R e s p u b L i k a s I k o n s t I t u t s I y a s I n I


Т.:  «O‘zbekiston»,  2002,  28-bet


Download 8.86 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/40
Sana21.03.2020
Hajmi8.86 Mb.
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   40

Т.:  «O‘zbekiston»,  2002,  28-bet.

27  Karimov I.A.  Buyuk kelajagimizning huquqiy kafolati. —  Т.:  1993, 25-b

72

chegaralarning  daxlsizligi,  nizolarni  tinch  yo‘l  bilan  hal  etish, 

boshqa  davlatlarning  ichki  ishlariga  aralashmaslik  qoidalariga 

va  xalqaro  huquqning  immme’tirof etilgan  boshqa  qoidalari 

va  normalariga  asoslanadi.

R esp u b lik a  d a v la tn in g ,  xalq n in g   oliy  m a n fa a tla ri, 

farovonligi  va  xavfsizligini  t a ’minlash  m aqsadida  ittifoqlar 

tuzishi,  ham do‘stliklarga  va  boshqa  davlatlararo  tuzilmalarga 

kirishi  va  ulardan  ajralib  chiqishi  mumkin».  « 0 ‘zbekiston 

R espublikasi  —  xalqaro  m un o sabatlarn in g   to ‘la  huquqli 

subyekti»  degan  Konstitutsiyaviy  qoida  0 ‘zbekiston  Respub­

likasining  hozirgi  dunyodagi  o ‘rnini  bildiribgina  qolm ay, 

mamlakatimizni  haqiqatan  xalqaro  hamjamiyatning  ajralmas 

qismi  ekanligini  isbotlaydi.

Bu  esa  quyidagilarni  anglatadi:



Birinchidan, 

0 ‘zbekiston  suveren  davlat  sifatida  zamonaviy 

xalqaro  huquq  prinsiplari  va  normalari  bilan  bogiiq,  boshqa 

majburiy atlar davlatimizning roziligisiz zimmamizga yuklatilishi 

mumkin  emas;

Ikkinchidan, 

0 ‘zbekiston  h u d udid a  d av lat  hokim iyati 

chegaralanmaydi va xalqaro huquqning hech qaysi bir subyekti 

bunga  aralashish  huquqiga  ega  emas,  o ‘zining  hududidan 

tashqarida u o ‘z hokimiyatini  faqat boshqa manfaatdor davlat 

roziligi  boigandagina  amalga  oshirish!  mumkin;



Uchinchidan, 

0 ‘zbekiston  x alq aro   h u qu qn in g  bosh q a 

su b y ek tlari  bilan  d ip lo m atik   alo q alarn i  am alga  oshirib, 

ikkitom onlam a  va  k o ‘ptom onlam a  xalqaro  shartnom alarni 

tuzib,  bevosita  davlatlararo  munosabatlarda  qatnashadi.

Istiqlol yillarida 0 ‘zbekiston Respublikasining mustaqil tashqi 

siyosatining  asosiy yo‘nalishlari  quyidagilarda  namoyon  boidi:

1.  Mustaqillik  yillarida  0 ‘zbekiston  120  dan  ortiq  davlat 

bilan  diplomatik  aloqalarni  o ‘rnatdi.  Toshkentda  35  ta  davlat 

elchixonasi  ochildi,  19  ta  davlat  elchilari  esa  0 ‘zbekiston 

Respublikasida o ‘rindoshlik asosida faoliyat yurgizadi. Respub- 

likada 88  ta xorijiy vakolatxonalar akreditatsiyadan  o ‘tgan,  24 

ta  hukum atlararo  va  13  ta  hukumatlarga  tegishli  bo‘lmagan 

tashkilotlar  faoliyat  olib  boradi.  Bir  so ‘z  bilan  aytganda, 

0 ‘zbekiston  m ustaqil  d av lat  sifatid a  ja h o n   ham jam iyati 

tomonidan  tan  olindi.

2.  Konstitutsiya asosida 0 ‘zbekiston Respublikasini xalqaro 

munosabatlarning  teng  huquqli  subyekti  sifatida  bildiruvchi 

huquqiy  asoslar  yaratildi.  Tashqi  aloqalar  sohasida  muhim 

qonunlar  qabul  qilindi.



73

3.  0 ‘zbekistonning tashqi  siyosiy va tashqi iqtisodiy aloqa- 

larini ta ’minlab beruvchi davlat organlari shakllantirildi. Tashqi 

ishlar  vazirligining  funksiyalari  va  faoliyatining  yo‘nalishlari 

tubdan o ‘zgartirildi. Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi va tashqi 

iqtisodiy  faoliyat  b anki  tashkil  etildi,  tashq i  savdo  bilan 

shug‘ullanuvchi  firm alarning  maxsus  tizimi  shakllantirildi, 

xorijiy  firm a,  ban k   va  k o m pan iy alarn in g   260  dan  o rtiq  

vakolatxonalari  ochildi.

4.  0 ‘zbekiston  Respublikasi  tashqi  siyosati  va  xalqaro 

faoliyati 0 ‘zbekiston  Respublikasining Konstitutsiyasi norma- 

lari  va  prinsiplariga  Respublikaning  tashqi  siyosatni  tartibga 

soluvchi qonunchiligiga, harbiy sohadagi qonunchi-likka, BMT- 

ning  ham da  Y EX H T  ning  p rin sip lari  va  m aqsad-lariga, 

0 ‘zbekistonning  xalqaro  shartnom alaridan  kelib  chiqadigan 

majburiyatlariga asoslanadi. 0 ‘zbekiston dunyodagi eng nufuzli 

tashkilotlarga  a ’zo  b o ‘ldi  va  muhim  xalqaro  shartnomalarga 

q o ‘shildi.

D iplom atiya  tashqi  siyosatni  am alga  oshirishning  o ‘ta 

muhim vositasi hisoblanadi.  Aynan tashqi siyosat diplomatiya- 

ning  m aqsad  va  vazifalari,  y a ’ni  tashqi  siyosatni  am alga 

oshirishda  foydalaniladigan  shakllar,  vositalar  va  usullar, 

amaliy  tadbirlar  majmuasini  namoyon  etadi  hamda  belgilab 

beradi. Diplomatiya bilan bir qatorda davlatning tashqi siyosati 

vositalari  sifatida  uning  iqtisodiy,  madaniy  va  boshqa  muhim 

aloqalari  hisoblanadi.

0 ‘zbekiston  tashqi  siyosatining  asosiy  m aqsadi  davlat 

suverenitetini himoya qilish, ijtimoiy yo‘naltirilgan iqtisodiyotni 

shakllantirishga yordam beruvchi xalqaro sharoitlarni yaratish, 

tin ch lik ,  xalq aro   va  m intaq av iy   xavfsizlikni  t a ’m inlash 

maqsadida  o ‘zaro  manfaatli  hamkorlikni  o ‘rnatishdir.

0 ‘zbekiston  o ‘zining  m ustaqil  tashqi  siyosatini  amalga 

oshirishda  quyidagi  ustuvor  holatlardan  kelib  chiqadi:



Birinchidan, 

o ‘zining  milliy-davlatchilik  m anfaatlarining 

ustuvorligi  sharoitida o ‘zaro  manfaatlarni  to iiq  hisobga  olish;

Ikkinchidan, 

in so n la r  va  d a v la tla r  o rasid ag i  o ‘zaro  

m unosabatlarda  umuminsoniy  qadriyatlar  ustuvorligini  tan 

olgan holda 0 ‘zbekiston xalqaro aloqalarda tinchlik va xavfsiz­

likni mustahkamlash, nizolarni tinch yo‘l bilan bartaraf etishni 

yoqlab  chiqmoqda.  0 ‘zbekiston  yadro  qurolidan  ozod  hudud 

bo‘lib  qoladi,  agressiv tabiatdagi  harbiy bloklar va ittifoqlarga 

a ’zo  b o ‘lmaydi,  inson  huquqlari  bo'yicha  xalqaro  standart- 

larni  tan  oladi  va  muttasil  ularga  sodiqlikni  isbotlaydi;

74


Uchinchidan, 

0 ‘zbekiston  Respublikasining -tashqi  siyosati 

o ‘zaro  tinchlik,  o ‘zaro  foyda,  ichki  ishlarga  aralashm aslik 

prinsiplariga,  m ustaqillikni  va  suverenitetni  chegaralovchi 

ham da  d a v latla raro   m u n o sab atlarn i  m afk uralash tirish ga 

q aratilg an   h a rak a tlarg a  yo‘l  q o ‘yilm aydigan  prinsiplarga 

quriladi;

T o ‘rtinchidan, 

0 ‘zb ekisto n   ta sh q i  siy o satd a  ochiqlik 

prinsipini turli xil mafkuraviy qarashlardan xoli ravishda amalga 

oshirib,  barcha tinchliksevar davlatlar bilan keng tashqi aloqa­

larni  o ‘rnatmoqda;

Beshinchidan, 

0 ‘zbekiston  xalqaro  huquq  norm alarining 

milliy  qonunchilikdan  ustunligini  tan  oladi,  xalqaro-huquqiy 

standartlarni  hurmat  qiiadi.

Konstitutsiyaning  davlatni  rivojlantirish  bilan  bog‘liq  ichki 

masalalarni  hal  etishga  qaratilgan  qoidalarigagina  emas,  balki 

O ‘zbekistonning  jahon  hamjamiyatiga  integratsiyalashuvini 

ta ’min  etadigan  qoidalariga  ham  taalluqlidir.  0 ‘zbekiston 

Respublikasi  Prezidenti  I.A .K arim ov  ta ’kidlab  o ‘tganidek, 

«Ochiq  dem okratik  davlatni  qurish,  bozor  m unosabatlarini 

vujudga keltirish xalqaro e’tirof etilgan Konstitutsiyaviy hamda 

huquqiy  asosda  amalga  oshirilmoqda.  Bu  asos  iqtisodiyotni 

isloh  qilish,  uning  keng  k o ‘lam da  ja h o n   ham jam iyatiga 

integratsiyalashuvi  uchun  kuchli  huquqiy  kafolatlar  va  shart- 

sharoitlarni  ta ’minlab  beradi»28.

Asosiy  Q onun  huquqiy  davlatni  shakllantirish  sharoitida 

demokratiya  prinsiplarini,  inson  huquqlarini,  hokimiyatning 

tashkil  etilishi,  ichki  va  tashqi  siyosat  asoslarini  mustahkamlab 

borib,  davlat organlarining  huquqni muhofaza etish borasidagi, 

siyosiy,  iqtisodiy  va  ijtimoiy-  madaniy  sohadagi  faoliyatinigina 

emas,  balki  tashqi  siyosatini  ham  inson  manfaatlariga  xizmat 

qildiradi.  H uquqiy  davlatda  tashqi  siyosatga  taalluqli  eng 

m as’uliyatli  q aro rla r  hokim iyatning  oliy  davlat  organlari 

tomonidan, eng avvalo, Konstitutsiyaga muvofiq ravishda qabul 

qilinadi.  Tashqi  siyosat  sohasini  tartibga  soluvchi  qonunchilik 

normalari  butun  tizimini  shakllantirish  tashqi  siyosat  Konstitu- 

tsiyaviy-huquqiy  institutidan  boshlanadi.  Xalqaro  huquqning 

umume’tiro f normalari  tamoyillari  milliy  huquqqa  nisbatan 

yetilgan  maqomi,  shuningdek,  davlatning  ko‘ptomonlama  va 

ik k ito m o n lam a  diplom atiya  sohasidagi  faoliyati  tegishli



28  Karimov I.A.  0 ‘zbekiston XXI asr bo‘sag‘asida:  xavfsizlikka  tahdid, 

barqarorlik  shartlari  va  taraqqiyot  kafolatlari.  — Т.:  1997,  37-b.

75.

Konstitutsiyaviy  qoidalarga  bog‘liqdir.  Bu  Konstitutsiyaviy- 

huquqiy institut  ayrim  normalarni,  shuningdek,  hokimiyat  oliy 

organlarining  tegishli  vakolatlarini  to ‘g‘ridan-to‘g‘ri  belgilab 

borib,  davlat  tashqi  siyosiy  faoliyatining  mavjud  masalalariga 

boshqalarga  nisbatan  yaqinroq  turadi.  Bu  hoi  tashqi  aloqalar 

mexanizmi  faoliyat  olib  borishining  sharoitlari  va  tartibini 

belgilashda  muhim  ahamiyat  kasb  etadi.

Dunyo  hamjamiyati  tomonidan  yaratilgan  huquqiy  norma- 

lar  asosida  o‘zining  Konstitutsiyasini  yaratgan  Respublikamiz 

tashqi  siyosatining  ustuvor  yo‘nalishlarini  asosiy  prinsiplar 

sifatida  asosiy  qonunda  e’tirof etdi.  Xalqaro  hamjamiyatning 

teng  huquqli  subyektiga  aylangan  0 ‘zbekiston  tashqi  siyosiy 

faoliyatni  ham da  iqtisodiy  aloq alarn i  am alga  oshiruvchi 

institutlarni  shakllantirdi.  Ular  asosida  xalqaro  tashkilotlar, 

iqtisodiy  hamkorlik  tashkilotlari,  davlat  tuzilmalari  va  boshqa 

davlat organlari bilan birinchi navbatda umuminsoniy qadriyat- 

larga hamda milliy manfaatlarimizni hisobga olib munosabatga 

kirishildi.

0 ‘zbekiston Respublikasi suverenitetini, xavfsizligini, siyosiy 

va  iqtisodiy erkinligini  mustahkamlashda,  ijtimoiy va iqtisodiy 

m uam m olarini  hal  qilishda  0 ‘zbekiston  Respublikasining 

tashqi  siyosati  muhim  ahamiyat  kasb  etadi.

«Biz milliy manfaatlarimiz mos keladigan barcha mamlakat- 

lar bilan faol hamkorlik qilishga tayyormiz. Ayni paytda xalqaro 

hayotning muayyan prinsipial masalalari bo‘yicha qarashlarimi- 

zda  tafovut  b o ‘lgan  davlatlar  bilan  ham  ochiq  muloqot  olib 

borishga  hozir  ekanligimizni  bildiramiz»29,  —  deb  muhtaram 

Prezidentimiz  tomonidan  ta ’kidlangan  edi.

0 ‘zbekiston  mustaqillik  yillarida  xalqaro  aloqalarda  boy 

tajriba  to'plagan  holda,  o ‘z  mustaqil  tashqi  siyosatini  yuritib, 

jahon  hamjamiyatiga  qo‘shilishning  o ‘ziga  xos  yo‘nalishlarini 

ishlab  chiqdi,  davlatlararo  m unosabatlardagi  tamoyillar  va 

ustuvor  y o ‘nalishlarini  belgiladi  va  ularning  rivojlanishini 

ta ’minlash  maqsadida  tegishli  chora-tadbirlarni jadal  sur’atlar 

bilan  am alga  oshirib  kelmoqda.  0 ‘zbekiston  Respublikasi 

xalqaro  huquqning  teng  huquqli  subyekti  sifatida  xalqaro 

hamjamiyatda o ‘z obro‘-e’tiboriga ega b o iib  bir qancha yutuq- 

larni  q o ig a   kiritmoqda.



29  Karimov  I.A.  Bizning  bosh  maqsadimiz —  jamiyatimizni  demokrat- 

lashtirish  va yangilash,  mamlakatni  modernizatsiya  va  isloh  etishdir. 

—  Т.:  « 0 ‘zbekiston»,  2005,  58-b.

76

Tashqi  siyosiy  va  iqtisodiy  aloqalarni  yanada  rivojlantirish 

maqsadida 0 ‘zbekiston quyidagi asosiy prinsiplarga amal qilib 

kelmoqda:

B irin ch id an,  to m o n la r  m a n fa a tla rin i  h a r  to m o n lam a 

hisobga  olgan  holda,  o ‘z  milliy  m anfaatlarining  ustunligini 

ta ’minlash;

Ikkinchidan,  teng  huquqlilik  va  o ‘zaro  m an faatd o rlik  

hamda  boshqa  davlatlarning  ichki  ishlariga  aralashmaslik  ;

Uchinchidan,  mafkuraviy  qarashlarga  qaram   bo ‘lmagan 

ham korlik  uchun  ochiqlik,  umuminsoniy  qadriyatlarni  tan 

olish,  tinchlik  va  xavfsizlikni  asrash;

T o ‘rtinchidan,  xalqaro  huquq  norm alarini  ichki  huquq 

normalaridan  ustunligini  e’tirof  etish;

Beshinchidan,  tashqi aloqalarni ham ikkitomonlama hamda 

k o ‘ptomonlama  shartnomalar  asosida  rivojlantirish.

Shuni  ta ’kidlash  lozimki,  mustaqil  0 ‘zbekiston  Konstitu- 

tsiyasida ilk m arotaba tashqi siyosatni tartibga soluvchi norma- 

ning kiritilishi  katta  siyosiy va huquqiy ahamiyatga ega  bo‘ldi. 

Bu  o ‘z  navbatida,  0 ‘zbekistonning  jahon  hamjamiyati-ning 

a ’zolaridan  biri  sifatida  qanday  m aqsadda  harakat  qilishini 

belgilab  beradi.  M a’lumki,  sobiq  sho‘rolar  davrida xom  ashyo 

bazasi bo‘lib kelgan 0 ‘zbekiston mustaqil tashqi siyosat yuritish 

imkoniyatidan  mahrum  edi.  Xuddi  shuning  uchun  0 ‘zbekis- 

ton  R espublikasi  Prezidenti  Islom  K arim ov  « 0 ‘zbekiston 

Respublikasi  uchun  mustaqil  tashqi  siyosat  yuritish  —  davlat 

faoliyatining davlat va amalda qo‘llanilmagan yo‘nalishlaridan 

biridir.  Yakkahokimlik  tizimi  sharoitida  0 ‘zbekiston  xalqaro 

maydonga  to ‘g‘ridan-to‘g‘ri  va  ochiq  chiqish  imkoniyatidan 

m ahrum  etilgan  b o ‘lib,  o ‘zining  tashqi  siyosiy  davlat  idora- 

lariga  ega  emas  edi»  deb  hisoblaydi30.

« 0 ‘zbekiston  Respublikasining  davlat  mustaqilligi  asoslari 

to ‘g‘risida»gi  qonun  va  boshqa  hujjatlarning  qabul  qilinishi 

0 ‘z b e k isto n n in g   o ‘z  ta sh q i  siy o satin i  m u staq il  am alga 

oshirishiga  zamin  yaratdi.

M azkur  qonunlarning  qabul  qilinishi  o ‘zbek  xalqining 

daxlsiz  huquqi —  o‘z  taqdirini  o ‘zi  belgilash  huquqini  amalga 

oshirishini  belgilab  berdi.  Bu  tabiiy  holdir,  chunki  davlatimiz- 

ning o ‘z milliy mustaqilligini qo‘lga kiritishi uning tashqi siyosiy 

faoliyatini mustaqil amalga oshirishida muhim belgilovchi omil 

b o iib   xizmat  qiiadi.



30  Karimov I.A.  0 ‘zbekiston:  milliy  istiqlol,  iqtisod,  siyosat,  mafkura.

T .l  — Т.:  « 0 ‘zbekiston»,1996,  50-b.

77

0 ‘zbekiston  xalqaro  huquqning  to ‘la  huquqli  subyektliligi, 

xalqaro  hamjamiyat  tomonidan  tan  olinishi,  uning  Birlashgan 

M illatlar  Tashkiloti  va  uning  ixtisoslashgan  tashkilotlariga, 

Yevropada  Xavfsizlik  va  Hamkorlik  Tashkiloti  kabi  boshqa 

xalqaro tashkilotlarga a ’zo bo‘lishi hamda ularning faoliyatida 

qatnashishida  yaqqol  namoyon  bo‘ladi.  Bu  borada  0 ‘zbekis- 

ton  Respublikasi  Prezidenti  IsloTn  Karimov:  « 0 ‘zbekistonning 

davlat mustaqilligini  qo‘lga kiritganligi va u xalqaro miqyosda 

tan  olinganligi  shuni  bildiradiki,  bundan  buyon  Respublika 

mustaqil  ichki  va  tashqi  siyosatini  olib  boradi,  hech  kimning 

vositachiligisiz  o ‘zaro  m anfaatli  m unosabatlarni  o ‘rnatadi. 

Respublikani  haqiqatan  uning  milliy  m anfaatlaridan  kelib 

chiqqan  holda  yuksaltirish  am alda  mumkin  b o iib   qoldi»31 

degan  edi.

Shuni  qayd  etish  zarurki,  Respublikada  tashqi  siyosatning 

vujudga  kelishi  va  rivojlanishi  muammolariga  chuqur  e’tibor 

berilmoqda,  jum ladan,  Prezidentimiz  « 0 ‘zbekistonning  o ‘z 

istiqlol  va  taraqqiyot  yo‘li»  asarida  tashqi  siyosatning  asosiy 

tamoyillarini  quyidagicha  ta ’riflagan:

—  0 ‘zining  milliy-davlat  manfaatlari  ustun  b o ig an i  holda 

o‘zaro  manfaatlarni  har  tomonlama  hisobga  olish;

—  Tinchlik  va  xavfsizlikni  mustahkamlash,  nizolarni  tinch 

yo‘l  bilan  hal  etish,  tajovuzkor  harbiy  bloklar  va  uyushma- 

larga  a ’zo  bo‘lmaslik;

—  Boshqa  davlatlarning  ichki  ishlariga  aralashmaslik;

— Oshkora tashqi siyosat olib borish; xalqaro huquq norma- 

lari  ustuvorligini  tan  olish;

— Xalqaro  tashqi aloqalarni  to ‘la ishonch  tamoyili  asosida 

o ‘rnatish  .

« 0 ‘zbekiston  Respublikasi  xalqaro  munosabatlarning  to ‘la 

huquqli  subyektidir»  degan jum lalar  bilan  boshlangan  ushbu 

normaning  tub  m a’nosi  mohiyatan,  o ‘zbek  xalqining  butun 

tarix iy   y u tu g ‘ini  o ‘zida  ifo d ala g a n ,  d esak   m u b o la g ‘a 

bo‘lmaydi.  Xalqaro  munosabatlarning  to ‘la  huquqli  subyekti 

sifatida  0 ‘zbekiston  Respublikasining  dunyo  ham jam iyati 

tomonidan  e’tirof etilishi  shunday  huquqni  q o ‘lga  kiritishga 

harakat qilgan, m a’lum tarixiy davrlarda minglab azob-uqubat- 

larni  ham da  mustamlakachilik  siyosatini  boshidan  kechirgan 

xalqimiz  uchun  ulkan  yutuq  hisoblanadi.

31  Karimov  I.A.  0 ‘zbekiston:  milliy  istiqlol,  iqtisod,  siyosat,  mafkura. 

T.  1.  —  Т.:  « 0 ‘zbekiston»,  1996,  39-b.

78


0 ‘zbekiston  Respublikasining  Konstitutsiyasida  m ustah­

kamlangan tashqi siyosat borasidagi barcha tamoyillar xalqaro 

huquqning  asosiy  qoidalariga  to ‘la  muvofiqdir.

8-§.  O ‘zbekiston  Respublikasi  tashqi  siyosatining 

asosiy  prinsiplari

Mustaqil  0 ‘zbekiston  Konstitutsiyasining  tashqi  siyosatga 

bag‘ishlangan  moddasida  mamlakat  tashqi  siyosati  davlatlar­

ning suveren tengligi  tamoyiliga  asoslanishi  belgilab  qo‘yilgan. 

C hunki  xalqaro  huquq  ta rtib o tn i  faqatgina  davlatlarning 

yuridik  jih atd an   tengligini  to iiq   hurm at  qilish  asosidagina 

amalga  oshirish  mumkin.  H ar bir davlat  boshqa ishtirokchilar 

suverenitetini hurmat qilishga majbur. Buning m a’nosi shundan 

iboratki,  hech  bir  davlat  o ‘zga  davlatlarning  hududlaridagi 

qonunchilik,  ijro  va  sud  hokim iyatining  faoliyatiga  ham da 

o ‘sha  davlatning  mustaqil  tashqi  siyosiy  faoliyat  yuritishiga 

aralashmasliklari  va  o ‘z  tashqi  siyosatlarini  mustaqil  ravishda 

yurita  olishlari  lozim.  Ushbu  qoida  BMT  Nizomining  birinchi 

bo‘lim 2-moddasida  o‘z ifodasini topgan.  Unda shunday  ta ’rif 

beriladi:  «Tashkilot  unga  a ’zo  b o ig a n   barcha  davlatlarning 

suveren tengligi tamoyiliga asoslanadi». Shunday qoidalar BMT 

tizimidagi xalqaro tashkilotlar nizomlarida, aksariyat mintaqa- 

lararo  xalqaro  tashkilotlarning  nizomlarida  k o ‘ptomonlama 

va  ikkitom onlam a  davlatlararo  ham da  xalqaro  tashkilotlar 

tomonidan  tuzilgan  hamkorlik  kelishuvlarida  hamda  xalqaro 

tashkilotlarning huquqiy  hujjatlarida  ya’ni  Xelsinki  Kengashi- 

ning  yakunlovchi  hujjatlari,  Parij  va  Madrid  xartiyalarida  o ‘z 

ifodasini  topgan.

Suveren tenglik tamoyilining asosiy ijtimoiy mohiyati davlat- 

larni  iqtisodiy,  ijtimoiy,  siyosiy  va  boshqa  xarakterdagi  farq- 

laridan  q a t’i  nazar  xalqaro  munosabatlarda  yuridik jihatdan 

teng ishtirokini ta ’minlashdan iborat. Chunki davlatlar xalqaro 

munosabatlarning  teng  huquqli  qatnashchilaridir  va  ular  bir 

xil  huquq  hamda  majburiyatlarga  ega.

1970-yilgi  Deklaratsiyaga  asosan  suveren  tenglik  prinsipi 

tushunchasi  quyidagi  asosiy  qoidalarni  o ‘z  ichiga  oladi:

a)  Davlatlar  yuridik jihatdan  tengdirlar;

b)  H ar  bir  davlat  to i a   suverenitetga  xos  b o ig a n   huquq- 

lardan  to ‘liq  foydalanadi;

d) H ar bir davlat boshqa davlatlarni huquq subyekti sifatida 

hurmat  qilishga  majbur;



79

e)  Н аг  b ir  d a v la tn in g   yax litlig i,  h u d u d iy   va  siyosiy 

mustaqilligi  daxlsizdir;

f)  H ar  bir  davlat  o ‘zining  siyosiy,  ijtimoiy,  iqtisodiy  va 

madaniy  tizimini erkin tanlash,  ularda mavjud munosabatlarni 

tartibga  solish  huquqiga  ega;

g)  H ar  bir  davlat  o ‘zining  xalqaro  majburiyatlarini  to ‘liq 

va vijdonan bajarish  hamda boshqa  davlatlar bilan  tinchlik  va 

osoyishtalikda  yashashga  majburdir.

Y EX HTning  1975-yilgi  Y akuniy  hujjatidan  o ‘rin  olgan 

tam oyillar  D eklaratsiyasiga  binoan  davlatlarning  suveren 

tengligi  prinsipi  quyidagilarni  anglatadi:

-   Davlatlar o ‘z munosabatlarida tarixiy va ijtimoiy-siyosiy 

rivojlanishlardagi  farqlarni  hurm at  qilishlari  lozim;

-   Y o‘nalishlar va  qarashlarning  har  xilligi,  ichki  qonunlar 

ham da  m a’muriy  qoidalar  suverenitetga  rioya  qilish  yo‘lida 

g‘ov  b o ‘lmasligi  kerak;

-   H ar  bir  davlat  boshqa  davlatlar  bilan  munosabatini  o ‘z 

xohishicha  va  xalqaro  huquqqa  muvofiq  belgilash  va  amalga 

oshirish  huquqiga  ega;

-   D a v la tla r  x alq aro   ta sh k ilo tla rg a   k irish ,  ikki  yoki 

ko ‘ptomonlama  shartnom alarga  a ’zo  b o ‘lish  ham da  betaraf- 

lik  huquqlariga  ega.

Shunday  qilib,  har  bir  davlat  suveren  tenglik  tamoyilining 

asosiy  qoidalari  nafaqat  davlat  suverenitetini  taqozo  etibgina 

qolmay,  balki  uni  hurm at  qilishni  ham  talab  etadi.  Davlatlar 

o ‘zaro munosabatlarda bir-birlarining tarixiy va ijtimoiy-siyosiy 

riv o jlan ish ig a,  u la rd a g i  tu rli  y o n d ash u v   va  q a ra sh la rn i 

shakllanishiga,  ichki  qonun  va  qoidalarini  yaratishlariga, 

xalqaro  huquq  ta ’sirida  boshqa  davlatlar  bilan  b o ‘ladigan 

munosabatlarini  o ‘z  nuqtai  nazari  bilan  amalga  oshirishlariga 

to ‘sqinlik  qilmasligi  lozim. 

j

D avlatlarning  yuridik  jih atd an   tengligi;  ularning  faktik 



jih a td a n   x alqaro  m u n o sab a tlard a   tengligini  bildirm aydi. 

Chunki BMT Xavfsizlik Kengashining a ’zolaifi alohida huquqiy 

holatga  ega  ekanligi  bunga  misol  b o ‘la  oladi.  Muayyan  bir 

d av lat,  d a v la tla ra ro   ittifo q la r  yoki  x alq a ro   ta sh k ilo tla r 

tomonidan yaratilgan normalar boshqa davlatlarga tazyiq bilan 

o ‘tkazilishi  mumkin  emas.

Xalqaro  huquq  subyektlarini  har  qanday  xalqaro  huquqiy 

m unosabatlar  tizimiga  kiritish,  faqatgina  uning  erkinligiga 

asosan  amalga  oshiriladi.

80


Shunday  qilib,  suveren  davlatlar  bor  ekan,  suveren  tenglik 

tamoyili  xalqaro  huquq  tizimidagi  asosiy  qoidalardan  biri 

b o ‘lib  qoladi.

Xalqaro huquqning kuch ishlatmaslik yoki kuch bilan tahdid 



qilmaslik tamoyili 

ham mamlakat Konstitutsiyasida o ‘z ifodasini 

topgan.

Xalqaro munosabatlarda kuch ishlatishdan yoki kuch bilan 



tahdid  qilishdan  voz  kechish  tam oyili  tom onlarni  boshqa 

davlatlarga  qarshi  bevosita  yoki  bilvosita  kuch  ishlatishni 

ifodalovchi  har  qanday  harakatlardan  o ‘zini  tiyib  turishini 

anglatadi.  Kuch  ishlatmaslik  yoki  kuch  bilan  tahdid  qilmaslik 

to ‘g‘risidagi  m asala  ilk  bor  Ikkinchi  jahon  urushi  yillarida 

yuzaga  keldi  va  x a lq la rn in g   u ru sh d a n   keyin  x alq aro  

munosabatlarni adolatli asosda qurishga b o ig an  intilishlari va 

umidlarini  aks  ettirdi.  Bu  obyektiv  qonuniyat  birinchi  m arta 

x alq a ro   h u q u q   p rin sip ig a  ay lan d i  va  BM T  N izom ida 

mustahkamlab  q o ‘yildi.

BMT  Nizomining  IV  bo ‘lim  2-moddasiga  asosan  xalqaro 

huquq  subyektlari  kuch  ishlatm aslik  va  kuch  bilan  tahdid 

qilmaslik  prinsipi  asosida  faoliyat  ko‘rsatishini  o ‘z  zimmasiga 

oladilar.  BMT  Nizomidagi  m e’yorga  asosan  qabul  qilingan 

1970-yilgi  xalqaro  huquq  prinsiplari  to ‘g‘risidagi  Deklaratsiya 

va  X elsinki  K en g ash in ing   y ak u n lo v ch i  h u jja tla ri  kuch 

ish la tm a slik   va  kuch  b ilan   ta h d id   so lm aslik   p rin sip in i 

mazmunan  boyitadi.

Kuch  ishlatmaslik  majburiyati  barcha  davlatlarga  taalluq- 

lidir, chunki xalqaro xavfsizlik va tinchlikning saqlanishi, nafa- 

q at  BM T  ga  a ’zo  b o ‘lgan  davlatlarga,  balki  barcha  a ’zo 

bo‘lmagan davlatlarga ham ushbu tamoyilga amal qilishni shart 

qilib  qo‘yadi.  Biroq  BMT  Nizomining  na  2-moddasida  va  na 

boshqa  bandlarida  davlatlar  tomonidan  shu  tamoyilga  asosan 

qanday  faoliyat  k o ‘rsatm asligi  yoki  ularg a  qanday  xatti- 

harakatning  taqiqlanganligi  aniq  tavsiflab  berilmagan.

BMT Nizomiga muvofiq, nafaqat qurolli kuchlarning, balki 

har qanday kuchning haq-huquqlariga qarshi qo‘llanilishi, ya’ni 

qurol  ishlatm asdan  qilinadigan  zulm -zo‘rav o n lik lar  ham 

taqiqlanadi.  «Kuch»  atam asiga  alohida  u rg ‘u  berib,  kuch 

ishlatishning  tinchlikka  o ‘ta  katta  xavf-tahdid  solishini  e’tirof 

etmoq  lozim.  Nizomning  2-modda,  4-bandida,  avvalombor, 

qurolli  kuch  ishlatishning  man  etilganligi  haqida  so‘z  boradi.

Y E X H T ning  yakunlovchi  hu jjatida  a ’zo  davlatlarning 

«boshqa  a ’zo-davlatni  majburlash  maqsadida  kuch  ishlatish-



Download 8.86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   40




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling