R e s p u b L i k a s I k o n s t I t u t s I y a s I n I


Download 8.86 Mb.
Pdf ko'rish
bet35/40
Sana21.03.2020
Hajmi8.86 Mb.
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   40

323

lariga uncha tanish bo‘lmasligi mumkin, chunki saylovchi ovoz 

berganda  alohida  nomzod  uchun  emas,  balki  partiya  ro ‘yxati 

uchun ovoz beradi. Natijada saylangan deputat o ‘zini muayyan 

saylov  okrugi  saylovchilari  oldida  emas,  balki  uni  ro ‘yxatga 

kiritgan  partiya  rahbarlari  oldida  hisobdor  sezadi.

Saylovning  bu  shaklida  saylov  okrugida  bir  necha  mandat 

b o ‘lsada,  har  bir  saylovchi  faq at  bir  ovozga  ega  b o ia d i. 

Saylovchi  partiya  ro ‘yxatiga  kiritilgan  o ‘ziga  m a’qul  bo‘lgan 

nomzodni  yoqlab  ovoz  berishi  mumkin.  Bunday  ovoz  berish 

k o ‘p  m andatli  saylov  okruglarida  m andatlar  boiinishining 

olingan  ovozlarga  m u tan o sib lig in i  anch a  t a ’m in lasad a, 

say lo v ch i-d e p u ta t  m u n o sa b a tla rin i  su sa y tirad i.  C hunki 

saylovchining faqatgina bir  ovozga ega boiishi,  partiyalarning 

saylovchilar  e’tiborini  qozonishga  unchalik  harakat  qilmasa- 

larda,  osongina  mandatlarga  erishishini  ta ’minlaydi.

5-§.  Saylov  jarayoni  va  saylov  organlari

H ar  bir  yuridik jarayon  singari  saylov jarayoni  ham  o ‘zida 

huquqiy  norm alar  tizimini  m ujassam lashtirgan  faoliyatdir. 

D a v la t  h o k im iy ati,  o ‘z in i-o ‘zi  b o sh q a rish   o rg a n la rig a  

boiadigan  saylovlarni o ‘tkazish bilan b og iiq faoliyatni saylov 

ja ra y o n i  deb  tushunam iz.  H am da  ushbu  fao liy at  q a t’iy 

belgilangan  tartibda,  bosqichma-bosqich  amalga  oshiriladi  va 

bu  quyidagilardan  iboratdir.



1. 

Saylovlarni  belgilash. 

Saylov  jarayonining  bu  bosqichi 

muayyan  organ  yoki  mansab  uchun  saylov  kunini  belgilashda 

ifodalanadi.  Konstitutsiyalar,  qonunlar  va  hududiy  birliklar- 

ning  s ta tu tla ri  bu  m asalada  m uayyan  q o id a larn i  o 'z id a  

mujassamlashtiradi.  Y uqorida  AQSH  misolida  saylov  kuni- 

ning qonun bilan belgilanganligini к о ‘rib o ‘tdik, biroq ko‘pchi- 

lik  holatlarda  bunday  sana  aniq  belgilanmaydi  va  bu jarayon 

har bir holatda maxsus  hujjat bilan  shunday sanani belgilashni 

talab  qiladi.  Agar  sanani  belgilash  qonun  yoki  Konstitutsiya 

bilan  aniq  o ‘rnatilm agan  b o is a ,  unda  qonun  ushbu  sanani 

belgilashga  vakolatli  organni  ko‘rsatishi  lozim.

2002-yil 4-apreldagi 0 ‘zbekiston Respublikasining «Referen­

dum  yakunlari  davlat  hokimiyatini  tashkil  etishning  asosiy 

prinsiplari»  to ‘g ‘risidagi  K onstitutsiyaviy  qonuniga  k o ‘ra 

0 ‘zbekiston  Respublikasida  Prezidenti  saylovi,  Oliy  Majlis 

Qonunchilik  palatasi  ham da  Q oraqalpog‘iston  Respublikasi 

J o ‘q o rg ‘i  Kengesi,  viloyatlar,  tum anlar,  shaharlar  davlat



324

hokimiyati vakillik organlariga saylov ularning Konstitutsiyaviy 

vakolat  muddati  tugaydigan  yilda  —  dekabr  oyi  uchinchi  o ‘n 

kunligining  birinchi  yakshanbasida  o ‘tkaziladi.

0 ‘zbekiston  Respublikasi  Prezidenti  saylovi  hamda  davlat 

hokimiyati  vakillik  organlariga  saylov  muddatlari  bir  paytga 

to ‘g‘ri  kelib  qolgan taqdirda  davlat  hokimiyati vakillik  organ- 

larining vakolat muddati bir yilga uzaytiriladi, deb ko‘rsatilgan.

Saylov  okruglari. 

Saylov  okruglari  davlatning  va  mahalliy 

o ‘z in i-o ‘zi  b o sh q arish   vakillik  o rg an la rig a  d e p u ta tla rn i 

saylovchi  fuqarolarni  o ‘zida birlashtirgan hududiy birliklardir. 

Ular  maxsus  ravishda  shakllantirilgan  bo iish i  mumkin,  lekin 

k o ‘pchilik  h o la tla rd a   federatsiya  subyektlari,  m a ’muriy- 

hududiy birliklar (viloyatlar, provinsiyalar, shaharlar va boshqa- 

lar) muayyan  saylov  okrugi sifatida amal qilishi  ham mumkin. 

Saylov okruglari tuzilmagan taqdirda, butun mamlakat yagona 

bir  saylov  okrugi  sifatida  namoyon  boiadi.

Saylov  okruglari  saylov  amali- 

yotida  eng  ko ‘p  uchraydigan  saylov 

birlik larid ir.  H ududiy  b o im a g a n  

vakillik  organlarini  shakllantirishda 

saylov  birliklari  sifatida  muayyan 

saylovchilar  gu ru hlari  ham   am al 

qilishlari  mumkin.

H ududlarni  saylov  okruglariga 

b o iish   katta  siyosiy  ahamiyat  kasb 

etadi,  chunki  bu holat  saylov natija- 

lariga  bevosita  ta ’sir  etishi  mumkin.  Shuning  uchun,  odatda, 

saylov  okruglarining  tashkil  qilish  qonunlar  bilan  belgilangan 

b o iad i.  Qonunlar  saylov  okruglarining  soni  va  chegaralarini 

aniq  belgilashi  lozim,  chunki  bu  holat  saylov jarayonlarida 

saylovchilarning  tengligini  ta ’minlaydi.

Saylov okruglari saylovchilarni teng miqdorini hisobga olgan 

holda  tashkil  qilinishi  lozim,  chunki  bu  holat  tenglik  prinsipi 

talabidir.  Bu  shuni  anglatadiki,  m am lakatdagi  barcha  bir 

mandatli  saylov  okruglari  teng miqdordagi  aholi  soni  boigani 

holda  tashkil  etiladi.  Biroq  aholi  soni  m iqdorini  aniqlash 

yuzasidan  kelishmovchiliklar  kelib  chiqqanda  (aholi  orasida 

saylov  huquqiga  ega  boim agan  shaxslar  ham  mavjud  b oigan  

h o lla rd a ),  teng  hu quqli  saylov  ja ra y o n in i  tash k il  qilish 

maqsadida  saylov  okruglarini  aholi  soniga  qarab  emas,  balki 

saylovchilar  soniga  qarab  tashkil  qilish  m aqsadga  muvofiq 

b o ia d i.



325

Ayrim xorijiy mamlakatlar­

da  saylovlar  yagona  saylov 

ok ru gida  ta sh k il  etilad i. 

Bunda, masalan, parlament 

sayloviga nomzodi qo‘yilgan 

shaxslarning  hammasi  bit­

ta  ok ru gd an   saylan ad i. 

Bunday davlatga JAR (Jan- 

ubiy  Afrika  Respublikasi) 

misol bo‘ladi.

Mamlakatimiz  Oliy  vakillik  organi  -   Oliy  Majlisning  quyi 

palatasi  (Qonunchilik  Palatasi),  Respublika  Prezidentligi  va 

viloyat, tuman va shahar xalq deputatlari Kengashlariga saylov­

larda  saylov  okruglari  hududiylik  asosida  tashkil  etiladi.

Q onunchilik  palatasiga  saylov  o ‘tkazish  uchun  120  ta 

hududiy saylov okrugi tuziladi va ularning har biridan bittadan 

deputat saylanadi.  Qonunchilik palatasiga deputatlar saylovini 

o ‘tkazuvchi  saylov  okruglari  Q oraqalpog‘iston  Respublikasi 

Jo ‘qorg‘i  Kengesining,  viloyatlar  va  Toshkent  shahar  hokim- 

liklarining  taqdimnomasiga  binoan  Markaziy  Saylov  Komis- 

siyasi  tom onidan  tuziladi.  Saylov  okruglarining  chegaralari 

Qoraqalpog’iston Respublikasi,  viloyatlar va Toshkent shahri- 

ning  m a ’m uriy-hududiy  tuzilishini  in o b atga  olgan  holda 

belgilanadi133.

0 ‘zbekiston  Respublikasi  Prezidenti  saylov  bo‘yicha saylov 

okruglarini  Markaziy  Saylov  komissiyasi  viloyatlar,  Toshkent 

shahri  va  Qoraqalpog‘iston  Respublikasi  chegaralari  doirasida 

tuziladi.  Ularning  chegaralari,  saylovchilarning  soni  hamda 

okrug  saylov  komissiyasi  qayerda  joylashgani  k o ‘rsatilgan 

saylov okruglari ro ‘yxatlarini saylov tayinlangandan keyin kechi 

bilan  10  kun  o‘tgach  Markaziy  saylov  komissiyasi  tomonidan 

e’lon  qilinadi.

Saylov  okruglari,  0 ‘zbekiston  R espublikasining  butun 

hududida saylovchilar soni teng holda tuziladi va har bir saylov 

uchun  saylov  okrugiga  to ‘g‘ri  keladigan  saylovchilar  normasi 

Markaziy  saylov  komissiyasi  tomonidan  belgilanadi.

Viloyat,  tum an  va  shahar  xalq  deputatlari  kengashlariga 

saylov  o ‘tkazish  uchun,  viloyatlar  va  Toshkent  shahrida  60 

tadan, tuman va shahar Kengashlariga saylovlarda esa 30 tadan 

k o ‘p  b o ‘lm agan  saylov  okruglari  tuziladi.  H ar  bir  saylov 

okrugidan  tegishli  xalq  deputatlari  Kengashlariga  bittadan 

deputat  saylanadi.

Xalq  deputatlari  viloyat,  tuman  va  shahar  Kengashlariga 

saylov  o ‘tkazishda  saylov  okruglari  soni  aholi,  saylovchilar­

ning  soni,  hudud  va  boshqa  mahalliy  sharoitlarni  inobatga 

olgan  holda  saylov  komissiyalari  tomonidan  saylovchilar  soni 

teng  holda  tuziladi.

Saylov uchastkalari. 

Saylov uchastkalari ovoz berishda o ‘zida 

muayyan joydagi  saylovchilarni  birlashtiradigan  hududiy  bir-

133  Qarang: 0 ‘zbekiston Respublikasi «Oliy Majlisiga saylov to ‘g ‘risida»gi

qonun  (yangi  tahriri)  //  0 ‘zb ek iston   R esp ub lik asi  O liy  M ajlisi

Axborotnomasi,  2003,  №  9-20,  132-modda.

326


liklardir.  Bu birliklar faqat texnik ahamiyatga ega, ya’ni saylov 

uchastkalari saylov jarayonlarini o ‘tkazishda samarali natijaga 

erishishni  ta ’minlovchi  institutlardir.  Ularni  tartibga  solish, 

o d a td a ,  qonun  bilan  em as,  balki  qo n u n o sti  h u jja tla ri  -  

k o ‘pincha  ichki  ishlar  vazirligi  instruksiyalari  bilan  tartibga 

solinadi.

О ‘zbekiston  Respublikasida  Respublika  Prezidentligi,  Oliy 

Majlisning  Qonunchilik  palatasi  va  Xalq  deputatlari  viloyat, 

tum an  va  shahar  Kengashlariga  saylovlarda  saylovchilarga 

mumkin qadar ko‘proq qulayliklar yaratish maqsadida tum an­

lar,  shaharlar  va  shaharlardagi  tum anlarning  chegaralarini 

inobatga  olgan  holda  saylov  uchastkalari  tuziladi,  ularning 

chegaralari tegishli saylov okruglari doirasidan chiqib ketmasligi 

kerak.


0 ‘zb ek isto n   R esp u b lik asin in g   x orijiy  d a v la tla rd a g i 

vakolatxonalari  huzurida,  sanatoriylar  va  dam  olish  uylarida, 

kasalxonalar va boshqa statsionar davolash muassasalarida, olis 

va  borish  qiyin  yerlardagi  fuqarolar  turgan joylarda  alohida 

saylov  uchastkalari  tuzilishi  mumkin.  U larni  qaysi  saylov 

okrugiga  biriktirish  to ‘g ‘risidagi  m asala  M arkaziy  saylov 

komissiyasi  tomonidan  hal  etiladi.

Saylov uchastkalari tuman,  shahar hokimliklarining, harbiy 

qismlar  yoki  harbiy  q o ‘shilm alar  kom andirlarining,  xorijiy 

m a m la k a tla rd a   R esp u b lik a  T ash qi  Ish la r  V azirligining 

taqdimnomasiga  binoan  okrug  saylov  komissiyasi  tomonidan 

kamida 20 nafar va ko‘pi bilan 3 ming nafar saylovchidan iborat 

tarkibda  tashkil  etiladi.  Ovoz  berishni  tashkil  etish  uchun  har 

bir  saylov  uchastkasiga  tegishli  hokim lik  tom onidan  bino 

ajratiladi.

Saylov  organlari. 

Ushbu  organlar  (komissiya,  prezidium  va 

boshqalar)ga saylov jarayoni ustidan tashkiliy rahbarlik vazifasi 

yuklatilgan bo ‘ladi.  Saylov organlari turlicha boiishi mumkin:

—  H u d u d iy ,  ju m la d a n ,  m ark aziy .  U larn in g   tizim i 

mamlakatning siyosiy-hududiy tuzilish tizimidan  kelib chiqadi;

— Okrug  saylov  organlari.  Bu  organ  saylov  okrugi  siyosiy- 

hududiy  birlik  bilan  muvofiq  kelmaganda  amal  qiladi;

—  Saylov  uchastkalarida  amal  qiluvchi  organlar.

Saylov  u ch astk a lari  organlari,  o d a td a ,  saylovchilarni

ro ‘yxatga  oladi  yoki  ularni  ro ‘yxatga  olishdagi  xatoliklarni 

b a rta ra f  qiladi,  ovoz  berishni  tash k illash tirad i  va  saylov 

uchastkasi  yuzasidan  saylov natijasini  aniqlaydi.  Okrug  saylov 

organlari  ilgari  surilayotgan  nom zodlarni  ro ‘yxatga  oladi,



327

saylovoldi  kompaniyasining  normal  kechishini  ta ’minlaydi  va 

okrug yuzasidan  saylov  natijalarini  aniqlaydi.  Hududiy  saylov 

organlari  saylov  okruglari  mavjud  b o ig a n   taqdirda  saylov 

natijalarini  umumlashtiradi  va  o ‘sha  hudud  ommaviy  axborot 

vositalarida chop etadi,  agar saylov okruglari  boim asa,  saylov 

okruglari  vazifasini  bajaradi.  Umumxalq  saylovlarida  tashkil 

etiladigan  okrug  saylov  organlari  uchastka  saylov  organlari 

faoliyatini  nazorat  qiladi,  b a ’zi  hollarda  o ‘zining  hududida 

uchastka  saylov  organining  vazifasini  bajaradi  (  m asalan, 

Avstraliya).

0 ‘zb ek isto n   R esp u b lik asid a  m azk u r  o rg an la r  saylov 

k o m issiy alari  deb  y u ritila d i.  0 ‘zb ek isto n   R esp u b lik asi 

Prezidentligi va Oliy Majlisning Qonunchilik palatasiga saylov­

larda  Markaziy,  okrug  va  uchastka  saylov  komissiyalari,  xalq 

deputatlari Kengashlariga saylovlarda viloyat, tuman va shahar 

saylov komissiyalari, shuningdek, okrug hamda uchastka saylov 

komissiyalari  tuzilishi  mumkin.

M arkaziy  saylov  komissiyasi  0 ‘zbekiston  R espublikasi 

Prezidenti, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari saylov- 

lari,  0 ‘zbekiston  Respublikasi  Referendumini  tashkil  etish  va 

o ‘tkazish  uchun  tuziladi  hamda  o ‘z  faoliyatini  doimiy  asosda 

am alga  oshiradi.  M arkaziy  saylov  komissiyasi  Oliy  Majlis 

tom onidan  tashkil  etilib,  uning  a ’zolari  Q o raq alp og ’iston 

Respublikasi  Jo ‘qorg‘i  Kengesi,  xalq  deputatlar  viloyatlar  va 

Toshkent shahar Kengashlarining tavsiyasi bo‘yicha komissiya 

tarkibiga  kiradi.

Okrug  saylov  komissiyalari  Markaziy  saylov  komissiyasi 

tomonidan, xalq deputatlari Kengashlariga saylovlarda tegishli 

viloyat, tuman va shahar saylov komissiyasi tomonidan saylovga 

kamida  70  kun  qolganda  komissiyaning  rais,  rais  o ‘rinbosari, 

kotibi va 6-8  nafar boshqa a ’zolardan iborat tarkibda tuziladi. 

O krug  saylov  kom issiyasi  a ’zoligiga  nom zodlar  Q oraqal- 

p og‘iston  Respublikasi  J o ‘qorg‘i  Kengesi,  xalq  deputatlari 

viloyatlar  va  Toshkent  shahar  Kengashlarining  majlislarida 

m uhokam a  qilinadi  ham da  M arkaziy  saylov  komissiyasiga 

tasdiqlash  uchun  tavsiya  etiladi.

Uchastka  saylov  komissiyalari  okrug  saylov  komissiyalari 

to m o n id a n ,  xalq  d e p u ta tla ri  K eng ash lariga  say lo v lard a 

tegishli  tu m an ,  sh a h a r  saylov  k o m issiy alari  to m o n id an  

saylovga  kam ida  40  kun  qolganda  5-19  nafar  a ’zodan,  shu 

jum ladan,  rais,  rais  o ‘rinbosari  va  kotibdan  iborat  tarkibda 

tu z ila d i  (k o m issiy a  ta rk ib in in g   soni  z a ru r  h o lla rd a



328

к о ‘paytirilishi  yoki  kamaytirilishi  mumkin).  Agar  komissiya 

7  nafargacha  a ’zodan  iborat  tarkibda  tuzilsa,  rais  va  kotib 

saylanadi134.

U ch astk a  saylov  kom issiyasi 

a ’zoligiga  nomzodlar  xalq  deputat­

lari  tuman,  shahar  Kengashlarining 

majlislarida  muhokama  qilinadi  va 

tegishli  okrug  saylov  komissiyasiga 

tasdiqlash  uchun  tavsiya  etiladi.

0 ‘zbekiston  R espublikasining 

xorijiy davlatlardagi vakolatxonalari 

huzurida uchastka saylov komissiyasi raisining vazifalarini idora 

rahbari  amalga  oshiradi.

Saylov  komissiyalarining  a ’zolari  bir  komissiyaga  a ’zolik 

davrlarida boshqa saylov  komissiyasining yoki  siyosiy partiya- 

ning  a ’zosi  b o ‘lishlari  mumkin  emas.



Saylovchilarni ro‘yxatga olish. 

Saylovchilarni ro ‘yxatga olish 

tadbiri  fuqarolarning  o ‘z  saylov  huquqini  amalga  oshirishini 

ta ’minlovchi shart-sharoit sifatida namoyon bo‘ladi. Saylovchi­

larni  ro ‘yxatga  olish  xarakter jihatidan  ommaviy  (majburiy) 

yoki  shaxsiy  (ixtiyoriy)dir.

0 ‘zbekiston Respublikasida saylov kuniga qadar yoki saylov 

kuni  18 yoshga to ‘ladigan, ro ‘yxat tuzilayotgan vaqtda mazkur 

saylov  uchastkasi  hududida  doimiy  yoki  vaqtincha  istiqomat 

qilib  k elayotgan  fu q aro la rn in g   fam iliy alari  saylovchilar 

ro ‘yxatiga  kiritiladi.  H ar  bir  saylovchi  faqat  bitta  saylovchilar 

ro ‘yxatiga  kiritilishi  mumkin.  Saylovchilar  ro ‘yxati  har  bir 

saylov  u ch astk asi  b o ‘yicha  u ch astk a  saylov  kom issiyasi 

tomonidan  tuziladi,  mazkur  ishlarda  qatnashishga jamoatchi­

lik  vakillarini  ham jalb  etish  mumkin.

Saylovchilarning  ro ‘yxatlari  saylovga  15  kun  qolganda, 

0 ‘zbekiston  Respublikasining  xorijiy  davlatlardagi  vakolat­

xonalari huzurida,  sanatoriy va dam olish uylarida,  kasalxona- 

lar va boshqa statsionar davolash muassasalarida, olis va borish 

qiyin  b o ‘lgan  yerlarda  tuzilgan  saylov  uchastkalarida  esa 

saylovga 7 kun qolganida hamma tanishib chiqishi uchun e’lon 

qilinadi.  Agar  ro'yxatda  xato  yoki  noaniqlik  b o ‘lsa,  fuqaro 

saylov komissiyasiga bu haqda arz qilishi mumkin va komissiya

134  Qarang:  0 ‘zbekiston  Respublikasi  «Xalq  deputatlari  viloyat,  tuman 

va  shahar  Kengashlariga  saylov  to ‘g‘risida»gi  qonuni  //  0 ‘zbekiston 

Respublikasi Oliy Majlisi  Axborotnomasi, 2003, № 9-20,  133-modda.

329

Braziliyada Markaziy saylov 

komissiyasi  o‘rniga  saylov 

tribunali  faoliyat  olib  bora­

di.  Bu  organning o‘ziga  xos 

xususiyati sbundan iboratki, 

saylov  jarayonida  vujudga 

kelgan  nizolarni  mustaqil 

o‘zi ko‘rib hal qilaveradi.


mazkur  ariza  yuzasidan  noaniqlik  yoki  xatoni  bartaraf qilish 

haqida  qaror  qabul  qilishi  lozim.



Nom zodlarni  k o ‘rsatish. 

Saylov  ja ra y o n in in g   m azk u r 

bosqichi  siyosiy  amaliyotda juda  katta  ahamiyatga  ega  bo‘lib, 

aynan  shu  bosqichda  prezidentlik,  deputatlik,  senatorlik, 

mahalliy  o ‘zini-o‘zi  boshqarish  organlariga  maslahatchi  va 

boshqa  lavozim larga  saylanishi  m um kin  b o ‘lgan  shaxslar 

doirasi  aniqlanadi.

M am lak atim iz d a  Oliy  M ajlis  (Q o n u n ch ilik   p alatasi) 

d ep u ta tlig ig a ,  y u q o ri  p a la ta   S en ato rlig ig a,  R esp u b lik a 

Prezidentligiga  va  xalq  deputatlari  Kengashlari  deputatligiga 

nomzodlarning ko‘rsatilishida yuqorida ko‘satilgan usullarning 

barchasi  qo‘llaniladi.

Siyosiy  partiya  saylov  kom paniyasi  boshlaganligi  e’lon 

qilingan  kundan  kamida  olti  oy  oldin  0 ‘zbekiston  Respub­

likasi  Adliya  vazirligi  tomonidan  ro ‘yxatga  olingan,  saylovda 

ishtirok  etishini  qoilab-quvvatlovchi  ellik  ming  saylovchining 

im zosini  to ‘plagan  taq d ird ag in a  d ep u tatlik k a  nom zodlar 

k o ‘rsatishi  mumkin.

0 ‘zbekiston  Respublikasi  Oliy  M ajlisining  Qonunchilik 

palatasiga  nomzodlar  ko‘rsatish  siyosiy  partiyalar  tomonidan 

saylovga  oltmish  besh  kun  qolganida  boshlanadi  va  qirq  besh 

kun  qolganida  tugaydi.  Deputatlikka  nomzod  tanlash  tartibi 

siyosiy  p a rtiy a la rn in g   o ‘zlari  hal  qilgani  h olda,  h a r  bir 

ok ru gd an   b itta   d ep u tat,  y a ’ni  120  d ep u tat  k o ‘rstatish g a 

vakolatlidir.

0 ‘zbeksiton Respublikasi Oliy Majlisi qonunchilik palatasi 

deputatligiga  nomzodlar  k o ‘rsatish  uchun  saylash  huquqiga 

ega b o ‘lgan har bir fuqaro yoki fuqarolar guruhi tegishli saylov 

okrug in ing   k am ida  uch  yuz  n afar  saylovchisidan  ib o rat 

saylovchilar tashabbuskor guruhini tuzishi mumkin.  D eputat­

likka  nomzod  k o ‘rsatgan  saylovchilar  tashabbuskor  guruhi 

okrug  saylovchilari  umumiy  sonining  kam ida  sakkiz  foizi 

m iqdorida  nomzodni  qoilab-quvvatlovchi  imzoni  to ‘plashi 

(imzolayotgan fuqarolar miqdori har bir mahalla, qishloq yoki 

ovul  b o ‘yicha  m utanosib  ravishda  taqsim langan  b o iish i) 

kerak.


0 ‘zbekiston  Respublikasi  Xalq  deputatlari  viloyat,  tuman 

va shahar Kengashlarining deputatligiga nomzodlar ko‘rsatish, 

siyosiy  partiyalar,  fuqarolarning  o ‘zini-o‘zi  boshqarish  organ­

lari tomonidan saylovga oltmish besh kun qolganida boshlanadi 

va qirq besh kun qolganida tugallanadi. Tashkil qilingan saylov

330


q o ‘mitasi  tom onidan  yig‘iladi  va  nomzod  oldida  muntazam 

ravishda  hisob  beradi.  Yuridik  shaxslarning  siyosiy  arboblar 

va  partiyalarni  m oliyalashtirishi  maxsus  q o ‘m italar  orqali 

oshkor  amalga  oshiriladi.

0 ‘zbekiston  Respublikasi  Oliy  Majlisi Qonunchilik  palatasi 

d e p u ta tlig ig a   n o m z o d la r  M ark aziy   saylov  kom issiyasi 

tom onidan  ro ‘yxatga  olingan  kundan  boshlanib,  M arkaziy 

saylov komissiyasi tomonidan belgilanadigan tartibda ommaviy 

axborot  vositalaridan  foydalanishda  teng  huquq  va  sharoitlar 

y aratib   berilib,  d ep utatlikk a  nom zod  besh  nafarga  q ad ar 

ishonchli  vakilga  ega  bo‘lishi,  nomzod  ro ‘yxatga  olinganidan 

keyin  o ‘z  ishonchli  vakillarini  o ‘zi  belgilashi,  deputatlikka 

nom zod  qilib  r o ‘yxatga  olingan  shaxs  saylovchilar  bilan 

uchrashuvlar o ‘tkazishi, saylovoldi yig‘ilishlarida so‘zga chiqish 

huquqiga  egadirlar.  Televideniye  k o ‘rsatuvlari  va  radioeshit- 

tirishlarida  qatnashish  vaqtida,  o ‘rtacha  oylik  ish  haqi  saylov 

o ‘tkazish  uchun  ajratiladigan  m ablagiar  hisobidan  saqlangan 

holda, ishlab chiqarish yoki xizmat vazifalarini bajarishdan ozod 

bo‘lish  huquqiga  ega.

0 ‘zbekiston  Respublikasi  Prezidentligiga  nomzod  15  nafar 

ishonchli  vakillarga  ega  b o ‘lishga  haqlidir.  Ishonchli  vakillar 

nomzodga  saylov  kompaniyasini  o ‘tkazishda  yordam  beradi, 

uni 0 ‘zbekiston Respublikasining Prezidenti etib saylash uchun 

ta rg ‘ibot  olib  borib,  davlat  va  jam o at  tashkilotlari,  saylov 

komissiyalari  bilan  b o ‘ladigan  m unosabatlarda  nomzodning 

manfaatini  himoya  qiladi.

X alq  deputatlari  viloyat,  tum an  va  shahar  K engashlari 

deputatligiga nomzodlar tegishli  viloyat,  tuman,  shahar saylov 

komissiyasi  tom onidan  ro ‘yxatga  olingan  kundan  e’tiboran 

boshlanadi.  Deputatlikka  nomzodlarga,  siyosiy  partiyalarga, 

m ustaqil  tashabbuskor  guruhlarga  tegishli  viloyat,  tum an, 

shahar  saylov  komissiyasi  tomonidan  belgilanadigan  tartibda 

ommaviy  axborot  vositalaridan  foydalanishda  teng  huquq 

beriladi  va  saylovchilarning  yig‘ilishlari  uchastka  saylov 

komissiyasi  tomonidan  barcha  nomzodlar  uchun  mutlaq  teng 

sharoitlarga  rioya  etilgan  holda  tashkil  qilinadi.

Xalq deputatlari,  viloyat,  tuman,  shahar Kengashi deputat­

ligiga  nomzod  uch  nafargacha  ishonchli  vakilga  ega  b o ‘lishi 

mumkin.  Ular nomzod deputat etib saylanishi uchun tashviqot 

yuritadi,  mahalliy  davlat  organlari  va  jam oat  birlashmalari- 

ning organlari, saylovchilar bilan o ‘zaro munosabatlarda, saylov 

komissiyalarida nomzodning manfaatlarini himoya qiladi.  Shu



331

bilan birga,  saylov kompaniyalarida,  xalqning siyosiy irodasini 

shakllantirish  va  ifoda  etishda  partiyalarning  roli  doim  ham 

bir  xilda  baholanavermaydi.  K o‘ppartiyalilik  prinsipi  partiya 

ro ‘yxat (fraksiya)lari bo‘yicha saylangan deputatlardan siyosiy 

uyushmalar tashkil etishda o ‘z aksini topadi. Mazkur uyushma- 

lar  aholi  turli  tabaqalarining  parlamentdagi  siyosiy  vakilligini 

ta ’m inlabgina  qolm asdan,  balki  butun  parlam ent  ishining 

tashkil  etilishini  yaxshilashga  ham  k o ‘m aklashadi.  Bunda, 

tabiiyki, jamiyatning bir nechta kichik siyosiy partiya va guruh- 

larga  parchalanishi  va  parlam entda  ularning  ancha  to ‘liq 

vakilligi  parlam ent  ishiga  salbiy  ta ’sir  k o ‘rsatishi:  qaram a- 

qarshiliklar  natijasida  (agar  parlamentda  barqaror  ko‘pchilik 

b o im a s a )  parlam entning  vak olatlari  jum lasiga  kiritilgan 

muayyan masalani hal qilishning iloji bo‘lmasligi mumkinligini 

ham  e’tiborga  olish  lozim.

2004-yil  26-dekabr  va  2005-yil  9-yanvarda  takroriy  ovoz 

berish natijalariga ko‘ra, 0 ‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi 

Q onunchilik  palatasining  barcha  120  deputati  saylandi  va 

r o ‘yxatga  olindi.  Saylovda  489  deputatlikka  nomzod,  shu 

ju m lad an ,  siyosiy  p artiy ala rd an   435  va  saylovchilarning 

tashabbuskor guruhlardan mustaqil nomzodlar 56 kishi ishtirok 

etdi. 2004-yil 26-dekabrdagi asosiy saylovda 12197159 ta (85,1%) 

saylovchi, joriy yil 9 yanvarida esa 5400000 dan ortiq kishi yoki 

takroriy  ovoz  berishda  ishtirok  etish  huquqiga  ega  saylovchi­

larning  qariyb  80  %  i  qatnashdi.

Saylovlar natijasida 0 ‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi 

saylovchilarning  eng  ko‘p  ovozini  oldi,  bu  partiyadan  deputat- 

larn in g   34,3%  i  saylandi,  0 ‘zbekiston  X alq  d em o k ratik 

partiyasidan  deputatlarning  23,3%  i  saylandi.  Shuningdek, 

«Fidokorlar»  partiyasining  11 ta  a ’zosi,  «Adolat»  partiyasining 

10  ta  a ’zosi  saylandi.  Tashabbuskor  guruhlardan  ko‘rsatilgan 

56  nomzoddan  14  ta  kishi  deputatlikka  saylandi,  Qonunchilik 

palatasiga saylangan deputatlar orasidan ular  11,6 foizni tashkil 

etdi.


T a ’kidlash  joizki,  ikki  palatali  parlam ent  tizimida  faqat 

Q onunchilik  palatasig in a  siyosiylashgan  xususiyatga  ega 

bo‘lgani  bois,  deputatlar  birlashmalari-fraksiya  va  deputatlar 

guruhlari  aynan  mazkur  palatada  tuziladi.

«Q o n u n ch ilik   p a la ta si  t o ‘g ‘risida»gi  q o n u n n in g   23- 

m oddasiga  k o ‘ra,  Qonunchilik  palatasi  deputatlari  siyosiy, 

professional va boshqa asosda fraksiyalar va deputatlar guruh­

lari  shaklida  deputatlar  birlashmalarini  tuzishi  mumkin.



332

Demak,  mamlakatimiz  parlamenti  faoliyati  bilan  b o g iiq  

qonun  hujjatlariga  muvofiq,  deputatlar  birlashmalarining  ikki 

shakli  —  fraksiyalar  va  deputatlar  guruhlari  mavjud.

F raksiya  siyosiy  p artiy ad an   k o ‘rsatiladigan  d ep u tatlar 

to m onidan  p artiya  m an faatlarin i  Q onunchilik  p alatasid a 

ifodalash  m aqsadida  tu ziladigan  va  belgilangan  ta rtib d a  

ro ‘yxatdan  oikazilgan  deputatlar  birlashmasidir.  D eputatlar 

guruhlarini  Qonunchilik  palatasi  tarkibiga  saylangan,  siyosiy 

partiyadan  ko‘rsatilmagan  deputatlar  tuzishi  mumkin.

Ovoz  berish. 

Ovoz  berish  saylov jarayonining  eng  muhim 

bosqichi  b o iib ,  aynan  shu  bosqichda  xalqning  xohish-irodasi 

amalga  oshadi.  Odatda,  ovoz  berish  tadbiri  saylov  qonunchi- 

ligida  batafsil  bayon  etiladi.

Ovoz  berishga  saylovchilar  ro ‘yxatida  turuvchi  fuqarolar 

shaxsini  tasdiqlovchi  hujjatlar  bilan  (qator  m am lakatlarda 

saylov  k a rto c h k a si  yoki  ovoz  berish  h u q u q in i  beruvchi 

gu v ohnom alar)  y o ‘1  q o ‘yiladi.  Bir  q a to r  m a m lak a tla rd a 

a n ’anaviy  saylov  bulletenlari  orqali  ovoz  berish  bilan  birga 

maxsus  m ashinalar  vositasida  ham   ovoz  berish  am aliyoti 

mavjud.  Maxsus  mashinalar  orqali  ovoz  berish  saylovchilar­

ning xohish-irodasini qanday kechayotganligini kuzatish bilan 

birga saylov natijalarini tezlik bilan aniqlash imkonini beradi, 

bu  esa  saylov  qonunchiligining  buzilishi  oldini  oladi.  Lekin 

m a sh in a la r  ham   o d am larg a  b o ‘y sunadi,  shuning  uchun 

mutlaq  qonuniy  ovoz  berish  jarayonini  kafolatlamaydi.

Saylov kunida o ‘zi ro ‘yxatdan o ‘tgan doimiy yashash joyida 

b o im a g a n   say lo v ch ilarn in g   ovoz  b e rish d a   q a tn a sh ish i 

masalasi jahonning turli mamlakatlari qonunchiligida turlicha 

hal  qilingan.  Ba’zi  davlatlarda  (masalan,  Rossiya,  Avstriya) 

shaxs  saylov  k u n id a   o ‘zi  y ash a sh   jo y id a   b o im a s lig i 

m um kinligini  tasiqlovchi  hujjat  (m asalan,  xorijiy  davlatga 

bilet)ni  taqdim   qilsa,  saylovga  qadar  ovoz  berishi  mumkin 

b o ia d i.  Xorijiy  davlatlarda  doimiy  yashovchi  fuqarolar  ham 

say lo v d an   old in   o ‘z  d av lati  elch ix o n asid a  ovoz  b erishi 

mumkin.  K o ‘pchilik  davlatlarda  pochta  orqali  ovoz  berish 

amaliyoti  ham mavjud.  Masalan,  Germaniyada pochta  orqali 

ovoz  berishda  saylovchi  o ‘z  vaqtida  saylov  okrugi  rahbari 

(ya’ni  okrug  saylov  organining  raisi)ga  pochta  orqali  ovoz 

berish huquqini beruvchi guvohnomasi va alohida muhrlangan 

konvertda  saylov  bulletenini  to id irilg a n   holatda  jo ‘natishi 

lozim.  Agar  pochta  saylov  kunida  soat  18.00  ga  qadar  yetib 

kelsa,  ovoz  berilgan  hisoblanadi.  Saylovchi  saylov bulletenini



333

o ‘z  q o ‘li  bilan  to ‘ldirganligi  haqida  qasam yod  im zolashi 

lozim.


Saylov  kunida  o ‘z  doimiy  yashash  joyida  b o ‘lmaydigan 

saylovchilarning ovoz berishining yana bir usuli -  ishonchli vakil 

orqali  ovoz  berishdir.  Fransiya  Saylov  kodeksi  ishonchnoma 

orqali  ovoz berishi mumkin  bo‘lgan  shaxslar  doirasini  batafsil 

belgilagan,  unga  k o ‘ra,  xorijda  xizm at  safarida  b o ‘lgan, 

saylovda  bevosita  qatnashishga  sog‘lig‘i  yo‘l  q o ‘ymaydigan 

fu q a ro la r  ish o n ch no m a  o rq ali  ovoz  b erish lari  m um kin. 

U m um iy  say lo v lard ag i  ovoz  b erish,  o d a td a ,  b ir  k u n d a 

o ‘tkaziladi.

0 ‘zbekiston Respublikasida ovoz berish jarayoni saylov kuni 

ovoz  berish  binosi  uchastka  saylov  komissiyasi  a ’zolarining 

kam ida  uchdan  ikki  qismi  hozir  b o ‘lganda  ochiladi  ham da 

saylov kuni  soat 6:00 dan  20:00 gacha  o ‘tkaziladi.  Ovoz berish 

vaqti va joyi to ‘g‘risida uchastka saylov komissiyasi saylovchi­

larni kechi bilan saylovga o ‘n kun qolganida xabardor qiladi135.

Saylov  komissiyasining  raisi  komissiya  a ’zolari  hozirligida 

saylov  qutisini  muhrlaydi,  saylov  bulletenlari  va  saylovchilar­

ning  ro ‘yxatlarini  komissiya  a ’zolari  o ‘rtasida  taqsim laydi 

ham da  saylov  boshlanganligini  e’lon  qiladi.  Saylovchi  ovoz 

berish  binosiga  kelgach,  uchastka  saylov  kom issiyasining 

a ’zosiga  o ‘z  shaxsini  tasdiqlovchi  hujjatni  k o ‘rsatadi  hamda 

saylovchilar  ro ‘yxatiga  imzo  q o ‘yadi.  Shundan  keyin  unga 

saylov  bulleteni  beriladi.  Saylov  bulleteni  ovoz  beruvchi 

to m o n id an   yashirin  ovoz  berish  k ab in a sid a  t o ‘ldirilad i. 

Saylovda  saylovchi  o ‘zi  qarshi  ovoz  berayotgan  deputatlikka 

nomzodlarning  saylov  bulletenidagi  familiyasini  o ‘chiradi  va 

to ‘ldirilgan saylov bulletenini saylov qutisiga tashlaydi.  Harbiy 

qismlar,  sanatoriylar, dam olish uylari, kasalxonalar va boshqa 

statsionar davolash muassasalarida,  shuningdek,  olis va borish 

qiyin  b o ‘lgan  yerlardagi  fuqarolar  turgan  joylarda  tuzilgan 

saylov uchastkalarida ovoz beradi. Basharti ro ‘yxatga kiritilgan 

barcha saylovchilar ovoz berib b o ig an  bo‘lsa,  uchastka saylov 

komissiyasi  istalgan  vaqtda  ovoz  berish  tugaganligini  e’lon 

qilishi  mumkin.



Saylov natijalarini aniqlash. 

Berilgan ovozlarni hisoblash 

sa y lo v   u c h a s tk a la r id a   sa y lo v   tu g a s h i  b ila n   d a rh o l

135  Qarang: 0 ‘zbekiston Respublikasi «Oliy Majlisiga saylov to ‘g‘risida»gi 

(yangi  tahrir)  qonuni  //  0 ‘zb ek iston   R esp ub lik asi  Oliy  M ajlisi 

Axborotnomasi,  2003,  №  9-10,  132-modda.

334


boshlanadi. D astlab har bir saylov okrugida berilgan barcha 

ovozlar  hisoblanadi,  so ‘ngra  bulletenlar  orasidan  haqiqiy 

em as,  deb  to p ilg a n la r i  c h iq a rib   ta s h la n a d i.  O d a td a , 

qonunchilik  bilan  qanday  saylov  bulletenlari  haqiqiy  emas, 

deb  to p ilish i  m um kinligi  b elg ilang an   b o ‘ladi.  S hubhali 

ho latlar  uchastka  saylov  organining  maxsus  bayonnom asi 

orqali  hal  qilinadi.

Saylov  uchastkasida  hisoblab  chiqilgan  ovozlar  yuqori 

turuvchi  saylov  organiga  yuboriladi.  Saylov  natijalari  saylov 

okrugi  miqiyosida,  tegishli  holatlarda  hududiy  va  markaziy 

organlar  miqiyosida  e’lon  qilinadi.  Turli  m am lakatlarda  bir 

xil  ovoz berish jarayoni  b o ‘lib,  unda  teng miqdorda  saylovchi­

lar  qatnashgan  b o ‘lsa  ham  saylov  natijalari  qoilaniladigan 

saylov  tizimiga  k o ‘ra  turlicha  b o ‘lishi  mumkin.

Takroriy,  navbatdan  tashqari  va  alohida  bir  okruglarda 

saylov  o ‘tkazilganda  saylov jarayonining  birmuncha  sodda- 

lashtirilgan  tartibi  q o ‘llanilishi  mum kin.  Respublikam izda 

saylov  n a tija la ri  0 ‘zb ek isto n   R espu b lik asi  Oliy  M ajlisi 

qonunchilik  palatasiga  d ep u tatlar  saylovining  n atijalarini 

aniqlash  uchastka  saylov  kom issiyalari  tom onidan  taqdim  

etilgan  b ay o n n o m alar  asosida  an iq lan ad i.  O krug  saylov 

komissiyasi;  okrug  b o ‘yicha  saylovchilar  umumiy  soni;  saylov 

bulletenlari  va  varaqalari  olgan  saylovchilarning  soni;  ovoz 

berishda  ishtirok  etgan  saylovchilarning  soni;  har  bir  deputat­

likka  nomzodni  yoqlab  va  unga  qarshi  berilgan  ovozlar  soni; 

haqiqiy  emas,  deb  topilgan  saylov  bulletenlari  varaqlari  soni 

aniqlanadi  va  M arkaziy  saylov  kom issiyasiga  belgilangan 

ta rtib d a   taq dim   etiladi.  O lz  n av b atid a  M arkaziy  saylov 

komissiyasi okrug saylov komissiyalaridan olingan bayonnoma­

lar asosida hisoblash jarayonini amalga oshirgandan so‘ng, ovoz 

berishda  ishtirok  etgan  saylovchilarning  yarmidan  к о ‘pining 

ovozini  olgan  deputatlikka  nomzod  deputat  etib  saylangan 

hisoblanadi.  Agar  saylovda  saylovchilar  ro ‘yxatiga  kiritilgan 

saylovchilarning o ‘ttiz uch foizidan kami ishtirok etgan b o ‘lsa, 

saylov  o ‘tm agan  hisoblanadi.  Xuddi  m ana  shunday  saylov 

n a tija la rin i  an iq lash   qo id a si  0 ‘zb ek isto n   R esp u b lik asi 

prezidentligiga  saylov  o ‘tkazishda  ham da  Xalq  deputatlari 

viloyzit,  tuman  va shahar Kengashlariga  o ‘tkaziladigan saylov­

larda  ham  amalga  oshiriladi.

Takroriy ovoz berish. 

0 ‘zbekiston Respublikasi Prezidentligi, 

Oliy  Majlis  Qonunchilik  palatasi  va  Xalq  deputatlari  viloyat, 

tum an,  shahar  kengashlari  deputatligiga  saylash  uchun  ikki



335

nafardan ortiq nomzod qo‘yilgan bo‘lsa va nomzodlardan hech 

biri  ta la b   qiling an  m iq d o rd ag i  ovozni  olm agan  b o ‘lsa, 

saylovchilarning ovozini eng ko‘p olgan ikki nomzod ishtirokida 

takroriy  ovoz  berish  o ‘tkaziladi.  0 ‘zbekiston  Respublikasi 

Prezidentligiga  saylovlarda  Markaziy  saylov  komissiyasi,  Oliy 

Majlis Qonunchilik palatasi va Xalq deputatlari viloyat, tuman, 

shahar kengashlari deputatligiga saylovlarda okrug komissiyasi 

viloyat, tuman, shahar saylov komissiyasi mazkur qaror haqida 

okrug  saylovchilarini  xabardor  qiladi.

0 ‘zbekiston  Respublikasi Prezidentligiga takroriy  saylovlar 

asosiy  saylov  o ‘tkazilgan  kundan  boshlab  bir  oy  ichida,  lekin 

kamida  o ‘n besh kun keyin  o‘tkaziladi,  Oliy  Majlis  Qonunchi­

lik palatasi va xalq deputatlari viloyat, tuman,  shahar kengash­

lari deputatligiga takroriy saylovlar asosiy saylov kunidan keyin 

ikki  hafta  ichida  o ‘tkaziladi.

Takroriy  ovoz  berish  chog‘ida  ovoz  berishda  qatnashgan 

saylovchilarning ovozini boshqa nomzodga nisbatan k o ‘p olgan 

Respublika  Prezidentligiga,  Oliy  Majlis  Qonunchilik  palatasi 

va  X alq  d e p u ta tla ri  v iloy at,  tu m an,  sh ah ar  k en gashlari 

dep u tatlig ig a  nom zod,  ta k ro riy   ovoz  b erishda  r o ‘yxatga 

kiritilgan  saylovchilarning  yarmidan  ko‘pi  qatnashgan  va  bu 

nomzodni  yoqlab  berilgan  ovozlar  unga  qarshi  berilgan  ovoz- 

lardan  ortiq  b o ‘lgan  taqdirdagina  saylangan  hisoblanadi.

0 ‘zbekiston  Respublikasi  Oliy  M ajlis  Senati  a ’zoligiga 

takroriy  ovoz  berish,  agar  ovoz  berish  chog‘ida  belgilangan 

miqdorda Senat a ’zolari saylanmagan bo‘lsa, saylanmay qolgan 

miqdordagi  Senat  a ’zoligi  uchun  ovozlarning  zarur  miqdorini 

to ‘plamagan  nomzodlar  b o ‘yicha  davlat  hokimiyati  vakillik 

organlari  (Xalq  deputatlari  viloyat,  tuman  va  shahar  kengash­

lari)  q o ‘shma  majlislarining  o ‘zida  o ‘tkaziladi.



Takroriy saylovlar. 

0 ‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga 

binoan  0 ‘zbekiston  R espublikasi  prezidentligiga  takroriy 

saylovlar saylov o ‘tkazilmagan yoki  haqiqiy emas,  deb topilsa, 

agar  0 ‘zbekiston  Respublikasi  Prezidentligiga  saylash  uchun 

ikkitadan  k o ‘p  nomzod  q o ‘yilmagan  b o ‘lsa  va  ulardan  hech 

biri  saylovchilarning  ovozini  zarur  miqdorda  olmagan  b o ‘lsa, 

Markaziy saylov komissiyasi takroriy saylov tayinlaydi.  Bunda 

komissiya  saylovni  yangi  tarkibdagi  okrug  va  uchastka  saylov 

komissiyalari  o ‘tkazishi zarurligi to ‘g‘risida qaror qabul qilishi 

mumkin. Ovoz berish asosiy saylov o‘tkazilgan saylov uchastka­

larida  va  saylovchilarning  avval  tuzilgan  ro'yxatlari  bo‘yicha 

o ‘tkaziladi.

336


Komissiyalar  tuzish,  0 ‘zbekiston  Respublikasi  Prezidentli­

giga  nomzodlar  ko‘rsatish  va  ularni  ro‘yxatga  olish,  0 ‘zbekis- 

ton  Respublikasi  Prezidenti  saylovini  takror  o ‘tkazish  bilan 

b og‘liq  boshqa  chora-tadbirlar  « 0 ‘zbekiston  Respublikasi 

Prezidenti  saylovi  to ‘g‘rsida»gi  qonunda  belgilangan  tartibda 

amalga  oshiriladi.

Takroriy saylov asosiy saylov o ‘tkazilganidan keyin qirq kun 

ichida  o ‘tkaziladi.

0 ‘zbekiston  Respublikasi  Oliy  Majlisining  Senati  a ’zolari- 

ning  takroriy  saylovi  quyidagi  hollarda  o ‘tkaziladi:

A)  Agar  saylov  haqiqiy  emas  deb  topilgan  boisa;

B)  A gar  ta k ro riy   ovoz  berish  n atija sid a   belgilangan 

miqdorda  Senat  a ’zolari  saylanmagan  bo isa.

Ikkinchi  holatda  nazarda  tutilgan  vaziyatlarda  takroriy 

saylov  saylanmay  qolgan  m iqdordagi  Senat  a ’zoligi  uchun 

o ‘tk a zila d i.  Senat  a ’zo larining   ta k ro riy   saylovi  Senatga 

o ‘tkazilgan asosiy  saylovdan  keyin  ko‘pi bilan  o ‘n besh kunlik 

muddat  ichida  o ‘tkaziladi.

Saylanmay  qolgan  miqdordagi  Senat  a ’zoligiga  nomzodlar 

k o ‘rsatish  va  takroriy  saylov  o ‘tkazish  qonunchilik  bilan 

belgilangan  tartibda  amalga  oshiriladi.

0 ‘zbekiston Respublikasi  Oliy Majlisi  Qonunchilik palatasi 

va  xalq  deputatlari  viloyat,  tum an  va  shahar  kengashlariga 

takroriy  saylovlar  quyidagi  hollarda  o‘tkaziladi:

A)  Basharti,  saylov okrugi bo‘yicha saylov o ‘tmagan yoxud 

saylov  haqiqiy  emas  deb  topilgan  boisa;

B)  Agar  takroriy  ovoz  berish  saylangan  deputatni  aniqlash 

imkonini  bermagan  boisa;

D)  Agar  saylov  okrugi  b o ‘yicha  deputatlikka  к о ‘pi  bilan 

ikki  nomzod  ovozga qo‘yilgan b o isa  va ulardan birortasi ham 

saylanmagan  b o is a 136.

Takroriy  saylov  Markaziy,  viloyat,  tuman va shahar saylov 

komissiyasining  topshirigiga  binoan  okrug  saylov  komissiyasi 

tom onidan  o ‘tkaziladi.  Bunda  tegishli  saylov  komissiyasi 

takroriy  saylov  yangi  tarkibdagi  okrug  va  uchastka  saylov 

komissiyalari  tomonidan  o ‘tkazilishi  to ‘g‘risidagi  qaror  qabul 

qilinishi  mumkin.  Ovoz  berish  asosiy  saylov  o ‘tkazish  uchun 

tuzilgan  avvalgi  saylov  uchastkalarida  va  saylovchilar ro ‘yxat- 

lari  b o ‘yicha  o ‘tkaziladi.

136  Qarang: 0 ‘zbekiston Respublikasi «Oliy Majlisiga saylov to ‘g‘risida»gi

(yangi  tahrir)  qonuni  //  0 ‘zbek iston   R esp ub lik asi  Oliy  M ajlisi

Axborotnomasi,  2003,  №  9-10,  132-mt>dda.

337


0 ‘zbekiston Respublikasi Oliy  Majlisi  Qonunchilik palatasi 

va  X alq  d e p u tatla ri  viloyat,  tum an,  sh ah ar  K engashlari 

deputatligiga takroriy saylov kechi bilan bir oylik muddat ichida 

o ‘tkaziladi.



M avzu n i  m ustahkam lash  uchun  savollar

1.  Saylov huquqi tushunchasi deganda nimani tushunasiz?

2.  Saylov tizimining asosiy mazmunini  bilasizmi?

3.  Saylov tizimining qanday turlari bor?

4.  Aktiv va passiv saylov huquqi deganda nimani tushunasiz?

5.  Majoritar saylov tizimining o‘ziga xos xususiyatini ayting.



6

.  Proporsional saylov tizimi deganda nimani tushunasiz?

7.  Markaziy saylov komissiyasining vazifasi qanday?

8

.  Saylov okrugini tuzish tartibi qanday amalga oshiriladi?

9.  Saylov uchastkasini tashkil etish tartibi qanday?

10.  Aralash saylov tizimi  qanday amalga oshiriladi?

11.  Takroriy ovoz berish deganda nimani tushunasiz?

12.  Takroriy saylov o‘tkazish deganda nimani tushunasiz?

13.  Deputatlikka nomzod ko‘rsatish tartibini ayting.

14.  Nomzodlarni aniqlash tartibi qanday amalga oshiriladi?



I L O V A L A R

0 ‘ZBEKIST0N RESPUBLIKASINING 

KONSTITUTSIYASI

0 ‘Z B E K IS T 0 N   R E SPU B L IK A SI 

O LIY  K E N G A SH IN IN G   0 ‘N   BIR IN C H I 

S E S S IY A S ID A  

1992-YIL  8-D EK A B R D A   Q A B U L   Q IL IN G A N

2 0 0 2 - y il  2 7 -y a n v a rd a   o 'tk a z ilg a n   u m u m x a lq   re feren d u m i 

n atijalariga  k o 'ra   ham da  uning  asosida  qabu l  qilingan  2 0 0 3 -y il

2 4 -a p re ld a g i  0 ‘zb e k isto n   R esp u b lik a sin in g   Q onuniga  m u vofiq 

K on stitu tsiyan in g  X V III,  X IX ,  X X ,  X X I I I  boblariga  tu zatish   va 

qo ‘shim chalar  kiritilgan.

M U Q A D D IM A

0

‘zbekiston  xalqi  inson  huquqlariga  va  davlat  suvereniteti 

g‘oyalariga  sodiqligini  tantanali  ravishda  e’lon  qilib,  hozirgi 

va  kelajak  avlodlar  oldidagi  yuksak  m as’uliyatini  anglagan 

holda, o ‘zbek davlatchiligi rivojining tarixiy tajribasiga tayanib, 

demokratiya  va  ijtimoiy  adolatga  sadoqatini  namoyon  qilib, 

xalqaro  huquqning  umume’tirof etilgan  qoidalari  ustunligini 

tan   olgan  holda,  Respublika  fuqarolarining  munosib  hayot 

kechirishlarini  ta ’minlashga  intilib,  insonparvar  dem okratik 

huquqiy  davlat  barpo  etishni  k o ‘zlab,  fuqarolar  tinchligi  va 

milliy totuvligini ta ’minlash maqsadida, o ‘zining muxtor vakil- 

lari siymosida 0 ‘zbekiston Respublikasining mazkur Konstitu- 

tsiyasini  qabul  qiladi.

339


BIRINCHI  BO  LIM

A S O S I Y   P R IN S IP L A R  

I  BOB.  D A V L A T  SU V ER EN ITET I

1-modda.

  0 ‘zbekiston  —  suveren  demokratik  Respublika. 

D avlatning  « 0 ‘zbekiston  Respublikasi»  va  « 0 ‘zbekiston» 

degan  nomlari  bir  m a’noni  anglatadi.



2-modda.

  Davlat  xalq  irodasini  ifoda  etib,  uning  manfaat- 

lariga  xizmat  qiladi.  Davlat  organlari  va  mansabdor  shaxslar 

jamiyat  va  fuqarolar  oldida  mas’uldirlar.



3-modda.

  0 ‘zbekiston  Respublikasi  o ‘zining  milliy-davlat 

va  m a ’m u riy -h u d u d iy   tu z ilish in i,  d av lat  h o k im iy ati  va 

boshqaruv  organlarining  tizimini  belgilaydi,  ichki  va  tashqi 

siyosatini  amalga  oshiradi.

0

‘zbekistonning  davlat  chegarasi  va  hududi  daxlsiz  va 

boiinm asdir.

4-modda.

  0 ‘zbekiston  Respublikasining  davlat  tili  o ‘zbek 

tilidir.

0 ‘zbekiston  Respublikasi  o ‘z  hududida  istiqomat  qiluvchi 

barcha  millat  va  elatlarning  tillari,  urf-odatlari  va  an ’analari 

h urm at  qilinishini  ta ’minlaydi,  ularning  rivojlanishi  uchun 

sharoit  yaratadi.

5-modda.

  0 ‘zbekiston  Respublikasi  qonun  bilan  tasdiqla- 

nadigan  o ‘z  davlat  ramzlari — bayrog‘i,  gerbi  va madhiyasiga 

ega.


6-m odda.

  0 ‘z b ek isto n   R esp u b lik asin in g   p o y ta x ti  — 

Toshkent  shahri.

II  BOB.  XALQ   H O K IM IY ATC H ILIG I

7-modda.

  Xalq davlat hokimiyatining birdan-bir manbaidir.

0 ‘zb ek isto n   R e sp u b lik asid a   d a v la t  h o k im iy ati  xalq

manfaatlarini  ko ‘zlab  va  0 ‘zbekiston  Respublikasi  Konstitu- 

tsiyasi  hamda  uning  asosida  qabul  qilingan  qonunlar  vakolat

340


bergan  idoralar  tomonidangina  amalga  oshiriladi.

K o n stitu tsiy a d a   n a z a rd a   tu tilm a g a n   ta rtib d a   d av lat 

hokim iyati  vakolatlarini  o ‘zlashtirish,  hokim iyat  idoralari 

faoliyatini to ‘xtatib qo‘yish yoki tugatish, hokimiyatning yangi 

va muvoziy tarkiblarini tuzish Konstitutsiyaga xilof hisoblanadi 

va  qonunga  binoan javobgarlikka  tortishga  asos  bo‘ladi.



8-modda.

  0 ‘zb ekiston  xalqini  m illatid an  q a t’i  nazar, 

0 ‘zbekiston  Respublikasining  fuqarolari  tashkil  etadi.

9-modda.

  Jamiyat va  davlat  hayotining eng muhim  masala- 

lari  xalq  m uhokam asiga  taq d im   etiladi,  um um iy  ovozga 

(referendumga)  qo‘yiladi.  Referendum  o ‘tkazish  tartibi  qonun 

bilan  belgilanadi.

10-modda.

  0 ‘zbekiston  xalqi  nom idan  faqat  u  saylagan 

Respublika  Oliy Majlisi  va Prezidenti  ish  olib borishi mumkin.

Jam iy atn in g   b iro n -b ir  qism i,  siyosiy  p a rtiy a ,  ja m o a t 

birlashmasi,  ijtimoiy  harakat  yoki  alohida  shaxs  0 ‘zbekiston 

xalqi  nomidan  ish  olib  borishga  haqli  emas.



11-modda.

  0 ‘zbekiston  Respublikasi  davlat  hokimiyatining 

tizimi  —  hokimiyatning  qonun  chiqaruvchi,  ijro  etuvchi  va 

sud  hokimiyatiga  boiinishi  prinsipiga  asoslanadi.



12-modda.

 0 ‘zbekiston Respublikasida ijtimoiy hayot siyosiy 

institutlar,  m afkuralar  va  fikrlarning  xilma-xilligi  asosida 

rivojlanadi.

Hech  qaysi  mafkura  davlat  mafkurasi  sifatida  o ‘rnatilishi 

mumkin  emas.



13-m odda.

  0 ‘zb ek isto n   R esp u b lik a sid a   d em o k ra tiy a 

umuminsoniy  prinsiplarga  asoslanadi,  ularga  k o ‘ra  inson,  u- 

ning  hayoti,  erkinligi,  sha’ni,  qadr-qimmati  va  boshqa  daxlsiz 

huquqlari  oliy  qadriyat  hisoblanadi.

Demokratik  huquq  va  erkinliklar  Konstitutsiya  va  qonun- 

lar  bilan  himoya  qilinadi.

14-modda.

 Davlat o ‘z faoliyatini inson va jamiyat farovonli- 

gini  ko‘zlab,  ijtimoiy  adolat  va  qonuniylik  prinsiplari  asosida 

amalga  oshiradi.



341

I l l   BOB.  K O N ST IT U T SIY A   VA  Q O N U N N IN G  

U S T U N L IG I

15-modda.

 0 ‘zbekiston Respublikasida 0 ‘zbekiston Respub­

likasining Konstitutsiyasi va qonunlarining ustunligi so'zsiz tan 

olinadi.


D avlat,  uning  o rganlari,  m ansabd o r  shaxslar,  ja m o at 

birlashmalari,  fuqarolar  Konstitutsiya  va  qonunlarga  muvofiq 

ish  k o ‘radilar.

16-modda.

  M azkur  K o n stitu tsiy an in g   b iro rta   qoidasi 

0 ‘zbekiston  R espublikasi  hu qu q   va  m an faatlarig a  zarar 

yetkazadigan  tarzda  talqin  etilishi  mumkin  emas.

Birorta  ham  qonun  yoki  boshqa  normativ-huquqiy  hujjat 

K onstitutsiya  norm alari  va  qoidalariga  zid  kelishi  mumkin 

emas.

IV  BOB.  TA SH Q 1  SIYO SA T

17-modda.

  0 ‘zbekiston  Respublikasi  xalqaro  munosabat- 

larning to ‘la huquqli subyektidir.  Uning tashqi siyosati davlat- 

larning  suveren  tengligi,  kuch  ishlatmaslik  yoki  kuch  bilan 

tahdid qilmaslik, chegaralarning daxlsizligi, nizolarni tinch yo‘l 

bilan hal etish, boshqa davlatlarning ichki ishlariga aralashmas- 

lik  qoidalariga  va  xalqaro  huquqning  um um e’tiro f  etilgan 

boshqa  qoidalari  va  normalariga  asoslanadi.

R esp u b lik a  d av latn in g ,  x alq n in g  oliy  m a n fa a tla ri, 

farovonligi  va  xavfsizligini  t a ’minlash  m aqsadida  ittifoqlar 

tuzishi,  ham do‘stliklarga  va  boshqa  davlatlararo  tuzilmalarga 

kirishi  va  ulardan  ajralib  chiqishi  mumkin.



342

IKKINCH I  BO‘LIM

I N S O N   VA  F U Q A R O L A R N IN G   A S O S I Y  

H U Q U Q L A R 1,  E R K IN L 1K L A R 1  VA 

B U R C H L A R I  



BOB.  U M U M IY   Q O ID A LA R

18-modda.

 0 ‘zbekiston Respublikasida barcha fuqarolar bir 

xil  huquq  va  erkinliklarga  ega  bo'lib,  jinsi,  irqi,  millati,  tili, 

dini,  ijtim oiy  kelib  chiqishi,  e ’tiq o d i,  shaxsi  va  ijtim oiy 

mavqeidan  q at’i  nazar,  qonun  oldida  tengdirlar.

Imtiyozlar  faqat  qonun  bilan  belgilanib  q o ‘yiladi  ham da 

ijtimoiy  adolat  prinsiplariga  mos  b o ‘lishi  shart.

19-modda.

  0 ‘zbekiston  Respublikasi fuqarosi va davlat bir- 

biriga  nisbatan  b o ‘lgan  huquqlari  va  burchlari  bilan  o ‘zaro 

bogliqdirlar.  F uq arolarning   K on stitutsiya  va  q on unlarda 

mustahkamlab  qo‘yilgan  huquq  va  erkinliklari  daxlsizdir,  u- 

lardan  sud  qarorisiz  m ahrum   etishga  yoki  ularni  cheklab 

qo‘yishga  hech  kim  haqli  emas.

20-modda.

  Fuqarolar  o ‘z  huquq  va  erkinliklarini  amalga 

oshirishda  boshqa  shaxslarning,  davlat  va jamiyatning  qonuniy 

manfaatlari, huquqlari va erkinliklariga putur yetkazmasliklari shart.



VI  BOB.  FUQARO LIK

21-modda.

  0 ‘zbekiston  Respublikasining  butun  hududida 

yagona  fuqarolik  o ‘rnatiladi.

0 ‘zbekiston Respublikasining fuqaroligi, unga qanday asos- 

larda  ega  bo‘lganlikdan  q at’i  nazar,  hamma  uchun  tengdir.

Q oraqalpog‘iston  Respublikasining  fuqarosi  ayni  vaqtda 

0 ‘zbekiston  Respublikasining  fuqarosi  hisoblanadi.

Fuqarolikka  ega  b o ‘lish  va  uni  yo'qotish  asoslari  hamda 

tartibi  qonun  bilan  belgilanadi.

22-modda.

  0 ‘zbekiston  Respublikasi  o ‘z  hududida  ham,  u- 

ning  tashqarisida  ham  o ‘z  fuqarolarini  huquqiy  himoya  qilish 

va  ularga  homiylik  ko'rsatishni  kafolatlaydi.



343

23-modda.

  0 ‘zbekiston  Respublikasi  hududidagi  chet  el 

fuqarolarining va  fuqaroligi  bo‘lmagan  shaxslarning huquq va 

erkinliklari  xalqaro  huquq  normalariga  muvofiq  ta ’minlanadi. 

Ular  0 ‘zbekiston  Respublikasining  Konstitutsiyasi,  qonunlari 

va  xalqaro  shartnom alari  bilan  belgilangan  burchlarni  ado 

etadilar.

VII  BOB.  SHAXSIY  H U Q U Q   VA  ERKINLIKLAR



24-m odda.

  Y ash ash   h u q u q i  h ar  b ir  in so n n in g   uzviy 

huquqidir.  Inson  hayotiga  suiqasd  qilish  eng  og‘ir jinoyatdir.

25-modda.

 Har kim erkinlik va shaxsiy daxlsizlik huquqiga ega.

Hech kim qonunga asoslanmagan holda hibsga olinishi yoki

qamoqda  saqlanishi  mumkin  emas.



26-modda.

  Jinoyat  sodir  etganlikda  ayblanayotgan  har  bir 

shaxsning ishi sudda qonuniy tartibda,  oshkora ko‘rib chiqilib, 

uning  aybi  aniqlanmaguncha  u  aybdor  hisoblanmaydi.  Sudda 

ayblanayotgan  shaxsga  o ‘zini  himoiya  qilish  uchun  barcha 

sharoitlar  ta ’minlab  beriladi.

Heeh  kim qiynoqqa  solinishi,  zo‘ravonlikka  shafqatsiz yoki 

inson  qadr-qimmatini  kamsituvchi  boshqa  tarzdagi  tazyiqqa 

duchor  etilishi  mumkin  emas.

Hech  kim da  uning  roziligisiz  tibbiy  yoki  ilmiy  tajribalar 

o‘tkazilishi  mumkin  emas.

27-modda.

 H ar kim o‘z sha’ni va obro‘siga qilingan tajovuz- 

lard an ,  shaxsiy  hayotiga  aralash ish d an   him oyalanish  va 

turarjoyi  daxlsizligi  huquqiga  ega.

Hech  kim  qonun  nazarda  tutgan  hollardan  va  tartibdan 

tashqari  birovning  turarjoyiga  kirishi,  tintuv  o ‘tkazishi  yoki 

uni  ko‘zdan  kechirishi,  yozishmalar va  telefonda  so‘zlashuvlar 

sirini  oshkor  qilishi  mumkin  emas.



28-modda.

  0 ‘zbekiston  Respublikasi  fuqarosi  Respublika 

hududida  bir  joydan  ikkinchi  joyga  k o ‘chish,  0 ‘zbekiston 

Respublikasiga  kelish  va  undan  chiqib  ketish  huquqiga  ega. 

Qonunda  belgilangan  cheklashlar  bundan  mustasnodir.

29-modda.

  H ar  kim  fikrlash,  so ‘z  va  e ’tiqo d   erkinligi 

huquqiga  ega.  H ar  kim  o ‘zi  istagan  axborotni  izlash,  olish  va

344


uni tarqatish huquqiga ega, amaldagi Konstitutsiyaviy tuzumga 

qarshi  qaratilgan  axborot  va  qonun  bilan  belgilangan  boshqa 

cheklashlar  bundan  mustasnodir.

Fikr  yuritish  va  uni  ifodalash  erkinligi  faqat  davlat  siri  va 

b oshqa  sirlarga  taalluqli  b o ‘lgan  taqdirdagina  qonun  bilan 

cheklanishi  mumkin.

30-modda.



  0 ‘zb ek iston   R esp u b lik asin in g  barcha  davlat 

organlari, jam oat birlashmalari va mansabdor shaxslari fuqaro- 

larga  ularning huquq va manfaatlariga  daxldor b o ig a n  hujjat- 

lar,  qarorlar  va  b osh q a  m ateriallar  bilan  tan ish ib   chiqish 

im koniyatini  yaratib  berishi  lozim.

31-modda.



 Ham m a uchun vijdon erkinligi kafolatlanadi. Har 

bir  inson  xohlagan  dinga  e ’tiqod  qilish  yoki  hech  qaysi  dinga 

e ’tiqod  qilm aslik  huquqiga  ega.  D iniy  qarashlarni  majburan 

singdirishga  y o ‘l  q o ‘yilmaydi.

V III  BOB.  SIY O SIY   H U Q U Q L A R

32-modda.

  0 ‘zbekiston  Respublikasining fuqarolari jam iyat 

va  davlat  ishlarini  boshqarishda  bevosita  hamda  o ‘z  vakillari 

orqali  ishtirok  etish  huquqiga  egadirlar.  Bunday  ishtirok  etish 

o ‘zini-o‘zi boshqarish referendumlar o ‘tkazish va davlat organ- 

larini  d em ok ratik   tarzda  ta sh k il  etish   y o ‘li  b ila n   am alga 

oshiriladi.

33-modda.



  Fuqarolar  o ‘z  ijtimoiy  faolliklarini  0 ‘zbekiston 

R esp u blik asi  qonunlariga  m u vofiq   m itinglar,  yigilishlar  va 

nam oyishlar  shaklida  am alga  osh irish   huq u qiga  egadirlar. 

H ok im iyat  organlari  faqat  xavfsizlik   nuqtai  nazaridangina 

b u n d ay  tad b irlar  o ‘tk a z ilish in i  t o ‘x ta tish   y o k i  ta q iq la sh  

huquqiga  ega.

34-modda.



  0 ‘zb ek iston   R esp u b lik asi  fu q arolari  kasaba 

u y u sh m a la r ig a ,  s iy o s iy   p a r tiy a la r g a   va  b o s h q a   ja m o a t 

birlashmalariga  uyushish,  ommaviy harakatlarda ishtirok  etish 

huquqiga  egadirlar.

S iyosiy  partiyalarda,  ja m o a t  birlashm alarida,  om m aviy 

harakatlarda,  shuningdek,  hokim iyatning  vakillik  organlarida 

ozchilikni  tashkil  etuvchi  muxolifatchi  shaxslarning  huquqlari, 

erkinliklari va qadr-qimmatini hech kim kamsitishi mumkin emas.

345

35-modda.

  Наг bir  shaxs  bevosita  o ‘zi  va boshqalar  bilan  birga- 

likda  vakolatli  davlat  organlariga,  muassasalariga  yoki xalq vakil- 

lariga ariza, taklif va shikoyatlar bilan murojaat qilish huquqiga ega.

A rizalar,  tak liflar  va  sh ik o y a tla r  q on u n d a  belgilan gan  

tartibda  va  muddatlarda  k o ‘rib  chiqilishi  shart.

IX   BOB.  IQ T IS O D IY   V A   IJ T IM O IY  

H U Q U Q L A R

36-modda.



  Har  bir  shaxs  mulkdor  b o ‘lishga  haqli.  Bankka 

q o‘yilgan  omonatlar  sir  tutilishi  va  meros  huquqi  qonun  bilan 

kafolatlanadi.

37-modda.



  Har  bir  shaxs  mehnat  qilish,  erkin  kasb  tanlash, 

adolatli  mehnat  sharoitlarida  ishlash  va  qonunda  k o ‘rsatilgan 

tartibda  ishsizlikdan  him oyalanish  huquqiga  egadir.

Sud  hukmi  bilan  tayinlangan jazoni  o ‘tash  tartibidan  yoki 

qonunda  k o ‘rsatilgan  b oshq a  hollardan  tashqari  majburiy 

m ehnat  taqiqlanadi.

38-modda.



  Yollanib  ishlayotgan  barcha fuqarolar dam  olish 

huquqiga egadirlar. Ish vaqti va haq to ‘lanadigan mehnat ta ’tili- 

ning  muddati  qonun  bilan  belgilanadi.

39-modda.



  Har kim  qariganda,  mehnat  layoqatini  y o ‘qotganda, 

shuningdek, boquvchisidan mahrum bo‘lganda va qonunda nazarda 

tutilgan  boshqa  hollarda  ijtimoiy  ta’minot  olish  huquqiga  ega.

Pensiyalar,  nafaqalar,  ijtimoiy  yordam   boshqa  turlarining 

miqdori  rasman  belgilab  q o ‘yilgan  tirikchilik  uchun  zarur  eng 

kam  miqdordan  oz  b o ‘lishi  mumkin  emas.

40-m odda.



  H ar  bir  in so n   m a la k a li  tib b iy   x izm a td a n  

foydalanish  huquqiga  ega.

41-modda.



  Har kim bilim olish huquqiga ega.  Bepul umumiy 

ta ’lim  olish  davlat  tom onidan  kafolatlanadi.  M aktab  ishlari 

Davlat  nazoratidadir.

42-modda.



  Har  kim ga  ilm iy  va  texnikaviy  ijod  erkinligi, 

m adaniyat  yutuqlaridan  foydalanish  huquqi  kafolatlanadi.

D avlat jam iyatning  madaniy,  ilmiy  va  texnikaviy  rivojlani- 

shiga  g ‘am xo‘rlik  qiladi.

346

X  

BO B.  I N S O N   H U Q U Q L A R I  VA 

E R K IN L IK L A R IN IN G   K A F O L A T L A R I

43-modda.



  D avlat  fuqarolarning  K onstitutsiya  va  qonun- 

larda mustahkamlangan huquqlari va erkinliklarini ta ’minlaydi.

44-modda.



  Har  bir  shaxsga  o ‘z  huquq  va  erkinliklarini  sud 

orqali  him oya  qilish,  davlat  organlari,  m ansabdor  shaxslar, 

ja m o a t  b irlash m a larin in g  g ‘ayriq on u n iy  x a tti-h a rak atla ri 

ustidan  sudga  shikoyat  qilish  huquqi  kafolatlanadi.

45-modda.



  Voyaga  yetmaganlar,  mehnatga  layoqatsizlar  va 

yolg‘iz  keksalarning  huquqlari  davlat  himoyasidadir.

46-modda.



  Xotin-qizlar  va  erkaklar  teng  huquqlidirlar.

X I  B O B .  F U Q A R O L A R N IN G   B U R C H L A R I

47-modda.



  B arch a  fu q a r o la r   K o n s tiu ts iy a d a   b elg ila b  

q o ‘yilgan  burchlarini  bajaradilar.

48-modda.  Fuqarolar  K onstitutsiya  va  qonunlarga  rioya 

etishga,  boshqa  kishilarning  huquqlari,  erkinliklari,  sh a’ni  va 

qadr-qimmatini  hurmat  qilishga  majburdirlar.

49-modda.



 Fuqarolar 0 ‘zbekiston xalqining tarixiy, m a’naviy 

va  madaniy  merosini  avaylab-asrashga  majburdirlar.

M adaniyat  yodgorliklari  davlat  muhofazasidadir.

50-modda.



  Fuqarolar  atrof  tabiiy  m uhitga  ehtiyotkorona 

m unosabatda  b o ‘lishga  majburdirlar.

51-modda.



  Fuqarolar  qonun  bilan  belgilangan  soliqlar  va 

mahalliy  yig‘imlarni  to ia sh g a   majburdirlar.

52-modda.



  0 ‘zbekiston  R espublikasini  him oya  qilish  —  

0 ‘zb ek isto n   R esp u b lik asi  har  bir  fu q a ro sin in g   burchidir. 

Fuqarolar  qonunda  belgilangan  tartibda  harbiy  yoki  muqobil 

xizm atni  o ‘tashga  majburdirlar.

347

UCH INCHI  BO‘LIM

J A M I Y A T   VA  S H A X S  

X II  BOB.  JA M IY A T N IN G   IQ T IS O D IY  

N E G IZ L A R I

53-modda.



 Bozor munosabatlarini rivojlantirishga qaratilgan 

0 ‘zb ek iston   iq tisod iyotin in g  negizini  xilm a-xil  shakllardagi 

m u lk   ta sh k il  e ta d i.  D a v la t  i s t e ’m o lc h ila r n in g   h u q u q i 

u stu nligini  hisob ga  olib ,  iqtisod iy  faoliyat,  tadbirkorlik  va 

m eh n at  q ilish   erkin ligin i,  barcha  m ulk  sh ak llarin in g  teng 

h u q u q lilig in i  va  h u q u q iy  jih a td a n   b ab-baravar  m u h ofaza 

etilishini  kafolatlaydi.

Xususiy  mulk  boshqa  mulk  shakllari  kabi  daxlsiz  va  davlat 

himoyasidadir.  M ulkdor  faqat  qonunda  nazarda  tutilgan  hol- 

larda  va  tartibdagina  mulkidan  mahrum  etilishi  mumkin.

54-modda.



  M ulkdor  mulkiga  o ‘z  xohishicha  egalik  qiladi, 

undan  foydalanadi  va  uni  tasarruf etadi.  Mulkdan  foydalanish 

ekologik muhitga zarar yetkazmasligi, fuqarolar, yuridik shaxs- 

lar  va  davlatning  huquqlarini  hamda  qonun  bilan  q o‘riqlana- 

digan  manfaatlarini  buzmasligi  shart.

55-modda.



  Yer,  yer  osti  boyliklari,  suv,  o ‘simlik  va  hayvonot 

dunyosi  hamda  boshqa  tabiiy  zaxiralar  umummilliy  boylikdir, 

ulardan oqilona foydalanish zarur va ular davlat muhofazasidadir.

X III  BOB.  JA M O A T   BIR LA SH M A LA R I

56-modda.

 O ‘zbekiston Respublikasida qonunda belgilangan 

tartibda  ro ‘yxatdan  o ‘tkazilgan  kasaba  uyushmalari,  siyosiy 



Download 8.86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   40




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling