R. O. Oripov, n X. Xalilov


Download 216 Kb.
Pdf ko'rish
bet15/49
Sana16.02.2017
Hajmi216 Kb.
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   49

Ekish  me’yorlari. 
Kuzgi  bug'doyning  suv  bilan  ta’minlanishi  va 
ma’danli  oziqlanishi  o'sish  jarayonlarini  kuchaytiradi,  barg  yuzasini 
ko'paytiradi,  ekinzor  zicliligini  oshiradi,  hamda  fotosintetik  faol  ra- 
diatsiyadan,  karbonat  angidrid  gazidan  foydalanishni  yaxshilaydi,  hosil­
ni  oshiradi.  Optimal  me’yorlardan  ortiq  urug'  ekilganda  o'simliklar  qa- 
lin joylashadi.
Ekish  me’yorlari  tuproq-iqlim  sharoitiga  qarab  o'zgaradi.  Qalin 
ekish  sernam,  shimoliy  mintaqalarda  qo'llaniladi.  Janubiy  mintaqalarda 
ekish  me’yorlari  nisbatan  kam  bo'ladi.  Sernam  shimolda  ekish  me’yorini 
belgilaydigan  asosiy  omillar  —  yorug'lik  va  tuproq  unumdorligi  bo'lsa, 
qurg'oqchil  mintaqalarda  —  o'simlikning  nam  bilan  ta’minlanishidir. 
Shuning  uchun  sug'oriladigan  yerlarda  ekish  me’yori  lalmikorlikdagidan 
ancha  ko'p  bo'ladi.
Hozirga  qadar  tuproq  unumdorligining  ekish  me’yorining  kattaligiga 
ta’siri  haqida  yagona  fikr  yo'q.  Ayrim  tadqiqotchilar unumdor  tuproqlarda 
ekish  me’yorlarini  kamaytirish,  unumsiz  tuproqlarda  ko'paytirish  kerak, 
deb  hisoblashsa,  boshqalari  teskarisini  isbotlashadi.  Tavsiyanomalardagi 
bunday  qarama-qarshiliklar,  tajribalarni  turli  tuproq,  iqlimga  ega  minta­
qalarda,  har  xil  navlar  bilan,  unumdorligi  bir  xil  bo'lmagan  tuproqlarda 
o'tkazilishi  bilan  bog'liq.
Ekish  muddatlari  ham  ekish  me’yorlariga  ta’sir  ko'rsatadi.  Ekish 
optimal  muddatlardan  kechikkanda  ekish  me’yori  oshiriladi.  Kech  ekil­
gan  o'simliklarda  tuplanish  koeffitsienti  urug'larning  unib  chiqishi  kam, 
kuzgi-qishki  noqulay  sharoitlarga  chidamliligi  esa  past  bo'ladi.
112
www.ziyouz.com kutubxonasi

Samarqand qishloq xo'jalik  institutida  o'tkazilgan  tajribalarda unumli 
bug'doy  navi  20.09;  10.10;  1.11  muddatlarda  ekish  me’yori  3,0  mln/ga 
bo'lganda  66,2;  70,6;  63,6  s/ga,  4,5  mln/ga  ekilganda  63,6;  77,6;
67,5  s/ga  hosil  olingan.
Tor  qatorlab,  qatorlarni  kesishtirib  ekish  usullarida  ekish  me’yori 
10  %  oshiriladi.  Qandaydir  sabablarga  ko'ra  mayda  urug'lami  ekishga 
to'g'ri  kelsa,  ularni  dona  hisobidagi  me’yori  10—12  %  ga  oshiriladi. 
Sababi  mayda  umg'lar  unuvchanligi,  o'rta  va  yirik  urug'larnikiga  nisba­
tan  past  bo'ladi.  Begona  o'tlar  bilan  ifloslangan  dalalarda  ham  ekish 
me’yori  oshiriladi.  Qalin  ekilgan  o'simliklar begona  o'tlarni  qisib  qo'yadi.
Ekish  me’yori  gektariga  kilogramm  yoki  unib  chiqadigan  urug'lar 
soni  (million  hisobida'1  ga  ekilgan  urug'lar)  bilan  ifodalanadi.  Urug'lami 
vazni  bo'yicha  ekish  me’yori  belgilanganda  ularning  yirikligi  e’tiborga 
olinmaydi.  Shuning  uchun  1000  dona  urug'  vazni  har  xil  bo'lganda 
vazni  bir  xil  ekish  me’yorida  turli  sondagi  umg'lar  ekilib  oziqlanish 
maydoni  har  xil  bo'ladi.  Ekish  me’yorini  bir  gektarga  ekiladigan  urug'lar 
soniga  qarab  aniqlash  to'g'ri  bo'ladi.  Bunda  yirikligi  har  xil  urug'lar 
ekilganda  ham  o'simliklaming  oziqlanish  maydoni  bir  xil  bo'ladi.
Hozirgi  paytda  O'zbekistonning  sug'oriladigan  yerlarida  ekish  me’yorlari 
gektariga  3,0—4,5;  6,0  mln/ga  urug'  hisobida  tavsiya  qilinmoqda.
Kuzgi  bug'doyni  ekish  me’yorlari  ham  har  bir  mintaqa,  xo'jalik, 
dala,  nav  uchun  o'tmishdoshlar,  o'g'itlash,  sug'orish  va  boshqa  omillar 
hisobga  olingan  holda  aniqlanadi.
Urug‘larni  ekish  chuqurligi.  Kuzgi  bug'doy  urug'larini  ekish  chu- 
qurligiga  urug'laming  unib  chiqish  to'kisligi,  maysalarning  hosil  bo'lish 
muddati,  tuplanish  tugunining  joylashish  chuqurligi,  o'simlikning  qish­
ga  chidamliligi,  mahsuldor  tuplanish,  binobarin  mahsuldorlikka  bog'liq. 
Tuproq  yuza  qatlamida  namlikning  barqaror  bo'lmasligi  sababli  urug'lar 
namlik  barqaror  va  doimiy  bo'lgan  tuproq  qatlamlariga  ekiladi.
Ko'plab  o'tkazilgan  tajribalar  urug'lar  yaxshi  unib  chiqishi  uchun 
tuproqdagi  namlik  so'lish  koeffitsientidan  4—5  %  yuqori  bo'lishi  lozirn- 
ligini  ko'rsatadi.
Kuzgi  bug'doy  nisbatan  urug'lami  chuqurroq  ekishni  talab  etadi. 
Urug'lar  chuqur  ko'milganda  tuplanish  tuguni  ham  chuqur  joylashadi 
va  o'simlikning  qishga  chidamliligi  ortadi.
Unib  chiqayotgan  maysaga  tuproqning  qarshiligi  uning  mexanik  tar- 
kibiga  bog'liq  bo'ladi.  Maysalarning  unib  chiqishga,  ayniqsa,  og'ir  loy 
tuproqlar  ko'p  qarshilik  qiladi.  Shuning  uchun  og'ir  loy  tuproqlarda 
urug'lar  4—5  sm  chuqurlikda  ekiladi,  o'rtacha  qumoq  tuproqlarda  urug'lar
5—6  sm,  yengil  tuproqlarda  7—8  sm  chuqurlikda  ekiladi.  Tuproqning 
yuza  qatlami  juda  qurib  ketganda  urug'lar  yengil  tuproqlarda  8—10  sm 
chuqurlikda  ekilishi  mumkin.
Urug'lami  juda  chuqur,  shuningdek,  sayoz  ekish  ham  o'simlikning 
qishga  chidamliligini  kamaytirishi  mumkin.  Urug'lar juda  chuqur  ekil-
113
www.ziyouz.com kutubxonasi

ganda  maysalar  kechikib  hosil  bo'ladi,  kuchsiz  bo'ladi,  qishda  nobud 
bo'lishi  mumkin.  Sayoz  ekilgan  urug'lar  ham  o'simlikning  qishlashiga 
salbiy  ta’sir  ko'rsatadi.
Ekinzor  parvarishi.  O'simlikning  o'sishi  va  rivojlanishi,  qishlashda 
va  o'suv  davrida  saqlanishi,  ularni  ekishdan  hosilni  yig'ishtirishgacha 
saqlanishi,  ekinzor  parvarishiga  bog'liq.  Kuzgi  bug'doyning  asosiy  par­
varishi  —  g'altaklash,  oziqlantirish,  erta  bahorda  boronalash,  yotib  qo- 
lish  va  begona  o'tlardan  himoya  qilish,  kasallik  va  zararkunandalarga 
qarshi  kurashishdan  iborat.
Urug'larni  qisqa  vaqt  davomida  qiyg'os  undirib  olish  uchun,  ekish­
dan  oldin  dala  molalanadi.  Bu  urug'larni  tuproq  zarrachalari  bilan jips- 
lashishi  hamda  tuproqning  pastki  qatlamlaridan  namlikni  kapillarlar  orqali 
urug'  joylashgan  qismiga  ko'tarilishiga  yordamlashadi.  G'altaklash  tup­
roq  g'ovakligini  kamaytirib,  namning  yo'qolishini  kamaytiradi.  Ammo 
tuproqda  namlik  yetarli  bo'lib,  lining  zichligi  optimal  (1,1—1,2  g/sm3) 
bo'lsa  g'altaklash  zaruriyati  yo'q.  O'zbekistonda  g'altaklash  o'miga  ekish 
oldidan  molalash  o'tkaziladi.
Kuzgi  bug'doyni  boronalash  bahorda  yer  yetilishi  bilan  o'tkaziladi. 
Uning  asosiy  vazifasi  —  ekish  davomida  zichlashib  qolgan  tuproq  yuza- 
sini  yumshatish,  o'simlikning  nobud  bo'lgan  qismlarini  chiqarib  tashlash, 
begona  o'tlarni  yo'q  qilishdir.  Sug'oriladigan  maydonlarda  bahorda  tup 
qalinligi  yetarli  bo'lib,  o'simlik  yaxshi  rivojlangan  ekinzor,  begona  o'tlardan 
toza,  qatqaloq  bo'lmasa  boronalashni  o'tkazmasa  ham  bo'ladi.
Bahor  quaiq  kelganda,  tuproq  yuzasi  qatqaloq  bo'lganda  boronalash 
qatorlarni  diagonal  bo'yicha  yoki  ko'ndalangiga,  tuproq  yetilganda 
o'tkaziladi.  Kuchsiz  rivojlangan,  yomon tuplangan,  ikkilamchi  ildizlar tizimi 
yaxshi  shakllanmagan  o'simliklar  qoplami  boronalanganda  ular  boronalar 
tishiga  ilashib  sug'urilishi  hamda  ekinzor  siyraklashishi  mumkin.  Bunday 
maydonda boronalash  samara  bermaydi.  Boronalashda  o'simliklaming  rivoj­
lanish  holati,  tup  qalinligi  boronalar  tipi,  agregat  harakatining  tezligi, 
tuproq  ob-havo  sharoiti  hisobga  olingan  holda  o'tkaziladi.
Og'ir  tuproqlarda  yaxshi  rivojlangan,  tup  qalinligi  yuqori  ekinzorlar 
boronalar  tishi  passiv  holatga  keltirilib  ikki  izli  qilib  o'tkaziladi.  Yengil 
tuproqlarda  kuchsiz  rivojlangan  ekinzorlar  bir  izli  qilib  boronalanadi. 
Boronalashda  qo'shimcha  hosil  gektaridan  2—3  sentnerni  tashkil  qiladi.
Kuzgi  bug'doy  erta  bahorda,  tuplanish  fazasida,  naychalanishning 
boshlanishida  azotli  o'g'itlar  bilan  oziqlantiriladi.
Kuzda  ekilgan  bug'doy  O'zbekiston  sharoitida  g'o'za,  sabzavot  ekin­
lari,  beda,  makkajo'xori,  dukkakli  don  ekinlaridan  keyin  joylashtirilsa, 
begona  o'tlar  bilan  kam  ifloslanadi.  Juda  siyraklashgan,  begona  o'tlar 
bilan  kuchli  ifloslangan  bedapoyalar,  agrotexnik  qoidalarga  rioya  qilib 
buzilmaganda  ham  dalani  begona  o'tlar  bosadi.
Kuzgi  bug'doy  erta  va  optimal  muddatlarda  ekilsa  hamda  o'simliklar 
qish  tushguncha  1  m2  da  1,3—1,6  m2  barg  yuzasi  hosil  qilsa  dalaning
114
www.ziyouz.com kutubxonasi

begona  o'tlar  bilan  ifloslanishi  keskin  kamayadi.  Bunday  maydonlarda 
o'simlik  kuz,  bahor,  yoz  davrida  yaxshi  rivojlanib  begona  o'tlaming 
rivojlanishiga  yo'l  qo'ymaydi.  Shuning  uchun  kuzgi  bug'doy  hosilidan 
bo'shagan  dalalar  begona  o'tlardan  ancha  tozalangan  bo'ladi.
Hozirgi  paytda  sug'oriladigan  kuzgi  bug'doy  maydonlarida  bir  yillik, 
ko'p  yillik,  kuzgi  va  qishlaydigan  begona  o'tlaming  80  dan  ortiq  turi 
uchraydi.  Sug'oriladigan  bug'doyzorlarda  sho'ra,  olabo'ta,  yulduzo't, 
qo'ytikan,  paxtatikan,  yovvoyi  gultojixo'roz,  dala  qandalasi,  ybwoyi  suli, 
qo'ypechak,  ituzum,  sariq  paxtatikon  va  boshqa  begona  o'tlar  ko'p  uch­
raydi.  Begona  o'tlar  mahalliy  sharoitga,  madaniy  dala  ekinlariga  nisbatan 
yaxshi  moslashgan.  Ular  suv,  oziqa  moddalar,  yorug'likdan  yaxshi  foyda- 
lanadi.  Shuning  uchun  begona  o'tlar  bilan  ifloslangan  g'allazorda  don 
hosili  va  sifati  keskin  pasayadi,  hosilni  o'rib  yanchib  olish  qiyinlashadi. 
Begona  o'tlar  don  hosilini  gektaridan  5—15  s/ga  kamaytirishi  mumkin.
Sho'ra,  yovvoyi  gultojixo'roz,  shamak  va  boshqa  begona  o'tlaming 
1  m2  qalinligi  50  o'simlikdan  oshsa,  1  gektaridan  o'rtacha  30—70  kg 
azot,  10—15  kg  fosfor,  50—70  kg  kaliy  o'zlashtiradi.  Bu  miqdordagi 
oziqa  elementlari  15—17  s/ga  don  shakllantirish  uchun  yetarlidir.  Begona 
o'tlar  sug'orilganda  yerlarda  ma’danli  o'g'itlarning  samaradorligini, 
foydalanish  koeffitsientini  30—40  %  kamaytiradi.
Respublikamizda,  so'nggi  yillarda  keng  tarqalgan  kalta  poyali,  in- 
tensiv  tipdagi  bug'doy  navlarini  o'stirish  samaradorligi,  begona  o'tlardan 
toza  maydonlardagina juda  yuqori  bo'ladi.  Ularning  poyalari  kalta,  barg­
lari  vertikal  joylashganligi  uchun  uzun  poyali  navlarga  nisbatan  1,5—2 
baravar,  begona  o'tlar  bilan  ko'p  ifloslanadi.
Kuzgi  g'alla  ekinlari  dastlabki  rivojlanish  fazalarida  begona  o'tlar 
bilan  kuchli  ifloslanadi.  Begona  o'tlar  soni  1m2  da  200  donadan  ko'p 
bo'lsa,  bunday  maydonlar  kuchli  ifloslangan  hisoblanadi.  Bunday  dala- 
larda  bug'doy  hosili,  don  sifati  keskin  pasayadi,  o'rim-yig'im  ishlari 
qiyinlashadi.
G'alla  ekiladigan  maydonlar  ekishdan  oldin  nam  to'playdigan 
sug'orishlar  o'tkazilganda  begona  o'tlar  urug'lari  unib  chiqa  boshlaydi. 
Bunday  maydonlar  25—27  sm  chuqurlikda  chimqirqarli  pluglar  bilan 
haydalsa,  begona  o'tlar  yo'qoladi.
Begona  o'tlar,  kasalliklar^  zararkunandalarga  qarshi  kurashda 
O'zbekistonda  qo'llashga  ruxsat  etilgan  pestitsidlardan  foydalaniladi.
Begona  o'tlarga  qarshi  kurashda  granstar  15—20  g/ga,  pardner  1,5 
kg/ga,  bazagran  48  %  2—4  kg/ga,  benvel  24  %  0,7—1,0  kg/ga, 
derbil75SC  50—60  ml/ga,  puma  super  0,6—0,8  kg/ga,  serto  plus+PAV 
(adyuvant  «DASH»)  200  ml/ga,  starane  200,  20  %,  0,75—1,0  kg/ga, 
xussar  0,05—0,1  kg/ga,  me’yorda  kuzgi  bug'doyni  tuplanish  fazasida 
250—300  1/ga  suvga  aralashtirilib  purkaladi.  Begona  o'tlaming  turi,  rivoj­
lanish  holati,  bug'doyning  rivojlanish  fazasi  hisobga  olinib,  gerbitsidlar 
navbatlashtirilib  yoki  aralashtirilib  qo'llanilsa  samaradorligi  yuqori  bo'ladi.
115
www.ziyouz.com kutubxonasi

Sug'oriladigan  yerlarda  g'allazoming  ifloslanishiga  asosiy  sabablar 
begona  o'tlar  bilan  ifloslangan  dalalarga  urug'  ekish,  urug'larning  be­
gona  o'tlar  urug'laridan  tozalanmasligi,  nam  to'playdigan  sug'orishlarni 
o'tkazmaslik,  almashlab  ekishlarni  yo'lga  qo'ymaslik,  bir  maydonga  su­
runkasiga  ikki  yildan  ortiq  boshoqli  don  ekinlarini  ekish,  paxtazorlarni 
begona  o'tlardan  tozalamaslik  hisoblanadi.
Chang,  qattiq  qorakuyaga  qarshi  kurash  tadbirlari  urug'larni  ekishga 
tayyorlashda  qo'llaniladi.  Zang,' un-shudring  va  boshqa  zamburug' 
kasalliklariga  qarshi  o'suv  davrida  25  %,  bayleton  gektariga  0,5—1  kg, 
tilt  -   0,5  kg,  follikyur  —  0,3-0,5  kg,  alto  super  -   0,5  kg,  impakt 
0,25—0,5  kg/ga  miqdorda  250—300  1  suvga  aralashtirib  purkaladi.
Fungitsidlarni  boshoqlash  fazasigacha  qo'llash  lozim.  Keyingi  ri­
vojlanish  fazasida  qo'llash  tavsiya  etilmaydi.
Kuzgi  bug'doyzorlarda  turli  xil  zararkunandalar  uchraydi  va  ular  har 
yili  hosilga  katta  zarar  keltiradi.  Kuzgi  bug'doyzorlarda  daryo  bo'ylarida, 
ariq  yoqalarida,  zaxkash  maydonlarda  g'alla  zulugi  (piyavitsa)  barglami 
kuchli  zararlaydi.  Bug'doy  ekilgan  maydonlarda  simqurt,  xumkalla,  trips, 
xasvalar,  shiralar  ko'p  uchraydi.  Ular  kuzgi  g'alla  ekinlariga  unib  chi- 
qishidan  pishishigaeha  zarar  keltiradi,  don  hosili  va  sifatini  kamaytiradi.
Ekinzorlarda  zararkunandalarga  qarshi  kurash  olib  borishda,  ular  kel- 
tiradigan  zararning  boshlanishini  aniqlash  muhim.  Ularning  lm 2  soniga 
qarab  zaharli  preparatlar  qo'llanishi  boshlanadi.  Masalan,  g'alla  zulugi 
lm2  15—20  dona  qo'ng'iz  yoki  100  poyada  50  lichinkada  5  donani, 
zararli  xasva  va  xumkalla  2  donani,  shiralar,  tripslar  50  donani  tashkil 
etsa  zaharli  preparatlar  bilan  ishlash  tavsiya  etiladi.  Bularga  qarshi  5  % 
karate  gektariga  0,15—0,25  yoki  5  %  summi  alfa,  0,2—0,25  yoki  2,5  % 
desis  0,35  kg  miqdorda  o'suv  davrida  qo'llanishi  mumkin.  Ko'rsatilgan 
preparatlar  200—400  1  suvga  aralashtirib  1  gektarga  purkaladi.
Keyingi  yillarda  ekologik  toza,  odamlar,  hayvonlar,  o'simliklar  uchun 
zararsiz  biologik  usullarda  zararkunandalarga  qarshi  kurash  tarqalmoq- 
da.  Bu  usul  kimyoviy  preparatlarni  qo'llashga  nisbatan  ancha  arzon. 
Biologik  usullarda  sichqonlarga,  qurtlarga  qarshi  bakterial  preparatlar, 
o'simlik  bitiga,  shved  chiviniga  va  boshqa  zararkunandalarga  etomofaglar, 
zararli  hasharotlarning  parazitlari  hamda  yirtqichlari  yordamida  kura- 
shilmoqda.  Bu  usul  istiqbolli  hisoblanadi.
Hosilni  yig‘ishtirish.  Hosilni  qisqa  vaqt  davomida  nobud  qilmasdan 
yig'ishtirib  olish,  don  yetishtirishni  ko'paytirishning  muhim  rezervlari- 
dan  biridir.  Ko'pincha  hosilni  yig'ishtirish  paytida  nobud  bo'lishi 
10-20  %  noqulay  sharoitlarda  30  %  va  undan  ko'p  bo'lishi  mumkin. 
Nobudgarchilik  yangi  navlarni  ekish,  o'g'itlarni  bo'lib  berish  va  boshqa 
agrotexnik  usullarini  qo'llashdan  olinadigan  qo'shimcha  hosildan  ko'p 
bo'lishi  mumkin.
Hosil  mexanik,  fiziologik,  shuningdek,  yig'ishtirish  mashinalarining 
xususiyatlari  bilan  bog'liq  bo'ladi.  Mexanik  nobud  bo'lish  donning
116
www.ziyouz.com kutubxonasi

boshoqdan  to'kilishi,  boshoqlarning  sinishi  bilan  bog'liq.  Ular  navlar­
ning  biologik  xususiyatlari,  yig'ishtirish  muddatlari  hosilni  yig'ishtirish 
oldidan  va  paytidagi  ob-havoga  bog'liq.  Ayniqsa,  yig'ishtirish  kechikkanda 
hosilning  nobud  bo'lishi  ortadi.
Fiziologik  nobud  bo'lishda  don  to'la  pishgandan  keyin  nam  havoda 
dondagi  gidrolitik  fermentlaming  biologik  faolligi  ortadi,  dondagi  quruq 
moddaning  yo'qolishi  kuchayadi.  O'zbekiston  sharoitida  hosilning  fi­
ziologik  nobud  bo'lishi juda  kam  uchraydi.
Yig'ishtirish  mashinalari  ishi  bilan  bog'liq  hosilning  nobud  bo'lishi 
ancha  ko'p.  Hosilni  yig'ishtirishning  optimal  muddatlari  va  usullarini, 
o'rish  balandligini  to‘g'ri  tanlash,  ekinzor  holatiga  qarab  ish  rejimini 
tashkil  qilish,  nobudgarchilikni  maksimal  kamaytiradi.
Hosilni  qisqa  9—12  kundan  ko'p  bo'lmagan  davrda  yig'ishtirib  olish 
afzalligi  biologik  asoslangan.
Kuzgi  bug'doy  hosili  bir  fazali  (bevosita  kombaynlar  bilan)  va  ikki 
fazali  (oldin  o'rib  keyin  yig'ib  yanchib  olish)  usullarda  yig'ishtiriladi.
Hosilni  bir  fazali  usulda  o'rib  yig'ib  olishda,  don  to'la  pishganda 
«Sibiryak»,  SK—5  «Niva»,  SK—6  «Kolos»,  Don  1500,  Yenisey—1700, 
Djon  —Dir,  «Keys»  kombaynlari  bilan  to'g'ridan  to'g'ri  o'rib,  yanchib 
olinadi.  Bu  usulda  past  bo'yli,  yotib  qolishga  chidamli  to'la  pishib  ye­
tilgan  bug'doyzorlar  hosili  yig'ishtiriladi.  O'rim  yotib  qolgan  ekinzorda 
10  sm  dan  ortiq  bo'lmagan,  uzun  bo'yli  yotib  qolgan  ekinzorda  15—20 
sm  balandlikda  o'tkaziladi.  O'simliklar  zich,  hosildorlik  yuqori  may­
donlarda  o'rish  balandligi  25  sm  va  undan  ortiq  bo'lishi  mumkin.
O'zbekistonda  asosan  hosilni  to'g'ridan  to'g'ri  kombaynlar bilan  o'rib 
yanchib  olish  keng  qo'llaniladi.  Bug'doy  hosili  ikki  fazali  usulda 
yig'ishtirib  olinganda  o'simlik  doni  mum  pishiqlik  davrida  o'roq  ma- 
shinada  yerdan  12—25  sm  balandda  o'rilib  quritish  uchun  ang'izga  yo'l- 
yo'l  qilib  tashlab  qo'yiladi.  Bunda  JVR—10,  JNS—6—12,  JNU—4,0  va 
boshqa  o'roq  mashinalardan  foydalaniladi.  Mum  pishish  davrida  don 
namligi  36—40%  bo'ladi.  Bu  davrda  o'rilgan  don  ekinlari  hosili  yerga 
to'kilmaydi.  Qurish  davrida  doni  pishib  yetiladi  va  sifati  yuqori  bo'ladi.
Ikki  fazali  hosilni  yig'ishtirish  baland  bo'yli,  bir  tekis  pishmagan, 
yotib  qolishga  va  to'kilishga  moyil  navlarda,  shuningdek,  begona  o'tlar 
bilan  ifloslangan  dalalarda  qo'llaniladi.  Mahsuldor  poyalar  qalinligi  lm 2 
da  300  tadan  kam  bo'lmasligi  zarur.  O'zbekiston  sharoitida  havo  quruq, 
issiq  bo'lganligi  uchun  yo'l-yo'l  qilib  taxlangan  bug'doylar  qalin  qilib 
joylashtiriladi.  O'simliklar  yaxshi  taxlanishi  uchun  qatorlarga  ko'ndalang 
qilib joylashtiriladi.  Yo'l-yo'l  qilib  taxlangan  o'simliklar  ikki-uch  kundan 
keyin  yig'ishtirgich  o'rnatilgan  kombaynda  yig'iladi,  yanchiladi,  quruq 
poxoli  tezda  daladan  tashib  ketiladi.
Ikki  fazali  usulda  yig'ishtirish  ishlarini  odatdagidan  6—7  kun  erta 
boshlash  mumkin  bo'ladi.  Donning  to'kilish  xavfl  bartaraf qilinadi,  olin­
gan  don  quruq  bo'ladi  hamda  uni  qo'shimcha  ishlovsiz  elevatorga  top-
117
www.ziyouz.com kutubxonasi

shirish  imkoni  tug'iladi.  Bunda  donni  quritish  va  tozalashdagi  ishlar 
hajmi  kamayadi.  Hosil  erta  yig'ishtirib  olingandan  keyin  bo'shagan  may­
donlarga  ikkinchi  ekinni  ertaroq  ekish  imkoni  tug'iladi.
Hosil  oldin  o‘rib  keyin  yig'ib  olinganda  mehnat  unumdorligi  oshadi, 
o‘rim-yig‘im  muddati  qisqaradi  hamda  donning  fizikaviy,  urug'lik  va  non 
yopish  sifatlari  to‘g‘ridan to'g'ri  o‘rib  yanchilgan  donnikidan yuqori bo'ladi.
Oldin  o‘rib,  keyin  yig‘ish  usuli,  to'g'ridan  to'g'ri  o'rib  yanchish 
usuli  bilan  uyg'unlashtirib  olib  borilsa,  xo'jalikda  o'rim-yig'im  ishlari 
muddatlari  qisqaradi,  nobudgarchilik  kamayadi.
Hosil  bevosita  kombaynlarda  yig'ishtirilganda  ekinlar bir  tekis  o‘sgan, 
hosil  bir  vaqtda  yetilgan,  dala  begona  o'tlardan  tozalangan  bo'lishi  ke­
rak.  Kombaynda  o'rishda  o'rilmay  qolgan  boshoqlar,  yanchilmay  qol­
gan  don,  somon  orasidan  va  voroxdan  donning  to'la  ajralib  chiqmasli- 
gi,  donning  shamol  bilan  tashqariga  chiqib  ketishi  sababli  nobudgarchilik 
bo'ladi.  Past  bo'yli  ekinzorlarda  pastdan  o'rish  hisobiga  nobudgarchilikni 
kamaytirish  mumkin.
Kombaynda  yanchishdagi  nobudgarchilik  o'rilgan  ekin  namligiga  qa­
rab  dekalarni  rostlash,  ventilator  va  g'alvirlarni  don  chiqib  ketmaydigan 
qilib  sozlash,  voroxtransporter  tagiga  don  tutib  qolgich  o'rnatish,  ser- 
somon  o'simliklarni  yanchishda  ularni  qattiq  silkitmaslik  yo'li  bilan 
kamaytiriladi.
Hozirgi  paytda  kuzgi  bug'doy  va  boshqa  donli  ekinlar  hosilini 
yig'ishtirishda,  yig'ishtirish  transport  komplekslari  keng  qo'llanilmoqda 
va  ular  quyidagi  zvenolardan  iborat:  dalani  yig'ishtirishga  tayyorlaydigan 
(kombaynlar  burilib  oladigan  yo'llar),  kOmbayn-transport,  poxol  va 
somonni  chiqaradigan,  texnik  xizmat  ko'rsatadigan,  hosilni 
yig'ishtirishdan  keyin  tuproqni  ishlaydigan,  mexanizatorlarga  madaniy- 
maishiy  xizmat  ko'rsatadigan.
Kuzgi  bug‘doyni  lalmikorlikda  o'stirish  xususiyatlari.  O'zbekistonning 
lalmikor  mintaqalarida  kuzgi  bug'doy  hosili  o'simlikning  nav  bilan 
ta’minlanganligiga  bog'liq  holda  o'zgaradi.  Ob-havo  qulay  kelgan  yillar 
lalmikorlikda  kuzgi  bug'doy  hosili  20—30  s/ga  ga  yetishi  mumkin.  Res- 
publikamizda  kuzgi  bug'doyning  lalmikorlikdagi  hosili  past  5—9  s/ga. 
Almashlab  ekishni  to'la  joriy  qilish,  hamma  agrotexnik  usullarini  o'z 
vaqtida,  tez,  sifatli  bajarish  hosildorlikni  oshiradigan  eng  muhim  vazi- 
falar  hisoblanadi.
Almashlab  ekishdagi  o‘mi.  Kuzgi  bug'doydan  yuqori  hosil  olish  uni 
almashlab  ekish  tizimiga  to'g'ri  joylashtirishga  bog'liq  bo'ladi.  Hozirga 
qadar  O'zbekistonning  lalmikor yerlarida  kuzgi  bug'doy  surunkasiga  yoki 
афа  bilan  almashlab  ekib  kelinmoqda.  Kuzgi  bug'doyni  surunkasiga 
ekish  tuproqda  yetarli  miqdorda  namlik  to'planishiga,  binobarin, 
qurg'oqchilikning  oldini  olishga  imkon  bermaydi.  Shuning  uchun  su­
runkasiga  kuzgi  bug'doy  ekilib  kelinayotgan  ekinzorlar  hosili  ob-havoga 
bog'liq,  namlik  oshishi  bilan  u  oshadi,  yog'ingarchilikning  kamayishi
118
www.ziyouz.com kutubxonasi

bilan  keskin  kamayadi.  Lalmikorlikda  tuproq  unumdorligini  oshirish, 
kuzgi  bug'doy  hayoti  uchun  qulay  sharoit  yaratish  maqsadida  u  toza, 
band  shudgor,  shuningdek,  beda  bilan  almashlab  ekiladi.  Hozirgi  payt­
da  5  dalali  (shudgor-don-don,  band-shudgor),  6  dalali  (shudgor-don- 
don-band-shudgor-don-don)  10  dalali  (beda-beda-beda-beda-beda-don- 
don-don-shudgor-don-don-don)  almashlab  ekish  sxemalari  keng  tarqal­
gan.  Besh  dalali  almashlab  ekish  sxemalarini  lalmikorlikning  pastki  min­
taqasida,  olti  dalalikni  yuqori  mintaqada  qo'llash  tavsiya  etiladi.  O'n  dalali 
almashlab  ekish  tuprog'i  eroziyaga  uchragan,  chorvachilik  yaxshi  rivojlangan 
Katalog: books -> kollej va otm darsliklari -> biologiya
kollej va otm darsliklari -> O liy V a 0 ‘rta m a X su s ta’l im va z ir L ig I j  r a y e V Z. M. Zam o nav iy d a V la t is h y u r it is h n a z a r iy a si
biologiya -> Odam fiziologiyasi
kollej va otm darsliklari -> 0 ‘zbekist0n respublikas1 oliy va 0 ‘rta maxsus ta’lim vazirligi 0 ‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi
kollej va otm darsliklari -> F. I. Xaydarov, N. I. Xalilova
kollej va otm darsliklari -> N. sh erm u h a m ed o V a falsafa va fan metodologiyasi
biologiya -> 0 ‘z b e k ist 0n respublikasi oliy va o rta mahsus ta’lim vazirligi c. M. Mustafayev, 0 ‘. A. Ahmedov
biologiya -> Ovqat hazm qilish va ovqatlanish fiziologiyasi
biologiya -> N. X. Shomirzayev tibbiyot fanlari doktori, professor
biologiya -> 0 ‘z b e k ist 0n respublikasl oliy va 0 ‘rta m ax sus ta’lim vazirligi a. T. G‘ofurov, S. S. Fayzullayev

Download 216 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   49




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling