R. O. Oripov, n X. Xalilov


www.ziyouz.com kutubxonasi konusda  ko'proq,  ichki  konusdan  tashqi  konusga  to'kilish  o'sa  boradi


Download 216 Kb.
Pdf ko'rish
bet40/49
Sana16.02.2017
Hajmi216 Kb.
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   49

308
www.ziyouz.com kutubxonasi

konusda  ko'proq,  ichki  konusdan  tashqi  konusga  to'kilish  o'sa  boradi, 
bir  konus  doirasida  pastdan  yuqoriga  qarab  asta-sekin  kamaya  boradi.
Hosil  organlarining  to'kilishiga  namning  ko'p  yoki  ozligi,  oziqa  ele- 
mentlari  va  uglerodning  yetishmasligi,  azotning  ortiqchaligi,  yorug'likning 
kamligi,  harorat  yuqoriligi,  zararkunanda  va  kasallikka  chalinishi,  urug' 
kurtakning  urug'lanmasligi  sabab  bo'ladi.
Haroratga  talabi.  G'o'za  issiq  tropik  zonadan  kelib  chiqqanligi  uchun 
ham  issiqqa  talabchan  bo'ladi.  Chigit  unib  chiqib  normal  o'sishi  va 
rivojlanishi  uchun  mo'tadil  (optimal)  harorat  25—35  °C  hisoblanadi. 
Harorat  17  °C  ga  tushganda  rivojlanish  susayib  qoladi.
G'o'zaning  zo'rg'a  rivojlanishi  va  chigitning  una  boshlashi  uchun 
minimal  (pastki)  harorat  10—12  °C  hisoblanadi.  Harorat  0  °C  dan  pastga 
tushganda  uni  sovuq  uradi,  yosh  maysalarni  —1  —2  °C,  voyaga  yetgan 
g'o'zalami  —3—5  °C  sovuq  zararlaydi.
Harorat  36—37  0  dan  oshganda  (maksimal)  g'o'zaga  ortiqchalik  qi­
ladi,  40  °C  esa  rivojlanishiga  salbiy  ta’sir  ko'rsatadi.
G'o'zaning  har  xil  rivojlanish  davri  uchun  turlicha  harorat  zamr bo'ladi 
yoki  ma’lum  rivojlanish  davrini  o'tishi  va  tugallanishi  uchun  ham  ma’lum 
harorat  yakunini  talab  qiladi,  ana  shu  harorat  yakuni  foydali  (effektiv) 
harorat  deb  yuritiladi.  Havoning  o'rtacha  sutkalik  haroratidan  o'simlikdagi 
ma’lum  rivojlanish  davri  o'tishi  mumkin  bo'lmay  qoladigan  darajaga  yet­
gan  harorat  olib  tashlansa,  foydali  harorat  miqdori  kelib  chiqadi.
Harorat  yakunini  hisoblashda  shartli  ravishda  gullashgacha  quyi  che- 
gara  harorati  +10  °C,  gullashdan  keyin  +13  °C  qilib  olish  mumkin.
G'o'zaning  tur  va  naviga,  tez  yoki  kechpisharligiga  qarab  foydali 
harorat  yakuni  1600—2000  °C  gacha  yetadi.
Yorug‘likka  mimosabatL  G'o'za  yorug'sevar  o'simlik.  Uning  barg 
shapaloqlari  kun  bo'yi  quyosh  nuri  tushishiga  qarab  o'z  holatini 
o'zgartirib  boradi.
Yorug'lik  yetishmay  qolsa,  shona  va  kurtakchalar  ko'p  to'kilib  ketadi, 
fotosintez  jarayoni  sekinlashadi,  hosildorlikka  putur  yetadi.  Masalan, 
quyoshli  kunda  (№  169  nav)  1  m2  barg  sathida  bir  soatda  1,46  g 
moddani  assimilatsiya  qilgan  bo'lsa,  bu  raqam  bulutli  kunda  0,06  gramm- 
ga  tushib  qolgan  (A.  Blagoveshchenskiy).
G'o'za  tipik  qisqa  kun  o'simligi  bo'lganligi  uchun  yorug'  kunning 
uzunligiga  jiida  ta’sirchan  bo'ladi.  Tajribalarda  kun  uzunligini  sun’iy  ra­
vishda  9—12  soatga  keltirish  g'o'za  rivojlanishini  tezlashtirib,  yaxshi  na- 
tijalar  olingan,  ya’ni  hosil  shoxning  pastroqdan  paydo  bo'lishi,  shonalash, 
gullash  va  pishishi  barvaqt  kechadi.  Bundan  seleksiya  yo'lida  keilg  foy­
dalanish  mumkin.  Biroq,  ekiladigan  suptropik  shakllari  kun  uzunligi 
13—15  soat  va  undan  ortiq  bo'lganda  maromida  o'sib  rivojlanaveradi.
Yorug'likni  boshqarish  uchun  ekin  ekish  yo'nalishini,  ekish  sxema- 
sini  tanlash,  tup  sonini  to'g'ri  belgilash,  begona  o'tlarga  qarshi  kurash 
ahamiyatlidir.
309
www.ziyouz.com kutubxonasi

Suvga  talabi.  G'o'za  qirg'oqchilikka  chidamli,  lekin  suvga  talabchan 
o'simlik.  Uning  transpiratsion  koeffitsienti  (1  g  quruq  moddani  hosil  qi­
lish  uchun  sarf qiladigan  suv  miqdori)  600-700  ga  teng.  Bu  raqam  o‘sish 
sharoitiga  qarab  400—800,  1000  va  undan  ham  ortiq  bo'lishi  mumkin.
Transpiratsiya  koeffitsienti  miqdori  ekin  o'stirish  sharoitiga  bog'liq. 
0 ‘simliknig  o'sish  sharoiti  qancha  yaxshi  bo'lsa,  transpiratsiya  koeffitsi­
enti  shuncha  kichik  bo'ladi,  o'simlik  suvdan  tejab  foydalanadi.
G'o'zaning  sarf qiladigan  absolut  suv  miqdori  transpiratsiyadan  farq 
qilib,  har  bir  gektar  maydonga  transpiratsiya  uchun  sutkasiga  chinbargiik 
davrida  10—12  m3,  shonalash  davrida  30—50  m3,  gullash-meva  tugish 
davrida  80—90,  100—120  m3,  pishib  yetilish  davrida  esa  30—40  m3  suv 
sarflaydi.  G'o'zaning  butun  o'suv  davrida  esa  taxminan  6000—8000  m3 
suv  sarf  bo'ladi.
Oziq  moddalarga  talabi.  G 'o'za  o'simligi  butun  yer  ustki  qismlari 
bilan  birga,  1  tonna  chigitli  paxta  yaratish  uchun  eng  muhim  bo'lgan 
oziq  moddalardan  o'rtacha:  50—60  kg  azot,  10—15  kg  fosfor,  50—60  kg 
kaliy  talab  qiladi.  Boshqa  elementlardan  o'rtacha  hisobda  50  kg  kalsiy,
10  kg  dan  oltingugurt,  magniy  va  natriy,  2  kg  gacha  temir,  200  g 
gacha  bor,  50  g  mis,  1,5  kg  xlor  o'zlashtiradi.
Agar  umumiy  hosilga  nisbatan  ko'p  miqdorda  (50—60  %)  paxta 
tashkil  etadigan  qilib  parvarish  qilinsa,  oziq  moddalarning  sarfi  bir- 
muncha  kamayishi  mumkin.
Ildiz  sistemasini  vujudga  keltirish  uchun  yer  usti  massasiga  keta- 
digan  oziq  miqdordan  N —3—5  %,  R—5—7  %,  K—7—10  %  sarflanadi. 
G 'o'za  o'zining  o'suv  davrida  sarflaydigan  azot  va  fosfor  moddasini 
rivojlanish  davrlari  bo'yicha  quyidagicha  o'zlashtiradi:  shonalashgacha 
azot  7  %,  fosfor  5  %,  shonalashdan  gullashgacha  azot  46  %,  fosfor  35 
%,  gullashdan  pishishgacha  azot  44  %,  fosfor  50  %,  pishish  davrida 
esa  azot  3  %,  fosfor  10  %.
G'o'zaning  rivojlanish  davrida  oziq  moddalarning  yetarli  bo'lishi 
uning  normal  o'sishi  va  rivojlanishi  uchun  zarurdir,  yuqori  va  sifatli 
hosil  olinadi.
O'simlikka  azot  yetishmasdan  qolsa,  g'o'za  barglari  mayda  va  ya­
shil  sarg'ish  rangli,  kalta  bo'yli,  kam  ko'sakli  bo'lib  qoladi.  Oshiqcha 
bo'lganda  g'o'za  g'ovlab  ketadi,  pishib  yetilishi  kechikadi.
Fosfor  elementi  yetishmaganda  ham  o'simlikning  ildiz  sistemasi  sekin 
rivojlanadi,  barglari  mayda  va  kalta  bo'yli  bo'lib,  barglarida  qizg'ish  tomir- 
lami  va  dog'lami  kuzatish  mumkin.  O'simlik  generativ  organlarining  paydo 
bo'lishi  kechikadi,  hosil  sifati  pasayadi.  Kaliy  yetishmaganda  bargda 
qo'ng'ir  dog'lar  paydo  bo'ladi,  sekinlik  bilan  quriydi,  buralib  tushib  ke­
tadi,  vilt  bilan  kasallanishi  kuchayadi,  hosil  sifati  pasayadi.
Mikroelementlarni  (bor,  marganes,  mis  va  boshqalar)  qo'llash  g'o'za 
gullarining  otalanish jarayoniga  ijobiy  ta’sir  ko'rsatadi.  O'simlikning  kasal- 
likka  chidamliligi  oshadi.
310
www.ziyouz.com kutubxonasi

Tuproqqa  talabi.  G ‘o‘za  turli  xil  tuproqlarda  ham  o‘sa  oladi.  Biroq 
hamma  tuproqlar  g‘o‘za  uchun  to‘liq  yaroqli  boMavermaydi.  Tuprog'i  har 
xil,  lekin  sharoitlari  bir  xil  bo‘lgan  yerlardagi  g‘o‘zalardan  mo‘l  hosil  olish 
uchun  turli  miqdorda  mehnat  va  materiallar  sarflashga  to‘g‘ri  keladi.
Madaniy  qatlami  qalin,  eskidan  sug'orilib  kelinayotgan  yerlardan 
yuqori  hosil  olinsa,  yer  osti  shag'al  va  qum  qavat  yuza joylashgan  yerlar­
dan  ham  yaxshi  parvarish  qilingandagina  yuqori  hosil  olish  mumkin.
Mexanik  tarkibi  qumoq  yerlar  ham  ancha  ma’qul  hisoblanadi.  G ‘o‘za 
uchun  og‘ir  tarkibli  tuproqlar  uncha  qulay  emas,  ammo  yaxshi  parva­
rish  qilganda  mo‘l  hosil  yetishtirish  mumkin.
Sho‘rlangan  yerlar  g‘o‘za  uchun  yaroqli  emas.  Tuproqda  Cl  —  0,12—
0,14  %,  S 0 4  —  0,5—0,6  %,  qattiq  qoldiq  1,4  %  ga  yetganda  o‘simlik 
qurib  qoladi.  Cl  —  0,015—0,034  %,  S 0 4  —  0,200—0,300  %,  qattiq  qoldiq
0,400—0,700  %  bo'lganda  g‘o‘za  zaif  rivojlanadi.  Sho‘r  yerlarda  g‘o‘za 
yetishtirish  uchun,  albatta,  sho‘r  yuvish  tadbirlari  o‘tkaziladi.
G ‘o‘za  uchun  yer  osti  suvining  chuqurligi  3  m  dan  past  boMganjigi 
ma’qul,  suv  yuza  joylashgan  yerlarda  g‘o‘za  kuchli  o‘sib,  ko'sakning 
ochilishi  kechikadi.
G‘o‘za  navlari
G ‘o‘zaning  ekiladigan  barcha  navlari  ikki  guruhga:  1.  Uzun  (in­
gichka)  tolali;  2.  0 ‘rta  tolali  navlarga  boiinadi.  Uzun  (ingichka)  tolali 
navlar  1,  II,  III  tip  tolalar  bersa,  IV,  V,  VI  tip  tolalar  esa  o‘rta  tolali 
g‘o‘za  navlaridan  olinadi.  Quyida  ikkala  guruhda  ekilayotgan  ayrim 
navlarning  tavsifini  keltiramiz,
IV,  V,  VI  tip  tolali  o‘rta  tolali  g‘o‘za  navlari.
Viloyat  va  tumanlarda  Davlat  nav  sinovidan  o ‘tgan,  tuproq-iqlim 
sharoitiga  mos  bo‘lgan  bir  necha  navlar  ekilmoqda.  Quyida  ana  shun- 
day  ayrim  navlarning  tavsifi  keltiriladi.
Namangan—77.  G.S.  Zaysev  nomidagi  G ‘o‘za  seleksiyasi  va  urug‘chiligi 
ilmiy-tekshirish  instituti  va  Qizil  Rovot  tajriba  xo‘jaligida  yaratilgan.  Nav 
o'rtapishar.  0 ‘suv  davri  110—125  kun.  Vilt  kasalligiga  chidamli.  Bir 
ko‘sakdagi  paxta  vazni  5,2  g,  tola  chiqishi  33,3  foiz,  shtapel  uzunligi
33,7  mm,  tolaning  uzilish  kuchi  4,7  gk,  metrik  soni  5600,  nisbiy  uzilish 
kuchi  26,2  gk/teks.  Tolasi  V  tip.  Hosildorligi  gektariga  o‘rtacha  44  s.
Unumdor  bo‘z-o‘tloq  va  o‘tloq-botqoq  tuproqlarda  gektariga  80—90 
ming  tupdan,  sho'rlangan  yerlarda  120—140  ming  tupni  tashkil  etgani 
ma’qul.
Bo‘z  tuproqlarda  o‘g‘itlarning  me’yori  gektariga  N —250;  P—175; 
K—125  kg.
Toshkent—6.  Bu  nav  0 ‘zbekiston  FA  ning  0 ‘simliklar  biologiyasi 
ilmiy-tadqiqot  institutida  yaratilgan  va  1981-yilda  reyestrga  kiritilgan. 
Nav  ancha  tezpisharligi  tufayli,  ko'pincha  qayta  ekishga  mo‘ljallangan.
311
www.ziyouz.com kutubxonasi

Vilt  kasalligiga  chidamli.  Ko'sakdagi  paxta  vazni  o'rtacha  6,0—6,5  g, 
tolasining  uzunligi  34,5  —36,0  mm,  uzilish  kuchi  4,5—4,7  gk,  metrik 
soni  6000,  nisbiy  uzilish  kuchi  27—28,2  gk/teks.  Hosildorligi  gek­
tariga  39—50s.
Gektariga  ko'chat  qalinligini  110—120  mingdan,  130—140  ming- 
tagacha  yetkazish  mumkinligi  isbotlangan.  O'g'itning  me’yori  gektariga: 
N —200—250;  P—140—175;  K—100—125  kg.
S—6524.  G.S.  Zaysev  nomidagi  G 'o'za  seleksiyasi  va  urug'chiligi 
ilmiy-tekshirish  institutida  duragaylash  yo'li  bilan  yaratilgan.  O'rtapishar. 
Tola  uzunligi  35,2  mm,  metrik  soni  6350,  uzilish  kuchi  4,5—4,6  gk, 
nisbiy  uzilish  kuchi  28,5  gk/teks,  tola  chiqishi  33—34  foiz.  Tolasi  IV 
tipga  kiradi.
S—6530.  G.S.  Zaysev  nomidagi  G 'o'za  seleksiyasi  va  urug'chiligi 
ilmiy-tekshirish  institutida  duragaylash  yo'li  bilan  yaratilgan.  O'rtapishar 
navlar  guruhiga  kirib,  vilt  kasalligiga  chidamli.  O'suv  davri  114—124 
kunni  tashkil  etadi.  Bir  ko'sakdagi  paxta  vazni  5,4—6,2  g,  tola  chiqishi 
36,8—37,2  foiz,  shtapel  uzunligi  35,2  mm,  tolaning  uzilish  kuchi  4,5  gk, 
metrik  soni  6020,  nisbiy  uzilish  kuchi  27,1  gk/teks.  Hosildorligi  gek­
tariga  40—48  s  gacha  yetadi.  Ko'chat  qalinligi  gektariga  90—100  ming 
tupga  to'g'ri  keladi.  Bo'z  tuproqlarda  azotning  maqbul  me’yori  250, 
fosfor  —  175,  kaliy  —  125  kg/ga.
Oqdaryo—5.  Bu  nav  O'zbekiston  paxtachilik  ilmiy-tekshirish  insti- 
tutining  Samarqand  filialida  duragaylash  yo'li  bilan  yaratilgan.  Nav  in­
tensiv  tipda  bo'lib,  tezpishar  navlar  guruhiga  mansub.  O'suv  davri 
120—130  kun.  Ko'saklarning  ochilish jarayoni  tez  kechadi.  Bir  ko'sakdagi 
paxtaning  vazni  6,5—7,0  g,  1000  dona  chigit  massasi  110—130  g,  tolaning 
shtapel  uzunligi  34—35  mm,  tola  chiqishi  36  foiz,  tola  pishiqlgi  4,6—
4,7  gk,  metrik  soni  5800—5900.
Hosildorligi  tuproq-iqlim  sharoitiga  qarab  gektaridan  42—45  sent- 
nergacha  bo'ladi.
Oqdaryo—6.  Nav  O'zbekiston  paxtachilik  ilmiy-tekshirish  institutining 
Samarqand  filialida  duragaylash  yo'li  bilan  yaratilgan.  O'suv  davri 
120—125  kun.  Ko'sak  yirikligi  6,5—7,0  g.  Tolasining  uzunligi  33—34  mm, 
tola  chiqishi  esa  35—36  foiz.  Tola  pishiqligi  4,6  gk  bo'lib,  tolaning  metrik 
soni  5900—6000,  tolaning  uzilish  uzunligi  28,3  gk/teks.  1000  dona  chi­
gitning  massasi  120—125  g.  Hosildorligi  Samarqand  viloyatining  turli  tup- 
roq-iqlim  sharoitida  gektaridan  30—45  sentnergacha,  tolasi  V  tip.
Yulduz.  O'zbekiston  Fanlar  Akademiyasining  O'simliklar  biologiyasi 
institutida  O.  Jalilov  tomonidan  tanlash  yo'li  bilan  yaratilgan.  O'suv 
davri  115—120  kun.  Ko'sakdagi  paxta  vazni  6,5—7,5  g,  tola  chiqishi 
39—40  foiz,  tola  uzunligi  33—34  mm,  tolaning  uzilish  kuchi  4,5—4,7  gk, 
nisbiy  uzilish  kuchi  26,4—27  gk/teks,  tolasi  V  tipga  mansub.
S ~ 4727.  G.S.  Zaysev  nomidagi  g'o'za  seleksiyasi  va  uaig'chiligi 
institutida  1961-yilda  duragaylash  yo'li  bilan  yaratilgan.  O'suv  davri  132—
312
www.ziyouz.com kutubxonasi

136  kun.  Ko'sakdagi  paxta  vazni  6,3—6,8  g,  tola  chiqishi  36  foiz,  sh- 
tapel  uzunligi  33,2  mm,  tolaning  uzilish  kuchi  4,6—4,8  gk,  metrik  soni 
5470—5600,  nisbiy  uzilish  kuchi  26,2  gk/teks.  Tolasi  V  tip.  Kasallikka 
chidamsiz.
Buxoro—6.  O'zPITI  ning  Buxoro  paxtachilik  filialida  turlararo  duru- 
gaylash  yo‘li  bilan  yaratilgan.  0 ‘rtapishar.  Ko'sakdagi  paxta  vazni  7,2  g. 
Tola  chiqishi  36,5  foiz,  tola  uzunligi  34  mm,  metrik  soni  6020,  to­
laning  uzilish  kuchi  4,5—4,6  gk,  nisbiy  uzilish  kuchi  28,3  gk/teks.
175-f.  0 ‘zbekiston  PIT!  ning  Andijon  filialida  duragaylash  yo‘li  bi­
lan  yaratilgan,  o‘rtapishar,  ko‘sagidagi  paxta  vazni  5,2—5,6  g,  tola  chi­
qishi  33—34  foiz,  shtapel  uzunligi  35—36  mm,  nisbiy  uzilish  kuchi  26,4—
27,9  gk/teks.  Vilt  kasalligiga  chidamli.  Tolasi  IV  tip.
Sharof—75.  Bu  nav  0 ‘zbekiston  Respublikasi  Fanlar  Akademiyasi- 
ning  0 ‘simliklar  biologiyasi  institutida  yakka  tanlash  yo'li  bilan  yara­
tilgan.  Navning  o‘suv  davri  117—120  kun.  Balandligi  100—120  sm,  tupi 
g‘uj  o‘sadi.  Tola  uzunligi  33—34  mm,  tola  chiqishi  37—38  foiz,  metrik 
soni  5800-6000,  nisbiy  uzilish  uzunligi  26,5—27,5  gk/teks.  Tolasi  IV-V 
tipga  mansub.  Ko‘sak  yirikligi  5,0—5,5  g,  1000  dona  chigit  massasi  110 
grammgacha.  Ko‘saklarning  ochilish  tezligi  katta.  Vilt  bilan  kasallanishi 
5—10  foiz.  Hosildorligi  o‘rtacha  gektardan  40—49  sentnergacha.
Omad.  Nav  G.S.  Zaysev  nomidagi  G ‘o‘za  seleksiyasi  va  urug'chiligi 
ilmiy-tekshirish  institutining  olimi  R.Kim  tomonidan  yaratilgan.  0 ‘suv 
davri  115—118  kun.  G ‘o‘zaning  bo‘yi  80—90  sm  ga  boradi.  Ko'saklari 
tanaga  yopishgan  holda  joylashgan.  Ko‘saklar  og'irligi  5,0—5,5  g.  Gek- 
taridan  olinadigan  hosildorlik  40  sentnergacha.  Tola  chiqishi  35—36  foiz. 
Tolasining  uzunligi  esa  33—34  mm  ni  tashkil  qiladi.  Tolasi  V  tipga 
mansub.  Mikroneyr  ko‘rsatkichi  4,5—4,6.
Har  gektariga  95—100  ming  tup  ko‘chat  qoldiriladi.  Suvga  talabi 
o‘rtacha,  vilt  bilan  zararlanishi  5—8  foizni  tashkil  qiladi.  Mineral 
o‘g‘itlarga  talabi  o‘rtacha.
Navbahor.  Nav  0 ‘zbekiston  genetika  va  o'simliklar  eksperimental 
biologiyasi  institutining  olimi  akademik  D.  Musayev  va  Gubanova  tomo­
nidan  yaratilgan.  Chigit  unib  chiqqandan  to  paxta  pishguncha  118—120 
kun  talab  qilinadi.  G‘o‘za  shoxlanmaydi,  ko‘saklari  tanaga  yopishgan  holda 
bo‘ladi.  Gektaridan  40  sentner  va  undan  ko‘p  hosil  olish  mumkin.  Tola 
chiqishi  35—36  foiz,  tolasining  uzunligi  esa  33—34  mm  ni  tashkil  qiladi. 
Tolasi  V  tipga  mansub.  Chigiti  boshqa  navlar  chigitiga  nisbatan  mayda.
H ar  gektariga  100—110  ming  tup  o ‘simlik  qoldiriladi.  Nav 
qurg‘oqchilikka,  viltga  chidamli,  mineral  o‘g‘itlarga  talabi  o‘rtacha.
Gulbahor.  O'zbekiston  FA  «Biolog»  Ilmiy  ishlab  chiqarish  Bir- 
lashmasida  S-4534.  x  L—434  avlodidan  yakka  tanlash  yo‘li  bilan  yaratil­
gan.  Bo‘yi  100—120  sm.  Tup  piramidasimon,  0—1  monopodial  shoxi 
hosil  qiladi.  Ko‘sagi  tuxumsimon,  cho‘zinchoq  uchli,  1000  dona  chigit 
vazni  128  g.  Hosildorligi  gektaridan  46,3  sentnergacha.  Tola  chiqishi
313
www.ziyouz.com kutubxonasi

38,1  foiz,  ko'sak  yirikligi  5,7  g.  Vilt  bilan  kasallanish  darajasi  II  foiz- 
gacha.  O'suv  davri  125—138  kun.  Tolasi  V  tipga  mansub.
Mehr.  O'zbekiston  o'simliklar  eksperimental  biologiyasi  instituti  olimi 
akademik  O.  Jalilov  tomonidan  yaratilgan.  Nav  chigit  unib  chiqqandan 
to  paxta  pishganga  qadar  119—123  kunni  talab  qiladi.  G'o'zaning  bo‘yi 
90—100  sm  ga  boradi.  Shoxlanishi  0,5—1  tipga  mansub.  Ko'saklarining 
og‘irligi  5,5—6  grammni  tashkil  qiladi.  Qurg‘oqchillikka  chidamsiz,  vilt 
kasalligi  bilan  zararlanishi  o'rtacha,  mineral  o'g'itlarga  talabchanligi 
kuchli.  Har  gektaridan  45  sentnergacha  hosil  olish  mumkin.  Tola  chi­
qishi  35—36  foiz,  tola  uzunligi  33—35  mm  ni  tashkil  qiladi.  Nav  V 
tipga  mansub.  Har  gektariga  95  mingta  nihol  qoldiriladi.
An-Chillaki—1.  O 'zbekiston  Respublikasi  Fanlar  Akademiyasi 
O'simliklar  biologiyasi  institutida  yaratilgan.  Nav  juda  tezpishar,  o'suv 
davri  100—110  kun.  Past  bo'yli  bo'lib,  balandligi  60—70  sm  gacha. 
Hosildorligi  o'rtacha  gektaridan  25—35  sentnergacha.  Nav  tezpishar 
bo'lganligi  uchun  vilt  kasalligiga  chalinguncha  rivojlanish  davrlarini 
o'tishga  ulgura  oladi.  Navni  boshoqli  don  ekinlari  yoki  ayrim  yem- 
xashak  ekinlaridan  keyin  ekish  mumkin.  Undan  takroriy  ekin  sifatida 
yoki  qalin  tup  son  hosil  qilish  uchun  foydalanish  paxtachilikda  yangi 
yo'nalishni  vujudga  keltirish  mumkin.
Chimboy—3010.  Qoraqalpog'iston  dehqonchilik  ilmiy-tekshirish  ins­
titutida  A.V.  Bereznikovskaya  va  boshqalar  tomonidan  tanlash  yo'li  bi­
lan  yaratilgan.  Ko'sagidagipaxta  vazni  6,3  g,  tola  chiqishi  37,6  foiz, 
uzilish  kuchi  4,5—4,6  gk,  metrik  soni  5860,  nisbiy  uzilish  kuchi  25,4—
26,9  gk/teks.  V  tip  tola  beradi.  Nav  o'rtapishar,  kasallikka  chidamli.
An—Bayovut—2.  O'zbekiston  FA  ning  O'simliklar  biologiyasi  insti­
tutida  S.  Sodiqov  va  boshqalar  tomonidan  yaratilgan.  Tezpishar  nav. 
O'suv  davri  129—130  kun.  Ko'sagidagi  paxta  vazni  6,5—7,0  g.  Tola 
chiqishi  35—36  foiz,-  tola  uzunligi  34—35  mm,  tolaning  uzilish  kuchi 
26,1—26,7  gk  teks.  Tolasi  V  tip.
S—2609  g'o'za  navi  O'zbekiston  G'o'za  seleksiyasi  va  unig'chiligi  il- 
miy-tadqiqot  institutida  yaratilgan.  «S—2609»  g'o'za  navi  Gossipium  xirzu- 
tum  L  botanik  turiga  mansub  bo'lib,  1541  raqamli  seleksion  tizmasidan 
yakka  tanlov  yo'li  bilan  olingan.  Yangi  nav  mualliflari:  P.Sh.  Ibrohimov, 
F.V.  Voytenok,  Ye.  Shadraimov,  S.  Nizamov,  M.  Saidahmedov  va  boshqalar.
G 'o'za  navining  poyasi  baquvvat,  yotib  qolmaydi,  bo'yi  90—100  sm, 
tupi  qisqa  piramida  shaklida,  o'suv  shoxlari  0—1  tagacha.  Ko'sagi  yirik, 
tuxumsimon  shaklda  bo'lib,  uchli,  asosan,  besh  chanoqli.  Ko'sak  vaz­
ni  6,5—7,0  g.  Tola  chiqishi  37—38  foiz.  Urug'i  o'rtacha  kattalikda 
bo'lib,  1000  dona  urug'ining  og'irligi  o'rtacha  130  grammni  tashkil 
qiladi,  moy  miqdori  19—20  %.  Paxtasi  oq  rangda,  tolaning  shtapel 
uzunligi  34,5-35  mm,  mayinligi  5700-5800,  bir  dona  tola  pishiqligi
4 ,5 -4 ,7   gk,  mikroneyr  ko'rsatkichi  4,1-4 ,4 ,  solishtirma  uzilish  kuchi 
27—28  km.  Tolasi  V  tip.
314
www.ziyouz.com kutubxonasi

Armug'on.  Bu  nav  L—9263  x  L—541  duragay  kombinatsiyalarini 
o'zaro  chatishtirib  ko'p  marotaba  yakka  tanlash  orqali  yaratilgan.  Mual- 
liflari:  P.G.  Gubanova,  O.D.  Jurayev,  J.A.  Musayev,  Z.Yu.  Sodiqova.
Hosildorligi  gektariga  48—55  sentner,  bitta  ko'sakdagi  paxta  vazni
6,0—6,5  g.  O'suv  davri  120—125  kun,  tola  chiqimi  38—39  foiz,  tola 
uzunligi  33—34  mm,  metrik  nomeri  5650,  solishtirima  uzilish  kuchi
25,6  gk.  teks,  tolasi  V  tip.  Vilt  bilan  zararlanishi  5,1—11  foiz.  Armug'on 
g'o'za  navi  1999-yilda  rayonlashtirilgan.
Gulsara.  «Gulsara»  navi  g'o'zaning  «Soyuz  N1X1—11»  (L—112x175) 
x  (S=2602xAshxobod—25)  navini  1000  rengen  nuri  ta’sirida  nurlantirish 
oqibatida  o'zgargan  turli  morfo-biologik  va  xo'jalik  qimmatli  belgilariga 
qarab  ko'p  yillik  takroriy  yakka  tanlovlar  o'tkazib  barqarorlashgan  shaklini 
tanlab  olish  natijasida  1993-yilda  yaratilgan.
Mazkur  g'o'za  navining  mualliflari:  Q.  Bahromov,  Sh.  Ibrohimov, 
A.  Bahromov,  A.  Nuriddinov  va  S.  Ortiqov.
«Gulsara»  g'o'za  navi  serhosil,  tezpishar,  tola  chiqimi  yuqori  va  si­
fatli,  vilt  kasalligiga  chidamli.  Amal  davri  100—110  kun,  o'simlikning 
bo'yi  100—120  sm,  birinchi  hosil  shoxi  poyaning  3—5  bo'g'inida  shakl- 
lanadi,  shoxlanishi  2—2,5  tipda  bo'lib,  keng  shoxlanadi.  Ko'sagining  shakli 
dumaloq,  uchki  qismi  bigizsimon  shaklda  bo'ladi.  Bir  dona  ko'sakdagi 
paxta  vazni  5—5,6  g,  bitta  ko'sakdagi  chigit  soni  36  dan  40  donagacha, 
chigiti  tukli,  kulrang.  1000  dona  chigitning  vazni  95—100  g.  Tola  chiqi­
shi  39,0—41  %.  Tola  uzunligi  —34,0—35,0  mm.  Tolaning  metrik  raqami
—  5700—5750,  tolaning  nisbiy  uzilish  uzunligi  —  26,5  kg/teks.  Tolaning 
uzilish  quvvati  (pishiqligi)  —  4,5—4,6  gk.  Tolaning  mikroneyri  —  4,64, 
tolaning  tipi  —  IV.  G 'o'za  tupidagi  ko'saklarining  ochilish  sur’ati  yuqori 
bo'lib,  hosilining  80—90  foizi  29—30-sentabrda  ochiladi.
Buxoro—8.  Nav  gossipium  xirzitum  turiga  mansub  bo'lgan  «Buxo- 
ro—6»  naviga  bir  pallalik  o'simliklarning  fotosintez  irsiyatini  sun’iy 
o'tkazish  yo'li  bilan  yaratilgan.  Muallifi  A.M.  Battalov  va  boshqalar. 
Navning  bo'yi  90—120  sm.
Hosil  (simpodial)  shoxlari  agrotexnik  sharoitga  mos  ravishda  2  yoki
3  tip  shoxlaydi,  asosiy  poyaning  5—7  bo'g'inlaridan  chiqadi.  O'suv  shox­
lari  0—3  tagacha.  Ko'saklari  yirik,  tuxumsimon,  bir  ko'sak  paxtasining 
og'irligi  7,0—11  g.  Hosili  to'kilmaydi.  Nav  o'rtapishar.  Birinchi  ko'saklari 
50  %  ochilish  uchun  118—120  kun  talab  etiladi.  Ko'sagi,  asosan,  5  cha­
noqli,  ba’zan  4  chanoqlilari  uchrab  turadi.  Chigiti  yirik,  1000  ta  chigi- 
tining  og'irligi  120—140  g  atrofida,  tukli,  yashil,  kulrangda.
Tolasi  III  va  IV  tipga  mansub  bo'lib,  mayin  va  uzun.  Tola  chiqishi 
35—37  %  ni,  tola  uzunligi  33—36  mm  ni  tashkil  etadi.
Xorazm—126.  «Paxta»  ilmiy  ishlab  chiqarisli  birlashmasining  Xo- 
razm  tajriba  tayanch  punktida  Xorazm—125  navi dan  yakka  tanlash  yo'li 
bilan  yaratilgan.  Mualliflar:  D.  Yo'ldoshev,  K.  Matnazarov,  A.  Iskan- 
darov,  A.  Hasanova,  Sh.  Ibragimov,  Q.  Bahromov,  No  Gi  Xva.
Katalog: books -> kollej va otm darsliklari -> biologiya
kollej va otm darsliklari -> O liy V a 0 ‘rta m a X su s ta’l im va z ir L ig I j  r a y e V Z. M. Zam o nav iy d a V la t is h y u r it is h n a z a r iy a si
biologiya -> Odam fiziologiyasi
kollej va otm darsliklari -> 0 ‘zbekist0n respublikas1 oliy va 0 ‘rta maxsus ta’lim vazirligi 0 ‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi
kollej va otm darsliklari -> F. I. Xaydarov, N. I. Xalilova
kollej va otm darsliklari -> N. sh erm u h a m ed o V a falsafa va fan metodologiyasi
biologiya -> 0 ‘z b e k ist 0n respublikasi oliy va o rta mahsus ta’lim vazirligi c. M. Mustafayev, 0 ‘. A. Ahmedov
biologiya -> Ovqat hazm qilish va ovqatlanish fiziologiyasi
biologiya -> N. X. Shomirzayev tibbiyot fanlari doktori, professor
biologiya -> 0 ‘z b e k ist 0n respublikasl oliy va 0 ‘rta m ax sus ta’lim vazirligi a. T. G‘ofurov, S. S. Fayzullayev

Download 216 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   49




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling