R e s p u b L i k a s I k o n s t I t u t s I y a s I n I


Download 8.86 Mb.
Pdf ko'rish
bet32/40
Sana21.03.2020
Hajmi8.86 Mb.
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   40

298

qilish  organlari  xodim larining  mentalitetini  o ‘zgartirishdan 

ib o rat  b o ‘lsa,  hozirgi  asosiy  vazifa  erishilgan  n atijalarn i 

mustahkamlash, ularning samaradorligi va mavjudligini «so‘zda 

emas,  qog‘ozda  emas,  balki  amaliy  hayotda  fuqarolarning 

huquqiy  va  erkinliklarining  zarur  kafolatlarini  ta ’minlovchi 

demokratik  prinsiplarni»  ro ‘yobga  chiqarishdan  iborat  bo‘lib 

qoldi.  Bularning  hammasini  jam lab  olganda  oldimizda  sud- 

hu q u q  islo h o tla rin i  riv o jlan tirish n in g   yangi  istiq b o lla ri 

ko‘ndalang b o ‘ladi,  eng avvalo,  ularni nazariy jihatdan chuqur 

o ‘rganish,  ularga har tomonlama yondashish va izchil ravishda 

amalda  ro ‘yobga  chiqarish  taqozo  etiladi.

0 ‘zbekiston  Respublikasi  Prezidenti  I.A.Karimov  2005-yil

28-yanvarda 0 ‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik 

p ala tasi  va  S enatning  q o ‘shm a  m ajlisida  «Bizning  bosh 

maqsadimiz  —  jam iyatni  dem okratlashtirish  va  yangilash, 

mamlakatni  modernizatsiya  va  isloh  etishdir»  nomli  m a’ru- 

zasida  davlat  qurilishi  va  boshqaruvi  sohasidagi  eng  muhim 

vazifa  sifatida  hokimiyatning  qonunchilik,  ijro  va  sud  tarmoq- 

lari  o ‘rtasida  yanada  m utanosib  va  b arqaror  muvozanatga 

erishish,  sud-huquq  tizimini  isloh  qilish  va  yanada  liberal- 

lashtirish,  shaxsni  ushlab  turish,  hibsga  olish,  shuningdek, 

boshqa protsessual majburiy choralarni qo‘llash uchun sanksiya 

berish  huquqini  sudga  o ‘tkazish,  jazolash  tizim idan  o ‘lim 

jazosini  chiqarib  tashlash vazifalarini  qo‘ydi va ularni bugungi 

ijtim o iy -iq tiso d iy ,  siyosiy  va  m a ’naviy  so h a la rd a   olib 

borilayotgan  islohotlarning  ustuvor  yo‘nalishlari  ekanligini 

ta ’kidladi.

Shuni  aytish  kerakki,  mamlakatimizda  amalga  oshirilayot- 

gan  sud-huquq  tizim idagi  tub  islo h o tlar  yangi  bosqichga 

k o ‘tarildi.  Bu  islohotlarning  asl  mohiyati  xalq  farovonligini 

oshirish,  jam iyatda  ijtimoiy  adolat  va  demokratiya  tamoyil- 

larining  ustuvorligini  ta ’minlashga  qaratilgan  bo‘lib,  ularning 

sur’ati va natijalari har birimizning bugungi kundagi shijoatimiz 

va  harakatimizga  bog‘liqdir.

Sud-huquq  tizimini  isloh  qilishning  mohiyati  va  m a’nosi 

«Adolat  qonunni  og‘ishmay  ro ‘yobga  chiqarishdadir»  degan 

qoidadan  iborat  bo‘lmog‘i  lozim.  Ayni  mana  shu  g‘oya  sud- 

hu q u q   islo h o tlari  ta m oy ilin in g   o ‘zagiga,  uning  ru h i  va 

mohiyatiga aylanishi, sud-huquq tizimini isloh qilishning butun 

jarayoniga  daxl  qilib  qolmay,  balki jamiyat,  davlat  qurilishini 

bu tu n lay   isloh  qilish  jara y o n in in g   tark ib iy   qismiga  ham  

aylanishi  kerak.  Shu  m unosabat  bilan  m odernizatsiyalash



299

qonunning  shak-shubhasiz  ustuvorligi  qoidasiga  q at’iy  rioya 

etgan  holda  amalga  oshirilishi  lozim.

Sudyalar va sudlarning ixtisoslashuvini davom ettirish, shak- 

shubhasiz, sud hokimiyati faoliyatining samaradorligini oshirish 

borasida  tashlangan  muhim  va  amaliy  qadam  bo‘ldi.

M avzu n i  m ustahkam lash  uchun  savollar

1

.  0 ‘zbekistonda davlat organlari tizimida sud hokimiyati qanday 

ahamiyatga  ega?

2.  Sud hokimiyatining asosiy prinsiplariga nimalar kiradi?

3.  Sudlarni saylash va tayinlash tartibini ayting.

4.  0 ‘zbekistonda sud tizimini sanab bering.

5.  Konstitutsiyaviy sud vazifasiga nimalar kiradi?

6

.  Oliy sud vazifasi nimalardan iborat?

7.  Xo‘jalik sudlari vakolatlarini  sanab bering.

8

.  Sudyalarning daxlsizligi deganda nimani tushunasiz?

9.  Sudyalar o‘z faoliyatini qaysi tamoyillar asosida amalga oshiradi?

X III  BOB



0 ‘Z B E K IS T 0 N   R E SPU B L IK A SI 

P R O K U R A T U R A S I

l - § .  D avlat  organlari  tizimida  prokuraturaning 

o ‘rni

0 ‘zbekiston  Respublikasi Prezidenti  I.A.Karimov  «Qonun­

ning ustuvorligi huquqiy davlatning asosiy prinsipidir. U hayot- 

ning  barcha  sohalarida  qonunning  q a t’iyan  hukmronligini 

n azard a  tu tad i.  Hech  bir  davlat  organi,  hech  bir  x o ‘jalik 

yurituvchi  va  ijtimoiy  siyosiy  tashkilot,  hech  bir  mansabdor 

shaxs,  hech bir kishi qonunga bo‘ysunish majburiyatidan xalos 

bo‘lishi  mumkin  emas,  qonun  oldida  hamma  barobardir»  deb 

ta ’kidlagan  edi121.

121  Karimov  I.A.  0 ‘zbekiston  buyuk  kelajak  sari.  —  Т.:  « 0 ‘zbekiston», 

1998,  126-bet

300


Prokuratura  Konstitutsiyaviy  huquqning  muhim  instituti 

bo‘lib,  uning  faoliyati  qonunning  ustunligini  har  tomonlama 

qaror toptirishga, huquq tartibotni mustahkamlashga, 0 ‘zbekis- 

ton  Respublikasi  Konstitutsiyasi  bilan  mustahkamlangan,  oliy 

qadriyat darajasida ko‘tarilgan inson va fuqarolarning ijtimoiy, 

siyosiy va iqtisodiy,  shaxsiy huquqlari  hamda erkinliklari,  shu- 

ningdek,  davlat  mustaqilligi,  ijtimoiy  davlat  tuzumi,  siyosiy 

va  iqtisodiy  tizimlar,  milliy  guruhlar  va  hududiy  tuzilmalar- 

ning  h u quq larini  g ‘ayriqonuniy  ta jo v u zlard an   m uhofaza 

qilishni  ta ’minlashga  qaratilgandir.

«Prokuratura»  so‘zi lotin tilidan olingan b o iib ,  «yordamla- 

shaman»,  «ko‘maklashaman»  m a’nosini  bildiradi122  .

Prokuratura  tushunchasi  va  mohiyatiga  aniqlik  kiritishda 

prokuratura faoliyati xususiyati,  prokuratura tizimining davlat 

mexanizimlarida  tutgan  o ‘rni,  shuningdek,  vazifalaridan  kelib 

chiqish  kerak.  P ro k u ra tu ra   o ‘z  vakolati  doirasida  davlat 

funksiyalarini amalga oshirishda, davlat amaliyotining mustaqil 

tarm o g ‘ini  tashkil  etuvchi  qonunlam ing  aniq  va  bir  xilda 

bajarilishi  va  qonunchilik  va  huquq  tartibotni  ta ’minlashda 

ishtirok  etadigan  huquqni  muhofaza  etadigan  organdir.

0 ‘zbekiston Respublikasi prokuratura organlarini K onstitu­

tsiyaviy  huquqning  muhim  instituti  sifatida  ko‘rishimiz  uning 

konstitutsion  norma  bilan  alohida  mustahkamlanganligidir. 

0 ‘zbekiston  R espublikasi  K onstitutsiyasining  XXIV  bobi 

prokuraturaga  ajratilgan  bo‘lib,  bu  bob  o ‘z  ichiga  118,  119, 

120

,  121-  moddalarni  qamrab  oladi.

Konstitutsiyaning  118-moddasida  « 0 ‘zbekiston  Respub­

likasi  hududida  qonunlam ing  aniq  va  bir  xilda  bajarilishi 

ustidan  0 ‘zbekiston  Respublikasi  Bosh  prokurori  va  unga 

b o ‘ysunuvchi  p ro k u ro rlar  am alga  oshiradi»  deyilgan.  Bu 

k o n stitu tsio n   no rm ag a  k o ‘ra,  0 ‘zbek isto n  R espublikasi 

prokuraturasi,  Bosh prokuror rahbarlik  qiladigan  prokuratura 

organlarining  yagona  markazlashtirilgan  tizimiga  egadir.  Shu­

ningdek,  0 ‘zbekiston  Respublikasi  prokuratura  organlari  o ‘z 

vakolatlarini  har  qanday  davlat  organlari,  jam oat  birlashma­

lari va mansabdor  shaxslardan  mustaqil  holda,  faqat  qonunga 

b o ‘ysunib  am alga  oshiradilar.  P ro ku ro rlar  o ‘z  vakolatlari 

davrida  siyosiy  partiyalarga  va  siyosiy  maqsadlarni  ko‘zlovchi 

boshqa jam oat  birlashmalariga  a ’zolikni  to ‘xtatib  turadilar.

122  Юридический энциклопедический словарь  . —  М.:  1984,  302-ст.

301


Prokuratura  organlarining asosiy 

vazifalari  —  0 ‘zbekiston  R espub­

likasi  hududida  qonun  ustunligini 

t a ’m inlash,  qonuniylikni  m ustah- 

k am lash ,  fu q a ro la rn in g   h u q u q  

ham da  erk in lik larin i,  ja m iy at  va 

d av latn in g   qo nu n  bilan  q o ‘riq lan ad ig a n   m a n fa a tla rin i, 

Konstitutsiyaviy  tuzumni  himoya  qilish,  huquqbuzarliklarning 

oldini  olish  va  profilaktikasidan  iboratdir.

P ro k u ra tu ra   o rg an lari  fao liy atin ing   huquqiy  asoslari 

0 ‘zbekiston  R espublikasi  K onstitutsiyasi  va  0 ‘zbekiston 

Respublikasi  «Prokuratura  to ‘g‘risida»gi  qonuni,  0 ‘zbekiston 

R espublikasi  Prezidenti  F arm o n lari,  H ukum at  q aro rlari, 

0 ‘zb ekiston  R espublikasi  Bosh  p ro k u ro rin in g   am aldagi 

buyruqlari,  k o ‘rsatmalari,  nizom,  yo‘riqnom alari  va  boshqa 

qonun  va  qonunosti  hujjatlari  bilan  belgilangan.

Prezident  I.A .K arim ov  0 ‘zbekiston  R espublikasi  Oliy 

Majlisining ikkinchi chaqiriq oltinchi sessiyasidagi m a’ruzasida 

shuni  alohida  ta ’kidlaganki,  jinoyat  va  jinoyat  protsessual 

kodekslariga kiritilayotgan qo‘shimcha va о ‘zgartirishlar jinoiy 

ishlarga  taalluqli  qonunlarni  erkinlashtirish  va  dem okrat- 

lashtirish  sari  tashlangan  muhim  va  m as’uliyatli  qadamdir. 

0 ‘zbekiston  Respublikasi  Prezidenti  I.A.  Karimov:  «Prokura­

tura  to ‘g‘risida»gi  qonun  loyihasini  talabchanlik  va  sinchkov- 

lik  bilan,  prinsipial  nuqtai  nazardan  k o ‘rib  chiqish  g ‘oyat 

muhim.  Prokuratura  qonunni,  uning  talablarini  q at’iy  himoya 

qiluvchi idora hisoblanadi.  U huquqiy islohotlarni o ‘tkazishda, 

huquqiy  davlat,  demokratik jamiyat  qurish  ishida  hal  qiluvchi 

o ‘rin  tutadi123,  deb  ta ’kidlagan  edilar.

Y angi  ta h rird a g i  p r o k u ra tu ra   t o ‘g ‘risid ag i  q o n u n d a 

prokuraturaning butun faoliyati jamiyatda qonun ustuvorligini 

t a ’m inlashga  y o ‘n altirilg an ,  qonun  bu zilishlarini  tezkor 

ravishda  bartaraf  etadigan,  qonunchilik  va  huquq  tartibotni 

m ustahkam lash  borasidagi  jam iyat  talablari  qondirilishiga 

ja v o b   b erad ig an   p ro k u r a tu r a   o rg an la ri  d av latim iz  va 

jamiyatimizga  kerak  ekanligi  isbotlandi.

M a’lumki,  2004-yil  11-martda  0 ‘zbekiston  Respublikasi 

P rezid en tining   «Q ishloq  x o ‘ja lig id a  islo h o tla rn i  am alga 

oshirishga  q aratilg an   q o n u n lar  ijrosini  t a ’m inlashga  oid

123  Karimov  I.A.  Xavfsizlik  va  tinchlik  uchun  kurashmoq  kerak.  T.  10. 

—  T:  « 0 ‘zbekiston»,  2002,  45-bet.

Fransiyada prokuratura or­

ganlari sud organlari tizimi­

ga  k ira d i,  A Q SH da  esa 

prokuratura Adliya vazirli­

gi qoshida tashkil etilgan.

302


qo'shimcha  chora-tadbirlar  to ‘g‘risida»gi  farmoni  chiqdi.  Bu 

farmonga  ko‘ra,  qishloqda  agrar  va  iqtisodiy  munosabatlarni 

isloh qilishga qaratilgan qonunlar va ular asosida qabul qilingan 

me’yoriy hujjatlarning og‘ishmay ijro etilishini ta ’minlash, shu- 

ningdek,  xo‘jalik yurituvchi subyektlar hamda davlat manfaat- 

larini  himoya  qilish  borasida  prokuratura  organlari  faoliyati 

kuchaytirildi.

Prokuratura  davlat  organlari  tizimida  muhim  o ‘rin  tutadi. 

Konstitutsiyaning  83-moddasiga  muvofiq,  Respublika  Bosh 

prokurori  qonunchilik  tashabbusiga  ega.  Shuningdek,  Oliy 

Majlis Qonunchilik palatasi va Senati majlislarida ishtirok etish 

huquqiga  ega.

Prokuratura organlarini moliyalashtirish va moddiy-texnika 

ta ’minoti  Respublika  budjeti  m ablag‘lari  hisobidan  markaz- 

lashtirilgan  tartibda  amalga  oshiriladi.

Prokuratura organlari xodimlari «Prokuratura to ‘g‘risida»gi 

qonunga  k o ‘ra  daxlsizlik  huquqidan  foydalanadilar.

2-§.  O ‘zbekiston  Respublikasi  prokuraturasi

organlarining  asosiy  y o ‘nalishlari  va  prinsiplari

P r o k u ra tu ra   o rg a n la ri  o ‘z  fa o liy a tin i  q o n u n ch ilik d a 

belgilangan quyidagi asosiy yo‘nalish b o ‘yicha amalga oshiradi:

—  Vazirliklar,  davlat  q o ‘mitalari,  idoralar,  fuqarolarning 

o ‘zini-o‘zi boshqarish organlari, jam oat birlashmalari, korxona- 

lar,  muassasalar,  tashkilotlar,  hokimlar  va  boshqa  mansabdor 

shaxslar  tomonidan  qonunlarning  ijro  etilishi  ustidan  nazorat 

qilish;


—  Fuqarolarning  huquq  hamda  erkinliklarini  ta ’minlashga 

qaratilgan  qonunlar  ijrosi  ustidan  nazorat  qilish;

—  0 ‘zbekiston  Respublikasi  Qurolli  Kuchlarida,  vazirlik­

lar,  davlat  q o ‘m italari  va  idoralarning  harbiy  tuzilmalarida 

qonunlarga  rioya  etilishi  ustidan  nazorat  qilish;

—  Tezkor  qidiruv  faoliyati,  surishtiruv,  dastlabki  tergovni 

amalga  oshiradigan  organlar  tom onidan  qonunlarning  ijro 

etilishi  ustidan  nazorat  qilish  hamda  ularning jinoyatchilikka 

qarshi  kurash  borasidiagi  faoliyatini  muvofiqlashtirish;

—  Jinoyatlar  yuzasidan  dastlabki  tergov  olib  borish;

—  Sudlarda  jinoiy  ishlar  k o ‘rib  chiqilayotganda  davlat 

ayblovini  quvvatlash,  sudlarda  fuqarolik  ishlarini,  m a’muriy 

huquqbuzarliklar  toi‘g‘risidagi  ishlarini  ham da  xo‘jalik  nizo- 

larini  k o ‘rishda  ishtirok  etish,  qonunlarga  zid  b o ‘lgan  sud 

hujjatlariga  protest  keltirish;

303


—  Soliq  intizom ini  m u sta h k am lash g a ,  soliq,  v alu ta 

sohasidagi jinoyatlar va huquqbuzarliklarga qarshi kurashishga, 

shuningdek,  davlatga  yetkazilgan  iqtisodiy  zararni  qoplashga 

qaratilgan  qonunlaming  ijro  etilishi  ustidan  nazorat  qilish;

—  Ushlab  turilganlar,  qamoqqa  olinganlarni  saqlash  joy- 

larida,  jinoiy jazolarni  va  jinoyat-huquqiy  ta ’sirning  boshqa 

choralarini ijro  etish  chog‘ida  qonunlarga rioya etilishi ustidan 

nazorat  qilish;

— Qonun  ijodkorligi  faoliyatida  hamda jamiyatda  huquqiy 

madaniyatni  yuksaltirish  ishida  ishtirok  etish124.

Prokuratura organlari faoliyati asosiy yo‘nalishlarining ba’zi- 

lariga  qisman  to ‘xtalib  o‘tamiz.



Jinoyatlar  yuzasidan  dastlabki  tergov  olib  borish. 

0 ‘zbekis- 

ton Respublikasi Jinoyat protsessual kodeksiga asosan, jinoyat 

ishi bo ‘yicha dastlabki tergovni prokuratura, ichki ishlar organ- 

larining  va  milliy  xavfsizlik  xizm atining  tergovchilari  olib 

boradi125.

Tergovchi  jinoyat  ishini  q o ‘zg‘atish  va  tugatishga,  ishni 

qo‘zg‘atishni  rad  etish, jinoyatni  sodir etishda gumon  qilingan 

shaxsni  ushlash va so‘roq qilish,  Jinoyat  protsessual kodeksida 

nazarda tutilgan tergov harakatlarini olib borish, shaxsni ishda 

ayblanuvchi  tariqasida  ishtirok  etish  uchun jalb  etish  va  unga 

nisbatan  ehtiyot  chorasini  tanlash  to ‘g‘risida  qaror  chiqarishi, 

o ‘z yurituviga qabul qilgan ish bo‘yicha surishtiruv organlariga 

qidiruv  va  tergov  harakatlarini  bajarish  to ‘g ‘risida  yozma 

topshiriqlar  berish,  surishtiruv  organlaridan  ayrim  tergov 

harakatlarini yuritishda ko‘maklashishni talab qilishga haqlidir.



Sudlarda jinoiy ishlar ko‘rib chiqilayotganda davlat  ayblovini 

quvvatlash,  sudlarda  fuqarolik  ishlarini,  ma’muriy  huquqbuzar- 

liklar  to‘g‘risidagi  ishlarini  hamda  xo‘jalik  nizolarini  ko‘rishda 

ishtirok  etish,  qonunlarga  zid  bo‘lgan  sud  hujjatlariga  protest 

keltirish; 

prokuratura to ‘g‘risidagi qonunga muvofiq «Sudlarda 

jin o y a t  ish la ri  k o ‘rib  ch iq ila y o tg a n d a   d a v la t  ayblovini 

quvvatlash, sudlarda fuqarolik ishlarini, m a’muriy huquqbuzar- 

liklar to ‘g‘risidagi  ishlarni hamda xo‘jalik ishlarini  ko‘rilishida 

ishtirok  etish,  qonunlarga  zid  bo‘lgan  sud  hujjatlariga  protest 

keltirish» prokuratura  organlari  faoliyatining  asosiy yo‘nalish- 

laridan  biri  hisoblanadi.



124Q arang.0‘zbekiston Respublikasi «Prokuratura to ‘g ‘risida»gi, (Yangi 

tahrirdagi)  qonuni  //  0 ‘zbekiston  R espublikasi  qonun  hujjatlari 

toplami,  2001 -yil,  20-son.

125  Jinoyat  protsessual  kodeksi.  —Т.:  «Adolat»,  2001,18-b.

304


Sudlarda jinoyat ishlari k o ‘rilishi prokuratura organlarining 

prokurorlari tomonidan amalga oshiriladi.  Prokurorlar fuqaro- 

lar,  korxonalar,  m uassasalar  va  tashkilotlarning  huquqlari 

hamda qonuniy manfaatlarini sud yo‘li bilan himoya qilinishini 

ta ’minlash  maqsadida  qonunda  belgilangan  tartibda  barcha 

sud  b o sq ic h la rid a   jin o y a t  ish la ri  k o ‘rilish id a   p ro k u ro r 

ishtiro kini  va  qabul  qilingan  q a ro rla rn in g   qonuniyligini 

o ‘rganishni  tashkil  qiladi.

Sud  qarorlari  ustidan  prokuraturaga  kelib  tushgan  ariza, 

shikoyatlarning ko‘rib chiqilishi va hal etilishi, sudlarda jinoyat 

ishlarining  ko‘rib  chiqilishi  va  prokuror  vakolatini  ta ’minlash 

boshqarma  va  bo‘limlar  prokurorlari  tomonidan  ta ’minlanadi 

va  ularni  tahlil  qiladi.  Shuningdek,  prokuror  Oliy  sudning 

kassatsiya  bosqichida,  Rayosatida  va  Plenumida  k o ‘riladigan 

jinoyat  ishlarini  o ‘rganib,  asoslantirilgan  xulosalar  tuzadi.

X o ‘ja lik   protsessual  kodeksining  43-m oddasida  ishda 

prokurorning  ishtiroki  belgilangan,  bunga  asosan,  prokuror 

barcha  ishlar  bo‘yicha  sud  majlislarida  ishtirok  etishga  haqli. 

0 ‘zbekiston  Respublikasi  Oliy  xo‘jalik  sudiga  d a ’vo  arizasini 

0 ‘zbekiston  Respublikasi  Bosh  prokurori  yoki  uning  o'rinbo- 

sari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyat va Toshkent shahar 

xo‘jalik  sudiga  esa  Qoraqalpog‘iston  Respublikasi,  viloyat  va 

Toshkent  shahar  prokurorlari  hamda  ularga  tenglashtirilgan 

prokurorlar  yoki  ularning  o ‘rinbosarlari  taqdim  etadi.

D a ’vo  taqdim   etgan  p ro kuror  kelishuv  bitimi  tuzishdan 

tashqari  d a ’vogarning  barcha  huquqlaridan  foydalanadi  va 

m ajburiyatlarini  bajaradi.  Prokurorning  o ‘z  d a ’vosidan  voz 

kechishi  d a ’vogarni  ishini  mazmunan  k o ‘rib  chiqishni  talab 

qilish  huquqidan  m ahrum   qilmaydi.  P ro k u ro r  tom onidan 

huquqni  himoya  qilish  m aqsadida  taqdim   etilgan  d a ’vodan 

da’vogarning voz kechishi  arizani ko‘rmasdan  qoldirishga olib 

keladi.  Qonunda  nazarda  tutilgan  yoki  sud  ishida  prokuror 

qatnashishi zarur deb topgan hollarda ishni ko‘rishda prokuror 

ishtirok  etishi  shart126.

Xo 'jalik  sudlarida  prokuror  vakolatini  ta ’minlash  bo‘limi 

p r o k u r a tu r a   o rg a n la rin in g   m u staq il  ta rk ib iy   ta rm o g ‘i 

hisoblanadi  u  xo‘jalik  sudlarida  ishlar  ko ‘rilishida  prokuror 

vakolatini ta ’minlashni amalga oshiradi. Korxonalar, muassasa­

lar  va  tashkilotlarning,  xususiy  tadbirkorlarning  huquqlari 

ham da  qonuniy  manfaatlari  sud  yo‘li  bilan  samarali  himoya



126  0 ‘zbek iston   R espublikasi  X o ‘jalik   protsessual  kodeksi.  —   Т.:

«Adolat»,  1997.

305

qilinishini ta ’minlash maqsadida qonunda belgilangan tartibda 

x o ‘jalik   sudining  barcha  bosqichlarida  ishlar  k o ‘rilishida 

prokuror  ishtirokini  va  qabul  qilingan  qarorlarning  qonuniy- 

ligini  o ‘rganishni  tashkil  qiladi.  Noqonuniy  sud  qarorlariga 

protsesslar keltirish va qonun buzilishlarini bartaraf etish chora- 

larini  k o ‘radi,  shuningdek,  xo‘jalik  ishlari  bo‘yicha  sud  qaror.- 

larining  qonuniyligini  o ‘rganish  va  noqonuniy  qarorlarga 

protsess  keltirish,  ularni  qonunga  muvofiqlashtirish  borasida 

prokuratura  organlari  faoliyatining  samaradorligini  oshirish 

ham da  uni  takom illashtirishga  qaratilgan  chora-tadbirlarni 

amalga  oshiradi.

Sudlarda  fuqarolik  ishlari  ko‘rilishida  prokuror  vakolatini 

ta ’m inlash  b o ‘limi,  sudlarda  fuqarolik  ishlari  k o ‘rilishida 

prokuror  vakolatini  ta ’minlashni  amalga  oshiradi.



Soliq intizomini mustahkamlashga soliq sohasidagi jinoyatlar 

va huquqbuzarliklarga  qarshi  kurashishga,  shuningdek,  davlatga 

yetkazilgan  iqtisodiy  zarar  o‘rnini  qoplashga  qaratilgan  qonun- 

larning  bajarilishi  ustidan  nazorat  qilish. 

Soliqqa  oid  qonunchi­

lik  ijrosi  ustidan  p ro k u ratu ra  organlarida  alohida  b o ‘lim 

faoliyat  k o ‘rsatadi.  Bu  bo‘lim  Davlat  soliq  qo‘mitasi  va  Bosh 

prokuratura huzuridagi soliq va valutaga oid jinoyatlarga qarshi 

kurashish departamenti (SVOJQK) organlarida qonunlar ijrosi, 

shuningdek,  soliq  va  valutaga  oid  jinoyatlar  b o ‘yicha  tergov 

oldi tekshiruvi va surishtiruv ustidan nazoratni amalga oshiradi. 

B o‘limning  asosiy  vazifasi  davlat  soliq  q o ‘m itasi  va  Bosh 

p rokuratura  huzuridagi  SVOJQK  departam enti  organlarida 

0 ‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksi va amaldagi qonun 

hujjatlari  talablariga  rioya  qilinishi  ustidan  nazoratni  tashkil 

etishdan  iborat.

Ushlab turilganlarni, qamoqqa olinganlarni saqlash joylarida, 

jinoiy jazolarni  va  jinoyat-huquqiy  ta’sirning  boshqa  choralarini 

ijro etish chog‘ida qonunlarga rioya etilishi ustidan nazorat qilish. 

P ro k u ra tu ra   organ larida  «Sud  q aro rlarin i  ijro  etishda  va 

qam oqqa  olinganlarni  saqlashda  qonunlarga  rioya  etilishi 

ustidan  nazorat»  boshqarmasi faoliyat ko‘rsatadi.  Boshqarma- 

dagi  prokurorlarning  asosiy  vazifasi  sud  hujjatlari  va  boshqa 

organlar hujjatlari bo‘yicha ijro ishi yuritish jarayonida fuqaro­

larning  Konstitutsiyaviy  huquq  va  erkinliklarini,  jismoniy  va 

yuridik  shaxslar  hamda  davlat  manfaatlari  himoya  qilinishi, 

mansabdor shaxslar va ijro etuvchi  organlar tomonidan qonun- 

larning aniq va  bir xilda qo‘llanilishi  ustidan  nazoratni amalga 

oshiradilar.

306


Qonun  ijodkorligi  faoliyatida  hamda  jamiyatda  huquqiy 

madaniyatni yuksaltirish ishida ishtirok etish. 

Prokuratura organ­

lari,  qonunchilikni  targ ‘ib  qilish,  qonun  ijodkorligi  faoliyati 

va  jam iy atd a  huquqiy  m adaniyatni  yuksaltirish  ishlarida 

ishtirok  etadi.

Prokuratura  to ‘g ‘risidagi  qonunda  prokuratura  organlari- 

ning birlik va  markazlashganlik  prinsiplari  o‘z  ifodasini  topdi. 

Bu  prinsiplar  qonuniy  kuchga  ega  bo‘lganliklari  prokuratura- 

ning ichki tizimini mustahkamlashga, har bir prokuror mustaqil 

protsessual  shaxs  b o ‘lsada,  butun  tizim  va  unga  rahbarlik 

qilayotgan  Bosh  prokuror  nomidan  faoliyat  k o ‘rsatayotgani 

m as’uliyatni  kuchaytirishga  xizmat  qiladi.  Bu  o ‘z  navbatida, 

prokuratura  organlaridan  boshqaruv,  nazorat  hamda  boshqa 

organlar  tom onidan  fuqarolarning  huquqlari  buzilishining 

oldini  olish  va  tegishli  vakolatlaridan  sam arali  foydalanib, 

qat’iyatlik  bilan  ishlashni  talab  etadi.

«P ro ku ratura  organlari  faoliyatini  tashkil  etish  va  ular 

faoliyatining  asosiy  prinsiplari:  birlik,  m arkazlashganlik, 




Download 8.86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   40




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling