R e s p u b L i k a s I k o n s t I t u t s I y a s I n I


-§.  Xalq  hokimiyatchiligini  amalga  oshirishning  asosiy


Download 8.86 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/40
Sana21.03.2020
Hajmi8.86 Mb.
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   40

5-§.  Xalq  hokimiyatchiligini  amalga  oshirishning  asosiy 

shakllari:  bevosita  va  vakillik  demokratiyasi

0 ‘zbekiston  K onstitutsiyasining  9-m oddasiga  binoan, 

«Jam iyat  va  davlat  hayotining  eng  muhim  m asalalari  xalq

64


muhokamasiga  taqdim  etiladi,  umumiy  ovoz  (referendum)ga 

qo‘yiladi.  Referendum  o ‘tkazish  tartibi  qonun  bilan  belgila­

nadi».

Ushbu  m e’yor  0 ‘zbekiston  Respublikasi  Konstitutsiyasi­



ning xalq hokimiyatchiligi  tamoyiliga asoslanganligini yana bir 

karra  yaqqol  k o ‘rsatadi.  Xalq  hokimiyatchiligi  —  bu  butun 

hokimiyat  amalda  va  yuridik jihatdan  xalqqa  tegishli  degani. 

Konstitutsiyaga binoan,  xalq hokimiyatni  bevosita hamda  o ‘zi 

saylab  q o ‘yadigan  organlari  orqali  am alga  oshiradi.  Xalq 

saylovlar yo‘li  bilan hokimiyatning  vakillik  organlarini  tuzadi, 

m am lakat  Prezidentini  saylaydi,  umumxalq  muhokamasi  va 

referendumlar  orqali jamiyat  va  davlat  hayotining  eng  muhim 

masalalarini  hal  qiiadi.

Respublikamizda  referendum  o ‘tkazish  tartibi  2001-yil  9- 

noyabrda  kuchga  kiritilgan  yangi  tahrirdagi  « 0 ‘zbekiston 

R espublikasining  referendum i  to ‘g ‘risida»gi  qonuni  bilan 

ta rtib g a   solinadi.  U nga  k o ‘ra,  0 ‘zbekiston  R espublikasi 

referendum i  0 ‘zbekiston  Respublikasining  qonunlarini  va 

boshqa qarorlarini qabul qilish maqsadlarida jamiyat va davlat 

hayotining  eng  muhim  m asalalari  yuzasidan  fuqarolarning 

umumxalq  ovoz  berishidir.

1995-yil 26-martda o ‘tkazilgan referendumda Respublikamiz 

fuqarolarining faol ishtirokida bir ovozdan yurtboshimiz Islom 

Karimovning Prezidentlik vakolatlari 2000-yilgacha uzaytirildi. 

2002-yil 27-yanvarda o ‘tkazilgan referendumda esa ikki palatali 

parlament va Prezident vakolati muddatini  uzaytirish masalasi 

q o ‘yilib,  referendumda  ovoz  beruvchilar  ro ‘yxatiga  kiritilgan 

13266602  nafar  fuqarolarning  12113070  nafari  ishtirok  etdi. 

Referendumda  qatnashish  huquqiga  ega  bo‘lgan  aholining  92 

%  dan  ortig‘i  bu  masalani  yoqlab  ovoz  berdi.

Bular  shuni  anglatadiki,  K onstitutsiyaning  9-moddasida 

belgilangan  me’yor  quruq  qog‘ozdagina  boim ay,  balki  doimo 

harakatdadir.

0 ‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasining 0 ‘zbekis- 

tonda  xalq  hokimiyatchiligi  va  uning  amalga  oshirilishi  shakl­

lari  xususida  ham  muhim  me’yorlar  belgilandi.  Jumladan,  u- 

ning  10-moddasiga muvofiq, « 0 ‘zbekiston xalqi nomidan faqat 

u saylagan Respublika Oliy Majlisi va Prezidenti ish olib borishi 

mumkin.

Jam iy atn in g   b iro n -b ir  qism i,  siyosiy  p artiy a,  ja m o a t 



birlashmasi,  ijtimoiy  harakat  yoki  alohida  shaxs  0 ‘zbekiston 

xalqi  nomidan  ish  olib  borishga  haqli  emas».



65

0 ‘zbekiston  Oliy  Majlisi  bevosita  xalq  tomonidan  tashkil 

etilib,  uning  vakillik  organi  hisoblanadi.  Unga  Qonunchilik 

palatasi  deputatlari  xalq  tomonidan  umumiy,  teng,  to ‘g‘ridan- 

to ‘g‘ri,  yashirin  ovoz  berish  yo‘li  bilan  saylanadi.  Demak, 

0 ‘zbekiston  xalqi  o‘z  ichidan  munosib  nomzodlar  tanlab,  u- 

larni Oliy Majlisga vakil sifatida saylaydi.  Ularga vakolat berib 

qo‘yadi  va  xuddi  shu  tariqa  hokimiyatga  egalik  qiladi.  Biroq 

faqat shugina emas. Xalqning hokimiyatga egalik qilishi boshqa 

vositalar  orqali  ham  amalga  oshiriladi.  0 ‘zbekiston  Respub­

likasi  Oliy  Majlisining  tashkil  etilishi,  vazifalari,  tuzilishi  va 

faoliyati  haqida  Konstitutsiyaning  XVIII  bobi,  78-88-modda- 

larida batafsil ko‘rsatib berilgan.  Biroq,  shuni ta ’kidlash joizki, 

2002-yil 27-yanvarda o ‘tkazilgan  referendum qarorlari  asosida

4-5-aprel  kunlari  b o ‘lib  o ‘tgan  ikkinchi  chaqiriq  0 ‘zbekiston 

Respublikasi Oliy Majlisining sakkizinchi sessiyasida «Referen­

dum  yakunlari  ham da  davlat  hokimiyati  tashkil  etilishining 

asosiy  prinsiplari  to ‘g‘risida»gi  Konstitutsiyaviy  qonun  qabul 

qilindi.  Unda mamlakatimiz parlamenti — Oliy Majlisning ikki 

palatali  qilib  shakllantirish  prinsiplari  va  qoidalari  belgilandi.

6-§.  O ‘zbekiston  Respublikasida  Konstitutsiya 

va  qonunlarning  ustuvorligi.  Konstitutsiya 

normalarining  to ‘g ‘ridan-to‘g ‘ri  amal  qilishi

K o n stitutsiy a  va  qo n u n lar  ustunligining  t a ’m inlanishi 

huquqiy davlatning muhim belgilaridan biri bo‘lib, u 0 ‘zbekis- 

tonda davlat-huquqiy  qurilishining eng asosiy prinsipi  hamdir. 

« K o n stitu tsiy a  va  q o n u n larn in g   ustunligi  p rinsip i  shuni 

anglatadiki, — deydi Prezidentimiz I.A.Karimov, bunda barcha 

joriy  qonunlar  va  m e’yoriy-huquqiy  hujjatlar  K onstitutsiya 

asosida,  unga  muvofiq  bo‘lishi  talab  etiladi»23.

Ulug‘  bobokalonimiz Amir Temur aytganlariday: «Qayerda 

qonun hukmronlik qilsa, shu yerda erkinlik b o ‘ladi».  0 ‘zbekis- 

ton  Konstitutsiyasida Konstitutsiya davlatimizning eng Asosiy 

Q onuni  ekanligi,  u  boshqa  barcha  qonunlar  va  m e’yoriy- 

huquqiy  hujjatlardan  yuqori  turishi  quyidagicha  belgilangan: 

« 0 ‘zbek iston   R esp u b lik asid a  0 ‘zbekiston  R esp u b lik asi 

Konstitutsiyasi  va  qonunlarining  ustunligi  so‘zsiz  tan  olinadi.

Konstitutsiya  va  qonun  ustunligi  davlat,  uning  organlari, 

m ansabdor  shaxslar,  barcha jam oat  birlashmalari  va  fuqaro-

23  Karimov  I.A.  0 ‘zbekiston:  milliy  istiqlol,  iqtisod,  siyosat,  mafkura. 

Т.  1  -  Т.: « 0 ‘zbekiston»,  1996,125-bet.

66


larning  K onstitutsiya  va  qonunlarga  muvofiq  faoliyat  olib 

borishini  taqozo  etadi.  Bundan  tashqari,  bu  Konstitutsiyaviy 

tamoyil,  barcha  normativ  huquqiy  hujjatlar  Konstitutsiyada 

mustahkamlangan  qoidalarga  to ‘liq  mos  kelishini  ham  q at’iy 

talab  etadi.  Bu  K onstitutsiyaviy  qoidaga  to ‘la  rioya  etish 

m am lakatda  qonunchilik  va  huquqiy  tartibot,  taraqqiyot  va 

barqarorlik  hukm  surishiga  olib  keladi.

Shu  m u n o sab at  b ilan,  qo n u n   u stu v o rlig i  h aq id a  gap 

ketganda,  avvalo,  bir  holat  haqida  ta ’kidlab  o ‘tish joiz.  Ilmiy 

a d ab iy o td a  qo nu n   ustu v orlig i  bilan  huq uq   hukm ronligi 

tushunchalarini  b a ’zan  aralashtirib  yuborish  hollari  mavjud. 

Aslida  bular  mohiyatan  yaqin  huquqiy  hodisalar  b o ‘lsa-da, 

har  holda  bir-biridan  muayyan  darajada  farqlanadi.

Huquq  hukmronligi  shunda  ko‘rinadiki,  har  qanday  davlat, 

o ‘zi  huquqiy normalar yaratar ekan,  eng avvalo,  o ‘zi  aynan  shu 

huquqiy  normalarga  rioya  etishi  kerak,  ya’ni  amaldagi  huquq 

normalari  fuqarolar  uchun  qanchalik  majburiy  xaraktera  ega 

bo‘Isa, davlat uchun ham shunchalik majburiy xaraktera egadir.

Davlat hokimiyati  qonunda belgilab  qo‘yilgan  asoslarda va 

doiralarda  harakat  qilm og‘i,  davlat  organlari  esa,  hech  bir 

istisnosiz harakatdagi huquq normalariga bo‘ysunmog‘i lozim. 

Buning  m a’nosi  shuki,  davlat  organlari  faqat  qonun  bergan 

vakolat  doirasida  harakat  qilib,  Konstitutsiyaga  muvofiq  u- 

ning  kom petensiyasi  (huquq  va  m ajb u riy atlar  m ajm ui)da 

kiradigan  qarorlarni  qabul  qilish  va  harakatlarni  sodir  etish 

huquqiga  ega.

H uquq  hukmronligi  bu  —  davlatning,  uning  m ansabdor 

shaxslarining,  davlat  organlarining,  fuqarolarning  va  ularning 

turli  tuzilmalarining  faoliyati  huquq  bilan  bog‘liqligi,  huquq 

asosida  kechishidir.

Qonun  ustuvorligi  bu  —  muayyan  bir  davlatda  amal  qilib 

turgan  huquqiy  normalar,  normativ-huquqiy  hujjatlar  ichida 

qonunning oliy yuridik kuchga ega ekanligi,  barcha qonun  osti 

hujjatlari  qonunga  mos  kelishi  lozimligidir.

0 ‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining uchinchi bobi 

huquqiy  davlat  barpo  etishda  muhim  bo‘lgan  ushbu  prinsipni 

o ‘zida  m u sta h k am lag an :  « 0 ‘zb ek isto n   R e sp u b lik asid a 

0 ‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlarning 

ustunligi  so‘zsiz  tan  olinadi.

D avlat,  uning  o rganlari,  m an sab d o r  shaxslar,  ja m o at 

birlashmalari,  fuqarolar  Konstitutsiya  va  qonunlarga  muvofiq 

ish  ko‘radilar»  (15  -modda).



67

Oliy  yuridik  kuchga  ega  bo‘lgan  va  0 ‘zbekiston  hududida 

bevosita  to ‘g‘ridan  -  to ‘g‘ri  amal  qiladigan  Konstitutsiyaning 

ustunligi  shuni  anglatadiki,  0 ‘zbekiston  h u dudida  qabul 

qilinadigan  barcha  qonunlar  va  boshqa  norm ativ  hujjatlar 

Konstitsiyaga  zid  kelmasligi,  unga  mos  kelishi  lozim.  Davlat 

hokimiyati  organlari,  m ansabdor  shaxslar,  fuqarolar,  o ‘zini 

boshqarish  organlari,  barcha  boshqa  tashkilot  va  tuzilmalar 

0 ‘zbekiston  K onstitutsiyasi  va  qonunlariga  rioya  etishlari 

kerak.  Shu  tariqa  davlat  faoliyati  huquq  va  qonunlar  bilan 

«bog‘lab»  qo‘yiladi,  m a’lum  darajada  cheklab  qo‘yiladi.

Qonunlarga rioya etish uchun ular rasmiy tarzda e’lon etilgan 

bo‘lishi shart. Qonunlarning e’lon qilinishi — ularga rioya etish- 

ning shartidir, chunki e’lon qilinmagan qonun qo‘llanilmaydi24.

Qonun ustuvorligi va  huquq hukmronligi  («rull  of low») — 

huquqiy  davlatning  eng  muhim  tamoyillaridan,  tavsiflaridan 

biri hisoblanadi. Biroq biz yuqorida ta ’kidlaganimizdek, qonun 

ustuvorligi bilan huquq ustuvorligi bir narsa emas.  Chunki har 

qanday  qonun  doim o  huquqiy  x arak tera  ega  b o ‘lmasligi 

mumkin, ya’ni o ‘zida insonga huquq beradigan, uning erkinligi, 

real  tengligi,  ijtimoiy  xavfsizligini  t a ’m inlaydigan  qoidani 

ifodalam asligi  m um kin,  shu  bois  doim o  huquq  va  qonun 

tushunchasi  bir-biriga  mos  kelmasligi  mumkin.

Shu  bois  ham   olim lar  huquq  ustuvorligi  bilan  qonun 

ustuvorligini  alohida  talqin  etishlari  bejiz  emas,  alb atta. 

M utaxassislarning  ta ’kidlashicha,  h atto   huquq  ustuvorligi 

g‘oyasining «yoshi» qonun ustuvorligi g ‘oyasinikidan ulug‘roq, 

ya’ni  undan  oldinroq  shakllangan.  Qonun  ustuvorligi  g‘oyasi- 

ning  mazmunini  Konstitutsiyaning  ustuvorligi,  qonunni  qabul 

qilishning va unga tegishli o ‘zgartirish va q o ‘shimchalar kiritish- 

ning  alohida  tartiboti,  muolijasi  mavjudligi,  qonunga  barcha 

boshqa  normativ-huquqiy  hujjatlarning  mos  kelishi  majburiy- 

ligi, qonunni amalga oshirish va uni muhofaza etishning maxsus 

mexanizmi mavjudligi, yaxlit qonunchilik tizimining ziddiyatsiz 

b o ‘lishini  t a ’m in lay d ig an   K o n stitu tsiy av iy   n a z o ra tn in g  

mavjudligi  tashkil  etadi.

Huquq  ustunligi  o ‘z  ichiga  quyidagilarni  olishi  kerak:

1.  Davlat va jamiyat hayotining barcha muhim masalalariga 

huquq  va  qonun  nuqtayi  nazaridan  qarash  va  hal  eitsh;

2.  Davlat  va jam oat  organlarining  har  qanday  qarorlarini 

g‘oyaviy-huquqiy  asoslash;



24  Q arang:  Saburov  N .  Q onunga  ito a tk o r  sh axs.  —   Т.:  T D Y U I

nashriyoti,  2003,  7-10-betlar

68

3. 

Davlatda  huquqning  ifodalanishi  va  harakatini  ta ’min- 

lashning  ishonchli  vositalari  mexanizmi  mavjudligi25.

H uquq  ustunligi  haqida  gapirganda,  albatta,  huquq  va 

qonunning  birligi  tamoyilini  ham  ta ’kidlash  lozim.  Chunki  bu 

huquqiy  davlat  qurish  amaliyoti  uchun juda  muhim  huquqiy 

masala.  Zero,  huquqiy  davlatda  istalgan  norm ativ-huquqiy 

h u jja t  n a fa q a t  shakli,  n om lanishi,  qabul  qilinish  ta rtib i 

b o ‘yicha  emas,  balki  m azm uni  va  m ohiyatiga  q arab  ham 

huquqiy  qonun  b o ‘lishi  kerak.

Buning m a’nosi shuki, mazkur qonun, albatta, o ‘zida inson­

ning tabiiy huquqlarini jamlagan, inson va fuqarolarning huquq 

va  erkinliklari  borasidagi  xalqaro  andozalarga  mos  keladigan, 

qonunda belgilangan asos va tartibda shakllangan davlat organi 

tomonidan  qabul  qilingan  b o ‘lishi  kerak.

Chunki,  hatto  o ‘zida  buyuk  g‘oyalarni  ifodalagan  qonun 

ham   doim o  h uq u q iy   q o n u n   b o ‘lav erm asligi  m um kin. 

M a’lumki,  qonunlar  mazmunan  ilg‘or  yoki  qoloq,  mantiqiy 

yoki ziddiyatli, adolatli yoki adolatsiz bo‘lishi mumkin.  Qonun 

ustuvorligi,  shu bois,  huquqiy  davlatning  tashqi,  formal  tarafi, 

aslida  esa,  huquqiy  davlatning  ichki,  mazmuniy jihati  bu  — 

bevosita  qonunlarning  sifati  va  ichki  m ohiyatida  namoyon 

b o ‘ladigan  jih atid ir,  qisqasi,  haqiqiy  dem okratik  davlatda 

qonun  huquq  mazmun  va  mohiyatiga  mos  kelishi  kerak.

D avlat,  uning  o rg an lari,  m an sab d o r  shaxslar,  ja m o a t 

birlashmalari,  fuqarolar  Konstitutsiya  va  qonunlarga  muvofiq 

ish  k o ‘radilar  (15-modda).

Konstitutsiya va qonunlar to ‘g‘risida so‘z ketar ekan, avvalo, 

ularning  bir-biridan  farqini  ajratib  olish  kerak.  Konstitutsiya 

davlatning  Asosiy  Qonuni  bo‘lib,  u  boshqa joriy  qonunlardan 

shu  bilan  farq  qiladiki,  unda  eng  asosiy,  eng  barqaror  ijtimoiy 

munosabatlar,  uzoq  davrlarga  m o‘ljallangan  asosiy  qoidalar 

mustahkamlangan  va  bu  qoidalar  bevosita  amal  qilib,  boshqa 

qonun  chiqarish  hujjatlarida  ochib  beriladi  va  aniqlashtiriladi. 

Shu  sababli  Konstitutsiya  garchi  muhim  bo‘lsada,  lekin  Asosiy 

Qonun  doirasiga  sig‘maydigan  bir qancha  qoidalarni  o ‘z ichiga 

olmaydi.  Konstitutsiyada  mavjud  b o igan  qoidalar  negizida  va 

ularni  rivojlantirib,  zaruriyatga  qarab  boshqa  qonunlar  va 

o ‘zgacha  me’yoriy-huquqiy  hujjatlar  ishlab  chiqiladi  va  qabul 

qilinadi.  Bunda  barcha joriy  qonunlarning  huquqiy  asosi,  bosh



25  Qarang:  И слом ов  3.  О бщ ество.  Г осу д а р ств о .  П р а в о .—  Т.: 

«Адолат», 2001, 354-361-ст.

6 9 ’

manbai Konstitutsiya bo‘lib qoladi. Konstitutsiya esa oliy yuridik 

kuchga  ega  boiib,  boshqa  barcha joriy  qonunlar  va  me’yoriy- 

huquqiy  hujjatlar  unga  muvofiq  kelishi  lozim.

K o n stitutsiyaning  Asosiy  Q onun  sifatidagi  aham iyati, 

obro‘-e’tibori, barqarorligi,  uning oddiy qonunlardan farqi shu 

bilan  belgilanadi.  Bir  so‘z  bilan  aytganda,  K onstitutsiyani 

q o n u n la r  qon un i  deyish  m um kin.  Shu  bois  0 ‘zbekiston 

Konstitutsiyasida Konstitutsiyaning eng yuqori kuchga egaligi, 

ham m a  qo nu nlardan  ustun  turishi  alohida  e’tiro f  etilgan. 

Bunda  faqat  Konstitutsiyaninggina  emas,  balki  uning  asosida 

qabul  qilinadigan  qonunlarning  ustunligi  o ‘rnatiladi.

Yuqoridagi  prinsip jamiyatimizda  qonunchilik  va  huquqiy 

tartibot  tantanasini  anglatadi.  Qonunchilik  —  bu  qonunlar­

ning  mavjudligidan,  jam iyatda  chinakam  dem okratik  muhit 

va  haqiqiy  huquqiy  rejim  o ‘rnatilganligidan  dalolat  beradi. 

Qonunchilik  bu  davlat  tomonidan  qonunlar  tizimini jam iyat 

taraqqiyoti  talablariga  mos  ravishda  takomillashtirib  borish 

va davlat organlari, jam oat birlashmalari,  mansabdor  shaxslar 

va  fuqarolar  tom onidan  qonunlarga  q at’iy  rioya  etish  va  u- 

larni  og‘ishmay amalga  oshirishda namoyon  bo‘ladigan davlat 

va jamiyat hayotining prinsipidir.  Qonunchilik prinsipi qonun­

larning  hamma  uchun  istisnosiz  majburiyligini,  hammaning 

qonun  oldida  tengligini,  qonunlarning  hamma  yerda  bir  xilda 

joriy  qilinishini  ham  anglatadi.

Qonunchilik  bilan  huquqiy  tartibot  bir-biridan  farq  qiladi. 

Q onunchilikning  mazmuni  huquqiy  m e’yorlarga  q a t’iy  va 

og‘ishmay  rioya  etishlarida  ifodalansa,  huquqiy  tartibot  esa 

jamiyat a ’zolarining yurish-turishlari, ularning subyektiv huquq 

va  burchlariga muvofiq  kelishida ifodalanadi.  Boshqacha  qilib 

aytganda,  huquqiy  tartibot  huquqiy  m unosabatlar  doirasida 

shu munosabatlarning ishtirokchilari o ‘z subyektiv huquqlarini 

am alga  o sh irish la ri  va  huq u q iy   b u rc h la rin i  b a ja rish la ri 

natijasid a  vujudga  keladi.  D em ak,  qonunchilikni  am alga 

oshirish huquqiy tartibotni ta ’minlash vositalaridan biri bo isa, 

h u q u q iy   ta rtib o tn i  m u sta h k a m la sh   esa,  o ‘z  n a v b a tid a  

qonunchilikni  mustahkamlashga  yordam  beradi.  Shu  bois  u- 

lar  bir-biridan  ajralmas  bo ‘lishi  lozim.

0 ‘zbekistonda  K onstitutsiya  va  qonunlar  oldida  hamma 

teng  darajada  m as’uliyatga  ega  b o ‘lib,  qonunlar  ham   o ‘z 

navbatida  barchaga  barobardir.

Konstitutsiyaning  15-moddasi  ikkinchi  qismida  davlat,  u- 

ning  organlari,  m ansabdor  shaxslar,  jam o at  birlashm alari,



70

fuqarolar  K onstitutsiya  va  qonunlarga  muvofiq  ish  k o ‘radi- 

lar,  deb  k o ‘rsa tilg a n .  D av la t,  un in g   o rg a n la ri,  ja m o a t 

birlashmalari Konstitutsiya va tegishli maxsus qonunlar asosida 

tashkil  qilinadi  hamda  faoliyat yuritadi.  Ular  Konstitutsiya va 

maxsus  q o n u n la rd a  belgilangan  v ak o latlarn ig in a  am alga 

oshiradilar. M ansabdor shaxslar va fuqarolarning birontasi ham 

Konstitutsiya va qonunlardan tashqari ish ko‘rishga haqli emas. 

Zero, Konstitutsiya va qonunlarni chetlab o ‘tish, ularning talab- 

larini  buzish  g‘ayriqonuniy  xatti-harakat  hisoblanadi.  Bunday 

harakatlar uchun esa maxsus qonunlarda tegishlicha javobgar- 

liklar  o ‘rnatilgan,  sanksiyalar  belgilangan.

Demokratik huquqiy davlatda Konstitutsiya va qonunlarga 

og‘ishmay  amal  qilish  talabi  bilan  bir  qatorda  Konstitutsiya­

ning  b iro rta   qoidasi  0 ‘zbekiston  R espublikasi  huquq  va 

manfaatlariga zarar yetkazadigan tarzda talqin etilishi mumkin 

emasligi  ham  o ‘rnatilgan  b o iadi.

Demak, K onstitutsiyaning har bir moddasi hayotga tatbiq 

qilinayotganda  xalq  va  davlat  m anfaatlariga  zarar  yetkaz- 

maydigan  tarzda  talqin  qilinishi  zarur.  Zero,  K onstitutsiya­

ning  o ‘zi  xalq  va  d av lat  irod asin in g   ifodasidir.  Shuning 

uchun  K o n stitu tsiy a  va  q o n u n larn in g   p iro v ard   m aqsadi 

inson,  uning huquq va erkinliklarini  ta ’minlashga  qaratilishi 

kerak.

0 ‘zbekiston  Konstitutsiyasining  birorta  qoidasi  0 ‘zbekis- 



ton  Respublikasi  huquq  va  manfaatlariga  zarar  yetkazadigan 

tarzda  talqin  etilishi  mumkin  emas.  Shuningdek,  K onstitu- 

tsiyaga  k o ‘ra,  b iro rta   ham   qonun  yoki  boshqa  m e’yoriy- 

huquqiy  hujjat  K onstitutsiya  norm alari  va  qoidalariga  zid 

kelishi  mumkin  emas.  Chunki  K onstitutsiya  davlatimizning 

Asosiy  Q onuni  b o ‘lib,  u  oliy  yuridik  kuchga  ega  b o ig a n  

qonunchilik  h u jjatid ir,  K o n stitu tsiy a  h u q u qning  ham m a 

tarmoqlari:  fuqarolik  huquqi, jinoyat  huquqi,  mehnat  huquqi, 

m a ’m uriy  huquq  va  h ok azo lar  uchun  qonunchilik  negizi 

h iso b la n a d i.  D av la t  o rg an la rin in g   b a rc h a   q o n u n la ri  va 

m e’yoriy-huquqiy  hujjatlar  K onstitutsiya  asosida  chiqarilib, 

uning  qoidalariga  xilof boim asligi  lozim.

Asosiy  Qonunimizga  binoan  0 ‘zbekiston  tarixida  birinchi 

m arta  K onstitutsiya  maxsus  tarzd a  m uhofaza  qilinadigan 

b o ‘ldi.  Shu  maqsadda  Konstitutsiyaviy  sud  joriy  qilindi.  Bu 

organ  qonun  chiqaruvchi  va  ijro  etuvchi  hokim iyatlarning 

hujjatlari  Konstitutsiyaga  qanchalik  mos  kelishini  tekshirib 

turadi.  Konstitutsiyaviy  sudning  tashkil  etilishi,  vazifalari  va



vakolatlari  haqida  K onstitutsiyaning  108-109-moddalarida 

m a’lumotlar  berilgan.

Shunday qilib,  Prezident I.A.Karimov 0 ‘zbekiston Respub­

likasi  Oliy  M ajlisi  ikkinchi  chaq iriq   o ltinchi  sessiyasida 

ta ’kidlaganidek,  qonun  ustuvorligini  ta ’minlash,  shaxs,  oila, 

jam iyat  va  davlatning  huquq  va  m anfaatlari  m uhofazasini 

kuchaytirish,  aholining huquqiy madaniyati va huquqiy  ongini 

oshirish,  fuqarolarni  qonunga  bo‘ysunish  va  hurm at  ruhida 

tarbiyalash  -   bu  rivojlangan  bozor  iqtisodiyotiga  asoslangan 

chinakam   dem okratik,  huquqiy  davlat  va  erkin  fuqarolik 

jamiyati  qurishning nafaqat  maqsadi,  balki  uning  vazifasi,  eng 

muhim  sharti  hisoblanadi26.



7-§.  O ‘zbekiston  Respublikasi  xalqaro  munosabat- 

larning  to ‘la  huqnqli  subyekti

0 ‘zbekiston  Respublikasining  Konstitutsiyasi  davlat  tashqi 

siyosatiga alohida bir bobni bag‘ishlash bilan mamlakat xalqaro 

huquqning  umume’tiro f  etilgan  prinsiplari  va  norm alariga 

tarafdor  ekanligini  butun jahonga  m a’lum  qildi,  «Biz  tashqi 

siyosatimizni  shakllantirishda  Konstitutsiyaviy  tamoyillarga 

amal qilgan holda, avvalo, o ‘z kuch-qudratimizga, m a’naviyati- 

m izga,  k o ‘p  av lo d lar  m eh n ati  bilan   y aratilg a n   xalqim iz 

salohiyatiga  tayanyapmiz,  —  deb  ta ’kidlagandi  0 ‘zbekiston 

R esp u b lik asi  P rezid en ti  I.A .K arim o v .  —  Bu  —  ta sh q i 

munosabatlarda ochiq, teng huquqli va o ‘zaro foydali hamkor- 

lik  qilish,  xalqaro  huquqning  umume’tirof etgan  qoidalariga 

rioya  etish  demakdir»27.

0 ‘zbekiston Respublikasi tashqi siyosatining asosiy prinsip­

lari  Konstitutsiyaning  17-moddasida  o'zining  qonuniy  aksini 

topgan.  Tashqi  siyosat  tushunchasi  davlatning  xalqaro  ish- 

lardagi  umumiy  yo‘nalishini  o ‘z  ichiga  oladi.  Tashqi  siyosat 

d av latn in g   b o sh q a  d a v la tla r  va  x alq la r  h am d a  x alq aro  

tashkilotlar bilan  o‘zaro  aloqalarini  o ‘z ichiga  oluvchi maqsad 

va  vositalarini  qamrab  oladi.

Asosiy  Qonunimizning  17-moddasida  shunday  deyilgan: 

« 0 ‘zbekiston  Respublikasi  xalqaro  m unosabatlarning  to ‘la 

huquqli subyektidir. Uning tashqi siyosati davlatlarning suveren 

tengligi,  kuch  ishlatmaslik  yoki  kuch  bilan  tahdid  qilmaslik,



26  Karimov I.A.Xavfsizlik va tinchlik uchun kurashmoq kerak.  T.  10 —- 


Download 8.86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   40




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling