R. O. Oripov, n X. Xalilov


Download 216 Kb.
Pdf ko'rish
bet20/49
Sana16.02.2017
Hajmi216 Kb.
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   49

Tuproqni  ishlash. 
0 ‘zbekistonda  suli  kuzda  va  bahorda  ekiladi.  Kuzda 
ekiladigan  suli  uchun  yer  avgust  yoki  sentabr  oyida  haydalsa,  yaxshi  natija 
olinadi.  Bahorda  ekiladigan  suli  uchun  yer  sifatli  kuzgi  shudgor  qilinadi.
Dala  ekishdan  oldin  chizellanadi  (14—16  sm),  boronalanadi,  tekis- 
lanadi,  tuproq  holatiga  qarab  mola  ham  bosiladi.
Bahorda  ekilsa  erta  fevral  oyi,  martning  boshlarida  tuproq  yetilishi 
bilan  boronalanadi,  kultivatsiya  qilib  yer  ekishga  tayyorlanadi.
Ekish. 
Sulida  birinchi,  boshoqchaning  pastida  joylashgan  urug'lar 
yirik,  to‘la,  salmoqli  bo'ladi  va  ulardan  sog'lom,  baquwat,  yaxshi  rivoj- 
langan  o‘simliklar  shakllanadi.  Boshoqcha  uchida  joylashgan  donlar 
mayda  bo‘ladi  va  ulardan  hosil  bo‘lgan  o‘simliklarning  mahsuldorligi 
past  bo'ladi.  Shuning  uchun  urug'lar  ekishdan  oldin  fraksiyalarga  ajra- 
tiladi  va  bunda  OS  4,5  A  mashinalardan  foydalaniladi.
Urug‘lar  ekishdan  oldin  oftobda  yoyib  quritiladi,  shamollatiladi  (2— 
3  kun),  Vitovaks  bilan  2—3  kg/t  me’yorda,  ekishdan  kamida  20—24 
kun  oldin  dorilanadi.
Ekish  muddati. 
Suli  kuzda  ekilganda  Samarqand  viloyati  sharoitida 
oktabrning  ikkinchi  o‘n  kunligi,  shimoliy  mintaqalarda  oktabrning  bi­
rinchi,  janubiy  viloyatlarda  noyabming  birinchi  o‘n  kunligida  ekilishi 
mo‘l  hosil  olishni  ta’minlaydi.
Bahorda  ekilganda  yer  yetilishi  bilan  fevral  va  mart  oylarida  eki­
ladi.  Bahorda  ekishning  kechikishi  don  hosildorligini  kamaytiradi, 
o‘simlikning  zararkunandalar  bilan  zararlanishi,  ekinzoming begona  o‘tlar 
bilan  ifloslanishini  kuchaytiradi.
Ekish  usuli. 
Suli  ham  boshqa  boshoqli  don  ekinlari  singari  qatorlab 
yoki  torqatorlab  ekilganda  yuqori  hosil  yetishtirish  uchun  qulay  sharoit 
yaratiladi.
Ekish  me’yori. 
Suli  sug‘oriladigan  yerlarda  gektariga  3—4  mln  unuv- 
chan  urug‘  hisobida  ekiladi.  Ekish  me’yori  navga,  ekish  muddatiga, 
nam  bilan  ta’minlanganlikka  bog'liq  holda  o‘zgarishi  mumkin.
Ekish  chuqurligi. 
Tuproqning  mexanik  tarkibi,  namlikning  miqdori- 
ga  qarab  3—6  sm  o'zgarishi  mumkin.
149
www.ziyouz.com kutubxonasi

Sug‘orish. 
Boshqa  g‘alla  ekinlari  singari  suli  ham  sug'orishlarga juda 
ta’sirchan.  Nam  to'playdigan  sug'orishlar  ekish  oldidan  o'tkaziladi.  O'suv 
davridagi  sug'orishlar  soni  3—4  ta.
Ekin  parvarishi 
—  boshoqli  don  ekinlariga  xos.  Suli  yetishtirishda 
erta bahorda  boronalashni  diagonaliga  yoki  ko'ndalangiga  o'tkazish  yaxshi 
natija  beradi.
Hosilni  yig‘ishtirish. 
Suli  hosili  bir  vaqtda  yetilmaydi.  Dastawal 
ro'vakning  uchidagi,  keyin  o'rtasidagi  va  oxirida  ro'vakning  pastki  qis- 
midagi  donlar  pishib  yetiladi.  Ikki  fazali  usulda  hosilni  yig'ishtirish  yu­
qori  samara  beradi.  Hosilni  yig'ishtirishga  ro'vak  uchidagi  donlar  mum 
pishish  fazasida  kirishiladi.
2.11.  MAKKAJO'XORI
Makkajo'xori  dunyoda  eng  ko'p  yetishtiriladigan  va  tarqalgan  donli 
ekinlardan  biridir.  U  yem-xashak,  oziq  ovqat  va  texnikaviy  ekin.  Oziq- 
ovqat  maqsadlarida  dunyo  bo'yicha  yetishtiriladigan  makkajo'xori  doni- 
ning  20  %,  texnikaviy  15—20  %,  qolgan  qismi,  ya’ni  uchdan  ikki  qismi 
yem-xashak  maqsadlarida  ishlatiladi.
Don  tarkibida  uglevodlar  65—70  %,  oqsil  9—12  %,  yog'  4—8  %, 
shuningdek,  ma’danli  tuzlar  va  vitaminlar  bor.  Uning  donidan  un,  yor- 
ma,  konservalar  (qand  makkajo'xorisidan),  etil  spirti,  dekstrin,  pivo, 
glukoza,  qand,  qiyom,  sharoblar,  asal,  moy,  vitamin  E,  askorbin  va 
glutamin  kislotalari,  makkajo'xori  tayoqchalari,  sut  va  boshqa  ko'plab 
mahsulotlar  tayyorlanadi.  Makkajo'xorini  onalik  iplari  meditsinada  o't 
xaltasi,  jigar  hastaliklarida  qo'llaniladi.  Poyalaridan,  barglaridan  va 
so'talaridan  qog'oz,  linoleum,  viskoza,  faollashtirilgan  ko'mir,  sun’iy 
po'kak,  plastmassa,  og'riqsizlantiruvchi  vosita  va  boshqalar  olinadi.
Makkajo'xorining  doni,  yashil  massasi,  silosi  va  so'tasi,  u  ajoyib 
oziqa.  1  kg  donida  1,34  oziqa  birligi  va  78  g  hazmlanadigan  protein 
bor.  Omixta  yem  tayyorlashda  makkajo'xori  qimmatli  komponent.  Un­
ing donidagi asosiy oqsil  zeinda triptofan,  lizin  almashtirilmaydigan  ami- 
nokislotalari  kam.
Sut-mum  pishish  fazasida  o'rilgan  100  kg  silos  massasida  21  oziqa 
birligi  va  1800  g  hazmlanadigan  protein  bor.  Shuncha  miqdordagi  quruq 
poya  va  barglarida  37,  so'tasini  o'zagida  35  oziqa  birligi  saqlaydi.  Qa­
tor  oralari  ishlanadigan  ekin  bo'lganligi  tufayli  u juda  ko'p  ekinlar,  shu 
jumladan,  kuzgi  don  ekinlari,  g'o'za  va  sabzavot  ekinlari  uchun  yaxshi 
o'tmishdosh.
O'zbekistonning  sug'oriladigan  yerlarda  kuzgi  boshoqli  don  ekinla- 
ridan  keyin  makkajo'xorini  don,  silos  va  ko'k  massasi  uchun  ang'iz 
ekini  sifatida  ekib  yuqori  hosil  olish  imkoniyati  bor.
150
www.ziyouz.com kutubxonasi

6-rasm.  Makkajo'xori.  1,  2  —  o'simlik  unib  chiqish  va  gullash  fazalarida;
3,  4  —  otalik  to‘pguli  va  boshoqcha;  5,  6  —  onalik  to‘pguli  va  boshoqcha.
Tarixi.
  Makkajo'xori  dunyo  dehqonchiligidagi  eng  qadimiy  ekin- 
lardan  biridir.  Uning  vatani  Markaziy  va  Janubiy  Amerika  (Meksika, 
Gvatemala).  Markaziy  Amerikaning  mahalliy  aholisi  uni  eramizdan  ol­
din  3400—2300  yillar  muqaddam  ekishgan.  Bu  xaqda  arxeologik  qazil- 
malar  —  changlar,  ro‘vaklar,  don  va  so‘tasining  sodda  shakllari  hamda 
genetik,  sitoembriologik  tadqiqotlar  guvohlik  beradi.  Amerikaning  kashf 
etilishi  bilan  (1492-y.)  makkajo'xori  Yevropaga  (XV  asr),  XVII  asrda 
Gruziya  orqali  Rossiyaga,  XVII  asr  oxiri  XVIII  asr  boshlarida  O'rta 
Osiyoga  G'arbiy  Xitoydan  keltirilgan.
151
www.ziyouz.com kutubxonasi

Makkajo'xorining  (Zea  mays  L)  kelib  chiqishi  filogenezi,  sistema- 
tikasi  hozirga  qadar  to'la  o'rganilmagan.  Meksikada  Maydeae  yangi  turi 
topilgan,  u  teo-sintam,  yoki  Zea  perennis  va  Z.  diplo  perennis  turla- 
riga  mansub  bo'lishi  mumkin.
Hozirda  makkajo'xori  eng  madaniylashgan  ekinlardan  biridir  va 
uning  urug'i  inson  ishtirokisiz  tuproqqa  tushmaydi.
Ekilish  mintaqalari.
 
Makkajo'xori  juda  keng  tarqalgan.  Uni  tropik 
mamlakatlardan  boshlab  Skandinaviya  orollarigacha  uchratish  mumkin. 
O'zbekistonda  asosan  sug'oriladigan  yerlarda  doni  va  silos  uchun  asosiy, 
takroriy,  ang'iz  ekini  sifatida  yetishtiriladi.
Ekilish  maydoni.
 
Dunyo  dehqonchiligida  2004-yilda  makkajo'xori
144.8  mln  ga  maydonga  ekilgan.  Ekilish  maydonlari  keyingi  yillarda 
ortdi.  Dunyoda  eng  ko'p  makkajo'xori  ekiladigan  davlat  AQSH,  unda
29—30  mln  ga  maydonga  ekiladi.  Dunyo  bo'yicha  yetishtiriladigan 
makkajo'xori  donining  2/3  qismi  AQSHga  to'g'ri  keladi.  2004-yili  dunyoda
704.8  mln  tonna  makkajo'xori  doni  yetishtirildi,  hosildorlik  53,4  s/ga. 
Osiyo  mamlakatlarida  90  mln  tonna  yetishtiriladi.
O'zbekistonda  makkajo'xori  1990-yilgacha  sug'oriladigan  yerlarda 
250—300  ming  ga  maydonga  ekilgan  va  yalpi  makkajo'xori  don  hosili
1,5—1,8  mln  tonnaga  yetgan.  2001-yilda  90  ming  gektarga  ekilgan.  Hosil- 
dorligi  34—36  s/ga.
Eng  yuqori  hosil  AQSH  da  222  s/ga  yetgan.  O'zbekistonda 
sug'oriladigan  yerlarda  100—110  s/ga  don  hosili,  800—1000  s/ga  silos 
massasi  yetishtirish  mumkin.  Ilg'or  xo'jaliklar  katta  maydonlarda 
80—100  s/ga  don  hosili  yetishtirmoqda.
Botanik  tavsifi.
 
Makkajo'xori  qo'ng'irboshsimonlar  oilasiga  kiruvchi, 
bir  yillik,  bir  uylik,  ikki  jinsli,  chetdan  changlanadigan  o'simlik.  Bitta 
o'simlikda  otalik  to'pguli  —  ro'vak  va  onalik  to'pguli  —  so'ta  joylash­
gan.  Yovvoyi  turlari  topilmagan.
Ildiz  tizimi.
 
Popuk  ildizli,  kuchli  shoxlangan.  Ildizlarining  asosiy 
massasi  30—40  sm  chuqurlikda  (yeming  haydov  qatlamida)  joylashgan. 
Ammo  ayrim  mayda  ildizlari  2,5-3  m  chuqurlikka  kirib  boradi.  Ular 
yordamida  o'simlik  pastki  qatlamlardagi  namlik  va  oziq  moddalarni 
o'zlashtiradi.  Makkajo'xori  poyasining  tuproq  yuzasiga  yaqin  bo'lgan 
bo'g'inlaridan  havo  ildizlari
 
hosil  bo'ladi.  Bu  ildizlar  tayanch  vazifasini 
o'taydi  va  qo'shimcha  oziqlanishda  ishtirok  etadi.  O'simliklarning  5—6 
barg  hosil  qilgan  fazasida  ildizlar  60  sm  chuqurlikka,  35—40  sm  atrofga 
tarqaladi.  O'simlikda  maksimal  ildiz  massasi  mum  pishish  fazasida  ku­
zatiladi.  Ildiz  tizimining  rivojlanishi  va  fotosintez  sof  mahsuldorligi, 
shuningdek,  hosil  bo'lgan  barglar  soni  o'rtasida  ijobiy  korrelyatsiya  bor. 
Tuproqda  namlik  yetishmasa  ildizning  o'sishi,  shoxlanishi  kuchsiz  bo'ladi, 
bo'g'in  ildizlari  kech  hosil  bo'ladi,  hosildorlik  pasayadi.
Poyasi.
 
Poya  alohida bo'g'in  oraliqlaridan  iborat.  Bo'g'inlar  va barglar 
soni  qo'llanilgan  agrotexnikaga  bog'liq  holda  o'zgarmaydi.  Ertapishar
152
www.ziyouz.com kutubxonasi

duragaylarda  10—12,  o'rtapisharlarda  12—16,  kechpisharlarda  18—20  bo‘- 
g'inlar  boiadi.  0 ‘simlikning  bo‘yi  0,6  m  dan  6  m  gacha  yetadi.  Poyasi­
ning  yo‘g‘onligi  (diametri)  2—7  sm.  Kechpishar  duragay  yoki  nav  ba- 
land  bo'yli  boiadi.
Barglari.
  Barglari  oddiy,  baig qini va yaprogidan  iborat.  Bitta  o'simlikda 
8  tadan  45  tagacha  bo‘ladi.  0 ‘zbekistonda  ekiladigan  duragaylarda  15—25 
barglar  bor  (barglar  soni  bo‘g‘inlar  soni  bilan  teng).  Barglar  qancha  ensiz 
bo‘lsa,  shuncha  serhosil bo‘ladi.  Sababi  ular bir-biriga  soya  solmaydi.  Bitta 
o'simlikda  barg  yuzasi  0,3—1,5  m2  ga  yetadi.  Gullash  fazasining  oxirida 
barg  yuzasi  maksimal  darajaga  yetadi;  Bitta  o‘simlikdagi  baiglarda  100— 
200  mln  og'izchalaming  borligi,  o'simlikda  gaz  almashinuviga  qulay  shar- 
oit  yaratadi.  Barglarning  oziqaviy  qimmati  poyanikidan  yuqori.
Tocpgullari.
  Otalik  to‘pguli  —  ro‘vak  markaziy  o‘q  va  yon  shox- 
lardan  iborat.  Boshoqchalari  ikki  gullik,  har  giilda  uchtadan  changdon 
bor.  Bitta  ro'vakda  1000—1200  boshoqchalar  yoki  2—2,5  ming  gullar 
bor.  Har  bir  changdon  2500  chang  hosil  qilganda,  bitta  ro‘vakda  15—
20  mln  changlar  hosil  boiadi.
So‘ta
  —  shakli  o'zgargan  novda,  poyada  barg  qo'ltiqlarida  hosil 
boiadi.  So‘ta  shakli  o£zgargan  barglar  bilan  o‘ralgan.  Bitta  o‘simlikdagi 
so'talar  soni  nav,  duragay  biologik  xususiyatlariga,  agrotexnikasiga  bogiiq 
holda  o‘zgaradi.  Kraxmalli,  qandli  va  bodroq  makkajo‘xorining  kech­
pishar  duragay  va  navlarida  so'talar  soni  ko‘p  boiadi.
So'tada  boshoqchalar  qator  boiib joylashadi  va  har  bir  boshoqchada 
ikkitadan  gul joylashgan,  ulardan  yuqoridagisi  rivojlanib,  pastkisi  atrofl- 
yalanadi.  Qatorlar  soni  8—16  (qatorlar  soni  hamisha juft  boiadi),  bitta 
qatorda  30  tagacha  don  hosil  qiladi.  Onaligi  ipsimon  boiib  so‘tadan 
chiqib  turadi.
Makkajo'xori 
anemofil
  o‘simlik.  Ro‘vak  oxirgi  barg  qinidan  chiqqan- 
dan  keyin  5—7  kun  o'tgach  gullaydi  va  2—3  kun,  qurg‘oqchilik  sharoi­
tida  6—7  kun  so‘tadan  oldin  gullaydi.  Gullashida  nam  yetishmasa 
urugianish jarayoni  buziladi,  don  siyrak  hosil  boiib,  hosildorlik  kamayadi. 
Seryogin  ob-havoda  changlar  yuvilib  ketadi,  don  hosil  boimaydi.
Mevasi.
  Mevasi  don,  odatda,  yirik,  yalang'och.  1000  don  massasi 
mayda  donli  duragaylarda  (navlarda)  100—120  g,  yirik  donlilarda  300— 
400  g.  Donlari  oq,  to‘q  sariq,  qizil,  jigarrang  va  hokazo.  Bitta  so‘tada 
200  tadan  1000  tagacha  don  boiadi,  o'rtacha  500—600.  Doni  shoxsi- 
mon,  unsimon  endospermli,  murtak  va  po'stdan  iborat.
Makkajo‘xori  umumiy  massasining  40—45  %  i  don,  55—60  %  i 
poyalar,  barglar,  ro'vaklar,  so‘ta  o'zagidan  iborat.  Ro'vak  og‘irligi  umumiy 
massaning  1,5  %  ni  tashkil  qiladi.
Makkajo‘xorining  kenja  turlari.
  Donining  endospermi  shoxsimon 
yoki  unsimon  qismining  nisbati,  donining  shakli,  po'stliligi  va  kimyoviy 
tarkibi  bo‘yicha  makkajo'xori  tishsimon,  kremniysimon,  kraxmalli,  qandli, 
kraxmalli-qandli,  bodroq,  mumsimon  va  po'stli  kenja  turlariga  boiin adi.
153
www.ziyouz.com kutubxonasi

Tishsimon  makkajo'xori.
 
Z.  m.  L.  indentata  doni  yirik,  cho'ziq,  uchki 
tomoni  botiq.  Donida  shoxsimon  endospermli  faqat  yon  tomonida  ri- 
vojlangan,  uchki  qismi  va  o‘rtasi  unsimon  endosperm  bilan  toigan.  Bu 
kenja  turga  kiruvchi  navlar baquwat  bo'lib  o'sadi,  so'talari  yirik.  Donida 
68-70  %  kraxmal,  8—10  %  oqsil,  5 
%
  yog‘  saqlaydi.  Bu  guruhga  ki­
ruvchi  navlar  va  duragaylar  eng  keng  tarqalgan,  nisbatan  kech  pishadi.
Kremniysimon  makkajo'xori
 
(Z.  m.  L.  indurata).  Kelib  chiqishiga 
ko‘ra  eng  qadimgi  va  juda  keng  tarqalgan.  Doni  qattiq,  silliq,  uchi 
yumaloq.  Shoxsimon  endosperm  donni butunlay  egallagan,  unsimon  faqat 
o‘rta  qismida joylashgan.  Tarkibida  65—83  %  kraxmal,  8—18  %  oqsil,  5 
%  yog'  saqlaydi.  Bu  kenja  turga  kiruvchi  nav  va  duragaylar  past  haro­
ratga,  yotib  qolishga,  kasallik  va  zararkunandalarga  chidamliligi,  juda 
kech  pishar  va  ertapishar  shakllari  borligi  bilan  ajralib  turadi.  Doni  un, 
yorma  tayyorlashda  keng  foydalaniladi.
Kraxmalsimon  mak- 
kajo‘xori
 
(Z.  m.  L.  amy- 
lacea)  doni  yumaloq, 
sirti  xira  rangda,  ichi 
qisman  endosperm  bilan 
to‘la.  Donida  72—83  % 
kraxmal,  7—12  %  oqsil, 
5  %  yog‘  saqlaydi. 
Markaziy  Osiyo,  ayniq­
sa,  O'zbekistonda  keng 
tarqalgan.  Kraxmal,  spirt 
va  yog'  olishda  doni 
qimmatli 
xomashyo 
hisoblanadi.
Qandlik  makkajo'­
xori
 
(Z.  m.  L.  sacharata) 
doni  yaltiroq,  yuzasi  bu- 
rishgan,  endospermi  shi- 
shasimon.  Oqsil  miqdori 
18—20  %,  uglevodlar  64 
%  bo'lib,  uning  yarmi 
dekstringa  to'g'ri  keladi, 
yog'  8,9  %.  Tishsimon 
va  kremniysimon  mak­
kajo'xori  chatishishi  na- 
tijasida  yuzaga  kelgan. 
Bu  kenja  turga  kiruvchi 
duragaylar  sabzavot  eki- 
ni  sifatida  ekiladi.  Doni 
sut  pishish  fazasida
7-rasm. 
Makkajo'xori  asosiy  kenja  turlarining 
yetilgan  donlari  va  so'talari:  1  -   tishsimon;
2  — nowotsimon;  3  — kraxmalli;  4  — qandli; 
5  — yoriladigan  (bodroq).
154
www.ziyouz.com kutubxonasi

ovqatga  ishlatiladi,  konserva  sanoatida  xomashyo  sifatida  foydalani­
ladi.
Bodroq  makkajo'xori
 
(Z.  m.  L.  everta)  doni  maydaligi,  yaltiroqligi 
va  u  ba’zan  uchining  o‘tkirligi  bilan  ajralib  turadi.  Donining  ichi  shoxsi- 
mon  endosperm  bilan  to‘lgan.  Guruchli  shaklida  donining  uchi  o'tkir, 
perlovka  shaklida  uchi  yumaloq  bo'ladi.  Donida  oqsil  miqdori  10—14  %, 
kraxmal  62—72  %  ni  tashkil  etadi.  Bodroq,  yorma  tayyorlashda  ishla­
tiladi.  Ko‘p  tuplanadi,  bo‘yi  nisbatan  past,  bitta  o'simlikda  so‘ta  bir 
nechta,  serbarg.
Mumsimon  makkajo'xori
 
(Z.  m.  L.  ceratina)  doni  shakli  va  qat- 
tiqligi  bo'yicha  kremniysimon  makkajo'xoriga  o‘xshaydi.  Donining  tashqi 
ko'rinishi  tiniq  emas  va  mumsimon.  Dekstrin  olishda  foydalaniladi.  Bu 
kenja  tur,  ekin  sifatida  yangi,  0 ‘zbekistonda  kam  tarqalgan.
Po'stli  yoki  qobiqli  makkajo'xori
 
(Z.  m.  L.  tunicata)  donlarini  gul 
oldi  barglari  o'rab  olgan.  Amaliyotda  ekilmaydi.  Yangi  navlar  va  du­
ragaylar  yaratishda  foydalanilishi  mumkin.
Biologjk xususiyatlari.
 
Makkajo'xori  — issiqsevar  o'simlik.  Urug'lari  tup­
roqda,  ekish  chuquriigida  harorat  10—12  °C  ga  yetganda  ko'kara  boshlaydi. 
Hozirgi  paytda  urug'lari  5—6  °C  da  uha  boshlaydigan  biotiplar  yaratilgan. 
Biomassasining  o'sishi  harorat  10  °C  ga  yetganda  (pasayganda)  to'xtaydi.
Makkajo'xorida  harorat  6,6  °C  ga  pasayganda  yangi  barglar  hosil  , 
bo'lmaydi.  Vegetativ  organlari  hosil  bo'lishi  uchun  optimal  harorat
16—20  °C,  generativ  organlari  uchun  19—23  °C.  Bu  davrda  haroratning 
ko'tarilib  ketishi  changlarni  o'sishini  kechiktiradi.  O'simlik  harorat 
45—48  °C  bo'lganda  o'sishdan  to'xtaydi.  Makkajo'xorining  changchilarida 
60  %  suv  bo'lib,  ularning  suv  ushlash  qobiliyati  past.  Harorat 
30—35  °C,  nisbiy  namlik  30  %  bo'lganda  changdonlar  yorilgandan  keyin 
1—2  soat  davomida  changlar  quriydi  va  o'sish  xususiyatini  yo'qotadi, 
so'tada  donlar  siyrak  hosil  bo'ladi.
Donning  to'lishi  va  shakllanishi  yuqori  haroratda  tez  o'tadi,  15  °C 
ga  pasayganda  fazalar  orasidagi  davr  uzayadi.  Binobarin,  har  bir  rivoj­
lanish  fazasining  o'tishi  uchun  ma’lum  harorat  yig'indisi  zarur.  Ertapi- 
sharligi  bo'yicha  turlicha  bo'lgan  duragaylar  o'rtasidagi  farq  asosan  unib 
chiqish  va  ro'vaklash  davriga  to'g'ri  keladi.  Bu  davrning  o'tishi  uchun 
duragaylarda  953  °C—1296  °C  faol  harorat  yig'indisi  zarur.
Ertapishar  navlar  uchun  faol  harorat  yig'indisi  1800—2000  °C, 
o'rtapishar  va  kechpishar  navlar,  duragaylar  uchun  2300—2600  °C. 
Ro'vaklashdan  keyingi  fazalarning  o'tishi  uchun  o'rta  va  kechpishar  nav 
hamda  duragaylar  uchun  bir  xil  harorat  yig'indisi  talab  qilinadi.  Ammo 
o'rta  va  kechpishar  nav  va  duragaylarning  pishish  davrida  harorat 
pasayganligi  tufayli  ularning  pishish  kalendar  muddatlari  kechikadi.
Bahorda  2—3  °C  sovuqda  maysalarini,  kuzda  barglarini  sovuq  uradi. 
Ammo  bahorda  suvuq  urgan  maysalarning  yer  ostki  qismi  tirik  saqlan-
155
www.ziyouz.com kutubxonasi

gan  bo'lsa,  havo  isishi  bilan  ular  me’yorida  o‘sa  boshlaydi.  Kuzda  so­
vuq  urgan  o'simliklarni  pichan  yoki  silos  qilish  mumkin.
Namlikka  talabi.
  Makkajo'xori  qurg'oqchilikka  chidamli  o'simlik. 
Ayniqsa,  uning  qurg'oqchilikka  chidamliligi  dastlabki  rivojlanish  faza­
larida  kuzatiladi.  Yosh  o'simlikda  suvning  miqdori  90  %  va  undan 
ko'proq  bo'ladi.  Vegetatsiyaning  ikkinchi  yarmida  suvning  miqdori  ka­
mayadi  va  pishish  davrida  50—60  %  dan  oshmaydi.  O'simlik  tarkibida 
suvning  bunday  ko'p  bo'lishi  tuproqdan  ko'p  suv  o'zlashtirilishini  talab 
qiladi.  O'zbekiston  sharoitida  suvning  bunday  ko'p  talab  qilinishi 
sug'orishlar  yo'li  bilan  bartaraf  qilinishi  mumkin.
Makkajo'xorining  qurg'oqchilikka  chidamliligini  uning  transpiratsiya 
koeffitsienti  174—406  bo'lishi  bilan  izohlanadi.  Bu  bug'doy,  arpa,  suli 
singari  g'alla  o'simliklarining  suv  sarfidan  ancha  kam.
Makkajo'xori  ontogenezi  davrida  suvga  talabi  bir  xil  emas.  Urug'lari 
ko'karishi  uchun  o'z  og'irligiga  nisbatan  40—45  %  suv  yutadi.  Dast­
labki  rivojlanish  fazalarida  suv  sarflanishi  kam.  O'rtapishar  duragaylarda
7—8,  kechpisharlarida  9—11-barglar  hosil  bo'lganda  suv  sarfi  oshadi  va 
ro'vakning  gullashi  hamda  donining  sut  pishish  davrida  maksimal  dara- 
jaga  yetadi.  Eng  ko'p  suv  sarfi  ro'vak  chiqarishga  10  kun  qolganda  va 
ro'vak  chiqargandan  keyin  20  kun  o'tgach  kuzatiladi.  Aynan  shu  davr­
da  namlikning  yetishmasligi  don  hosilini  40  %  kamaytiradi.
Makkajo'xorining  yana  suvga  eng  talabchan  davri  donning  to'lishi 
hisoblanadi.  Ayniqsa,  O'zbekiston  sharoitida,  sug'oriladigan  yerlarda 
donning  to'lishish  davrida  namlikning  yetishmasligi  don  hosilini  sezi- 
larli  kamaytiradi.  Shuning  uchun  bu  davrda  albatta  bir  marta  sug'orish 
o'tkazilishi  maqbul.
Sut  pishish  davrida  suv  sarfining  kamayishi  o'simliklaming  fotosintez 
faoliyatining  pasayishi  bilan  bog'liq.  Ammo  bu  davrda  ham  o'simlikning 
me’yorida  nam  bilan ta’minlanishi  ildizlar,  barglar,  poyalar,  so'ta  qobig'i 
va  dastasidan  plastik  moddalarning  donga  o'tishini  ta’minlaydi.
O'simlikning  me’yorida  o'sishi,  rivojlanishi  tuproq  haydalma  qat- 
lamida  namlik  CHDNS  70—80  %  kam  bo'lganda  kuzatiladi.
Tuproq  unumdorligi  va  qo'llanilgan  ma’danli  o'g'itlar  miqdori  yu­
qori  bo'lsa,  o'simlikning  transpiratsiya  koeffitsienti  shuncha  past  bo'ladi, 
ammo  bita  o'simlikning  suv  sarfi  ko'payadi.  Shuning  uchun  ko'p  o'g'it 
solinganda va  tuproq  unumdorligi  yuqori  bo'lganda  mavsumiy  sug'orishlar 
va  sug'orish  me’yorlarini  oshirish  kerak  bo'ladi.
Tuproq  keragidan  ortiqcha  namlansa,  don  hosili  keskin  pasayadi. 
Kislorodning  yetishmasligi  natijasida  o'simlikka  fosfoming  kirishi  pasayadi, 
natijada  energetik  jarayonlar  sustlashadi  (buziladi).
Yorug‘likka  talabi.
  Makkajo'xori  qisqa  kun  o'simligi,  u  yorug'lik 
sharoitiga  bog'liq  holda  tez  o'zgaradi.  Yorug'sevar  o'simlik,  me’yorida 
o'sishi  va  rivojlanishi  yorug'lik  kuni  12—14  soat  bo'lganda  o'tadi.  Kun 
uzayganda  makkajo'xorining  vegetatsiyasi  uzayadi.
156
www.ziyouz.com kutubxonasi

Makkajo‘xori juda  qalin  ekilganda  va  begona  o‘tlar  bilan  ifloslanganda 
uning  barg  yuzasi  kamayadi  va  rivojlanish  fazalari  kechikadi.  Oziqa 
moddalarning  o‘zlashtirilishi,  hosildorlik  pasayadi.
Tuproqqa  talabi.
  Sug'oriladigan  makkajo'xori  toza,  g‘ovak,  havoni 
yaxshi  o‘tkazadigan,  gumus  miqdori  ко‘p  tuproqlarda  yaxshi  o‘sadi. 
Tuproq  muhiti  pH  5,5—7,5  boiishi  makkajo'xori  uchun  juda  qulay. 
0 ‘zbekistonda  makkajo'xori  mexanik  tarkibi  o'rtacha  qumoq,  bo‘z,  o‘tloq 
tuproqlarda juda  yaxshi  o‘sadi.  0 ‘simlikning jadal  o'sishi  tuproqda  aer- 
atsiya  yaxshi  boiganda  va  kislorod  miqdori  tuproq  havosida  18—20  % 
dan  kam  boimaganda  kuzatiladi.  Kislorod  miqdori  10  %  kamayganda 
ildizlaming  o‘sishi  sekinlashadi,  5  %  da  esa  tuproqdan  oziq  moddalarning 
o'zlashtirilishi  buzilishi  bilan  umuman  to'xtaydi.
Tuproqning  zichligi  (hajmiy  ogirligi)  1,1—1,3  g/sm3  boiishi  mak- 
kajo‘xori  uchun  optimal  hisoblanadi.  Tuproq  hajmiy  ogirligi  1,5  g/sm3, 
namlik  30  %  boiganda  o'simlik  yaxshi  rivojlanmaydi.  Tuproqni  ish­
lash,  havo  rejimini  yaxshilash  o‘simlik  hosildorligini  oshiradi.
M a’danli  oziqlanish  xususiyati.
  Makkajo'xorida  asosiy  oziqa  element- 
larining  o‘zlashtirilishi  qumq  modda  to‘planishi  bilan  muvofiq  holda  kecha- 
di.  Barglarning  ishlashida  asosiy  rolni  azot  o‘ynaydi.  Bu  element  bilan 
o'simlikning  me’yorida  ta’minlanishi  barg  yuzasini,  uning  ishi  davomiy- 
ligini  oshiradi,  o‘sish  jarayonlarini  kuchaytiradi,  oqsil  sintezini jadallash- 
tiradi.  Azotning  yetishmasligi  barglarda  xlorofillning  kamayishiga  olib 
keladi, 
0‘simlik  sekin  o‘sadi,  barglar  mayda  boiadi.  Azotga  eng  ko‘p 
talab 
0‘simlikning  dastlabki  rivojlanish  fazalarida  (4—5  barg  hosil  boiganda) 
kuzatiladi.  Yosh  o‘simliklar  birinchi  oyda  gektaridan  3,4—5,6  kg 
o‘zlashtirilsa,  ro‘vaklar  hosil  boiayotganda  ular  har  kuni  shuncha  azotni 
o‘zlashtiradi.  Azotning  eng jadal  o'zlashtirilishi  ro‘vaklashga  2  hafta  qol- 
ganda  boshlanadi.  Gullashga  kelib  uning  o'zlashtirilishi  pasayadi  va  nis­
batan  yuqori  hosilda  mum  pishish  davrigacha  saqlanadi.  Barglar  va  poya- 
larda  azotning  to‘planishi  donning  mum  pishish  fazasigacha  saqlanadi.
Sug‘oriladigan  yerlarda  azot  miqdori  o‘simlikda  va  uning  organla- 
rida  vegetatsiya  davoimida  o‘sib  boradi.
Fosfor.
  Urugiarning  unishi, 
0‘simlikning  rivojlanishini  tezlashtiradi, 
qurg‘oqchilikka  va  past  haroratga  chidamliligini  oshiradi.  Tuproqda  u 
kam  yoki  boimasa  reproduktiv  organlar  hosil  boiishi  boshlanadi  va 
o‘simlik  o‘sishi  to‘xtaydi.  Makkajo‘xorining  fosforga  boigan  o‘ta  talab­
chan  davri  2—3  ta  barg  hosil  qilgan  paytga  to‘g‘ri  keladi.  Bu  davrda 
fosforning  yetishmasligini  kelgusi  davrlarda  juda  ko‘p  ta’minlash  bilan 
ham  qoplab  boimaydi.  Bu  esa  hosildorlikning  keskin  kamayishiga  olib 
keladi.  Shuning  uchun  ham  sug‘oriladigan  yerlarda  qator  oraligiga  kul­
tivatsiya  bilan  fosforli  o‘g‘itlar  beriladi.
Kaliy.
  0 ‘simlikdagi  uglevodlar,  oqsil  almashinuvida  faol  ishtirok  etadi. 
Tuproqda  uning  yetishmasligi  fotosintez  mahsulotlarining  barglardan 
boshqa  organlarga  o‘tishini  kamaytiradi, 
0‘simlikning  o‘sishi  to‘xtaydi,
Katalog: books -> kollej va otm darsliklari -> biologiya
kollej va otm darsliklari -> O liy V a 0 ‘rta m a X su s ta’l im va z ir L ig I j  r a y e V Z. M. Zam o nav iy d a V la t is h y u r it is h n a z a r iy a si
biologiya -> Odam fiziologiyasi
kollej va otm darsliklari -> 0 ‘zbekist0n respublikas1 oliy va 0 ‘rta maxsus ta’lim vazirligi 0 ‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi
kollej va otm darsliklari -> F. I. Xaydarov, N. I. Xalilova
kollej va otm darsliklari -> N. sh erm u h a m ed o V a falsafa va fan metodologiyasi
biologiya -> 0 ‘z b e k ist 0n respublikasi oliy va o rta mahsus ta’lim vazirligi c. M. Mustafayev, 0 ‘. A. Ahmedov
biologiya -> Ovqat hazm qilish va ovqatlanish fiziologiyasi
biologiya -> N. X. Shomirzayev tibbiyot fanlari doktori, professor
biologiya -> 0 ‘z b e k ist 0n respublikasl oliy va 0 ‘rta m ax sus ta’lim vazirligi a. T. G‘ofurov, S. S. Fayzullayev

Download 216 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   49




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling