R. O. Oripov, n X. Xalilov


www.ziyouz.com kutubxonasi 12 I I


Download 216 Kb.
Pdf ko'rish
bet19/49
Sana16.02.2017
Hajmi216 Kb.
#603
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   49

140
www.ziyouz.com kutubxonasi

12
I
I
4-rasm.  Агра. 
I,  2  —
  o'simlikni  unib  chiqish  fazasi  va  donning  to‘lish  davri; 
3,  4  — ikki  qatorli  arpaning  boshog‘i  va  uning  ko‘ndalang  kesimi;  5  — boshoq 
o‘qining  bo‘gcinidagi  boshoqchalar;  6  -   donlar,  po‘stli  va  yalang‘och;  7,  8, 
9,  10  — ko‘p  qatorli  arpaning  boshog‘i,  boshog‘ining  ko‘ndalang  kesimi, 
boshoq  o‘qi  bo£g6inida  boshoqchalarning  joylashishi,  11  — qiltiqlari 
o‘zgargan  boshoq  (furali);  12  — silliq  va  shishli  qiltiqlar  qismlari.
141
www.ziyouz.com kutubxonasi

Boshoqning  zichligi  bo'yicha  ko'p  qatorli  arpa  ikkita  guruhga 
bo'linadi.  Birinchisi  —  to'g'ri  olti  qatorli  (olti  qirrali)  boshog‘i  zich, 
yo‘g‘on,  nisbatan  kalta  va  ko‘ndalang  kesimi  to'g'ri  olti  qirra  hosil 
qiladi.  Ikkinchisi  — noto'g'ri  olti  qatorli,  to‘rt  qirrali  guruhidagi  arpalar 
boshog'i  zichligi  kam,  don  qatorlari  to'g'ri joylashgan,  yon boshoqchalari 
bir-biriga  kirib  boradi,  o'rtadagi  boshoqcha  yonidagilarga  nisbatan  yax- 
shiroq  rivojlangan,  boshoqlari  yuza  tomoni  keng  va  ikki  tor  tomoni 
yonida  joylashgan,  ko'ndalang  kesimi  to'rt  burchakni  hosil  qiladi.
2.  II.  distichon  L. 

  ikki  qatorli  arpa,  unda  boshoq  bo‘g‘inidagi 
uchta boshoqchadan,  faqat  o'rtadagisi  meva  hosil  qiladi,  yonidagi  boshoq- 
chalar  meva  hosil  qilmaydi.  Ikki  qatorli  arpalar  don  hosil  qilmaydigan 
yon  boshoqchalar  xususiyatiga,  tuzilishiga  qarab  ikki  guruhga  bo'linadi: 
a)  nutantia
 
unda  don  hosil  qilmagan  boshoqchalarda  boshoqcha  va  gul 
qipiqlari  saqlanib  qoladi;  b)  dificientia,
 
don  hosil  qilmaydigan  bo- 
shoqchalarida  faqat  boshoqcha  qipiqlari  bor.  Amaliyotda  ikki  qatorli 
arpaning  faqat  nutantia
 
guruhi  tarqalgan,  ikkinchi  gunihi  Kavkazortida 
arpazorlarda  uchraydi.
3.  H.  intermedium  L.
 
—  oraliq  arpa.  Arpaning  bu  kenja  turida 
boshoq  o‘qining  har  bir bo'g'inida  me’yorida  rivojlangan  bittadan  uchta- 
gacha  don  bo'ladi.
O'zbekistonda  faqat  ko'p  qatorli  va  ikki  qatorli  arpa  kenja  turlari 
tarqalgan.
Ko'p  qatorli  arpa  ikki  qatorlisiga  nisbatan  tez  pishar  va 
qurg'oqchilikka  chidamli.
Har  bir  kenja  tur  tur  xillariga  bo'linadi  va  ularda  quyidagi  belgilar 
asos  qilib  olinadi:  qiltiqliligi  (qiltiqli,  qiltiqsiz,  qiltiq  qoldig'i  bor),  qil- 
tiq  xususiyati  (tishli  yoki  silliq),  boshoq  rangi,  don  rangi  (sariq  yoki 
qora),  don  po'stliligi  (po'stli  yoki  yalang'och),  boshoq  zichligi  (zich 
bo'lsa  boshoqning  4  sm  uzunligida  15—18  bo'g'incha,  siyrak  bo'lsa
7—14  bo'g'incha  bo'ladi).
O'zbekistonda  arpaning  20  ga  yaqin  tur  xillari  uchraydi.  Eng  ko'p 
tarqalgan  ko'p  qatorli  arpadan  pallidium,  ikki  qatorlidan  nutans.  Bu 
tur  xillardan  boshqa  qiltiqsiz  yoki  furqat  arpalar  trifurcatum
 
(boshog'i 
ko'p  qatorli,  sariq,  doni  yalang'och)  e’tiborga  loyiq.  Ammo  bu  tur  xil- 
dagi  arpa  navlari,  hosildorligi  past,  tashqi  noqulay  ob-havo  sharoitiga 
chidamsizligi  uchun  ekilmaydi.
Arpa  doni  keng  ikki  tomoni  kesilgan.  Sulidan  farq  qilib  arpa  donlari 
gul  qipiqlari  bilan  qo'shilib  o'sgan.  Ikki  qatorli  arpaning  po'stliligi  9—11 
%,  ko'p  qatorliniki  10—13  %.  Ko'p  qatorli  arpa  turli  kattalikda  bo'lib, 
ikki  yon  tomonidagi  donlar  mayda  va  asos  qismi  egilgan  (qiyshiq).
Biologik xususiyati.
 
Bahori  arpa  turli  tuproq-iqlim  sharoitlariga  mos- 
lashgan.  Urug'lari  1—2  °C  haroratda  ko'kara  boshlaydi.  Unib  chiqish 
uchun  optimal  harorat  20—22  °C.  Maysalari  8  °C  sovuqqa  bardosh  bera­
di.  Gullash  va  pishish  davrida  o'simlik  ozgina  sovuqdan  ham  zararlanadi. 
Donning  to'lish  davrida  murtak  uchun  1,5—3  °C  sovuq  ham  xavfli.
142
www.ziyouz.com kutubxonasi

Bahori  arpaning  past  haroratga  chidamliligi  turlicha.  Yuqori  haro- 
ratga  (40  °C  yuqori)  juda  chidamli.
V.R.  Zelenskiyning  ko'rsatishicha,  arpa  barglarining  og'izchalari  38— 
40  °C  da  25—30  soatdan  keyin  yopilish  xususiyatini  yo'qotadi,  bahori 
bug'doy  10—17  soatdan  keyin.  Bahori  arpaning  issiqlikka  chidamliligi 
uning  tezpisharligi  va  dastlabki  rivojlanish  fazalarida  oziqa  moddalarni 
jadal  o'zlashtirishi  bilan  bog'liq.  O'sish  davrida  1000—1500  °C,  tezpishar 
navlar  uchun  1900—2000  °C  samarali  harorat  talab  qilinadi.
Namlikka  talabi.
 
Transpiratsiya  koeffitsienti  400  va  1  s  don  hosil 
qilish  uchun  tuproqda  6—12  mm  suv  zaxirasi  sarflanadi.  Eng  ko'p  suv 
naychalash  fazasining  oxiri  boshoqlashga  to'g'ri  keladi.  Optimal  harorat 
va  tuproq  namligida  tuplanish  koeffitsienti  2,5—3,0  bo'ladi,  namlik  ka- 
maysa  bu  ko'rsatkich  pasayadi.
O'zbekistonda  Unumli  arpa  navi  yuqori  haroratga  va  qurg'oqchilikka 
juda  chidamli  hisoblanadi.  U  barglarining  suv  ushlash  qobiliyati  yuqo- 
riligi,  hujayra shirasi konsentratsiyasining yuqoriligi,  xlorofilining  ko'pligi 
bilan  ajralib  turadi.
Tuproqqa  talabi.
 
Bahori  arpa  unumdor  tuproqlami  xush  ko'radi, 
qumloq  va  qurnli  tuproqlarda  yomon  rivojlanadi.  Uning  uchun  torfli 
tuproqlar  yaroqsiz,  pH  —  6—7  optimal  hisoblanadi.
0 ‘sish  davri
 
—  navlarga  bog'liq  holda  60  kundan  110  kungacha. 
Lalmikorlikda  bu  ko'rsatkichlar  tekislikdan  tog'li  mintaqagacha  oshib 
boradi.
Navlar.  Temur 

  pallidium  tur  xiliga  kiradi.  Bahorda  va  kuzda  ekila­
di.  Hosildorligi,  bahorda  ekilganda  sug'oriladigan  yerlarda  50—60  s/ga. 
SamQXI  O'simlikshunoslik,  seleksiya  va  unig'chilik  kafedrasida  yaratilgan.
Zafar
 
duvarak.  Tur  xili  rikotenze.  Olti  qirrali.  O'suv  davri  bahorda 
ekilganda  85—90  kun.  Bahorda  ekilganda  hosildorligi  30-Z5  s/ga.
Bolg‘ali
 
duvarak,  tur  xili  nutans.  Ikki  qatorli.  Sug'oriladigan  yer­
larda  bahorda  ekilganda  30—40  s/ga  don  hosili  beradi.
Nutans—799
 
— duvarak,  ikki  qatorli.  Lalmikorlikda  ekish  uchun  tav­
siya  etilgan.  Hosildorligi,  27,2—32,7  s/ga.
Lalmikor
 
— duvarak,  ikki  qatorli.  Lalmikorlikda  35—37  s/ga  kuzda, 
bahorda  20—25  s/ga  hosil  beradi.
Gulnoz 

  ikki  qatorli  pivabop  arpa,  duvarak.  Tur  xili  nutans.  Ba­
horda  ekilganda  sug'oriladigan  yerlarda  30—35  s/ga  hosil  beradi.
Unumli  arpa
 
pivabop,  ikki  qatorli,  duvarak.  Lalmikorlikda  20—25 
s/ga  don  hosili  beradi.
Bahori  arpani  Vodka  navi  ham  Davlat  reyestriga  kiritilgan.
Bahori  arpa  yetishtirish. 
O'zbekistonda  bahori  афа  sug'oriladigan 
va  lalmikor  maydonlarda  yetishtiriladi.  Sug'oriladigan  yerlarda  toza  va 
qoplama  ekin  sifatida  o'stiriladi.  Bahori  афа  uchun  sug'oriladigan  yer­
larda  eng  yaxshi  o'tmishdoshlarga  g'o'za,  qator  oralari  ishlanadigan  ekin­
lar,  dukkakli  don,  sabzavot  ekinlari,  kartoshka,  qand  lavlagi  kiradi.
143
www.ziyouz.com kutubxonasi

Lalmikorlikda  bahori  arpa  uchun  toza,  band  shudgor,  no'xat,  max­
sar  yaxshi  о ‘ tmishdoshlard ir.
Bahori  arpa  tuproq  muhiti  pH  —5,5  kam  bo‘lmagan,  unumdor, 
mexanik  tarkibi  qumoq  tuproqlarda  yaxshi  o‘sadi.
0 ‘zbekistonda  bahori  arpaning  Unumli  arpa,  duvarak  arpani  Temur 
navlari  keng  tarqalgan.  Temur  navi  sug‘oriladigan  yerlarda  ekiladi.
Tuproqni  ishlash. 
Sug‘oriladigan yerlarda bahori  arpa  ekiladigan  dalalar 
25—27  sm  chuqurlikda  kuzgi  shudgor qilinadi.  Lalmikorlikda  kuzgi  shudgor 
20—22  sm  chuqurlikda  o‘tkaziladi.  Shamol  eroziyasiga  uchragan  may­
donlarda  tuproq  ploskorezlar  bilan  ishlansa  yaxshi  natija  beradi.
Ekishdan  oldin  otvalli  pluglar  bilan  haydalgan  dalalar  yer  yetilishi 
bilan  BZTS-1,0,  BZS-1,0  tishli  boronalarida  bir  yoki  ikki  izli  qilib 
ko‘ndalangiga  yoki  diagonaliga  borona  qilinadi.  Sizot  suvlar  yaqin  dala- 
larda  10—12  sm  chuqurlikda  kultivatsiya  qilinadi.  Kultivatorlardan  KPZ— 
9,7,  KPSH-8,  KSHU-12  va  K PS-4  qo'llaniladi.
Tuproqda  nam  ko‘p  bo‘lsa,  og‘ir  g‘ildirakli  traktorlardan  foydala- 
nishdan  voz  kechish  kerak.  Tuproq  zichlamshining  oldini  olish  uchun 
bir  necha  ish  jarayonlarini  bir  yo‘la  o'tkazish  kerak.  Ishlovlar  tuproq 
asosiy  ishlanishiga  ko‘ndalang  yoki  unga  burchak  asosida  o‘tkaziladi.
Ekish. 
Ekish  uchun  1-sinf talablariga javob  beruvchi,  1000  umg‘  mas­
sasi  40  g,  o‘sish  kuchi  80  %  kam  bo'lmagan  urug'lardan  foydalaniladi. 
Ufug‘lar  albatta  ekishdan  kamida  bir  oy  oldin  fiingitsidlar bilan  ishlanadi.
0 ‘zbekistonda  bahori  arpa juda  erta  fevral  oyida,  mart  oyining  bosh- 
lanishida,  yer  yetilishi  bilan  ekiladi.  Ekish  muddatini  kechiktirish  hosil- 
dorlikning  keskin  pasayishiga  olib  keladi.
Sug'oriladigan  yerlarda  ekish  me’yori  4—4,5  mln  unuvchan  urug‘/ga. 
Lalmikorlikda  nam  bilan  ta’minlanganlik  bo‘yicha  mintaqalarda  80— 
110  kg/ga  ekiladi.
Ekish  chuqurligi  4—6  sm.  Urug'lar  nam  tuproqqa  ekiladi.  Texnologik 
izlar  qoldirilganda  SPR—6,  SZ—3,6,  SZP—3,6  yoki  seyalka  kultivator 
SZS—2,1,  SZS—2,1  seyalkalaridan  foydalaniladi.  Izlar  1800  yoki  1400 
mm  qilib  qoldiriladi.  Bunda  6—7  va  18—19  ekadigan  apparatlar  berkiti- 
ladi.  RUM  - 5   va  1  -R M G -4 ,  N RU -0,5,  OPSH-15  mashinalari  be- 
malol  yuradigan  bo‘ladi.  Shuning  uchun  ekish  albatta  markerlar  bilan 
o‘tkaziladi.
0 ‘g‘itlash. 
Sug'oriladigan  sharoitda  qo‘llanilgan  ma’danli  o‘g‘itlarning 
samaradorligi  yuqori  bo‘ladi.  Sug‘oriladigan yerlarda  azotli,  fosforli,  ka­
liyli  o‘g‘itlami  to‘la  me’yorda  berish  hosildorlikni  va  hosil  sifatini  kes­
kin  oshiradi.
Ekish  bilan  ta’sir  qiluvchi  modda  hisobida  gektariga  15—20  kg  gra- 
nulalangan  superfosfat  yoki  nitrofoska  solinadi.
Sug'oriladigan  yerlarda  bahori  arpa  uchun  ma’danli  o‘g‘itlaming  yillik 
me’yori  azot  120—150,  fosfor  80—100,  kaliy  40—60  kg/ga  ni  tashkil  qiladi.
Gektariga  15—20  t  go‘ng  solish  hosildorlikni  8—10  s/ga  oshiradi.
144
www.ziyouz.com kutubxonasi

Mikroelementlardan  bor,  molibden,  mis,  ruxni  qo'llash  hosildorlik- 
ka  ijobiy  ta’sir  ko'rsatadi.  Urug'lami  ekishdan  oldin  1  s  uruqqa  10  g 
bor,  30  g  mis,  18  g  marganes,  12  g  rux  qo'shiladi.
Lalmikorlikda  gektariga  R40_60K30_40kg  solinadi.  Pivobop  афа  uchun 
azotli  o'g'itlar  me’yori  30—40%  kamaytiriladi.  Sug'orish,  ekin  parva- 
rishi,  hosilni  yig'ishtirish  bahori  bug'doyniki  singari.
2.10.  SULI
Sulining  donidan  qoramollar va  otlami  oziqlantirishda  qimmatli  kon- 
sentrat  yem  sifatida  foydalaniladi.  Suli  doni  bilan  boqilgan  tovuqjarning 
tuxum  tug'ishi  oshadi,  sigirlaming  suti  ko'payadi.
Donida  oqsil  12—13  %,  kraxmal  40—45  %  va  yog'lar  o'rtacha  4,5 
%  saqlanadi.  Suli  donidan  yorma,  gerkules,  tolokna,  galet,  kofe  tayyor­
lashda  foydalaniladi.  Doni  hazmlanadigan  oqsil,  kraxmal,  yog'  va  B,, 
B2  vitaminlarga  boy  bo'lganligi  uchun  parhez  taomlar  va  bolalar  ovqat- 
larini  tayyorlashda  keng  ishlatiladi.  Uning  poxoli,  to'poni  oziqaviy  qim- 
mati  bo'yicha  qolgan  g'alla  ekinlaridan  yuqori  turadi.  Suli  va  vikaning 
aralashmasi  eng  yaxshi,  to'yimli  oziqa.
Suli  bug'doy  va  aфadan  ancha  keyin  madaniy  ekin  sifatida  ekila 
boshlangan.  Dastawal  bug'doyzor,  arpazorlarda  ifloslantiruvchi  ekin  si­
fatida  uchragan.  Keyinroq  shimolga  siljib  borishi  bilan  u  bug'doy,  а ф а  
ekinlarini  siqib  chiqargan  va  madaniy  ekin  sifatida  ekila  boshlangan.  U 
Gretsiyada  bizning  eramizgacha  IV  asrlarda  yetishtirila  boshlangan.
Dunyo  dehqonchiligida  suli  2004-yili  11,7  mln  ga  maydonga  ekildi. 
Hosildorligi  16,5  s/ga,  yalpi  hosil  26,9  mln  tonna  bo'lgan.  U  G'arbiy 
Yevropa,  AQSH,  Kanada,  Rossiya,  Qozog'iston  davlatlarida  ko'p  ekiladi.
O'zbekistonda  suli  ko'proq  oraliq  ekin,  qoplama  ekin  sifatida  yashil 
massasi  uchun  yetishtiriladi.  Lalmikorlikda  suli  gektaridan  15  s,  suvlik­
da  35—40  s/ga  don  hosili  beradi.  O'zbekistonda  suvlikda  uncha  katta 
bo'lmagan  maydonlarni  egallaydi.
Botanik  tavsifi.  Avena  L.
  avlodiga  kiruvchi  o'simliklar  ro'vagi  so- 
chilgan  yoki  siqiq,  boshoqchalari  2—3  gulli  yoki  ko'p  gulli.  Boshoqcha 
qipiqlari  pardasimon,  odatda,  gul  qipig'idan  uzun  yoki  imga  teng.  Qil- 
tiqli  shakllarida  qiltiqlari  tirsaksimon  egilgan  va  pastki  bo'g'inida  bural- 
gan  hamda  tepasidan  emas,  gul  qiltig'ining  yelkasidan  chetlashgan.  Don 
yuzasi  yumshoq,  tuklar  bilan  qoplangan.
Sulining  70  turi  ma’lum,  ular  orasida  ko'p  yillik  va  bir  yillik  madaniy 
va  yovvoyilari  bor.  Ulardan  faqat  11  tasi  amaliy  ahamiyatga  ega. 
O'zbekistonda  ekiladigan  sulilar  ikkita  turga  mansub.  Ekma  suli  (Avena 
sativa  L.)  va  Yizantiya  (Avena  vizantina.  Koch.)  Qum  suli  (A.  strigosa 
Shreb.)  va  yowoyi  sulilar  ashaddiy  begona  o't  sifatida  g'allazorlarda 
uchraydi.
145
www.ziyouz.com kutubxonasi

Yovvoyi,  oddiy  suli  yoki  qoraquza  (A.  fatua  L.)  shimolda  uchrasa, 
Lyudovitsiana  sulisi janubda  uchraydi  va  janub  sulisi  deyiladi.
Yovvoyi sulilar  madaniylaridan  don asosida taqalarini borligi bilan ajralib 
turadi.  Taqa:  o'simtasi  va  yo‘g‘onlashgan  asosi  bo'lganligi  uchun  urug'lar 
o'simlik  hali  yashil  holatida  to'kilib  ketadi.  Oddiy  sulida  boshoqchadagi 
har  bir  donda  bir,  janub  yovvoyi  sulisida  faqat  pastkisida  taqa  bor.  Yov­
voyi  sulilarda  gul  qipig'i  qalin  tuklar bilan  qoplangan va unda  dag'al  rivoj­
langan  qiltiq  bor  va  u  namlikka  tegsa,  buralib  tuproqqa  kirib  ketadi.
Ekma  suli
 
—  Vizantiya  sulisidan  yanchish  paytida  boshoqchalari- 
ning  to'kilishi  bilan  farqlanadi.  Ekma  suli  ikkinchi  don  o'qining  yu- 
qorisidan  sinadi  va  o'q  pastki  donda  qoladi.  Pastki  donning  sinish  may­
doni  to'g'ri.  Boshoqchada  qiltiq  1  dona  yoki  yo'q.  Hamma  ekiladigan 
navlar  deyarli  shu  turga  kiradi.
Vizantiya  sulisi
 
ikkinchi  donining  o'qi  pastdan  sinadi  yoki  o'rtasidan 
va  bir  qismi  ustki,  boshqa  qismi  pastki  donda  qoladi.  Pastki  donning 
sinish  joyi  qiyshiq.
Qum  suli 

  yuqoridagi  ikki  turdan  uzun  qiltiqsimon  o'simtalarining 
tashqi  gul  qipig'i  uchida  bo'lishi  bilan  ajralib  turadi.  Boshoqchalarida 
pastki  gulning  oyoqchasi  (bandi)  bor.  Boshoqchalarida  ikkita  tirsaksi- 
mon  egilgan  qiltiqlari  borligi  bilan  ajralib  turadi.  Ekma  suli  po'stli  va 
yalang'och  donli  shakllarga  bo'linadi.  Po'stli  suli  asosiy  maydonlami 
egallasa,  yalang'och  donli  shakllari  hosildorligi  pastligi  tufayli  kam 
maydonlarga  ekiladi.  Yalang'och  donli  shakllarda  boshoqchalari  yirik, 
ko'p  gulli  (besh  va  undan  ortiq  gullar).  Gul  va  boshoqcha  qipiqlari 
pardachasimon  (yumshoq),  ayni  paytda  po'stli,  suli  gul  qipiqlari  qattiq, 
dag'al.  Bu  suli  yanchish  paytida  gul  qipiqlaridan  oson  ajraladi.  Yalang'och 
donli  suli  namlikka,  po'stli  suliga  nisbatan  talabchanroqdir.
Ekma  suli  ro'vak  shakliga  ko'ra  tarqoq  (diffusae  Mordv.)  va  bir  to- 
monga  yo'nalgan  (orientalis  Mordv.)  turlaiga bo'linadi.  Eng  ko'p  tarqalga- 
ni  tarqoq  ro'vakli  suli,  uning  shoxlari  har  tomonga  yo'nalgan.  Bir  tomon- 
ga  yo'nalgan  ro'vakda,  shoxchalar  qisqargan  va  ro'vak  o'qiga  yopishgan.
Ro'vakning  shakli,  gul  qipiqlarining  (donning)  rangi  va  qiltiqlari- 
ning  borligiga  qarab  suli  tur  xillarga  bo'linadi.
O'zbekistonda  ekiladigan  navlar,  asosan,  uchta  tur  xillarga  bo'linadi.
Eng  ko'p  tarqalgani  oq  donli  suli.  U  yirik  doni  va  dag'al  poxol  poyasi 
bilan  farqlanadi.  Sariq  donli  suli  doni  mayda,  qipig'ini  hissasi  kam.  U 
yog'  va  vitaminlarga  boy  va  qurg'oqchilikka  chidamli.  Kulrang  donli  suli 
(grisea  Кцгп.)  qishlab  chiqadi.  Yevropaning  g'arbida  ko'p  ekiladi.  Jigar- 
rang  suli  (brunnea  Кцгп.)  quritilgan  botqoq  yerlarda  yaxshi  o'sadi.
Yalang'och  donli  suli  tarqoq  ro'vak  va  oq  gul  qipiqli  bo'lib,  ikki  tur 
xilga  bo'linadi:  inermis  Korn,
 
(qiltiqsiz)  va  ichinensis  Tisch
 
(qiltiqli).
Biologik  xususiyatlari.  Haroratga  talabi.
 
Suli  haroratga  nisbatan  ta­
labchan  emas.  Urug'lari  1—2  °C  haroratda  una  boshlaydi.  Bo'rtish  pay­
tida  o'z  og'irligiga  nisbatan  60%  suv  yutadi.  Bahorda  —3—5  °C  va  hatto
8—9  °C  sovuqqa  bardosh  beradi.
14
*
www.ziyouz.com kutubxonasi

5-rasm.  Suli.  1,  2  — unib  chiqish  va  gullash  fazalarida  o‘simlikning  umumiy 
ko£rinishi;  a  —  ro‘v$ik,  b  —  don,  d  — turlar  va  tur  xillarining  boshoqchalari;
3  — po'stli  ekma  suli;  4  —  yalang‘och  donli  oddiy  suli;  5  —  oddiy  yowoyi  suli; 
6  —  qum  sulisi;  7  — vizantiya  sulisi;  8  — janub  yovvoyi  sulisi  (qora  ko'za).
147
www.ziyouz.com kutubxonasi

Unib  chiqish  va  tuplash  fazalarida  15—18  °C  harorat  talab  qilinadi. 
0 ‘simlikning  keyingi  rivojlanish  fazalarida  past  haroratga  chidamliligi 
pasayadi  va  2  °C  uning  uchun  xavfli.
O'sish  davrida  erta  pishar  navlar  uchun  1000—1500  °C,  o‘rtapisha.rlar 
uchun  1350—1650  °C,  kechpisharlari  uchun  1500—1800  °C  faol  harorat 
talab  qilinadi.
Yuqori  harorat  va  havo  qurg'oqchiligida  suli  bahori  bug'doy  hamda 
arpaga  nisbatan  chidamsiz.  Harorat  38—40  °C  va  havo  quruq  bo'lganda 
4—5  soatdan  keyin  og'izchalaming  falajlanishi  boshlanadi,  bu  ko'rsatkich 
bahori  bug'doyda  10—17,  arpada  25—30  soat.
Namlikka  talabi.
 
Suli  boshqa  g'alla  ekinlariga  nisbatan  namsevar 
o'simlik.  Transpiratsiya  koeffitsienti  430—500.  U  uzun kun  o'simligi.  Bug'doy 
va  arpaga  nisbatan  soyalashga  chidamliroq.  Namlikka  eng  talabchan  davri 
naychalashdan  ro'valdashgacha,  ayniqsa,  ro'vaklashga  ikki  hafta  qolganda. 
Bo'g'in  ildizlari  unib  chiqqandan  so'ng  7—10  kundan  keyin  hosil  bo'la 
boshlaydi.  Tuplanishi bo'yicha  aфadan keyin bahori bug'doydan  oldin  turadi. 
Umumiy  tuplanish  koeffitsienti  3—4,  mahsuldori  —1,5—2.
Tuproqqa  talabi.
 
Suli  tuproqqa  talabchan  emas.  Uni  qumoq,  qumloq, 
loy,  botqoq  tuproqlarda  yetishtirish  mumkin.  Boshqa  g'alla  ekinlariga  nis- 
batan  tuproq  kislotaligiga  (rN  5—6)  chidamli.  Shuning  uchun  uni  torfli  va 
ishqorli  tuproqlarda  ham  o'stirish  mumkin.  Ildiz  tizimi  tuproqdan  qiyin 
eriydigan  oziqa  moddalarni  (masalan,  fosforitlardan  fosfor  kislotasini) 
o'zlashtira  oladi.  Azotli  o'g'itlarga juda  talabchan.  Uni  bahorda  ko'k  mas­
sasi  uchun  toza  holda  va  vika  bilan  aralashtirib  ekish  mumkin.
Navlar.  Doestlik—l,
 
O'zbekiston  CHITIda  yaratilgan.  Sug'oriladigan 
yerlar  uchun  Davlat  reyestriga  kiritilgan.  Don  hosili  40,2  s/ga.  Quruq 
modda  hosili  99,3  s/ga.  O'suv  davri  198  kun.
0 ‘zbekiston  keng  barglisi.
 
O'zCHITIda  yaratilgan.  Sug'oriladigan  yer­
larda  tumanlashtirilgan.  Pugnaks  tur  xiliga  mansub,  bahori.  Don  hosili
37,6  s/ga.  O'suv  davri  —  209  kun.  1000  don  vazni  27,1  g. 
\
Uspex
 
—  O'zCHITIda  yaratilgan.  Sug'oriladigan  yerlar  uchun 
tumanlashtirilgan.  Duvzarak.  Inermus  turxiliga  kiradi,  hosildorligi  26,8 
s/ga,  yashil  oziqa  —  655  s/ga.  O'suv  davri  190  kun.
Don  tarkibida  18  %  oqsil  bor,  yorma  chiqishi  86—88  %.  Bakterial 
kuyish  va  qorakuya  bilan  o'rtacha  zaralanadi.
Do‘stlik—85.
 
O'zbekistonda  Don  IICHBda  yaratilgan.  Tur  xili  aris- 
tata.  Hosildorligi  40—50  s/ga,  yashil  massasining  hosildorligi  480—550 
s/ga.  Qishga  chidamli,  oktabrda  ekiladi.  Samarqand  viloyatining 
sug'oriladigan  yerlarida  tumanlashtirilgan.  Ro'vagi  bir tomonga  yo'nalgan.
Suli  agrotexnikasi. 
O'zbekistonda  suli  g'o'za,  sabzavot  ekinlari  kar­
toshka,  dukkakli  don  ekinlari,  dukkakli  o'tlardan  keyin joylashtirilsa  yu­
qori  hosil  beradi.  Sulini  qand  lavlagidan  keyin joylashtirishda,  ildiz  me- 
valaming  nematoda  bilan  kasallanmaganligi  e’tiborga  olinadi.  Sulini  bir 
dalaga  surunkasiga  ikki  yil  ekish  hosildorlikning  pasayishiga  olib  keladi.
148
www.ziyouz.com kutubxonasi

Suli  sug‘oriladigan  yerlarda  makkajo'xori,  oq jo‘xori,  g‘o‘za,  sabza­
vot  ekinlari  uchun  yaxshi  o'tmishdosh.
0 ‘zbekistonda  suli  doni  va  yashil  massasi  uchun  ekiladi.  Almashlab 
ekishlarda  beda  bilan  qoplama  ekin  sifatida  ham  ekiladi.
Sulining  Uzbekskaya  shirokolistnaya,  Do'stlik,  Uzbekskaya  —1, 
Bizantina 
II 
navlari  doni  va  yashil  massasi  uchun  o'stiriladi.
0 ‘g‘itlash. 
Sug‘oriladigan  yerlarda  suli  ma’danli  va  organik  o‘g‘itlarga 
juda  talabchan.  Ma’danli  o‘g‘itlar  1  ga  maydonga  N 100_120  PS0_90  K40_60 
kg  me’yorda  solinadi.  Organik  o‘g‘itlardan  chirigan  go‘ng  gektariga  15 
—20  t  yerni  haydash  oldidan  solinadi.
Fosforli,  kaliyli  o‘g‘itlar  yerni  haydash  oldidan,  azotli  o‘g‘itlar  oziq- 
lantirishlar  sifatida  solinadi.
Download 216 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   49




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling