R IV o j L a n t ir is h I n s t I t u t I


Download 24.28 Kb.
Pdf ko'rish
bet15/17
Sana16.02.2017
Hajmi24.28 Kb.
#595
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17

«joylash- 
tirish» 
tushunchasi juda  ko‘p  ishlatiladi.  Tarm oq yoki  sohaviy 
iqtisodiyotida  ko‘pro q  «rivojlanish»,  taraqqiyot,  o ‘zgarish 
k abilar  tilga  o linad i.  Shu  o ‘rin da  qayd  qilm oq   lozim ki, 
joylashtirish geografiyaning  boshqa tarm oqlari,  masalan,  tabiiy 
geografiya  u c h u n   m u h im   em as,  ch u n k i  iq lim ,  y er  u sti 
tuzilishi,  tuproq,  o ‘simlik  yoki  hayvonot  dunyosi joylashtiril- 
m ag an,  u larn in g   h u d u d iy   x u su siy atlari  bo sh q a  om il  va 
qonuniyatlar  bilan  ifodalanadi.
U m um an  rivojlanishning,  har  qanday  hodisa  yoki  voqe- 
likn in g  ajralm as,  b ir  p ay tn in g   o ‘zida  (p erm an e n t)  sodir 
b o ‘ladigan  xususiyati  yoki jih ati  mavjud.  U  ham  b o ‘lsa joyla- 
nishidir.  Zero,  u  yoki bu voqelik m a'lum   vaqtda va  aniq joyda 
yuzaga  keladi-ki,  biz  bu  yerda  zam on  va  m akon  birligining 
guvohi  b o ‘lamiz.  Shundan  kelib  chiqqan  holda  e'tiro f  etish 
m um kinki,  rivojlanish  va joylanish  bir borliqning,  hodisaning 
ikki  to m o n id ir  yoki  bosh qach a  qilib  aytganda, 
joylan ish  
rivojlanishning  hududdagi,  makondagi  in'ikosidir. 
B inobarin, 
iq tiso d iy   g eografiya  va  m in taq a v iy   iq tiso d iy o td a   u shb u 
tushunchalarning bir joyda,  q o ‘shaloq  ishlatilishi  an’ana b o ‘lib 
qolgan  (m asalan,  paxtachilikning  rivojlanishi  va  joylanishi, 
qora  m etallurgiya  sanoatining  rivojlanishi  va joylanishi,  tem ir 
y o‘l  transportining  rivojlanishi  va  joylanishi  va  h.k.).
Am m o,  yuqorida  ta'kidlaganim izdek, joylanish va  ayniqsa 
joylashtirish  barcha  hodisa  yoki  voqeliklarga  tegishli  emas. 
Misol  uchun,  okeanda baliqni,  yer  ostida  qazilma boyliklarni, 
atm osferada  bulutlarni  hech  kim  joylashtirm agan.  D em ak, 
joylashtirish  deganda,  uning  kim dir  (sub'yekt)  tom onidan 
am alga  oshirilganligi  nazarda  tutilganligi  sababli  baliq  yoki 
ko ‘m irning geografiyasini  boshqacha  izohlash  kerak.  Shu bois,
128

geografiya  faqat  joylashuvigina  emas,  balki  u  hodisa  va  vo- 
qeliklarning  hududiy  tarkibi  va  tizim i,  bir  joyning  ikkinchi 
joydan  farqini  o ‘rganadi.
Iqtisodiy geografiya va mintaqaviy  iqtisodiyot uchun  ishlab 
chiqarish  kuchlarini joylashtirish  um um iy tushuncha,  ob'yekt 
hisoblanadi.  H atto   m intaqaviy  iqtisodiyotni  ishlab  chiqarish 
kuchlarini  joylashtirish  haqidagi  fan  sifatida  ta'riflaydilar. 
Qolaversa,  sobiq  Ittifoq  davridagi  iqtisodiyot  universitetlari 
iqtisodiy  geografiya  kafedralarining  n o m lari  avval  ishlab 
c h iq a ris h   k u c h la rin i  jo y la s h tiris h g a ,  u n d a n   k e y in   esa 
m intaqaviy  iqtisodiyotga  o ‘zgartirildi.
M azkur  fanlarda  «ishlab  chiqarish  kuchlarini  joylashti­
rish»  bilan  bir  qatorda 
«ishlab  chiqarish  kuchlarini  hududiy 
tashkil  qilish» 
tushunchasi  qo ‘llaniladi.  C hindan  ham   bu  ikki 
tushuncha  bir-biriga ju d a  o ‘xshash.  Ayniqsa,  «joylashtirish» 
hududiy tashkil  qilishga yaqin,  chunki bu  m a'lum   bir sub'yekt 
(shaxs,  davlat)  tom onidan  amalga  oshiriladi.
H ududiy  tashkil  qilish joylashtirish, joylanishning  yuqori, 
m ukam mal shaklidir.  Uning  eng  m uhim  xususiyati boshqaruv, 
nazorat  (m on ito rin g )d a  o ‘z  ifodasini  topadi.  Shu  sababli 
hududiy tashkil  qilish  um um iy aham iyatga  ega b o ‘lgan  tizim  
yoki  tizim -tarkib  g‘oyasiga  asoslanadi.
M a'lumki,  har  qanday  tizim ga,  asosan  murakkab  tizim - 
larga  quyidagilar  xos:
•  Ikki  va  u n d a n   o rtiq   elem ent  va  q ism lard an  iborat 
b o ‘lish;
•  Ichki  va  tashqi,  tik  va  gorizontal  aloqalar;
•  K o‘p  bosqichlik,  iyerarxiyalik;
•  M ustaqil  amal  qilish,  faoliyat  k o ‘rsatish;
•  Tartib  va  tarkiblilik;
•  B oshqaruvchanlik  va  h.  k.
Aynan  ana  shu  jihatlarg a  k o ‘ra  hududiy  tashkil  qilish 
joylashtirishga  nisbatan  m a'qulroq,  afzalroq  va  am aliyroq- 
dir.  M asalan,  talabalam ing o ‘z xohishlaricha sinfda o ‘tirishlari 
yoki  y an g i  uyga  m ebel  va  b o sh q a   jih o z la r n i  ta rtib s iz  
jo y la sh tirish ,  bu  tub  m oh iyati  b ila n   o ‘rin la sh tirish   yoki 
hududiy  tashkil  qilish  emas;  bu jarayonni  o ‘qituvchi  yoki  uy 
bekasi  boshqaradi.
Boshqarish  ham m a  vaqt 
tartibn i,  ta sh k il  qilishni,  ma'lum 
m aqsadga  q a ra tilish n i
  nazarda  tutadi.  B inobarin,  o ‘qituvchi
9 -
129

o ‘z  darsini  sam arali  o ‘tkazish  m aqsadida  sinfni  tashkil  qiladi. 
A niqrog‘i  talabalar o'tirishini,  ya'ni  kim -kim   bilan va  qayerda 
joylashashini  sinfda  tartibga  soladi,  boshqaradi,  nazorat  qilib 
boradi.  Xuddi  shunday,  uy bekasi  ham   yangi  uyga  keltirilgan 
jihozlarni  hududiy  tashkil  qiladi,  tartibli  joylashtiradi.
Y uqoridagi  m isollar  qulayroq  b o ‘lishi  uchun  ular  sodda- 
roq  tarzda,  kichik  hududlar  darajasida  keltirildi.  Bu  o 'rin d a  
aytish  m um kinki,  eng  avvalo  ana  shu  kichik  hududda  yirik 
masshtabli  tadqiqotlarni  o ‘tkazish,  «m ikroiqtisodiyotni»  chu- 
qur  o ‘rganib,  so ‘ngra  katta  hududlarga  o ‘tish  kerak.  Zero, 
«kichik  kalit  k atta  eshikni  ochadi»,  deyishadi;  kichikda 
kattani,  kattada  kichikni  k o ‘ra  bilish  m uhim dir.
H ududiy  tashkil  qilishda  hudud  o ‘zgarm as  (co n stan ta), 
bazis  b o ‘lib  xizm at  qiladi;  tu rli  ob ’yektlar  —  sanoat  korxo- 
nalari,  qishloq  x o ‘jalik  ekinlari,  aholi  va  h.k.  o ‘zlarining 
xususiyatlariga  qarab  m a'lum   h ududda  joylashtiriladi.  Bu 
yerda,  hududda joylashtiriladi  deyish  m um kin,  am m o  h u d u ­
diy  jo y lash tirish   un ch a  t o ‘g ‘ri  em as,  chunki  h ar  qanday 
jo y la s h tiris h   o ‘z - o ‘z id a n   m a'lu m k i  h u d u d iy d ir  ( to ‘g ‘ri, 
kam d an-k am   ho llard a,  m asalan  avtobuslar  q atnovini  yoki 
dars  jad v a lin i  m u ay y an   vaqt  va  so a tla rd a   jo y la sh tirish , 
taqsim lash  m um kin).
Ayni  paytda  «hududni  tashkil  qilish»  tushunchasi  ham  
mavjud.  U  k o 'proq  rayon  planirovkasida,  sotsiologiyada yirik 
va  o ‘rta  m asshtabli  tad q iq o tla rd a   q o ‘llan iladi.  Bu  yerda 
jo y la s h tirila d ig a n   o b 'y e k tn in g   e m a s,  b a lk i  h u d u d n in g  
xususiyati,  im koniyati  («dili,  tili,  nafasi»)  hisobga  olinadi. 
Boshqacha qilib  aytganda,  nim ani  qayerda joylashtirish  emas, 
qayerda  n im an i  jo y la sh tirish   nazard a  tu tila d i.  U m u m an  
olganda  esa  hududiy  tashkil  qilish  bilan  h u d udni  tashkil 
qilishni  o ‘zaro  m uvofiqlashtirilgan  holda  am alga  oshirish 
qulay  va  yaxshi  sam ara  beradi.
H ududiy tashkil  qilish  hududiy tarkib  (struktura),  hududiy 
tizim  (sistema),  iqtisodiy  rayon  tushunchalari  bilan  cham bar- 
chas  bog‘liq  va  ular  m intaqaviy  iqtisodiyot  ham da  iqtisodiy 
geografiyaning  o ‘zak  tushunchalarini  tashkil  qiladi.
H ar  qanday  sistem aning  ikki  jih ati,  ya'ni  uning  xususiy- 
ligi  va  hududiyligi borligidek,  ishlab  chiqarishni  tashkil  qilish 
ham   ijtim oiy  ham da  hududiy  shakllardan  iborat.  Ijtim oiy
130

tashkil  qilish  ixtisoslashuv,  m ujassam lashuv,  kooperatsiya va 
kom binatlashuvdan  iborat  b o ‘lsa,  hududiy  tashkil  qilishda 
sanoat  m arkazi  va  tugunlari,  sanoat  parklari,  texnopolislar, 
hududiy  ishlab  chiqarish  m ajm ualari  mavjud.  Ijtim oiy  va 
hududiy  shakllar  turli  xo'jalik  tarm oqlarida  har xil.  Shuning 
uchun  ularga  ta'sir  qiluvchi  om illarni  aniqlash  katta  aha- 
m iyatga  ega.
Bozor m unosabatlari,  «bozor»  garchi sharqona mazmunga 
ega  b o ‘lsa-da,  uning  hozirgi  m ohiyati  butunlay  boshqacha. 
T o ‘g‘ri,  bozorlar  (bizning  an'anaviy  tushuncham izga  k o ‘ra) 
dastavval  sharqda vujudga kelgan.  K eyinchalik u  0 ‘rta  Osiyo 
va Yaqin  Sharq,  so ‘ngra  0 ‘rta dengiz,  u  orqali  Pireney yarim 
oroliga  —  Ispaniya  va  Portugaliyaga  o ‘tgan.  Buyuk  geogra- 
fik  kashfiyotlardan  keyin  «bozor»  so‘zi  A tlantika  okeanidan 
o ‘tib,  Janubiy va  M arkaziy Amerikaga borib  yetdi.  Ana shun­
day  evolyutsiya  va  geografiyaga  ega  b o ‘lgan  bozor  o ‘zimizga 
yangi  m a'no  kasb  etgan  holda  «qaytib  keldi».
Q a d im -q a d im d a   h am   x a lq la rim iz   b o z o rn i  p u l,  pul 
m uom alasi  bilan  uyg‘unlashtirishgan.  D arhaqiqat,  hozirgi 
kunda  bozor,  bozor  m unosabatlari  bu 
pul 
dem akdir.  Ammo 
bugungi sharoitda  pul  doimo  harakatda,  m uom alada b o ‘lishi, 
q o ‘shim cha  qiym at  yaratishi,  aylanishi  kerak  («pul  pulni 
topadi»,  deyishadi).
D em ak,  pul  harakatda  b o ‘lishi  shart.  B undan  bozor  m u- 
nosabatlarining  yana  bir xususiyati  kelib  chiqadi,  ya'ni 
vaqt. 
Bozor sharoitida vaqtning  iqtisodiy qiymati  nihoyatda oshadi, 
davr zichlashadi,  intensivlashadi,  chunki  «vaqting ketdi,  naq- 
ding  ketdi»,  deb  bejiz  aytishmagan.
Bozor m unosabatlariga  allaqachon  o ‘tgan,  bu borada boy 
tajribalarga  ega  b o ‘lgan  rivojlangan  m am lakatlarda  vaqtdan 
samarali foydalanishga katta e'tibor berilmoqda.  Yirik korxona 
yoki  korporatsiyalar,  flrm alar  o ‘zaro  iqtisodiy  aloqalarida, 
«oldi-berdi»  m unosabatlarida so‘ralgan,  buyurilgan  narsani — 
ayni o ‘z vaqtida  (just  in  tim e)  yetkazib  berish prinsipiga rioya 
qilishadi.  Bu h ar ikkala tom on  uchun ham   aham iyatli  hisob- 
lanadi.
M azkur  prinsipning  amalga  oshirilishi  ishlab  chiqarishni 
joylashtirish  va  tashkil  qilishga  ham   m a'lum   darajada  ta'sir 
qiladi.  M asalan,  buyurilgan  narsani  o ‘z  vaqtida  va  faqat  ke-
131

rakli  m iqdorda  yetkazib  berilishi  katta-katta  om borxonalarni 
zarursiz  qilib  qo ‘yadi,  transport  tizim i  va  om iliga o'zgartirish 
kiritadi.
Rivojlangan  m am lakatlarda asta-sekin  m ehnatni  ko‘p talab 
qiluvchi,  bevosita  tabiiy boyliklarni  qayta  ishlovchi,  ekologik 
jihatdan xavfli  korxonalar,  turli  ta'm irlovchi  zavodlar ikkinchi 
(k o ‘p in ch a   yangi  in d ustrial  m am lak atlarga),  u lard an   esa 
uchinchi  darajali  m am lakatlarga  k o ‘chm oqda.  A rzon  ishchi 
kuchining  borligi  an'anaviy  sanoat  tarm oqlarini  o ‘ziga  jalb 
qilmoqda,  rivojlangan  («postindustrial»)  m amlakatlarning iqti­
sodiyoti  esa  asosan 
x iz m a t ко ‘rsatish,
 jum ladan 
turizm   iq tiso - 
d iyo tig a ,  m o liya   fu n k siy a la ri,  q im m atbah o  q o g ‘o z la r
  va 
p u l 
b ozori
  kabi  yangi  om illarga  tayanm oqda.
B ozor  iqtisodiyotining  eng  m uhim   xususiyati 
ta la b   va 
taklif,  iste'mol va  ishlab  chiqarish
  m unosabatlaridir.  Vaholanki, 
aw algi  «sotsialistik  planlashtirish»  sharoitida bu prinsip  aksin- 
cha  edi.  Binobarin,  hozirgi  kunda  talab,  iste'm ol  taklif  va 
ishlab  chiqarishga  k o ‘ra  ildam roq,  o ldin da  b o rad i  va  bu 
iqtisodiy  rivojlanishni  harakatga  keltiradi.
Aynan  ana  shunday  sharoitda  ishlab  chiqarishni  ijtim oiy 
va  hududiy tashkil  qilish  m utlaqo  o ‘zgaradi.  M a'lum ki,  ilgari 
m ahsulotlarning  turi  oz,  talab  ham   cheklangan  edi.  Ishlab 
chiqariladigan  m ahsulot  m uayyan  bir  andozada  (standartda) 
ko‘plab,  konveyer usulida yaratilardi.  Bu  usul jahon  miqyosida 
am erik alik  sa n o atc h i  G.  F ord   no m i  bilan   «
f o r d iz m »
  deb 
yuritiladi.  U  XX  asr  o ‘rtalarida  «Ford»  (T)  m arkali  avtom o- 
billarni  k o ‘plab  ishlab  chiqib,  jah o n   bozorini  m onopoliya 
tarzida  egallagan  edi.
G.  Ford  aytgan  ekan:  «M en  sizga  istagan  rangli  avtom o- 
bil  sotishim   m um kin.  Faqat  bitta  shartim   bor  —  bu  m ashina 
albatta  qora  rangda  b o ‘lishi  kerak».  B undan  ayonki,  Ford 
firmasi konveyer usulida faqat  bir rangli,  ya'ni qora mashinalar 
ishlab  chiqargan.
H ozirgi  ku n d a  v aziyat  b u tu n la y   bosh q ach a:  iste'm ol 
m ollariga  talab  xususiylashm oqda  (individuallashm oqda)  va 
bu talab  vaqt  davom ida tez-tez  o ‘zgarib  turm oqda.  Shu bois, 
endigi  sh a ro itd a   y o ppasiga  k o nveyer  usu lid a  b ir  tu r  va 
ko‘rinishdagi  m ahsulot  keraksiz  b o ‘lib  qoldi.  Bunday  holat 
jah o n   adabiyotida 
«postfordizm »
  deb  yuritilm oqda.
132

S hunday  qilib,  avvallari  «m iqdor»,  «miqyos»  iqtisodi 
b o ‘lsa,  bugungi  kunda  «sifat»,  «har  xillik»  iqtisodi  oldinga 
chiqm oqda.  Dem ak,  xo‘jalik  tizim ini,  majmuasini  turli yo‘na- 
lishlar  bilan  boyitish,  diversifikatsiya  jarayonini  rivojlantir- 
ganlar yutadi.  Faqat bir turdagi  m ahsulotni  ko'plab  m iqdorda 
ishlab  chiqarganlarning  bozori  «kasod»  b o ‘lmoqda.
Biz  yuqorida  bozor  m unosabatlariga  xos  xususiyatlardan 
p u l,  va q t,  ta la b
 va 
ta k lif
 to ‘g ‘risida  aytib  o ‘tdik.  Lekin bular- 
ning  barchasi  ham   bozor  iqtisodiyotining  tub  m ohiyatini 
to ‘laligicha  ifodalamaydi. 
Sabab 
—  bu  yerda 
raqobat,  ra q o b a t 
m uhiti
 yetishm ayapti.  M ahsulot  arzon,  sifatli,  ko'rim li,  xari- 
dorgir b o ‘lishi  uchun  ishlab  chiqaruvchilar  o ‘rtasida  raqobat 
zarur.  Biroq,  bu  raqobat  erkin,  sog‘lom ,  m adaniy  b o ‘lishi 
talab  etiladi.
Raqobat  uchun  m ulkchilik  turli  shaklda  b o ‘lishi,  erkin 
va  ochiq  iqtisodiyot  yuritish  lozim.  B inobarin,  o ‘tish  davri- 
da  xususiylashtirish  va  nodavlat  sektorini  rivojlantirishga 
aham iyat beriladi.  Bu  davrda  eng  aw al  savdo,  maishiy xizmat 
ko‘rsatish  korxonalari,  qishloq xo‘jaligi,  yengil va  oziq-ovqat, 
q u rilish   m a te ria lla ri  sa n o ati  o so n ro q   «nodavlatlashadi». 
Shuning  uchun  b o ‘lsa  kerak,  hozirgi  vaqtda  k o ‘proq  tog ‘- 
kon,  yoqilg'i-energetika  sanoat  tarm oqlariga  ixtisoslashgan 
viloyatlarda  (Navoiy,  Qashqadaryo,  Toshkent)  xususiylash­
tirish darajasi past.  Ayni  chog‘da  agrosanoat  majmui  rivojlan­
gan  hududlarda  (Sirdaryo,  X orazm ,  N am angan  va  h.k.),  bu 
jarayon  tezlik  bilan  amalga  oshm oqda.
M ulkchilikning turli shakllariga  keng yo‘l  ochish,  iqtisodiy 
islohatlarni  chuqurlashtirish  m aqsadida  davlat  antim onopol, 
ya'ni monopoliyaga  qarshi  siyosat  olib  boradi.  Shu bilan  birga 
u  ilgarigidek  ishlab  chiqarish  k u ch larini  rivojlantirish  va 
joylashtirishni  qat'iy  rejalashtirm aydi  (chunki,  endi  barcha 
m ulk  uniki  em as),  balki  tartibga  solib  boradi.  Am m o  bu 
tizimga bosqichm a-bosqich  o ‘tib  boriladi,  zero  buning  uchun 
moddiy,  ma'naviy,  huquqiy  shart-sharoitlar  muhayyo b o ‘lishi 
shart.
0 ‘tish  davri prinsiplaridan birida davlatning asosiy islohot- 
chi,  tashkilotchi  kuch  sifatida  saqlanib  qolishi  qayd  etilgan. 
D arhaqiq at,  davlatning  bunday  vazifasi  qolaveradi,  faqat 
uning  amalga  oshirilish  yo ‘llari  biroz  o ‘zgaradi.  Davlat  o ‘z
133

tasarrufida b o ‘lgan  sohalarga bevosita,  qolganlariga  esa bilvo- 
sita,  ya'ni m oliya-kredit,  soliq,  narx-navo  siyosati  orqali  ta'sir 
qiladi.  Dem ak,  «joylashtirish»,  «hududiy  tashkil  qilish»  tu- 
shunchalarining  qat'iyligi  ancha  yo‘qoladi,  chunki  endi  ham - 
m a  korxonalarni  ham   davlat  rejalashtirm aydi.  B inobarin, 
hozirgi  sharoitda  joylashtirish,  hududiy  tashkil  qilishning 
«egasi»,  sub'yekti  nafaqat  davlat,  balki  alohida jism oniy  shaxs, 
oila,  jam oa,  kichik  va  o ‘rta  tadbirkorlar  hisoblanadi.
0 ‘tish   d av rid a  riv o jla n a y o tg a n   m a m la k a tla rd a   erk in 
iqtisodiy  m intaqalarni  (E IM )  yaratishga  katta e'tibor beriladi. 
U larning  ham   shakli  va  turi  ko ‘p;  E IM lar  bevosita  sanoat 
ishlab  chiqarishiga,  eksport-im port jarayoniga,  xizm at  k o ‘r- 
satish,  savdo-sotiqqa  (ofshor)  ixtisoslashgan  bo'lishi  mumkin.
E IM larni  tashkil  qilishda  avvalambor qulay iqtisodiy geo- 
grafik  o ‘rin,  in frastruk tu ra  tizim i,  tran sp o rtn in g   rivojlan- 
ganligi  ham da  soliq,  bojxona  sohasidagi yengilliklar,  imtiyoz- 
lar  talab  etiladi.  0 ‘z  navbatida  yaratilgan  E IM lar  m illiy  va 
m intaqaviy  iqtisodiyotga  k atta  ta'sir  k o ‘rsatadi,ishlab  chi- 
q arish n i  jo y lash tirishg a,  h u d u d lar  rivojlanishini  jo n la n ti- 
rishga  ko‘m ak beradi,  yangi texnologiyalam i  kiritishda  niho- 
y atd a  aham iyatli  b o ‘ladi.
0 ‘tish  davrida  ishlab  chiqarishni  rivojlantirish  va joylash- 
tirish d a   ch et  el  sarm o yalarin i,  firm alarni  jalb  etish  ham  
m uhim .  B uning  uch u n   qulay 
in v e stitsiy a   m u h iti
  yaratilishi, 
xorijiy  investorlarni  qiziqtiruvchi  sh a rt-sh a ro itla r  m uhayyo 
b o ‘lishi  zarur.  Ikkala  to m on   uchun  m anfaatli  b o ‘lgan  q o ‘sh- 
ma  korxonalarni  qurish  esa  m intaq a  va  m illiy  iqtisodiyotni 
m ustahkam lashda, jah o n   bozoriga  chiqishda katta  aham iyat- 
ga  ega.
M avjud  jah o n   tajribasi  shuni  ko ‘rsatadiki,  o 'tish   davrida 
yengil,  xususan to ‘qimachilik sanoatini  ustuvor darajada  rivoj­
lantirish  yaxshi  natija beradi.  Sababi  —  ushbu  sanoat  korxo- 
nasini  qurishda,  asbob-uskunalar  uchun  katta  m ablag‘  talab 
qilinm aydi,  m ahsuloti  esa  barchaga  va  ham m a  vaqt  kerak, 
pul  oboroti  (aylanishi)  esa  tez  kechadi.  Biroq  shunday  b o ‘l- 
sa-da,  t o ‘qim achilik  sanoatiga  urg‘u  berish  asosida  barqaror 
iqtisodiyotni  shakllantirish  ancha  vaqtni  o ‘z  ichiga  oladi. 
Shuning  uchun,  bunday  an'anaviy  yo ‘lni 
evolyu tsion   y o
 7 deb 
atash  m um kin.
134

Shu  bilan  birga  m ashinasozlik  sanoatini  ham   o 'tish   davri 
iqtisodiyotini  shakllantirishda  aham iyati  katta.  Bu,  garchi 
«revolyutsion»  y o ‘l  b o ‘lsa-da,  u  biroz  tavakkalli  va  kafolat- 
sizdir.  Uning  muvaffaqiyati uchun tegishli  shart-sharoit,  qulay 
raqobat  m akoni  b o ‘lishi  zarur.
0 ‘tish  davrida  ko'pchilik  hollarda  «kichik»  daraja  ma'qul: 
k ic h ik   k o rx o n a ,  k ic h ik   ta d b ir k o r ,  k ic h ik   s h a h a r
  va  h.k. 
C hindan  ham   kichik  korxonalar  harakatchan,  ixcham ,  ka- 
sod  b o ‘lgan  tarzda  ularning  yo ‘nalishini  (ixtisoslashuvini) 
osonlikcha  o ‘zgartirish  m um kin;  bunday  korxonalarni  bosh- 
qarish  ham   oson.  Biroq,  kichik  korxonalar  m ahsuloti  asosan 
m ahalliy  bozorni  to ‘ldiradi.  to ‘yintiradi,  ularni  m intaqaviy 
va  xalqaro  bozorlardagi  raqo b atb ard oshligi  pastroq.  Shu 
nuqtai  nazardan  qaraganda,  keyinchalik,  xo‘jalik tarm og‘ining 
xususiyatidan  kelib  ch iq q an   h o ld a,  k a tta ro q   korxona  va 
tashkilotlarni  qurish  ham   m aqsadga  muvofiq.
Bundan  tashqari,  yirik  korxonalarda  hozirgi  zam on  ilmiy- 
tex n ik a  ta ra q q iy o ti  y u tu q la rin i  am aliyo tga  ta tb iq   qilish 
im koniyatlari  kengroq.  Qolaversa,  m am lakat  milliy  iqtiso­
diyotini,  q udratini  behisob  m ayda  korxonalar  emas,  balki 
zam onaviy  yirik  korxona  va  korporatsiyalar  belgilaydi.
Xulosa  qilib,  yana bir holatni  ta'kidlashim iz joiz.  Bu  ham  
b o ‘lsa,  o ‘tish  davrida  ishlab  chiqarish  kuchlarini  joylashti­
rish  va  rivojlantirishdagi  hududiy  tafovutlarni  saqlab  qoli- 
nishi  va  hatto   kuchayishidir.  C hunki,  raqobat  faqat  mulk 
egalari,  xo'jalik tarm oqlari o ‘rtasidagina  emas,  balki  hududlar 
orasida  ham   mavjud  b o ‘ladi  (ayniqsa,  sanoat  ishlab  chiqa- 
rishida).  Shuningdek,  bu  davrda  hududlar xo‘jaligining  indi- 
viduallashuvi,  m ustaqilligining  kuchayishi  natijasida  rayon- 
lararo  iqtisodiy  integratsiya jarayonlari  biroz  zaiflashadi.  Shu 
bois,  h udu d lar  orasidagi  xo ‘jalik   aloqalarini  rivojlantirish 
m am lakatning geosiyosiy va  iqtisodiy  xavfsizligini  ta'minlaydi.
SA VOL  VA  T O P S H IR IQ L A R
1.  B o zo r  iq tiso d iy o tin in g   asosiy b elg i  va  shartlari  nim alardan  iborat?
2.  « B o zo r» n in g   an 'an aviy  sh arq on a  va  h o zirg i  z a m o n   m o h iy a tin i 
tu sh u ntirib   bering.
3.  R aq ob at  u c h u n   q an d ay  sh a rt-sh a ro itla r  kerak?
135

4 .  B o z o r   m u n o s a b a t la r i  is h la b   c h iq a r is h n i  r iv o j la n t ir is h   va 
jo y la sh tirish g a   q an d ay  ta'sir  ko'rsatadi?
5.  Ishlab  ch iq arish   va  ish la b   ch iq a rish   k u ch la ri  nim a?
6.  A h o lin in g   ijtim o iy -iq tis o d iy   tu s h u n c h a   e k a n lig in i  tu sh u n tirib  
b erin g.
7.  Ishlab  ch iq arish n i  h u d u d iy   tash k il  q ilish   va jo y la sh tirish   o ‘rtasida 
q an d ay  o ‘x sh a sh lik   va  farqlar  m avjud?
8.  S istem a   (tiz im )  g ‘o y a sin in g   m o h iy a ti  va  u n i  h u d u d iy   ta sh k il 
q ilish d a   q o ‘lla n ish i  n im a d a   o ‘z  ifo d a sin i  top ad i?
136

XIII  BOB
IQTISODIYOTNI  HUDUDIY  TASHKIL 
ETISHNING  SHAHARLAR  RIVOJLANISHI 
BILAN  ALOQASI  VA  EKOLOGIK 
MUAMMOLAR
M a'lum ki,  shaharlar  ijtim oiy  va  hududiy  m ehnat  taqsi- 
moti  natijasida vujudga kelgan.  D ehqonchilikdan hunarm and- 
ch ilik   va  sav d onin g   ajralib  ch iq ish i  ushbu  vazifa  b ila n  
shug‘ullanuvchi  maxsus  aholi  m anzilgohlarining paydo  b o ‘li- 
shiga  sabab  bo'lgan.  U lar  tovar  ayirboshlash  va  vositachi 
m arkaz  sifatida  qulay  geografik  joyd a  rivojlanib  borgan. 
S h aharlar  dastlab  davlat  m aqom iga  teng  b o ‘lgan  (polis- 
s h a h a rla r:  A fin a,  R im ,  B o g ‘d o d ,  K o n s ta n tin o p o l  yoki 
Vizantiya).  0 ‘zim izning  o ‘lkamiz  taraqqiyotini  ham   Buxoro- 
Sam arqand  «musobaqasisiz»,  Toshkent,  Q o‘qon,  Xiva,  kabi 
qadim iy  m arkazlarsiz  tasavvur  qilib  b o ‘lmaydi.
Shaharlarning  keyingi  rivojlanishi  yana  o ‘sha  ijtim oiy  va 
hu d u diy   m e h n a t  taq sim o tin in g   kengayishi  bilan   b o g ‘liq 
b o ‘lgan.  U larn in g   jam iyat  va  ishlab  ch iq arishn i  hududiy 
tashkil  etish  ham da boshqarishdagi  aham iyati,  ayniqsa,  XIX- 
XX  asrlarda  kuchaydi.  H ozirgi  davrda  sh aharlar  qishloq 
x o ‘jalig i  bilan   b o g 'liq   b o ‘lm agan  ah o linin g  yashash  joyi 
hisoblanadi.  Iqtisodiy jihatdan ular sanoat,  transport,  ijtimoiy- 
iqtisodiy  nuqtai  nazardan  esa  fan-texnika,  aholiga  xizm at 
k o ‘rsatish  m arkazidir.  Shuningdek,  sh ah arlarnin g  siyosiy 
aham iyati  ham   katta.
Shaharlarning  ishlab  chiqarishni  hududiy  shakli  sifatida 
yuqori  darajadagi  m ujassam lashuvga  ega.  U larning  katta- 
kichikligi  va  funksiyasi,  ya'ni  bajaradigan  vazifasi  ham   aynan 
ishlab  chiqarishning joylanishga va  ixtisoslashuvi bilan bog‘liq.
R ivojlangan  m am lak atlard a  b o zor  m u n o sa b a tla rin in g  
shakllanishida shaharlar m uhim   rol  o ‘ynagan.  Ularning bozor 
infrastrukturasi, 
b a n k -m o liy a   m a rk a zi
  ekanligi  ham   m a'lum . 
Bunday davlatlarda  urbanizatsiya  darajasi juda yuqori  —  hatto 
9 0 % d a n   o s h a d i.  D e m a k ,  u la r n i  t o ‘la 
s h a h a r la s h g a n  
m a m la k a tla r,
  deb  atalsa  xato  b o ‘lmaydi.
137

O datda,  75-90  %  shahar  aholisiga  ega  b o ‘lgan  davlatlar 
m illiy  iqtisodiyoti  yuksak  darajada  rivojlangan,  industrial 
y o ‘nalishli  m am lak atlar  hisoblanadi.  Agar  bu  ko 'rsatk ich  
taxm inan  50-75%  b o ‘lsa,  bunday  davlatlar  iqtisodiyoti  ham  
rivojlangan  va  xo'jalik  tuzilm asi  industrial-agrar bo'lad i;  30- 
50  %-li  esa  rivojlanayotgan  agrar-industrial,  30% -dan  pasti 
iq tis o d iy o ti  z a if   a g ra r  d a v la td ir .  K o 'r in ib   tu r ib d ik i, 
urbanizatsiya darajasi bilan  mamlakat va  rayonlar  iqtisodiyoti- 
ning  rivojlanganligi  orasida  qonuniy  aloqadorlik  mavjud.
Darhaqiqat,  har qanday davlatning  iqtisodiy xaritasida eng 
avvalo  sh a h arlar  k o ‘zga  tash lan ad i.  S h ah arlar  va  y o 'lla r 
m am lakatlar  xo'jaligi  hududiy  tarkibi,  milliy  iqtisodiyotning 
o ‘zagini  aks  ettiradi.  Bu jih atd an ,  ayniqsa,  yirik  shaharlar va 
shahar aglom eratsiyalarning  ahamiyati  katta.  Aynan  ana  shu- 
larda  m am lakatning 
iq tiso d iy  q u drati,  fa n -te x n ik a   sa lo h iya ti, 
in frastru ktu rasi,  siy o siy   ku ch i
  m ujassam lanadi.
S haharlarning  ikki  asosiy  funksiyasi  bor: 
sh a h a r  h o sil 
q ilu vch i  va  shah arga  x iz m a t  qiluvchi.
  H ar  ikkalasi  ham   ishlab 
chiqarish  tarm oqlarining  joylashuvi,  mujassam lashuvi  bilan 
bog'liq.  M asalan,  sh ah ar  hosil  qiluvchi  funksiyaga  tashqi 
transport,  san oat, fa n -te x n ik a ,  turizm ,  dam   olish
 va  hokazolar, 
ikkinchisiga  ichki yo‘lovchi  transporti,  shahar aholisiga xizmat 
k o ‘rsatuvchi  tarm oqlar  kiradi.  Dem ak,  birinchisining  ah a­
m iyati  asosan  tashqariga,  ikkinchisi  —  ichkariga  qaratilgan 
b o ‘ladi.
Shaharlarning vujudga  kelishi  va joylanishiga turli  om illar 
t a 's i r   k o 'r s a t a d i.  B u la r   e n g   a v v a lo   is h la b   c h iq a r is h  
tarm oqlaridir.  M asalan,  dastavval  shaharlar hunarm andchilik 
va  savdo  tarm oqlarini  joylashtirish  asosida  vujudga  kelgan. 
K eyinchalik,  m ayda  va  «katta»  sanoat,  turli  xil  transport, 
fan-texnika  kabilar  shaharlar  rivojlanishiga  ta'sir  etgan.
Q adim da  shaharlar  karvon  yo ‘llari,  kem a  qatnaydigan  va 
sug‘orm a  dehqonchilik  qilish  im koniyatini  beradigan  daryo 
b o ‘ylarida,  tepaliklarda,  m uhim   harbiy-strategik  mavqega  ega 
b o ‘lgan joylarda  qurilgan.  Hozirgi  kunda  ular  har xil  qazilma 
boylik  konlari,  dam   olish  m askanlari,  universitet,  ilmu  fan, 
bank-m oliya  tizim i  asosida  ham   tashkil  b o ‘lm oqdalar.
U m um an  shaharlarning  joylanishiga  ta ’sir  etuvchi  om il- 
larni bir necha guruhga b o ‘lish  mumkin.  Ular: 
tabiiy,  iqtisodiy, 
ijtim oiy
  va 
siy o siy
  om illardir.  C h un o nchi,  shaharni  qurish
138

uchun joy yaxshi tanlangan,  uning  mikrogeografik o ‘rni,  tabiiy 
sharoiti  —  yer  usti  tuzilishi,  suv  va  boshqalar  qulay  b o ‘lishi 
talab  etiladi.  Ayrim  shaharlar  ana  shu  sharoitlarni  hisobga 
olinm aganligi  sababli  yaxshi  rivojlanm ay  qolgan.  M asalan, 
60-yillarda barpo etilgan Yangiyer shahri  Sirdaryo viloyatining 
m arkazi  b o'lishi  kerak  edi  (nom i  ham   yangi  o ‘zlashtirilgan, 
tashkil  etilgan  m azm unni  anglatadi).  Biroq,  am alda  bunday 
b o ‘lm a d i,  sabab  —  bu   y erd ag i  k u c h li  sham ol  («Xovos 
shamoli»)  hisobga  olinm agan  edi.
Y urtim izda  ko ‘pgina  qadim iy  shaharlar  borki,  ular  turli 
noqulay tabiiy sharoitlar ta'sirida  rivojlanishdan  to ‘xtab  qolgan 
va  hozirgi  kunda  xarobalarga  aylanib  qolgan  (Nasaf,  Axsi, 
Afrosiyob,  Pop,  T uproqqal'a  va  h.k.).  U larda  suv  toshqini, 
zilzila,  surilm a,  yer  osti  suvi  yuqoriligi  tufayli  c h o ‘kish  kabi 
noxush  hodisalar  b o ‘lgan.
D unyoning  ba'zi  shaharlari  siyosiy  omil  asosida  vujudga 
kelgan.  Bunga  Braziliyaning yangi poytaxti  Brazilia,  Pokiston- 
ning  Islom obod  shaharlarini  misol  qilib  keltirish  m umkin. 
Shuningdek,  shaharlar ilmu  fan,  universitetlar  rivojlanishi  va 
jo y la n ish i  n eg izid a  ham   pay do   b o ‘ladi  (T a rtu ,  D u b n a , 
Pushino,  Pulkovo,  U lug‘bek  va  boshqalar).
Shaharlarda  ishlab  chiqarishning  m ujassam lashuv  dara­
jasi ju d a  yuqori.  Buni  ilmiy  adabiyotlarda 
u rban istik  m u ja s­
sam lashuv
 deyiladi.  A. Veberning  aglomeratsiya  samaradorligi 
ham   aynan  ana  shunday  m ujassam lashuv  natijasida  vujudga 
keladi.
H ududiy  urban istik   m ujassam lashuv  tushunchasi  ham  
mavjud  (I.M .M ayergoyz).  U  m am lakat  ichki  qism ining katta 
shaharlar (ya'ni har birida aholi soni  100  ming kishidan ziyod) 
bilan  ta'm inlanganlik  holatini  anglatadi.  M asalan,  Farg‘ona 
va Toshkent viloyatlarining  hududiy urbanistik tarkibi yaxshi, 
chunki  ularning  har  qaysisida  3  tad an  katta  shahar  mavjud. 
Ayni  vaqtda  Sirdaryo  viloyatida  bu  daraja  o ‘ta  past  —  hatto 
viloyat  m ark azi  G u listo n   ham   k a tta   sh a h a rla r  q ato rig a 
kirm aydi.
K o‘pincha  m intaqalar  iqtisodiyotini  tahlil  qilishda  u lar­
ning  ich k i  tafovutlari  va  sh a h a rla r  tavsifiga  oxirgi  o ‘rin 
ajratiladi.  Vaholanki,  m am lakat  yoki  rayonlar xo‘jaligi,  uning 
tarkibi va  ixtisoslashuvi,  rivojlanganlik  darajasini  o ‘rganishda 
uni shaharlar to ‘ri va  tizim idan boshlash ham   mumkin.  Huddi
139

shu  o 'rin d a   m am lakat  m intaqaviy  siyosatining  uning  urba- 
nistik  siyosati  bilan  uyg'unlashib  ketishi,  aloqadorligini  ham 
ta'kidlash  joiz.
Shaharlarning  klassifikatsiyasi,  ya'ni  katta-kichikligi  bo ‘yi- 
cha  taqsim lanishi  m am lakat  yoki  rayon  xo‘jaligining  hududiy 
tashkil  etilganlik va  rivojlanganlik xususiyatlarini  aniq ifodalab 
beradi.  Yuqorida  keltirilgan  misolimizda,  Toshkent va  Farg‘o- 
na  viloyatlari  turli  bosqichdagi  shahar  joylariga  ega.  Ayni 
paytda  ularda  sanoat  ishlab  chiqarishining joylashuvi  va  m u- 
jassa m la sh u v i  ham   riv o jlan g an .  S ird aryo  v ilo y a tid a   esa 
shaharlar to ‘ri  va  tizimi  yaxshi  rivojlanmagan.  C hunki  sanoat 
va  boshqa  shahar  hosil  qiluvchi  tarm oqlarning  o ‘zlari  ham  
xuddi  shunday  darajada;  ushbu  viloyat  hududining  «iqtiso­
diy sig‘imi»  yoki  salohiyati  ancha  past b o ‘lib,  bu  yerda ko‘zga 
ko‘rinadigan  ishlab  chiqarish  m arkaz  yoki  qutblari  ju d a   oz.
Shaharlar  iyerarxiyasining  m ukam m alligi  ishlab  chiqarish 
kuchlarini  yaxshi  hududiy  tashkil  qilinganligining  k o ‘rsatki- 
chidir.  Agar  aholi joylashuv  tizim i 
m on otsen trik,
  ya'ni  asosan 
bir  m arkazga  qaratilgan  b o ‘lsa,  u  holda  ishlab  chiqarish  ham  
notekis  joylashgan  b o ‘ladi.  Buni  biz  L otin  Am erikasi  yoki 
Afrika  m am lakatlari  m isolida  yaqqol  ko‘rishim iz  m um kin. 
Sababi  —  bu  m am lakatlarning  ko ‘pchiligida  ishlab  chiqarish- 
ning  asosiy qismi  ularning  poytaxt  yoki  port shaharlarida  m u- 
jassam langan.
Y uqoridagilardan  m a'lum   b o ‘lishicha,  sh ah arlar  bilan 
ishlab  chiqarishning  joylashuvi  va  m ujassam lashuvi  orasida 
k u c h li  a lo q a d o rlik   m av ju d  b o ‘lib ,  bu  a lo q a d o rlik   ikki 
tom onlam adir.  Chunki,  dialektik nuqtai  nazardan  har qanday 
ta 's ir  o z m i- k o ‘pm i  aks  t a ’sir  b ila n   birga  so d ir  b o ‘ladi. 
Shaharlar  ishlab  chiqarish  kuchlarini  joylashtirish  asosida 
vujudga  keladi,  yiriklashib  boradi,  ular  sh ah ar  joylarning 
m urakkab  tizim i  —  aglom eratsiya  va  m egalapolislarga  ayla- 
nadi.  Bu  esa  ishlab  chiqarish  m ujassam lashuvining  rivojlanib 
borishi,  uning  bir  shakldan  ikkinchi  shaklga  o ‘tishi  orqali 
am alga  oshadi.  Shu  bilan   birga  k atta  va  yirik  sh aharlar 
o ‘zlarining  infrastruktura jihatidan  yaxshi ta'm inlanganligi  (bu 
yerda  m alakali  ishchi  ko ‘p,  fan  va  texnika  rivojlangan,  iq ti­
sodiy  geo g rafik  o ‘rin   ham   qulay)  tu fa y li  o ‘zlari  ishlab 
chiqarishni joylashtirishda  m uhim   omil  b o ‘lib  xizm at  qiladi, 
ya'ni  ta ’sir  aks  ta'sirga  o ‘tadi.
140

Ishlab  chiqarish  tarm oqlarining  o'ziga  xos  va  o ‘ziga  mos 
shahar hosil  qilish  qudrati bor.  M asalan,  tem ir yo ‘l  yoqasida 
k o ‘proq kichik  shaharlar vujudga  keladi,  konserva,  vino  yoki 
paxta  tozalash  zavodlari  ham   xuddi  shunday  shaharlarning 
moddiy asosi  bo‘lib  xizmat  qiladi.  Ayni vaqtda yirik m ashina­
sozlik zavodlari,  m etallurgiya  kom binatlari  nisbatan  kattaroq 
shaharlar  rivojlanishini  ta ’m inlaydi.
Shaharlar  sanoat  m arkazi,  shahar  aglom eratsiyalari  tu- 
gunlarini  aks  ettirad i.  U larning  hududiy  ishlab  chiqarish 
m ajm ualarning,  iqtisodiy  rayonlar  shakllanishidagi  roli  ham  
sezilarli.  Ju m lad an ,  iqtisodiy  ray on lash tirish n in g   m uhim  
om illaridan  biri  —  bu  yerda  rayon  hosil  qiluvchi  m arkazning 
borligidir.  Agar bunday  m arkaz  shakllanm agan b o ‘lsa  hudud 
ham  iqtisodiy jihatdan hozircha rivojlanmagan,  o ‘zlashtirilma- 
gan.  D em ak,  bu  hudud  alohida  iqtisodiy  rayonni  tashkil 
etm aydi.  Aksincha,  agar  m a'lum   hududda  bunday  m arkazlar 
soni  k o ‘p  va  ular  bir  biridan  uzoqroqda joylashgan  b o ‘lsa,  u 
ho ld a  bu  yerda  key in ch alik   shu ng a  m uvofiq  b ir  n e c h ta  
iqtisodiy  rayon  shakllanishi  m um kin  («bir  qozonda  ikki 
q o ‘chqorning  kallasi  qaynam aydi»,  deyishadi).
0 ‘zbekiston va  0 ‘rta  Osiyo  sharoitida shaharlarning  to ‘ri 
va  hududiy  tizim ining  vujudga  kelishida gidrografik  om illar- 
ning  ta'siri  ham   yuqori.  Bu  b o rad a  shaharlarn ing   k a tta - 
kichikligi bilan  ularning  suv  resurslari hajmi  o ‘rtasida qonuniy 
aloqadorlik  mavjud.
Q adim da  daryo  va  daryochalarning  quyilish  qism ida  yoki 
deltasida  suv  m iqdoriga  mos  holda  shaharlar  paydo  b o ‘lgan, 
ko'pgina  soylar  o'zlarining  shaharlari,  vohalari  bilan  ajralib 
turgan.  M asalan,  So‘x  daryosi  Q o ‘qonga,  Isfarasoy-K onibo- 
d om ga,  C h o rto q so y   va  N a m a n g an so y   —  N a m an g an g a, 
K osonsoy  —  Kosonsoy  va  T o ‘raq o ‘rg‘onga,  Shohim ardon- 
soy  M arg'ilonga  hayot  bag‘ishlagan.
Buxoroi  Sharifning vujudga  kelishi,  Sharq  islom  dinining 
Download 24.28 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling