R e s p u b L i k a s I k o n s t I t u t s I y a s I n I


-§.  Mustaqil  O ‘zbekiston  Konstitutsiyasining


Download 8.86 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/40
Sana21.03.2020
Hajmi8.86 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   40

2-§.  Mustaqil  O ‘zbekiston  Konstitutsiyasining 

asosiy  g ‘oyalari  va  uning  demokratik 

xususiyatlari

0 ‘zbekiston  Respublikasi  Konstitutsiyasi  nafaqat  milliy 

q o n u n ch ilik   asosi,  b alki  o ‘zbek  x alq in in g   ham   b o sh q a 

rivojlangan  m am lakatlar  xalqlari  kabi  inson  aql-zakovati, 

sh a’niga  m utanosib  huquqiy  davlat,  fuqaroviy  dem okratik 

jamiyat  qurilishining  Konstitutsiyaviy-huquqiy  garovidir.

Bu  K onstitutsiyaviy-huquqiy  asos  m ustaqilligim izning 

birinchi  o ‘n  yilligi  boshidayoq,  davlat  suverenitetini  saqlab 

qolish,  mustahkamlash,  takomillashtirishga  imkon  beribgina 

qolmay,  balki  barqaror  taraqqiyotimiz  uchun  poydevor  bo‘lib 

xizmat  qildi.

0 ‘zbekiston  Respublikasi  Konstitutsiyasi  muqaddimasida 

hu q u q iy   d av lat,  fu q aro v iy   d e m o k ra tik   ja m iy a t  qurish  

quyidagicha belgilangan: « 0 ‘zbekiston xalqi inson huquqlariga 

va davlat suvereniteti g'oyalariga sodiqligini tantanali ravishda 

e’lon  qilib;

— Hozir va kelajak oldidagi yuksak mas’uliyatni anglagan holda;

— 0 ‘zbek davlatchiligi rivojining tarixiy tajribasiga tayanib;

— Demokratiya va ijtimoiy adolatga sadoqatini namoyon qilib;

—  Xalqaro  huquqning  umume’tirof etilgan  qoidalarining 

ustunligini  tan  olgan  holda;

— Respublika fuqarolarining munosib hayot kechirishlarini 

ta ’minlashga  intilib;

—  Insonparvar  demokratik  huquqiy  davlat  barpo  etishni 

ko ‘zlab;

—  F u q aro lar  tinchligi  va  milliy  totuvligini  t a ’minlashi 

maqsadida;

—  0 ‘zining  m u x to r  v ak illari  siym osida  0 ‘zb ek isto n  

Respublikasining  mazkur  Konstitutsiya-sini  qabul  qiladi».

Yuqorida  sanab  o ‘tilgan,  ta ’kidlangan  ustuvor  m e’yorlar 

0 ‘zbekistonda  huquqiy  davlat,  erkin  fuqaroviy  dem okratik 

jamiyat  qurish,  o ‘zbek  xalqining  eng  ulug‘vor,  ezgu  maqsadi 

ekanligini  ko‘rsatib  turibdi.

Karimov I.A. 0 ‘zbekiston -  kelajagi buyuk davlat. -Т.: « 0 ‘zbekiston»,



1992,44-bet

30


Shuning  uchun  ham  0 ‘zbekiston  Prezidenti  I.A.Karimov 

1995-yildayoq, «Biz fuqarolik jamiyati qurishga intilmoqdamiz. 

Buning  m a’nosi  shuki,  davlatchiligimiz  rivojlanib  borgan  sari 

boshqaruvning  turli  xil  vazifalarini  bevosita  xalqqa  topshirish, 

ya’ni  o ‘zini-o‘zi  boshqarish  organlarini  yanada  rivojlantirish 

demakdir»8  degan  edilar.

0 ‘zbekiston Konstitutsiyasi o ‘tish davrida ham, bugun ham 

xalqimiz,  millatimizning,  milliy  davlatchiligimizning  an ’ana- 

lariga  tayangan  holda  rivojlantirish,  davlatchiligim izning 

Konstitutsiyaviy-huquqiy  asoslarini  yaratish  va  takomillash- 

tirish g a  b o ‘lgan  k a tta   ishonchi,  m ustaqilligim izni  zavol 

topmasligiga  b o ‘lgan  cheksiz  ishonchi-e’tiqodi  ifodasidir.  Bu 

bilan  biz  nafaqat  faxrlanamiz,  mamnun  bo ‘lamiz,  balki  uch 

ming yillik o ‘zbek milliy davlatchiligi, o ‘zbek xalqi o ‘z ozodligi, 

erkinligi  va  m ustaqilligini  saqlab  qolish,  m uhofaza  qilish 

yo‘lida  ham on  sobit  qadam   tashlayotganligiga,  davlatchili­

gimizning  kelajagi  bundan-da  buyukroq  bo‘lishiga  ishonamiz.

0 ‘zbekiston  Konstitutsiyasining  muqaddasligi  shundaki,  u 

mustabid  tuzum,  uning  mafkuraviy  aqidalaridan  millatimizni 

xalos qilish, zamonaviy hayot kechirish, yashash, fikrlashga o‘tish, 

0 ‘zbekistonda,  mintaqamizda,  balki  butun  dunyoda  tinchlikni 

saqlab qolish, barqaror taraqqiyotimizni davom ettirish, hududiy, 

etnik, madaniy yaxlitligimiz, bir butunligimiz va daxlsizligimizni 

ta ’minlash,  o ‘zimiz  tanlagan  yo‘1  -   taraqqiyotning  « 0 ‘zbek 

modeli»  yo‘lidan  izchil,  og‘ishmay  va  sobit  qadam lik  bilan 

riv ojlan ishn i  k o ‘rsatib   berdi.  K o n stitu tsiy a  b a rq a ro r 

taraqqiyotimiz  uchun  buyuk  Konstitutsiyaviy-huquqiy  asos, 

tayanch  va  pirovard  maqsad,  nishon  bo‘lib  xizmat  qilmoqda.

0 ‘zbekiston  R espublikasi  K onstitu tsiy asin in g  h ar  bir 

m od dasining   bandi  ijtim oiy  a d o la tn in g   q a ro r  to p ish iga 

y o ‘naltirilgan.  0 ‘zbekiston  Respublikasi  K onstitutsiyasida 

ijtimoiy  adolatni  qaror  toptirish  uchun  esa  qonun  ustuvorligi 

qoidasi  0 ‘zbekiston  Respublikasining  zamonaviy,  huquqiy 

d av lat,  fuqaro lik   ja m iy at  q urishga  o ‘tish  y o ‘lining  besh 

tamoyilidan  biri  sifatida  e’tirof  etildi.  Bu  esa  Konstitutsiya, 

qonunlarga  yuksak  itoat,  rioya,  unga  b o ‘ysunish  va  ularni 

bajarish  taraqqiyotimizning  asosiy  o ‘ziga  xosligidir.

Konstitutsiyamizning yana bir ijobiy jihati — jamiyat hayoti- 

ning  barcha  jabhalarini  erkinlashtirish,  insonning  munosib 

yashashi uchun shart-sharoit yaratib berishga qaratilgan. Bunda,

Karimov  I.A.  0 ‘zbekistonning  siyosiy,  ijtimoiy  va  iqtisodiy istiqbol- 



larining asosiy tamoyillari. — Т.:  « 0 ‘zbekiston»,  1995,  14-bet

31


ayniqsa,  sodir  etilgan  jin o y atlarg a  belgilanadigan  jazo n i 

yumshatish,  yengillashtirish  (ya’ni  liberallashtirish),  jazoning 

iqtisodiy  zararning  qoplanishiga  qarab  yumshatilishi,  jinoyat 

o q ib a tid a   ja b rla n u v c h i  bilan   jin o y a tc h i  o ‘rta s id a   k a tta  

m iq d o rd a  z a ra r  yoki  d av lat,  ja m iy a t  aso slarig a  q arsh i 

b o rm ag a n d a  to m o n la rn in g   m illiy  a n ’a n alarim iz  ru h id a  

yarashish  instituti  qayta  tiklanishi,  mulkni  zo‘rlik  y o ii  bilan 

m usodara  etish,  oila,  bola-chaqa,  qarindosh-urugiarni  ham 

q o ‘shib  jazolash  usulidan  voz  kechish,  shuningdek,  jinoyat 

uchun muqobil jazo tayinlash kabi muhim yengilliklar Konstitu- 

tsiyamizning  to ‘g‘ri  rivojlanish  y o iid a  ekanligini  ko‘rsatadi.

Jamiyat  siyosiy va huquqiy tizimini tubdan o ‘zgartirishning 

muhim  sababchisi b o ig an  О ‘zbekiston Respublikasi Konstitu­

tsiyasi  bir  qator  o ‘ziga xos  xususiyatlarga  ega.

1)  0 ‘zbekiston  Respublikasi  Kon­

stitutsiyasi  umuminsoniy  qadriyat­

larga  asoslangan  demokratik  hujjat- 

dir.  Uning  mazmun  va  mohiyatida 

avvalo inson  omili yotadi.  Konstitu­

tsiya normalarida dastlab fuqarolar­

ning  huquq  va  erkinliklari  m ustah­

kamlangan  b o iib ,  davlat  organlari 

faoliyatini  tartibga  soluvchi  norma­

lar  keyingi  ketm a-ketlikda  berilgan.  Shuningdek,  K onstitu- 

tsiyamiz eng rivojlangan mamlakatlar Konstitutsiyaviy tajribasi 

asosida  ishlab  chiqilgan.

2)  Konstitutsiyamizning  o ‘ziga  xos  xususiyatlaridan  biri 

mamlakatimizda ko‘ppartiyaviylik tizimining joriy etilganligini 

o ‘zida  aks  ettirganidir.  Haqiqiy  demokratik  rejimdagi  davlat­

larning  asosiy  belgisi  jam iyatda  k o ‘ppartiyaviylik  tizimining 

mavjudligidadir. Bu esa shaxslarning huquqlari ta ’minlanishiga; 

ozchilikni  tashkil  etuvchi  guruh  manfaatlarini  ham  ro ‘yobga 

chiqarishga;  davlat  hokimiyatini  amalga  oshirishda  turli  xil 

g‘oyalar va qarashlardan eng maqbulining belgilanishiga hamda 

amalga oshirilishiga; jamiyatda siyosiy barqarorlikni ta ’minlash- 

ga  zamin  yaratadi.

3) Yangi jamiyatning iqtisodiy asoslarini bozor munosabat- 

lari  sari  yo‘naltirilgan  turli  mulkchilik  shakllari  va  ularning 

huquqiy  tengligi  haqidagi  Konstitutsiyaviy  qoida  o ‘rnatildi  va 

ilk  bora  xususiy  mulk  e’tirof etildi.  Chunki,  xususiy  mulk  — 

ushbu mulk egasi b o ig an  fuqaroning iqtisodiy faoliyat yuritish 

erkinligini,  raqobat kurashida faol va samarali ishtirok etishini

32

Ko‘ppartiyaviylik  tizimiga 

ega  bo‘lgan  davlatlardan 

misol  qilib  Fransiya,  Ger­

man iva,  Italiya  mamlakat- 

larini  keltirish  mumkin. 

Hindistonda  esa 300 ga  ya­

qin  atrofida  siyosiy  partiy­

alar mavjud ekan.


t a ’m inlaydigan,  oxir-oqibat  fuq arolarning  farovon  hayot 

kechirishlariga  sabab  b o ia d ig an   ijtimoiy-  iqtisodiy  moddiy 

asosdir.

4)  0 ‘zb ek isto n   d a v la t  q u rilish i  tizim idag i  ta lay g in a 

o‘zgarishlar  Konstitutsiyada  ham  o ‘z  aksini  topdi.  Jumladan, 

Prezidentlik  lavozim i,  M in istrlar  Soveti  o ‘rniga  V azirlar 

M ahkam asi  birinchi  b o ‘lib  0 ‘zbekistonda  ta ’sis  etilib,  ijro 

etuvchi  hokimiyatning  tizimi  bevosita  Respublika Prezidentiga 

bo‘ysundirildi. Yangi strukturaga asoslangan Parlament — Oliy 

M ajlis  tashkil  topdi.  P arlam ent  islo h otlaridan  so ‘ng  ikki 

palatali  tizimga  o ‘tildi.

5)  0 ‘zbek  tiliga  davlat  tili  maqomi  berilganligi  K onstitu­

tsiya  darajasida  mustahkamlandi.

6)  Yagona  hukmron  mafkura  (marksizm-leninizm)dan  va 

faqat  sinfiylikka  asoslanishdan  voz  kechilib,  umuminsoniy 

qadriy atlarga  tayangan  holda  hech  qaysi  m afkura  davlat 

mafkurasi  b o ‘lmasligi  mustahkamlandi.

7)  K onstitutsiyam izda  0 ‘zbekiston  Respublikasi  davlat 

hokimiyati  bo iinish  tamoyiliga  asoslanishi  mustahkamlandi. 

D avlat  hokim iyatining  asosiy  yo ‘nalishlar  b o ‘yicha  izchil 

taqsimlanishi,  boiinishi,  ularning  bir-biridan  mustaqil,  qaram 

boim ag an  hokimiyat  shakllari  sifatida  amal  qilish  talabidir. 

Y a’ni,  qonun  chiqaruvchi  hokimiyat  qonunlarni  chiqarishga 

mas’uldir. Ijroiya hokimiyati esa mazkur qonunlarning muqarrar 

bajarilishi uchun mas’uldir. Odil sudlov esa jamiyatda odil sudlov, 

ijtimoiy  adolatning  m uqarrar  g‘alaba  qilishi  uchun  mas’uldir. 

H okim iyatlar  o ‘z  vakolatlari  doirasida  tam om ila  mustaqil 

b o iish la ri,  shuningdek,  ularning  K onstitutsiya  va  qonun 

ustuvorligi asosida bir-birlarini o ‘zaro nazorat qilish bilan davlat 

hokimiyatining  asosiy  yo'nalishlari  o'rtasida  qudratli  kuchlar 

muvozanati  (balansi)  vujudga  kelishiga  sabab  bo‘ladi.

8)  0 ‘zbekiston  Respublikasi  Konstitutsiyasining  yana  bir 

o ‘ziga xos xususiyati  barcha fuqarolarga vijdon erkinligi,  ya’ni 

har  bir  fuqaro  xohlagan  diniga  e’tiqod  qilishi  yoki  hech  bir 

d inga  e ’tiq o d   qilm asligi  m u sta h k a m lan d i.  D in  d av lat 

siyosatidan  ajratildi.

9)  0 ‘zbekiston  Respublikasi  Konstitutsiyasi  0 ‘zbekiston 

R esp u b lik asi  ta rk ib id a   Q o ra q a lp o g ‘isto n   R esp u b lik asi 

mavjudligini  va  uning  K onstitutsiyaviy  huquqiy  maqomini

'   mustahkamladi.

10)  Eng  ustuvor  yo‘nalishlardan  biri  —  so‘z  va  m atbuot 

erkinligi,  deb  belgilandi.

33


3-§.  0 ‘zbekiston  Respublikasi  Konstitutsiyasining 

tuzilishi

0 ‘zbekiston  Respublikasining  Konstitutsiyasi  muqaddima, 

6  bo‘lim,  26  bob  va  128  moddadan  iborat.  Konstitutsiyaning 

mazmuni  quyidagi  izchillikda  rivojlantirilgan:  shaxs jamiyat



— davlat.

Birinchi  bo‘limda  mustaqil  0 ‘zbekiston  davlatining  asosiy 

Konstitutsiyaviy  prinsiplari  k o ‘rsatilgan.  Bunday  prinsiplar 

qatoriga  davlat  suvereniteti,  xalq  hokimiyatchiligi,  K onstitu­

tsiya va qonunning ustunligi hamda tashqi siyosatimiz tamoyil­

lari  kiradi.

Ikkinchi  boMimda  0 ‘zbekiston  Respublikasida  inson  va 

fuqarolarning huquqlari hamda erkinliklari tizimi mustahkam­

langan.

Uchinchi bo‘lim fuqarolik jamiyatining an ’analarini tiklashga 

qaratilgan  ijtimoiy  uyushm alar  va  m unosabatlarni  huquqiy 

jihatdan  tartibga  solib,  ularning  rivojlanishini  ta ’minlaydi.

To‘rtinchi  bo‘lim  m a’muriy-hududiy  va  davlat  tuzilishiga 

bag‘ishlangan bo‘lib, O ‘zbekiston viloyatlar, tumanlar, shahar­

lar, shaharchalardan hamda Qoraqalpog'iston Respublikasidan 

iborat  ekanligi  ko‘rsatib  o ‘tilgan.



Beshinchi bo‘Iim davlat hokimiyati  organlarini  tashkil  etish, 

ya’ni qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyati organ­

lari  Konstitutsiyaviy  maqomi  muayyan  tartibda  mustahkam­

langan.  D avlatim izning  m arkaziy  o rg an lari  0 ‘zbekiston 

Respublikasi  Oliy  Majlisi,  Prezidenti,  Vazirlar  M ahkamasi, 

Konstitutsiyaviy  Sudi,  Oliy  hamda  Xo‘jalik  Sudlari,  Prokura­

tura,  mahalliy  davlat  hokimiyati  organlarining  faoliyat  tartibi 

belgilab berilgan. Saylov tizimining prinsiplari, moliya va kredit, 

xavfsizlik va mudofaa masalalari ham ushbu b o iim d a tartibga 

solingan.



Oltinchi bo‘lim Konstitutsiyaga  o ‘zgartirish va qo‘shimcha- 

lar kiritishga bag‘ishlangan. Xususan, 0 ‘zbekiston Respublikasi 

Konstitutsiyasi VI bo‘lim,  127-128-moddalaridamustahkamlab 

qo‘yilgan  Oliy  Majlis  tomonidan  Konstitutsiyaga  o ‘zgartirish 

va  qo‘shimchalar kiritish  instituti  bilan  bir qatorda  umumxalq 

ovozi  —  referendum  o‘tkazish  protsedurasiga  ham  murojaat 

qilindi  va  bu juda  katta  Konstitutsiyaviy-huquqiy  o ‘zgarish- 

larga  olib  kelibgina  qolmay,  xalqimizning  fuqaroviy jamiyat, 

huquqiy  davlat qurishga  qaratilgan islohotlarga b o ig a n  umid, 

ishonchini  mustahkamladi.

34


4-§.  Islom  Karimov  —   О ‘zbekiston  Respublikasi 

Konstitutsiyasining  yaratuvchisi  va 

tashabbuskori

0 ‘zbekiston  davlat  mustaqilligiga  erishgach,  yangi  suveren 

davlat  m aqom ini  K onstitutsiyaviy  jih atd an   m ustahkam lab 

q o ‘yish  m uam m osi  yuzaga  keldi.  0 ‘zbekiston  Prezidenti 

mamlakatni  o ‘zining  rivojlanish  yoiini  Konstitutsiyaviy  asosda 

belgilab olishi zarurligini bir necha bor ta ’kidlagandi. «Davlatimiz- 

ning kelajagi, xalqimizning taqdiri ko‘p jihatdan Konstitutsiyamiz 

qanday  bo‘lishiga  bog‘liq»9,  -  degan  edi  yurtboshimiz.

Sovetlar  hokim iyatini  o ‘rnatgan  bolsheviklar  (masalan: 

Turkiston  ASSRning  1918-yilgi  Konstitutsiyasi,  0 ‘zbekiston 

SSRning  1927;  1937;  1978-yilgi Konstitutsiyalari) mustamlaka- 

chilik siyosatini yangi-yangi hujjatlar qabul qilish usullari bilan 

amalga oshira boshlaganlar.  Shuningdek, kommunistik partiya 

olib  borgan  siyosat  tufayli  millionlab  begunoh  kishilarning 

qatag‘on  qilinishiga,  qonunsiz,  sudsiz  yo‘q  qilib  yuborilishiga 

shart-sharoitlar  yaratilgan.  Shunga  qaramasdan,  0 ‘zbekiston 

xalqining mustaqillik  uchun  olib  borgan  sa’y-harakatini  1989- 

yildan boshlab I.A.Karimov 0 ‘zbekiston xalqining asriy istiqlol 

orzularini  ro‘yobga  chiqardi.

Konstitutsiyamizning  yaratilishida,  muhokama  qilinishida 

va  qabul  qilinishida  K onstitutsiyaviy  komissiyaning  Raisi, 

0 ‘zbekiston  Respublikasi  Prezidenti  I.A.Karimovning  rolini 

alohida  ta ’kidlash  lozim.  U  kishi  nafaqat  Konstitutsiya  ishlab 

chiqish  tashabbuskori,  nafaqat  loyiha  tayyorlash  ishlariga 

rahbar,  balki Asosiy Qomusning tub mohiyati,  falsafasi,  asosiy 

g'oyalarining  muallifidir.  I.A.Karimov  Konstitutsiyaning  har 

bir  moddasini  aqli  va  yuragi  bilan  his  etdi,  uni  pishitdi  va 

takom illashtirdi1

Undagi  qoidalar  Islom  Karimov  ifodalab  bergan  g‘oya  va 

prinsiplami mustahkamladi. Konstitutsiya loyihasi o'zining tuzilishi 

bilan 0 ‘zbekiston Prezidentining ulkan yaratuvchilik va islohotchi- 

lik  faoliyati  natijasi  ekanligini  ko‘rsatib  turardi.  Shuningdek,  u- 

ning  zimmasiga jamiyatni  yangilash,  o ‘tish  davrining  murakkab 

sharoitida  davlatimizni  ijtimoiy-iqtisodiy,  siyosiy,  davlat-huquqiy 

va  ma’naviy jihatdan  rivojlantirishning pishib yetilgan  muammo-

Karimov  I.A.  O ‘zbekiston:  milliy  istiqlol,  iqtisod,  siyosat,  mafkura.



T . l . - T . :   « 0 ‘zbekiston»,  1996,  124-bet

10  O 'razayev  Sh.  M ustaqil  O 'zbekistonning  K onstitutsiyasi  qanday 

yaratildi  //Inson va demokratiya,  1993, 2-son,  8-bet.

35


larini  hal  qilish  kabi  tarixiy  vazifani  yukladi.  Ushbu  vazifalarni 

amalga  oshirishda  Prezidentimiz  buyuk  davlat  va jamoat  arbobi, 

iste’dodli  siyosiy  yetakchi  sifatida  namoyon  boidi.

Konstitutsiya  loyihasini  tayyorlash  borasidagi  barcha  ish- 

lar  I.A.  Karimovning  bevosita  rahbarligida  amalga  oshirildi.

Prezident  Konstitutsiyaviy  komis- 

siya  ish  boshlashi  bilan  Respub- 

likamizning  o‘ziga  xos jihatlarini  va 

xususiyatini  munosib  ravishda  aks 

ettiradigan,  xalqaro  standartlarga 

t o i i q   ja v o b   b erad ig an ,  ja h o n  

tajrib asin i,  dem o k ra tik   va  eng 

rivojlangan mamlakatlar Konstitutsiyaviy qonunchiligi erishgan 

y u tu q larn i  in o b atg a  oladigan  Asosiy  Q onun  loyihasini 

tayyorlashni  ta ’minlashga  harakat  qildi.  Loyihani  tayyorlash 

chog‘ida Yevropa,  Osiyo,  Amerika mamlakatlarining  Konstitu­

tsiyalari  o ‘rganib  chiqildi.  U  inson  huquqlari  umumjahon  dek- 

laratsiyasi  va  inson  huquqlariga  oid  boshqa  xalqaro  hujjatlarni 

inobatga  olgan  holda  tayyorlandi11.

0 ‘zbekistonning  yetakchi  huquqshunos  olimlaridan  biri, 

o ‘sha  paytda  Konstitutsiyaviy  komissiyaning  a ’zosi  b o ig a n  

akademik  Sh.Z.O‘razayev  shunday  xotirlaydi:  «Prezidentimiz 

shunda  ham  juda  taqchil  vaqtidan  fursat  ajratib,  K onstitu­

tsiya  loyihasini  tayyorlash  bo‘yicha  tuzilgan  ishchi  guruhning 

a ’zolarini  qabul  qilar,  loyihani  qayta-qayta  o ‘qib  chiqar,  u- 

ning  m atnini  chuqur  m ushohada  qilar  va  unga  tuzatishlar 

kiritardi.  Bu  kishining g‘oyat  ajoyib  tahlil  qobiliyati,  kelajakni 

oldindan  k o ‘ra  olishi,  nozik  his  etish  iste’dodi  bizni  nihoyatda 

h a y ra tg a   so lard i.  U  m eh n atg a  doim o  tay y o r,  ham isha 

izlanishda,  ishning  mohiyatini  tushunishga  va  u  bo‘yicha  eng 

maqbul qaror chiqarishga intilardi. Konstitutsiyaviy komissiya­

ning  raisi  loyihaning  har  bir  tafsilotiga  e’tibor  berar,  unga  o ‘z 

q o ii  bilan  tuzatishlar  va  aniqliklar  kiritardi,  ishga  astoydil 

y o n d ash ish ,  ish b ilarm o n lik   va  b ilim d o n lik   n am u n asin i 

k o ‘rsatar edi. Prezident -  o ‘ziga nisbatan juda talabchan shaxs. 

K o‘pincha, nazarimizda, uning bu talabchanligi o ‘ziga nisbatan 

shafqatsizlikka  yaqinlashib  ketardi.  U  yarim  tungacha  ishlar 

va  ishning juda  katta  qismini  o ‘z  zimmmasiga  olardi.  Kunlar 

ketidan kunlar, shanba va yakshanba — dam olish kunlari ham 

shu  tariqa  o ‘tardi»12.

11  Qarang: Saidov A. X. Jahon Konstitutsiyaviy amaliyoti va 0 ‘zbekiston

Respublikasining Asosiy Qonuni. -  Т.:  «Bilim»,  1992.

12  Q arang:  У разаев  Ш.З.  Как  готови лся  проект  К онституции

Республики Узбекистан II Народное слово,  1992, 26-декабря.

36

Ayrim mamlakatlarda Kon­

stitutsiyalar davlat boshlig‘i 

tomonidan  hadya  etilgan. 

Masalan,  lordaniyada  bu 

holat kuzatilgan.


Mustaqil  0 ‘zbekistonning  birinchi  Konstitutsiyasi  xalqchil 

q o m usd ir.  S a b a b i-u n in g   lo y ihasi  u s tid a ,  I.A .K arim o v  

ta ’kidlaganidek,  taxminan  ikki  yil  davomida  ishladik.  U  ikki 

yarim  oy  mobaynida  umumxalq  muhokamasidan  o ‘tdi,  xalq- 

ning  fikr  xazinasi  durdonalari  bilan  boyitildi,  sayqal  topdi13. 

Asosiy  Qomusimizda  fuqarolarning  ahilligi,  xalqimizga  xos 

odamiylik,  umuminsoniy  qadriyatlarga  ixlos  kabi  yaxshi  sifat- 

lar  o ‘z  aksini  topgan.  Yurtimizga  xos  qardoshlik  va  d o ‘stlik 

an’analari,  o ‘zining boy  va  teran  tarixiga  ega  boiishi,  xalqlar- 

ning o ‘zaro totuvligi va qo‘shnichiligi prinsiplari ham Konstitu- 

tsiyamizda  muhim  o ‘rin  tutadi14.

Islom  Karimov  Konstitutsiya  loyihasini  ayollar  va  erkaklar- 

ning  teng  huquqliligi,  davlatning  madaniy  yodgorliklar,  onalik 

va bolalikni muhofaza qilish haqidagi moddalar bilan toidirishni 

taklif qildi,  asosiy e’tibomi  Konstitutsiyaning inson  va fuqarolar 

erkinliklari va burchlarini qonuniy mustahkamlovchi moddalariga 

qaratdi.  Prezident  Konstitutsiya  loyihasini  birinchi  marta  e’lon 

qilguncha  to‘rt  marta,  keyingi  e’lon  qilingunicha  esa  yana  ikki 

marta tahrir qildi. Fuqarolarning aniq takliflari va mulohazalarini 

o ‘rganib chiqib, .Oliy Kengash sessiyasidan avval loyihani qoiida 

qalam  bilan  yana bir bor ко‘rib  chiqdi15.

Islom  K arim ovning  K onstitu tsiyad a  o ‘z  aksini  topgan 

g ‘oyalari  uning  1992-yil  yozida  chop etilgan  « 0 ‘zbekistonning 

o ‘z  istiqlol  va  taraqqiyot  yo‘li»  asarida  ifodalab  berildi.  U 

shunday  deb  yozgan  edi:  «Mustaqil  0 ‘zbekistonning  birinchi 

Konstitutsiyasi  yangi  jamiyatning  ishonchli  huquqiy  kafolat- 

larini  shakllantiradi  va  mustahkamlaydi.  Bu Asosiy Qonun har 

tomonlama  va  chuqur  o ‘ylangan  umumxalq  muhokamasidan 

keyin  demokratik  yo‘1  bilan  qabul  qilinadi.  Umumiy  g‘oyasiz 

bizning  ko‘p  millatli  mamlakatimizda  mustahkam  m a’naviy 

makomii  yaratish  mumkin  emas.  K onstitutsiya  bizga  inson 

h u q u q lari,  ozodlik,  b arq a ro rlik   va  ta ra q q iy o t  m ajm uini 

ifodalaydigan demokratik, huquqiy va adolatli davlatni qanday 

qilib  qurish  yo‘llarini  ochib  beradi»16.

13  Karimov I.A. 0 ‘zbekiston -  kelajagi buyuk davlat. -  Т.: « 0 ‘zbekiston», 

1992,  36-37-betlar

14  Karimov I.A. 0 ‘zbekiston -  kelajagi buyuk davlat. -  Т.: « 0 ‘zbekiston», 

1992,  36-37-betlar

15  0 ‘zbekiston  Respublikasining  Konstitutsiyaviy  huquqi.  TDYUI.  — 

Т.: «Moliya», 2002, 73-bet

16  Karimov  I.  A.  0 ‘zbekiston:  milliy istiqlol,  iqtisod,  siyosat,  mafkura. 

T.  1. -  Т.:  « 0 ‘zbekiston»,  1996,  85-bet



37


«D arhaqiqat,  -   deb  yozadi  0 ‘rta  Osiyo  bo'yicha  taniqli 

mutaxassis professor L.  Levitin, -  0 ‘zbekiston Respublikasining 

1992-yil  8-dekabrda  qabul  qilingan  Konstitutsiyasida  hozirgi 

zamon jamiyatlariga  ularning  siyosiy-huquqiy  tashkil  etilishi 

nuqtayi  nazaridan  zarur  b o igan   deyarli  barcha  narsa  mavjud. 

Shaxsning  m ustaqilligi,  h o k im iy atlarn in g   taqsim lanishi, 

mulkdorlik  shakllarining xilma-xilligi,  mafkuraviy  rang-barang- 

lik,  ijtimoiy,  iqtisodiy  va  siyosiy  plyuralizm,  boshqariladigan- 

larning roziligiga asoslangan hukumat singari va ko'plab boshqa 

demokratik  qadriyatlar  Konstitutsiyaviy  tuzumning  prinsiplari 

sifatida  tasdiqlanadi.  Uzoq  yillar  davomida  totalitar-mustabid 

tartibotning  xomxayol-demokratik  niqobi  b o iib   kelgan  turli 

ko‘rinishdagi  «sho‘rochiliklar»  barham  toptirilgan»17.

P rezident  K o nstitutsiyan in g   kafili  sifatida  unga  rioya 

qilinishining  etaloni  hisoblanadi  va  shu nuqtayi  nazardan  o ‘zi 

rahbarlik  qilayotgan  organlar  va  m ansabdor  shaxslarning 

faoliyatiga  baho  beradi.  U  Konstitutsiyaning  kafili  sifatida 

fuqarolarning huquq  va  erkinliklarini himoya qilish,  0 ‘zbekis­

ton  Respublikasining  davlat  suverenitetini,  uning  mustaqilligi 

hamda  hududiy  yaxlitligini  muhofaza  qilish,  davlat  organlari­

ning  o ‘z  v azifalarin i  b a ja rish la rin i  va  m u v o fiq lash g an  

hamkorligini  ta ’minlash,  Konstitutsiyaviy  tuzumni  m ustah­

kamlash  bo'yicha  barcha  sharoitlarni  yaratish  uchun  zarur 

chora-tadbirlarni  k o ‘radi18.

Konstitutsiyadan  kelib  chiqqan  holda,  I.A.Karimov  o'zi- 

ning  fundam ental  asarlarida  0 ‘zbekiston  taraqqiyotining 

strategik yo‘nalishlarini belgilab berdi.  Konstitutsiyani kafolat­

lar ekan, davlat rahbari bevosita hamda davlat organlari orqali 

h arak a t  qiiadi.  K onstitutsiyaning  kafili  sifatida  Prezident 

umuman  Konstitutsiyani  himoya  qilish  mexanizmi  ta ’sirining 

sam ara d o rlig i  uchun  shaxsan  ja v o b g a rlik   n am u n alarin i 

ko‘rsatmoqda. U davlatning milliy manfaatlarini himoya qilish, 

butun  m am lakat  hududida  tinchlik,  b arq aro rlik   va  q a t’iy 

Konstitutsiyaviy tartibni kafolatlash bo‘yicha o ‘z majburiyatini 

bajarar  ekan,  xalq  ishonchini  munosib  oqlamoqda.

0 ‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2001-yil 4-yanvarda 

e’lon qilingan « 0 ‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasini 

o‘rganishni  tashkil  etish  to ‘g‘risida»gi farmoni  Konstitutsiyani

17  Q arang:  Islom   K arim ov  -   yangi  O 'zb ek isto n   P rezidenti.  -   Т.: 

« 0 ‘zbekiston»,  1996,  89-90-betlar

18  O'zbekiston  Respublikasining  Konstitutsiyaviy  huquqi.  TDYUI.  — 

Т.: «Moliya», 2002,  78-bet

38


kafo latlash   va  bu  m aqsad  uchun  zaru r  sh art-sh aro itlarn i

yaratishga  qaratilgan19.



M avzuni  mustahkamlash  uchun  savollar

I.  Hozirgi  zamon  K onstitutsiyaviy  taraqqiyotining  asosiy 

qonuniyatlari nimalardan iborat?

4.  0 ‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti I. A. Karimov 

asarlarida  0 ‘zbekiston  Konstitutsiyasi  haqida  qanday  fikrlar 

bildirilgan?

5.  0 ‘zbekistonning  Konstitutsiyaviy-tarixiy  bosqichlarida necha 

marotaba Konstitutsiyalar qabul qilingan?

6.  О‘zbekiston  tarixida  ilk marotaba  qaysi  hujjat  asosida  uning 

mustaqillik uchun qo‘ygan birinchi qadami o‘z ifodasini topgan?

7.  0 ‘zbekistonning birinchi Konstitutsiyaviy qonuni qachon qabul 

qilingan va unda nimalar mustahkamlab qo‘yilgan?

8.  Akademik Sh. Z. 0 ‘razayev ta’biri bilan aytganda, 0 ‘zbekiston 

Respublikasi  Konstitutsiyasining  dunyoga  kelishiga  qanday 

omillar sabab bo‘lgan?

9.  Konstitutsiyaviy Komissiya raisi kim edi va u nechta a’zodan 

iborat tarkibda tashkil topdi?

10.  0 ‘zbekistonning  yangi  Konstitutsiya  loyihasi  umumxalq 

muhokamasi  uchun  birinchi  marta  qachon  matbuotda  e’lon 

qilindi va u nechta moddadan iborat edi?

II.  0 ‘zbekistonning yangi Konstitutsiyasi loyihasiga tushgan taklif 

va mulohazalar inobatga olingan holda qayta ishlanib, qachon 

muhokamani davom ettirish uchun matbuotda e’lon qilindi?

12.  0 ‘zbekiston  Respublikasi  Konstitutsiyasiga  o ‘zgartirish  va 

qo‘shimchalar kiritish  tartibi  boshqa  davlatlar Konstitutsiya- 

laridagidan nimasi bilan farq qiladi?

13.  0 ‘zbekiston  Respublikasi  Konstitutsiyasining  o ‘ziga  xos 

xususiyatlari va jihatlari qay tartibda o‘rganiladi?

14.  0 ‘zbekiston Konstitutsiyasining yuridik xususiyatlari va yuridik 

belgilari nimalardan iborat?

15.  0 ‘zbekistonning davlat ramzlari  qachon  qabul  qilingan va u- 

ning mazmun-mohiyatiga qanday ta’rif berilgan?

16.  0 ‘zbekistonda siyosiy va mafkuraviy xilma-xillik qanday rivoj 

topmoqda?

17.  0 ‘zbekiston  Respublikasi  Konstitutsiyasining  tuzilishini 

belgilang.

19  «Xalq so‘zi» gazetasi.  2001, 6-yanvar

1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   40




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling