R e s p u b L i k a s I k o n s t I t u t s I y a s I n I


qonuniylik,  mustaqillik  va  oshkoralikdir»127


Download 8.86 Mb.
Pdf ko'rish
bet33/40
Sana21.03.2020
Hajmi8.86 Mb.
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   40

qonuniylik,  mustaqillik  va  oshkoralikdir»127.

P ro k u ra tu ra   organlari  0 ‘zbekiston  R espublikasi  Bosh 

prokurori  rahbarlik  qiladigan  yagona  markazlashgan  tizimni 

tashkil  etadi  hamda  quyi  turuvchi prokurorlar yuqori  turuvchi 

prokurorlar  va  0 ‘zbekiston  Respublikasi  Bosh  prokuroriga 

bo‘ysunadi. Yuqori turuvchi prokuror quyi turuvchi prokurorga 

ko‘rsatmalar  berishga,  uning  protsessual  qarorini  o ‘zgartirish 

yoki  bekor  qilishga  haqlidir,  shuningdek,  u  o ‘z  q o ‘l  ostidagi 

barcha  prokurorlarning  ishlari  to ‘g‘ri  tashkil  etilishi  uchun 

to iiq  javobgardir.

P ro k u ratu ra  organlarining  xodim lari  o ‘z  faoliyatlarida 

0 ‘zbekiston  R espublikasi  K o nstitutsiy asi  ham da  boshqa 

qonunlam ing  talablariga  rioya  etishlari  va  bajarishlari  shart. 

Qonunlarni  bajarmaslik  sababidan  q a t’i  nazar,  qonuniylikni 

buzish deb hisoblanadi  va belgilangan javobgarlikka tortiladi. 

P ro k u ratu ra  organlari  o ‘z  vakolatlarini  har  qanday  davlat 

o rganlari,  jam o at  birlashm alari  ham da  m ansabdor  shaxs- 

lard an   m ustaqil  holda,  faq at  qonunga  b o 'y su n ib   am alga 

oshiradilar.

127  0 ‘zbekiston  Respublikasi  «Prokuratura  to ‘g ‘risida»gi  (yangi  tahrir)

qonuni 

II

  0 ‘zbekiston  Respublikasi  qonun  hujjatlari  to'plami,  2001-

yil,  20-son.

307


Prokuratura  organlarining  faoliyatiga  aralashish  taqiqlanadi. 

Prokuraturaning  g‘ayriqonuniy  qaror  qabul  qilishiga  erishish 

maqsadida biron-bir ta’sir ko‘rsatish, faoliyatini amalga oshirishga 

to‘sqinlik  qilish,  uning  daxlsizligiga  tajovuz  qilish,  shuningdek, 

prokuror  yoki  tergovchining  ruxsatisiz  tekshirishlar  va  dastlabki 

tergov  m a’lumotlarini  oshkor  etish,  prokurorning  talablarini 

bajarmaslik  belgilangan  tartibda javobgarlikka  sabab  bo‘ladi.

3-§.  O ‘zbekiston  Respublikasi  prokuratura  organ­

larining  tizimi

P rokuratura  tizimi  0 ‘zbekiston  Respublikasi  miqiyosida 

Bosh  p ro k u ro rg a   b o ‘y sunuvchi  p ro k u ra tu ra   o rg an la ri 

yig‘indisidan  iborat  bo‘lib,  bu  fuqarolarning  huquq  va  erkin- 

liklari,  jamiyat  va  davlat  manfaatlarini  himoya  qilish,  qonun- 

larning  aniq  va  bir xilda  ijro  etilishining  nazoratini  ta ’minlash 

bilan  umumiy  funksiyani  amalga  oshiradi.

0 ‘zbekiston  Respublikasi  prokuratura  organlarining  tizimi 

quyidagicha  belgilangan:

1.  0 ‘zbekiston  Respublikasi  Bosh  prokuraturasi;

2  .  Qoraqalpog‘iston  Respublikasi  prokuraturasi;

3.  Viloyatlar  va  Toshkent  shahar  prokuraturalari;

4.  Tumanlar  va  shaharlar  prokuraturalari;

5.  Viloyat  prokuraturasiga  tenglashtirilgan  0 ‘zbekiston 

Respublikasi  Harbiy  prokuraturasi;

6

.  Viloyat  prokuraturasiga  tenglashtirilgan  0 ‘zbekiston 

Respublikasi  Transport  prokuraturasi;

7.  Tuman prokuraturalariga tenglashtirilgan harbiy okrug- 

lar, hududiy okruglar, hududiy-harbiy, transport va ixtisoslash- 

tirilgan  prokuraturalar;



8

.  0 ‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi 

Soliq  va  valutaga  oid jinoyatlarga  qarshi  kurashish  D eparta­

menti  va  uning joylardagi  bo‘linmalari.

0 ‘zbekiston  R espublikasi  « P ro k u ratu ra  to ‘g ‘risida»gi 

qonunning  12-moddasiga  asosan,  0 ‘zbekiston  Respublikasi 

Bosh  prokuraturasiga  0 ‘zbekiston  Respublikasi  Prezidenti 

tomonidan lavozimiga tayinlanadigan hamda lavozimdan ozod 

etiladigan,  keyinchalik  O ‘zbekiston  Respublikasi  Oliy  Majlis 

Senati  tasdig‘idan  o ‘tadigan  0 ‘zbekiston  Respublikasi  Bosh 

prokurori  rahbarlik  qiladi.

Q oraqalpog‘iston  Respublikasi  prokuraturasiga  Qoraqal- 

pog‘iston  Respublikasi  prokurori  rahbarlik  qiladi.  Qoraqal- 

pog‘iston  Respublikasi  prokurori,  0 ‘zbekiston  Respublikasi



308

Bosh  p ro k u ro ri  bilan  kelishilgan  holda  Q o raqalp o g ‘iston 

R esp u b lik asi  J o ‘q o r g ‘i  K engesi  to m o n id an   lavozim iga 

tayinlanadi hamda lavozimidan  ozod etiladi.  Qoraqalpog’iston 

R esp u b lik asi  p ro k u ro ri  Q o ra q a lp o g ‘isto n   R esp u b lik asi 

Jo ‘qorg‘i Kengesi va 0 ‘zbekiston Respublikasi  Bosh prokurori 

oldida  hisobdordir128.

V iloyatlar,  T oshkent  shahar  p ro k u ratu ralari  va  ularga 

tenglashtirilgan  prokuraturalarga  0 ‘zbekiston  Respublikasi 

Bosh  prokurori  tomonidan  lavozimga  tayinlanadigan  va  ozod 

etiladigan  tegishli  prokurorlar  rahbarlik  qiladilar.  Viloyatlar 

va Toshkent shahar prokurorlari 0 ‘zbekiston Respublikasi Bosh 

prokurori  tomonidan  lavozimiga  tayinlanadi  va  ozod  etiladi.

0 ‘zbekiston   R esp u b lik asi  harb iy   p ro k u ro ri  lavozim i 

b o ‘yicha  0 ‘zbek isto n   R espu blikasi  Bosh  p ro k u ro rin in g  

o'rinbosari  hisoblanadi.

Tumanlar, shaharlar prokurorlari va ularga tenglashtirilgan 

prokuraturalarga  0 ‘zbekiston  Respublikasi  Bosh  prokurori 

tomonidan lavozimiga tayinlanadigan va ozod etiladigan tegishli 

prokurorlar rahbarlik qiladilar.  Ular 0 ‘zbekiston  Respublikasi 

Bosh prokuroriga bo‘ysunadi va ularninng oldida hisobdordir.

0 ‘zbekiston  R espublikasida  iqtisodiy  m unosabatlardan 

kelib chiqadigan nizolarni hal etish uchun О ‘zbekiston Respub­

likasi  Bosh  p ro k u ratu rasi  huzurida  Soliq  va  valutaga  oid 

jin o y atlarg a  qarshi  kurashish  departam enti  tashkil  etildi. 

Departamentga 0 ‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 

lavozimiga  tayinlanadigan  va  ozod  etiladigan  D epartam ent 

boshlig‘i  rahbarlik  qiladi.

0 ‘zbekiston  R espublikasi  Bosh  pro k u ro ri  0 ‘zbekiston 

Respublikasi Prezidenti va 0 ‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis 

oldida  hisobdordir.  Quyidagi  hollarda  0 ‘zbekiston  Respub­

likasi  Bosh  prokurori  0 ‘zbekiston  Respublikasi  Prezidenti 

oldida  hisobot  beradi:

—  Qonuniylik  ham da  jinoyatchilikka  qarshi  kurashning 

holati  to ‘g‘risida  muntazam  ravishda;

— ОЧа  og‘ir jinoyatlar va favqulodda  hodisalar to ‘g‘risida 

zudlik  bilan;

— Prokuratura organlari  amalga  oshirgan ishlar to ‘g‘risida 

har  olti  oyda  axborot  taqdim  etadi.



128  0 ‘zbekiston  Respublikasi  «Prokuratura  to ‘g ‘risida»gi  (yangi  tahrir)

qonuni  //  0 ‘zbekiston  Respublikasi  qonun  hujjatlari  to ‘plami,  2001-

yil,  20-son.

309

Shuningdek,  0 ‘zbekiston  R espublikasi  Bosh  prokurori 

0 ‘zbekiston  Respublikasi  Oliy  M ajlisiga  ham  o ‘z  faoliyati 

haqida  muntazam  ravishda  hisobot  beradi129.

4-§.  Prokuror  nazorati  hujjatlari

0 ‘zbekiston Respublikasida faoliyat olib boruvchi prokuror­

lar  o ‘z  vakolatlaridan  foydalangan  holda  quyidagi prokuror- 

lik  nazorat  hujjatlarini  q o ‘llaydilar:  protest,  qaror,  taqdim- 

noma,  ariza  va  ogohlantiruv  kiradi.

Protest 

— Qonunga  zid  bo‘lgan  hujjatga nisbatan  protestni 

prokuror  ana  shu  hujjatni  qabul  qilgan  organga  yoki  yuqori 

turuvchi organga keltiradi.  Protest kiritilgach, darhol, ya’ni o ‘n 

kunlik muddatdan kechiktirmagan holda ko‘rib chiqilishi shart.

Protest  shu  hujjatni  qabul  qilgan  organ  (mansabdor  shaxs) 

yoki  yuqori  turuvchi  organ  (mansabdor  shaxs)  tomonidan  rad 

etilganda,  protest  qonunda  belgilangan  muddat  ichida  к о ‘rib 

chiqilmagan taqdirda, prokuror ana shu hujjatni g‘ayriqonuniy 

deb e’tirof etish to ‘g‘risidagi ariza bilan sudga murojaat etishga 

haqli.  Sudga  ariza  protest  rad  etilganligi  to ‘g‘risidagi  xabar 

olingan  paytdan  boshlab  yoki  protestni  ko‘rib  chiqish  uchun 

q o n un da  belgilangan  m ud d at  o ‘tganidan  keyin  bir  oylik 

muddat  ichida  berilishi  mumkin.  Prokuror  tomonidan  sudga 

ariza  berilishi  protest  keltirilgan  hujjatning  amal  qilishini  ariza 

sudda  ko‘rib  chiqilgunga  qadar  to ‘xtatib  qo‘yadi.

Jinoyat  ishini  q o ‘zg‘atishning  qonuniyligi  ustidan  nazorat 

olib  borayotgan  prokuror:  surishtiruvchi,  surishtiruv  organi 

boshlig‘i,  tergovchining  jinoyat  ishi  q o ‘zg‘atish  to ‘g‘risidagi 

qarorini  bekor  qilishga  va  ish  qo‘zg‘atishni  rad  qilishga,  ish 

q o ‘zg‘atish  to ‘g‘risidagi  yoki  rad  qilish  to ‘g‘risidagi  sudning 

ajrimi  ustidan  yuqori  sudga  protest  berishga  haqlidir.

P rotest  yuridik  nuqtai  nazardan  sifatli,  sud  qarorining 

noqonuniyligini  isbotlovchi  dalillar  hamda  tegishli  moddiy  va 

protsessual  qonun  norm alariga  asoslangan  xulosalar  bilan 

boyitilgan  ishonarli  bo iishi  lozim.



Qaror 

—  p ro k u ro r  sodir  etilgan  q o n u n   buzilishining 

xususiyatiga  q arab   jin o y at  ishi,  m a’muriy  yoki  intizom iy 

javobgarlik to ‘g‘risida ish qo‘zg‘atish haqida qaror qabul qiladi. 

Prokuror qonunda nazarda tutilgan boshqa hollarda ham qaror

129  Qarang.  0 ‘zbekiston Respublikasi  «Prokuratura to ‘g ‘risida»gi  (yangi

tahrir)  qonuni // 0 ‘zbekiston  Respublikasi qonun  hujjatlari  to ‘plami,

2001-yil,  10-son.

3 10


chiqaradi.  M a’muriy  yoki  intizomiy  javobgarlik  to ‘g‘risidagi 

ishni  qo‘zg‘atish  haqidagi  prokurorning  qarori  kelib  tushgan 

kundan  boshlab  o ‘n  besh  kun  ichida  organ  yoki  mansabdor 

shaxs  tom onidan  k o ‘rib  chiqilishi  shart.  Uni  ko 'rib   chiqish 

natijalari  haqida  uch  kun  ichida  prokurorga  yozma  ravishda 

m a’lum  qilinadi.



Taqdimnoma 

—  p ro k u ro r  qonun  buzilishi,  uning  kelib 

chiqish sabablari va bunga imkoniyat yaratib berayotgan shart- 

sharoitlarni  bartaraf etish  to ‘g‘risidagi  taqdimnomani  qonun 

buzilishini  bartaraf etish  vakolatlariga  ega  bo‘lgan  organ  yoki 

m an sabd o r  shaxsga  kiritad i.  T aqdim nom a  d arh o l  k o ‘rib 

chiqilishi  va  ko‘rilgan  chora-tadbirlar  to ‘g‘risida  bir  oy  ichida 

prokurorga  yozma  ravishda  m a’lum  qilinishi  lozim.  Taqdim­

noma  kollegial  organ  tomonidan  к о ‘rib  chiqiladigan  hollarda 

majlis  kuni  haqida  prokurorga  m a’lum  qilinadi  va  u  majlisda 

ishtirok  etshga  haqlidir.

Ariza 

— prokuror fuqarolar,  yuridik shaxslar va  davlatning 

huquqlari  hamda  qonuniy  manfaatlarini  himoya  qilish  uchun 

sudga  ariza  bilan  murojaat  qilish  huquqiga  ega.  Prokurorning 

arizasi  sud  tom onidan  qonun  hujjatlarida  nazarda  tutilgan 

tartib d a  k o ‘rib  chiqiladi.  P ro k u ro r  arizasidan  davlat  boji 

olinmaydi.

O gohlantiruv 

—  p ro k u ro r  fu q aro la rn in g   qo n u n   bilan 

q o ‘riqlanadigan  m anfaatlari,  huquq  va  erkinliklari,  jam oat 

hamda  davlat  manfaatlariga  zarar  yetkazishi  mumkin  bo‘lgan 

g‘ayriqonuniy  xatti-harakatlar  tayyorlanayotganligi  xususida 

ishonchli  m a’lumotlar  mavjud  boiganda,  huquqbuzarlikning 

oldini olish maqsadida, mansabdor shaxs va fuqarolarni qonun­

ning  buzilishiga  y o ‘l  q o ‘ymaslik  h aqida  yozm a  ravishda 

ogohlantiradi  ham da  huquqbuzarlik  sodir  etganlik  uchun 

javobgarlikni  tushuntiradi.  Ogohlantiruv  to ‘g‘risida  prokuror 

yuqori  turuvchi  organga,  ogohlantiruv  e’lon  qilingan  shaxs­

ning ish, o‘qish joyi haqida ish beruvchiga yoki yashash joyidagi 

fuqarolarning o ‘zini- o ‘zi boshqarish  organiga m a’lum qilishga 

haqli.


M a vzu n i  m ustahkam lash  uchun  savollar

1.  Prokuratura  organlarining vazifalariga nimalar kiradi?

2.  Prokuratura organlarining asosiy yo‘nalishlarini ayting.

3.  Prokuratura organlarining asosiy tamoyillariga nimalar kiradi ?

4.  Prokuratura organlari qanday tizimlardan tashkil topgan?

311


5.  0 ‘zbekiston  Respublikasi  Bosh  prokuraturasining  tarkibiy 

tuzilishini  ayting.



6

.  Prokurorlar qanday tartibda tayinlanadi?

7.  Prokurorning nazorat hujjatlariga nimalar kiradi?

8

.  Prokurorning sudda ishtiroki qanday tartibda amalga oshiriladi?

X IV   BO B

SA Y LO V   TIZIM I  VA  SA YLO V  H U Q U Q I 

T U S H U N C H A S I 

l - § .  Saylov  huquqi  —   fuqarolarning  siyosiy  huquqi 

sifatida

Davlat  hokimiyati  organlari  shakllanishida  birlamchi  omil 

hisoblangan  saylov  usuli  orqali  hokim iyat  tizimini  vujudga 

keltirish  va  rivojlantirish  qonuniyatlari,  ularning  tadrijiy 

o ‘zgarishi va tashkiliy-huquqiy asoslarini o ‘rganish olimlarning 

d iq q a t  m a rk a z id a  b o ‘lib  kelgan.  Y an g icha  ja m iy a tn i 

shakllantirish yangicha tamoyillar  amalga  oshiriladi.  Preziden- 

timiz  I.A .K arim ov  ta ’kidlaganlaridek,  «Yaxshi  bilamizki, 

demokratiya, demokratik jamiyatning bosh talabi — bu odam- 

larning  o ‘z  xohish-irodasini  erkin  ifoda  etish,  saylash  va 

saylanish  huquqini  ta ’minlashdan  iborat.  Eng muhimi,  saylov- 

lar  xalqimizni  parokanda  va  bir-biriga  qarshi  qilishga  emas, 

balki  elu  yurt  manfaati  yo‘lida  yanada  birlashtirishga  xizmat 

qilishi  zarur»130.

H ar  qanday jamiyatda  demokratik  saylovlar  taraqqiyotga 

yangi kuch beruvchi omil bo‘lib xizmat qiladi. Mamlakatimizda 

yangicha  saylovlarning  o ‘tkazilishi  o ‘ziga  xos  davrga  to ‘g‘ri 

kelmoqda.  Y a’ni,  bu  -   mustaqil  o ‘zbek  davlatchiligi  paydo 

bo ‘lgan  va  rivojlanayotgan,  asosiy  e’tibor  xalq  farovonligi, 

osoyishtaligini ta ’minlashga qaratilgan, erkin fuqarolik jamiyati 

yaratilayotgan  davrdir.  Shunisi  diqqatga  sazovorki,  bu  davr

130  K arim ov  I.A .  «M en  o ‘zim ni  nafaqat  o ‘zbek  xalq in ing  ,  balki 

Qoraqalpoq xalqining ham farzandi  deb  bilaman».  Qoraqalpog'iston 

R espublikasi  saylovchilar  vakillari  bilan  uchrashuvda  s o ‘zlagan 

nutqidan.  1992-yil  2-dekabr.

312


0

‘zbekistonda o ‘ziga xos sharq va g‘arb demokratiyasi tajriba- 

lari  uyg‘unlashgan  dem okratik  jarayon  shakllangani  bilan 

ajralib turadi.  Bunda sharq demokratiyasidagi insonni ulug‘vor 

bilish,  mavjud  shart-sharoitdan  kelib  chiqib  h arakat  qilish, 

mas’uliyatni  his  etish  va  fidoyilik  ko‘rsatish  kabi  qadriyatlar, 

g ‘arb  demokratiyasining  oshkoralik,  o ‘z-o‘zini  tanqid  qilish, 

tadbirkorlik  singari jihatlari  ko‘zga  tashlanadi.

Saylov  huquqi  aspektlari  ikkiga  ajratiladi:  obyektiv  saylov 

huquqi  va  subyektiv  saylov  huquqi.  Obyektiv  saylov  huquqi 

saylov  huquqi  normalari  tizimi  ya’ni  asosini  tashkil  qiluvchi 

prinsiplar tartibi va  saylovni tashkil  qilishni  o ‘z  ichiga qamrab 

oladi.  Subyektiv  saylov  huquqi  davlat  tomonidan  m a’lum  bir 

shaxsning  saylovda  qatnashishi  kafolatlanishidir.

Saylov  huquqi  eng  muhim  siyosiy  huquqlardan  biri  b o iib , 

u  fuqarolarga  nafaqat  vakillik  organlarini  tashkil  etish,  balki 

bunday  organlarga  o ‘z  vakillarini  yuborish  imkoniyatini  ham 

beradi.  Fuqarolar  tom onidan  saylov  huquqlarining  to ‘siqsiz 

amalga  oshirilishi  ularning  davlat  boshqaruvida  ishtirokining 

eng  muhim  shakllaridan  biri  hisoblanadi.

Erkin  saylov  huquqining  amalga  oshirilishi,  erkin  hamda 

chinakamiga  ifoda  etiladigan  xalq  irodasi  hokimiyat  va  har 

qanday hukumat qonuniyligining asosi ekanligi va har bir shaxs­

ning o ‘z davlatini boshqarishda bevosita yoki o ‘z vakillari orqali 

qatnashish  huquqi  ko‘pgina  xalqaro  hujjatlarda131,  jumladan, 

Y EX H Tning  K opengagenda  qabul  qilingan  hujjatida  ham 

ta ’kidlangan.

0 ‘zbekiston  Respublikasining  fuqarolari jamiyat  va  davlat 

ishlarini  boshqarishda  bevosita  ham da  o ‘z  vakillari  orqali 

ishtirok  etish  huquqiga  egadirlar.  Bu  huquq  fuqarolarning 

referendumlarda, 0 ‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovida 

va hokimiyatning vakillik organlari saylovida qatnashishi orqali 

amalga  oshiriladi.  0 ‘zbekiston  Respublikasi  Konstitutsiyasi­

ning  33-moddasida  shunday  deyiladi:  «Fuqarolar  o ‘z  ijtimoiy 

faolliklarini  0 ‘zbekiston  Respublikasi  qonunlariga  muvofiq 

mitinglar,  yig‘ilishlar va namoyishlar  shaklida  amalga  oshirish 

huquqiga egadirlar. Hokimiyat organlari faqat xavfsizlik nuqtai 

nazaridangina  bunday  tadbirlar  o'tkazilishini  to ‘xtatish  yoki 

taqiqlash  huquqiga  ega».

131  Qarang:  1948-yilgi  Butunjahon  inson  huquqlari  deklaratsiyasining

21-moddasi,  1966-yilgi  Fuqarolik  va  siyosiy  huquqlar  to ‘g ‘risidagi

xalqaro  paktning  25-moddasi

313


Demak,  fuqarolar  o ‘z  siyosiy  huquqlarini  amalga  oshirar 

ekanlar qonunlarga so‘zsiz rioya etishlari, shu asosda o ‘z huquq­

larini  joylarda  amalga  oshirishlari  mumkin.  Fuqarolarning 

siyosiy  huquqlari  davlat  tom onidan  cheklanishi,  faqatgina 

qonunlar doirasidan chetga chiqish holatlari kuzatilgan vaqtda 

amalga  oshiriladi.

0 ‘zbekiston Respublikasi fuqaro- 

lari  k asab a  uyushm alari,  siyosiy 

partiyalar va boshqa jam oat birlash- 

malariga  uyushish,  ommaviy  hara- 

k a tla rd a   ish tiro k   etish  hu quqiga 

egadirlar.  Siyosiy  partiyalar, jam oat 

birlashm alari,  ommaviy  harakatlar,  hokim iyatning  vakillik 

organlarida  ozchilikni  tashkil  etuvchi  muxolifatchi  shaxslar­

ning  hu q u qlari,  erkinliklari  va  qadr-qim m atini  hech  kim 

kamsitishi mumkin emas.  Bu tamoyil Konstitutsiyamizning 34- 

moddasida  o ‘z aksini topgan.  H ar bir fuqaro  xohlagan jamoat 

birlashm alariga  a ’zo  b o ‘lishligi  va  undan  xohlagan  vaqtda 

chiqib  ketishlari  mumkin.

2-§.  Saylov  huquqining  K onstitutsiyaviy  asoslari

Demokratik  davlatning  hokimiyat  idoralarini  shakllantiri- 



shda saylov muhim ahamiyatga ega.  «Saylov» o ‘z mazmuniga 

k o ‘ra  b iro n -b ir  organ  (d av lat,  ja m o atc h ilik ,  xalqaro   va 

hokazolar)ni  ovoz  berish  y o ii  bilan  shakllantirish  demakdir. 

Saylov  shunday  dem okratik  jarayonki,  unda  xalq  ham da  u- 

ning  vakillari  q on u n da  belgilangan  ta rtib d a   hokim iyatni 

b o sh q a rish g a   kim ni  q o ‘yish  yoki  ch e tla tish   m asalasin i 

mustaqil  hal  etadi.  A lbatta,  nodem okratik  davlatlarda  ham 

saylovlar  o ‘tkaziladi,  lekin  o d atd a  form al  x a rak tera  ega 

b o ‘ladi.  Inson  huquqlari  Umumjahon  deklaratsiyasining  2- 

moddasiga  k o ‘ra  «Davlatning  asosiy  hokimiyati  bu  xalqning 

irodasidir».

Saylov huquqi  fuqarolarning o ‘z  siyosiy huquqlarini  amalga 

oshirishda  yaqindan  yordam  beruvchi  siyosiy  holatdir.  Saylov 

jarayonlarida yuzaga keladigan turli xil munosabatlarni tartibga 

solishda saylov huquqidan foydalanamiz.  0 ‘zbekiston Respub­

likasi  K o n stitu tsiy asin in g   117-m oddasida:  « 0 ‘zbekiston 

Respublikasining  fuqarolari  davlat  hokimiyati  vakillik  organ- 

lariga  saylash  va  saylanish  huquqiga  egadirlar»  deb  ko ‘rsatib 

o ‘tilgan.

314

Fransiyada  saylov  munosa- 

batlarini  huquqiy  jihatdan 

tartibga  soladign  maxsus 

Saylov Kodeksi qabul qilin­

gan.


Aktiv saylov huquqi, 

har bir fuqaroning davlatni boshqarishda 

o‘z  vakillarini  saylash  bilan  ishtirok  etishini  ko‘zda  tutadi.  Bu 

h u q u q q a   q o n u n d a  b elg ilan g an   m a ’lum   yoshga  yetgan, 

m uom alaga  layoqatli  m am lakat  fuqarolari  ega  b o ‘ladilar. 

0 ‘zbekistonda  saylash  huquqiga  0 ‘zbekiston  Respublikasi 

Konstitutsiyasining  117-moddasi  2-bandiga  binoan  18  yoshga 

yetgan  barcha  0 ‘zbekiston  fuqarolari  egadirlar.

Yosh  chegarasi  turli  m am lakatlarda  turlicha  belgilanishi 

mumkin.  Masalan,  Malayziya,  Marokash,  Boliviyada  fuqaro­

lar  21  yoshga  to ‘lganidan  keyingina  saylash  huquqiga  ega 

b o ‘lishadi.  Rossiyada  2002-yil  20-dekabrda  qabul  qilingan 

Qonunga  k o ‘ra  saylov  kunigacha  18  yoshga  to ‘lgan  Rossiya 

fuqarosi saylash huquqiga ega. Fransiyada ham saylov huquqiga 

ega  bo‘lish  uchun  belgilangan  yosh  1974-yil  5-iyuldagi  qonun 

bilan  18  yosh  qilib  belgilangan.

Fuqarolik  senzi  barcha  davlatlarda  odatiy  shartga  aylangan 

bo‘lsa-da,  ba’zi  hollarda  bunday  senzning yo‘qolib  ketishini  ham 

kuzatish  mumkin.  Masalan,  o‘ziga  xos  tuzilma  bo‘lgan  Yevropa 

Ittifoqining  Parlamentiga  saylovlar  paytida  Fransiyada  bo‘lgan 

Germaniya fuqarosi Fransiyaning Yevropa Ittifoqi Parlamenti vakili 

uchun ovoz berish huquqiga ega.  Bu qoida Yevropa Ittifoqiga asos 

solgan  1992-yilgi  Maastrixt  Shartnomasida  ko‘zda  tutilgan.^

Sud tomonidan muomalaga layo- 

qatsiz  deb  topilganlar,  ozodlikdan 

mahrum  qilish joylarida  saqlanayo- 

tganlar saylash huquqidan foydalana 

olmaydilar,  ya’ni,  ozodlikdan  m ah­

rum   qilish  joylarida  saqlanayotganlarning  saylash  huquqi 

vaqtincha  to ‘xtatiladi.



Passiv  saylov  huquqi, 

ya’ni  saylanish  huquqiga  m a’lum 

yoshga  yetgan,  muomalaga  layoqatli  fuqarolar  ega  boiadilar. 

Turli  davlatlarda  m a’lum  davlat  organlariga  saylanish  uchun 

belgilangan  yosh  chegarasi  turlicha  bo‘lishi  mumkin.

Aktiv  saylov,  ya’ni  saylash  huquqidagi  yosh  senzi  m a’lum 

davlatlarda  aholining  barcha  qatlami  uchun  bir  xil  belgilansa, 

passiv  saylov  huquqida  yosh  senzi  nomzodning  qaysi  organga 

saylanayotganligiga  q arab   tu rlich a  belgilanishi  m um kin. 

0 ‘zbekistonda  fu qarolar  M ahalliy  K engash  deputatligiga 

saylanish  huquqiga  ega  bo‘lish  uchun  21  yoshga,  Oliy  Majlis 

Qonunchilik  palatasi  deputatligi  va  Senatiga  saylanish  uchun 

25  yoshga,  Respublika  Prezidentligiga  saylanish  uchun  esa  35 

yoshga  yetgan  bo ‘lishi  kerak.




Download 8.86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   40




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling