R e s p u b L i k a s I k o n s t I t u t s I y a s I n I


-§.  Konstitutsiya  turlari


Download 8.86 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/40
Sana21.03.2020
Hajmi8.86 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   40

6-§.  Konstitutsiya  turlari

So‘nggi  ikki  yuz  yildan  ortiq  Konstitutsiyaviy  taraqqiyot 

m obaynida  turli  m am lakatlarda  nihoyatda  k o ‘p  K o nstitu­

tsiy a lar  q ab u l  qilindi.  U larn in g   ichki  tu zilishi,  ta rtib g a  

soladigan masalalari,  tashqi belgilarida o ‘xshashliklar mavjud 

b o ‘lsada,  b arch a  K o n stitu tsiy ala rn i  m azm uni,  m ohiyati, 

ijtimoiy vazifalariga k o ‘ra tasniflash, m a’lum turlarga ajratish 

mum kin.


Konstitutsiyalarni  ularning  umumiy  xususiyatlari  asosida 

tasniflash,  turli  toifalarga  ajratish  ko‘p  sonli  Konstitutsiyalar 

ichida  m o‘ljal  olishni  osonlashtiradi,  ular  orasidagi  qonuniy 

aloqalarni  aniqlashga,  huquqiy  tizimdagi  ahamiyati  va  о ‘mini 

belgilashga  imkon  beradi.  Eng  muhimi,  dunyodagi  Konstitu­

tsiy alarn ing   ijtim oiy  y o ‘nalishi,  m azm uni  va  m ohiyatini 

anglashga  k o ‘maklashadi.

T asniflash  K on stitu tsiyaviy   qonu n chilikn in g   um um iy 

manzarasini ko‘z oldimizga keltirish imkonini yaratadi. T o‘g‘ri, 

tasniflashning  ahamiyatiga  ortiqcha  baho  berib  yubormaslik 

lozim.  Konstitutsiyalarni  tasniflash  aslida  shartli  bo'lib,  u  har 

bir  K onstitutsiyaning  qabul  qilinish  shart-sharoitini,  unda 

ifodalanadigan  siyosiy  kuchlar nisbatini,  mamlakatning tarixiy 

va  milliy  an ’analarini  to ‘la-to‘kis  qamrab  ololmaydi.

Biroq  tasniflash  yordamida  Konstitutsiyalarning  umumiy, 

m ohiyatiga  oid  belgi  va  xususiyatlarini,  tab iatin i  anglash 

mumkin.  Keng m a’noda olganda,  tasniflash bizning  Konstitu­

tsiyalar  haqidagi  bilim larim izni  aniqroq  shakllantiradi  va 

tizimlashtiradi.

Turli  m am lakatlardagi  K onstitutsiyalarni  turli  mezonlar 

(kriteriyalar)ga  asoslanib,  har  xil  guruhlar  (turlar)ga  b o iish  

mumkin.


Birinchidan,  Konstitutsiyalarni  ularning  mohiyatiga  ko‘ra 

quyidagi  turlarga  bo‘lish  mumkin:

•  Y uridik  K onstitutsiya  (formal)  —  davlatning  Asosiy 

Qonuni.


•  Ijtimoiy (sotsial) Konstitutsiya (amaliy) — amaldagi real 

ijtimoiy  munosabatlar.

21


•  Tirik  Konstitutsiya  —  AQSH  Oliy  Sudi,  bu  K onstitu­

tsiyani  o 'z g a ra y o tg a n   ijtim oiy  m ezonlarga  m oslab 

kelmoqda.

•  F iktiv  (soxta)  K o n stitu tsiy a  —  SSSRning  1936-yil 

Konstitutsiyasi.

•  M oddiy  K onstitutsiya  —  K onstitutsiyaviy  tuzum   va 

inson  huquqlarini  tartibga  soluvchi  qonundir.

•  Formal  Konstitutsiya  —  Asosiy  Qonun  b o iib ,  alohida 

tartibda  qabul  qilinadi  va  oliy  yuridik  kuchga  ega.

Ikkinchidan, Konstitutsiyalarni shakliga ko‘ra quyidagi tur- 

larga  b o iish   mumkin:

•  Yozma  Konstitutsiyalar.

•  O g‘zaki  (yo zilm agan)  K o n stitu tsiy a la r  —  Buyuk 

B ritan iy a,  Y angi  Z elandiya,  B u tan   kabi  d a v la tla r 

Konstitutsiyalari.

•  Yaxlit  K onstitutsiyalar  —  K onstitutsiya  m atni  yaxlit 

b o iib ,  bir vaqtda  qabul  qilinadi.  Masalan,  0 ‘zbekiston,« 

Rossiya,  Braziliya Konstitutsiyalari yaxlit Konstitutsiya- 

larga  misol  b o ia   oladi.

•  Yaxlit  boim agan  (noyaxlit)  Konstitutsiyalar —  bunday 

Konstitutsiyalar turli vaqtda qabul qilingan qonunlardan 

iborat  b o ia d i.  M asalan,  Shvetsiya,  Finlandiya,  Isroil 

Konstitutsiyalari.

•  Yumshoq  Konstitutsiyalar  —  bunday  Konstitutsiyalar 

oddiy  qonunlar  kabi  o ‘zgartiriladi.  M asalan,  Buyuk 

Britaniya Konstitutsiyasiga  350ga yaqin  qonunlar kiradi 

va  oddiy  tartibda  o ‘zgartiriladi.

•  Qattiq  Konstitutsiyalar  —  alohida  m urakkab  tartibda 

o ‘zgartiriladi.  M asalan,  AQSH,  Rossiya,  0 ‘zbekiston 

Konstitutsiyalari.

•  Doimiy  K onstitutsiyalar.  A ksariyat  K onstitutsiyalar 

doimiydir.

•  V aqtinchalik  (m uvaqqat)  K onstitutsiyalar  —  Iroqda 

1970-yil,  Birlashgan  Arab  Amirligida  1971-yildan  beri 

harakatda  b o ig a n   Konstitutsiyalar.

Uchinchidan,  Konstitutsiyalarni  ijtimoiy  mazmuniga  qarab 

ham  bir  necha  turga  boiish   mumkin.  Hozirgi  kunda  dunyoda 

300  dan  ortiq  Konstitutsiya  bor (federativ davlatlar subyektlari- 

ning Konstitutsiyalari bilan birga). Bu Konstitutsiyalar turli tarixiy 

davrda  qabul  qilingan  boiib,  har xil  ijtimoiy  mazmunga  ega.

1.  G ‘arb  mamlakatlari  Konstitutsiyalari.

2.  Rivojlanayotgan  mamlakatlar  Konstitutsiyalari.

22


3.  0 ‘tish  davri  mamlakatlari  Konstitutsiyalari.

4.  Teokratik  davlatlar  Konstitutsiyalari.

Konstitutsiyalarni  quyidagi  turlarga  ham  b o ‘lish  mumkin:

1.  Demokratik  Konstitutsiyalar.

2.  Avtoritar  Konstitutsiyalar.

3.  Totalitar  Konstitutsiyalar.

A d ab iy o tlard a  yozm a  va  yozilm agan  K o n stitu tsiy alar 

farqlanadi.  Aksariyat  k o ‘pchilik  m am lakatlarda  belgilangan 

tartibda qabul qilinadigan yozma Konstitutsiyalar amal qiiadi. 

Hozirgi  davrda  K onstitutsiyalarning  yozma  shaklda  qabul 

qilinishi  o ‘rinli degan fikr qaror topdi.  Shu bilan  birga,  yozma 

Konstitutsiyaga  ega  b oim ag an   m am lakatlar  bor  (jumladan, 

Buyuk  B ritaniya,  Yangi  Zelandiya).  B a’zi  m am lakatlarda 

Konstitutsiya deganda bir necha huquqiy hujjatlar, hatto odat- 

lar  (Konstitutsiyaviy  bitimlar)  tushuniladi.

K o n stitu tsiy a la r  q abu l  q ilin ish  ta rtib ig a   k o ‘ra,  tu rli 

ko‘rinishlarga ega bo‘ladi.  Xususan, yuqoridan taqdim etilgan, 

y a ’ni  podsho  (m onarx)  to m o n id an   x alqqa  in ’om  etilgan 

Konstitutsiyalarga  Lixtenshteyn,  Nepal,  Iordaniya  davlatlari- 

ning  K onstitutsiyalari  kiradi.  0 ‘z  vaqtida  Buyuk  Britaniya 

Afrikadagi  o ‘z  koloniyalariga  shunday  Konstitutsiyalar  in’om 

etgan.


Amal  qilish vaqtiga  ko‘ra, muddati cheklangan va cheklan- 

magan,  ya’ni  m uvaqqat  va  doimiy  amal  qiluvchi  K onstitu­

tsiyalar b o ‘ladi.  M uvaqqat Konstitutsiyalar m a’lum muddatga 

yoki  muayyan  vaziyat  vujudga  kelgunga  qadar qabul  qilinadi. 

Masalan,  Tailandning  1959-yildagi  Konstitutsiyasi  to  T a ’sis 

majlis  doimiy  Konstitutsiya  loyihasini  ishlab  chiqqunga  qadar 

am alda  b o ‘ldi.  K o ‘pchilik  K o n stitu tsiy ala r  doim iy  am al 

qiluvchi  q o n u n la r  h iso b la n ad i.  B iroq  bu  hoi  u la rn in g  

abadiyligini  kafolatlamaydi.  M am lakatda  siyosiy  vaziyatning 

o ‘zgarishi  ak sariy at  h o llard a  yangi  K o n stitu tsiy a  q abul 

qilinishiga olib keladi.  Lotin Amerikasi mamlakatlarida harbiy 

to ‘ntarishlar  oqibatida  Konstitutsiyalar juda  tez-tez  o ‘zgarib 

turadi.  Masalan,  60-yillarning o ‘rtalarigacha  Boliviyada  20 ta, 

Kolumbiyada  11  ta,  Dominikan  Respublikasida  15  ta,  Gaitida 

23  ta,  Venesuelada  22  ta  Konstitutsiya  qabul  qilindi.

Bir  q ato r  K onstitutsiyalar  m atnida  ularning  abadiyligi, 

o ‘zgarm asligi  haqidagi  qoida  m ustahkam lab  q o ‘yilganini 

uchratish mumkin.  Masalan, Meksikaning  1917-yilgi Konstitu­

tsiyasida «o‘zgarmas» (136-modda) deb yozilgan.  Gretsiyaning 

1975-yildagi  K onstitutsiyasida  unga  rioya  etish  greklarning



vatanparvarligi bilan ta ’minlanishi belgilangan.  Ular Konstitu- 

tsiyaning  bekor  qilinishiga  barcha  vositalar  bilan  qarshilik

ko‘rsatishga haqli ekanliklari yozilgan (120-modda. 4-qism).

K o n stitu tsiy a la rn i  m azm uni  va  ta b ia tig a   k o ‘ra  ham  

tasniflash  mumkin.  Siyosiy  rejimni  rasmiylashtirishga  qarab 

K onstitutsiyalar  dem okratik  va  avtoritar  b o ‘lishi  mumkin. 

Avtoritar  Konstitutsiyalar  ichida  yana  totalitar  Konstitutsiya­

lar  bo‘lishi  e’tirof etiladi.

Demokratik Konstitutsiyalar fuqarolarning muayyan huquq 

va  erkinliklarini  kafolatlaydi,  siyosiy  partiyalarning  erkin 

shakllanishi  va  faoliyat  ko‘rsatishiga  yo‘1  qo‘yadi,  hokimiyat 

idoralari ta ’sis etilishining saylov tartibini o ‘rnatadi va hokazo.

A vtoritar  K onstitutsiyalar  siyosiy  partiyalar  faoliyatini 

cheklaydi yoki taqiqlaydi,  b a’zan yakka partiyaning hukmron- 

ligini o ‘rnatadi. Nomiga e’lon qilingan Konstitutsiyalar fuqaro­

lar  huquq  va  erkinliklarini  jiddiy  cheklash  y o ‘lini  tutadi. 

A vtoritar  (totalitar)  Konstitutsiyalar  haddan  ziyod  mafkura- 

lashganligi  bilan  ajralib  turadi.

Boshqaruv shaklini  mustahkamlash  hamda  davlat  boshlig‘i 

lavozimini  egallash  tartibiga  ko‘ra,  monarxiya  va  Respublika 

Konstitutsiyalari  bo ‘lishi  mumkin;  siyosiy  hududiy  tuzilishni 

belgilashiga  qarab  —  federativ  va  u nitar  K onstitutsiyalar 

farqlanadi.  Federativ  davlatlarda  federal  K onstitutsiya  va 

federatsiya  subyektining  Konstitutsiyasi  mavjud  bo'ladi.

0 ‘zgartirilish tartibi (usuli)ga ko'ra, «yumshoq» va «qattiq» 

Konstitutsiyalar  b o ‘ladi.

«Y um shoq»  K o n stitu tsiy a la r  oddiy  q o n u n la r  uchun 

belgilangan  ta rtib   asosida  o ‘zgartiriladi  yoki  to ‘ldiriladi. 

«Qattiq» Konstitutsiyalar alohida o'rnatilgan tartibga muvofiq 

(qo‘shimchalar  taqdim  etilgandan  so‘ng  m a’lum  vaqt  o ‘tgach 

yoki  malakali  ovoz  berish  —  deputatlarning  2/3  qismi  ovozi 

bilan,  federatsiya  subyektlarining hammasi  ratifikatsiya qilgan 

ta q d ird a  va  hokazo)  o ‘zgarishi  mum kin.  M asalan,  AQSH 

K o n stitu tsiy a sig a   ik k i  yuz  yild an   o rtiq   am al  q ilin ishi 

mobaynida atigi 27 ta tuzatish kiritilgan.  0 ‘zbekiston  Respub­

likasi Konstitutsiyasini ham «qattiq» Konstitutsiyalar qatoriga 

kiritish  lozim.

7-§.  Konstitutsiyani  o‘zgartirish  tartibi

K o n stitu tsiy ag a  o ‘zgartish  k iritish ning   oddiyligi  yoki 

murakkabligiga qarab, barqaror va o ‘zgaruvchan Konstitutsiya-

24


larga  b o ‘linadi.  A garda  K onstitutsiyani  o ‘zgartish  osonroq 

b o isa ,  u  o ‘zgaruvchan  Konstitutsiya  deb  yuritiladi.  Agarda, 

aksincha,  Konstitutsiyaga  o‘zgartish va  qo‘shimchalar kiritish 

ta rtib i  m u rak k a b   b o i s a ,  u  b a rq a ro r  K o n stitu tsiy a   deb 

yuritiladi.  Lekin  shuni  esda  tutish  kerakki,  eng  o ‘zgaruvchan 

Konstitutsiya ham  boshqa qonunlarga nisbatan  qattiq,  ixcham 

va  barqaror b oiish i  shart.

Konstitutsiyaning  tuzilishini,  butun  matnini  o ‘zgartirishga 

olib  keladigan  obyektiv  sabablardan  biri  m am lakatda  yuz 

beradigan jiddiy islohotlar va davlat rivojlanishiga doir dastur- 

ning  o ‘zgarishidir.  Jahonning  ilg‘or  m am lakatlarida  doimo 

Konstitutsiyaning  ixcham  va  barqaror  boiishiga  katta  e’tibor 

berib kelingan. Xususan,  1787-yilda qabul qilingan va jahondagi 

birinchi  K onstitutsiya  hisoblangan  AQSH  K onstitutsiyasi, 

mana  200  yildan  ko‘p  vaqt  o ‘tibdiki,  hamon  barqaror  tarzda 

amal  qilib  kelmoqda.  Unga  shu  vaqt  ichida  27  ta  o ‘zgartirish 

va  q o ‘shimcha  kiritilgan,  xolos.

U m um an,  K onstitutsiyani  o ‘zgartirish,  yangilash  oddiy 

qonunlarni  o‘zgartirish yoki yangilashdan farq  qiiadi.  Masalan, 

Rossiya  Federatsiyasi  Konstitutsiyasiga  tuzatish  va  yangilik 

kiritiladigan boisa, bu haqdagi taklif faqat Prezident, Federatsiya 

Kengashi,  D avlat  Dumasi,  hukum at,  Rossiya  Federatsiyasi 

subyektlarining  qonun  chiqaruvchi  (vakolatli)  organlari  va 

Federatsiya  Kengashi  yoki  D avlat  Dumasi  deputatlaridan 

kamida beshdan bir qismi tomonidan kiritilishi mumkin. Ispaniya 

Konstitutsiyasi bo‘yicha Bosh Kortesning ikkala palatasida ham 

deputatlarning  beshdan  uch  qismidan  k o ‘prog‘i  ovoz  bersa, 

Konstitutsiyaga  o ‘zgartishlar  kiritish  mumkin.

0 ‘zbekiston  Konstitutsiyasining  barqarorligini  ta ’minlab 

beruvchi  prinsiplar  uning  bevosita  o ‘zida  m ustahkam lab 

q o ‘yilgan.  Lekin  hayot  sharoiti,  m am lakatning  rivojlanishi 

Konstitutsiyaga  o ‘zgartirish  kiritishni  taqozo  etishi  mumkin.

Konstitutsiyaga  o ‘zgartirish  kiritishning  alohida  murakkab 

tartibi  uning  barqarorligini  ta ’minlashga  qaratilgandir.  Shu 

b ilan   b irg a  K o n stitu tsiy a n in g   ay rim   q ism lari  um um an 

o ‘zgartirilishi  mumkin  emas.  Masalan,  Fransiyada Respublika 

boshqaruv  shakli,  Germaniyada  davlatning  federativ  tuzilishi, 

B raziliyada  h ok im iy at  v a k o la tla rin i  taq sim lash   prin sip i 

o ‘zgartirilishi  mumkin  emas.

A yrim   d a v la tla rd a   K o n stitu tsiy a n in g   ayrim   b o b la ri 

o ‘zgartirilishi mumkin emas. Masalan, Rossiya Konstitutsiyasi­

ning  1,  2  va  9-  boblari  o ‘zgartirilishi  mumkin  emas.



K o‘pchilik  davlatlarda  Konstitutsiya  moddalarini  o ‘zgarti- 

rish  uchun  m u tlaq  k o ‘p  ovoz  olish  kerak  (o d atd d a  2/3). 

Federativ  davlatlarda  federatsiya  subyektlarining  k o ‘pchiligi 

(R o ssiy ad a  2/3  qism i,  A Q S H da  3/4  qism i)  roziligini 

(ra tifik a tsiy a   qilishi)  ta la b   etilad i.  H in d isto n ,  K an ad a, 

P okistonda  esa  federatsiya  subyektlarining  roziligi  talab  

qilinmaydi.

Ayrim  hollarda  (Skandinaviya  mamlakatlarida)  Konstitu- 

tsiyaga  o ‘zgartirishlar  kiritish  uchun,  albatta,  referendum  

chaqirilishi  kerak.  Ba’zi  davlatlar  (Italiya)da  o ‘zgartirishlar 

kiritish  uchun  parlament  2  palatasining  mutlaq  ko‘p  ovozini 

olish  kerak.

Unchalik  muhim  boim agan  o ‘zgartirishlar  oddiy  ko‘pchi- 

lik  ovoz  bilan  kiritilishi  m um kin  (H indiston).  V engriyada 

Konstitutsiyaga  o ‘zgartirish  kiritish  tartibi  referendum  yo‘li 

bilan  amalga  oshirilishi  mumkin  emas.

Ba’zi  hollarda  esa  Konstitutsiyaga  o ‘zgartirish  kiritishni 

qonun  tashabbusiga  ega  b o ‘lgan  barcha  subyektlarning  o ‘z- 

larigina  taklif eta  olmaydilar.  Masalan,  Gretsiyada  Prezident 

va parlamentning  150 deputati roziligi bilan, Avstriyada boshqa 

subyektlar  bilan  birga  xalq  tashabbusi,  ya’ni  100  ming  imzo 

bilan, Italiyada 50 ming imzo bilan o ‘zgartirishlar taklif qilinishi 

mumkin.

Odatda Konstitutsiyani urush yoki favqulodda holat davrida 



qayta ko‘rish mumkin emas. Meksikada Konstitutsiya umuman 

o ‘zgartirilmaydigan  hujjat  sifatida  qaraladi.

0 ‘zbekiston Respublikasi Konsti­

tutsiyasining  127,  128-moddalarida 

unga  o ‘zgartishlar  kiritish  tartib i 

mustahkamlab  q o ‘yilgan.  0 ‘zbekis- 

to n   R esp u b lik asin in g   K o n s titu ­

tsiyasiga  o ‘zgartirishlar  0 ‘zbekiston 

R esp u b lik asi  O liy  M ajlisining 

Qonunchilik  palatasi  deputatlari  va 

Senati  a ’zolari  um um iy  sonining 

kamida  uchdan  ikki qismidan  iborat 

k o ‘pchiligi  tom onidan  qabul  qilingan  qonun  yoki  0 ‘zbekis- 

ton  Respublikasining  referendumi  bilan  kiritiladi.

0 ‘zb ekiston  R espu b lik asi  Oliy  M ajlisi  tegishli  ta k lif 

k iritilg a n d a n   keyin  olti  oy  m o b a y n id a  K o n stitu tsiy a g a  

o ‘zgartirishlar  ham da  tuzatishlar  kiritish  to ‘g‘risida  keng  va 

har  taraflama  muhokamani  hisobga  olgan  holda  qonun  qabul

26

Konstitutsiyani bekor qilish 

va  uning  yangi  matn  bilan 

o ‘zgartiriIishi  juda  kam 

uchraydigan  hollardan 

hisoblanadi. Masalan, Shri- 

Lanka, Janubiy Afrika  Re­

spublikasi,  Rossiyada  Kon­

stitutsiyani  qayta  ko‘rish 

uchun Konstitutsiyaviy ma- 

jlis zarur.


qilishi  mumkin.  Agar  Oliy  Majlis  Konstitutsiyaga  o ‘zgartirish 

kiritish  to ‘g‘risidagi  taklifni  rad  etsa,  taklif bir  yil  o'tgandan 

keyingina  qayta  kiritilishi  mumkin.

M avzuni  mustahkamlash  uchun  savollar

1.  «Konstitutsiya» so‘zining lug‘aviy ma’nosi nima ?

2.  Konstitutsiyaning yuridik belgilarini sanab bering.

3.  Konstitutsiyaning shakli deganda nimani tushunasiz?

4.  Konstitutsiya ijtimoiy mazmuniga ko‘ra necha turga boiinadi?

5.  0 ‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining tuzilishini ayting.

6.  Konstitutsiya qanday usullarda qabul qilinadi?

7.  K onstitutsiyaning  bevosita  amal  qilinishining  necha  xil 

ko‘rinishlari mavjud?

8.  Konstitutsiyaning ichki shakli elementlarini sanab bering.

9.  Konstitutsiyani qabul qilish jarayoni oddiy qonunlardan nimasi 

bilan farqlanadi?

10.  0 ‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasini o‘zgartirish tartibi 

qanday  belgilangan?



Ill BOB

M USTAQIL  0 ‘ZB E K IST0N  

KONSTITUTSIYASINI  ISHLAB  CHIQISH 

VA  QABUL  QILISHGA  TA’SIR  ETGAN 

OM ILLAR

l-§ .  Mustaqil  O ‘zbekiston  Konstitutsiyasini  qabul 

qilishning  tarixiy  zarurati

0 ‘zbekiston  R espublikasining  yangi  K on stitutsiyasini 

yaratish  haqidagi  ilk  g‘oya  Respublikamizning  1990-yil  m art 

oyida  b o ‘lib  o ‘tgan  o ‘n  ikkinchi  chaqiriq  Oliy  Kengashning 

birinchi sessiyasidayoq aytilgan edi. 0 ‘zbekiston Oliy Kengashi­

ning  1990-yil  20-  iyunda  e ’lon  qilingan  «M ustaqillik  dek- 

laratsiyasi»  m am lakatim iz  yangi  K o n stitu tsiyasin i  ishlab 

chiqishga  asos  bo id i.  0 ‘sha  kuniyoq  Oliy  Kengash  0 ‘zbekis-



’ 

27


ton Prezidenti boshchiligida 64 kishidan iborat Konstitutsiyaviy 

komissiya tuzildi. Komissiya tarkibiga deputatlar, davlat hamda 

jam oat  tashkilotlari,  korxonalar  xo‘jaliklarining  rahbarlari, 

taniqli  huquqshunoslar,  olimlar  va  mutaxassislar  kirdi.

Konstitutsiyaviy  komissiya  tom onidan  Konstitutsiyaning 

konsepsiyasi  ustida  ish  boshlab  yuborildi.  N atijad a  uchta 

muqobil  konsepsiya  yaratildi:  0 ‘zbekiston  Respublikasi  Fan- 

lar  Akademiyasi  Falsafa  va  huquq  institutining  konsepsiyasi, 

Siyosatshunoslik  va  boshqaruv  institutining  konsepsiyasi  va 

Prezident devoni yuridik b oiim i tayyorlagan konsepsiya. Ishchi 

guruh majlisida uchinchi konsepsiya asos sifatida qabul qilindi.

K onstitutsiya  loyihasining  dastlabki  nusxasi  1991-yil  3- 

choragida  tayyorlab  boiindi.  U  muqaddima,  olti  bo‘lim,  158 

m o d d ad an   ib o ra t  b o ‘ldi.  Bu  o rad a  1991-yil  31-avgustda 

0 ‘zbekiston  Respublikasi  mustaqillikka  erishdi.  Buning  asosi 

sifatida  0 ‘zbekiston  Respublikasining  «Davlat  mustaqilligi 

asoslari  to ‘g‘risida»gi  qonuni  qabul  qi lindi.  Qoiiuncial xalq 

hok im iy atch ilig i,  inson  H uquqlari  m uq add aslig i,  qo nu n 

ustuvorligi,  hokim iyat  b o ‘linishi,  m am lakatning  hududiy 

yaxlitligi  kabi  prinsiplar  mustahkamlandi.  Ushbu  demokratik 

prinsiplar  Konstitutsiya  mazmunidan joy  oldi.  Shu  kuni,  shu­

nin g d ek ,  0 ‘zb ek isto n   R esp u b lik asi  Oliy  K en gash in in g 

sessiyasida  «D avlat  M ustaqilligi  to ‘g ‘risida  Oliy  Kengash 

Bayonot»i  ham  e’lon  qilindi.

Shunga  qaram asdan  dastlabki  loyiha  hali  mukammallik 

darajasidan  ancha  yiroq  edi.

1992-yil bahorda Konstitutsiya loyihasining  149  moddadan 

iborat  ikkinchi  nusxasi  ishlab  chiqildi.  M am lakat  Prezidenti 

ishtirokida  Konstitutsiyaviy  komissiyaning  navbatdagi  majlisi 

b o ‘lib  o ‘tdi.  M ajlisda  K o n stitu tsiy a  loyihasi  u stid a  olib 

borilgan  ishlar  to ‘g‘risida  axborot  tinglandi.  Shu  tariqa  ishchi 

guruh  tomonidan  Konstitutsiya  loyihasining  uchinchi, nusjtasi 

tayyorlandi.

0 ‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining loyihasi puxta 

ishlovlardan  so‘ng  K onstitutsiyaviy  komissiya  qarori  bilan 

1992-yil  2 6 -se n ta b rda  um um xalq  m u h o k am asi  uch un  

m atbuotda  e’lon  qilindi.  Umumxalq  muhokamasi  qariyb  uch 

oy davom etdi.  Unda mamlakatda yashovchi turli millat vakil­

lari  ishtirok  etdi.  M atbuotda,  radio  va  televideniye  orqali, 

korxona,  m uassasa  ham da  tashkilotlardagi  yig‘ilishlarda, 

auditoriyalarda  qizg‘in  muhokamalar  b o iib   o ‘tdi.  K onstitu­

tsiyaviy  komissiya  dastlab  belgilagan  ikki  yarim  oylik  muddat

28


m obaynida  m uhokam a  qilingan  loyiha  fuqarolar  tak lif  va 

m ulohazalari  asosida  qayta  tuzilib.  1992-vil  21^.-.namhrda 

m uim kam a.ni  davom   e ttirish   uchu n  ik k in ch i  m a ro ta b a  

m atbuotda  e io n   qilindi.

Ayni  vaqtda  umumxalq  muhokamasi  davom ida  loyihani 

yaxshilashga  doir  k o ‘plab  taklif  va  m ulohazalar  bildirildi. 

Konstitutsiya komissiyasiningo‘zigagina 6 mingdan ortiq taklif 

va  m ulohaza  tushdi.  T ushgan  ta k lif  va  m u lohazalarning 

hammasi atroflicha puxta o ‘rganildi hamda loyiha ustidagi ish- 

larni  davom  ettirish  chog‘ida  ulardan  foydalanildi.  Konstitu­

tsiyaviy komissiyaga fikr-mulohazalar bildirilgan 600 taga yaqin 

xat  kelib  tushdi.  RespuBIika  m atbuotining  o ‘zida  Konstitu- 

tsiyaToyihasiga  bag‘ishlangan  yuzdan  ortiq  materiallar  e’lon 

qilindi.


0 ‘zbekiston  Respublikasi  Oliy  Kengashining  sessiyasida 

muhokama  qilish  uchun  kiritilgan  Konstitutsiya  lovihasiga  80 

ga yaqin  o ‘zgartishlar,  qo‘shimchalar,taklif.etUdi va  aniqliklar

• k iritild i.  U larning  ayrim lari  m uhim   aham iyatga  ega  edi. 

Parlam ent  sessiyasining  ishi  davomida  deputatlar  ham  unga 

qator  o ‘zgartishlar  kiritdilar.

&D‘zbekiston  Respublikasining  K onstitutsiyasi  dunyoga 

kelishiga  asosan  ik kita  omil  sabab  b o id i.  S hulardan  biri 

jamiyatning  bozor  m unosabatlari  tom on  tutgan  yo‘li,  yangi 

t a r aq q iy o td ag i  um um iy  q o n u n iy a tla r  va  у  о ‘n afish larg a 

.muvofiq  ravishda  0 ‘zbekistonning jahon  hamjamiyatiga  kirib 

borishi  b o id i.  0 ‘zbekistonning  davlat  mustaqilligi  0 ‘zbekis- 

ton  Respublikasi  K onstitutsiyasini  ishlab  chiqish  va  qabul 

qilinishini  taqozo  etgan  ikkinchi  omil  b o id i» 6 .

0 ‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasini qabul qilish- 

ning  tarixiy  zaruratiga  quyidagilar  kiradi:

—  Sobiq  Ittifoqda  paydo  b o ig a n   ijtimoiy,  iqtisodiy  va 

siyosiy  tanglik;

—  0 ‘zbekiston  Respublikasining  o ‘z  mustaqilligini  q o ig a  

kiritishi  ham da  dunyo  xaritasida  yangi  suveren  0 ‘zbekiston 

Respublikasining  tashkil  topishi;

—  «Mustaqillik  deklaratsiyasi»ni  va  «Davlat  mustaqilligi 

asoslari  to ‘g ‘risida»gi  K onstitutsiyaviy  qonunning  qabul 

qilinishi  Konstitutsiyani  qabul  qilishga  huquqiy  asos  bo id i;

— 0 ‘zbekiston  xalqi  o ‘z  oldiga huquqiy demokratik  davlat 

va  fuqarolik jamiyat  qurishni  maqsad  qilib  qo‘ydi.

0 ‘razayev  Sh.Z.  M ustaqil  0 ‘zbekiston  K o n stitu tsiy asi.  —  Т.:



«Adolat»,  1994,  7-bet

29

1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   40




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling