R. O. Oripov, n X. Xalilov


Download 216 Kb.
Pdf ko'rish
bet26/49
Sana16.02.2017
Hajmi216 Kb.
#603
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   49

Sug‘orish  rejimi. 
Sholining  boshqa  o'simliklardan  farqi  u  butun  o‘suv
195
www.ziyouz.com kutubxonasi

davrida  suv  bostirilgan  sharoitda  o'sadi.  Sug'orish  rejimining  buzilishi, 
o'simlikning  o'sishini  sekinlashtirib,  ekinzorni  begona  o'tlar  bosishiga 
sabab  bo'ladi.  Hayotining  dastlabki  fazalarida  suv  qatlamining  qalin 
bo'lishi  ekinzorning  siyraklashishiga,  kasallik  va  zararkunandalarning 
ko'payishiga  sabab  bo'lishi  mumkin.  Sholini  suvga  eng  ko'p  talabchan 
davri  naychalash  fazasidan  sut  pishishgacha  to'g'ri  keladi.  O'zbekistonda 
bu  davrda  (iyul,  avgust)  havo  harorati  eng  yuqori  bo'ladi.
Amaliyotda  sholi  sug'orishning  — doimiy  suv bostirish,  qisqartirilgan  suv 
bostirish,  vaqti-vaqti  bilan  suv  bostirish,  davriy  sug'orish  rejimlari  mavjud.
Doimiy  bostirib  sug'orish  —  sho'r  yerlarda  keng  tarqalgan.  Bunday 
dalalarda  qisqa  vaqt  davomida  bo'lsa-da,  suv  qatlamining  bo'lmasligi, 
yosh  o'simliklarga  salbiy  ta’sir  ko'rsatadi.  Bunda  pollar  ekishgacha  yoki 
ekishdan  keyin  suv  bilan  bostiriladi  va  mum  pishishgacha  ushlanadi.
Sholi  qo'l  bilan  sepib  ekilganda  suv  qatlami  10—15  sm  qalinlikda 
hosil  qilinadi.  Seyalka  bilan  ekib  urug'lar  ko'milmaganda,  ekishdan  keyin 
darhol  suv  bostiriladi.  Sho'r  yerlarda  urug'  ekilgandan  keyin  bir  necha 
kun  o'tgach,  bostirilgan  suv  chiqarib  yuboriladi.  Bu  usul  tuzlaming  zararli 
ta’sirini  kamaytiradi.  Zarur  bo'lsa,  suvni  almashtirish  yana  qaytariladi. 
Umg'lar  bo'rta  boshlagandan  keyin  suv  qatlami  5—7  sm  kamaytiriladi. 
Suv  qatlamining  kamayishi  maysalar  unib  chiqishini,  ildiz  tizimining 
rivojlanishini  yaxshilaydi.  Maysalar  qiyg'os  unib  chiqqandan  keyin  suv 
qatlami  yana  12—15  sm  ga  yetkaziladi.  Bu  usul  Qoraqalpog'istonning 
sho'r,  sug'oriladigan  yerlarida  vaqti-vaqti  bilan  bostirib  sug'orishga  nisba­
tan  7,4  s/ga  ko'p  hosil  olishni  ta’minlagan.  Ammo  bu  usulning  kamchi- 
ligi,  kislorodning  yetishmasligi  tufayli  o'simlik  ildizining  sust  rivojlanishi, 
yotib  qolishi,  ko'pgina  urug'larning  suv betiga  qalqib  chiqishidir.  Bu  usulda 
suv  sarfi  gektariga  mavsum  davomida  30  ming  m3  ni  tashkil  qiladi.
Qisqartirilgan  suv  bostirish  — eng  keng  tarqalgan  usul.  Bunda  urug'lar 
seyalkalar  bilan  ekib,  tuproqqa  ko'miladi.  Ekilgandan  keyin  7—10  sm 
qalinlikda  suv  bostiriladi,  urug'lar  3—5  kunda  bo'rtadi,  keyin  suv  berish 
to'xtatiladi.  Oradan  yana  2 -3   kun  o'tgach,  qolgan  suv  ham  poldan 
chiqarib  yuboriladi.  Yosh  o'simliklarga  kislorodning  kelishi  kuchayadi, 
maysalar  qiyg'os  unib  chiqadi.  Yana  pol  10—12  sm  qalinlikda  suvga 
bostiriladi.  Tuplanish  fazasining  boshlanishida  suv  qalinligi  5—7  sm  ga 
kamaytiriladi.  Suv  qatlami  kam  bo'lishi  suvning  isishiga,  tuplanishning 
kuchayishiga  yordamlashadi.  Bu  davrda  o'g'it  solinadi.  Keyin  o'simliklar 
to'la  tuplanish  fazasiga  kirgach  suv  qalinligi  10-12  sm  ga  yetkaziladi 
va  donning  mum  pishishigacha  ushlanadi.
Bu  usulda  o'simliklar  ildiz  tizimi  yaxshi  rivojlanadi,  kam  yotib  qoladi, 
ekish  me’yori  kamaytiriladi,  suv sarfi kamayadi.  Sug'orishning  bu  usuli sholi 
biologiyasi  talablariga  to'la javob  beradi  va  O'zbekistonda  keng  tarqalgan.
Vaqti-vaqti  bilan  suv  bostirish  — bunda  suv  o'simlik  rivojlanish  faza­
lari  bo'yicha  yoki  taqvim  muddatlari  bo'yicha  bostiriladi.  Bu  usul  sho'r 
bosmagan  yerlarda  ko'p  qo'llaniladi.
196
www.ziyouz.com kutubxonasi

Urug'lar  sochib  ekilganda  maysalar  suv  qatlami  bilan  hosil  qilinadi, 
urug'lar  tuproqqa  ko'mib  ekilganda  qisqartirilgan  suv  bostirishdagiday 
maysalar  undirib  olinadi.  Maysalar  hosil  bo'lgandan  keyin  10—12  sm 
qalinlikdagi  suv,  ma’lum  kunlar  davomida  ushlanadi,  keyin  polga  suv 
berish  to'xtatiladi.  Kelgusida  bu jarayon  yana  qaytariladi.  Begona  o'tlarga 
qarshi  kurash  va  oziqlantirish  maysalar  to'la  hosil  bo'lganda  o'tkaziladi, 
keyin  yana  suv  qatlami  tiklanadi.  Ayrim  begona  o'tlar  suv  qalinligi  25 
sm  qilib  5—7  kun  davomida  ushlanganda  to'la  nobud  bo'ladi.  Kurmak 
nobud  bo'lgandan  keyin  suv  qatlami  yana  tushiriladi.
Bu  usulda  suv  kam  sarflanadi,  ammo  suvni  chiqarib  yuborish  bilan 
yana  qaytarib  quyish  orasi  uzoq  bo'lsa  don  hosili  kamayadi,  ekinzor 
begona  o'tlar  bilan  ifloslanadi.
Davriy  sug‘orish  O'zbekistonda  kam  tarqalgan.  Bu  usulda  sholi,  olin­
gan  egatlar  bilan  yoki  bostirib,  shuningdek,  yomg'irlatib  sug'orilishi 
mumkin.  Sug'orishlar  soni  tuproq-iqlim  sharoitiga  bog'liq  holda  10  — 
15  o'zgaradi.  Mavsumiy  sug'orish  sarfi  2—3  baravar  kamayadi,  hosil­
dorlik  ham  pasayadi.
O'zbekistonda  sholini  mavsumiy  sug'orish  me’yorlari  20—30  ming/m3 
ga  o'zgaradi.  Yangi  o'zlashtirilgan  qum  barxanlarida  suv  sarfi  gektariga 
65—72  ming/m3 ga  yetgan.
Begona  o‘tlarga  qarshi  kurash.  Sholipoyalarda  o'ziga  xos  begona 
o'tlar  o'sadi.  Sholizorda  300  dan  ortiq  begona  o'tlar  turlari  aniqlangan. 
Shundan  20  turi  katta  zarar  keltiradi.
Ularga  qarshi  kurashda,  oidini  olish  chora-tadbirlariga  urug'larni 
begona  o't  urugiaridan  tozalash,  uvatlar,  yo'l  bo'ylari,  kanallardagi  be­
gona  o'tlarni  yo'q  qilish  kiradi.  Hozir  sholipoyalarda  bazagran  gekta­
riga  1—1,5  kg,  satvirn  4—5  kg,  granstar  15—20  g,  stam—34,  surkapur, 
dupa  250—300  1  suvga  aralashtirib  qo'llaniladi.
Suv  o'tlari  mis  kuporosini  gektariga  10—12  kg  qo'llash  yo'li  bilan 
yo'q  qilinadi.  Suv  quyiladigan  joyga  xaltada  quyilsa,  polga  tarqaladi. 
Katta  maydonlarda  aviatsiya  qo'llaniladi.
Kasalliklari,  zararkunandalari.  Sholipoyalardagi  zararkimandalarga 
qarshi  40  %  metofos  0,5—0,75  kg/ga,  0,3  %  anabazin  sulfat,  0,1  % 
xlorofos  purkaladi.  Hozir  detsis,  karate,  zolon,  summa-alfa  inseksidlari 
qo'llanilmoqda.
Sholida  pirikulyarioz,  gelmintosporioz,  ildiz  chirishi,  maysalar  fu- 
zariozi,  bakterial  kuyish,  bakterial  so'lish  kasalliklari  uehraydi.  Bularga 
qarshi  fungitsidlar  qo'llaniladi.
Hosilni  yig‘ishtirish.  Sholining  sut  pishish  fazasida  pollarda  suv 
kamaytiriladi,  mum  pishish  davrida  to'la  to'xtatiladi.  Qolgan  suvlar  10 
kundan  keyin  chiqarib  yuboriladi,  hosilni  yig'ishtirishda  kombayn 
g'ildiraklari  tuproqqa  5—7  sm  dan  chuqurroq  botmasligi  kerak.  Suv juda 
erta  quritilsa  ham  hosil  kamayishiga  sabab  bo'ladi.
Donning  85—90  %  i  to'la  pishganda  tovar  don,  kamida  95  %  i
197
www.ziyouz.com kutubxonasi

pishganda  urug'li  don  hosili  o‘rim  yig'imiga  kirishiladi.  0 ‘rish  kechiksa 
don  to‘kilib,  nobudgarchilik  ko'payadi.
Sholini  o‘rib-yanchish  2  usulda:  oldin  o‘rib  keyin  yanchib  olish  va 
bevosita  kombaynlar  yordamida  bajariladi.
Sholi  2  fazali  usulda  yig‘ishtirilganda,  oldin  JNU—4,  JVN—6  о‘rim 
mashinalarida  o‘rib,  dastalab  ketiladi.  0 ‘rish  balandligi  15—20  sm.  Das- 
talar  qurishi  bilan  yanchib  olinadi.
0 ‘rish juda  pastdan  o'tkazilganda  dastalar  tuproqqa  tegib  qoladi,  don 
sifati  buziladi.  Juda  balanddan  o‘rilganda  dastalar  osilib  qOladi  yoki  to‘la 
yerga  tegib  qoladi  va  don  sifati  pasayadi.  Dastalar  eni  1,5  m,  qalinligi
15—18  sm  bo'ladi.  Hosildorlik  50  s/ga  boiganda  hosil  o'rilgandan  keyin
3—5  kun  o'tgach  yanchib  olish  boshlanadi.  Salqin  ob-havoda  dastalar- 
ning  qurishi  cho‘zilib  ketadi,  donlar  yoriladi.  Havo  quruq  bo‘lsa,  donning 
yorilishi  5  kundan  keyin  3—4  %,  8  kundan  keyin  41—42  %  ga  yetadi. 
Shuning  uchun  dastalaming  qurishi  5—6  kuudan  oshmasligi  kerak.
Hosildorligi  yuqori  va  urug'lik  sholipoyalarda  hosil  2  marta  yanchi- 
ladi.  Birinchi  yanchish  yumshoq  rejimda  bajariladi  va  85—90  %  don 
yanchiladi,  donlar  kam  yoriladi  hamda  maydalanadi,  2-yanchish  «qat­
tiq»  rejimda  o‘tkaziladi  va  5—6  %  to ia  qimmatli  don  olinadi.
0 ‘simlikni  quritish  uchun  25—50  kg  xlorat  magniy  150  1  suvda  ara- 
lashtirilib  1  ga  maydonga  purkaladi.  Bunday  ekinzorda  har  kuni  donda 
2—3  %,  poya-barglarda  4—6  %  namlik  yo‘qoladi.  Desikantlar 
qo'llanilgandan 
keyin 
4—6  kun  o‘tgach  don  namligi 
85—90 
%  ga 
yet- 
gach  o‘rib-yanchishga  kirishiladi.
Kombayn  bilan  to‘g‘ri  o‘rib-yanchishga  kirishilganda,  birinchi  yan- 
chishda  70—80  %  don  olinadi,  ikkinchisida  qolgani  yanchib  olinadi. 
Birinchi  yanchishda  barabanlar  oralig‘i  12  mm  gacha,  aylanish  tezligi 
500—600  ayl./min.,  2—3  kun  o‘tgach  ikkincliisidan  barabanlar  oralig‘i
4—5  mm,  aylanish  tezligi  100  ayl./min,  qilib  sozlanadi.  Ikkinchi  yan­
chishda  olingan  don  tovar  maqsadlarda  ishlatiladi.
Sholi  urug‘lari  namligi  15  %  dan  ortiq  bo‘lsa,  unuvchanligini  tez 
yo‘qotadi,  shuning  uchun  ular  yanchilgandan  keyin  darhol  tozalanib 
namligi  13—14  %  ga  keltirilib  quritiladi.
Maxsus  SKD—5R,  SKPR—6  ikki  barabanli  hamda  «Keys»  kombayn- 
lardan  foydalanish  don  nobudgarchiligini  kamaytiradi.  Donni  tozalashda 
Petkus  gigant,  Super-Petkus,  ZAR-10,  ZAV-20,  ZAV—40,  OS-4,5  va 
hokazo  mashinalardan  foydalaniladi.
Sholini  ko‘chat  usulida  yetishtirish. 
Janubiy,  Sharqiy  Osiyo,  Hindis- 
ton,  Ozarbayjonda  sholini  ko‘chat  usulida  yetishtirish  asosiy  o'rinni  egal- 
laydi.  Dunyoda  sholi  ekiladigan  maydonlarning  85—90  %  ida  sholi 
ko'chat  usulida  yetishtiriladi.
Sholini  ko‘chat  usulida  yetishtirish  urug'Iami  bevosita  dalaga  ekish­
ga  nisbatan  quyidagi  afzalliklarga  ega:
1.  Sholi  urug‘i  ko‘chatxonaga  ekilganda  o'simliklarning  30—35  kun
198
www.ziyouz.com kutubxonasi

o‘suv  davri  ko'chatxonada  o'tadi,  natijada  sholi  ko'chat  holida  ekilgan- 
da  kuzda  sovuq  tushguncha  hosil  o‘rib-yanchib  olinadi.
2.  Yerdan  foydalanishning  samaradorligi  ortadi.  Bir  yilda  ikki  hosil 
(bug'doy,  arpa-sholi)  olinadi.
3.  Bir  gektar  maydonga  an’anaviy  usulda  ekishga  nisbatan  60—70 
%  sholi  urug'i  kam  sarflanadi.
4.  O'suv  davrining  bir  qismi  ko'chatxonada  o'tishi  munosabati  bi­
lan  suv  sarf!  20—25  %  kamayadi.
5.  Sholi  hosili  urug'lami  bevosita  dalaga  ekishga  nisbatan  15—30  % 
yuqori  bo'ladi.
Ammo  ko'chat  usulida  sholi  yetishtirishda  qo'l  mehnati  ko'p  sarflanadi.
Ko'chat  uchun urug'lami  ko'chatxonaga  ekishda" yerga  40  t/ga  chiri- 
gan  go'ng,  gektariga  40  kg  fosfor,  40  kg  kaliy  solinib,  tuproqning  5—7 
sm  yuza  qatlamiga  aralashtiriladi,  tekislanadi.  Urug'lar  qo'lda  yoki 
mexanizmlar yordamida  ekiladi.  Asosiy  ekin  sifatida  ko'chatxonaga  Avan- 
gard  navi  respublikamizning  hamma  viloy^tlari  uchun,  faqat  Nukus—2 
navi  Qoraqalpog'iston  Respublikasi  uchun  ekiladi.  Urug'lar  may  oyi­
ning  birinchi  o'n  kunligida  ekiladi,  ko'chatlar  asosiy  maydonga  iyun 
oyining  ikkinchi  o'n  kunligida  ekiladi.
Sholi  takroriy  ekin  sifatida  ekilganda  urug'lar  ko'chatxonalarga  20— 
30-mayda  ekiladi  va  asosiy  maydonga  iyun  oyining  ikkinchi  o'n  kunli­
gida  ko'chirib  o'tqaziladi.  Ko'chatxonalarda  bir  gektarga  650—750  kg 
yoki  20—22  mln  dona  urug'  namlab  ekiladi.  Ko'chatxonada  sug'orish 
va  boshqa  parvarish  ishlari  umumiy  tavsiyanomalar  asosida  olib  borila- 
di.  Ko'chatxonada  ko'chatlar  30—40  kunda  ko'chirib  o'tqazish  uchun 
tayyor bo'ladi.  Ko'chatlar  25—30  kunligida  5  kg/ga  hisobida  azotli  o'g'it 
bilan  oziqlantiriladi.  Bir  haftadan  keyin  sholi  tuplanish  fazasini  boshla- 
nishida  ko'chat  qilib  o'tqaziladi.
Paykallarda  asosiy  donli  ekinlar  hosili  o'rib-yanchib  olingandan  keyin 
yer  18—20  sm  chuqurlikda,  o'simlik  qoldiqlari  to'la  ko'milib  haydaladi. 
Yerning  tekisligi  ±3  sm  dan  oshmasligi  kerak.  Sholipoya  5—7  sm  qalin­
likda  suv  bilan  bostirilib,  ko'chatlar  qo'lda  yoki  ko'chat  o'tqazish  ag- 
regatlarida  3—4  sm  chuqurlikka  o'tqazilib  chiqiladi.  K o'chatlar 
ko'chatxonadan  olinayotganda  ildiz  va  barglarning  1/3  qismi  kesib  tash- 
lanib,  150—200  ta  o'simlikdan  iborat  bog'  tayyorlanadi.  Bog'-bog' 
ko'chatlar  ekishdan  oldin  sholipoyada  suvda>  turishi  lozim.
Ko'chatlar  bir  uyaga  1—2  donadan  ekiladi.  Har  bir  uya  oralig'i 
10—15  sm  qilib  o'tqaziladi  va  bir  gektarga  65—100  ming  ko'chat  sarfla­
nadi.  Sholipoyadagi  suv  rejimi  umumiy  agrotexnika  asosida  olib  boriladi.
Sholipoyaga  ko'chat  o'tqazilgandan  keyin  3—5  kun  o'tgach  NPK 
40  kg/ga  hisobida  beriladi,  30  kundan  keyin  sholi  7—9  barg  hosil  qil- 
ganda  ikkinchi  oziqlantirish  NPK  40  kg/ga  hisobida  beriladi.  Suv  reji­
mi  sholi  pishguncha  umumiy  agrotexnik  talablar  asosida  bajariladi.
199
www.ziyouz.com kutubxonasi

2.15.  MARJUMAK
Xalq  xo'jaligidagi  ahamiyati.  Marjumak  (grechixa)ning  yormasi 
to'yimli,  tez  hazmlanadi,  mazalik,  undan  parhez  taomlar  tayyorlanadi. 
Uning  oqsilida  almashtirilmaydigan  aminokislotalardan  lizin  arginin  ko'p. 
Sliuningdek,  doni  tarkibida  foydali  ma’danli  birikmalar,  temir,  fosfor, 
kalsiy,  olma,  otquloq  kislotalari,  vitaminlardan  В,  B2,  P  (rutin)  saqla­
nadi.  Doni  tarkibida  10  %  oqsil,  82  %  kraxmal,  3  %  yog',  2  %  kle- 
cliatka,  0,3  %  qand  saqlanadi.
Marjumak  yog'i  tarkibida  letsitin  inson  organizmidagi  xolesterin  miq­
dorini  kamaytiradi.  Yog'  sifati  barqaror.  Shuning  uchun  doni  uzoq  vaqt 
davomida  yaxshi  saqlanadi.
Oqsilining  tarkibidagi  lizin,  metionin,  triptofan  nisbatlari  bo'yicha 
tibbiyot  talablariga  yaqin.
Tibbiyotda  marjumak  guli  va  bargining  damlamasi  qon  bosimi  osh- 
ganda,  ateroskleroz,  shamollashda,  asali  o'pka,  jigar,  qand  kasalligi,  ich 
ketishiga  qarshi  qo'llaniladi.
Marjumak  asal  beruvchi  ekin.  Bir  gektar  marjumak  ekinzoridan  SO— 
100  kg  asal  olinishi  mumkin.  Asalari  uyalari  ekinzorga  qo'yilganda  hosil­
dorlik  ham  oshadi.
Somoni,  donning  chiqitlari  oziqa  sifatida  ishlatiladi.  Uning  100  kg 
somonida  29  oziqa  birligi,  2,4  kg  oqsil,  1,6  kg  kalsiy,  140  kg  fosfor,
2,4  g  karotin  saqlanadi.
O'zbekistonda  marjumak  doni  uchun  asosiy  va  takroriy  ekin  sifa­
tida  ekiladi.  Biologik  xususiyatlari  hisobga  olingan  agrotexnika  qo'llanilsa, 
barqaror  hosil  beradi.
Marjumakning  hozirda  ekilayotgan  madaniy  turi  yovvoyi  Fagopryum 
tataricum  turidan  kelib  chiqqan.  Marjumak  2,5  ming  yil  muqaddam 
ekila  boshlangan.  Vatani  Hindistonning  Himolay  tog'lari.  Rossiya  va 
Ukrainada  marjumak  ko'p  ekiladi.
Hosildorligi  o'rtacha  15—25  s/ga.  Samarqand  viloyatida  o'tkazilgan 
ishlab  chiqarish  tajribalarida  don  hosili  20-24  s/ga  bo'lgan.
Botanik  xususiyatlari.  Marjumak  Polygonaceae  oilasiga  mansub  va 
bu  oilaga  30  avlod,  800  tur  kiradi.  Eng  ko'p  tarqalgan  turlari:  madaniy 
marjumak  —  Fagopirum  esculentum  Moench.,  yovvoyi  marjumak  —  F. 
tataricum  L.,  xitoy  marjumagi  Polygonum  chinense  L.
Madaniy  marjumak  ikkita  kenja  turga:  oddiy  —  ssp.  vulgare  Stol. 
hamda  ko'p  bargli  —  ssp.  multifolium  stol.  bo'linadi.
Biologik  xususiyatlari.  O'zbekistonda  marjumak  sug'oriladigan  yer­
larda  ekiladi.  Uning  urug'lari  7—8  °C  da  nishlay  boshlaydi.  Hayotchan 
maysalar  olish  uchun  14—15  °C  harorat  talab  qilinadi.  Maysalari  so­
vuqqa  chidamsiz,  —1,5—2  °G  sovuqdan  nobud  bo'ladi.  O'simlik  o'sishi, 
rivojlanishi  uchun  maqbul  harorat  18—20  °C.  Harorat  25  °C  dan  oshsa 
yoki  13  °C  dan  pasaysa  marjumak  yaxshi  rivojlanmaydi,  hosili  past bo'ladi.
200
www.ziyouz.com kutubxonasi

\
11-rasm.  Marjumak.  1,  2  -   o'simlik  unib  chiqish  va  gullash  fazalarida;
3  -   gullagan  novda;  4  —  gul;  5  —  meva;  6  —  mevalar;  7  —  donlar.
Marjumak  yuqori  hosil  shakllantirishi  uchun  tuproqdagi  namlik 
CHDNS  80  %  dan  kam  boimasligi  lozim.  Transpiratsiya  koeffitsienti 
500—600.  Eng  namga  talabchan  davri  gullash-pishish  davri.  Bu  davrda 
o‘suv  davrida  sarflanadigan  suvning  80  %  i  sarflanadi.
Marjumak  yorug‘sevar,  qisqa  kun  o'simligi,  tuproq  muhiti  pH—5— 
7,5  bo‘lganda  yaxshi  o‘sadi.  Tuproq  turiga  talabchan  emas.  0 ‘suv  davri 
navlarga,  qo‘llaniladigan  agrotexnikaga  bog‘liq  holda  60  kundan  90  kun- 
gacha  o'zgarishi  mumkin.  Samarqand  viloyatida  Kazanskaya,  Mayskaya 
navlari  bahorda  ekilganda  o‘suv  davri  73—77  va  70—72  kunni  yozda 
ekilganda  68—69  kunni  tashkil  etgan.
201
www.ziyouz.com kutubxonasi

Quyidagi  rivojlanish  fazalarini  o‘taydi:  vmib  chiqish,  birinchi  haqi­
qiy  bargning  hosil  bo'lishi,  shoxlanish,  shonalash,  mevaning  shakllanishi, 
gullash.
Gullash  30—60  kun  davom  etadi.  Gullashdan  35—40  kun  o'tgach 
mevalar  pishib  yetiladi.
O'zbekiston  Respublikasi  Davlat  reyestriga  kiritilgan  navlar  yo‘q.
Marjumakni  yetishtirish  texnologiyasi. 
Marjumak  almashlab  ekishda 
g‘o‘za,  qand  lavlagi,  makkajo'xori  silosga  ekilganda,  dukkakli  don  ekin­
lari,  kuzgi  don  ekinlari,  ko‘p  yillik  dukkakli  o'tlardan  keyin joylashtiriladi.
Suli  va  kartoshka  nematoda  bilan  zararlangan  bo'lsa,  ulardan  keyin 
marjumakni  ekmaslik  lozim.
Maijumak  dalaning  fitosanitar  holatini  yaxshilaydi,  shuning  uchun 
juda  ko‘p  ekinlar  uchun,  ayniqsa,  kuzgi  don  ekinlari  uchun  yaxshi 
o‘tmishdosh.
Tuproqni  ishlash. 
Kuzgi  don  ekinlaridan  keyin  marjumak  PLN—
5—35,  PL—5—35,  PLN—4—35  chimqirqarli  pluglar  bilan  25—27  sm 
chuqurlikda  kuzgi  shudgor  qilinadi.  0 ‘tmishdosh  ekin  ekilishidan  ol­
din  chuqur  shudgor  qilingan  bo‘lsa,  kuzgi  shudgor  20—22  sm  chuqur­
likda  o‘tkaziladi.  Kuzgi  shudgor  imkoni  boricha  erta  muddatda 
o'tkazilishi  lozim.
Bahorda  kuzgi  shudgor  ikki  marta  boronalanadi  (BZTS—1,0).  Ekish­
dan  oldin  birinchi  kultivatsiya  10—12  sm  oradan  8—12  kun  o‘tgach
6—8  sm  chuqurlikda  ikkinchi  kultivatsiya,  ekish  kuni  urug‘lar  ekiladi­
gan  chuqurlikda  uchinchi  kultivatsiya  o'tkaziladi.  Mexanik  tarkibi  yengil 
tuproqlarda  ikki  kultivatsiya  yetarli.
0 ‘g‘itlash. 
Marjumak  1  s  don  va  shunga  muvofiq  poya,  barglar 
massasini  hosil  qilish  uchun  3,4  kg  azot,  1,82  fosfor  va  3,31  kaliy 
o'zlashtiradi.  Ma’danli  o‘g‘itlar  NPK  gektariga  100  kg  solinganda  39,7 
kg/ga  azot,  21,7  fosfor,  38,6  kg/ga  kaliy  bo'lishi  o'simlikning  yaxshi 
o‘sib,  rivojlanishini  ta’minlaydi.
Ekilgandan  keyin  30—40  kun  o'tgach,  о‘suv  davrida  o‘zlashtiradigan 
azot  va  kaliyning  60  %,  fosforning  50  %  ini  o‘zlashtiradi.  Maijumak 
fosfor  va  kaliyga  nisbatan  azotni  kamroq  talab  qiladi.  Azot  ildizining 
me’yorida  o‘sib  rivojlanishi  uchun  o‘suv  davrining  boshlanishida  ko'proq 
zamr.  Keyingi  davrda  azotning  ko‘p  berilishi  o'simlikni  g'ovlashga,  hosil 
elementlarining  kam  hosil  bo'lishiga  olib  keladi.
Ma’danli  o‘g‘itlardan  fosforli,  kaliyli  o‘g‘itlarning  asosiy  qismi  kuzgi 
shudgordan  oldin,  azotli  o‘g‘itlar  ekishdan  oldin  kultivatsiya  bilan  be­
riladi.  Fosforli  o‘g‘it  sifatida  fosforit  unini  berish  mumkin.  Ekish  bilan 
fosfomi  10—20  kg/ga  berish  hosildorlikni  3—5  s/ga  oshiradi.  0 ‘g‘itlaming 
bir  qismini  oziqlantirish  sifatida  shonalash  yalpi  gullash  davrida  berish 
hosilni  5—6  s/ga  oshiradi.  Bunda  o‘g‘itlar  10—12  sm  chuqurlikka  kulti­
vatsiya  bilan  beriladi.
202
www.ziyouz.com kutubxonasi

Zarafshon  vodiysida  o'tkazilgan  tajribalarda  marjumak  ekilgan  may- 
donlaming  gektariga  N90 P90  K4J solinganda  hosildorlik  21,4  s/ga  ni  tashkil 
etgan.  O'g'itlarni  solishda  tuproq  agrokimyoviy  ko'rsatkichlari  hisobga 
olinadi.  Organik  o'g'itlardan  chirigan  go'ng  kuzgi  shudgordan  oldin  15— 
20  t/ga  me’yorda  beriladi.
Ekish.  Urug'lar  I  va  II  sinf talablariga javob beradigan,  sifatli  bo'lishi 
va  1  t  uruqqa  2  kg  fundazol  yoki  vitovaks—200  bilan  ishlangan  bo'lishi 
zarur.
Ekish  tuproqning  8—10  sm  chuqurligida  harorat  12—14  °C  qizigan- 
da  boshlanadi.  Bunda  maysalar  sovuqdan  zararlanmasligi,  gullash  va 
meva  hosil  bo'lishi  davri  quruq  va  jazirama  issiq  davrga  to'g'ri  kelmas- 
ligi  hisobga  olinadi.
,  Urug'lar  qatorlab,  tor  qatorlab  va  keng  qatorlab  ekiladi.  Sug'oriladigan 
yerlarda  qator  orasi  45  sm  qilib  ekilganda  15  sm  qilib  ekilishga  nisba­
tan  5 -6   s  qo'shimcha  hosil  olishni  ta’minlagan.  O'zbekiston  sharoitida 
marjumakni  qo'shqatorlab  (60x15)  ekish  ham  yaxshi  natija  beradi.
Keng  qatorlab  ekilganda  ekish  me’yorlari  1,5—2,5  mln/ga  (40—50 
kg/ga)  qatorlab  ekilganda  2—4  mln/ga  (50—100  kg/ga)  bo'ladi.  Lenta 
usulida  ekilganda  ekish  me’yori  10—20  %  oshiriladi.
Qatorlab  ekilganda  SZ—3,6,  SZU—3,6,  SZS—2,1  keng  qatorlab  ekil­
ganda  qand  lavlagi  ekadigan  SST—12A  seyalkasini  STYA—27000  mosla- 
masi  bilan  jihozlab  ekiladi.
Ekish  chuqurligi  4—5  sm,  qumoq  tuproqlarda  10  sm  gacha  oshirish 
mumkin.  Nam  kam  bo'lganda  ekishdan  oldin  gektarga  800—1000  m3/ga, 
o'suv  davrida  500—600  m3/ga  me’yorda  3—4  marta  sug'oriladi.  Sug'orish 
hosildorlikni  1,5—2  baravar,  ekinzorga  asalari  uyalarini joylashtirish  don 
hosilini  8—10  s/ga  oshiradi.  Sug'orishlardan  keyin  kultivatsiya  o'tkaziladi.
Ang'izda  ekish.  Yerni  haydashdan  oldin  600—800  mj/ga  me’yorda 
sug'oriladi,  yer  yetilishi  bilan  25—27  sm  chuqurlikda  haydaladi.  Gekta­
riga  N45P45K45  kg  o'g'itlar  solinadi.  Asosan  keng  qatorlab,  gektariga  50— 
100  kg  urug'  ekiladi.
Hosilni  yig‘ishtirish.  O'simlikda  75—80  %  mevalar  qo'ng'ir  tusga 
kirishi  bilan  o'rim-yig'im  boshlanadi.  Qirqish  balandligi  15—20  sm,  o'rim
4—5  kunda  tugallanadi.
Umg'lar  25—30  kun  davomida  hosil  bo'ladi  va  pishadi,  tez  to'kiladi.
Ikki  fazali  o'rishda  dastadagi  hosil  3—6  kundan  keyin  yanchiladi. 
Bunda  don  namligi  15—17  %  ga  yetganda  yanchish  boshlanadi.
Kombaynlar  barabanlarining  aylanish  tezligi  minutiga  760—900  qilib 
sozlanadi.
O'zbekistonda  bir  fazali  o'rish  keng  tarqalgan.  Bu  usulda  marjumak 
mevalari  to'la  pishganda  o'rishga  kirishiladi.
Hosil  tezda  tozalanadi  va  namligi  14  %  ga  yetkazilib  quritiladi.
Download 216 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   49




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling