R. O. Oripov, n X. Xalilov


Download 216 Kb.
Pdf ko'rish
bet34/49
Sana16.02.2017
Hajmi216 Kb.
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   49

264
www.ziyouz.com kutubxonasi

0 ‘zbekiston  sharoitida  quyosh  yorug'ligi  ko‘p  bo‘lishi  va  issiq  haro­
rat  o'simlik  rivojlanishini  sekinlashtiradi,  hosildorlikni  kamaytiradi  hamda 
tuganaklarning  urug'lik  sifatini  yomonlashtiradi.  Bunday  holatda  daraxt- 
larning  tabiiy  soyasi  kartoshka  hosildorligiga  ijobiy  ta’sir  ko'rsatadi. 
Toshkent  agrar  universiteti  ma’Lumotlarida  ertapishar  Sedov  navi  hosil- 
dorligi  ochiq  paykalda  16,77  t/ga,  kuchsiz  soyalanganda  19,05  t/ga  ni 
tashkil  etgan.  Tuganaklar  hosili  soyalanmagan  maydonda  12,3  t/ga,  soya­
langanda  16,84  t/ga  bo'lgan.
Havo  issiq  bo‘lganda  qisqa  kunda  kartoshka  tez  pishadi,  uning  qisqa 
kunga  ta’sirchanligi  turli  navlarda  turlicha.  Harorat  10—15  °C  bo‘lganda 
o‘simlik  uzun  kun  sharoitida  tezroq  yetiladi.
Agrotexnik  usullardan  ekish  usuli  va  me’yori  barglarning  yorug‘lik 
bilan  ta’minlanishini  boshqarishda  ahamiyati  katta.  Barglar  yuzasining 
kattaligi,  ularning joylashishi,  yorug‘lik  energiyasini  yutishi  ham  yorug'lik 
bilan  ta’minlanishida  rnuhim  ko‘rsatkichlar  hisoblanadi.  Kartoshka  qa- 
torlari  janubdan  shimolga  qarab joylashtirilsa,  hosildorlik  1,6—2  t/ga,  tu­
ganaklarning  kraxmalligi  1—2  %,  qatorlar  g'arbdan  sharqqa  qarab  joy- 
lashtirilgandagiga  nisbatan  ortadi.  Qator  oralari  90  sm  qilib  ekish 
70  sm  ga  nisbatan  o‘simliklaming  yorug'lik  bitan  ta’minlanishini  yaxshilaydi.
M a’danli  oziqlanishi.  0 ‘rtacha  10  t  tuganak  hosili  uchun  tuproqdan 
50  kg  N,  20  kg  P20 3  va  90  kg  K20   o‘zlashtiriladi.
AzotLi  oziqlanish  ekinning  o'sishi,  rivojlanishi  va  mahsuldorligiga 
bevosita  ta ’sir  ko'rsatadi.  Tuproq  muhiti  neytral  bo‘lganda  kartoshka 
ammoniy  (NH4+)  ionlarini,  kislotalida  nitrat  (N 0 3‘)  ionlarini  yaxshi 
o‘zlashtiradi.  Nitratlar  o'simlikda  ammiakli  birikmalarga  aylanadi.  Azot 
yetishmasa,  poyalar  kuchsiz  shoxlanadi  va  o‘sadi,  barglar  rangi  och- 
yashil  bo‘lib,  pastkilari  to'kiladi,  tuganaklarga  uglevodlarning  kelishi  ka- 
mayadi,  hosil  va  tuganaklardagi  quruq  modda  miqdori  pasayadi.
Azot  me’yoridan  ortiq  yoki  yetishmasa  ham  o'simlikka  salbiy  ta’sir 
ko'rsatadi.  Tuproqda  yetarli  miqdorda  fosfor  va  kaliy  saqlansa,  azot 
bilan  tegishli  nisbatda  bo‘lsa,  o‘simlik  mo‘l  hosil  to‘playdi.
Bir  tomonlama  mo‘l  azotli  oziqlanish  o'simlikning  «semirib»  keti- 
shiga  olib  keladi,  hosilga,  kraxmal  miqdoriga  salbiy  ta’sir  ko'rsatadi. 
Bu  hoi  gullashning  boshlanishida  hosil  bo‘lgan  tuganaklarda  kuzatiladi. 
Keyinchalik  pishishi  boshlanishi  bilan  kraxmal  to ‘planishi  ortadi,  ammo 
gullash  davridagi  yetishmaslikni  qoplay  olmaydi.
Tuganaklarda  konserogen  nitrozaminlarning  hosil  bo‘lishi  nitratlar 
to‘planishi  bilan  bog‘liq.  Azotli  o‘g‘itlar  me’yori  gektariga  135—150  kg 
oshirilsa,  nitratlar  ikki  baravar  ko‘p  to ‘planadi.  Oziq-ovqatga  ishlati- 
ladigan  1  kg  tuganakda  80  mg,  oziqa  uchun  ishlatiladiganida  300  mg 
dan  ortiq  nitrat  bo'lmasligi  lozim.
Fosforli  oziqlanish  uglevod  va  oqsil  almashinuvini  yaxshilaydi, 
o‘simlikning  o'sishi  va  rivojlanishini  tezlashtiradi,  ildiz  tizimining  yax­
shi  rivojlanishiga  ko'maklashadi,  tuganaklarning  erta  hosil  bo‘lishiga  va
265
www.ziyouz.com kutubxonasi

unda  kraxmal  to'planishiga  olib  keladi.  U  o'simlikning  qurg'oqchilikka 
chidamliligini  oshiradi,  suv  rejimini  yaxshilaydi.
Fosfor  yetishmasa  o'simlikning  rivojlanishi  sekinlashadi,  barglar 
mayda,  to 'q   yashil  rangga  kiradi.  Barglarda  bezsimon  dog'lar  paydo 
bo'lishi  ham  fosfor  yetishmasligini  ko'rsatadi.
Kaliy  fotosintezni jadallashtiradi,  uglevodlar  harakatlanishini  tezlash- 
tiradi,  qurg'oqchilikka  va  sovuqqa  chidamliligini  oshiradi.  Kaliy  oziqla- 
nishda  yetarli  bo'lsa,  tozalanganda  mag'zi  qoraymaydi,  zamburug'  va 
bakteriya  kasalliklariga  chidamli  bo'ladi.
Fosfor  va  kaliy  azotning  o'zlashtirilishini  yaxshilaydi.  Kaliy  yetish­
masa,  ayniqsa,  ammiakli  azotning  o'zlashtirilishi  yomonlashadi.  Nitratli 
azotning  o'zlashtirilishi  fosfor  miqdoriga  bog'liq.
Azotli  birikmalar  asosan  o'simlik  vegetatsiyasining  birinchi  yarmida 
o'zlashtiriladi.  Poya  va  barglarning  so'lish  davrida  azotning  o'zlashtirilishi 
keskin  kamayadi.
Kartoshka  tipik,  kaliyni  sevadigan  o'simlik.  Tuproqda  namlik  qan- 
cha  ko'p  bo'lsa,  o'simlik  o'zlashtira  oladigan  kaliy  miqdori  ham  shun- 
cha  ko'p  bo'ladi.  Shuning  uchun  kaliy  yetishmasligi  qurg'oqchil  sharoitda 
ko'p  kuzatiladi.
Kartoshka  uchun  organik  va  ma’danli  o'g'itlar  me’yorini  belgilashda 
tuproq  unumdorligi  undagi  o'zlashtiriladigan  shakldagi  oziqa  moddalar 
miqdori,  kartoshka  navi,  o'g'itning  kimyoviy  tarkibi  hisobga  olinadi.
Mintaqaning  tuproq-iqlim  sharoiti  hisobga  olingan  holda,  bir  gek­
targa  solinadigan  go'ng  me’yori  20—100  t  bo'lishi  mumkin.  O'rtacha
1  t  go'ng  hisobiga  150—200  kg  qo'shimcha  hosil  olish  mumkin.  Kar- 
toshkaga  solish  uchun  yarim  chirigan  go'ngdan  foydalanish  ma’qul. 
Yangi,  chirimagan  go'ngni  kartoshkaga  solganda  tuproqdagi  mikroor- 
ganizmlar  jadal  rivojlanadi  va  ular  nafaqat  go'ng  tarkibidagi  ammoniy 
azotini,  balki  tuproqdagi  azotni  ham  o'zlashtira  boshlaydi.  U  hoi  o'simlik 
uchun  azotning  yetishmasligiga  olib  keladi.
Hosildorlik  yuqori  bo'lganda  ma’lum  birlikdagi  hosilning  shaklla- 
nishi  uchun  nisbatan  kam  oziqa  moddalar  sarflanadi.
Navlar.  O'zbekistonda  ekish  uchun  Davlat  reyestriga  kiritilgan  nav­
lar:  Sante,  Aqrab,  Alvara,  Agane,  Baqro—30,  Beluga,  Bimondo,  Bo­
lero,  Viktoriya,  Diamant,  Quvonch—1656  M,  Latona,  Marfona,  Palma, 
Umid,  Hamkor—1150,  To'yimli,  Fazan,  Fresko,  Esprit,  Romano,  Kar- 
dinal,  Draga.
Tezpishar  navlar  60—65,  ertagi-o'rtacha  70—80,  o'rtapishar  90—100, 
o'rtagi  kechki  110—120,  kechpishar  130—150  kunda  pishib  yetiladi.
Almashlab  ekishdagi  o‘rni,  nav  tanlash.  Kartoshka  uchun  eng  yax­
shi  o'tmishdoshlar  —  kuzgi  g'alla  ekinlari,  bir  yillik  dukkakli  o'tlar, 
g'o'za,  poliz,  piyoz.  Kartoshkani  tamaki,  pomidor,  boyimjon,  qalampir 
singari  ituzumdoshlar  oilasiga  kiruvchi  ekinlardan  keyin joylashtirish  yara- 
maydi.  Bedadan  keyin  ikkinchi  yili  joylashtirish  tavsiya  etilmaydi.
266
www.ziyouz.com kutubxonasi

Ertagi  kartoshka  yetishtirish  uchun  o'suv  davri  70—90  kunlik  tez 
pishar  va  o‘rta  pishar  —  Zarafshon,  Nevskiy,  Ogonek,  Sante,  Ramona, 
Marfona,  Kondor,  Binella,  Kosmos  navlari  tanlanadi.  O'rta  pishar  o‘suv 
davri  95  kun  va  undan  ortiq  bo‘lgan  navlar  ertagi  kartoshka  hosili 
yetishtirish  uchun  yaramaydi.  Ularda  tuganaklar  hosil  bo‘lishi  yozning 
issiq  davriga  to'g'ri  keladi.
Tuproqni  ishlash.  Ertagi  kartoshka  ekiladigan  dalalarga  kuzda  20— 
40  t  ga  chirigan  yoki  yarim  chirigan  go‘ng,  90—150  kg  fosfor,  60—80 
kg/ga  kaliy  tuzi  shaklida  solinib,  PN—3—35,  PYA-  3—35  rusumli  plug- 
lar  bilan  28—30  sm  chuqurlikda  kuzgi  shudgor  qilinadi.
Qish  davrida  yog'ingarchiliklar  ta’sirida  tuproq  zichlashib  qolgan 
bo'lsa,  dala  chizellanadi,  boronalanadi,  zaair  bo'lganda  molalanib,  yer 
ekishga  tayyorlanadi.
Urug‘ni  ekishga  tayyorlash.  Urug'larni  ekishga  tayyorlashda,  avvalo, 
ular  saralanadi,  lat  yegan,  kasallangan  tuganaklar  terib  olinadi.  Ekishga 
vazni  30,  50,  80  g  bo‘lgan  tuganaklardan  foydalaniladi.  80  g  vazndan 
ortiq  tuganaklar  o'rtasida  uzunasiga  kesilib,  100  1  suvga  5—6  kg  TMDT,
2  g  qahrabo  kislotasi,  50—100  g  bor  kislota,  marganes  sulfat,  mis  kupo- 
rosi,  4  kg  ammofos  qo'shilgan  eritmada  ivitilsa,  hosildorlik  11—20  % 
oshadi  (Ostonaqulov,  1997).  Urug'lik  tuganaklar  12—15  kun  davomida 
12—20  °G  haroratda  sernam  qorong‘i  joyda  saqlanadi.
Kartoshka  urug'ini  nishlatish  25—30  kun  davomida  12—15  °C  haro­
ratda,  yorug'  va  yaxshi  shamollatiladigan  binolarda  o'tkaziladi.  Nish­
latish  qorong'i joyda  o'tkazilsa,  uning  davomiyligi  15—17  kunga  qisqartiri- 
ladi  va  bunda  nishning  uzunligi  0,5—2  sm  dan  oshmasligi  kerak.  Nish- 
latishda  urug‘lar  2—3  qatlam  qilib  yoyiladi.  T.  Ostonaqulov  ma’lu­
motlariga  ko‘ra,  nishlatib  ekilgan  urug‘,  nishlatmasdan  ekilgan  urug'larga 
nisbatan  10—12  kun  erta  pishadi  va  hosildorligi  18—25  %  oshadi.
Ekish  usuli  va  muddati.  Ertapishar  kartoshka  navlarining  urug'lari 
tuproqning  10  sm  qatlamida  harorat  6—7  °C  qiziganda  eka  boshlanadi. 
O'zbekistonda  ertagi  kartoshka  tekislik  mintaqalarida  10-fevraldan  15- 
martgacha,  tog'  oldi  mintaqalarida  10—25-martda  ekish  eng  maqbul 
muddat  hisoblanadi.  Ekish  muddati  kechikkanda  tuganaklar  hosil  bo'lishi- 
yozning  jazirama  issig'iga  to'g'ri  keladi,  tuganaklar  hosil  bo'lishi  yo- 
monlashadi,  hosildorlik  kamayadi.
Kartoshka  kuzda  ekilganda  ekish  chuqurligi  18—20  sm  ga  yetkaziladi, 
bahorda  boronalanib,  tuganak  ustidagi  tuproq  8—10  sm  yupqalashtiriladi.
Ertagi  kartoshka  tup  qalinligi  gektariga  57—71  mingtagacha  bo'ladi 
va  bunda  navning  biologik  xususiyatlari  hisobga  olinadi.  Ekish  70x20— 
25  sm  sxemada  o'tkazilishi  ma’qul.  Tuganaklar  vazni  30—80  g  bo'lganda, 
ekin  me’yori  3—3,5  t/ga  ni  tashkil  qiladi.
T.  Ostonaqulov  tajribalarida  ekish  me’yori  gektariga  3  t  bo'lib,  vaz­
ni  20—30  g  urug'lik  tuganaklar  ekilganda  165,2  s/ga,  30—50  g  ekilgan­
da  208,3  s/ga,  50—70  g  ekilganda  206,1  s/ga  hosil  olingan,  ekish  chu-
267
www.ziyouz.com kutubxonasi

qurligi  6—7  sm.  Ekish  bilan  azotli  o‘g‘itlar  yillik  m e’yorining  20  % 
fosforli  o‘g‘itlarning  qolgan  qismi  solinadi.
Kartoshka  tuganaklarini  pushta  ustiga  ekish  ham  yaxshi  natija  beradi. 
Bunda  pushtalar  qator  oralari  70  yoki  90  sm  qilib  kuzda  olinadi.  Push- 
taga  fevral  yoki  mart  oyining  birinchi  o‘n  kunligida  nishlatilgan  urug‘lar
6—7  sm  chuqurlikka  ekiladi.  Qator  usti  mulchalanganda  o'simlik  tez  rivoj­
lanadi,  hosil  erta  yetiladi.  Qator  oralarini  90  sm  qilib  ekish  kartoshka 
yetishtirishdagi  ishlarni  to‘la  mexanizatsiyalash  uchun  imkon  yaratadi.
Ekin  parvarishi.  Ertagi  kartoshka  urug‘lari  unib  chiqquncha  1—2 
boronalash  o'tkaziladi.  Boronalash  qatqaloqni  yumshatadi,  begona  o‘tlami 
yo‘qotadi,  maysalarning  tez  va  qiyg‘os  unib  chiqishini  ta’minlaydi.
Parvarishda  asosiy  talab  kartoshka  tupi  atrofidagi  tuproqni  yumshoq 
va  begona  o‘tlardan  toza  holda  saqlashdir.  Qator  oralarini  kultivatsiya 
qilish,  tuproqni  yumshatish  urug'lar  unib  chiqqandan  keyin  KRN—4.2, 
KOR—4.2  kultivatorlarida  amalga  oshiriladi.  Maysalar  to ‘liq  unib 
chiqqandan  keyin  birinchi  kultivatsiya  12—14  sm,  keyingilar  14—16  sm 
chuqurlikda  o'tkaziladi.  Kultivatsiyalar  har  yomg‘irdan  yoki  sug‘orishdan 
keyin  o'tkaziladi.  Kartoshka  maydonlarida  chopiq  o'tkazishda  o‘tlarni 
yo‘q  qilish  bilan  birgalikda  o'simlik  atrofiga  tuproq  tortiladi,  natijada 
issiqlikning  zararli  ta’siri  kamayadi.
Oziqlantirish.  Ertagi  kartoshka  birinchi  marta  kultivator  oziqlantir- 
gichlar  yordamida  maysalar  hosil  bo'lgandan  keyin  gektariga  45—50  kg, 
ikkinchi  marta  g'unchalash  (shonalash)  fazasida  80—85  kg  me’yorida 
azot  bilan  oziqlantiriladi.  Azotli  o‘g‘itlardan  ammoniy  selitrasi,  mo- 
chevina,  ammoniy  sulfat  qo'llaniladi.  Qator  oralarini  ishlash  va  oziq- 
lantirishda  K R N -2 ,8 ,  K O N -2 ,8   PM,  K O N -2 ,8   A  kultivator 
o‘g‘itlagichlaridan  foydalaniladi.  Hozirda  Gollandiyaning  «Атак»  fre- 
zali  kultivatorlaridan  ham  qator  oralarini  ishlashda  keng  foydalanilmoqda.
Sug‘orish.  Ertagi  kartoshkani  sug'orishda,  ularning  soni  tuproqdagi 
namlik  hisobga  olingan  holda  o ‘tkaziladi  va  tuproqdagi  namlik 
CHDNSning  75—85  %  dan  kam  bo'lmagan  holda  saqlanishiga  erishila- 
di.  Sug‘orish  sxemasi  1 -2 —5  bo‘lganda  0—1—4  sxemaga  nisbatan  hosil­
dorlik  24—27  %  oshgan  (Abdukarimov,  1987).
Sug‘orish  uchun  egatlar  uzunligi  90—120  m,  chuqurligi  18—20  sm 
qilib  olinadi,  suv  oqimi  tezligi  0,10—0,15  1/sekunddan  oshmasligi  lo­
zim.  Oxirgi  sug'orish  hosil  yig'ishtirishdan  5—2  kun  oldin  to‘xtatiladi.
Zararkunandalarga  qarshi  kurash.  Keyingi  yillarda  zararkunandalardan 
kolorado  qo‘ng‘izi  ko‘p  zarar  keltirmoqda.  Ularga  qarshi  kurashda  ol- 
dini  oluvchi,  agrotexnik  tadbirlar  bilan  bir  qatorda  kimyoviy  usullar 
ham  keng  qo‘llanilmoqda.  Kimyoviy  usullardan  sherpa  0,2  kg/ga,  sim- 
bush  0,2  1/ga,  zalon  0,3  1/ga  me’yorida  400  1  suvga  aralashtirilib  bi­
rinchi  marta  qo‘ng‘izlar  chiqishi  bilan,  keyin  ikkinchi  2—2,5  haftadan 
o‘tgach  yana  dorilanadi.  Dorilash  hosil  yetishtirishdan  20—30  kun  oldin 
to ‘xtatiladi.
268
www.ziyouz.com kutubxonasi

Hosil  yig‘ish.  Kartoshka  palaklari  sarg‘ayib,  tuganaklardagi  po‘st  qat- 
tiqlashib,  sidirilmaydigan  boiganda  hosilni  yig'ishtirishga  kirishiladi.  Tup- 
roqdagi  namlik  14—16  %  bo'lishi  kerak.
Kechki  kartoshka  yetishtirish  texnologiyasi.  Kechki  kartoshka 
0 ‘zbekistonda  kuzgi  boshoqli  don  ekinlari,  oraliq  ekinlar,  ertagi  sabza- 
votlardan  bo'shagan  maydonlarga  ekiladi.  Yerni  haydash  oldidan 
sug‘oriladi,  tuproqda  namlik  yetarli  bo'lganda  sug‘orilmasdan  25—27  sm 
chuqurlikda  haydaladi.  Ekishga  tayyorlashda  yer  chizellanadi,  boronala- 
nadi.  Yerni  haydash  oldidan  20—40  t/ga  yarim  chirigan  go'ng,  140— 
160  kg  fosfor,  60—80  kg/ga  kaliy  solinadi.  Fosforli  o‘g‘it  sifatida  am- 
mofos,  granulalangan  superfosfat,  kaliyli  o‘g‘itdan  kaliy  tuzi  solinadi.
Yozda  ekish  uchun  o‘rta  va  o‘rta  kechpishar  navlar  Lorx  Temp, 
Sulev,  Berlixingen,  Kardinal,  Diamant,  Pikasso,  Dezire  1—20  iyunda, 
tezpishar  va  o‘rtapishar  navlar  Zarafshon,  Nevskiy,  Ogonek,  Sante, 
Marafona,  Eskord,  Kosmos,  Kondor,  Impala  navlari  15-iyundan  5-iyul- 
gacha  ekilishi  tavsiya  etiladi.
Urug‘lami  ekishga  tayyorlash.  Yozda  ekish  uchun  tayyorlangan  kar­
toshka  urug'lari  iyun  yoki  iyul  oyigacha  ko‘karib  ketadi.  Urug'lardagi 
o ‘simtalar  10—12  sm  ga  yetganda  1—2  sindiriladi.  Oxirgi  sindirish 
urug‘larni  ekishdan  10—12  kun  oldin  o‘tkaziladi.  Urug‘lar  ekish  ol­
didan  sinchiklab  saralanadi.  Tuganaklar  yirikligi  30,  50,  80  g  bo'lganda 
kesilmasdan  80  g  vazni  ortiq  tuganaklar  kesilib  ekiladi.  Mexanik  tarkibi 
yengil  qumoq  tuproqlarda  o‘rta  50—80  g  va  mayda  (30—50  g)  vazndagi 
tuganaklarni  ekish  ma’qul.  Urug‘larni  3—3,5  t/ga  ertagi  kartoshka  yetish- 
tirilgandagi  singari  eritma  tayyorlanib  ivitilib  keyin  ekiladi.
Dastlab  kechpishar  navlar  (1— 10-iyun),  keyin  10— 12-iyulgacha 
o‘rtapishar  va  oxirida  25-iyun—5-iyulda  tezpishar  navlar  ekiladi,  Ekish 
sxemasi  70x20—25,  90x15—20  sm  ekish  chuqurligi  10—12  sm  qilib  SN— 
4B—2,  SKS—4,  KSN—9,  «Kramer»'  rusumli  seyalkalarda  o'tkaziladi.  Tup 
qalinligi  57—71  ming/ga.
Ekin  parvarishi.  Yozda  harorat  yuqori  bo'lishi  tufayli  tuproqning 
yuza  qatlami  tez  quriydi.  Shuning  uchun  dala  oldin  sug‘orilib,  yer  yeti­
lishi  bilan  kartoshka  tuganaklari  nam  tuproqqa  ekilishi  m a’qul.  Ekilgan 
urug‘lar  12—18  kun  o‘tgach  unib  chiqadi.  Urug‘lar  unib  chiqquncha 
gektariga  400—500  m3  me’yorida  1—2  sug'oriladi.  Urug'lar  unib  chiqi- 
shi  bilan  qator  oralari  70—100  kg/ga  azot  bilan  oziqlantiriladi.  Ikkinchi 
oziqlantirish  gullashning  boshlanishi  oldidan  100—120  kg/ga  azot  bilan 
oziqlantiriladi.
0 ‘suv  davrida  tuproqda  namlik  CHDNS  75—85  %  saqlanishiga  eri- 
shishi  uchun  18—11  marta  sug‘oriladi.  Urug‘lar  unib  chiqquncha  1—2, 
unib  chiqqandan  g‘unchalashgacha  1—2,  g‘unchalashdan  pishishgacha
6—7  marta,  gektariga  500—800  m3  me’yorda,  har  8—14  kunda  sug‘oriladi. 
Poyalarning  so‘lishidan  hosilni  yig'ishtirishgacha  bo‘lgan  davrda  tuproq- 
dagi  namlik  CHDNS  60—65  %  ushlanishi  tavsiya  etiladi.  Sug‘orishlar
269
www.ziyouz.com kutubxonasi

va  mavsumiy  sug'orish  me’yori  tuproq-iqlim  sharoitiga  bog'liq  holda 
o'zgarishi  mumkin.
0 ‘zbekiston  sharoitida jazirama  issiqning  zararli  ta’sirini  kamaytirish 
uchun  sug'orish  me’yori  kam  350—400  m3/ga,  ammo  tez-tez  sug'orish 
yaxshi  natija  beradi.
Kasallik  va  zararkunandalari.  Kartoshka  kasallik  va  zararkunandalar 
natijasida  yalpi  hosilni  30—35  %  kamaytiradi,  bu  dunyo  bo'yicha  100  mln 
tonnadan  ko'proq.
Kartoshka  fitoftoroz,  haqiqiy  qo'tir,  fuzarioz,  so'lish,  makrosporioz, 
xalqali  chirish,  qorason,  rizaktonioz  bilan  kasallanish  mumkin.  Almashib 
ekish,  kasalliklarga  chidamli  navlami  tanlash,  tuganaklarni  saralash, 
kasallangan  o'simliklarni  yulib  daladan  chiqarib  tashlash,  o'stirish 
texnologiyasiga  rioya  qilish  kasalliklaming  oidini  oladi,  kamaytiradi. 
Urug'larni  bardos  suyuqligi,  sineb,  fundazol,  vitavaks  suspenziyasi  yoki 
eritmalari  bilan  ishlash  kasalliklar  oidini  oladi.
O'suv  davrida,  g'unchalash  fazasining  oxirida  kuprazon  80  % 
(2,4  kg/ga),  kaptan  50  %  (3  kg/ga),  1  %  bardos  suyuqligi  (6  kg/ga), 
ditan  M—45,80  %  (1,2—1,6  kg/ga)  300  1  suvga  aralashtirilib  yer  usti 
purkagichlari  yordamida  qo'llaniladi.
Zararkunandalardan  poya  nematodasi,  ildiz  nematodasi,  buzoqboshlar, 
kuzgi  tunlam,  bitlar,  sikado,  o'rgimchakkana,  kolorado  qo'ng'izi,  kartosh- 
kaga  zarar  yetkazadi.  Ularga  qarshi  agrotexnik  va  kimyoviy  usullarda 
qarshi  kurashiladi.
Hosilni  yig'ishtirish.  Poyalar  sarg'ayib,  tuganak  po'sti  qalinlashib, 
tuganaklar  o'zlarining  maksimal  kattaligiga  yetgach  hosil  yig'ishtiriladi. 
Tuganaklar  KTN—2B,  KST—1,4  rusumli  kovlagichlar  bilan  yig'ib  oli­
nadi.  Hosil  yig'ishtirilgandan  3—8  kun  oldin  kartoshka  palagi  UBD—3 
yoki  KIR—1,5  o'roq  mashinalarida  o'rib  olinadi.  Urug'lik  uchun  ekil­
gan  paykallarda  kartoshka  palagi  10—14  kun  oldin  o'riladi.  Hosil 
yig'ishtirishdan  oldin  40  kg/ga  me’yorda  magniy  xlor  eritmasi  bilan 
desikatsiya  qilinishi  ham  mumkin.  Palaklarni  hosil  yig'ishtirishdan  ol­
din  o'rilishi  yoki  desikatsiya  qilinishi,  tuganaklarni  saqlash  davrida  nobud- 
garchiliklami  45—50  %  kamaytiradi.  Urug'lik  kartoshka  palagi  o'rib  kov- 
langanda  olingan  tuganaklar  ekilganda  hosildorlik  15—20  %  oshadi.
Kovlab  olingan  tuganaklar  dalada  3—4  soat  quritiladi,  saralanadi, 
tovar  tuganaklar  (vazni  25—30  g  ortiq)  ajratiladi.  Quritilgan  tuganak- 
laming  kesilgan  joyida  po'kaklar  hosil  bo'ladi,  chirishning  oldi  olinadi.
Saqlash.  Kartoshkani  saqlash  davridagi  nobudgarchilikning  asosiy 
sababi  —  tuganaklarning  mexanik  shikastlanishi  va  kasallanishi.  Shuning 
uchun  hosilni  yig'ishtirish,  saralash,  tashish,  saqlashga  tayyorlash  dav­
rida  tuganaklarning jarohatlanishini  minimal  darajaga  keltirishdir.  Tuga­
naklar  tarkibida  suv  miqdori  75  %  va  undan  ham  ko'p  bo'ladi.  Shu­
ning  uchun  ular  past  yoki  yuqori  haroratga  juda  ta’sirchan.  Tuganaklar 
yig'ishtirib  olingandan  keyin  ularda  fiziologik  va  biokimyoviy  o'zgarishlar
270
www.ziyouz.com kutubxonasi

sodir  bo'ladi.  Ko'pgina  navlarda  hosil  yig‘ishtirilgandan  keyin  tuganak- 
larning  yetilish  davri  20—30  kunga  cho'ziladi.  Bu  davrda  nafas  olish 
natijasida  tuganaklar  massasi  kamayadi,  ulardan  suv,  karbonat  angidrid, 
issiqlik  ajraladi.
Kartoshkaning  nafas  olishi  qishga  borib  kamayadi,  bahorda  yana 
kuchayadi.  Shikastlangan  tuganaklarda  po'kak  hosil  bo'lish jarayoni  yetarli 
havo,  harorat  (20  °C),  havoning  nisbiy  namligi  85—95  %  bo‘lgan  sha- 
roitda jadal  kechadi.  Kovlab  olingan  tuganaklarda  dastlabki  10—15  kun 
davomida  yuqori  harorat  va  namlik  saqlanadi.  Bu  davr  «davolash  dav­
ri»  deyiladi.  Keyin  harorat  sekinlik  bilan  2—3  °C  ga  keltiriladi.
Kartoshka  o'ralarda  saqlanish  uchun,  sizot  suvlar  chuqur  joylash­
gan,  nishab,  quruq  joylar  tanlanadi.  O'ralar  kengligi  0,6—0,8  m,  chu- 
qurligi  0,7—0,9  m,  uzunligi  2,5—4  m  qilib  qazlladi.  O'raning  usti  25— 
40  sm  qalinlikda  nishab  qilib  tuproq  bilan  yopiladi.  Ekishga  20—30 
kun  qolganda  kovlab  olinadi.
Kartoshka  tuganaklari  omborlarda  saqlanganda  eshik-derazalar  ber- 
kitiladi  va  juda  qattiq  sovuq  bo'lganda  isitish  chora-tadbirlari  ko'rib 
qo'yiladi.
Urug'lik  kartoshkani  saqlashda  M —1,  ТВ,  MKR—1  preparatlarini 
qo'llash  tuganaklaming  unishini  kechiktiradi,  vaznining  yo'qolishini  ka- 
maytirib,  hosildorlikni  oshiradi.
Kartoshkadan  0 ‘zbekiston  sharoitida  ikki  hosil  yetishtirish  xu­
susiyatlari.  Kartoshkani  ikki  hosilli  ekin  sifatida  yetishtirishda  —  yan- 
gi  kovlab  olingan  tuganaklar  yozda  qayta  ekiladi  va  ikkinchi  hosil 
olinadi.  Bu  usulda  kartoshka  yetishtirishda  urug‘larni  uzoq  yozgacha 
saqlashga  zaruriyat  qolmaydi,  urug'lar  nobudgarchiligi  kamayadi, 
urugMarni  ekologik  va  virusli  aynishining  oldi  olinadi,  urug‘likning  nav 
va  ekinboplik  sifatlari  yaxshilanadi,  urug'likning  ko‘payish  koeffitsienti 
ortadi.  Ikki  hosilli  ekin  asosida  yetishtirilgan  tuganaklar  yirik,  silliq, 
rangdor  bo'lib  yaxshi  saqlanadi,  kech  nishlaydi,  o‘sish  davri  uzoq  da- 
vom  etadi,  tuganaklaming  shakllanishi  nisbatan  salqin  —  sentabr-ok- 
tabr  oylariga  to£g‘ri  keladi.
Kartoshkaning  yangi  kovlab  olingan  tuganaklarini  ekish  uchun  ti- 
nim  davri  qisqa,  tezpishar  X ibin-3,  Xibinskiy  dvuurojayniy,  Imandra, 
Zinda—28,  Saxro^-32,  Bahro—30  navlari  yaratildi.  Ikki  hosilli  ekin  sifa­
tida  o‘stirish  uchun  Zarafshon,  Sante,  Nevskiy,  Marfona,  Ramona, 
Ogonek  navlari  yaroqli.
Yangi  kovlab  olingan  tuganaklar  ekilganda  tuganaklar  sekin  ko'karadi, 
maysalar  bir  tekis  hosil  bo‘lmaydi,  0‘simlik  yer  usti  massasi  yaxshi  rivoj- 
lanmagan,  mayda,  barg  sathi  kichik  1—2  poya  hosil  qiladi.  Ammo 
o'simlik  ko'kargach,  jadal  rivojlanadi,  tuganaklar  erta  hosil  bo'ladi, 
o'simlikdagi  stolonlar  qisqa  bo'ladi,  bir  tup  o'simlikda  hosil  bo'lgan 
tuganaklar  soni  5—8  tadan  oshmaydi.
Yangi  kovlab  olingan  tuganaklarni  ekish  uchun  mo'ljallangan  pay-
Katalog: books -> kollej va otm darsliklari -> biologiya
kollej va otm darsliklari -> O liy V a 0 ‘rta m a X su s ta’l im va z ir L ig I j  r a y e V Z. M. Zam o nav iy d a V la t is h y u r it is h n a z a r iy a si
biologiya -> Odam fiziologiyasi
kollej va otm darsliklari -> 0 ‘zbekist0n respublikas1 oliy va 0 ‘rta maxsus ta’lim vazirligi 0 ‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi
kollej va otm darsliklari -> F. I. Xaydarov, N. I. Xalilova
kollej va otm darsliklari -> N. sh erm u h a m ed o V a falsafa va fan metodologiyasi
biologiya -> 0 ‘z b e k ist 0n respublikasi oliy va o rta mahsus ta’lim vazirligi c. M. Mustafayev, 0 ‘. A. Ahmedov
biologiya -> Ovqat hazm qilish va ovqatlanish fiziologiyasi
biologiya -> N. X. Shomirzayev tibbiyot fanlari doktori, professor
biologiya -> 0 ‘z b e k ist 0n respublikasl oliy va 0 ‘rta m ax sus ta’lim vazirligi a. T. G‘ofurov, S. S. Fayzullayev

Download 216 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   49




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling