R e s p u b L i k a s I k o n s t I t u t s I y a s I n I


Download 8.86 Mb.
Pdf ko'rish
bet29/40
Sana21.03.2020
Hajmi8.86 Mb.
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   40

272t

Fuqarolar yig‘inining qarorlarini bajarish va fuqarolar o ‘zini- 

o ‘zi  b o sh qarish  organ larin in g  fu q aro la r  yig‘inlari  oraliq 

davridagi  joriy  faoliyatini  amalga  oshirish  uchun  fuqarolar 

yig‘inining  raisi,  uning  m aslahatchilari,  fu q aro lar  yig‘ini 

faoliyatining asosiy yo‘nalishlari bo‘yicha komissiyalarning rais- 

lari  va  yig‘inning  mas’ul  kotibidan  iborat  tarkibda  fuqarolar 

yig‘inining  kengashi  tuziladi.  Fuqarolar  yig‘inining  kengashi:

—  Fuqarolar  yig‘inini  chaqiradi;

—  F u q a ro la r  yig‘ini  faoliyatining  asosiy  y o ‘nalishlari 

b o ‘yicha  k om issiyalar  ishini  m u v o fiq lash tirad i,  xayriya 

tashkilotlari  va  boshqa  hamkorlikdagi  tadbirlarni  o ‘tkazadi;

—  F u q a ro la r  yig‘ini  raisining  taqdim nom asiga  k o ‘ra, 

fuqarolar  yig‘ini  kengashining  devonini  shakllantiradi;

—Ommaviy-siyosiy,  m a’naviy-m a’rifiy,  m adaniy,  sport 

tadbirlari  va  boshqa  tadbirlarni  o ‘tkazishda  mahalliy  davlat 

hokimiyati  organlariga  k o ‘maklashadi;

—  Xotin-qizlarning  manfaatlarini  himoya  qilish,  ularning 

ijtimoiy  hayotdagi,  oilada  m a’naviy-axloqiy  muhitni  shakllan- 

tirishdagi, yosh avlodni tarbiyalash ishidagi mavqeini oshirishga 

qaratilgan  chora-tadbirlarni  ko‘radi;

—  R o ‘y x atd an   o ‘tm ag an   diniy  ta s h k ilo tla r  fao liy at 

k o ‘rsatishining   oldini  olish,  fu q aro la rn in g   diniy  e ’tiqod 

erkinligi  huquqlariga  rioya  etilishini  ta ’minlash,  diniy  qarash- 

larni  majburan  singdirishga  yo‘l  qo‘ymaslik  chora-tadbirlarini 

ko‘radi, vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to ‘g‘risidagi qonun 

hujjatlariga  rioya  etilishi  bilan  bog‘liq  bo‘lgan  boshqa  masala­

larni  к о ‘rib  chiqadi;

—  Tarbiyaga  oid  masalalar  yuzasidan  ta ’lim  muassasalari 

bilan  hamkorlik  qiladi;

— Ikki  yoshga  to ‘lmagan  bolalari  bor,  ishlamaydigan  ona- 

larga  n afaqalarni  shu  m aqsadda  ajratilgan  davlat  budjeti 

mablag‘laridan  ko ‘rsatilgan  tartibda  tayinlaydi  va  to ‘laydi;

—  Boshqalarning  parvarishi  va  yordamiga  muhtoj  keksa 

fu q arolarga  shafelik  (patronajlik)  yordam i  shu  m aqsadda 

ajratilgan  davlat  budjeti  m ablagiari  hisobidan  ko‘rsatilishiga 

k o ‘maklashadi;

—  M azk u r  h u d u d d a  yashovchi  fu q a ro la rn i  ish  bilan 

ta ’minlashga,  shu  jum ladan,  kasanachilikni  tashkil  etishga 

k o ‘maklashadi;

— Qonun hujjatlarida belgilangan  tartibda kichik korxona­

lar,  sartaroshxonalar,  poyabzal  ta ’mirlash  va  tikish  ustaxona- 

lari,  xalq  hunarmandchiligi  sexlari  va  aholiga  maishiy  xizmat



273

k o ‘rsatuvchi  boshqa  korxonalarni  tashkil  etish  va  tugatish 

to ‘g‘risida  qaror  qabul  qiladi,  bu  qaror  keyinchalik  fuqarolar 

yig‘inida  tasdiqlanadi;

—  Aholining  uylari,  hovlilaridagi  binolar,  hovlilar  va  uylar 

atrofidagi  hududlarni  obodonlashtirish,  ko‘kalamzorlashtirish, 

sport  maydonchalarini  jihozlash,  yo‘llar,  ko‘priklar,  ko‘chalar, 

yo‘laklar.  kommunal  tarmoqlarni  qurish,  ta ’mirlash  va  yaroqli 

saqlash,  tarix  va  m adaniyat  yodgorliklarini,  qabristonlarni 

ta ’mirlash  ishlarida  ixtiyoriylik  asosida  qatnashishlarini  tashkil 

etadi,  tuman,  shahar  hokimligi  ajratadigan  moddiy  va  boshqa 

mablag‘lami, ana shu maqsadlarga ishlatadi, jamoatchilik yordami 

(hasharlar)ni  uyushtiradi,  ko‘riklar  va  tanlovlar  o‘tkazadi;

—  Y oqilg‘i,  elektr  va  issiqlik  energiyasi  ham da  suvdan 

tejam li  fo y d alan ish   va  u la rn in g   behuda  sarflan ish in i 

kamaytirishga  qaratilgan  tadbirlarni  o ‘tkazadi;

—  D ehqon  va  ferm er  x o ‘ja lik la rin i  riv o jla n tirish g a  

ko ‘maklashadi;

— Tegishli hududdagi yerlarning foydalanilishi va muhofaza 

etilishi  ustidan  jamoatchilik  nazoratini  amalga  oshiradi;

—  Savdo  va  maishiy  xizmat  ko‘rsatish  korxonalarining  ishi, 

savdo  va  fuqarolarga  xizmat  ko‘rsatish  madaniyati  qoidalariga 

rioya etilishi  ustidan nazorat amalga oshirilishiga ko‘maklashadi;

—  Tegishli  hududda  jam o at  tartibini  ta ’m inlashda,  shu 

jum ladan,  fuqarolarning  kelishi  va  ketishini  hisobga  olishni 

tashkil  etishda,  o ‘smirlar  va  yoshlar  o ‘rtasida  huquqbuzarlik- 

larning oldini olish ishida, voyaga yetmaganlarning huquqlarini 

him oya  qilish d a  h u qu qn i  m uhofaza  qiluvchi  organlarga 

k o ‘maklashadi;

—  Aholi  punktlari,  suv  ta ’minoti  manbalari,  turarjoylar, 

m aktablar  va  boshqa  ta ’lim  muassasalarining  sanitariya  va 

ekologk  holati  ustidan  nazorat  amalga  oshirilishiga  k o ‘mak- 

lashadi;


—  Y ong‘inga  qarshi  xavfsizlik  talablariga,  jonivorlarni 

saqlashga  oid  veterinariya  qoidalariga  rioya  etilishi  ustidan 

nazoratni  amalga  oshirilishiga  ko‘maklashadi;

—  Imoratlar  qurish  va  uylar  atrofidagi  hududlarni  orasta 

saqlash   q o id a la rig a   rio y a  etilish i  u stid an   ja m o a tc h ilik  

nazoratini  amalga  oshiradi;

—  U y-joy  fo n d id an   foy dalan ish   va  uning  asralish in i 

ta ’minlashda  fuqarolarga  ko‘maklashadi;

—  A holidan  soliqlar  va  m ajburiy  to ‘lovlar  o ‘z  vaqtida 

tushishiga  k o ‘maklashadi;



274

—  F u q a ro la r  uy-jo y d an  fo y d ala n ish   x a ra ja tla rin i  va 

kommunal xizmatlar haqini bank muassasasi orqali hisob-kitob 

qilib,  to i iq   va  o ‘z  vaqtida  to ‘lashlarini  kommunal  xizmat 

ko‘rsatish  korxonalari  bilan  birgalikda  uyushtiradi  va  nazorat 

qiladi.

— Fuqarolarni tabiiy ofatlarga qarshi kurashga va ularning 



oqibatlarini  tugatishga jalb  etadi;

— Aholini fuqarolik himoyasiga doir tadbirlarni o ‘tkazishga 

jalb  etadi,  harbiy  xizmatga  m ajburlar  va  chaqiriluvchilarni 

mudofaa ishlari boiim lariga chaqirilayotganliklaridan xabardor 

etish  tashkil  qilishga  k o ‘maklashadi,  shuningdek,  shaharcha- 

lar,  qishloqlar va ovullarda ularning shaxsiy-birlamchi hisobini 

yuritadi;

— Jazoni  ijro  etish muassasalaridan  ozod etilgan  shaxslarni 

ijtimoiy  mehnatga  tiklash  va  jinoyatchilikning  oldini  olishga 

doir tadbirlarni ijtimoiy moslashuv markazlari bilan  birgalikda 

amalga  oshiradi;

—  Ilgari  sudlangan  hamda  huquqbuzarliklar  sodir  etishga 

moyil  boshqa  shaxslarga  tarbiyaviy  t a ’sir  o ‘tkazish  uchun 

faxriylar, xotin-qizlar, madaniyat va din vakillaridan komissiya- 

lar  tuzadi;

—  F u q a ro la r  yig'inin ing   kengashi  qonun  h ujjatlarig a 

muvofiq  boshqa  vakolatlarni  ham  amalga  oshirishi  mumkin. 

F u q aro lar  o ‘zini-o‘zi  boshqarish  organlarining  faoliyatini 

muvofiqlashtirish maqsadida Respublika oqsoqollar Kengashi, 

shuningdek,  fu q aro la rn in g   o ‘z in i-o ‘zi  bo sh q arish  ishlari 

bo‘yicha  viloyat,  tuman,  shahar  muvofiqlashtirish  kengashlari 

tuzilishi  mumkin.

Fuqarolar  yig‘ini  fuqarolar  yig‘inining  raisi  yig‘in  kengashi 

tomonidan zaruratga qarab, lekin yilning har choragida kamida 

bir marta chaqiriladi.  Fuqarolar yig‘ini xalq deputatlari tuman, 

shahar Kengashi, tuman, shahar hokimi yoki o ‘n sakkiz yoshga 

to ‘lgan  va  mazkur  hududda  doimiy  yashovchi  fuqarolarning 

kamida uchdan bir qismi tashabbusi bilan chaqirilishi mumkin. 

Fuqarolarning  yig‘ini  fuqarolar  yig‘inida  qatnashish  huquqiga 

ega b o ‘lgan barcha aholining yarmidan ko‘prog‘i hozir bo‘lgan 

taqdirda  vakolatlidir.

Fuqarolar  yig‘inini  olib  borish  uchun  rayosat  saylanadi. 

Yig‘inni  fuqarolar  yig‘inining  raisi  yoki  raisning  maslahatchi- 

laridan  biri  olib  boradi.  Barcha  masalalar  b o ‘yicha  qarorlar 

ochiq yoki yopiq ovoz berish orqali oddiy ko‘pchilik  ovoz bilan 

qabul  qilinadi.



275

^Har  bir  yig‘inda  yig‘in  o ‘tkazilgan  sana,  hozir  b o ig a n  

fu q a ro la r  soni,  kun  ta rtib i  va  q ab u l  q ilin g an   q a ro rla r 

ko‘rsatilgan  holda bayonnoma  yurtiladi.  Fuqarolar yig‘imning 

bayonnomasi  va  qarorini  fuqarolar  yig‘inining  raisi  va  mas’ul 

kotibi  imzolaydilar.  Rais  y o ‘qligida,  fuqarolar  yig‘inining 

bayonnomasini raisning maslahatchilaridan biri va mas’ul kotib 

imzolaydi.  Fuqarolar  yig‘inini  chaqirishning  iloji  b o ‘lmagan 

taqdirda,  fuqarolar  vakillarining  yig‘ilishi  o‘tkaziladi,  mavze- 

lar,  dahalardan  fuqarolarning  namoyondalari  vakil  qilinish- 

lari  mum kin.  V akillik  norm alari  tegishli  xalq  dep u tatlari 

Kengashi  yoki  tuman,  shahar  hokimi  tomonidan  belgilanadi.

Fuqarolar  vakillarining  yig‘ilishi  unda  vakillarning  kamida 

uc'hdan ikki qismi hozir bo‘lgan taqdirda vakolatlidir va bunday 

yig‘ilish  ushbu  Q onunda  fu q aro la r  yig‘inlarini  o ‘tkazish 

tartibiga nisbatan  qo‘yiladigan  talablarga muvofiq  o ‘tkaziladi. 

Fuqarolar yig‘ini kengashining majlisi fuqarolar yig‘inining raisi 

tomonidan,  zururatga  qarab,  lekin  oyda  bir marta  o ‘tkaziladi.

Fuqarolar  yig‘ini  kengashining  majlisi,  agar  uning  ishida 

kengash a ’zolarining kamida uchdan ikki qismi qatnashayotgan 

b o ‘lsa,  v ak o latli  h iso b lan ad i.  Q aro rn i  fu q a ro la r  yig ‘ini 

kengashining  hozir  b o ‘lgan  a ’zolaridan  yarmidan  k o ‘prog‘i 

yoqlab ovoz bergan bo‘lsa, qabul qilingan hisoblanadi. Fuqaro­

lar  yig‘ini  kengashining  qarori  ochiq  ovoz  berish  yo‘li  bilan 

qabul  qilinadi.

Fuqarolar  o ‘zini-o‘zi  boshqarish  organlarining  faoliyatini 

tashkil etishni uning kengashi hamda fuqarolar yig‘inining raisi 

amalga oshiradi.  Raisning maslahatchilari  o ‘rtasida vazifalarni 

taqsimlash  fuqarolar  yig‘ini  raisining  taqdimnomasi  bo‘yicha 

yig‘in  tomonidan  amalga  oshiriladi.

Fuqarolar yig‘ini kengashi o ‘z devoniga ega bo‘lishi mumkin, 

uning  xodimlari  soni  yig‘in  tomonidan  belgilanadi.  Yig‘inning 

mas’ul  kotibi  va  kengash  devoni  xodimlari  yig‘inni,  kengash 

majlisini  o ‘tkazishga  doir  materiallarni  tayyorlaydilar,  yig‘in, 

kengash  va  raisning  q a ro rla ri  ijro ch ilarg a  o ‘z  v aq tid a 

yetkazilishini  ta ’minlaydilar,  ish  yuritilishni  amalga  oshiradilar.

Fuqarolar yig‘inining raisi, m as’ul kotibi va kengash devoni 

xodimlari  fuqarolar  yig‘inining  m ablag‘lari  hisobiga,  qonun 

hujjatlarida  belgilangan  tartibda  mahalliy  budjet  m ablagiari 

hisobiga  ham  ta ’mmlanishi  mumkin.

Fuqarolarning  o ‘zini-o‘zi  boshqarish  organlari  tomonidan 

ko‘rilgan,  olingan  yoki  qonunda  belgilangan  tartibda  ularga 

berilgan jamoat,  ijtimoiy-maishiy  va  boshqa  maqsaddagi,  shu-



276

ningdek, transport vositalari, xo‘jalik anjomlari va boshqa mulk 

ularning  mulki  hisoblanadi.

Fuqarolarning  o ‘zini-o‘zi  boshqarish  organlari  o ‘z  mulki 

b o ig a n   obyektlarni  vaqtinchalik  yoki  doimiy  foydalanish 

uchun  yuridik  va  jism o niy   sh ax slarga  berishga,  ijarag a 

topshirishga, belgilangan tartibda o ‘z tasarrufidan chiqarishga, 

shuningdek,  qonun hujjatlariga muvofiq ushbu mol-mulk bilan 

bog‘liq  boshqa  bitimlar  tuzishga  haqlidir.

F uqarolar  o ‘zini-o‘zi  boshqarish  organlari  faoliyatining 

moliyaviy  asosi  o ‘z mablag‘laridan,  xalq  deputatlari  tuman  va 

shahar  Kengashlari  tomonidan  belgilangan  tartibda  ajratiladi- 

gan  budjet  m ablag‘laridan,  yuridik  va jismoniy  shaxslarning 

ixtiyoriy  xayr-ehsonlaridan,  shuningdek,  qonun  hujjatlarida 

nazarda  tutilgan  boshqa  mablag‘lardan  tashkil  topadi.

Fuqarolar  o ‘zini-o‘zi  boshqarish  organlarining  moliyaviy 

m a b lag ia ri  bank  muassasasidagi  mustaqil  hisob  varaqada 

saqlanadi hamda belgilangan tartibda ular tomonidan mustaqil 

foydalaniladi  va  bu  m ablag‘larning  olib  qo‘yilishi  mumkin 

emas.  Fuqarolar yig'inining kengashi moliyaviy mablag‘lardan 

foydalanilganligi  to ‘g‘risida  yilning  har  choragida  fuqarolar 

yig‘ini  olidida  hisob  beradi.

Fuqarolarning o ‘zini-o'zi boshqarish organlari o ‘z faoliyati­

ning  hisobini  yuritadi  hamda  qonun  hujjatlarida  organlarga 

hisobot  taqdim  etadi.

F u qaro lar  o ‘zini-o‘zi  boshqarish  organlarining  va  ular 

m ansabdor  shaxslarining  m urojaatlari  davlat  hokimiyati  va 

boshqaruv  organlari,  korxonalar,  muassasalar  va  tashkilotlar, 

ularning mansabdor shaxslari tomonidan o ‘z vakolatlari doirasida 

qonunda  belgilangan  muddatda  ко‘rib  chiqilishi  shart.

F uqarolarning  o ‘zini-o‘zi  boshqarish  organlarini  qayta 

tashkil etish va ularning faoliyatini tugatish m a’muriy-hududiy 

birliklar,  shuningdek,  m ahalla  q o ‘shilganda,  b o ‘linganda, 

tugatilganda  fuqarolar  yig‘inining  qaroriga  binoan  qonun 

hujjatlariga  muvofiq  amalga  oshiriladi.

Fuqarolarning о ‘zini-o‘zi boshqarish organlari faoliyati bilan 

bog‘liq  nizolar  sud  tomonidan  hal  etiladi.

Fuqarolarning  o ‘zini-o‘zi  boshqarish  organlari  va  ularning 

mansabdor shaxslari o ‘zini-o‘zi boshqarishni amalga oshirishga 

doir  fuqarolarning  huquqlarini  buzgan  davlat  organlari  va 

boshqa  organlarning,  shuningdek,  m ansabdor  shaxslarning 

harakatlari  (qarorlari)  ustidan  shikoyat  qilishga  haqlidir.

Fuqarolarning  o ‘zini-o‘zi  boshqarish  organlarining  qaror­

lari,  shuningdek,  ular  m ansabdor  shaxslarining  harakatlari

277


(harakatsizligi)  ustidan  qonunda  belgilangan  tartibda  sudga 

shikoyat  qilishi  mumkin.

Fuqarolarning o‘zini-o‘zi boshqarish  organlari  to ‘g‘risidagi 

qonun hujjatlari buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar belgilangan 

tartibda  javobgar  boladilar.

Mahalliy  davlat  hokimiyati  organlari  0 ‘zbekiston  Respub- 

likasida  joylardagi  xalq  hokimiyatchiligi  nam oyon  b o ‘lishi 

shakllaridan  biri  bo‘lib,  bu  organlar  orqali aholining iqtisodiy, 

siyosiy  va  ijtimoiy-madaniy  sohalardagi  ehtiyojlari  amalga 

oshiriladi.  Mazkur  organlarning  tashkil  etilishi  va  faoliyatiga 

tegishli masalalarni o ‘rganish juda muhimdir. Chunki, 0 ‘zbekis- 

ton Respublikasida xalq hokimiyatchiligini amalga oshirish yo‘l- 

lari  ikkita  asosiy  shaklda  am alga  oshiriladigan  b o ‘lsa,  bu 

bevosita  va  vakillik  d e m o k ra tik   asosda  b o ‘ladi.  Bunda 

demokratiyaning  ikkala  shakli  ham  namoyon  bo‘lishi  bevosita 

mahalliy  vakillik  organlari  bilan  b og‘liqdir.  Bu  organning 

saylash  jarayoni  bevosita  demokratik,  ularning  faoliyati  esa 

vakillik  demokratiyadir.



0

‘zbekistonda mahalliy vakillik hokimiyat organlari tizimi xalq 

hokimiyatchiligini  amalga  oshirishda  muhim  ahamiyatga  egadir.

M avzu n i  m ustahkam lash  uchun  savollar

1.  0 ‘zbekiston Respublikasida mahalliy davlat hokimiyat organ­

lari tizimini  ko‘rsating.

2.  Mahalliy davlat hokimiyati faoliyatining tashkil etilishi qanday?

3.  Mahalliy  davlat  hokimiyati  organlarining  Konstitutsiyaviy 

vazifalariga  nimalar  kiradi?

4.  Mahalliy  vakillik  va  ijroiya  hokimiyat  organlari  munosabat- 

larining huquqiy tartibga solinishi qanday amalga oshiriladi?

5.  Mahalliy  ijroiya  organlarining  huquqiy  maqomi  deganda 

nimani tushunasiz?



6

.  Mahalliy ijroiya organlarining strukturasinni ko‘rsating.

7.  Xalq  deputatlari  Kengashlar  sessiyalarini  chaqirish  tartibin 

ko‘rsating.



8

.  Fuqarolarning  o‘zini-o‘zi  boshqarish  organlari  faoliyatining 

huquqiy asoslari deganda nimani tushunasiz?

9.  Fuqarolarning o‘zini-o‘zi boshqarish organlarini  tuzish tartibi 

qanday?

10.  Fuqarolarning  o‘zini-o‘zi  boshqarish  organlarida  fuqarolar 



yig‘ini  Kengashi faoliyati qanday?

278

X II  B O B

0 ‘Z B E K IS T 0 N   R E SPU B L IK A SID A   SU D  

H O K IM IY A T1N IN G   K O N ST IT U T SIY A V IY  

A SO SL A R I

l- § .  0 ‘zbekiston  Respublikasida  sud  tizimining 

Konstitutsiyaviy  asoslari

Huquqiy  demokratik  davlat  erkin  fuqarolik jamiyatida  sud 

hokimiyatining  mavqei  yuksak  sanaladi,  binobarin,  adolatni 

ta ’minlovchi  mahkama  sifatida  aynan  sud  e’tirof etiladi.

Sud  hokimiyati  —  bu  sudlarning  0 ‘zbekiston  Respublikasi 

Konstitutsiyasi va qonunlari ustuvorligi prinsipiga so‘zsiz rioya 

qilish  asosida jinoiy,  fuqarolik,  xo‘jalik  ishlarini  va  m a’muriy 

huquqbuzarlik  to ‘g‘risidagi  ishlarni  ko'rish  bo‘yicha  vakolatli 

organdir.

Sud  hokim iyati  davlat  hokim iyatining  alohida  mustaqil 

shohobchalaridan  biri  b o ‘lib,  jamiyat  hayotida  odil  sudlovni 

amalga  oshirishga  qaratilgan  faoliyatni  amalga  oshiradi.  Odil 

sudlov o ‘zmohiyatiga ko‘ra, davlat faoliyati hisoblanadi, bunda 

vakolatli  sud  muassasasi  huquq  normalari  talablarini  buzish 

oqibatida  kelib  chiquvchi  nizoli  holatlarni  muhokam a  etib, 

hal  etadi.

^M am lakatim izda  sud  hokim iyatining  K onstitutsiyaviy- 

huquqiy  maqomi,  tuzilishi  va  faoliyat  yuritishning  qonuniy 

asosi 0 ‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va 0 ‘zbekis- 

ton  Respublikasining  «Sudlar  to ‘g‘risida»gi  (yangi  tahrirdagi 

2000-yil  14-dekabr)  qonuni  bilan  belgilanadi.

K onstitutsiyada  ta ’kidlanishicha,  0 ‘zbekiston  R espub­

likasida  sud  hokimiyati,  qonun  chiqaruvchi  va  ijro  etuvchi 

hokimiyatlar,  siyosiy  partiyalardan  boshqa jam oat  birlashma- 

laridan mustaqil holda ish yuritadi. 0 ‘zbekiston Respublikasida 

sud  hokimiyati  tizimi  quyidagi  sudlardan  tashkil  topgan:

1.  0 ‘zbekiston  Respublikasi  Konstitutsiyaviy  sudi;

2.  0 ‘zbekiston  Respublikasi  Oliy  sudi;

3.  0 ‘zbekiston  Respublikasining  Oliy  xo‘jalik  sudi;

4.  Qoraqalpog’iston Respublikasining Fuqarolik va jinoyat 

ishlari  b o ‘yicha  sudlari,  fuqarolik  va jinoyat  ishlari  bo‘yicha 

viloyat  va  Toshkent  shahar  sudlari;

5.  Harbiy  sudlar;

279


6. 

Qoraqalpog’iston  Respublikasi  Xo‘jalik  sudi,  viloyat  va 

Toshkent  shahar  xo‘jalik  sudlari.

0 ‘zbekiston Respublikasida ishlarning toifalariga qarab sud- 

larning  ixtisoslashuvi  amalga  oshirilishi  mumkin.

Favqulodda  sudlar  tuzishga  yo‘l  qo‘yilmayd|<



Qonun  sudlarni  tashkil  etish,  ularni  saylash  va  tayinlash 

tartibini  belgilaydi

0 ‘zbekiston Respublikasi Konsti- 

tutsiyasi  va  «Sudlar  to ‘g‘risida»gi 

qonuniga  muvofiq  sodiqlik,  musta- 

qillik,  kollegiyallik,  os^koralik  va 

sudyalar  huquqlarining  tengligi  sud 

tizimi  faoliyatining  asosiy  prinsip- 

laridir.


Sud  ishlari  ichida  eng  asosiy  vazifa  odil  sudlovni  amalga 

oshirish  hisoblanadi.  Shuningdek,  sud  hokimiyatining  ijtimoiy 

ahamiyatga  ega  bo ‘lgan  quyidagi  vakolatlari  ham  mavjud:

1)  Konstitutsiyaviy  nazorat;

2)  Davlat  organlari  va  mansabdor  shaxslarning faoliyatlari 

hamda  ular  tomonidan  qabul  qilingan  qarorlarning  qonuniy- 

ligini  tekshirish;

3)  Sud  hukmi  va  qarorlarning  ijrosini  ta ’minlash;

4)  Sudlarga  tegishli  m a’muriy  huquqbuzarlik  holatlarini 

k o ‘rib,  tekshirib  chiqish;

5)  Sud  am aliyotidan  kelib  chiqib,  amaldagi  qonunchilik 

masalalari  bo‘yicha  tushuntirish  vakolati;

6)  Sudyalar  tarkibining  shakllanishida  ishtirok  etish  va  u- 

ning  organlariga  yordam  berish  vakolati.

Sudning faoliyati qonun ustuvorligi, ijtimoiy adolat, fuqaro­

lar  tinchligi  va  totuvligini  ta ’minlashga  qaratilgandir.  Sud 

hokimiyati  faoliyatining  Konstitutsiyaviy  qoidalari  0 ‘zbekis- 

ton Respublikasining «Konstitutsiyaviy sudi to ‘g‘risida», «Sud­

lar  to ‘g‘risida»,  «Harbiy  sudlarning  faoliyatini  tashkil  etish 

to ‘g‘risidagi  Nizom»,  Jinoyat  kodeksi,  Jinoyat-protsessual 

kodeksi,  Fuqarolik-protsessual  kodeksi,  X o‘jalik-protsessual, 

M a’muriy javobgarlik kodeksi, Mehnat kodeksi, Jinoyat ijroiya 

kodeksi  va  boshqalarga  tayanadi.

0 ‘zbekiston  Respublikasi  K onstitutsiyasining  108-109- 

moddalarida  0 ‘zbekiston  Respublikasi  Konstitutsiyaviy  sudi- 

ning  hu q uq iy   h o la ti  m u stah k am lan g an .  U nga  m uvofiq, 

0 ‘zbekiston  Respublikasining  Konstitutsiyaviy  sudi  qonun

280

Fransiyada Konstitutsiyaviy 

nazoratni  boshqa  davlat- 

lardagi  kabi  sud  organlari 

em as,  balki  maxsus  Ken- 

gash  tom on id an   am alga 

oshiriladi.


ch iq aru v ch i  va  ijro  etuvchi  h o k im iy atlarn in g   h u jja tla ri 

Konstitutsiyaga  qanchalik  mosligiga  doir  ishlarni  ko‘radi.

Konstitutsiyaviy sud siyosat va huquq sohasidagi mutaxassis- 

lar  orasidan -  Konstitutsiyaviy sud  raisi,  rais  o ‘rinbosarlari va 

sudyalardan,  shu jum ladan,  Q oraqalpog‘iston  Respublikasi 

vakilidan  iborat  tarkibida  saylanadi.

K onstitutsiyaviy  sudning  raisi  va  a ’zolari  deputat  b o ‘la 

olmaydilar.  Konstitutsiyaviy  sudning  raisi  va  a ’zolari,  siyosiy 

partiyalari,  harakatlarning  a ’zosi  bo'lishlari  va  boshqa  haq 

to ‘lanadigan  lavozimni  egallashlari  mumkin  emas.

K o n stitu tsiy av iy   sud  su d y alari  daxlsizlik  h u q u q id a n  

foydalanadilar. Konstitutsiyaviy sud sudyalari o ‘z faoliyatlarida 

mustaqildirlar  va  faqat  0 ‘zbekiston  Respublikasi  K onstitu­

tsiyasiga  b o ‘ysunadilar  ( 0 ‘zbekiston  Respublikasi  Konstitu- 

tsiyasining  108-moddasi).

0 ‘zbekiston  Respublikasining  Konstitutsiyaviy  sudi:

1)  Qonunlar va 0 ‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qabul 

qilgan boshqa hujjatlar 0 ‘zbekiston Respublikasining Prezidenti 

farm onlar,  hukum at  qarorlari,  davlat  hokim iyati  mahalliy 

organlari  qarorlari,  0 ‘zbekiston  Respublikasi  davlatlararo 

sh artn o m alar  va  bosh qa  m a jb u riy atlarn in g   0 ‘zbekiston 

Konstitutsiyasiga  mosligini  aniqlaydi;

2)  Qoraqalpog‘iston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonun- 

larini  0 ‘zbekiston  Respublikasining  Konstitutsiyasi va  qonun­

lariga  muvofiqligi  to ‘g‘risida  xulosa  beradi;

3)  0 ‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonun­

larining  normalariga  sharh  beradi;

4)  0 ‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonun­

lari bilan berilgan vakolat doirasida boshqa ishlarni ham к о ‘rib 

chiqadi.


Konstitutsiyaviy sudning qarorlari m atbuotda e’lon qilingan 

paytdan  boshlab  kuchga  kiradi.  U lar  q a t’iy  va  ular  ustidan 

shikoyat  qilish  mumkin  emas.  Konstitutsiyaviy  sudni  tashkil 

etish  va  uning  faoliyatin i  k o ‘rsatish   ta rtib i  qo n u n   bilan 

belgilanadi ( 0 ‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining  109- 

moddasi).

0 ‘zbekiston  R espublikasi  Oliy 

sudi esa «Sudlar to ‘g‘risida»gi qonun 

asosida  faoliyat  olib  boradi.

0 ‘zbekiston  R espublikasi  Oliy 

sudi  fuqarolik,  jinoiy  va  m a’muriy 

sud  ishlarini  yurit\sh  sohasida  sud




Download 8.86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   40




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling