R IV o j L a n t ir is h I n s t I t u t I


Tabiiy resurslar bilan  ta’minlanganlik darajasi


Download 24.28 Kb.
Pdf ko'rish
bet10/17
Sana16.02.2017
Hajmi24.28 Kb.
#595
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   17

Tabiiy resurslar bilan  ta’minlanganlik darajasi 
deganda 
tabiiy  resurslarning  um um iy  ko ‘lam i  ko 'rsatk ich lari  bilan 
ulardan  foydalanish  m iqdori  o'rtasidagi  nisbat  tushuniladi. 
U  tabiiy  resurslarning  necha  yillargacha  yetishi  yoki  resurs 
zaxira  ko ‘rsatkichlarining aholi jo n  boshiga  to ‘g ‘ri  kelishi  na- 
tijalari  bilan  ifodalanadi.
Tabiiy  resurslar  iqtisodiy  taraqqiyotda  ancha  aham iyatli 
bo‘lganligi  sababli  uzoq tarixiy  davrlar davomida  m am lakatlar 
siyosatini,  dem ak  turli  davrlar  siyosiy  hayotini  belgilashda 
m uhim   rol  o ‘ynab  kelgan.  Tarixda  yuz  bergan  k o ‘pchilik 
urushlarning  kelib  chiqishida,  k o ‘p  jih atd an   joylarning  boy 
yaylovlari,  suvli  va  serhosil  tu p ro g 'i,  go ‘zal  tabiat  go‘shalari, 
oltin yoki  boshqa boyliklarga  ega bo'lgan  konlari va boshqalar 
ham   sabab  b o ‘lgan.
Tabiiy resurslarning  ijtimoiy-siyosiy hayotga ta'siri  ayniqsa, 
hozirgi  vaqtda  o ‘zining  yuqori  darajasiga  ko‘tarildi.  So‘ngi 
yillarda  turli  tabiiy,  ayniqsa,  m ineral  xomashyolar taqchilligi- 
ning  kuchayib,  ekologik vaziyatning  m urakkablashib borishi,
6 -
81

G ‘arb bilan  Sharq,  rivojlangan  va  rivojlanayotgan  m am lakatlar 
o ‘rtasida  m avjud  kurashlarning  yanada  avj  olishiga  olib  kel­
m oqda.  U zoq  davom   etayotgan  Yaqin  Sharq,  Afg‘oniston, 
Fors  q o ‘ltig‘i  hududlari,  Janubiy-Sharqiy  Osiyo  so ‘ngi  vaqt- 
larda  M arkaziy  Osiyo  uchun  kechayotgan  siyosiy  kurashlar 
negizida ko ‘p jihatdan  qimm atli  tabiiy resurslarga  egalik  qilish 
m anfaatlari  ham   yotadi.  AQSH  va  Rossiya,  G 'arb iy  Yevropa 
va  Uzoq  Sharq  m am lakatlarining  bir-birlari  bilan  ayrim  hol- 
larda  ochiqdan-ochiq,  k o 'p in ch a   esa yashirin,  am m o  ayovsiz 
kurashlari  oxir-oqibat  h a r  birlarining  iqtsodiy  m anfaatlariga 
kelib  taqaladi.
S huning  bilan   birga  alo h id a  ta'k id lash   lozim ki,  tabiiy 
resurslar  m am la k a tla r  iq tiso d iy   va  ijtim oiy  tara q q iy o tid a  
q an ch alik   m uhim   rol  o ‘ynam asin,  hozirgi  F T I  davrida  ular 
b irlam ch i  ah am iy atg a  ega  b o ‘la  olm aydi.  B uni  h ay o t  tu rli 
m is o lla r d a   t a s d i q la y d i .  B ir  q a to r   G ‘a rb iy   Y e v ro p a , 
Y aponiya  davlatlari,  O siyoning  yangi  in du strial  m am lakat- 
lari  dey arli  b iro n   x ild ag i  ta b iiy   b o y lik lar  b ila n   y e ta rli 
ta 'm in la n m a g a n .  Shunga  q ara m asd a n   ular  hozirgi  vaqtda 
ijtim oiy   tara q q iy o td a   u lk an   n atijalarga  erishganlar.  A ksin- 
c h a ,  ta b iiy   re s u rs la rn in g   k o ‘p g in a   tu rla ri  b ila n   yaxshi 
ta 'm in la n g a n   k o ‘p lab   A frik a ,  O siyo ,  L o tin   A m e rik a si 
m am lak atlari  esa  iq tiso d iy   jih a td a n   hozirg ach a  ja h o n n in g  
qoloq  davlatlari  q a to rid a   kelm oqda.
Dem ak,  turli tabiiy resurslarning  haqiqiy iqtisodiy boylikka 
aylanishida  oxir  oqibat  boshqa  om illar,  birinchi  navbatda, 
inson  om ili,  uning  ilmiy  va  am aliy  salohiyati  hal  qiluvchi 
aham iyatga  egadir.
SA VO L  VA  T O P S H IR IQ L A R
1.  N e g a   b iz   ta b ia tn i  O n a  tab iat  d ey m iz?
2.  T a b iiy   sh a ro it  va  ta b iiy   resurslar  d egan d a  n im a la rn i  tu sh u n a siz?  
Bu  tu sh u nchalarn in g  asosiy  farqlari  va  b o g ‘liq  to m o n la rin i  s o ‘zlab 
b erin g .
3.  T o g ia r   va  b a la n d lik la rn in g   ta b iiy   «d evor»ligi  m am la k a tla rn in g  
ijtim o iy -s iy o s iy   h a y o tig a   q an d ay  ta'sir  k o ‘rsatadi?
4.  T u g a y d ig a n   va  tu g a m a y d ig a n   ta b iiy   resurslardan  fo y d a la n ish d a  
k elg u sid a   b iz  qan d ay  y o ‘l  tu tis h im iz   kerak?
82

5.  T a b iiy   resu rslar  b ila n   ta 'm in la n g a n lik   d arajasin i  davlatlararo 
siy o siy   m u n osab atlarga  ta'siri  borm i?  H o zirg i  davr  voq elik larid an  
bularga  m iso lla r   k eltirin g.
6.  F T I  d avrid a  ta b iiy   resu rslar  d a v la tla r n in g   iq t is o d iy -ijtim o iy  
h a y o tid a   q a n d a y   rol  o ‘ynaydi?
7.  X arita  va  atlaslarga  qarab  ja h o n n in g   ta b iiy   resurslarga  en g   b o y  
va  k a m b a g ‘al  m a m la k a tla r in i  ajratin g  va  u lar  h a q id a   s o ‘zlab  
bering.
83

IX   BOB
IQTISODIY  VA  IJTIMOIY  TARAQQIYOTDA 
HUDUDNING  0 ‘RNI
1.  Hudud  haqida  tushuncha
H ar  qanday  m am lakatning  iqtisodiy va  ijtim oiy geografik 
jih atid an   o 'rganilishi  uning  hududi  (lo tin ch a—territorium , 
terra  —  yer,  m am lakat,  dem akdir)  va  aholisi  ko‘rsatkichla- 
ridan  boshlanadi.  M am lakatlarning  xilm a-xil  tabiiy  resurs- 
lari —  yer,  m ineral,  suv,  agroiqlim ,  o ‘rm on  resurslari  bilan 
ta'm inlanish  holatlari  ko ‘p  hollarda  aynan  barcha  boyliklar- 
ning  «onasi»  hisoblanadigan  hududning  katta  kichikligiga 
bog‘liqdir.  Jahonda tabiiy resurslarga eng boy bo‘lgan  Rossiya, 
AQSH,  Kanada,  Braziliya,  Avstraliya,  Xitoy,  Qozog‘iston  ayni 
bir  vaqtda  hududi  eng  yirik  m am lakatlar  ham dir.  T o ‘g‘ri, 
ayrim   kichik  hududli  m am lakatlar  ham   ba'zan  biron  hil  m i­
neral  boyliklarga  ancha  boy  b o ‘lishi  m um kin.  A ncha  kichik 
m am lakatlar b o ‘lishiga  qaram asdan  Quvayt,  Q atar,  Bahrayn, 
BAAning  neftga,  Yamayka va  Surinam ning boksitga,  Islandiya 
va  Yangi  Z elandiyaning  geoterm al  energiyaga  boy  ekanligi 
bunga  misol  b o ‘lishi  m um kin.
K atta  hududli  m am lakatlarning  tabiiy  sharoiti  ham   ancha 
x ilm a-x il  b o ‘ladi.  T ab iiy k i,  u la rd a   h u d u d n in g   iq tiso d iy  
o ‘zlashtirilishi  va  aholining  o ‘rtacha  zichlik  darajalari  bir xil 
b o ‘lavermaydi.  Bunday  m am lakatlarda  ancha yaxshi  iqtisodiy 
o ‘zlash tirilgan   h u d u d lar  b ilan   b ir  q a to rd a   hali  ju d a   sust 
o ‘rganilgan  keng  o ‘lkalar  ham   uchraydi.  Rossiya,  K anada, 
Braziliya,  Avstraliya,  Xitoy  ana  shunday  m am lakatlardandir. 
A ksincha,  m aydoni  nisbatan  kichik  b o ‘lgan  m am lakatlarda 
o d atd a  m avjud  tabiiy  resu rslardan   t o ‘laroq  foydalanishga 
erishilganligi  uchun  hududning  iqtisodiy o ‘zlashtirilish daraja­
si  ancha  yuqori  b o ‘ladi  va  ularda  aholi  zich  yashaydi.  Shu 
sababli  ularning  k o ‘pchiligi  iqtisodiy  rivojlangan  m am lakat- 
lardir.  Bundaylarga Yevropaning  k o'plab,  Osiyo  va A m erika- 
ning  ayrim  m am lakatlari  kiradi.
84

Shunday qilib,  hudud,  bir tom ondan,  m am lakatlar ob’yek- 
tiv  borlig'ining  asosi,  aholisini  siyosiy  va  ijtim oiy-m a'naviy 
jih atdan   birlashtirib  turuvchi  m uayyan yer m aydoni,  ikkinchi 
tom on dan   m am lakatlar  iqtisodiy  va  ijtim oiy  taraqqiyotining 
m uhim   om ili  sifatida  qatn ash ad i.  Z ero,  insoniyatning,  u 
yashayotgan  m am lakatlarning jam i  iqtisodiy,  ijtimoiy va  m a'- 
naviy boyliklari  ana  shu  zam inda  shakllanadi  va  rivoj  topadi.
Tabiiyki,  sayyoramiz barcha  m am lakatlarining hududi turli 
xil  iqtisodiy  geografik  sharoitga  ega.  Avvalo  ular,  hududla- 
rining  katta-kichikligi,  tuzilishi  holatlari  (yaxlit  yoki  tarqoq 
joylashganligi)  turlichadir.  Bunga  agar  hududning  iqtisodiy 
geografik o ‘rni  (IG O ‘),  tabiiy  sharoiti va resurslari  kabi  xusu- 
siyatlarini  ham   q o ‘shadigan  b o ‘lsa,  davlatlar  egalik  qilib 
kelayotgan  zam in  (hudud)  im koniyatlari  naqadar  xilm a-xil 
ekanligini  tushunish  qiyin  emas.  Bularning ham m asi,  h u d u d ­
ning  qanday  hususiyatdaligidan  qat'iy  nazar,  unga  qandaydir 
m uqaddaslik  darajasini  egallashga  olib  kelgan.  Shu  sababli 
aynan  hudud  uzoq  tarixiy  davrlar  davom ida  son-sanoqsiz 
qonli  urushlarning  kelib  chiqishiga  sabab  b o ‘lm adi  va  inson 
tu g‘ilib  o'sgan  yurtining  har  bir  qarich  yeri  uchun  o ‘zini, 
borlig‘ini  qurbon  qilm adi,  deysiz.
Shunday  qilib,  jah o n   m am lakatlarining  hozirgi  hududiy 
ko‘rinishlari  uzoq  tarixiy  davrlar  davom ida  turlicha  kechgan 
kurashlar va turli  om illar ta'sirida shakllandi.  U lar o'ziga  hos 
m iqdor  va  sifat  k o ‘rsatkichlari  bilan  b ir-b irlarid an  ajralib 
turadi.
2. 
Hududning  miqdor  k o ‘rsatkichlari
H ududning  m iqdor  ko ‘rsatkichlari,  avvalo,  uning  u m u ­
miy  m aydoni,  ularning  katta-kichikligi  holatlarida  nam oyon 
b o ‘ladi.  2-jadvalda jah o n   davlatlari  va  m am lakatlari  hududi- 
ning  kattaligiga  ko ‘ra  m iqdor  ko‘rsatkichlar  keltiriladi.
Jadval  ko ‘rsatkichlari  asosida jaho n   m am lakatlarini hudu- 
dining  kattaligiga  ko‘ra  quyidagi guruhlarga  ajratish  mumkin:
1. 
Ulkan  mamlakatlar. 
Ularga  hududi  1  m ln  km 2  dan 
ziyod  b o ‘lgan  29  m am lakat  kiradi.  Bu  guruh  m am lakatlar 
aholi  yashaydigan yer yuzi  um um iy  m aydonining  sal  kam   79 
foizini  o ‘zlarida  birlashtiradilar.  U larda  yer  yuzi  aholisining 
61  foizidan  k o ‘prog‘i  yashaydi.  Bu  guruh  m am lakatlarning 
2/ 3  qism idan  ziyodrog‘i  Afrika va Janubiy Amerikada joylash-
85

gan.  Yevropada esa  ulkan  m am lakatlar um um an  uchram aydi. 
Bu  holatni  Afrika  va  Janubiy  Am erika  siyosiy  xaritasining 
asosan  s o ‘ngi  asrlard a  shakllanganligi  bilan   tu sh u n tirish  
m um kin.
2-jadval
Yirik
m intaqalar
M a m la ­
katlar
M am lak atlar  kattaligi  (m in g   k m 2)  b o 'y ic h a
1  m ln   va 
undan 
katta 
b o'lgan lar
5 0 0 -
1000
100-
500
1 -1 0 0
1  m in g ­
dan  kichik 
b o ‘ lganlar
1 M D H
12
2
1
5
4

2
Y evropa
40

2
12
19
7
3
O siyo
39
6
6
12
12
3
4
Afrika
56
12
11
15
16
2
5
A m erika
49
8
2
9
15
15
6
A vstraliya  va 
O keaniya
26
1
-
2
7
16
Jah on   b o 'y ic h a
222
29
22
55
73
43
2.  Yirik  mamlakatlar. 
Bu  guruhga  hududi  500  m ingdan 
1  m ln.  km 2  gacha  k attalik d a  b o ‘lgan  m am lakatlar  kiradi. 
U larning  um um iy  soni  22  ta  b o ‘lib,  jah o n   um um iy  m aydo- 
nining  11  foizidan  k o ‘prog‘i  va  aholining  13,5  foizini  o ‘zida 
birlashtiradi.  Bunday  m am lakatlarning  aksariyati  Afrika  va 
O siyoda  joylashgan.
3.  0 ‘rta  kattalikdagi  m am lakatlar. 
H ududi  100  m ingdan 
500  m ing  km 2  gacha  kattalikda  bo 'lg an  bu  guruh  m am lakat- 
larining  soni  56  tadir.  U lar  jaho n nin g  davlatlar  tom onidan 
egallangan  um um iy  m aydonining  5,8  foizini  va  aholisining 
14,6  foizini  o 'zlarid a  birlashtiradi.  G uruh  m am lakatlarining 
asosiy  qismi  Yevropa,  Osiyo  va  Afrika  m intaqalarida  jo y ­
lashgan.
4 .  Kichik  mam lakatlar. 
Bu  guruhga  hududining  kattaligi 
1  m ingdan  100  ming  km 2  gacha  b o ‘lgan  72  davlat  va  m am ­
lakatlar kiradi.  Eng k o ‘p  sonli  m am lakatlardan  tashkil  topgan 
bu  guruh  o ‘zida jah o n   um um iy  m aydonining  atigi  4  foizini  . 
va aholisining  10,4  foizini birlashtiradi.  Bunday m am lakatlar­
ning  hissasi  jah o n n in g   deyarli  b arch a  m am lakatlarda  bir 
m uncha  kattaroqdir.
86

5. 
M itti  m am lakatlar. 
J a h o n d a   bu  guruhga  m aydoni 
1  ming  km 2  dan  kichik  b o ‘lgan  43  davlat  va  m am lakatlar  ki­
radi.  U larning  ham m asi  ja h o n   um um iy  m aydoni  va  aholisi 
b o'yich a  atigi  0,1  foizga  yaqin  qism ini  o 'zlarid a  birlashtira- 
di,  xolos.  M itti  m am lakatlar garchi jah onning  deyarli  barcha 
m intaqalari  b o ‘yicha tarqalgan b o isa -d a ,  ularning  katta  qismi 
A m erika  va  O keaniyaning  son-sanoqsiz  orollarida  joylash- 
gandir.
T a'kidlam oq  kerakki,  so ‘ngi  ikki  guruh  m am lakatlarning 
siyosiy xaritasi  hali  oxirigacha shakllanib b o ‘lgan emas.  Yaqin- 
yaqinlargacha  turli  m ustam lakachi  m am lakatlar  tobeligida 
bo 'lib  kelgan  bu  guruh  m am lakatlarining  kam ida  V3  qismi, 
turli  sabablarga  ko ‘ra,  hozirgacha  o ‘z  m ustaqilliklariga  erish­
gan  emas.
3.  Hududning  sifat  k o ‘rsatkichlari.
M am lakatlar  h u du d inin g   sifat  k o ‘rsatk ichlari  qatoriga 
ularning  shakli  (konfiguratsiyasi),  chegaralarining  ijtim oiy - 
siyosiy  geografik  x u su siy atlari,  m am la k a tla r  h u d u d in in g  
iqtisodiy  geografik  o ‘rni  (IG O ‘)  va  boshqalar  kiradi.
Agar  jah o n   siyosiy  xaritasiga  diqqat  bilan  nazar  tashla- 
sak,  undagi  m am lakatlar katta-kichikligidan  qat'iy nazar,  ular 
har  birlarining  shakli-sham oyillari  turlicha  ekanligini  ko‘ra- 
miz.  M am lakatlar bir  qism ining  hududi yaxlit va to ‘da  (kom- 
pakt) joylashgan  b o ‘lsa,  boshqa  bir  qismi  bir  qancha  b o ‘lak- 
lardan  iborat  va  tarqoq joylashgandir,  ularning  uchinchi  bir 
qism ining  h u d udi  o ‘ta  c h o ‘zilgan  ho lda  yoki  k o ‘p  sonli 
orollarda  joylashgan  b o ‘ladi.
H ududni  iqtisodiy jih a td a n   sam arali  foydalanish  va  tash- 
kiliy jih atd an  qulay  boshqarish  im koniyatlari  eng  ko‘p 
t o ‘da 
(k om p ak t)  jo y la sh g a n   m am lak atlarga 
xos  b o 'la d i.  Agar 
m am lakat hududi  tarqoq va  b o ia k -b o ‘lak  yoki  ancha  cho'zil- 
gan  b o ‘lsa,  tabiiyki,  u n d an   foydalanish  im koniyatlari  shu 
darajada  past  b o ‘ladi.
H ududi  kom pakt  (yaxlit  va  to ‘da) joylashgan  m am lakat­
lar barcha m intaqalarda  ham   asosan ko ‘pchilikni tashkil  qila­
di.  Ayniqsa bunday  holat  G ‘arbiy Yevropa,  M arkaziy A m eri­
ka,  J a n u b i-G ‘arbiy  Osiyo,  M D H   kabi  m intaqalarning  k o ‘p- 
chilik m am lakatlariga  taalluqlidir.  Ularning  hududiy  shakli  — 
tuzilishi  asosan  h ar jih atd an   qulaydir.  Bunday  hududiy  tuzi- 
lishga  ega bo'lgan  m am lakatlarning  ko ‘pchiligi  hozirgi  vaqtda,
87

agar  ularga  boshqa  salbiy  om illar  ta ’sir  ko'rsatm agan  b o ‘lsa, 
yuqori  rivojlanish  darajalariga  erishganlar.  H ududi  kom pakt 
joylashgan  G ‘arbiy  Y evropaning  deyarli  barcha  davlatlari, 
Osiyoning  Koreya  respublikasi,  Singapur  kabi  ayrim  m am la- 
katlari  hozirgi vaqtda yuqori  rivojlanish  darajasiga erishganlar.
Bir  qator  m am lakatlar  hududi,  aksincha,  nisbatan  tor 
yo‘nalishda  nihoyatda  ch o ‘zilgan  shaklga  egadir.  Jum ladan, 
Chili  Tinch  okeani  bilan  And  tog 'lari  oralig‘i  (eniga  150- 
200  km  gacha)  b o ‘ylab  shim old an  janubga  4300  km  ga, 
V yetnam   va  Norvegiya  esa  (xaritalarga  qarab  ularning  qaysi 
dengizlar b o ‘ylab joylashganligini  aniqlang)  1700  dan  sal  kam 
2000  km  gacha,  xalq  tili  bilan  aytganda,  «ichakdek»  c h o ‘zil- 
ganlar.  AQSH  hududi  m am lakatning,  bir-birlaridan  m inglab 
km  uzoqda  joylashgan  m aterik,  Alyaska  yarim  oroli  ham da 
Gavayi  orollari  qism larga  b o 'lin g an   holda  tashkil  topgan. 
Rossiya  Federatsiyasining  asosiy hududidan uning  Kaliningrad 
viloyati,  O zarboyjonning  asosiy  hududidan  esa  N axichivan 
respublikasi  butunlay  ajralgan  holda joylashgan.  0 ‘z - o ‘zidan 
m a 'lu m k i,  h u d u d n iig   sh u n g a   o ‘x shash  n o m u ta n o s ib lik  
xususiyatlari  ushbu  m am lakatlarning  iqtsodiy-ijtim oiy-siyosiy 
hayo tid a  ba'zi  qiyinch ilik larn i,  m uayyan  vaziyatlarda  esa 
ayrim  tangliklarni  keltirib  chiqaradi.
H ududning  sifat  ko ‘rsatkichlari  qatoriga 
mamlakatlarning 
chegaralari 
va  ulardagi 
ijtim oiy-siyosiy-geogragfik 
holat  ham 
kiradi.  C hunki  tarixiy  davrlardan  hozirgacha  bu  ob ’yektiv 
xaqiqat  m am lakatlar o ‘rtasida  shakllanadigan  o ‘zaro  m unosa- 
batlarga  o ‘z ta'sirini  o ‘tkazib  keladi.  Agar chegaralar barqaror, 
tinch va  obod  b o ‘lsa  m am lakatlar orasida  totuvlik va  d o ‘stona 
m unosabatlar,  aksincha  b o ‘lsa  m unosabatlarda  ijtim oiy  no- 
tinchlik,  ba'zi  hollarda  siyosiy  tanglik  qaror topadi.  Shunday 
b o ‘lib  kelgan  va  bu  h a q iq a t  b u n d a n   keyin  ham   davom  
etaveradi.
Biz  h ar  qanday  m am lakatlar  chegaralarida  yuz  berishi 
m um kin  b o ‘ladigan  siyosiy-ijtim oiy  inqirozlar  qanday  no- 
xush  ijtimoiy oqibatlarni  keltirib  chiqarishi  m um kin  ekanligini 
aniq  voqealar misolida  tushunishga  harakat  qilaylik.  Shu bilan 
birga  ja h o n d a   hozirgacha  davlatlararo  siyosiy-hududiy  va 
boshqa  turli  ijtim oiy  (milliy,  diniy,  fuqarolararo)  m ajorolar 
o ‘z  y e c h im in i  to p o lm ay   kelm o q da.  Shu  sababli  b un day 
chegaralararo  tangliklarni  bundan  keyin  ham   kutish  m umkin.

Yaqin  Sharq,  Balqon,  Kavkaz,  Janubiy  Osiyo,  M arkaziy  va 
Sharqiy Afrika kabi  m intaqalar  m am lakatlariaro yoki  muayyan 
davlat  ichida  yuz  berayotgan  eski  yoki  yangi  notinchliklar 
(ular qaysi  m am lakatlar o'rtasida sodir b o ‘layotganligini  kun- 
dalik jah o n   voqealari  asosida  gapirib  bering)  shunday  hulosa 
chiqarishga  olib  keladi.  Eng  m uhim i  chegaralar  tinchligi 
doim o  m am lakatlararo  d o ‘stlikka,  ijtimoiy yuksalishga xizmat 
qiladi.  C hegaralarda  yuzaga  keladigan  notinchlik,  murakkab 
vaziyatlar  esa,  agar  ularning  oldi  olinm asa,  faqat urush,  vay- 
ronaliklar,  tin ch  aholining  honavayron b o ‘lishiga  olib  keladi.
Hududning sifat ko ‘rsatkichlarini belgilashda uning 
iqtiso­
diy  geografik 
o ‘rni  (IG O ‘)  xususiyatlari  ham   m uhim   o ‘rin 
tutadi.  Zero,  hudud  IG O ‘  ning  qulay yoki  noqulaylik holatlari 
m am lakatlar ijtim oiy taraqqiyoti jarayonida  u  yoki bu  tarzda 
xizm at  qiladi,  k o 'p ch ilik   hollarda  ularning  qulayligi  juda 
m uhim   om il  sifatida  qatnashadi.  Bu  haqiqatni  Y aponiya  va 
G 'arbiy Yevropa  m am lakatlari  rivojlanishi  darajalari  ko‘rsat- 
moqda.  U  m am lakatlarning  o ‘zlarida ko'pchilik zaruriy tabiiy 
resurslar yetishmasligiga  qaram asdan  avvalo  IG O ‘  ning  ancha 
qulayligi  sababli  yuksak  rivojlanish  darajasiga  erisha  oldilar. 
Aksincha, jah o nda  o ‘nlab  turli  tabiiy  resurslarga boy b o ‘lgan 
m am lakatlar  ham   borki,  ular  ko ‘p  hollarda  iqtisodiy  taraq- 
qiyotda  IG O ‘  ning  noqulayligi  uchun  yuqori  m avqelarga 
erisha  olgan  emas.  Osiyo,  Afrika,  Janubiy Amerikaning  m ate- 
rik  ichkarisida joylashgan  ayrim  m am lakatlari  shular qatoriga 
kiradi.
X o‘sh,  IG O ‘  nim a  va  uning  xususiyatlari  nim alarda  na- 
m oyon  b o ‘ladi?
H ar qanday hudud  —  m am lakat  sayyoramizning  muayyan 
qismlarida joylashgan.  U lar m a'lum   geografik kenglik,  m inta­
qalar  va  relyef  sharoitida,  dengiz  va  okeanlarga  yaqin  yoki 
uzoqda,  turlicha  rivojlangan va  ijtimoiy-siyosiy jihatdan tinch 
yoki  notinch  m am lakatlar bilan  chegaradoshlik  holatida jo y ­
lashgan bo'ladi.  Bu va  shunga  o ‘xshash  geografik  ko‘rsatkich- 
larning  sintetik  yig'indisi  hududlarning  IG O ‘  xususiyatlarini 
keltirib  chiqaradi.  U lar  birgalikda  m am lakatlar  IG O ‘ning 
qulay  yoki  noqulay  b o ‘lishiga  olib  keladi.
Shuning  bilan  birga  IG O ‘  xususiyatlari 
ancha  tez  o ‘zga- 
ruvchanlik 
xarakteriga  ham   egadir.  M am lakatlar  o'rtasidagi 
siyosiy m unosabatlarning  holati,  hududlararo  magistral yo‘llar
89

va  yirik  kanallarning  o ‘tkazilishi,  yoki,  aksincha  ularning 
yopib  qo'yilishi,  yirik  konlarning  topilishi  yoki  zaxirasining 
tugab  qolishi  m uayyan  joylar  va  m am lakatlarning  IG O ‘ni 
yaxshi  yoki  yom on  tom onga  tez  o'zgartirib  yuboradi.  Bunga 
/>  k o ‘plab  m isollar  keltirish  m umkin.
M a'lum ki,  m iloddan  oldingi  II  asrdan  XVI  asr oxirigacha 
jah o n   ijtim oiy  taraqqiyotida  alohida  o ‘rin  tutuvchi  «Buyuk 
ipak  yo ‘li»  harakatda  b o ‘lgan  edi.  Yevraosiyo  m aterigining 
Sharqini  G ‘arbi,  Janubini  Shimol  bilan  cham barchas  bog‘lab 
kelgan  bu  yo‘l  aynan  M arkaziy  Osiyo  —  0 ‘zbekiston  hududi 
orqali  o ‘tar  edi.  «Buyuk  ipak  yo ‘li»  tufayli  uzoq  davom  etgan 
davrlarda  bizning  o ‘lkalarim izning  IG O ‘  katta  qulayliklarga 
ega  b o ‘lgan.  Shu  sababli  u  davrda  bu  m am lakatlarda  ishlab 
chiqarish,  fan,  m adaniyat yetuk rivojlanish  darajasiga  erishgan 
edi.  Bu  esa,  o ‘z  navbatida  bu  yurtlardan  o ‘nlab  m utafakkirlar, 
daholar  yetishib  chiqishiga  qulay  sharoit  yaratgan  edi.
K eyinchalik  G ‘arb  bilan  Sharqni  bog‘lovchi  qulay  d e n ­
giz  yo ‘llarining  ochilishi  bilan  «Buyuk  ipak  y o ‘li»  inqirozga 
uchradi.  Bu  holat  M arkaziy  Osiyoning  IG O ‘ning  yom onla- 
shuviga,  ijtim oiy  hayot  rivojlanishining  tushkinligiga  olib 
keldi.  O qibatda bu yo‘llarda  uzoq  davom  etgan  qoloqlik davri 
boshlandi.  «Buyuk  ipak  yo ‘li»  b o ‘ylab  karvonlar  qatnovining 
t o ‘xtab  qolishi  nafaqat  M arkaziy  Osiyo,  balki  Eron,  Iroq   va 
boshqa Yaqin  Sharq  m am lakatlarining  ijtim oiy  rivojlanishiga 
h am   salbiy  ta 's ir  e tm a s d a n   q o lm ad i.  A k sin c h a,  den giz 
transpo rtin ing  tobora  rivoj  topishi  Angliya,  N iderlandiya, 
Ispaniya,  Portugaliya,  Rossiya  kabi  ko ‘plab  Yevropa  m am ­
lakatlarining  IG O ‘  ning  yaxshilanishiga,  oqibatda  bu  m am ­
lakatlarning  tez  yuksala  borishiga  olib  keldi.
1886  yilda  Suvaysh  va  1914  yilda  Panam a  kanallarining 
qurib  ishga  tushirilishi,  birinchi  navbatda,  M isr  va  Panam a, 
qolaversa,  Y aqin  S harq  va  M arkaziy  A m erika  m am lak at­
larining  ilgari  noqulay  b o ‘lgan  IG O ‘  ning  keskin  yaxshilani­
shiga  olib  keldi.  X uddi  shunday  Fors  q o ‘ltig‘i  b o ‘yi  m am la­
katlarida  II  jah o n   u ru sh id an  keyingi  davrlarda  boy  neft  va 
gaz  konlarining,  uzoq  Avstraliya,  Braziliya,  K anada,  boshqa 
ayrim  Amerika,  Osiyo  davlatlarida yirik tem ir  rudasi,  rangdor 
m e ta lla r   va  b o s h q a   m in e ra l  b o y lik   k o n la r in in g   ishg a 
tushirilishi  ular  IG O ‘ning  ham   ancha  yaxshilanishiga  olib 
keldi.
90

Sobiq  Ittifoq  davrida  0 ‘rta  Osiyo  respublikalari  xususan 
0 ‘zbekiston  jahonga  faqat  Rossiyaning  m arkaziy  rayonlari 
orqaligina  chiqa  olar  edi.  Tabiiyki,  bu  ho lat  0 ‘rta  Osiyo 
m am lakatlari  IG O ‘  ni  y o m on lash tirgan,  bu  esa  ularning 
m anfaatlariga  mos  emas  edi.  Shu  sababli  ular  m ustaqillik 
yillari  boshlaridanoq jahon bozorlariga  olib  chiqadigan qulay - 
roq  aloqa y o 'llarin i  tashkil  qilishga  kirishdilar.  Shunga  ko‘ra 
o ‘tgan  yillar  davom ida  Qozog‘iston  hududi  orqali  Xitoyning 
Tinch  okeani b o ‘ylariga,  T urkm aniston  hududi  orqali,  Eron- 
ning  Fors  k o 'rfa z i  va  K avkazning  Q ora  dengiz  sohillari 
b o ‘ylab joylashgan  dengiz  portlariga  olib  boradigan  q o ‘shim - 
cha  tem ir  y o ‘l  va  avtom obil  tra n sp o rti  y o ‘laklari  tashkil 
qilindi.  0 ‘zbekiston  hududi  orqali  Afg‘onistonga  va  undan 
Pokiston  ham da  E ronning  dengiz  b o ‘ylariga,  Q irg‘iziston 
hududi  orqali  Xitoyning  Tinch  okeani  sohillariga  eltuvchi 
yanada  qulayroq  q o ‘shim cha  tran sp o rt  yo ‘llari  tashkil  qilish 
harakatlari  olib  borilm oqda.  Bunday  o ‘zgarishlar  M arkaziy 
Osiyo  m am lak atlari,  ju m lad a n   0 ‘zbekiston  I G O ‘  ga  xos 
noqulayliklarini  tobora  b artaraf  etishga  olib  keladi.
K eltirilgan  m isollardan  ayrim  hudud  yoki  m am lakatlar 
IG O ‘  ning  qulay  yoki  noqulaylashishi  nim alarga  b o g‘liq 
ekanligini  anglab  olish  mumkin.  X o‘sh,  qanday geografik omil 
m am lakatlarning  IG O ‘ni  belgilovchi  asosiy  m e'yoriy  ko‘r- 
satkich  darajasida  qatnashadi?  M am lakatlar  IG O ‘  xususiyat- 
larini  belgilashda  qatnashuvchi  xilm a-xil  om illar  orasida  eng 
asosiy  b o ‘lib,  hech  shubhasiz,  ularning  dengiz  va  okeanlarga 
n isb a ta n   q an d ay   jo y la sh g a n lig i  h iso b la n a d i.  D en g iz  va 
okeanlarga to ‘g‘rid a n -to ‘g‘ri  chiqa  oladigan  m am lakatlarning 
IG O ‘  shunday  im koniyatlarga  ega  b o ‘lm agan  m am lakatlar- 
nikiga nisbatan ancha qulayligi bilan ajralib turadi.  Bu  qulaylik 
avvalo  m am lakatlarning  tashqi  iqtisodiy  aloqalarini,  m am la- 
katlararo  m unosabatlarni  tashkil  qilishda  ko‘zga  tashlanadi.
M a'lum ki,  m am lakatlararo  turli  iqtisodiy,  ijtimoiy va  siyo­
siy  aloqalarni  tashkil  qilishdan jah o n n in g   barcha  m am lakat­
lari,  u lar  qanday  rivojlanish  darajasida  b o ‘lishidan  qat'iy 
nazar,  birdek  m anfaatdordir.  H ozirgi vaqtda  eng  riivojlangan 
m am lakat  qatorida  rivojlanish  darajasi past b o ‘lgan  m am lakat 
ham   jaho n nin g  turli  m intaqalaridagi  tashqi  bozorlar  bilan 
bog‘lana olmasdan taraqqiyotga  erisha olmaydi.  M am lakatlar­
ning  yuz  m ing  ton n alab   ayirboshlaydigan  ek sp ort-im port
91

aloqalarini  kerakli  manzillarga yetkazib  berishda dengiz trans­
porti  katta  qulayliklarga  egadir.  Dengiz  b o ‘yida  joylashish- 
ning  m am lakatlar  IG O ‘ni  belgilashdagi  aham iyati ju da  katta. 
Ana  shularni  hisobga  olib,  jah o n   davlatlari  va  m am lakat- 
larning  dengiz  va  okeanlarga  nisbatan  qanday joylashganligi 
holati  bilan  tanisham iz.  U ning  holati jadvalda  aks  ettirilgan.
3-jadval
Download 24.28 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling