R e s p u b L i k a s I k o n s t I t u t s I y a s I n I


Download 8.86 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/40
Sana21.03.2020
Hajmi8.86 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   40

56

mizda  ijtimoiy  hayotni  rivojlantirishning  muhim  yo‘li  —  bu 

demokratiyaga  asoslangan  turli  siyosiy  institutlar,  mafkuralar 

va fikrlarning xilma-xilligi asosida rivojlanar ekan turli mafkura­

lar  va  fikrlar  davlat  va jamiyat  xavfsizligiga  tajovuz  etmasligi, 

o ‘z  navbatida jam iyatni  iqtisodiy,  madaniy,  ijtimoiy-siyosiy 

jihatdan rivojlantirishga hissa  qo‘shmog‘i  lozimdir.  Har qanday 

jamiyatning ijtimoiy hayotini turli fiklar, g‘oyalar, siyosiy institut­

lar  orqali  rivojlantirish,  shakllantirish  mumkin  ekan,  Respub­

likam izda  ham  o ‘z  navbatida  ijtimoiy  hayot  shu  y o ‘sinda 

shakllanib  boradi.  Insonning  erkin  fikrlash,  o ‘z  aql-idroki, 

qobiliyati,  olgan  bilimlaridan  erkin  foydalanish  imkoniyatiga 

ega boiishi davlatda shaxs haqiqiy erkinligining yorqin ifodasidir. 

H ar  qanday  mafkura  muayyan  ijtimoiy  tabaqa,  guruh,  millat­

ning o‘tmishiga, bugungi kuniga va kelajagiga qaratilgan qarash- 

lari  yig‘indisidan  iborat.  H ar  qanday  davlatning  demokratik, 

huquqiyligi  yoki  zulmkor,  zo‘ravonligini  baholashda  ko‘pincha 

u nda  shaxsiy  daxlsizlik  kafolatlanganligiga,  m ustaqil  sud 

m avjudligiga,  sud  hokim iyatining  m am lakatdagi  o ‘rni  va 

obro‘siga  e’tibor  qilinadi.

Hokimiyatlar  taqsimlanishi  prinsipi  mamlakatning  tarixiy 

shart-sharoitlarini hisobga olgan holda oqilona joriy etilsagina, 

hokimiyat  organlarining  muvozanati  va  tengligini  ta ’minlash 

mumkin.  Mazkur  prinsip  hokimiyat  egasi  bo‘lgan  subyektlar- 

ning o ‘zaro  munosabatlarini  tartib  (muayyan  qolip,  andoza)ga 

solish  imkoniyatini  beradi.  Zero,  ularning  har  biri  o ‘z  sohasi 

doirasida  mustaqil,  boshqa  hokimiyatga  itoat  etmaydi,  so‘zsiz 

ijro  etilishga  m o‘ljallangan jqarorlar  (hujjatlar)  qabul  qiladi.

Hokimiyatning  uchala  shaxobchasi,  faqat  ular  va  albatta, 

ularning uchalasi birgalikda yagona davlat hokimiyatini tashkil 

etadilar.  Ulardan  boshqa  hech  bir  davlat  organi  hokimiyatga 

d a ’vogarlik  qilolmaydi.  Hokimiyatlar  taqsimlanishi  prinsipi- 

ning  muhim jihatlaridan  biri  shuki,  unda  hokimiyatning  har 

bir  shaxobchasi  qolgan  ikki  hokimiyat  subyektining  har  birini 

nazorat  qilish  huquqi  va  imkoniyatiga  ega  b o ‘lishi  kerak.

Hokimiyat bo‘linishi prinsipi  adolatli,  demokratik,  huquqiy 

davlatning  eng  muhim  belgilaridan  biri  hisoblanadi.  Bunday 

prinsip muayyan  davlatda biror organning yoki  alohida davlat 

rahbarining kuchli diktaturasi o ‘rnatilishining oldini oladi. Shu­

ningdek, tegishli davlat organlarining vakolatlari, vazifalari aniq 

bo'lishini  ta ’minlaydi,  bir  organning  ikkinchi  organ  ishlariga 

aralashuviga  barham  beradi,  boshqarish  sohasida  chalkashlik- 

lar  kelib  chiqishiga  yo‘l  qo‘ymaydi  va  hokazo.



Mazkur prinsip hokimiyat organlarining o ‘zaro kelishib, bir- 

birini  nazorat  qilib,  uyg‘unlashib  ishlashlariga  ham  imkoniyat 

yaratadi.  Bular  esa  adolatli,  demokratik  davlatga  xos jihatdir.

R ivojlangan  dem okratik  dav latlar  singari  0 ‘zbekiston 

R espublikasi  davlat  hokim iyatining  tizimi  hokim iyatning 

qonun  chiqaruvchi,  ijro  etuvchi  va  sud  hokimiyatiga  bo‘linishi 

prinsipiga  asoslanadi.  Q onun  chiqaruvchi  hokim iyat  ikki 

palatali  (yuqori  -   Senat,  quyi  -   Qonunchilik  palatasi)  Oliy 

M ajlis  tom onidan,  ijro  hokim iyati  Prezident  va  V azirlar 

M ah k am asi  to m o n id a n ,  sud  ho k im iy ati  esa  fao liy at 

yo‘nalishiga  qarab,  K onstitutsiyaviy  sud,  Oliy  sud  va  Oliy 

X o‘jalik sudi tomonidan amalga oshiriladi. Davlat hokimiyatini 

amalga  oshiruvchi  barcha  idoralar  o ‘z  faoliyatini  faqat  qonun 

tomonidan  berilgan  vakolat  doirasidagina  yuritadilar.  H ar  bir 

hokimiyat  o‘z  faoliyatini  o ‘ziga  tegishli  bo'lgan  vakolatlarni 

amalga  oshirish  orqali  o ‘z  hokimiyatiga  mustaqil  sanaladi. 

Ushbu  organlar  o ‘z  vakolatlarini  boshqa  bir  tashkilotga  yoki 

bo‘lmasa  biron-bir  shaxsga  berishga  haqli  emas.

D a rh a q iq a t,  hozirgi  zam on  ja h o n   m a m la k a tla rin in g  

Konstitutsiyaviy  tajribasi  shuni ko‘rsatadiki,  hokimiyatlarning 

bo‘linish  prinsipi,  ular  ushbu  prinsip  rasman  o ‘rnatilgan  yoki 

o ‘rnatilmaganligidan  q at’i  nazar,  barcha chet el  Konstitutsiya- 

lari  tomonidan  qabul  qilingan.  Chunonchi,  mustaqil  0 ‘zbekis- 

tonning  birinchi  Konstitutsiyasida  ham  bu  prinsip  rasman  11 - 

m oddada  o ‘rnatilgan.  U nga  k o ‘ra,  0 ‘zbekistonda  qonun 

ch iq arish  hokim iyati  Oliy  M ajlis,  ijroiya  hokim iyati  esa 

0 ‘zbekiston  Respublikasi  Prezidenti  va  Vazirlar  Mahkamasi 

tomonidan  amalga  oshiriladi.  Sud hokimiyati  Konstitutsiyaviy 

sud,  Oliy sud va Oliy xo‘jalik  sudi tomonidan amalga oshirilib, 

ular  birgalikda  0 ‘zbekiston  R espublikasining  yagona  sud 

tizimini  tashkil  etadi.

Zero,  Respublikamiz  Prezidenti  Islom  Karimov  ta ’kidla­

ganidek,  «qonun  chiqaruvchi,  ijro  etuvchi  va  sud  hokimiyati

—  davlatning  uchta  asosiy  tayanchidir».

0 ‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 12-moddasida 

« 0 ‘zbekiston  Respublikasida  ijtimoiy  hayot  siyosiy  institut- 

lar,  mafkuralar  va  fikrlarning xilma-xilligi  asosida  rivojlanadi. 

Hech  qaysi  m afkura  davlat  m afkurasi  sifatida  o ‘rnatilishi 

m um kin  em as»,  deb  m u sta h k am lan ish i  d av latim izn in g  

demokratik  mohiyatidan  kelib  chiqadi.

M a ’lum ki,  har  qanday  ado latli,  d em ok ratik   davlatd a 

fuqarolarning  erkin  fikrlash  huquqi  kafolatlangan  b o ia d i.



58

Albatta,  erkin  fikrlash  bor joyda  fikrlar  xilma-xil  bo‘ladi  va 

turli  mafkuralar,  siyosiy  institutlar,  harakatlar  paydo  b o ‘lishi 

mumkin.  Aks  holda,  y a’ni  erkin  fikrlash  cheklangan  joyda 

ko‘pincha inson o ‘z fikrlarini, xohish-istaklarini oshkora bayon 

qilish  im koniyatidan  m ahrum   b o ‘ladi.  Bunday  holatlarda 

odatda  yagona  m afkura  hukm ron  b o ‘ladi.  M asalan,  sobiq 

to ta lita r  tuzum ning  70  yildan  o rtiq  hukm ronligi  davrida 

kommunistik  mafkuraning  yakkahokimligi  o ‘rnatilgan  edi.



Mafkura 

—  bu  m a’lum  tizimga  solingan  g‘oyalar,  qarash- 

lar,  fikrlar  majmuidir.  H ar  qanday  mafkura  muayyan  ijtimoiy 

tab aq a,  guruh,  m illatning  o ‘tm ishiga,  bugungi  kuniga  va 

kelajagiga  qaratilgan  qarashlari  yig‘indisidan  iborat.

0 ‘zbekiston  mustaqillikka  erishgandan  so‘ng  o ‘z  taraqqiyot 

va  istiqlol  yo‘lini  mustaqil  va  erkin  belgilab  oldi.  Endilikda 

mustaqil  davlatning  siyosiy,  iqtisodiy  va  m a’naviy  poydevorini 

yaratish asosiy vazifa bo‘lib qolgan. Bunda bizga eski, zo‘ravonlik 

bilan o ‘rnatilgan kommunistik mafkura mutlaqo to ‘g‘ri kelmay, 

m illatim izni  birlashtiradigan,  jipslashtiradigan  m afkuraga 

muhtojlik  yaqqol  sezilib  qoldi.  Bir  so‘z  bilan  aytganda,  milliy 

mafkuramizni  yaratish  dolzarb  masalaga  aylandi.  Shu  y o id a  

qo‘yilgan dadil qadam — bu tariximizda birinchi marta Konstitu- 

tsiyamizning  12-moddasida belgilangan me’yor bo‘ldi.  Unda ilk 

bor 0 ‘zbekistonning ijtimoiy hayoti siyosiy institutlar, mafkura­

lar  va  fikrlarning  xilma-xilligi  asosida  rivojlanishi  belgilandi. 

Demak,  bu  bilan  bitta  mafkuraning,  bitta  dunyoqarashning 

yakkahokimligidan  q at’iyan  voz  kechildi.

Konstitutsiyam izning  aynan  shu  moddasi  jamiyatimizda 

turli  sinf,  toifa,  millat  va  elatlarning manfaatlarini  ifodalovchi 

p a rtiy a la r,  uyu shm alar  va  ularn in g   m a fk u ra la ri  b o ‘lishi 

mumkinligini  qonuniy  mustahkamlaydi.

0 ‘zbekiston  Konstitutsiyasining  12-moddasida  o ‘rnatilgan 

me’yor  oldimizga  milliy  istiqlol  mafkurasini  yaratish  vazifasini 

dolzarb  qilib  qo ‘yadi.  Milliy  istiqlol  mafkurasi  xalqimizning 

qadimiy  an ’analariga,  urf-odatlariga,  tiliga,  diniga,  ruhiyatiga 

asoslanib, kelajakka ishonch, mehr-muhabbat, insof,  sabr-toqat, 

adolat,  m uruvvat  tu y g ‘ularini  ta rg ‘ib  qilishi  lozim.  U nda 

jamiyatimizdagi  barcha  kuchlar,  harakatlar, jamoat  birlashma­

lari,  aholi  turli  tabaqalarining  o ‘y-fikrlari,  orzu-umidlari  o ‘z 

ifodasini  to pm o g ‘i  lozim.  U  davlatim iz  fuqarolarini  ulug‘ 

maqsad yo‘lida qalban birlashtirishga ko‘maklashishi lozim, deb 

k o ‘rsatadi  Prezidentimiz  Islom  Karimov.  Shu  bilan  birga  bu 

mafkura  xalqimizda,  o ‘zining  qudrati  va  himoyasiga  suyangan

59


holda  umuminsoniy  qadriyatlarga  asoslanib,  jahon  hamjami- 

yatidagi  taraqqiy  etgan  davlatlar  orasida  teng  huquqli  munosib 

o ‘rin  egallashiga  doimiy  intilish  hissini  tarbiyalamog‘i  kerak.

Har qanday jamiyat taraqqiyoti xalq dunyoqarashini hisobga 

olmasa,  taraqqiyot  asoslari  uning  m a’naviy  qadriyatlariga, 

moddiy manfaatlariga mos kelmasa, bunday jamiyat tanazzulga 

uchrashi  tabiiy.  Shuning uchun ham  Prezident  Islom  Karimov 

o ‘z  mamlakati  istiqboli  haqida  fikr  yuritar  ekan,  «Mustaqil 

0 ‘zbekistonning kuch-qudrat manbai xalqimizning umuminso­

niy  qadriyatlarga  sodiqligidadir.  Xalqimiz  adolat,  tenglik,  ahil 

qo ‘shnichilik  va  insonparvarlikning  nozik  kurtaklarini  asrlar 

bo ‘yi  avaylab-asrab  kelmoqda.  0 ‘zbekistonni  yangilashning 

oliy  maqsadi  ana  shu  an ’analarni  qayta  tiklash,  ularga  yangi 

mazmun  bag‘ishlash,  zaminimizda  tinchlik  va  demokratiya, 

farovonlik, madaniyat, vijdon erkinligi va har bir kishini kamol 

to p tirish g a   erishish  uchun  z a ru r  b o ‘lgan  s h a rt-s h a ro it 

yaratishdir»,  degan  edi.  Bu  fikrdan  anglanadiki,  Prezident 

m am lakat  kuch -qu dratini  xalqning  m a ’naviy  kam olotida 

k o ‘radi.  Shuning  uchun  ham   u  jam iki  insoniy  fazilatlarni 

takomillashtirish  uchun  zarur  sharoit  yaratishni  asosiy  vazifa 

qilib qo‘yadi.  Bu bir tomondan mustaqillik sharoitida endigina 

shakllanayotgan  davlat  siyosatining  nechog‘lik  insonparvar- 

ligini k o ‘rsatsa,  ikkinchi  tomondan  davlat rahbarining  siyosiy- 

madaniy salohiyatining nechog‘lik yuksakligini, xalq m a’naviy- 

ruhiy  ehtiyojlarini  naqadar  chuqur  o ‘rganganligini  ko‘rsatadi. 

Shu  bilan  birga  esa,  bu  xalq  va  hokim iyat  intilishlarining 

mushtarakligidan  dalolat  beradi.

0 ‘zbekiston  Respublikasining  Konstitutsiyasida  eng  oliy 

qadriyat  sifatida  davlat  va  ijtimoiy  tizim  emas,  balki  inson 

olindi.  Konstitutsiyaning  13-moddasi  bunga  yorqin  misoldir. 

U nga  k o ‘ra,  « 0 ‘zbek isto n  R esp u b lik asid a  d em ok ratiya 

umuminsoniy  prinsiplarga  asoslanadi,  ularga  ko‘ra  inson,  u- 

ning  hayoti,  erkinligi,  sha’ni,  qadr-qimmati  va  boshqa  daxlsiz 

huquqlari  oliy  qadriyat  hisoblanadi.

Demokratik  huquq  va  erkinliklar  Konstitutsiya  va  qonun­

lar  bilan  himoya  qilinadi».

Inson  huquq  va  e rk in lik lari  fa q a tg in a   K o n stitu tsiy a  

bilangina q o ‘riqlanib, kafolatlanib qolmasdan,  balki ular jahon 

hamjamiyati tomonidan tan olingan xalqaro huquqning norma- 

lari  va  prinsiplari  bilan  ham  qo‘riqlanadi.

Birlashgan Millatlar Tashkilotining Bosh Assambleyasi  1948- 

yil  10-dekabrda  «Barcha  xalqlar  va  barcha  davlatlar bajarishga



60

intilish i  lozim   b o ‘lgan  vazifa  sifatida»  Inson  h u q u q lari 

umumjahon  deklaratsiyasini  qabul  qiladi.  «Bundan  muddao 

shuki,  har  bir  inson  va jamiyatning  har  bir  tashkiloti  hamisha 

ana shu deklaratsiyani  nazarda  tutib,  m a’rifat va  ilm  yo‘li  bilan 

ushbu  huquqlar  va  erkinliklarning  hurmat  qilinishiga  yordam 

berishga  intilishlari  ham da  milliy  va  xalqaro  taraqqiyparvar 

tadbirlar  yo‘li  bilan  ham,  ushbu  huquqlar  va  erkinliklarning 

Tashkilotga a ’zo bo‘lgan davlatlar xalqlari  o‘rtasida va mazkur 

davlatlarning  yuridiksiyasidagi  hududlarda  yashayotgan  xalq- 

lar o ‘rtasida yalpisiga va samarali tan olinishiga intilishlari kerak».

Mazkur deklaratsiya qabul qilinishini dunyoning qirq sakkiz 

davlati  q o ‘llab-quvvatladi,  sakkizta  davlat  betaraf  b o ‘lgan 

b o ‘lsa-da,  biron-bir  davlat  unga  qarshi  bo‘lgan  emas.

Bosh Assambleya raisi deklaratsiya qabul qilingandan so‘ng 

bildirgan  murojaatida  deklaratsiyaning  qabul  qilinishi  «Buyuk 

ev o lu tsio n   ja ra y o n la rg a   q o ‘yilgan  d a stla b k i  q adam   va 

olamshumul  yutuqqa  erishilganligi»ni  m a’lum  qildi.

Respublikamiz  Prezidenti  I.A.Karimov:  «Inson  va  davlat 

o ‘rtasidagi  munosabatlarda  inson  manfaatlari  ustuvor  bo‘lishi 

kerak», — degan edi. Konstitutsiya 0 ‘zbekistonda erkin fuqaro­

lik jamiyati, ya’ni xalqning o ‘zi bevosita boshqaradigan jamiyat 

va  dem okratik  huquqiy  davlat  qurishni  asosiy  maqsad  qilib 

q o ‘yadi.  U nda  jam i  dunyoviy  n e’m atlar  orasida  eng  ulug‘i 

«inson» ekanligi yorqin mujassamlashtirilgan. Insonni ulug‘lash, 

uni  m u h o faza  qilish  va  h ar  tom o n lam a  kam ol  to p tirish  

K onstitutsiyaning  asosiy  g‘oyasiga  aylantirilgan.  K onstitu- 

tsiyamiz Inson huquqlari to ‘g‘risidagi xalqaro huquqiy me’yor- 

lar  asosida  ishlab  chiqilgan  va  aytish  mumkinki,  uni  yanada 

to ‘ldirgan.  Masalan,  Konstitutsiyaning  13-moddasi  fikrimizga 

dalil  b o ‘lishi  mumkin.  U shbu  m oddada  «Inson  huquqlari 

um um jahon  Deklaratsiyasi»da  e’lon  qilingan  umuminsoniy 

huquqlar oliy qadriyat darajasiga ko'tarilgan. M a’lumki, «Inson 

huquqlari  umumjahon  Deklaratsiyasi»  insonlarning  ajralmas 

va  daxlsiz  huquqlarini  e’lon  qilib,  quyidagilarni  belgilaydi: 

«Barcha  odam lar  erkin,  qadr-qim m at  va  huquqlarida  teng 

b o ‘lib  tug‘ilganlar»  (1-modda);  «Har  bir  inson  yashash,  erkin- 

lik  va  shaxsiy  daxlsizlik  huquqiga  egadir»  (3-modda);  «Hech 

kim qullikda yoki qaramlikda saqlanishi mumkin emas, qulchi- 

lik  va  qul  savdosining  barcha  turlari  taqiqlanadi»  (4-modda) 

va  hokazo.  Konstitutsiyamizning  13-moddasida  esa  inson,  u- 

ning  hayoti,  erkinligi,  sha’ni,  qadr-qimmati  va  boshqa  daxlsiz 

huquqlari  oliy  qadriyat  hisoblanadi,  deyilgan.  Bu  0 ‘zbekis-



61

tonning  umumbashariy  insonparvarlik  qoidalariga  asoslangan 

davlat  ekanligini  k o ‘rsatadi.

K onstitutsiyaning  13-moddasida  0 ‘zbekistonda  barcha 

fuqarolarning  demokratik  huquq  va  erkinliklari  Konstitutsiya 

va  qonunlar  bilan  himoya  qilinadi.

Davlat o ‘z faoliyatini inson va jamiyat farovonligini ko‘zlab 

ijtim oiy  adolat  va  qonuniylik  prinsiplari  asosida  am alga 

oshiradi. 0 ‘zbekiston Respublikasida har qanday davlat organi- 

ning  faoliyati  inson  va jamiyat  farovonligiga  xizmat  qilishga, 

uni  yuksaltirishga  qaratilgan.  D avlat  o ‘z  vazifasini  tegishli 

organ lari  orqali  am alga  o shirar  ekan,  ijtim oiy  ad o lat  va 

qonuniylikka  amal  qilishi  lozim  bo‘ladi.  Huquqiy-demokratik 

davlatning eng muhim shartlaridan biri inson va shaxs manfaat- 

larining  hamma  narsadan  ustunligidir.  Qonuniylik  prinsipi 

deganda  avvalo  qonunlarni  va  uning  asosida  qabul  qilingan 

boshqa huquqiy hujjatlarni davlat organlari, mansabdor shaxs­

lar, fuqarolar tomonidan aniq va og‘ishmay bajarilishi lozimligi 

tushuniladi.  Qonuniylik  prinsipi  qonunlarni  yuridik  hujjatlar 

tizimida oliy kuchga ega ekanligini, barcha uchun barobarligini, 

jamiyat  a ’zolarining  barchasi  uchun  majburiyligini  anglatadi.

Inson haq-huquqlarining himoyasi muhim masalalardan biri 

bo‘lib kelgan.  Shuning uchun ham istiqlolga erishgan O'zbekis- 

ton  Respublikasi  o ‘z  mustaqilligining  ilk  qadam larida  qabul 

qilingan  qonun  va  huquqiy  normalarini,  asosan,  inson  huquq­

larini himoya qilishga, fuqarolarning ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan 

har  tomonlama  muhofaza  qilishga  qaratib  keldi  va  bu  yo‘lda 

ish  olib  bormoqda.

Inson  huquqlariga  doir  davlat  siyosatida  insonning  huquq 

va erkinliklari jamiyatda qonunchilik asosida mustahkamlanib, 

iqtisodiy,  siyosiy,  yuridik,  tashkiliy  kafolatlar  tizimi  bilan 

t a ’m in lan g an d a n   keyingina  am alga  oshishi  m um kinligi 

masalasi  muhim  o ‘rin  egallaydi.

Har  bir  shaxs  shaxsiy  daxlsizlik  huquqiga  ega  bo‘lib,  hech 

kim uni  o ‘zboshimchalik bilan ushbu huquqdan mahrum etishi 

m um kin  emas,  chunki  inson  erkinligi  qon u n   to m o nid an  

q o ‘riqlanadigan  oliy  ijtimoiy  ahamiyatga  molik  qadriyatdir. 

Shu tufayli shaxsning erkinligi va shaxsiy daxlsizligi qonun bilan 

kafolatlanadi.

Inson  huquqlari  va  dem okratiya  singari  um um bashariy 

qadriyatlar  Respublikamizning  milliy  davlatchilik  m anfaat- 

lariga  to ‘la  mos  keladi.  «Insonning  eng  ustuvor  va  muqaddas 

huquqlaridan  biri,  —  deb  t a ’kidlaydi  Prezidentim iz  Islom



62

Karimov,  —  bu  tinch  yashash  huquqidir.  Davlat  va jam iyat­

ning  burchi  ana  shu  huquqni  barcha  qonuniy  vositalar  bilan 

kafolatlab  berishdir.  Bu  huquqni  amalga  oshirish — davlat  va 

jam iyatni  dem okratiyalashtirishning  eng  muhim  shartidir. 

Demokratiyaning  insonparvarligi  shu  bilan  belgilanadi».

0 ‘zbekistonni  demokratik  davlat  sifatida  tavsiflovchi  yana 

bir  qoida  Konstitutsiyaning  14-moddasida  belgilangan.  Unda 

t a ’kidlanishicha,  «D avlat  o ‘z  faoliyatini  inson  va  jam iyat 

farovonligini  ko‘zlab,  ijtimoiy  adolat  va  qonuniylik  prinsip- 

lari  asosida  amalga  oshiradi».

0 ‘zbekiston  Konstitutsiyasining  ushbu  moddasi  davlatimiz 

faoliyatining  eng  asosiy  prinsiplarini  belgilab  beradi.  Bu juda 

muhimdir.  Chunki  davlat  o ‘z  faoliyati  bilan  inson  va jamiyat 

taqdirini  belgilashi  mumkin.  Ayniqsa,  hozirgi  vaqtda jamiyat 

davlatsiz  yashay  olmasligi  hammaga  ayon  bo‘lib  qoldi.

Davlatimizning jamiyat hayotida tutgan  о ‘mini belgilashda 

uning vazifalariga,  funksiyalariga alohida e’tibor berish  kerak. 

Davlatning qanday vazifalarni,  funksiyalarni  amalga oshirishi- 

ga,  boshqacha  qilib  aytganda,  davlat  faoliyatiga  qarab  uning 

mohiyatiga  baho  beriladi.  Agar  davlat  o‘z  faoliyatini  avvalo 

inson va jamiyat manfaatlarini himoya qilishga qaratgan bo isa, 

uni  ijtimoiy  adolat  va  qonuniylik  prinsiplari  asosida  amalga 

oshirib  borsa,  unday  davlatni  adolatli,  dem okratik  deyish 

mumkin.  Shu bois Konstitutsiyaning  14-moddasida o'rnatilgan 

me’yor 0 ‘zbekiston Respublikasi ijtimoiy adolat tan tana qilgan 

jamiyat,  xalq  hokimiyatchiligi  qaror  topgan  davlat  ekanligini 

yaqqol  k o ‘rsatib  turibdi,  desak  aslo  yanglishmaymiz.  Chunki 

mazkur modda alohida ravishda inson va jamiyat farovonligini, 

ijtimoiy  adolat  va  qonuniylik prinsiplarini  davlat  faoliyatining 

ajralmas  qismi  sifatida  e’tirof etadi.

Zero,  huquqiy-demokratik davlatning  eng muhim  shartlari- 

dan  biri  inson  va  shaxs  m anfaatlarining  ham m a  narsadan 

ustunligidir.  Inson  va  jam iyat  farovonligi  esa  aynan  shaxs 

manfaatlariga  mos  tushadi.

Konstitutsiyamiz  ushbu  moddasining  kafolatlari  0 ‘zbekis- 

ton  R espublikasida  ayni  vaqtlard a  am alga  oshirilayotgan 

chuqur ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy o ‘zgarishlar, islohotlar bilan 

belgilanadi.  Bunday  islohotlardan  k o ‘zda  tutilgan  eng  asosiy 

maqsad  inson  va jamiyat  farovonligi  ekanligi  hech  kimga  sir 

emas,  albatta.  «Maqsadimiz aniq, — deb  ta ’kidlaydi  Preziden- 

timiz  Islom   K arim ov,  —  bozor  iqtisodiyoti  tam oyillariga 

asoslangan, erkin, ochiq, demokratik davlat qurish». Davlatimiz



63

rahbari  o ‘zining  qator  asarlari  va  kitoblarida  0 ‘zbekistonning 

ana  shu  maqsadini  amalga  oshirishga  qaratilgan  vazifalarini 

va  faoliyat  dasturini  aniq  k o ‘rsatib  bergan.  Bunda,  ayniqsa, 

uning  « 0 ‘zbekiston  iqtisodiy  islohotlarni  chuqurlashtirish 

yo‘lida»  asari  muhim  ilmiy  va  amaliy  ahamiyatga  ega.

Konstitutsiyaning  14-moddasida  nazarda  tutilgan  me’yor- 

ning  yana  bir  muhim  tomoni  shundaki,  unga  ko‘ra  davlat  o ‘z 

faoliyatini  qonuniylik  prinsipi  asosida  amalga  oshiradi.  Bu 

huquqiy  demokratik  davlatning eng asosiy belgilaridan  biridir.

Qonuniylik  davlat  tuzumidagi  demokratizmning  ko‘rinish- 

la rid an   biri  b o ‘lib,  ham m aning  qonun  oldida  tengligini 

o ‘rnatadi.  Shu  bilan  birga,  bu  prinsip  fuqarolarning  huquq  va 

erkinliklari  og‘ishmay  t a ’minlanishi,  fuqarolarga  nisbatan 

d av lat  o rg an la ri  va  m a n sab d o r  shax slarn ing   q an d ay d ir 

o ‘zboshimchaligiga  yo‘l  qo ‘ymasligi,  fuqarolarning jamiyat, 

davlat oldidagi majburiyatlari q at’iy bajarilishi  lozimligini ham 

nazarda  tutadi.  Bir  so‘z  bilan  aytganda,  qonuniylik  prinsipi 

o ‘z maqsad va mohiyati bilan xalq manfaatlariga xizmat qiladi.

Qonuniylikning  asosiy  vazifasi  —  mamlakatning  ijtimoiy 

va davlat tuzumini mustahkamlash,  bozor iqtisodiyotiga  o ‘tish 

uch u n   m u lkning  tu rli  sh ak llarig a  y o ‘l  ochish  va  u la rn i 

q o ‘riqlash,  fuqarolarning  huquq,  erkinliklari  va  burchlarini 

mustahkamlashdir.

Qonuniylik  huquqiy  tartibot  bilan  uzviy  bog‘liq  b o ‘lib,  u 

orqali  amalga  oshiriladi.  Huquqiy  tartibot jam oat  tartibining 

bir qismi bo‘lib, faqat huquqiy normalarning amalga oshirilishi 

n atijasida  paydo  b o ‘lib,  kishilik  o ‘rtasidagi  turli  ijtimoiy 

m u n o sab atlarn i  huquqiy  v o sitalar  orqali  ta rtib g a  soladi. 

Jam iyatdagi  ijtimoiy  m unosabatlar  huquqiy  tartib ot  orqali 

paydo  bo‘ladigan  huquqiy  munosabatlardan  kengroq  bo‘lib, 

ularga  axloq,  urf-odatlar  va  boshqa  turm ush  qoidalarining 

am alga  osh irilish i  n a tija sid a   paydo  b o ‘ladig an   ijtim oiy 

munosabatlar  kiradi.  Kishilar  o ‘rtasidagi  yoki  fuqarolar  bilan 

davlat  organlari  o ‘rtasidagi  m unosabatlar  huquqiy  tartibot, 

y a’ni  huquqiy  norm alar  orqali  amalga  oshirilib,  qonuniylik 

m ustahkamlanadi.




Download 8.86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   40




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling