R. M. Medetovaning “Korreksion faoliyatning asosiy tamoyillari”


Download 22.46 Kb.
Sana26.11.2020
Hajmi22.46 Kb.
#153369
Bog'liq
618 ruza matni


E’LON

2017-yil 27-dekabr kuni, 1-juftlikda

“Pedagogika nazariyasi va tarixi”

2-kurs magistrantlari

bilan bo‘lib o‘tadigan

(113-auditoriyada)

p.f.n., dots. R.M. Medetovaning

Korreksion faoliyatning asosiy tamoyillari” mavzusidagi

ochiq ma’ruza mashg‘uloti bo‘lib o‘tadi.
Mavzu: KORREKSION FAOLIYATNING ASOSIY TAMOYILLARI

1-Umumiy o‘rta ta’lim maktablarini pedagogik tashxislash va korreksiyalash yo‘llari.

2-Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini pedagogik tashxislash va korreksiyalash yo‘llari.

3-Talabalami pedagogik tashxislash va korreksiyalash yo‘llari.

Pedagogik lug‘atda “korreksiva” tushunchasi (yunoncha “correctiio” — tuzatish) pedagogik uslub va tadbirlardan iborat maxsus tizimi yordamida anomalb olalarning psixik va jismoniy rivojlanish kamchiliklarini tuzatish (qisman yoki to‘liq) sifatida tushunilishi ta’kidlab o‘tiladi.

Diagnostika korreksion, korreksion-rivojlantiruvchi, korreksionprofilaktik faoliyatlar bilan bir qatorda tarbiyaviy va korreksion-o‘qitish, psixokorreksion faoliyatni ham amalga oshirilishini ta’minlaydi.

Korreksion-pedagogik faoliyat maxsus ta’lim das turiga muvofiq mutaxassislar yordamida anomal o‘quvchilarni o‘qitish, tarbiyalash va rivojlantirishga yo‘naltirilgan yaxlit jarayon.



Korreksion pedagogikaning asosini anomal bolalarni har tomonlama, fiziologik va psixologik o‘rganish tashkil etib, uning vazifalari sirasiga quyidagilar kiradi:

1) rivojlanishida turli kamchiliklar bogan bolaning nuqsonlarini tuzatish va korreksion-kompensatorli imkoniyatlarini aniqlash;

2) differensatsiyali o‘qitish va tarbiyalashni amalga oshirish maqsadida anomal bolalarning muammolarini hal etish;

3) anomal bolalarni aniqlash va hisobga olish;

4) rivojlanish anomaliyasini erta diagnostika qilish metodlarini ilmiy jihatdan ishlab chiqish;

5) bolalarda rivojlanish nuqsonlarini tuzatish, yo‘qotish yoki kamaytirish bo‘yicha chora-tadbirlarni ishlab chiqish;

6) anomal bolalikning oldini olish bo‘yicha profilaktik choratadbirlar tizimini ishlab chiqish;

7) anomal bolani rivojlantirish va uni ijtimoiylashtirish jarayonining samaradorligini oshirish.



Rivojlanishida nuqsoni bo‘lgan bolalar bilan korreksion ishlar quyidagi vo‘nalishlarda olib boriladi:

  1. Bolalarning rivojlanishi va xulqidagi nuqsonlar tabiati va mohiyatini aniqlash, ularning yuzaga kelishi sabablari va sharoitlarini o‘rganish.

2. Rivojlanishi va xulqida nuqsonlar boMgan bolalar bilan korreksionpedagogik faoliyatning tashkil etish va rivojlanishi tarixini o‘rganish.

3. Bolalarning rivojlanish va xulqidagi nuqsonlarning oldini olishga xizmat qiluvchi ijtimoiy-pedagogik shart-sharoitlar va psixofiziologik rivojlanishi etimologiyasi (sabab-oqibatli asoslari)ni aniqlash.

4. Rivojlanishida kamchilik va xulqida nuqsonlar bo‘lgan bolalarga korreksion-pedagogik ta’sir ko'rsatish texnologiyasi, shakl, metod va vositalarini ishlab chiqish.

5. Ommaviy umumiy o‘rta ta’lim manbalari sharoitlarida rivojlanishi va xulqida nuqsonlar boMgan bolalarning umumiy va maxsus ta’limi mazmunini tahlil qilish.

6. Bolalarni reabilitatsiya qilish va himoyalash markazlari, maxsus muassasalarining maqsadi, vazifa va asosiy yo‘nalishlarini aniqlash.

7. Anomal bolalar bilan koreksion-pedagogik faoliyatni tashkil etuvchi o ‘qituvchilarni tayyorlashda zarur o ‘quv-metodik bazasini yaratish.


Bola rivojlanishidagi nuqsonlarni diagnostika

qilishda korreksion ishlar tamoyillari va metodlari

Rivojlanishida kamchiliklar bo‘lgan bolalar maxsus, korreksion-rivojlantiruvchi ta’lim va tarbiyaga muhtoj bo‘ladilar. Anomal bolalarga yondashishda u yoki bu nuqsonni aniqlash emas, balki uning xususiyati, tuzilishi, bolani tegishli muassasaga joylashtirish, korreksion ishlarni amalga oshirishda alohida ahamiyatga ega bo‘lgan sonli va sifatli ko‘rsatkichlarini aniqlash muhimdir.

Anomal bolalarni maxsus muassasalarda o‘qitish va tarbiyalash, shuningdek, umumiy o‘rta t a’lim maktablarida korreksion – rivojlantiruvchi sinflarni tashkil etish masalasi bilan psixologik-tibbiy pedagogik komissiyalar (PMPK) shug‘ullanadilar.

Bu borada mutaxassislarning quyidagi tamovillarga amal qilishlari maqsadga muvofiqdir:

1. Insonparvarlik tamovili har bir bola uchun o‘z qobilyatlarini maksimal darajada rivojlantira oladigan zarur sharoitlarni o ‘z vaqtida yaratib berishdan iborat boMib, u bolani izchil va batafsil o‘rganish, uning yo‘lida uchraydigan qiyinchiliklarni yo‘qotish yo‘llari va vositalarini izlashni talab etadi.

2. Bolalarni kompleks o‘rganish tamovili bolaga tashhis qo‘yishda zarur mutaxassisliklar (tibbiy, defektologik, psixologik va pedagogik) bo‘yicha olingan ma’lumotlarga tanishni nazarda tutadi. Agar shifokor, defektolog, psixolog va pedagoglarning fikrlari turlicha bo‘lsa, bola qayta tekshiruvdan o‘tkaziladi.

3. Bolani har tomonlama va yaxlit o‘rganish tamovili bolaning idrok etish, emotsional-irodaviy sifatlari va xulqini tekshirishni ko‘zda tutadi. Unga ko‘ra bolaning rivojlanishiga jiddiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan jismoniy holati ham hisobga olinadi. Bolani har tomonlama va yaxlit o‘rganish uning o‘quv, mehnat va o‘yin kabi faoliyati jarayonidagi harakatlarini kuzatishga asoslanadi.

4. Bolani dinamik o‘rganish tamoviliga binoan tekshirish davomida ular biladigan va bajara oladigan ishlarni emas, balki ularning o ‘qitishdagi imkoniyatlarini ham hisobga olish muhim ekanligini nazarda tutadi. L.S.Vigotskiyning “yaqin rivojlanish zonasi” — bolalarning o‘qishdagi mavjud imkoniyatlari haqidagi ta’limoti mazkur tamoyilning asosini tashkil qiladi.

5. Sifativ-miqdoriv vondashuv tamovili bola bajargan topshiriqni baholashda yakuniy natijanigina emas, balki usuli, masalani yechish uchun tanlangan yo‘lning ratsionalligi, harakatlarning mantiqiy ketma ketligi, maqsadga erishishdagi qat’iylik va tirishqoqlikni ham hisobga olish zarurligini asoslaydi.

6. Ma’lum turdagi patologivali bolalarni boshqa bolalar guruhlaridan ajratish tamovili har bir maxsus ta’lim muassasasi o‘zi qoidalariga egaligini tavsiflaydi.

7. Rivojlanishida mavjud bo‘lgan chetlanishlar darajasiga ko‘ra differensatsivalashtirilgan ta’limni tashkil etish tamovili rivojlanishida bir xil, lekin darajasiga ko‘ra turli chetlanishga ega bolalarni ajratgan holda o‘qishlarini nazarda tutadi, binobarin, ulami o‘qitish metodikasida sezilarli farqlar mavjud (masalan, ko‘zi ojiz bolalar taktil asosda (Brayn tizimi bo‘yicha), yomon ko‘ruvchilar esa ko‘rish asosida o‘qitiladi).

8. Yoshi tamovili har bir guruh yoki sinfga ma’lum yoshdagi bolalarning qabul qilinishini ifodalaydi. Turli yoshdagi rivojlanishida nuqsonlar bo‘lgan bolalarni tekshirish va ularga korreksion yordam ko‘rsatish malakali mutaxassislar tomonidan amalga oshiriladi. PMPKning tarkibida quyidagi mutaxassislar faoliyat ko‘rsatadilar: pedagog, psixolog, shifokor, psixiatr, nevropatolog, otolaringolog, ortoped, oftalmologlar, oligofrenopedagog, surdopedagog, tiflopedagog hamda logoped. PMPK ishlariga defektologik ta’lim va anomal bolalar bilan ishlashda amaliy tajribaga ega mutaxassis rahbarlik qiladi.

Psixologik-pedagogik tekshirishlar quyidagi metodlari yordamida tashkil etiladi:

1. Suhbat metodi. Suhbat bola bilan aloqa o‘rnatish vositasi bo‘lib, anomal bolaning shaxsi, emotsional-irodaviy sifatlari, xulqi, shuningdek, rivojlanishidagi chetlanishlarning sabablari haqidagi ma’lumotni to‘plashga imkon beradi. Agarda bolaning nutqida, eshitish qobiliyatida nuqsonlari bo‘lsa, yoki munosabatga qiyin kirishsa suhbatni tashkil qilish tavsiya etilmaydi. Bunday hollarda bolani qiziqtiradigan ko‘rgazmali materialdan foydalanish mumkin.

2. Kuzatish metodi. Kuzatish bolaning konsultatsiyaga kelishidan avval boshlanadi va yaxlit tekshirishlarni o‘tkazish jarayonida davom ettiriladi. Kuzatish har doim aniq maqsad asosida o‘tkaziladi. Bolani o‘yin faoliyatini tashkil etish jarayonida kuzatish alohida ahamiyatga ega, ular bola bilan aloqa o ‘rnatishga imkon beradi. Ayrim hollarda o ‘yinchoqlar yordamida maxsus tekshirishlar o ‘tkaziladi.

3. Rasmlarini o‘rganish metodi. Rasmlar bolani o‘rganishda muhim differensial-diagnostik vosita hisoblanadi. Bolada pedagog tomonidan tavsiya etilgan rasmlar xavotir uyg‘otsa, bolaga erkin rasm chizishni taklif etish maqsadga muvofiqdir. Uning mavzu tanlay olishi, tasvirlash xususiyatlari, rasm chizish jarayoni yakuniy tashhis uchun qimmatli ma’lumot hisoblanadi. Aqli zaif bolalar odatda mavzuni tanlashga qiynaladilar, ular sujetlar yaratmay, alohida odatiy predmetlarni tasvirlashga harakat qiladilar.

4. Tajriba-psixologik tadqiqotlar metodlari. Ular maxsus o‘rganilishi kerak bo’lgan psixik jarayonni qo‘zg‘atuvchi malum vaziyatlarni yaratishni ko‘zda tutadi. Tajriba metodikalari yordamida u yoki bu holatlarning sabablari va mexanizmlarini ochib ko‘rsatish mumkin bo‘ladi.

5. Testlar metodi. Bu metod bol larning psixodiagnostik maqsadlarda tekshirishda qo‘llaniladi. D.Veksler tomonidan asoslangan moslashtirilgan test ommaviylashgandir. Undan foydalanish individualpsixologik tekshirishlarni o‘tkazishda bola haqida zarur qo‘shimcha ma’lumotlarni olishga imkon beradi.

O‘smirlik davrida oq‘uv fanlarini turli o‘qituvchilar tomonidan o‘qitish munosabati yuzaga keladi. Bu orqali ularda kattalar shaxsi va faoliyatini baholashning yangi mezonlari shakllana boshlaydi. Masalan, bilimli, talabchan, haqqoniy, o‘quv materialini qiziqarli va tushunarli yo‘l bilan yetkaza oladigan o‘qituvchilami ajratmaydilar, balki ularni ko‘proq hurmat qiladilar, yaxshi ko‘radilar va ular bilan bo‘ladigan munosabatlariga ham katta e’tibor beradilar. 10-15 yoshli bolalaming faoliyat motivlarida ham o‘zgarishlar amalga oshadi.

Ilk o‘smirlik davrida ko‘pchilik yoshlar o‘zlariga shaxsiy xarakteristika beradilar. Katta bo‘lgan sari ularning o‘z-o‘ziga bergan bahosi differensial xarakterda (xulqatvor, ijtimoiy vaziyatlarda o‘zini tutishi va ayrim xatti-harakatlar) namoyon bo‘la boshlaydi. Pedagogika oliy o‘quv yurtida boiajak o‘qituvchilami psixologik-pedagogik jihatdan tayyorlashni takomillashtirish talabalardagi o‘z kasbiga boigan psixologik qarashni qayta qurish hamda “ideal o‘qituvchi” obraziga tayangan holda olib borilishi zarur. Kasbiy faoliyat boiajak o‘qituvchi shaxsini rivojlantirishning asosiy vositasi ekanligi sababli talabalaming uzluksiz amaliyotda qatnashish jarayonim sifat va miqdor jihatdan kuchaytirish lozim.

Talabalar bilan ta’lim-tarbiya ishlarini rejalashtirishda ularning o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga olish zarur. Ayrim hollarda ichki va tashqi vositalar, omillar ta’siri ostida uning ruhiy dunyosiga umidsizlik, ruhiy parokandalik kayfiyati, istiqbolga ishonmaslik, ikkilanish, hadiksirash kabi salbiy his-tuyg‘ular namoyon bo‘ladi. О‘z shaxsiyatiga nisbatan ichki ishonmaslik, o‘qishga nisbatan esa salbiy munosabatning kelib chiqishi talaba ruhiyatida keskin tushkunlikni keltirib chiqarishi mumkin. Buning oqibatida ayrim yoshlar o‘ta zararli oqimlarga – aqidaparastlik, terrorchilik illatlariga qo‘shilib qolishi, giyohvandlik, ichkilik, qimorbozlik, turli jinoyat ishlari kabi jirkanch yoilarga kirib qolishlari mumkin.

Foydalanish uchun adabiyotlar:


  1. Babanskiy Y.K. Metodi obucheniya v sovremennoy obsheobrazovatelnoy shkole. – M.: Prosvesheniye, 1985.

  2. Lerner I.Y. Didakticheskiye osnovi metodov obucheni. – M., 1981.

  3. Pedagogika // Ucheb. posobiye dlya studentov pedagogicheskix vuzov i pedagogichskix kolledjey / Pod red. P.I.Pidkasistogo. – M.: Pedagogicheskoye obshestvo Rossii, 2000.

  4. Rijkov V.N. Didaktika. – M.: Yuniti-dana, 2004.

5. Sayidaxmedov N.S. Metodi obucheniya shkolnikov mexaniziro va nomu trudu v xlopkovodstve. – T.: Ukituvchi, 1991.

6. Sayidahmedov N.S. Yangi pedagogik texnologiyalar. – T.: Moliya, 2003.

7. Pedagogika nazariyasi va tarixi. 1-qism. Pedagogika nazariyasi / M.X.Toxtaxodjayeva va boshqalar / Prof. M.X.Toxtaxodjayevaning umumiy tahriri ostida. – T.: Iqtisod-moliya, 1996.

8. Новоторцева H.B. Коррекционная педагогика и специальная психология. Словарь. – М.: Педагогика, 1999.

9. Usanova O.N. Psixik rivojlanishida muammolari bo‘lgan bolalar. – М.: Pedagogika, 1995.

10. Rahmonova V.S. Defektologiya va logopediya asoslari. – T., 1990.

11. Yo‘Idoshev J.G‘., Shirinov M.K., Ochilov F.I. Pedagogik diagnostika. – T.: O‘zbekiston faylasuflari milliy jamiyati nashriyoti, 2014.

12. Новоторцева H.B. Коррекционная педагогика и специальная психология: Словарь. – М.: Педагогика, 1999.

13. Usanova O.N. Psixik rivojlanishida muammolari bo‘lgan bolalar. – M.: Pedagogika, 1995.



14. Rahmonova V.S. Defektologiya va logopediya asoslari. – T.: O‘qituvchi, 1990.
Download 22.46 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling