R e s p u b L i k a s I k o n s t I t u t s I y a s I n I


Download 8.86 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/40
Sana21.03.2020
Hajmi8.86 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   40

Gerb  term ini  «erbo»  s o ‘zidan 

olingan  b o ‘lib,  shohlar  va  hukm - 

dorlarga  davlat,  sarhad,  hudud  va

48

Bundan  2500  yil  muqadd- 



am Erondan Oltoyga qadar 

cho‘zilgan  sarhadlarda 

hukm  surgan qadimgi turk 

xoqoni  O‘g‘izxon  davrida 

ham turkcha «tamg‘a» so‘zi 

aynan shu ma’noni bildirar 

edi.

Avstraliya  gerbida  faqat 

Avstraliyada yashovchi noy- 

ob  hayvon  kenguruning 

tasviri tushurilgan.

b o sh q a   n a s ld a n -n a slg a   m eros  q o lu v ch i  m ulk  b elgisini 

anglatadi.

G erb  -   bu  tam g ‘a,  emblema,  meros  b o ‘lib  qolgan,  bir 

davlatni  boshqalardan  ajratib  turadigan  belgisi,  tam g ‘asi, 

nishoni  timsolidir.

1992-yil  2-iyulda  0 ‘zbek isto n   R esp u b lik asin in g   Oliy 

Kengashi tomonidan tasdiqlangan gerb davlatimizning siyosiy, 

milliy xo‘jalik, jo ‘g‘rofiy, etnik va boshqa o ‘ziga xos xususiyat- 

larini hamda boy tarixiy an’analarini mujassamlashtirgan. Shu­

ningdek,  gerbim izda  0 ‘zbekistonning  ijtim oiy  va  d av lat 

tuzilishi,  tamoyillari  o ‘ziga  xos  tarzda  ifoda  etilgan.  0 ‘zbekis- 

ton  Respublikasi  Davlat  gerbining  rangli  ko‘rinishida:  Humo 

qushi va  daryolar -  kumush  rangda;  quyosh,  boshoqlar,  paxta 

chanoqlari va « 0 ‘zbekiston» yozuvi -  oltin rangda, g‘o ‘za shox- 

lari va barglari, tog‘lar va vodiy — yashil rangda; chanoqlardagi 

paxta  -   oq  rangda;  lenta  -   0 ‘zbekiston  Respublikasi  Davlat 

b a y ro g ‘ining  ra n g la rin i  aks  e ttiru v c h i  uch  xil  ran g d a; 

sakkizburchak  -   oltin  zarhal  bilan  hoshiyalangan  holda  havo 

rangda;  yarimoy  va  yulduzlar —  oltin  rangda  tasvirlangan.

0 ‘zbekiston  R espublikasining  D avlat  gerbi  beh u rm at 

qilinganda  0 ‘zbekiston  Respublikasi  qonunlarida  belgilangan 

tartibda jazolanadi.



Madhiya  -   grekcha  «gamn»  so ‘zidan  olingan  b o iib ,  u 

dasturiy  xarakterdagi  she’rni  tantanali  qo‘shiq  qilib  tarannum 

etilishi  m a’nosida  qoilaniladi.  Madhiyalarning  bir  necha  tur­

lari  mavjud.  Masalan,  davlat,  inqilob,  harbiy,  diniy va  hokazo 

madhiyalar bor.  Bularning ichida eng asosiysi davlat madhiyasi 

hisoblanadi.

Davlat  madhiyalari  hozirgi  zamon  barcha  mustaqil  davlat- 

larida mavjud bo‘lib,  u davlat bayroq‘i va davlat gerbi bilan bir 

qatorda davlatning rasmiy tantanavor ramzi bo‘lib hisoblanadi.

0 ‘zbekistonning  o ‘z  davlat  madhiyasi  uzoq  ijodiy  izlanish- 

lar  natijasida  atoqli  shoir  Abdulla  Oripov  tomonidan  yozilib, 

san’at  arbobi  M utal  Burxonov  tomonidan  kuy  bastalandi  va

1992-yil  10-dekabrda 0 ‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi- 

ning XI  sessiyasida  qabul  qilindi.  Madhiyamizda  o ‘zbek xalqi- 

ning  shodiyona  fikr-o‘ylari  va  his-tuyg‘ulari  bekamu ko‘st  o ‘z 

ifo d asin i  to p g a n .  1992-yil  1 0 -d ekab rd a  q ab u l  qilin g an  

'   « 0 ‘zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi to ‘g‘risida»gi 

qo n u n g a  b in o a n ,  0 ‘zb ek isto n   R esp u b lik asin in g   D av lat 

Madhiyasi  0 ‘zbekiston  Respublikasi  Davlat  suverenitetining 

ramzidir.

49


0 ‘zbekiston  Respublikasining  D avlat  madhiyasi  ko‘pchi- 

lik  h u zu rid a  ijro  etilgan  ta q d ird a   hozir  b o ‘lgan  kishilar 

madhiyani  tik  turib  tinglaydilar.

Shunday qilib, yurtboshimiz haqli ravishda ta’kidlaganidek, 

«Davlatimiz  ramzlari  -   bayroq,  tamg‘a,  madhiya  0 ‘zbekiston 

xalqlarining  shon-sharafi,  g ‘ururi,  tarixiy  xotirasi  va  intilish- 

larini  o ‘zida mujassamlashtirdi.  M ana  shu  ramzlarni  e’zozlash

-  o ‘zining qadr-qimmatini,  o ‘z mamlakatiga va  shaxsan  o ‘ziga 

b o ig a n   mustahkamlash  demakdir».

Demak, 0 ‘zbekiston Respublikasining davlat ramzlari faqat 

o ‘zbek davlatigagina taalluqli bo‘lib, mohiyati chuqur m a’noga 

ega  shartli  belgilar  badiiy  ifoda  sifatida  m a’lum  bir  k o ‘rinish- 

larda  aks  etadiki,  bunday  k o ‘rinish  ohanglar,  so‘zlar,  tabiat 

tasviri,  ranglar,  astrologik jismlar  va  boshqa  turli  shakllarda 

bo‘lib, xalqimizning o ‘tmishi, istiqboli, g‘ururi va faxrini o ‘zida 

mujassamlashtiradi.  Shundan  biz  sanab  o ‘tgan  milliy  davlat 

ramzlari olamshumul voqea, ular mustaqil 0 ‘zbekiston davlati- 

ning yorqin timsollari b o iib , bu timsollar bugun, erta va buyuk 

kelajagim iz  uchun  m unosib  xizmat  qilajak.  Y urtboshim iz 

ta ’kidlaganidek,  «shu  ram zlarni  e ’zozlash  -   o ‘zining  qadr- 

q im m atin i,  o ‘z  m am lak atig a  va  shaxsan  o ‘ziga  b o ‘lgan 

ishonchni  mustahkamlash  demakdir».

Har bir xalq, har bir elat o ‘zi hurmat-ehtirom qiladigan tilga 

ega.  Tilga  b o ‘lgan  m unosabat  ana  shu  tildan  foydalanuvchi 

odam larning  k o ‘p  yoki  oz  sonli  ekanligiga  bog‘liq  emasdir. 

Tilda  ana  shu  tilning ijodkori .bo‘lgan  xalqning,  elatning  tarixi 

va  madaniyati  aks  etadi.

Til  millatning  ajralmas  belgisi  va  davlat  mustaqilligi  rarnz- 

laridan  biridir.  Shuning  uchun  ham  0 ‘zbekiston  Respublikasi 

Konstitutsiyasining  4-moddasida  quyidagi  normalar  mustah­

kamlangan:

« 0 ‘zbekiston  Respublikasining  davlat  tili  o ‘zbek  tilidir.

0 ‘zbekiston  o ‘z  hududida  istiqomat  qiluvchi  barcha  millat 

va elatlarning tillari, urf-odatlari va an ’analarini hurmat qilishini 

ta ’minlaydi,  ularning  rivojlanishi  uchun  sharoit  yaratadi».

0 ‘zbekiston  Respublikasi  Konstitutsiyasining  bu  moddasi 

o ‘zbek tilining qonuniy huquqlarini tiklashga qaratilgan bo‘lib, 

unda  avvalo  0 ‘zbekistondagi  davlat  tili  o‘zbek  tili  ekanligi 

bayon etilgan.  Konstitutsiyamiz ushbu moddasining o ‘ziga xos 

yaratilish tarixi bor.  M a’lumki,  1989-yil 21-oktabrda 0 ‘zbekis- 

ton Oliy Kengashi 0 ‘zbekistonning davlat tili haqidagi qonunini 

qabul qildi,  1995-yil 21-dekabrda «Davlat tili haqida»gi qonun-

50


ning yangi tahriri amalga kiritildi.  Sobiq ittifoq davrida -  «qizil 

imperiya»  sharoitida,  «markaz»ning  tazyiqi  va  ta ’siri  kuchli 

b o ‘lgan  bir  pay td a  ona  tilim izga  davlat  tili  m aqom ining 

berilishi katta jasorat edi.  Bu o ‘sha vaqtlardayoq milliy istiqlol 

sari  qo‘yilgan  dadil  qadamlardan  bo‘lib,  bu  borada  xalqimiz- 

ning  eng  ezgu  orzu-umidlari  ro ‘yobga  chiqdi.  Bu  o ‘zbek  tili- 

ning  120  yillik  siyosiy  bosqindan  ozod  b o ‘lib,  o ‘zining  erkin 

va  tabiiy  taraqqiyot  yoiiga  tushib  olishining  debochasi  edi.

0 ‘zbekiston  Respublikasida  davlat  tiliga  yoki  boshqa  til- 

larga  mensimay  yoki  xusumat  bilan 

qarash  taqiqlanadi.  Fuqarolarning 

o ‘zaro  muomala,  tarbiya  va  ta ’lim 

olish  tilini  erkin  tanlash  huquqini 

amalga  oshirishiga  to ‘sqinlik  qiluvchi  shaxslar  qonun  hujjat­

lariga  muvofiq javobgar  b o ‘ladilar.

D avlat  tilining  muhim  belgilaridan  biri  —  uning  barcha 

rasmiy  ish  yuritishda  toialigicha  qo‘llaniIishidir.  O'zbekiston- 

ning davlat tili haqidagi qonuniga ko‘ra, 0 ‘zbekiston hududida 

yashovchi  h ar  bir  shaxsning  dav lat,  ja m o a t  id o ralari  va 

tashkilotlariga ish yuzasidan  taklif,  ariza hamda shikoyat bilan 

davlat  tilida  m urojaat  etish  va javoblar  olish  huquqi  ta ’min- 

lanadi.  0 ‘zbekistonda  ishlovchi  barcha  m ansabdor  shaxslar, 

rahbar xodimlar o ‘z xizmat vazifalarini bajarish uchun Respub­

lika davlat tilini yetarli darajada bilishlari shart. Aholiga xizmat 

ko‘rsatish ishlari bilan shug‘ullanuvchi shaxslar ham o ‘z xizmat 

vazifalarini bajarish uchun davlat tilini bilishlari lozim. Respub­

likamizda  qonunlar,  qarorlar,  farmonlar  va  boshqa  hujjatlar 

bevosita  davlat  tilida  tayyorlanib,  qabul  qilinmoqda  va  e’lon 

etilmoqda.  Hozirgi  vaqtda  barcha  turdagi  yig‘ilishlar,  majlis- 

lar  va  kengashlarning  o ‘zbek  tilida  o ‘tayotganligi  Qonunning 

tobora  hayotimizga  singib  ketayotganligini  k o ‘rsatmoqda.

Kirill yozuvidan lotin yozuviga o ‘tilayotgani ham ona tilimiz 

ravnaqi  yoiidagi  yana  bir  muhim  qadamdir.  Bu  qachonlardir 

u n u tilg an   tarixim iz  um m oniga  t o ‘liq  kirish  uchun  keng 

imkoniyatlar  ochadi.

Xullas,  0 ‘zbekistonning  davlat  tili  haqidagi  Qonuni  va 

K o n stitu tsiy a n in g   4-m oddasi  o ‘zbek  tilin in g   y an ad a 

rivojlanishi,  keng  o ‘rganilishi,  targ‘ib  qilinishi  uchun  yordam 

beradi.  Q ‘zbek  tilining  davlat  tili  sifatida  yashayotganligi 

bugungi  milliy  istiqlolimizning  muhim  belgilaridan  biridir.

Shunday  qilib,  K onstitutsiyam izning  ushbu  m oddasida 

belgilangan  m e’yor  bir  tomondan,  o ‘zbek  tili  va  o ‘zbek  xalqi



Shvetsariyada bir yo‘la uch- 

ta til rasman davlat tili hiso­

blanadi.

hayotida  tilning  taraqqiyoti  va  xalqlarning  m a’naviy  kamolo- 

tida,  milliy  istiqlolga  erishishida  beqiyos  omil  b o ‘lib  xizmat 

qilsa,  ikkinchi  tomondan esa,  boshqa millat va elatlarning teng 

huquqliligi  saqlab  qolinishida,  ularning  tillari,  urf-odatlari  va 

an ’analarining hurmat qilinishi va yanada rivojlanishida muhim 

kafolatdir.



0

}

4-§.  Xalq  hokimiyatchiligi  —   davlat  hokimiyatini 

amalga  oshirishning  asosiy  tamoyili  sifatida

X alq  davlat  hokim iyatining  m anbaidir.  U ning  xohish- 

irodasi  davlat  siyosatini  belgilab  beradi.  Bu  siyosat  inson  va 

jamiyatning  farovonligini,  0 ‘zbekiston  barcha  fuqarolarining 

munosib  turmushini  ta ’minlashga  qaratilgan  b o ‘lishi  kerak.

0 ‘zbekiston  Respublikasi  Konstitutsiyasining  7-moddasiga 

muvofiq,  xalq  davlat  hokimiyatining  birdan-bir  manbaidir. 

0 ‘zbekiston Respublikasi davlat hokimiyati xalq manfaatlarini 

ko‘zlab  va  0 ‘zbekiston  Respublikasi  Konstitutsiyasi  hamda 

uning  asosida  qabul  qilingan  qonunlar  vakolat  bergan  idora- 

lar  tomonidangina  amalga  oshiriladi.

« 0 ‘zbekiston,  —  deydi  Prezidentimiz  Islom  Karimov,  — 

kelajagi  buyuk  davlat.  Bu  m ustaqil,  dem okratik,  huquqiy 

davlatdir.  Bu — insonparvarlik qoidalariga asoslangan, millati, 

dini,  ijtimoiy  ahvoli,  siyosiy  e’tiqodlaridan  q at’i  nazar  fuqaro­

la rn in g   h u q u q la ri  va  erk in lik larin i  t a ’m inlab  beradigan 

davlatdir»22.

K o n stitu tsiy a d a   n a z a rd a   tu tilm a g a n   ta rtib d a   d av lat 

hokim iyati  vakolatlarini  o ‘zlashtirish,  hokim iyat  idoralari 

faoliyatini to ‘xtatib qo‘yish yoki tugatish, hokimiyatning yangi 

va muvoziy tartiblarini tuzish Konstitutsiyaga xilof hisoblanadi 

va  qonunga  binoan javobgarlikka  tortishga  asos  bo‘ladi.

0 ‘zbek isto n   R esp ub likasi  K o n stitu tsiy asi  m am lakat 

demokratik  taraqqiyotining  strategik  yo‘nalishlarini,  insonning 

siyosiy huquqlarini xalqaro andozalar miqyosida belgilab beradi, 

xalqaro huquq ustunligini,  hokimiyatlar taqsimlanishini,  davlat­

ning asosiy muassasalari va mahalliy o‘zini-o‘zi boshqarish idora- 

larin in g   saylanishini,  k o ‘p p artiy av iy lik n i,  m afkuraviy 

plyuralizmni  o ‘zida  aks  ettiradi.

0 ‘zbekiston  R espublikasi  davlat  m ustaqilligini  q o ‘lga 

kiritgan dastlabki kunlardayoq, u qanday taraqqiyot yo‘lidan

22  Karimov  I.A.  0 ‘zbekiston:  milliy  istiqlol,  iqtisod,  siyosat,  mafkura.

T.l-T.:  « 0 ‘zbekiston»,  1996, 44-bet.

52


boradi,  qanday jamiyat,  qanday davlat quradi,  uning qiyofasi 

qanday  b o ‘ladi,  degan savollar  ko‘ndalang turardi.  0 ‘zbekis- 

tonning  o ‘z  istiqlol  va  taraqqiyot  y o iin i  belgilash  lozim  edi. 

Ana  shu  yo‘lni  belgilashda  0 ‘zbekiston  Prezidenti  I.Karimov 

ulkan  hissa  q o ‘shdi.  I.K arim ovning  « 0 ‘zbekistonning  o ‘z 

istiqlol  va  taraqqiyot  yo‘li»,  « 0 ‘zbekiston  —  bozor  munosa- 

batlariga  o‘tishning  o ‘ziga  xos  yo‘li»,  « 0 ‘zbekiston  iqtisodiy 

islohotlarni  chuqurlashtirish  yo‘lida»  nomli  asarlarida,  shu­

ningdek,  Respublika  parlam entida  va  boshqa  yig‘ilishlarda 

qilgan  m a’ruzalari  va  nutqlarida  0 ‘zbekistonning  o ‘ziga  xos 

ta ra q q iy o t  y o ‘li,  d em o k ra tik   ja m iy a t  q u rish n in g ,  milliy 

h u q u q iy   d a v la t  b a rp o   e tish n in g   n a z a riy   m eto d o lo g ik , 

g‘oyaviy-siyosiy,  iqtisodiy,  m a’naviy-madaniy  asoslari  ishlab 

chiqildi.  0 ‘zb ek isto n n in g   ta ra q q iy o t  y o ‘li,  b irin ch id an , 

xalqaro  tajribaga  asoslangan  holda,  ikkinchidan,  xalqimiz- 

ning  m illiy  x u s u siy a tla ri,  q a d riy a tla ri,  u rf-o d a tla rig a , 

uchinchidan,  R espublikaning  o ‘z  im koniyatlari  va  shart- 

sharoitlariga mos  ravishda ishlab chiqildi.  Bu yo‘lga quyidagi 

asosiy  yo‘nalishlar  asos  qilib  olindi:

—  demokratik,  odil,  fuqarolik jamiyat  qurish;

—  qonun  chiqaruvchi,  ijro  etuvchi  va  sud  hokim iyati 

vakolatlarini  ajratish;

—  milliy  davlatchilik  tarixi  tajribasiga  asoslangan  huquqiy 

davlat  barpo  etish;

— qonun va  qonunlarga rioya qilish ustunligini  ta ’minlash;

— islohotlarda davlatning tashabbuskor va yetakchilik roli;

—  ijtimoiy  yo‘naltirilgan  bozor  iqtisodiyotini  bosqichma- 

bosqich  shakllantirish,  k o ‘p  ukladli  iqtisodiyotni  vujudga 

keltirish,  xususiy  mulk  daxlsizligini  ta’minlash,  tashabbuskor- 

lik,  ishbilarmonlik,  tadbirkorlikka  k o ‘maklashish;

—  b ir  m a fk u ra n in g   y ak k a h o k im lig id an   voz  kechish, 

mafkuralar va fikrlar xilma-xilligini tan olish, hurflkrlik, vijdon 

va  din  erkinligi  qoidalarini  qaror  toptirish;

— kommunistik partiya yakka hukmronligiga chek qo‘yish, 

k o ‘ppartiyaviylikni  amalda  shakllantirish;

—  ozchilikdan  iborat  millatlarning  manfaatlari  va  huquq- 

larini  himoya  qilish;

—  hamma  uchun  umumiy  ta ’lim  olish,  mehnat  qilish,  dam 

olish  shart-sharoitlarini  yaratish;

—  ijodiy  m ehnatni  qadrlash,  odam larning  iste’dod  va 

qobiliyatlarini  namoyon  etish  uchun  imkoniyatlar  yaratish  va 

boshqalar.

53


0 ‘zbekiston  Respublikasi  Konstitutsiyasining  7-moddasiga 

binoan xalq  davlat hokimiyatining birdan-bir manbai sanaladi. 

0 ‘zbekiston  Respublikasida  davlat  hokimiyati  xalq  m anfaat­

larini  ko'zlab  va  0 ‘zbekiston  Respublikasi  K onstitutsiyasi 

hamda  uning  asosida  qabul  qilingan  qonunlar  vakolat  bergan 

idoralar  tomonidangina  amalga  oshiriladi.  Ushbu  moddadan 

kelib chiqib,  davlat hokimiyati xalq manfaatlari yo‘lida xizmat 

qilar  ekan,  uning  uchun  o ‘z  faoliyatini  olib  borar  ekan,  o ‘z 

navbatida  xalq  ham  davlat  uchun  o ‘zining  oldiga  qo'yilgan 

yuksak  va  ishonchli  vazifalarni  amalga  oshirmog‘i  lozim.

Konstitutsiyaning  7-moddasiga  binoan,  davlat  hokimiyati 

faqat  Konstitutsiyada  va  qonunlarda  k o ‘zda  tutilgan  va  ular 

asosida tuzilgan idoralar tomonidan amalga oshiriladi.  Hozirgi 

vaqtda  bizda  davlat  hokim iyatining  tizimi  —  uning  qonun 

chiqaruvchi,  ijro  etuvchi  va  sud  ho kim iyatiga  b o ‘linishi 

tamoyiliga  asoslanadi.  Q onun  chiqaruvchi  hokim iyat  Oliy 

Majlis  tom onidan,  ijroya  hokim iyati  Prezident  va  Vazirlar 

M ahkamasi  tomonidan,  sud  hokimiyati  esa  Konstitutsiyaviy 

sud,  Oliy  sud  ham da  Oliy  xo‘jalik  sudi  tom onidan  amalga 

oshiriladi. Davlat hokimiyatini amalga oshiruvchi barcha idora­

lar  o ‘z  faoliyatini  faqat  qonun  tom onidan  berilgan  vakolat 

doirasidagina  yuritadilar.  U larning  o ‘zboshim chalik  bilan 

K o n stitu tsiy a  va  q o n u n lard an   ta sh q ari  v ak o latlarg a  ega 

bo‘lishi,  o‘zlariga berilgan vakolatdan chetga chiqishi mumkin 

emas.  Shuningdek, ularning vakolatlarini boshqa organlar yoki 

tashkilotlar,  alohida  shaxslar  amalga  oshirishi  mumkin  emas.

Yuqorida  aytib  o ‘tilgan  barcha  davlat idoralarining  tashkil 

etilishi  va  huquqiy  holati  Konstitutsiya  va  tegishli  qonunlarda 

belgilab qo‘yilgan. Barcha davlat idoralari va mansabdor shaxs­

lar,  shu jumladan,  fuqarolar  ham  0 ‘zbekiston  Konstitutsiyasi 

va uning  asosida qabul qilingan qonunlarga  so‘zsiz itoat  etish- 

lari  lozim.  Bu  esa  huquqiy  davlatimizning  muhim  belgilaridan 

biridir.

0 ‘zbekiston  Respublikasi  Konstitutsiyasining  8-moddasiga 

muvofiq  0 ‘zbekiston  xalqini  millatidan  q at’i  nazar,  0 ‘zbekis- 

ton  Respublikasining  fuqarolari  tashkil  etadi.

Konstitutsiyada  « 0 ‘zbekiston  xalqi»,  « 0 ‘zbekiston  fuqaro­

lari»  degan  tushu n ch alarga  t a ’rif  berilgan.  Bunga  k o ‘ra, 

0 ‘zbekistonda tug‘ilgan va uning hududida istiqomat qiladigan 

har bir inson millatidan,  irqidan,  qaysi dinga e’tiqod qilishidan 

qat’i nazar, 0 ‘zbekiston xalqini tashkil etadi va Respublikamiz- 

ning  teng  huquqli  fuqarosi  bo‘lish  huquqiga  egadir.

54


Konstitutsiyaning 8-moddasida belgilangan yana bir muhim 

demokratik  ruhdagi  qoida  0 ‘zbekiston  fuqarolarining  milliy 

tengligi tamoyilining mustahkamlanishidan iborat. Bu esa inson 

huquqlari  haqidagi  xalqaro  Tiuquq  m e’yorlariga  to ‘la  mos 

tushadi.  Masalan, Inson huquqlari umumjahon Deklaratsiyasi- 

ning  2-moddasida  shunday  deyiladi:  «Har  bir  inson,  biror-bir 

ayrimachiliksiz,  irqi,  terisining  rangi,  jinsi,  tili,  dini,  siyosiy 

e’tiqodi  yoki  boshqa  e’tiqodlaridan,  milliy  yoki  ijtimoiy  kelib 

chiqishidan,  mulkiy  ahvoli,  qaysi  tab aq ag a  mansubligi  va 

boshqa  holatlardan  q at’i  nazar,  mazkur  deklaratsiyada  e’lon 

qilingan  barcha  huquqlar  va  erkinliklar  sohibi  boMishi  kerak.

«O‘zbekiston Respublikasida barcha fuqarolar bir xil huquq 

va  erkinliklarga ega bo‘lib, jinsi,  irqi,  millati,  tili,  dini,  ijtimoiy 

kelib  chiqishi,  e’tiqodi,  shaxsi  va  ijtimoiy  mavqeidan  q a t’i 

nazar,  qonun  oldida  tengdirlar.

Im tiyozlar  faqat  qonun  bilan  belgilanib  q o ‘yiladi  ham da 

ijtimoiy  adolat  prinsiplariga  mos  bo‘lishi  shart».  ( 0 ‘zbekiston 

Respublikasi  Konstitutsiyasi,  18-modda).

Mazkur  qoida  0 ‘zbekistonni  davlat  sifatida  dunyodagi eng 

demokratik  mamlakatlar  darajasiga  k o ‘tardi.  Chunki  insonni 

ulug‘lash,  uning  kim  b o ‘lishidan  q a t’i  nazar  qonun  oldida 

ten g lig in i  t a ’m in lash   h a m d a  u n ing  h aq   va  h u q u q la rin i 

qo‘riqlash  demokratik  davlatlargagina  xosdir.  Fuqarolarning 

0 ‘zbekiston  Respublikasida  bir xil  huquq  va  erkinliklarga  ega 

b o ‘lish  qoidasi  Inson  huquqlari  U m um jahon  deklaratsiyasi 

qoidalariga  to ‘la -to ‘kis  mos  keladi.  Shu  bilan  bir  qatorda, 

b arch a  fu q aro la r  bir-b irlari  bilan  d o ‘ston a  m un osabatda 

b o ‘lishlari  va  tinch-totuv  yashashlarining  zam inida  inson 

huquqlari  turishi  va  bu  birinchi  navbatda,  Konstitutsiyaviy 

huquq  bilan  himoya  qilinishi  zarur.

Davlat hokimiyatining taqsimlanishi har qanday davlatning 

dem okratik  xususiyatini  belgilaydi,  uning  xalq  hokim iyat- 

chiligiga  asoslanganligini  bildiradi.  Bu  prinsip  0 ‘zbekiston 

Konstitutsiyasining  11-moddasida  quyidagicha  m ustahkam ­

langan: « 0 ‘zbekiston Respublikasi davlat hokimiyatining tizimi

—  hokim iyatning  qonun  chiqaruvchi,  ijro  etuvchi  va  sud 

hokimiyatiga  b o ‘linishi  prinsipiga  asoslanadi».

Davlat hokimiyatining bo‘linishi prinsipini mustahkamlagan 

ushbu modda, me’yor 0 ‘zbekistonning Konstitutsiyaviy tarixida 

birinchi m arta paydo bo‘ldi. 0 ‘zbekistonning ilgarigi  1927,  1937 

va  1978-yillardagi  Konstitutsiyalarida  bunday  prinsip  mavjud 

emas  edi.  Chunki  ushbu  Konstitutsiyalar  markscha-lenincha

55


kom m unistlar  hukm ronligi  nazariyasiga  asoslanib,  unda 

«hokimiyatning  bo‘linishi»  prinsiplari  rad  etilar  edi.

«Hokimiyatning bo‘linishi» g‘oyasi qadimiy bo‘lib,  qadimgi 

yunon  faylasufi  va  olimi  A ristotel  tom onidan  ham   ilgari 

surilgan.  XVIII  asrning  o ‘rtalariga  kelib,  bu  g‘oya  mustaqil 

t a ’lim otga  aylang an.  M ash h u r  fransu z  m a ’rifa tp a rv a ri, 

huquqshunos,  faylasuf  va  yozuvchi  Monteske  (1689-1755-yil- 

lar)  o‘zining  «Qonunlarning  ruhi  haqida»  kitobida  hokimiyat­

ning  b o iin ish i  prinsipini  ilgari  surgan.  M onteske  fikricha, 

siyosiy  xiyonatlarning  boim asligini  ta ’minlaydigan  narsa  uch 

hok im iyatn ing:  q o n u n   ch iq aru v ch i,  ijro  etuvchi  va  sud 

hokim iyatining  to ‘la  b o ‘linishi  va  bir-birini  cheklashidir. 

M onteske  ta ’lim otida  alohida  o ‘rin  tutadigan  g ‘oya  —  bu 

hokimiyatlarning muvozanati,  tengligi hamda ularning «o‘zaro 

bir-birini  tiyib  turish  va  qaram a-qarshi  t a ’sir  etish  tizimi» 

haqidagi g‘oyadir. Yuqorida zikr etilgan hokimiyatlar o ‘rtasida 

shunday munosabat o ‘rnatilmog‘i lozimki,  bunda ularning har 

biri  davlat  vazifalarini  mustaqil  o ‘tash  bilan  birgalikda  o ‘z 

huquqiy vositalari yordamida bir-birlarini muvozanatga chorlab 

tu ra d ila r,  h o k im iy a t  v a k o la tla rin in g   b irg in a  m u assasa 

tom onidan  qonunsiz  ravishda  to rtib   olinishi  (uzurpatsiya 

qilinishi)ni bartaraf etadilar.  Masalan, qonun doirasida ishlashi 

lozim  b o ‘lgan  ijro  etuvchi  hokim iyat,  ayni  paytda,  qonun 

chiqaruvchi  kengashning  faoliyatini  chegaralab  turishi  talab 

etiladi,  aks  holda  p arlam ent  o ‘zining  m utlaq  hokim ligini 

o ‘rnatishi  m um kin.  Shu  sababli  ham   ijro  hokim iyatining 

boshlig‘i  qonunlarni  im zolashda  «veto»  (ya’ni,  imzolashni 

vaqtincha  rad  etish)  huquqidan  foydalanadi,  qonunchilik 

tashabbusi  huquqiga  ega  boiadi.

Umuman  «hokimiyatning  b o ‘linishi»  nazariyasiga  ko ‘ra, 

davlat  hokimiyati  yagona,  yaxlit,  bir  butun  deb  emas,  balki 

turli hokimiyat (qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud vakolat- 

la rin i  am alga  oshiruvchi  h o k im iy atlar)  funk siy alarin in g  

yig‘indisi  sifatida  tushuniladi.  Bunday  turli  funksiyalarni 

amalga  oshiruvchi  hokimiyat  organlari  bir-biridan  mustaqil 

ravishda  harakat  qilishlari  lozim.  Lekin  bu  uchala  hokimiyat 

idoralari  bir-biriga  bog‘liq  emas,  degan  m a’noni  bildirmaydi. 

Aksincha,  ular  bir-birini  to ‘ldiradi  va  nazorat  qilib  boradi.

0 ‘zbekiston  Respublikasida  ijtimoiy  hayot  siyosiy  institut- 

lar,  mafkuralar  va  fikrlarning  xilma-xilligi  asosida  rivojlanadi. 

M amlakatda  hech  qaysi  mafkura  davlat  mafkurasi  sifatida  tan 

olinmaydi va hatto  o‘matilishi ham mumkin emas.  Respublika-




Download 8.86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   40




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling