashi tasdiqlagan 

budjet  doirasida  belgilanadi  va  o ‘zgartiriladi.  Viloyat,  tuman, 

shahar hokimliklari apparatining stukturasi va shtatlari viloyat, 

tuman,  shahar  xalq  deputatlari  Kengashi  tasdiqlagan  budjet 

doirasida  belgilanadi  va  o‘zgartiriladi.

V ilo y at  va  T o sh k en t  sh a h a r  ho k im lig i  a p p a ra tin in g  

namunaviy  strukturasi  va  shtatlari  0 ‘zbekiston  Respublikasi 

Vazirlar  M ahkamasi  tomonidan,  tum an  va  shahar  hokimligi 

apparatining  namunaviy  strukturasi  va  shtatlari  esa  yuqori



263

turuvchi hokim tomonidan belgilab qo‘yiladi. Qoraqalpog‘iston 

R espublikasida  tum an  va  sh ah ar  hokim ligi  ap p aratin in g  

namunaviy  strukturasi  va  shtatlari  Qoraqalpog‘iston  Respub­

likasi  Vazirlar  Kengashi  tomonidan  belgilab  qo‘yiladi.

Mazkur  qoidaga  asosan,  Vazirlar  Mahkamasi  hokimliklar 

ijroiya mahkamasining tashkil etish va faoliyat yuritish nizom- 

larini  tasdiqlab,  bu  apparatlar  ishini  yanada  takomillashtirish 

m aqsadida  V azirlar  M ahkam asining  1997-yil  17-iyundagi 

« V ilo y atlar  va  T o sh k en t  sh a h a r  h o k im lik la ri  a p p a ra ti 

tuzilmasini  takomillashtirish  to ‘g‘risida»gi  301-sonli  Qarorini 

qabul  qildi.  Shuningdek,  bu  b o rad ag i  fao liyatn i  yanad a 

takomillashtirish  maqsadida  Vazirlar  Mahkamasi  2004-yil  5- 

yanvarda  «Davlat  boshqaruvi  hududiy  organlari  tuzilmasini 

takomillashtirish  to ‘g‘risida»  qaror  qabul  qildi.

Bundan  tashqari  hokimliklar  huzurida  tuziladigan  komis- 

siyalar  faoliyatini  takom illashtirish  va  m uvofiqlashtirish, 

Kengashlar ishini tashkil etish  katta ahamiyatga ega.  Mahalliy 

hokimiyat  organlariga  yuklatilgan  vazifalarni  amalga  oshirish 

yuzasidan  komissiyalar  tuzishning  ijobiy  tom onlari  mavjud 

bo‘lib,  uning  tarkibi  m a’lum  sohaga  tegishli  idoralar  rahbar- 

laridan  tuziladi.  U shbu  komissiya  va  m uvofiqlashtiruvchi 

K en g ash lar  m a ’lum  so had a  m avjud  m a salalarn i  am alga 

oshirishda  sohaga  tegishli  idoralarning  boshqaruv  faoliyatini 

muvofiqlashtiradi,  amalga  oshirilishi  kerak  b o ‘lgan  tadbirlar 

rejasini  ishlab  chiqadi.

Mahalliy  ijroiya  hokimiyatlar  Kotibiyati  sessiyalar,  majlis- 

lar,  hokim maslahat  Kengashi  yig‘ilishlariga  tayyorgarlikni  va 

unda  qabul  qilinadigan  qarorlarning  ekspertizasini,  mahkama 

ishining  istiqbol  va  joriy  rejalarini  ishlab  chiqishda,  xalq 

d ep u tatlari  K engashining  doim iy  kom issiyalariga  uslubiy 

yordam   k o ‘rsatadi.  Shunigdek,  qabul  qilingan  qarorlar  va 

boshqa  hujjatlarning  ijrosini  tezkorlik  bilan  nazorat  qilinishini 

tash k il  etadi.  K o tib iy at  hokim   m ahkam asi  fao liyatining 

ijtim o iy ,  m o ddiy,  texnik  va  a x b o ro t  v o sita la ri  b ilan  

ta ’minlanishini  amalga  oshiradi.

Tegishli  hudud  hokimliklari  huzurida  xo‘jalik  va  ijtimoiy- 

madaniy  qurilish  tarm oqlarini  tezkorlik  bilan  boshqarishni 

ta ’minlash  uchun  tegishli  bosh  boshqarmalarni  birlashtiruvchi 

tarmoq  majmualari  tuziladi114.

114


  To‘laganov A. Davlat hokimiyatining vakillik va o‘zini-o‘zi boshqarish 

organlari faoliyatini tashkil etish. Darslik. —Т.: 2002,  141-b



264

H ududni  ijtimoiy-iqtisodiy  rivojlantirishning  eng  muhim 

m uam m olarini  m uhokam a  qilish  uchun  hokim   h u zurid a 

M aslahat Kengashi tuziladi, uning tarkibiga hokimning birinchi 

o ‘rinbosarlari  kotibiyat  boshlig‘i  kiradi.

M ahalliy  ijroiya  hokim iyat  faoliyatini  tashkil  etishda 

hokim iyat  apparatiga  kiruvchi  b o iim larn in g   o ‘rni  alohida 

ahamiyat kasb etadi.  U lar quyidagilar:  umumiy bo‘lim yuridik 

bo‘lim,  tashkiliy  kadrlar bo‘limi,  ishlar  boshqarmasi.  Umumiy 

b o ‘lim,  hokim  ijroiya  app aratid a  ish  yurgizishni  aniq  olib 

borishni  ta ’minlasa,  tashkiliy-kadrlar  boiim i  xalq  deputatlari 

K en g ash lari  va  h o k im iy at  fao liy atin i  ta sh k iliy ,  uslubiy 

ta ’minlash va hokim  apparatiga  kadrlar tanlab  olish  vazifasini 

amalga  oshirish  uchun  tuziladi.  Ishlar  boshqarmasining  asosiy 

vazifasi esa, xalq deputatlari Kengashi va hokim ijroiya apparati 

faoliyatiga moliyaviy, texnikaviy va transport xizmat ko‘rsatish 

ishlarini  tashkil  etadi.

Hokimliklar  ijroiya  mahkamasi  xodimlari  va  xizmatchilari 

o ‘zlarining  bevosita  rahbarlari — hokim  va  hokim  o ‘rinbosar- 

lari  oldida  mas’uldirlar.

Mahalliy  ijroiya  hokimiyati  organlari  struktura  boiinm a- 

larining  rahbarlarini  lavozimga  tayinlash  va  lavozimdan  ozod 

etish  tartibi  «Mahalliy  davlat  hokimiyati  to ‘g‘risida»  qonun­

ning  23-moddasida  belgilangan  b o iib ,  qonunlarda  lavozimga 

ta y in la sh   va  lav ozim dan   ozod  qilish n in g  o ‘zga  ta rtib i 

belgilanmagan  b o isa,  ijroiya  hokimiyati  struktura  boiinm a- 

larining rahbarlari davlat boshqaruvining yuqori organlari bilan 

kelishilgan  holda  tegishli  hokimning  taqdimiga  binoan,  xalq 

deputatlari  Kengashi  tomonidan  sessiyalar  oraligidagi  davrda 

esa,  hokim tomonidan lavozimga tayinlanadilar va lavozimdan 

ozod  etiladilar,  bu xususda  qabul  qilingan  qaror  xalq  deputat­

lari  Kengashining  tasdig‘iga  kiritiladi.

Basharti,  qonunlarda  lavozimga  tayinlash  va  lavozimdan 

ozo d   q ilis h n in g   o 'z g a   ta r tib i  b e lg ila n m a g a n   b o i s a ,  

sh a h ard ag i  tu m an   yoki  tu m ang a  b o ‘ysu nadigan  sh ah ar 

ijroiya  hokim iyati  stru k tu ra   b o iin m a la rin in g   rah b arlari 

dav lat  boshqaruvining  yuqori  organlari  bilan  kelishilgan 

holda  tegishli  hokim  tom onidan  lavozimga  tayinlanadilar 

va  lavozimdan  ozod  etiladilar.  Hokim  ijro  m ahkam asi  o ‘z 

ish  faoliyatini  mavjud  K onstitutsiyaviy  norm alar,  qo n u n ­

la r,  P re z id e n t  fa rm o n la ri  va  fa rm o y is h la ri,  V a z irla r 

M ahkam asi  q aro rlari  va  ijro  m ahkam asining  Reglam enti 

asosida  amalga  oshiradi.



265

M ahalliy  ijroiya  organining  rahbari  sifatida  hokim ning 

vakolatlari  qonunning  25-m oddasida  aniq  sanab  o ‘tilgan. 

Viloyat,  tuman  va  shahar  hokimi:

—  Qonunlar  va  0 ‘zbekiston  Respublikasi  Oliy  Majlisining 

boshqa hujjatlari, 0 ‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar 

Mahkamasining  hujjatlari,  yuqori  turuvchi  organlar  va  tegishli 

xalq  deputatlari  Kengashi  qarorlarining  ijrosini  tashkil  etadi;

—  Jamoat  tartibiga  rioya  etilishi  va jinoyatchilikka  qarshi 

kurash, fuqarolarning xavfsizligini ta ’minlash,  ularning huquq- 

larini  himoya  qilish  va  salom atligini  m uhofaza  etish  bilan 

bog‘liq  chora-tadbirlar  ko‘radi,  tabiiy  ofatlar,  epidemiyalar va 

boshqa  favqulodda  hollarda  tegishli  ishlarni  tashkil  etadi;

— Viloyat, tuman va shahami iqtisodiy va ijtimoiy rivojlantirish- 

ning asosiy yo‘nalishlarini, viloyat, tuman, shahar budjetining asosiy 

ko‘rsatkichlarini va ularning ijrosiga doir hisobotlami xalq deputat­

lari  Kengashining  tasdig‘iga  taqdim  etadi;

—  0 ‘z  o ‘rin b o sarlari  va  ijroiya  hokim iyati  stru k tu ra  

bo‘linmalarining  rahbarlarini  lavozimga  tayinlash  va  lavozim- 

dan ozod etish to‘g‘risidagi qarorlarni xalq deputatlari Kengashi 

tasdig‘iga  taqdim  etadi;

—  Hokimlik  devoni  b o ‘linmalari  rahbarlarini  lavozimga 

tayinlaydi  va  lavozimdan  ozod  qiladi;

—  Quyi  turuvchi  hokimlarning  qarorlarini,  basharti,  ular 

0 ‘zbekiston  Respublikasining  Konstitutsiyasi,  qonunlari  va 

0 ‘zbekiston  Respublikasi  Oliy  Majlisining  boshqa  hujjatlariga, 

0 ‘zbekiston  Respublikasi  Prezidenti,  Vazirlar  Mahkamasi  qabul 

qilgan  hujjatlarga,  shuningdek,  yuqori  turuvchi  xalq  deputatlari 

Kengashi va hokimning qarorlariga zid bo‘lsa, bekor qiladi va xalq 

deputatlari  Kengashiga  quyi  turuvchi  xalq  deputatlari  Kengash- 

larining  hujjatlarini  bekor  qilish  to‘g‘risida  taqdimnoma  kiritadi;

—  R a h b a rla ri  tegishli  xalq  d e p u ta tla ri  K en g ash lari 

tom onidan  lavozimga  tayinlanadigan  va  lavozim dan  ozod 

etiladigan  ijroiya  hokimiyati  struktura  bo‘linmalarining  ishini 

nazorat  qiladi;

—  X alq  d ep u tatlari  K engashi  va  hokim   qabul  qilgan, 

chiqargan  hujjatlarni  bajarm aganliklari  uchun  m ansabdor 

shaxslarni  intizomiy javobgarlikka  tortish  to ‘g‘risida  qonunda 

belgilangan  tartibda  taqdimnoma  kiritadi;

— Davlat mukofotlari bilan  taqdirlashga doir iltimosnoma- 

larni  qarab  chiqadi  va  takliflar  kiritadi;

— Respublika va  xorijda viloyat,  tuman  hamda  shaharning 

rasmiy  vakili  sifatida  ish  ko‘radi;



266

— 

A holini  qabul  qilishni  tashkil  etadi,  fu q aro larn in g  

shikoyatlari,  arizalari  va  takliflarini  qarab  chiqadi.

Hokim  rejalashtirish,  budjet,  moliya,  hisob-kitob,  viloyat, 

tuman, shahar mulkini boshqarish, mulkchilikning turli shakliga 

mansub korxonalar, muassasalar va tashkilotlar bilan hamjihatlik 

qilish,  qishloq  xo‘jaligi,  yer  va  boshqa  tabiiy  resurslardan 

foydalanish,  tabiatni  muhofaza  qilish,  qurilish,  transport,  yo‘l 

xo‘jaligi va aloqa, aholiga kommunal, savdo va ijtimoiy-madaniy 

xizmat  ko‘rsatish,  aholini  ijtimoiy  muhofaza  qilish,  qonuniylik, 

huquq-tartibot  va  xavfsizlikni  ta ’minlash,  fuqarolarning  huquq 

va  erkinliklarini  muhofaza  qilish  sohasida  qonun  hujjatlarida 

o‘z  vakolatiga  berilgan  boshqa  masalalarni  ham  hal  etadi.

4-§.  Fuqarolarning  o ‘zin i-o‘zi  boshqarish 

organlarining  huquqiy  holati

Fuqarolarning  o ‘zini-o‘zi  boshqarish  organlari  shaharcha, 

qishloq  va  ovullardagi  hamda  ularning  tarkibidagi  mahallalarda 

va shahar tarkibida mahallardagi fuqarolarning yig‘inidir. Bu yig‘in- 

lar kundalik faoliyat yuritish uchun 2,5 yil muddatga rais (oqsoqol) 

va uning maslahatchilarini saylab qo‘yadi.  Ushbu jarayon 29-aprel 

2004-yilda  qabul  qilingan  «Fuqarolar  yig‘ini  raisi  va  uning 

maslahatchilari saylovi to‘g‘risida»gi qonun bilan tartibga solinadi. 

Fuqarolar  yig‘ini  rais  (oqsoqol)i  va  uning maslahatchilari  saylovi 

demokratizm, oshkoralik va teng saylov huquqi asosida o‘tkaziladi. 

Fuqarolar yig‘ini rais (oqsoqol)i va uning maslahatchilarini saylash 

huquqiga  o‘n  sakkiz yoshga  toigan  fuqarolar  egadirlar.

Fuqarolar yig‘ini rais  (oqsoqol)i  va  uning maslahatchilarini 

saylashda  tegishli  hududda  doimiy  yashovchi  0 ‘zbekiston 

Respublikasi  fuqarolari,  jinsi,  irqiy  hamda  milliy  mansubligi, 

tili,  dinga  munosabati,  ijtimoiy  kelib  chiqishi,  shaxsiy  hamda 

ijtimoiy mavqei, m a’lumoti, mashg‘ulotining turi va xususiyati- 

dan  q at’i  nazar,  teng  saylov  huquqiga  egadirlar.

Fuqarolar yig‘ini raisi va uning maslahatchilarini  saylashda 

fuqarolar  yig‘inining  har  bir  ishtirokchisi  bir  ovozga  ega.

Qonunning  9-moddasiga  binoan  fuqarolar  yig‘inlari  rais- 

lari  va  ularning  maslahatchilari  saylovini  tashkil  etish  hamda 

o ‘tkazishda  fuqarolar  yig‘inlariga  amaliy  yordam  k o ‘rsatish 

uchun  Q oraqalpog‘iston  Respublikasi,  viloyatlar,  tum anlar 

hamda  shaharlar  hududida  fuqarolar  yig‘inlari  oqsoqollari  va 

u la rn in g   m a sla h a tc h ila ri  saylovini  ta sh k il  etish  ham da 

o ‘tkazishga  k o ‘maklashuvchi  Qoraqalpog‘iston  Respublikasi, 

viloyatlar,  tumanlar  va  shaharlar  komissiyalari  tuziladi.



267

F uqarolar  yig‘ini  (vakillar  yig‘ilishi)  qonun  hujjatlarida 

belgilangan  tartibda  chaqiriladi  va  o ‘tkaziladi.

Fuqarolar  vakillarining  yig‘ilishiga  hovlilar,  uylar,  ko‘cha- 

lar,  mahallalar,  mavzelar  va  dahalardan  ularda  yashovchilar- 

ning  umumiy  yig‘ilishi  qarori  bilan  saylanadigan  namoyanda- 

lar  vakil  qilinadilar.  Vakillik  normasini  fuqarolarning  o ‘zini- 

o ‘zi  boshqarish  ishlari  b o ‘yicha  tegishli  tum an  yoki  shahar 

muvofiqlashtirish  kengashi  belgilaydi.

Fuqarolar yig‘ini raisi vazifasiga nomzodlar ko‘rsatish tartibi 

qonunning  14-moddasida  berilgan  bo‘lib,  unga  ko‘ra  fuqaro­

lar yig‘ini raisi vazifasiga nomzodlar ko‘rsatish tegishli hududda 

yashovchi  aholining  fikrini  hisobga  olgan  holda  ishchi  guruh 

tomonidan  amalga  oshiriladi.  Fuqarolar yig‘ini raisi  vazifasiga 

k o ‘rsatilgan  nomzodlarga  doir  hujjatlar  tum an  yoki  shahar 

hokim i  bilan  kelishish  uchun  tegishli  tum an  yoki  shahar 

komissiyasiga  saylovdan  kamida  o ‘n  kun  oldin  topshiriladi. 

Ushbu lavozimga nomzodlar,  qoida tariqasida,  oliy m a’lumotli 

bo‘lishi  va  saylov  kuni  tegishli  hududda  doimiy  yashab  turgan 

b o ‘lishi,  shuningdek,  tashkilotchilik  qobiliyatiga,  hayotiy 

tajribaga  va  aholi  o ‘rtasida  obro‘-e’tiborga  ega  boiishi  kerak.

Fuqarolar  yig‘ini  raisi  va  uning  maslahatchilarini  saylash 

ochiq  yoki  yashirin  ovoz  berish  orqali  amalga  oshiriladi.

Fuqarolar  yig‘inida  hozir  bo'lgan  fuqarolarning  yarmidan 

ko ‘pining  ovozini  olgan  nomzod  fuqarolar  yig‘ini  raisi  yoki 

uning  maslahatchisi  vazifasiga  saylangan  hisoblanadi.

0 ‘zini-o‘zi  boshqarish  organlari jamiyat  va  davlat  ishlarini 

boshqarishga  fuqarolarni  jalb  etishga  k o ‘maklashadi,  davlat 

hokimiyati  organlariga,  qonunlarni  yuqori  davlat  organlari­

ning  hujjatlarini,  xalq  deputatlari  Kengashlari  va  hokim lar­

ning  qarorlarini  bajarishda  yordamlashish  maqsadida  fuqaro­

larni  birlashtiradi.

Fuqarolarning o ‘zini-o‘zi boshqarish organlari yuridik shaxs 

h u q uqlaridan  foydalanadi.  K onstitutsiyada  fuqarolarning 

o ‘zini-o‘zi  boshqarish  organlarini  saylash  tartibi,  faoliyatini 

tash k il  etish,  ularn in g   vazifasi,  v a k o latla ri  qon un   bilan 

belgilanishi  k o ‘rsatilgan.  K onstitutsiyaning  shu  norm asini 

hayotga  tatbiq  qilish  maqsadida  1999-yil  14-aprelda  «Fuqaro­

larning o ‘zini-o‘zi boshqarish organlari to ‘g‘risida»gi  qonun115 

q ab u l  q ilin g an .  Bu  q o n u n d a   fu q a ro la rn in g   o ‘z in i-o ‘zi

ll50 ‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi,  1994, 9- 

son,  322-modda.

268


b o sh qarish  o rganlarining  vazifasi,  v ak o latlari,  fu q aro lar 

yig‘ilishi  va  raisning  vakolatlari,  ularning  davlat  hokimiyati 

organlari  bilan  munosabati  asoslari  belgilab  qo‘yilgan.

F uqarolarning  o ‘zini-o‘zi  boshqarishi  —  fuqarolarning 

0 ‘zbekiston  Respublikasi  Konstitutsiyasi  va  qonunlari  bilan 

kafolatlanadigan,  ularning  o ‘z  manfaatlaridan  rivojlanishning 

tarixiy xususiyatlaridan, shunindek, milliy va m a’naviy qadriyat- 

lar  hujjatlaridan  iborat.

Qoraqalpog‘iston  Respublikasida  fuqarolarning  o ‘zini-o‘zi 

b o sh q arish i  so hasidagi  m u n o sa b a tla r  Q o ra q a lp o g ‘iston 

Respublikasining  qonun  hujjatlari  bilan  ham  tartibga  solinadi. 

Fuqarolar  shaharchalar,  qishloqlar,  ovullar  va  mahallalarda 

o ‘zini-o‘zi  boshqarishga  doir  o ‘z  Konstitutsiyaviy  huquqini 

fuqarolarining saylov huquqlari kafolatlariga muvofiq fuqarolar 

yig‘inlari  orqali  amalga  oshiradilar.

Fuqarolar jinsi, irqi, millati, tili, dini,  ijtimoiy kelib chiqishi, 

e’tiqodi,  shaxsiy  va  ijtimoiy  mavqeidan  q a t’i  nazar,  bevosita 

hamda  o ‘zlarining  saylab  qo‘yiladigan  vakillari  orqali  o ‘zini- 

o ‘zi  boshqarish ni  amalga  oshirishda  teng  huquqlarga  egadir.

F uqarolarning  o ‘zini-o‘zi  boshqarishga  doir  huquqlarini 

cheklash  taqiqlanadi.  Fuqarolarning  o ‘zini-o‘zi  boshqarish 

organlari  faoliyatning  asosiy  prinsiplari  quyidagilardan  iborat:

—  Demokratizm;

—  Oshkoralik  ;

—  Ijtimoiy  adolat;

—  Insonparvarlik;

—  M ahalliy  aham iyatga  m olik  m asalalarn i  yechishda 

mustaqillik;

—  Jamoatchilik  asosidagi  o ‘zaro  yordam.

Fuqarolarning  o ‘zini-o‘zi  boshqarishi  0 ‘zbekiston  Respub­

likasining  butun  hududida  amalga  oshiriladi.  Shaharchalar, 

qishloqlar,  ovullarni  tuzish,  tugatish,  shunindek,  ularning 

chegaralarini o ‘zgartirish, ularga nom berish va ularning nomini 

o ‘zgartirish fuqarolar o ‘zini-o‘zi boshqarishining tegishli organ­

lari  fikrini  hisobga  olgan  holda  qonun  hujjatlarida  nazarda 

tutilgan  tartibda  amalga  oshiriladi.

Mahallani  tuzish,  qo‘shib  yuborish,  bo‘lish  va  tugatish,  shu­

ningdek,  uning  chegaralarini  belgilash  va  o ‘zgartirish  fuqarolar 

o ‘zini-o‘zi boshqarish organlarining tashabbusiga ko‘ra mahalliy 

davlat  hokimiyati  organlari  tomonidan  amalga  oshiriladi.

Davlat hokimiyati va boshqaruv  organlari  fuqarolar o ‘zini- 

o ‘zi boshqarish organlarining shakllanishi va rivojlanishi uchun



269

zarur  shart-sharoit  yaratadilar,  ularning  ishlariga  aralashishga 

yo‘l  q o ‘maydilar,  fuqarolarga  o ‘zini-o‘zi  boshqarishga  doir 

huquqlarini  amalga  oshirishda  k o ‘maklashadilar.  Quyidagilar 

fuqarolarning  o ‘zini-o‘zi  boshqarish  organlaridir:

—  Shaharcha,  qishloq,  ovul  fuqarolarining,  shuningdek, 

shahar,  shaharcha,  qishloq  va  ovuldagi mahalla fuqarolarining 

yig‘ini  (vakillar  yig‘ilishi,  bundan  buyon  m atnda  fuqarolar 

yig‘ini  deb  yuritiladi).

—  F u q a ro la r  yig‘in in ing   kengashi  F u q a ro la r  y ig ‘ini 

faoliyatining asosiy yo‘nalishlari bo‘yicha komissiyalar fuqaro­

lar  yig‘inining  taftish  komissiyasi  tuman  m arkazidan  olisda 

joylashgan  va  borish  qiyin  b o ig an   shaharchalar,  qishloqlar va 

o v u llard a  qo nu n  h u jja tla rid a   n aza rd a  tu tilg a n   h o llard a 

tuziladigan  m a ’m uriy  kom issiya  (bundan  buyon  m atn da 

m a’muriy  komissiya  deb  yuritiladi).

Fuqarolarning  o ‘zini-o‘zi  boshqarish  organlari  mahalliy 

davlat  hokimiyati  organlari  tizimiga  kirmaydi.  Fuqarolarning 

o ‘zini-o‘zi  boshqarish  organlari  yuridik  shaxs  huquqlaridan 

foydalanadi,  belgilangan  namunadagi  muhrga  ega  b o ia d i  va 

mahalliy davlat hokimiyati organlarida ro ‘yxatga olinishi kerak. 

Fuqarolar  yig‘ini  to ‘g‘risidagi  namunaviy  nizom  0 ‘zbekiston 

Respublikasi  Vazirlar  Mahkamasi  tomonidan  tasdiqlanadi.

Fuqarolar  yig‘ini  organlari  va  ularning  mansabdor  shaxs­

larni saylash fuqarolarning qonunda belgilangan saylov huquq­

lari  k a fo la tla rin i  t a ’m in lag an   h o ld a,  um um iy,  teng  va 

to ‘g ‘ridan-to‘g‘ri  saylov  huquqi  asosida  yashirin  yoki  ochiq 

ovoz  berish  yo‘li  bilan  amalga  oshiriladi.

Fuqarolar  yig‘ini  —  fuqarolar  o ‘zini-o‘zi  boshqarishining 

yuqori  organi  b o iib ,  aholi  manfaatlarini  ifodalash  va  uning 

nomidan  tegishli  hududda  amal  qiluvchi  qarorlar  qabul  qilish 

huquqiga egadir.  Fuqarolar yig‘inida o ‘n sakkiz yoshga to ig an  

hamda  shaharcha,  qishloq,  ovul  va  mahalliy  hududda  doimiy 

yashayotgan  shaxslar  qatnashadilar.

Shaharcha,  qishloq,  ovul  fuqarolar  yig‘ini  hamda  shahardagi 

mahalla fuqarolar yig‘ini tegishli ravishda shaharcha, qishloq ovul 

fuqarolar  o‘zini-o‘zi boshqarish  organlarining hamda shahardagi 

mahalla  fuqarolar  o‘zini-o‘zi  boshqarish  organlarining  vakolat­

lariga qonun hujjatlari bilan berilgan istalgan masalani o‘zi ko‘rib 

chiqish  uchun  olish va  hal  etish huquqiga  ega.

«Fuqarolarning  o ‘zini-o‘zi  boshqarish  organlari  to ‘g‘risi- 

da»gi qonunning  10-moddasiga ko‘ra, shaharcha,  qishloq,  ovul 

fuqarolar  yig‘ini  va  shaharchadagi  mahalla  fuqarolar  yig‘ini:



270

—  Fuqarolar  yig‘ini  va  uning  maslahatchilari,  fuqarolar 

yig‘ini  faoliyatining  asosiy  yo‘nalishlari  b o ‘yicha  komissiya­

larning  raislari  va  a ’zolarini  saylaydi,  yilning  har  choragida  u- 

larning  hisobotlarini  eshitadi;

— Fuqarolar yig‘inining taftish komissiyasini hamda qonun 

hujjatlarida  nazarda  tutilgan  hollarda  m a’muriy  komissiyani 

saylaydi,  ular  to ‘g‘risidagi  nizomlarni  tasdiqlaydi;

—  Belgilangan  tartibda  raisning  maslahatchilari  va  fuqaro­

lar yig‘ini kengashi devonining miqdor tarkibini belgilaydi, rais­

ning  taqdim nom asiga  k o ‘ra  fu q aro lar  yig‘inining  m as’ul 

kotibini  tayinlaydi;

—  Kengash,  taftish  komissiyasi  va  m a’muriy  komissiya 

faoliyatining  asosiy  y o ‘nalishlarini  belgilaydi,  yilning  har 

choragida  ularning  hisobotlarini  eshitadi;

—  F u q aro lar  o ‘zini-o‘zi  boshqarish  organining  faoliyat 

dasturi  va  xarajatlar  smetasini,  hududni  kompleks  rivojlan- 

tirishni  ta ’minlash,  aholli  punktlarini  obodonlashtirish  va  u- 

larning sanitariya holatini yaxshilashga qaratilgan tadbirlar reja- 

larini  tasdiqlaydi;

—  Qonunlar  va  boshqa  qonun  hujjatlarining,  shuningdek, 

o ‘z  qarorlarining  ijro  etilishi  ustidan jamoatchilik  nazoratini 

amalga  oshiradi;

—  0 ‘zbekiston  Respublikasi  Prezidenti  saylovini  o ‘tkazuv- 

chi,  shuningdek,  0 ‘zbekiston Respublikasi ©liy Majlisiga,  xalq 

deputatlari  viloyat,  tum an  va  shahar  Kengashlariga  saylov 

o ‘tkazuvchi  uchastka  saylov  kom issiyalarining  a ’zoligiga 

nomzodlarni, tegishli okrug saylov komissiyalarini tavsiya etadi;

—  Xalq  deputatlari  tuman,  shahar  Kengashi  deputatligiga 

nomzod  k o ‘rsatish  to ‘g‘risida  qaror  qabul  qiladi;

— 0 ‘zbekiston  Respublikasi  Oliy  Majlisi  deputatligiga xalq 

d ep u tatlari,  viloyat  K engashlari  deputatligiga  nom zodlar 

k o ‘rsatish  uchun  fuqarolarning  nomzodlari,  b o ‘yicha  hoki­

miyatning  tegishli  vakillik  organlariga  takliflar  kiritadi;

—  T o ‘ylar  va  boshqa  m arosim larni  o ‘tkazish  b o ‘yicha 

tavsiyalar  beradi;

—  Yilning  har  choragida  tuman,  shahar  va  viloyat  hokim­

liklari  rahbarlarining  fuqarolar  o ‘zini-o‘zi  boshqarish  organlari 

faoliyati  sohasiga  kiruvchi  masalalar  yuzasidan  hisobotlarini 

eshitadi.  F u q aro lar  yig‘inlarining  h isob o tlar  to ‘g ‘risidagi 

bayonnomalari  tegishli  viloyatlar  va  Toshkent  shahar  hokim- 

liklariga yuboriladi, ular bu bayonnomalarning hisobini yuritadi- 

lar,  fuqarolarning  murojaatlari  bajarilishini  nazorat  qiladilar;



—  A trof-m uhitni  m uhofaza  qilish  va  obodonlashtirish 

masalalari  yuzasidan  o ‘z  vakolati  doirasida  tegishli  hududda 

joylashgan korxonalar, muassasalar, tashkilotlar rahbarlarining 

hisobotlarini  eshitadi;

—  F u q aro lar  o ‘zin i-o ‘zi  boshqarish  organlarining  o ‘z 

mablag‘larini  shakllantiradi,  fuqarolar  o ‘zini-o‘zi  boshqarish 

organlarining mulkiga  egalik  qiladi,  undan  foydalanadi  va  uni 

tasarruf etadi;

—  Obodonlashtirish  ishlarini  o ‘tkazish,  umumiy  foydala- 

nishdagi  joylarni  ta ’mirlash,  shuningdek,  kam  ta ’minlangan 

oilalarning  uylari  va  k v a rtirala rin i  t a ’m irlashda  yordam  

ko‘rsatish  uchun  aholidan  ixtiyoriylik  asosida  mablag‘  yig‘ish 

to ‘g‘risida  qarorlar  qabul  qiladi;

—  Obodonlashtirish,  ko‘kalamzoiiashtirish  va  sanitariya- 

tozalash  ishlari  o ‘tkazish  uchun  tegishli  hududda joylashgan 

k orxonalar  va  tashkilotlarning  m a b la g ia rid a n   shartnom a 

asosida  foydalanish  to ‘g‘risida  qarorlar  qabul  qiladi;

— 0 ‘z hududidagi ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish uchun 

yuridik  va  jismoniy  shaxslarning  m ablag‘larini  ixtiyoriyrlik 

asosida birlashtirish masalalari  yuzasidan  qarorlar  qabul  qiladi;

— Pul mablag‘lari sarflanishi ustidan nazoratni tashkil etadi;

—  Atrof-muhitni  muhofaza  qilishga  k o ‘maklashadi;

—  Guzarlar  barpo  etishga  doir  masalalarni  ko‘rib  chiqadi;

—  M a’muriy-tmdudiy  birliklar  va  mahallalarning  chegara­

larini o ‘zgartirish, mahallalar, ko‘chalar, maydonlar va boshqa 

obyektlarning  nomini  o ‘zgartirish  to ‘g‘risida  tegishli  davlat 

organlariga  takliflar  kiritadi;

— Yer uchastkalarini berish (realizatsiya qilish) masalalarini 

ko‘rib  chiquvchi  tuman  komissiyasiga  o ‘z  vakilini  yuboradi;

— Qonun hujjatlariga muvofiq  boshqa vakolatlarni amalga 

oshiradi.

Shahardagi mahalla fuqarolar  yig‘ini ushbu modda nazarda 

tutilgan  vakolatlardan  tashqari,  kam  ta ’minlangan  oilalarga 

moddiy  yordam  ko‘rsatish  va  bolali  muhtoj  oilalarga  nafaqa- 

lar tayinlash masalalarini  hal etadi,  oilalarni davlat tomonidan 

ijtimoiy  q o ‘llab-quvvatlash  m aqsadlari  uchun  qonun  hujjat­

larida  belgilangan  tartibda  ajratiladigan  m a b lag iard an   o ‘z 

o ‘rnida  va  samarali  foydalanilishni  ta ’minlaydi.

Shaharcha, qishloq, ovul fuqalrolar yig'ini shaharcha, qishloq 

va  ovuldagi  m ahalla  fuqarolar  yig‘inlariga  k o ‘m aklashadi, 

markazlashtirilgan  tarzda  ajratiladigan  m ablagiardan  qanday 

foydalanilayotganligi  to ‘g‘risidagi  hisobotlarini  eshitadi.




Download 8.86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   40




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling