R e s p u b L i k a s I k o n s t I t u t s I y a s I n I


Download 8.86 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/40
Sana21.03.2020
Hajmi8.86 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   40

0 ‘ZBEKIST0N RESPUBLIKASI 

KONSTITUTSIYAVIY TUZUMINING ASOSIY 

TAMOYILLARI

IV   BOB

О ‘ ZBEKISTON  RESPUBLIKASI 

K O NSTITUTSIYASINING  ASOSIY 

TAMOYILLARI

l-§ .  Suverenitet  tushunchasi  va  uning  turlari

0 ‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi  « 0 ‘zbekiston

—  suveren  demokratik  Respublika»  ekanligini  e’lon  qiluvchi 

va  qonuniy  mustahkamlovchi  muhim  qoidadan  boshlanadi.  I 

Xususan, uning  1-moddasida « 0 ‘zbekiston -  suveren demokra­

tik  Respublika.  D avlatning  « 0 ‘zbekiston  Respublikasi»  va 

« 0 ‘zbekiston»  degan  nom lari  bir  m a ’noni  anglatadi»,  deb 

belgilangan.

D avlat  xalqning  rasmiy  vakili  sifatida  o ‘z  fuqarolarining 

irodasini ifoda etadi. Faqat suveren davlatgina fuqarolarning huquq 

va  manfaatlarini  to‘la  va  har  tomonlama  ta’minlashi mumkin.

Davlat suvereniteti deganda,  davlat hokimiyatining ustuvor- 

ligi,  uning  m am lakat  ichkarisida  ham,  xalqaro  m aydonda 

boshqa davlatlarga nisbatan ham to ‘la mustaqilligi tushuniladi. 

Suverenitet  davlat  hokimiyatining  alohida  xususiyati  b o ‘lish 

bilan  bir  paytda  davlatning  muhim  belgisi  ham  hisoblanadi. 

0 ‘zbekistonda davlat hokimiyatini tashkil etishning eng muhim 

Konstitutsiyaviy tamoyillaridan biri davlat suvereniteti prinsipi 

hisoblanadi.  «Davlat  suvereniteti»  iborasi  fransuzcha  «yuqori 

hokim iyat»,  «oliy  hokim iyat»  degan  m a ’noni  anglatadi. 

Suveren  davlat  ichki  va  tashqi  siyosiy  faoliyatida  o ‘zining 

mustaqil  va  oliy davlat  hokimiyatiga,  ya’ni  qonun chiqaruvchi

40


hokimiyatiga  ega  b oiad i.  «Suverenitet»  degan  ibora  huquqiy 

m a’noda  birinchi  m arta  XVI  asrda  fransuz  olimi  J.Boden 

tomonidan  kiritilgan.  Uning  fikricha,  suverenitet  «Davlatning 

doimiy  va  mutlaq  hokimiyatidir».



Xalq suvereniteti haqidagi ilmiy ta iim o t dastlab feodalizmga 

qarshi  kurash  y o iid a  ishlab  chiqilgan  edi.

«Xalq  suvereniteti»  nazariyasi  fransuz  olimi  Jan  Jak  Russo 

tufayli  burjua  inqilobi  arafasida  o ‘zining  haqiqiy  qiyofasini 

topdi.  Uning  fikricha,  «umumiy  iroda»  tomonidan  boshqari- 

ladigan  hokimiyat  —  suverenitet  deb  ataladi20.

0 ‘zb ekiston  xalqining  su v eren iteti  m am lak atim izda 

hokimiyatning  toialigicha  xalqqa  tegishliligini  bildiradi.  Xalq 

-hokimiyatning yagona manbai va  subyekti,  unga hech kim o‘z 

irodasini  o ‘tkaza  olmaydi.  Xalq  suverenitetining  mazmuni 

sh u n d an   ib o ratk i,  uning  ho kim iyati  bosh qa  subyektga 

berilmaydi  va  boiinm aydi.  0 ‘zbekistonda  davlat  hokimiyati 

xalqniki,  faqat  unga  xizmat  qiladi.  Xalq  suvereniteti  davlat  va 

milliy  su v eren itetlarida  nam oyon  b o ia d i.  0 ‘zbekistonda 

suverenitetning  manbai  va  yagona  egasi  b o ig an  xalq  uni,  eng 

avvalo,  davlat  hokimiyati  orqali  davlat  suvereniteti  sifatida 

amalga  oshiradi.

Millat suvereniteti  millatning  siyosiy  va  huquqiy  holatidir. 

H ar  bir  millat  o ‘zining  suveren  siyosiy  va  huquqiy  holatiga 

k o ‘ra,  o ‘z  siyosiy  holatini  o ‘z  irodasi  bilan,  boshqa  xalqlar- 

ning aralashuvisiz mustaqil tarzda belgilaydi, iqtisodiy, madaniy 

rivojlanish  yoiini  tanlaydi  va  o ‘z  milliy  davlatini  tuzadi.

Millat  suvereniteti  millatning  ajralmas  xususiyati  b o iib ,  u- 

ning  m ustaqil  yashash  huquqini  bildiradi.  Bu  huquqning 

m a’lum  darajada  amalga  oshirilishi,  ya’ni  o ‘zinig milliy davlat 

shaklini  tanlashi,  yakka  holda  yoki  boshqa  m illatlar  bilan 

birgalashib  davlat  tuzishi  milliy  suverenitetning  amal  qilishi 

hisoblanadi.

D avlat  hokim iyatining  oliyligi  o ‘sha  davlatdagi  barcha 

huquqiy munosabatlarning belgilanganligida, umumiy huquqiy 

tartibotning  o‘rnatilganligida  hamda  davlat  organlari,  jamoat 

birlashmalari, mansabdor shaxslar va fuqarolarning majburiyat- 

larini  belgilanganligida  namoyon  b o ia d i.  Davlatning  butun 

hududida  olliy  davlat  organi  tomonidan  chiqarilgan  Konstitu­

tsiya  va  q o n u n la rn in g   ustuvorligi  d av lat  hokim iyatining 

oliyligini  bildiruvchi  asosiy  belgi  sifatida  tan  olinadi.

20  Ж .Ж .Руссо.  Об  общественном  договоре  или  принципы  поли­

тических  прав. -  М.:  1938, 235-ст.

41


S h unday  qilib,  d a v la t  h o k im iy atin in g   oliyligi  —  bu 

hokimiyatning  shunday  holatiki,  bunda  boshqa  bir  hokimiyat 

undan  ustun  b o ‘lmaydi  va  b o ia   olmaydi.  Biroq  hokim iyat­

ning  oliyligi  uning  cheksizligini  bildirmaydi.  Konstitutsiyaviy 

davlatda  u  doimo  qonun  bilan  cheklab  q o ‘yiladi.  Davlatning 

suveren hokimiyati o ‘zga barcha hokimiyatlardan ustun turadi. 

Davlat  hokimiyatining  oliyligi  uni  yagona  siyosiy  hokimiyat 

sifatida  rasmiylashtiradi,  bu  davlat  hokimiyati  bilan  muvoziy 

tarzda boshqa biron-bir siyosiy hokimiyatning mavjud bo‘lishini 

istisno  etadi.

Davlat  hokimiyatining  birligi  davlatning  oliy  hokimiyatini 

tashkil  qiluvchi  yagona  organ  yoki  organlar  tizimi  mavjud 

bo‘lishida  ifodalanadi.  Davlat  hokimiyati  birligining  yuridik 

belgisi,  davlat  hokimiyati  oliyligini  tashkil  qiluvchi  organlar 

tizimining  bevosita  davlat  funksiyalarini  bajarish  uchun  zarur 

bo ‘lgan  vakolatlarni  qam rab  olishini  anglatadi.  Shu  tizimga 

tegishli  organlar  esa,  bir  xil  subyektlarga,  bir  xil  vaziyatlarda 

o‘zaro istisno qiluvchi xulq-atvor qoidalarini ifodalay olmaydi. 

Suveren  d av la t  h o k im iy atin in g   asosiy  x u su siy ati  uning 

mustaqilligi  hisoblanadi.  Davlat  hokimiyatining  mustaqilligi, 

shu  davlatning  boshqa  d av latla r  bilan  to ‘g ‘rid a n -to ‘g ‘ri, 

bevosita  munosabatlarida  o ‘z  ifodasini  topadi.



2-§.  0 ‘zbekiston  Respublikasi  davlat  mustaqilligi- 

ning  huquqiy  asoslari

0 ‘zbekiston mustaqilligi  haqida gap  borganda,  1990-yil 20- 

iyunda  qabul  qilingan  0 ‘zbekiston  Respublikasi  «Mustaqillik 

Deklaratsiyasi»ning  o ‘rni  va  aham iyatiga  alohida  to'xtalish 

lozim.

«M ustaqillik  D eklaratsiyasi»da  o ‘zbek  xalqining  asrlar 



davomida q o ‘lga kiritgan davlat qurilishi va madaniy taraqqiyot 

borasidagi  boy  tarixiy  tajribasi  va  an ’analari  hisobga  olinishi 

uqtirildi.

D eklaratsiyada  0 ‘zbekistonning  suveren  va  mustaqilligi 

haqida  shunday  me’yorlar  belgilangan:

B irinchidan,  0 ‘zbekiston  SSRning  d em o k ra tik   davlat 

mustaqilligi  R espublikaning  o ‘z  hududida,  barcha  tarkibiy 

qismlarida  va  barcha  tashqi  munosabatlardagi  tanho  hokim- 

ligidir.

Ikkinchidan,  0 ‘zbekiston  SSRning davlat  hududi  chegarasi 

daxlsiz va  bu  hudud  xalqning muhokamasiga  qo‘yilmay  turib, 

o ‘zgartirilishi  mumkin  emas.

42


Uchinchidan,  0 ‘zbekiston  SSRda  davlat  hokimiyati  uning 

hududiga  kiradigan  barcha  tarkibiy  va  b o iin m a s  qismlari 

ustidan amalga oshiriladi va shu hududda yashaydigan aholiga 

taalluqlidir.

T o‘rtinchidan,  SSSR  Oliy  Soveti  qabul  qiladigan  qarorlar 

0 ‘zbekiston  SSR  Konstitutsiyasiga muvofiq,  0 ‘zbekiston  SSR 

Oliy  Soveti  tom onidan  tasdiqlangandan  keyingina  0 ‘zbekis- 

ton  SSR  hududida  kuchga  ega  boiadi.

B esh inchid an ,  O ‘zb ek isto n   SSR  d av lat  h o k im iy ati 

vakolatiga  0 ‘zbekiston  SSR  ichki  va  tashqi  siyosatiga  tegishli 

barcha  masalalar  kiradi.

Oltinchidan,  0 ‘zbekiston  SSR  xalqaro  huquqning  asosiy 

prinsiplarini  tan  oladi  va  hurm at  qiladi.

Yettinchidan,  0 ‘zbekiston  SSR  ittifoqdosh  Respublikalar 

va  boshqa  davlatlar  bilan  o ‘zining  siyosiy,  iqtisodiy,  madaniy 

va boshqa munosabatlarini  shartnomalar  asosida belgilaydi va 

amalga  oshiradi.

S akkizinchidan,  0 ‘zbekiston  SSR  o ‘zining  taraq q iy o t 

yoiini, o ‘z nomini belgilaydi va davlat belgilari (gerbi, bayrogi, 

madhiyasi)ni  o ‘zi  ta ’sis  etadi.

T o‘qqizinchidan,  Q oraqalpogiston  Muxtor Sovet  Sotsialis- 

tik  Respublikasi  mustaqilligini  M uxtor  Respublika  Konstitu­

tsiyasi  ta ’min  etadi.  0 ‘zbekiston  SSR  uning Asosiy  Qonuni va 

0 ‘zbekiston  SSR  K onstitutsiyasi  asosida  Q o raq alp o g isto n  

MSSR  manfaatlarini  himoya  qiladi.

0 ‘ninchidan,  0 ‘zbekiston  SSRning  qonun  chiqaruvchi 

hokim iyati  0 ‘zbekiston  SSR  davlat  m ustaqilligini  amalga 

oshirish  uchun  zaru r  b o ig a n   q o n u n larn i  ishlab  chiqadi, 

0 ‘zbekiston  SSRning  siyosiy  va  iqtisodiy  sistemalari  tarkibini 

va  qurilishini  belgilaydi.

0 ‘n  birinchidan,  0 ‘zbekiston  SSR  Oliy  Soveti  umumxalq 

muhokamasi asosida demokratik huquqiy davlat tuzishga qaror 

qilganini  bildiradi,  0 ‘zbekiston  SSRda  yashayotgan  barcha 

millat va elatlarning qonuniy, siyosiy, iqtisodiy, etnik, madaniy 

huquqlariga hamda ona tillari rivojlantirilishiga kafillik beradi.

0 ‘n  ikkinchid'an,  ushbu  Deklafatsiya  0 ‘zbekiston  SSRning 

yangi  K onstitutsiyasini  ham da  yangi  ittifoq  shartnom asini 

ishlab  chiqish  uchun  asosdir21.

21  U shlju  m e ’y o rla r  1990-yilgi  «M uistaqillik  D ek la ra tsiy a si» d a n  

olinganligi  sababli  unda  0 ‘zbekiston  SSR  Oliy  Soveti,  Qoraqal- 

pog‘iston  M uxtor  Sovet  Sotsialistik  Respublikasi,  SSSR  kabi  o‘sha 

davrga  oid  iboralar  qoilanilm oqda.

43


0 ‘zbek  xalqining  asrlar  davomidagi  orzusi  -   o ‘z  taqdirini 

o ‘zi  belgilash  huquqiga  erishish  1991-yil  31-avgustda  ushaldi. 

Shu  kuni  0 ‘zbekiston  Respublikasining  mustaqilligi  e’lon 

qilindi.  1991-yil  31-avgust  kuni  qabul  qilingan  0 ‘zbekiston 

Respublikasining  D avlat  mustaqilligi  to ‘g ‘risidagi  Bayonot 

0 ‘zbekiston  hukumatining  siyosiy  yo‘lini  to ‘la  qonunlashtirib 

berdi.  Bu tarixiy hujjatda quyidagi xulosalar ilgari surilgan edi:

« — 0 ‘tmishdan  saboq chiqarib va  SSR  Ittifoqining siyosiy 

hamda  ijtimoiy  hayotidagi  o ‘zgarishlarni  e’tiborga  olib;

—  Xalqaro-huquqiy  hujjatlarda  qayd  etilgan  o ‘z  taqdirini 

o ‘zi  belgilash  huquqiga  asoslanib;

—  0 ‘zbekiston  xalqlarining  taqdiri  uchun  butun  m as’u- 

liyatni  anglab;

—  Shaxs  huquq  va  erkinliklarining,  m ustaqil  davlatlar 

o ‘rtasidagi  chegaralarning  buzilmasligi  to ‘g‘risidagi  q a t’iy 

sadoqatni  bayon  etib;

—  Millati,  diniy  e’tiqodi  va  ijtimoiy  mansubligidan  q a t’i 

nazar,  R espublika  h u d ud id a  yashovchi  h ar  bir  kishining 

m u no sib   h a y o t  k ech irish in i,  s h a ’ni  va  q ad r-q im m atin i 

ta ’minlaydigan  insonparvar  demokratik  huquqiy  davlat  barpo 

etishga  intilib;

—  Mustaqillik  Deklaratsiyasini  amalga  oshirib,  0 ‘zbekis- 

ton  Sovet  Sotsialistik  Respublikasi  Oliy  Kengashi  0 ‘zbekis- 

tonning davlat mustaqilligi  va ozod  suveren  davlat -  0 ‘zbekis- 

ton  Respublikasi  tashkil  etilganligini  tantanali  ravishda  e’lon 

qiiadi.


0 ‘zbekiston  Respublikasining  o ‘z  tarkibidagi  Q oraqal- 

p o g ‘iston  R espublikasi  bilan  b irg a  hududi  b o ‘linm as  va 

daxlsizdir.  0 ‘zbekiston  Respublikasining  boshqa  davlatlarga 

hududiy d a ’volari  boim ay,  u  o ‘z hududi va tabiiy boyliklariga 

nisbatan  oliy  huquqqa  egadir».

0 ‘zbekiston  parlam entining  bu  bayonoti  o ‘zining  qonun 

kuchi  bilangina  emas,  siyosiy  m antig‘i,  m a’naviy  qudrati, 

xalqaro  huquq  normalariga  mos  kelishi  va  eng muhimi,  millat 

taqdirini  hal  etadigan  tarixiy  qadriyat  ekanligi  bilan  alohida 

ajralib  turadi.

0 ‘zbekiston  Respublikasi  Oliy  Kengashi  1991-yilning  31- 

avgustida  0 ‘zbekiston  Respublikasining  «Davlat  mustaqilligi 

asoslari to ‘g‘risida»gi qonun qabul qilish ushbu qonun doirasida 

0 ‘zbekiston  SSRni  bunda^n  keyin  0 ‘zbekiston  Respublikasi 

deb  atash,  1-sentabrni  M ustaqillik  kuni  deb  e’lon  qilish, 

0 ‘zbekiston  Konstitutsiyasiga  o‘zgartirishlar  va  qo‘shimcha-

44


lar kiritish, shuningdek, ittifoqning va uning tarkibiga kiradigan 

barcha  mustaqil  davlatlarning  oliy  qonun  chiqaruvchi  idora- 

lariga,  barcha  xorijiy  davlatlarga  va  jaho n   ham jam iyatiga 

murojaat qilib,  ularni  Respublikaning davlat mustaqilligi e’lon 

qilingan hujjatini tan olishga d a’vat etish to ‘g‘risida qaror qabul 

qildi.  Bu  bevosita  0 ‘zbekiston  m ustaqilligining  dastlabki 

huquqiy  poydevori  edi.

Ayni  shu  maqsadlarni  k o ‘zlab,  Respublika  Oliy  Kengashi- 

ning  X II  chaqiriq  navbatdan  tashqari  sessiyasi  1991-yil  31- 

avgustda  o ‘z  ishini  boshladi.

0 ‘zbekistonning  mustaqil  davlat 

deb  e’lon  qilinishida  mazkur  sessiya 

katta  tarixiy  ahamiyat  kasb  etgan- 

ligini alohida ta ’kidlash lozim.  Unda 

« 0 ‘zb ek isto n   R esp u b lik asin in g  

davlat mustaqilligi asoslari to ‘g‘risida» Konstitutsiyaviy qonun 

ham da  « 0 ‘zbek iston   R esp u b lik asin in g   D av lat  b a y ro g ‘i 

to ‘g‘risida»gi qonun  kun  tartibiga  qo‘yilib,  qizg‘in muhokama 

qilindi.

Oliy  Kengash  deputatlari  0 ‘zbekiston  Respublikasining 

«Davlat Mustaqilligi asoslari to ‘g‘risida»gi qonunni moddama- 

modda  muhokama  qilib,  qabul  qildilar.  So‘ngra  Respublika 

D av lat  m ustaqilligi  to ‘g ‘risidagi  B ayonot  q abul  qilinib, 

0 ‘zbekiston  SSRning  nomi  0 ‘zbekiston  Respublikasi  deb 

o ‘zgartirildi. Mustaqillik belgilangan kun  1-sentabr  1991-yildan 

boshlab  milliy  bayram  va  dam  olish  kuni  deb  e’lon  qilindi.

0 ‘zbekiston  R espublikasining  m ustaqilligi  haqidagi  bu 

hujjatlar  o ‘zbek  xalqining  asriy  orzusi  ro ‘yobga  chiqqanligi- 

ning  huquqiy  ifodasi  bo ‘ldi.

0 ‘zbekiston  Respublikasining  «Davlat  mustaqilligi  asoslari 

to ‘g‘risida»gi  qonun  g‘oyat  katta  ahamiyatga  ega  b o ‘lganligi 

uchun bu muhim hujjat haqida batafsil to ‘xtash lozim.  Mazkur 

q o n u n   aso sid a  0 ‘zb e k isto n n in g   h u q u q iy   h o la ti  tu b d a n  

o ‘zgardi.  0 ‘z mohiyatiga ko‘ra ushbu hujjat Respublika uchun 

vaqtincha  Konstitutsiya  rolini  ham  o ‘ynaydigan  b o id i.  0 ‘n 

yetti moddadan iborat bu qonun suveren 0 ‘zbekiston  Respub­

likasining  asosiy  belgilarini  aniqlab  beradi.  Unda:

—  0 ‘zbekiston  R espublikasi  o ‘z  tark ib id ag i  Q oraqal- 

pog‘iston  Respublikasi bilan  birga mustaqil  demokratik davlat 

deb  e’lon'qilindi;

—  0 ‘zbekiston  Respublikasining  xalqi  davlat  hokimiyati­

ning  birdan-bir  sohibi  ekanligi;

45

Bilasizmi,  hozirgi  vaqtda 

dunyoda  230ga  yaqin  mus­

taqil suveren davlatlar mav- 

jud.


—  0 ‘zbekiston  R espublikasi  to ‘la  davlat  hokim iyatiga 

egaligi,  o ‘zining milliy  davlat va m a’muriy-hududiy  tuzilishini, 

hokimiyat  va  boshqaruv  idoralari  tizimini  mustaqil  belgilash 

huquqi  k o ‘rsatildi;

— 0 ‘zbekiston Respublikasida Konstitutsiya, uning qonun- 

lari  ustun  ekanligi  va  davlat  idoralarining  tizimi,  hokimiyatni 

qonun chiqaruvchi,  ijroiya va  sud hokimiyatiga  ajratish tartibi 

asosida  qurilganligi;

—  0 ‘zbekiston  mustaqilligining  iqtisodiy  asoslari  izohlab 

berildi;


—  0 ‘zbekistonning  tashqi  siyosiy  aloqalardagi  mustaqilligi 

belgilandi;

—  0 ‘zbekiston  Respublikasi  hududida  Inson  huquqlari 

um um jahon  D ek-laratsiyasiga  m uvofiq  holda  R espublika 

fuqaroligi  joriy  etilishi,  fuqarolar  millati,  elati,  ijtimoiy  kelib 

chiqishi,  qaysi  dinga mansubligidan  q at’i  nazar,  bir xil  huquq- 

larga  egaligi  va  ular  Respublika  Konstitutsiyasi  va  qonunlari 

himoyasida  b o ‘lishlari  qonunlashtirildi;

—  Davlat  ramzi  b o ig a n   gerb,  bayroq  va  madhiya  hamda 

davlat  tili  haqida  normalar  belgilandi;

—  Qoraqalpog‘iston  0 ‘zbekiston  tarkibida  ekanligi  e’tirof 

etiladi.  Shuningdek,  Q o ra q a lp o g ‘iston  R espublikasining 

0 ‘zbekiston  Respublikasi  tarkibidan  tegishli  tartibda  chiqib 

ketishi  mumkinligi  ham  e’tirof etildi.

Bunday  Q onunning  qabul  qilinishi  m ustaqillik  davrida 

q o ‘lga  kiritilgan  yutuqlarning  natijasi  hisoblanadi.  Bu  esa 

huquqiy,  iqtisodiy  ham da  m a ’naviy-axloqiy  m unosabatlar 

natijasi  sifatida juda  muhim  ahamiyatga  ega.  Shuning  uchun 

ham ushbu Qonunga 0 ‘zbekiston SSR Oliy Kengashining 1991- 

yil  30-sentabr  qarori  bilan  Konstitutsiyaviy  qonun  maqomi 

berildi.

0 ‘zbekiston  Konstitutsiyasi  uning  xalqi  erishgan  huquq  va 

erkinliklarini,  davlat  hokimiyatini  tashkil  etishdagi  o‘z  xohish- 

istaklarini  qonuniy  tartibda  rasmiylashtirib,  mustahkamladi. 

0 ‘zbekiston  Respublikasining  «Davlat  mustaqilligi  asoslari 

to ‘g‘risida»gi  Konstitutsiyaviy  qonun  e ’lon  qilingan  kundan 

boshlab  to  yangi  Konstitutsiya  qabul  qilingunga  qadar  15  oy 

vaqt o ‘tdi, ana shu davr ichida davlat boshqaruvini qayta tashkil 

etishda  g‘oyat  katta  amaliy  ishlar  tajribasi  to ‘plandi.  U nda 

yashovchi xalqlarning yangicha yashashga va o ‘z davlat tuzumini 

barpo  qilishga  bo‘lgan  intilishlari  va  ularning  huquq  va  erkin­

liklarini  rivojlantirishning  eng  muhim  kafolati  ekanligi  unda

46


m ustahkam lab  q o ‘yildi.  Shu  davr  m obaynida  dem okratik 

ijtimoiy  va  davlat  tuzumining  asoslari,  oliy  va  mahalliy  davlat 

hok im iyati  va  id o ra  o rg an la rin in g   tizim i  ta rk ib   top di, 

umuminsoniy  demokratiya  prinsiplari  o ‘rnatildi.  0 ‘zbekiston 

Konstitutsiyasining  asosiy  prinsiplari  maromiga  yetkazildi.  Bu 

prinsiplar  xalq  ommasining  ham  mamlakat  ichida,  ham  butun 

jahonda  mustaqillik  uchun  olib  borgan  kurashlari  natijasini 

o ‘zida mujassamlashtirdi.  Shu  tariqa,  mustaqil 0 ‘zbekistonning 

Konstitutsiyaviy tuzumi asoslarini, fuqarolarning huquq va erkin­

liklarini,  davlat  hokimiyati  organlarining  tashkil  etilishi  hamda 

faoliyati prinsiplarini va boshqa ijtimoiy munosabatlarni belgilab 

beradigan  Konstitutsiya  qabul  qilish  zaruriyati  paydo  boidi.



3-§.  0 ‘zbekiston  Respublikasi  davlat  ramzlari: 

bayroq,  madhiya  va  gerb

H ar  qanday  mustaqil  davlatning  belgilari  jumlasiga  uning 

timsoliy  ramzlari  ham  kiradi.

R am zlar  —  shartli  belgilar  b o ‘lib,  ular  qadim   zam on- 

lardayoq  turli  xalqlarda  u  yoki  bu  hodisa,  olam,  mavjudot, 

odam lar  tasvirini  ifodalagan.  Ram zlar  bevosita  xalq,  millat 

hayoti,  an ’analari,  ruhiyati,  folklori,  tarixi  bilan  chambarchas 

bog‘liqdir.



Davlat  ramzlari  -   bu  m ustaqil  davlatning  muhim  tashqi 

belgilarini  o‘zida  mujassamlashtiradi.  Davlat  ramzlarida  xalq- 

ning azaliy orzusi, uning ezgu niyatlari, bugungi hayot mazmuni 

aks  etadi.



0 ‘zbekiston  Respublikasining  bayrog‘i,  gerbi  va  madhiyasi.

H ar bir mustaqil davlat o ‘z bayrog‘i,  gerbi va madhiyasiga ega 

b o ‘ladi.  K o n stitu tsiy am izn in g   5 -m o d d asid a  davlatim iz 

bayrog‘i,  gerbi  va  madhiyasining  huquqiy  asoslari  belgilab 

berilgan.  Y o‘lboshchimiz  ta ’kidlaganidek,  «Davlatimiz  ramz­

lari — bayroq, gerb va madhiya 0 ‘zbekiston xalqlarining shon- 

sharafi, g‘ururi, tarixiy xotirasi va intilishlarini o ‘zida mujassam­

lashtiradi»  va  ular  haqida  maxsus  qonunlar  qabul  qilingan. 

0 ‘zbekiston  Respublikasining  D avlat  bayrog‘i  to ‘g‘risidagi 

qonun  1991-yil  18-noyabrda,  Davlat  gerbi  to ‘g‘risidagi  qonun 

1992-yil  2-iyulda,  Davlat  madhiyasi  to ‘g‘risidagi  qonun  1992- 

yil  10-dekabrda  qabul  qilingan.

0 ‘zbekiston  Respublikasi  davlat  mustaqilligining  ramzlari 

muqaddas bo‘lib, ularni har qanday yo‘l bilan tahqirlash qonun 

bilan  javobgarlikka  tortiladi.

47


D avlat  ramzlari  haqida  gapirar 

^kanmiz,  avvalo  ularning  mohiyati, 

fiima uchun zarurligi va tarixiy kelib 

chiqishi haqida ham bilib olish kerak.

$hundagina ularning davlat hayotida 

tutgan  o ‘rni  va  ahamiyati  tushunarli  bo‘ladi.



Davlat  bayrog‘i  -   bu  tasviri  qonun  tomonidan  (ko‘pincha 

K onstitutsiya  bilan)  o ‘rnatiladigan,  biror  davlatni  boshqa 

davlatlardan  farqlovchi  rasmiy  belgisi,  nishonidir.  U  davlat 

mustaqilligi,  suvereniteti ramzi hisoblanadi.  Davlat bayroqlari, 

ularning rangi,  tuzilishi  va emblemalari  o ‘zboshimchalik  bilan, 

ixtiyoriy suratda belgilanmaydi. Ular m a’lum ramziy ahamiyat- 

ga  ega  bo‘lishi  kerak.

Davlat  bayrog‘i  davlat  muassasalari,  elchixonalar,  konsul- 

liklar, missiyalar, bojxonalar va shu kabi qarorlarning binosida 

ko‘tariladi. Elchixonalar, missiyalar, konsulliklar milliy bayram- 

lari  kuni  o ‘z  mamlakatlarining  bayroqlarini  osib  q o ‘yadilar. 

D av lat  b ay ro q lari,  shuningdek,  xalq aro  ko nferensiyalar 

ochilishida,  rasmiy  m arosim -uchrashuvlar  vaqtida,  xalqaro 

sport sovrinlari berilayotgan vaqtda va hokazo holatlarda ham 

k o ‘tariladi.

M ustaqil  0 ‘zbekiston  Respublikasining  D avlat  bayrog‘i

1991-yil  18-noyabrda  Oliy  Kengash  tomonidan  qabul  qilingan 

qonun  bilan  tasdiqlangan.

0 ‘zbekiston  Respublikasining  davlat  bayrog‘i  muqaddas 

hisoblanib,  u  davlatimiz  mustaqilligining  ramziy  belgisidir. 

Qonunda  k o ‘rsatilganidek,  bayrog‘imiz  xalqaro  m aydonda 

0 ‘zbekiston Respublikasi delegatsiyalarining xorijiy mamlakat- 

larga safari chog‘ida, xalqaro tashkilotlarda, konferensiyalarda, 

jah o n   k o ‘rgazm alarida,  sport  m uso b aqalarida  k o ‘tarilib, 

yurtimizni  ulugiaydi.  Respublikamiz  bayrog‘i  doimiy  suratda

-   0 ‘zbekiston  R espublikasi  P rezidenti  devoni  b in osid a, 

0 ‘zbekiston  Respublikasi  Oliy  Majlisi  palatalari  binosida, 

0 ‘zbekiston  Respublikasi hukumati  -  Vazirlar  Mahkamasining 

binosida,  Qoraqalpog‘iston Respub­

likasi J o ‘qorg‘i Kengesi va hukumati 

binosida,  m ahalliy  K engashlar  va 

Respublikamiz doimiy vakolatxona- 

lari  binolarida  k o ‘tariladi.



Download 8.86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   40




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling