R. O. Oripov, n X. Xalilov


Download 216 Kb.
Pdf ko'rish
bet45/49
Sana16.02.2017
Hajmi216 Kb.
#603
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   49

 
Markaziy  Osiyo,  shu  jumladan, 
O'zbekistonda  keng  tarqalgan.  Tupi  silindr  yoki  ellips  shaklida,  barglari 
bandsiz.  Barglari  mayda  bo£lganligi  uchun  tup  qalinligi  gektariga  120— 
140  ming  va  undan  ham  ortiq.  Tipik  va  och  tusli  bo£z  tuproqlarda 
xushbo£y  tipdagi,  chirindisi  ko£p  tuproqlarga  ekilib,  azotli  o£g£itlar  yuqori 
me’yorda  qo£llanilganda  sklet  yoki  yarim  xushbo£y  tipdagi  xomashyo  be- 
radi.  Bu  tipga  kiruvchi  Dyubek-44,  Dyubek—2898,  D yubek-44-07  nav­
lari  keng  tarqalgan.
Hozirda,  Basma,  Dyubek  44—07,  Izmir  navlari  Davlat  reyestriga  kiri- 
tilgan.
Tamaki  ko6chati  yetishtirish.  Tamaki  urug£larining  juda  maydaligi, 
maysalari  nozikligi  tufayli,  dastlab  parnik  va  issiqxonalarda  ko£chat  ye- 
tishtiriladi.
Parniklarga  issiq  beruvchi  materiallar  to£shalib,  urug£  chirindili  oziqa 
aralashmasiga  ekilsa,  ammo  usti  yopilmasa,  bunday  parniklar  yarim  issiq 
parniklar  deyiladi.  Ostiga  issiqlik  beruvchi  material  to£shalmasdan,  usti 
ham  ochiq  qoldirilsa,  bunday  parniklar  sovuq  parniklar  deyiladi.  Issiq
348
www.ziyouz.com kutubxonasi

parniklarda  issiqlik  beruvchi  materiallar  to£shalib  usti  plyonka  yoki  rom 
bilan  yopiladi.
Issiq  parniklarda  ko‘chatlar  aprel  oyining  ikkinchi  yarmidan  boshlab 
dalaga  o£tqazish  uchun  tayyor  bo£ladi.
Rossiya,  Qozog£iston  va  Moldaviyada  tamaki  ko£chatlari  usti  plyonka 
bilan  yopiladigan  issiqxonalarda  yetishtiriladi.
O'zbekistonda,  Tojikistonda,  Qirg£izistonda  tamaki  ko£chatlari  balandligi 
12—20  sm,  eni  1—1,5  m  pushtalarda  yetishtirilmoqda.  Ochiq  joyda 
yetishtirilganligi  tufayli,  ob-havo  salqin,  seryog'in  yillari' ko'chat  yetish- 
tirish  kechikishi  mumkin.  Ammo  yetishtirilgan  ko'chatlar  baquvvat,  chi- 
niqqan  bo£lib  yetiladi.
Oczbekiston  sharoitida  tamaki  ko£chatlari  dalaga  20-apreldan  20-may- 
gacha  o'tqaziladi.  Ko£chatlami  tayyorlash  shunga  muvofiq  holda  bajari- 
ladi.  Ko£chat  yetishtirish  davri  pamiklar  tipiga  qarab  35—40  kundan  50— 
60  kungacha  davom  etadi.  Tamaki  kocchatlarini  yetishtirish  bilan  maxsus 
ixtisoslashgan  brigadalar  shug'ullanishadi.
Ko'chatlar  janubga,  janubi-g'arbga  tomon  yocnalishda  biroz  nishab 
maydonlarda  yetishtiriladi.
Isitiladigan  parniklarda  1  m2  maydonda  2200—2500,  quyosh  nun  bi­
lan  isitiladigan  oddiy  parniklarda  1700—2000,  pushtalarga  ekilganda  1200— 
1500  donagacha  ekishga  yaroqli  ko'chat  yetishtirish  mumkin.
Um g'lam i'  ekishga  tayyorlashda,  ekishdan  3—6  kun  oldin  1:50  nis- 
batda  (20  sm3  40  %  formalin  1  1  suv)  formalin  eritmasiga  1  kg  urug\ 
suvp  matodan  yasalgan  xaltachaga  joylanib  solinadi  va  10  minut  davo- 
mida  ivitiladi.  Dorilangan  urugc  yupqa  qilib-soyada  quritiladi.  Qurigan 
urug‘lar  yana  xaltachalarga  solinib,  30  °C  haroratdagi  suvda  bir  sutka 
ivitiladi,  keyin  2—3  marta  suvda  yuvilib,  undirish  uchun  ho‘l  latta  bilan, 
yupqa  qatlam  (2—3  sm)  qilib  ocrab  qocyiladi.  Urugclar  undinlayotganda 
harorat  27—30  °C  atrofida  bo£lishi  kerak.  Bunda  termostatdan  foydalanish 
ma’qul.  Harorat  30  °C  ga  yetsa,  urug£  unishdan  tocxtaydi,  oshsa  «dim- 
lanib»  unuvchanligi  keskin  kamayadi.  UrugMar  4—5  kunda  nishlaydi. 
Nishlashning  boshlanishi  bilan  undirish  to£xtatiladi.  Bunda  o£simtalarning 
urugcdan  uzun  bo£lishiga  yo£l  qo£ymaslik  kerak.
Bir  yildan  kam  saqlangan  urug£lar  bo£lsa,  undirish  6  soat  davomida 
27-30  °C,  18  soat  15-20  °C  haroratda  o£tkaziladi.  Urug£lar  dastlabki  3 
sutka  davomida  2—3  marta  yorug£da  araiashtirilib  turiladi.  Urug£lar  bir 
tekis  nishlamasa,  g£alvirdan  o£tkaziladi,  nishlamagan  urugclar  yana  undi- 
rishga  qayta  qo£yiladi.  Nishlagan  urug£lar  0,25  sm  g£alvirdan  o£tkazilgan 
chirindiga  qo£shib  ekiladi.
Ekish  muddati.  Tamaki  urugclari  isitiladigan  parniklarda  0 £zbekiston 
sharoitida  fevralning  oxiri  mart  oyining  birinchi  o£n  kunligida,  quyosh 
nuri  bilan  isitiladigan  va  sovuq  pamiklarga  martning  birinchi,  ikkinchi 
o£n  kunligida  ekish  tavsiya  etiladi.  Isitilmaydigan  parniklarga  urug£lar  kech 
kuz  noyabr-dekabr  oylarida  ham  ekiladi.
Ekish  me’yori.  Issiq,  yarim  issiq  parniklarda  va  issiqxonalarda  1  m2
349
www.ziyouz.com kutubxonasi

ga  0,4—0,5  g,  soviiq  parniklar  va  maxsus  pushtalarga  0,5—0,6  g  urugc 
ekiladi.
Urugclami  sepishdan  oldin  parniklaming  yuzasi  tekislanib,  zichlanadi, 
sug£oriladi.  Urug£  sepilgandan  keyin  ustidan  0,4—0,5  sm  qalinlikda  elan- 
gan  chirindi  yoki  qum  sepib  chiqiladi.  Keyin  suv  sepilib,  rom  yoki  plyonka 
bilan  yopib  qo£yiladi.
Ko‘chat  parvarishi.  Urug£laming  qiyg£os  unib  chiqishini  ta’minlash 
uchun  pamikda  tuproqlar  ekishdan  maysalarni  to£la  unib  chiqishigacha 
nam  holda  ushlanadi.  Bu  davrda  tuproqning  10—12  sm  qatlami  nam  hol- 
da  saqlanadi.  Maysalar  chinbarg  chiqarib  jadal  o£sa  boshlaganda  ertalab 
yoki  kechqurun  bir  marta,  ammo  ko'proq  me’yorda  sug£oriladi.  Ko£chatlami 
parnikdan  dalaga  ekishga  2—3  kun  qolganda  sug£orish  to£xtatiladi.
Plyonka  bilan  yopilgan  parniklar  ko'proq  shamollatiladi.  Ko£chatlarning 
dastlabki  rivojlanish  davrida  parnik  ustiga  yopilgan  rom  yoki  plyonkalar
5—6  sm  ko'tarib  qo£yiladi,  ocsa  boshlagandan  keyin  kun  bo£yi  ochib 
qocyiladi,  kechalari  yopib  qo£yiladi.
Ko‘chatlarni  oziqlantirish  o'simliklarda  birinchi juft  chinbarg  chiqqan 
paytda  boshlanadi  va  10—12  kun  o‘tgach  ikkinchi,  dalaga  o'tqazishga 
10—12  kun  qolganda  uchinchi  marta  oziqlantiriladi.
Eritma  10  1  suvga  30  g  ammiakli  selitra,  50—60  g  superfosfat,  20  g 
kaliy  sulfat  solib  tayyorlanadi.  Eritma  4—5  m 2  maydonga  10  1  me’yorda 
sepiladi.
Ko'chatlami  dalaga  o'tqazishga  6—8  kun  qolganda  sug'orish  kamayti- 
riladi,  2—3  kun  qolganda  butunlay  tocxtatiladi.  Kocchatlar  parnikdan 
ko'chirib  olinishdan  1—2  soat  oldin  qondirib  sugfioriladi.
Dastlab  yetilgan  ko'chatlar  saralab  olinadi,  maydalari  3—4  kundan 
keyin  yetilgach  ko'chirib  olinadi.  Ko'chatlar  balandligi  14—15  sm,  bir  xil 
kattalikda  bo'lishi  talab  qilinadi.
Begona  oHlarga  qarshi  kurash.  Urug'lar  unib  chiqqandan  ko'chatlar 
tayyor  bo'lguncha  3—4  marta  o'toq  qilinadi.  O'toq  ertalab  va  kechki  payt- 
larda  o'tkaziladi.  Gerbitsidlardan  nitran  3,3—6,3  1/ga,  treflan  6—8  1/ga 
urug‘  ekishdan  5—6  kun  oldin  1  m2,  0,25—0,38  g  sepilganda  80—90  % 
begona  o4  yo'q  qilinadi.  Gerbitsidlar  gektariga  700  1  yoki  1  m2  ga  0,07 
1  hisobida  purkaladi.
Almashlab  ekishdagi  o‘rni.  Tamaki  bir  maydonga  surunkasiga  eki- 
laversa,  tuproq  unumdorligining  pasayishiga,  kasalliklar,  zararkunanda- 
larning  keng  tarqalishiga,  begona  o£tlar  bilan  kuchli  ifloslanishiga,  ay­
niqsa,  parazit  begona  o£tlar  —  shumg£iya,  г а ф е с Ь а к п ^   ko£payishiga 
olib  keladi,  hosildorlik,  tamaki  xomashyosi  sifati  keskin  pasayadi.
Qirg£izistonning  Uzun  tumanida  o£tkazilgan  tajribalarda  tamaki  su­
runkasiga  bir  maydonga  5  yil  ekilganda  hosildorlik  19,5  s/ga,  almashlab 
ekishda  26,2  s/ga  ni  tashkil  qilgan.
Tamaki  uchun  bedadan  keyin  ekilgan  boshoqli  don  ekinlari,  mak- 
kajo'xori,  lavlagi,  bir  yillik  oziqa  ekinlar  yaxshi  o£tmishdosh  hisobla­
nadi.  Makkajo£xori  g£o£za  va  kuzgi  tunlami  bilan  zararlangan  bo£lsa,
350
www.ziyouz.com kutubxonasi

tamaki  ekishdan  oldin  bu  hasharotlarga  qarshi  oldini  olish  chora-tad- 
birlari  ko‘riladi.
Tamakini  ituzumdoshlar  oilasiga  kiruvchi  kartoshka,  qalampir,  po- 
midor  ekinlaridan,  shuningdek,  piyoz,  karam,  kungaboqar,  bodringdan 
keyin  joylashtirish  tavsiya  etilmaydi.  Bu  ekinlarning  kasalliklari,  za- 
rarkunandalari  bir  xil.
Tamakining  o‘zi  kuzgi  don  ekinlari  va  boshqa  o'simliklar  uchun  yaxshi 
o‘tmishdosh  hisoblanadi.
Samarqand  viloyati  Urgut  tumanida  tamaki  — beda  almashlab  ekish- 
ning  8  dalali  3—2—1—2  sxemasi  keng  joriy  qilingan.  Bunda  1  dala  don 
ekinlari  bilah  beda,  2—3  dalalar  beda,  4  va  5  dalalar  tamaki,  6-donli 
ekinlar,  7  va  8  dalalar  tamaki  bilan  band  qilinadi.  Bu  sxemada  50  % 
tamaki,  37,5  %  beda  va  unga  qo‘shilib  ekiladigan  don  ekinlari,  qolgaii 
qismi  don  ekinlari  bilan  band.  Keyingi  yillarda  tamaki,  asosan,  donli 
ekinlar  bilan  almashlab  ekilmoqda.
Tamakini  oraliq  ekinlardan  keyin  ekish  keng  tarqalmoqda.  Oraliq 
ekinlardan javdar,  arpa,  xashaki  no‘xat,  burchoq,  xantal,  raps,  perkolarni 
ekish  tuproq  unumdorligini  oshirib,  fitosanitar  holatini  yaxshilaydi,  oziqa 
yetishtirishni  ko‘paytiradi.
Ularni  siderat  o‘g‘it  sifatida  qo‘llash  tamaki  hosildorligini  2—3  s/ga 
oshiradi.
Yerni  ko‘chat  o‘tqazishga  tayyorlash.  Tamaki  ekiladigan  maydonlar 
25—30  sm  chuqurlikda  kuzgi  shudgor  qilinadi.  Yerni  har  3—4  yilda  bir 
marta  40  sm  chuqur  haydash  tamaki  hosilini  20—25  %  oshiradi.  Bu  usulda 
tuproq  haydalgan  maydonlarga  yuqori  me’yorda  organik  o‘g‘itlar  solinadi.
Tamaki  bedadan  keyin  ekilsa,  bedapoyani  haydashdan  7—10  kun  ol­
din  diskli  borona  yoki  lushchinik  yordamida  yer  5—6  sm  chuqurlikda 
ishlanib,  bedaning  ildiz  bo‘g‘izidan  yuqori  qismi  qirqiladi.  Bedapoya  bi- 
rinchi  yili  30—40  sm,  ikkinchi  yili  20—22  sm  chuqurlikda  haydaladi. 
Pluglarga  PM—16  chimqirqar  o‘matib,  bedapoyani  haydash  yaxshi  natija 
beradi.  Shumg‘iya  bilan  zararlangan  dalalar  ham  35—40  sm  chuqurlikda 
haydalishi  tavsiya  qilinadi.
Dala  erta  bahordan  ko'chatlami  o'tqazishgacha  2—3  boronalanadi, 
ekishga  10—15  kun  qolganda  16—18  Sm  chuqurlikda  chizellanadi,  mola 
bostirilib,  sug‘orish  uchun  egatlar  olinadi.
Yer  bahorga  kelib juda  zichlashgan  bo'lsa,  otvalsiz  plug  bilan  hayda- 
lib  mola  bosiladi.
Yerlarni  ishlashda  suv  eroziyasiga  qarshi  chora-tadbirlar  qo‘llaniladi.
Ko‘chat  o‘tqazish.  Tamaki  ko'chati  qo‘lda  ekish  uchun  60—70  sm 
kenglikda  egatlar  olinadi,  qondirib  sug'oriladi.  Yer  yetilishi  bilan  ekishga 
kirishiladi.
Kb'chat  SKN—6,  SKN—6A,  SKNB—4  rusumli  ko‘chat  o ‘tqazish 
mashinatarida,  «Belorus»,  T—80,  «Jahongir»  traktorlari  bilan  o'tqaziladi.
Ko‘chat  o‘tqazish  muddati.  Ko'chat  o‘tqazish  tuproqning  10  sm  qat- 
lamida  harorat  10  °C  dan  oshishi  bilan  boshlanadi.  0 ‘zbekistonda  ta-
351
www.ziyouz.com kutubxonasi

maki  ko‘chati  aprel  oyining  uchinchi  o‘n  kunligidan  boshlab  ekiladi. 
Optimal  muddatda  ekilgan  ko‘chat  mo‘l  va  sifatli  barg  hosilini  beradi.
Ko'chatni  kechikib  ekish  ekinzorning  siyraklashishiga,  hosildorlikning 
keskin  kamayishiga  sabab  bo‘ladi.  Kech  ekilganda  o'simlikning  yuqori 
yanislaridagi  barglar  yetilmay  qoladi,  bargning  tovar  va  texnologik  xu- 
susiyatlari  pasayadi.
Urgutda  olib  borilgan  tajribalarda  ko'chat  may  oyining  oxirgi  o‘n 
kunligida  o'tqazilganda  havo  va  tuproq  haroratining  yuqori,  nisbiy  nam- 
likning  past  bo‘lishi  tufayli  ko‘p  ko'chatlar  ildiz  otmasdan  nobud  bo‘lishi 
kuzatilgan.  Ko'chat  o‘tqazish  aprel  oyining  uchinchi  o‘n  kunligidan,  may 
oyining  ikkinchi  o‘n  kunligigacha  20  ish  kuni  davomida  barcha  maydon- 
larda  tugallanishi  kerak.
Ko‘chat  ekib  bo‘lingandan  keyin  2—3  kun  o'tgach,  dala  aylanib 
ko‘riladi,  xato  joylarga  ko‘chat  ekiladi.
Ko‘chat  qalinligi.  Yirik  bargli  navlar  mayda  xushbo'y  tipdagi  barglar 
beruvchi  navlarga  nisbatan  siyrakroq  o‘tqaziladi.  Mayda  bargli  xushbo‘y 
tipdagi  barglar  beruvchi  navlar  siyrak  ekilganda  barg  sathi  qattiqlashadi, 
o'zagi  qalinlashib,  dag'allashadi  va  shu  tipga  xos  bo‘lmagan  belgilarga 
ega  bo‘ladi.  Unumdor  yerlarda  zichroq,  unumdorligi  past  tuproqlarda 
siyrak  o'tqaziladi.
Urgutdagi  tajribalarda  Dyubek—2898  navi  uchun  optimal  tup  qalinli­
gi  116,6  ming/ga  (60x10)  hosildorlik  45,2  s/ga,  238,1  ming/ga  (60x7) 
bo‘lganda  hosildorlik  52,6  s/ga  ga  yetgan.  Amerikan—287S  navida  eng  yu- 
qori  va  sifatli  barg  hosili  tup  qalinligi  166,6  ming/ga  bo'lganda  50,7  s/ga  ga 
yetgan.
Ilg'or  xo'jaliklar  gektariga  180—200  ming  ko‘chat  ekib  yuqori  hosil 
olishmoqda.  Izmir  navi  gektariga  300—350  ming  tup  qalinlikda  ekiladi.
0 ‘g‘itlash,  sug‘orish,  parvarish.  Tamaki  1  s  quaiq  barg  hosil  qilishi 
uchun  tuproqdan  4—6  kg  azot,  1,5—2  kg  fosfor,  9—10  kg  kaliy 
o‘zlashtiradi.  Gektaridan  20  s  barg  hosil  qilish  uchun  120—180  kg  azot, 
45—60  kg  fosfor,  270-300  kg  kaliy  sarflanadi.
0 ‘zbekiston,  Qirg'iziston,  Tojikistonda  o‘tkazilgan  tajribalarda 
sug‘oriladigan  yerlarda  tuproq  unumdorligiga  qarab  90—120  kg  azot,  90— 
120  kg  fosfor,  60—80  kg  kaliy  solish  tavsiya  etiladi.  Chirindisi  kam, 
unumdorligi  past  bo‘z  tuproqlarda,  suv  eroziyasiga  uchragan  maydon- 
larda  azotli  o‘g‘itlarning  me’yorini  20—30  %  oshirish,  barg  sifatiga  salbiy 
ta’sir  qilmagan  holda  hosildorlikning  oshishini  ta’minlaydi.
Kaliyli  o‘g‘itlardan  kaliy  sulfat  solish  yaxshi  natija  beradi.  Kaliy  xloridni 
yuqori  me’yorda  solish  tavsiya  etilmaydi.
Kaliyli  o‘g‘itlaming  hammasi,  fosforli  o‘g‘itlar  yillik  me’yorini  60—70  % 
yerni  haydash  oldidan  solinadi.  Azotli  o‘g‘itlarning  yillik  me’yori  qator 
oralariga  birinchi  va  ikkinchi  ishlov  berish  paytida  ikkiga  bo‘lib  beri- 
ladi.  0 ‘g‘itlar  kuzgi  shudgor  oldidan  STN—2,8,  TRR—4,2  o‘g‘it  se.ya-1- 
kalari,  RUM —3,  RKM—500  o ‘g‘it  sochuvchi  mashinalar  yordamida 
solinadi.
352
www.ziyouz.com kutubxonasi

Kuzgi  shudgor  oldidan  gektariga  20-30  t  chirigan  go‘ng  solinsa, 
o‘suv  davrida  solinadigan  azotli  o‘g‘itlar  me’yori  ikki  baravar  kamaytiri- 
lishi  mumkin.
Sug‘orish.  Tamaki  qator  oralari  60  sm,  chuqurligi  15—20  qilib  egat- 
lar  olinadi.  Egatlar  uzunligi,  nishabi  o'rtacha  maydonlarda  80—100  m, 
nishabi  katta  yerlarda  120  m  bo'ladi.  Har  80—120  m  masofada  mavsu- 
miy  o‘qariqlar  olinadi.  Sug‘orish  me’yori  og‘ir  tuproqlarda  gektariga  500— 
600,  qumoq  tuproqlarda  400—500  m 3  suv  beriladi.  Izmir  navi  uchun 
qator  oralari  30—40  sm  qilib  egat  olinadi.
Suv  egatlardan jildiratib  quyiladi.  Ko‘chat  o‘tqazilayotgan  paytda  ham 
egatda  suv  jildirab  oqib  turishi  lozim.
Ko‘chatni  mashinalarda,  ekish  bilan  bir yo'la  o‘simlik  tupidan  9—10  sm 
qochirib  egat  olib  ketiladi  va  oxirgi  bir  qator  qoldirilib,  qolgan  egatlarga 
ketma-ket  suv  taraladi.
Ko‘chat  o‘tqazish  davrida  tuproq  namligi  dala  nam  sig‘imiga  nisba­
tan  80—85  %  atrofida  bo‘lishi  lozim.
Tamaki  o‘suv  davrida  4—9  marta  sug‘oriladi.  Birinchi  suv  oziqlantirish 
bilan  qo‘shib  o‘tkaziladi,  ko'chat  ekilgandan  keyin  15—20  kun  o‘tgach, 
ildizlar  rivojlanib  poya,  barglar jadal  o‘sa  boshlaydi.  Barglarning  to‘q  ya­
shil  tusga  kirishi,  navbatdagi  barglarning  tez-tez  chiqishi  o‘simlikning  o‘suv 
davriga  kirganligini  ko'rsatadi.  Suv  bu  davrda  fizik  bugianishga  ketadi. 
Barglar  yer  betini  to‘liq  soyalatganda  transpiratsiya  yo‘li  bilan  suvni 
bug‘lanishi  kuchayadi.  Bu  davrda  bir  sutkada  70—80  m3  /ga  suv  sarflanadi. 
0 ‘simlik  shonalash  davrida  bir  sutkalik  suv  sarfi  100  m3/ga  ga  yetadi.  Barg 
pishishi  birinchi  va  ikkinchi  yarns  barglar  uzib  olinishi  bilan,  o'simlikning 
suvga  bo'lgan  talabi  sezilarli  pasayadi.  Izmir  navi  1—2  marta  sug‘oriladi.
Barg  yetilishi  davrida  sug'ormaslik  xomashyoning  texnologik  xusu- 
siyatlariga  va  tovar  sifatlariga  salbiy  ta’sir  qiladi.
Tamaki  barglari  texnik jihatdan  yetilgan,  ya’ni  uzishga  yaqin  sug‘orish 
tavsiya  qilinmaydi.  Sug'orilsa  barg  tarkibidagi  organik  modda  miqdori 
kamayadi.  Barg  uzish  davrida  sug‘orish  zaruriyati  tug‘ilsa,  uzishdan  2—3 
kun  oldin  yoki  uzishdan  so‘ng  sug‘oriladi.
0 ‘suv  davrida  sug‘orish  me’yori  600—900  m3/ga  bo‘lgan  holda  4—9 
marta  sug‘orilib,  mavsum  davomida  6000—8000  m3/ga  suv  sarflanadi.
Tamakini  2  —  3  —  4  sxemada  sug‘orish  CHDNS  80—70—80  % 
bo‘lganda  eng  yuqori,  sifatli  barg  hosili  olingan.
Parvarishda  optimal  namlik  yaratish,  tuproqni  ishlash,  begona  o'tlar 
va  kasalliklar,  zararkunandalarga  qarshi  kurash  ishlari  amalga  oshiriladi.
Ko'chatlar  qo‘lda  ekilganda  pushtadagi  yumshoq  tuproq  ko‘chat  yo- 
niga  tushiriladi,  bir  yo‘la  egat  ichi  ham  chopiq  qilinadi.
Tamaki  ko‘chatlari  to‘liq  ildiz  olib  o'simlik  yaxshi  avj  ola  boshla- 
gach,  qator  oralari  ikki  marta  ishlanadi.  Birinchi  kultivatsiya  6—8  sm, 
ikkinchisi  10—12  sm  chuqurlikda  yumshatilib,  10—12  sm  himoya  zonasi 
qoldiriladi.  Qator  oralariga  ishlov berish  bilan  birgalikda,  sug‘orish  o‘g‘itlash 
islilari  uyg'unlashtirib  olib  boriladi.
353
www.ziyouz.com kutubxonasi

Begona  o‘tlarga  qarshi  treflan  4  1/ga,  nitran  4—5  1/ga,  kataran  1—2 
kg/ga,  tabakron  2—3  kg/ga 
m e ’y o r d a  
gerbitsidlar  qo'llaniladi.  Gerbitsid- 
lar  ko‘chat  o'tqazishdan  kamida  15  kun  oldin  500—600  1  suvga  aralash- 
tirib  sepiladi.  Gerbitsidlarni  kech  sepish  o'simlikning  ildiz  olishiga  salbiy 
ta’sir  qiladi  va  ekinzorda  ko'chatlar  siyraklashadi.
Gul  to‘plami  va  bachki  navdalarni  yulish.  Tamaki  o‘simligining  gul 
to‘plamini  chilpish  hosildorlikni  oshirib,  barg  sifatini  yaxshilaydi.
Tuproq  unumdorligi  past,  o‘simlikning  rivojlanishi  sust  yerlarda  15— 
20  %  o‘simlik  gullaganda,  o'rtacha  unumdor  yerlarda  40—50  %,  unum- 
dor yerlarda  60—70  %  o'simlik  gullaganda  1—4  ta  barglar bilan  gul  to'plami 
qo'shib  uziladi.
Gul  to‘plami  uzilgandan  keyin  chiqqan  navdalar  8—10  sm  uzunlikka 
yetganda  uziladi.
0 ‘simlik  gul  to‘plami  va  bachki  navdalar  GMK  (gidrazid  malein  kis- 
lota)  ning  natriyli,  trietanolaminli  yoki  kaliyli  tuzlari  yordamida  quritib 
tushiriladi.  Bir  gektarga  GMK  tuzidan  20—30  kg  olinib*  600—800  1  suv- 
da  eritiladi.  0,3—0,5  kg  namlovchi  OP—10  preparati  yoki  suyuq  sovun 
qo‘shilib  g'unchalash  davridan  20—25  %  gullaguncha  purkaladi.  Eritma 
OVT—1,  OVT—1A  mashinalari  yordamida  ertalab  yoki  kechki  salqin  payt- 
lari  sepiladi.  Bu  usul  gul,  g‘unchalarni  to'kish  bilan  birgalikda  barglar 
yetilishini  ham  tezlashtiradi.
Kasalliklar,  zararkunandalarga  qarshi  kurash.  0 ‘zbekiston  sharoitida 
tamaki  qora  ildiz  chirish,  poya  chirish,  ko'chat  chirish,  shudring  bilan 
kasallanadi.  Bakterial  (bakterial  ryabuxa)  va  virusli  kasalliklar  (tamaki 
mozaikasi)  ham  uchraydi.
Kasalliklarga  qarshi  kurashda  agrotexnik  qoidalarga  rioya  qilish  muhim 
ahamiyatga  ega.  Yuqumsiz  kasalliklar  o‘simlik  uchun  noqulay  ob-havo 
sharoitida,  tuproqda  oziqa  moddalarning  ko‘p  yoki  kam  bo'lishi  tufayli 
yuzaga  keladi.  Yuqumli  kasalliklarga  virusli,  zamburug‘li,  bakteriyali  kasal­
liklar  kiradi.
Qora  ildiz  chirish,  ko‘chat  chirish  kasalliklariga  qarshi  0,5  %  bordos 
suyuqligi  1  m2  ga  1  1  purkash  yaxshi  natija  beradi.
Un  shudring bilan  kasallangan  o'simliklarni  1  %  ISO  (ohak-oltingugurt 
qaynatmasi)  bilan  ishlash  foydali.
Tamaki  shilliqqurt,  buzoqboshi,  kuzgi  tunlam,  tamaki  biti,  tamaki 
tripsi,  ko‘sak  qurti  bilan  zararlanadi.  Ularga  qarshi  kurashda  agrotexnik, 
biologik,  kimyoviy  usullardan  foydalaniladi.
Begona  o'tlardan  shumg'iya,  zarpechak  katta  zarar  keltiradi.
Tamaki  barglarining  yetilishi  va  uni  yig‘ib-terib  olish.  Ko'chat  dalaga 
o‘tqazilgandan  keyin  50—60  kun  o'tgach  birinchi  barg  terimga  yetiladi. 
Barg  yetilishi  juda  ko‘p  omillarga  bogMiq.
Bargning  uchidan  boshlab  30—40  %  sarg‘ish  tusga  kira  boshlashi, 
yuzasining  mumsimon  g'ubor  bilan  qoplanib,  to'lqinsimon  boiishi,  uch- 
lari  va  yonlari  biroz  egilishi,  qalinlashishi  va  mo‘rt  bo‘lib  poyadan  oson 
uzib  olinishi  barglarning  texnik  jihatdan  yetilganligini  bildiradi.
354
www.ziyouz.com kutubxonasi

0 ‘zbekistonda  Davlat  ro'yxatidan  o'tgan  Dyubek—2898,  Dyubek—44—
07  navlari  6—7  marta  terib  olinadi.  Har  gal  hosil  yig'ishtirlganda  3—8  ta 
barg  yulinadi.  Bir  tup  o‘simlikdan  birinchi  terimda  3—4  tagaeha,  ikkin- 
chisida  4—5,  uchinchi  va  to'rtinchisida  6—8,  beshinchisida  5—6,  so‘nggi 
terimda  4—5  ta  barg  terib  olinadi.
Tam aki  bargini  mavsumda  3—4  m arta  terib  olish  m um kin. 
0 ‘zbekistonda  tamaki  bargi  terish  iyul  oyidan  boshlab  oktabr  oyida  tuga- 
tiladi.  Iyul  oyida  hosilning  10—15  %,  avgustda  45—55  %,  sentabrda  25— 
30  %,  qolgani  oktabrda  terib  olinadi.
0 ‘simlikning  pastki  yarusidagi  barglarining  to'qimalari  yuqori  ya- 
ruslarnikiga  nisbatan  g‘ovak  bo'ladi.  Tarkibida  uglevodlar,  nikotin,  efir 
moylari,  smolalar  kam,  sifati  past  bo'ladi.  Tamaki  barglarini  uzish  ko‘chat 
barglarini  tozalashdan  boshlanadi.  Bu  tadbir  hosildorlikni  oshiradi,  mah- 
sulot  sifatini  yaxshilaydi.
Birinchi  va  ikkinchi  barglar  tez  va  bir  tekis  yetiladi.  Birinchi  yarus- 
dagi  barglar  uzib  olingandan  keyin  ikkinchi  yarusdagi  barglar  4—7  kundan 
so‘ng  pishadi.  Barglar  ertalab  va  kechqurun,  bulutli  kunlarda  kun  bo‘yi 
uziladi.  Kechqurun  uzilgan  barglarda  suv  kam,  kraxmal  va  shakar  ko‘p 
rangi  och  tusli,  tovar  sifati  yuqori  bo‘ladi.
Kunning  issiq paytlarida  barg poyadan  yaxshi  uzilmaydi,  havoda  efir  moy- 
larining  konsentratsiyasi  oshadi,  mehnat  unumdorligi  25—55  %  kamayadi.
Tamakining  o‘sishi  va  rivojlanishi  bir  xil  boim asa  barglar  saralab 
teriladi.
Tamaki  barglari  ikki  qatorda  bir  yo‘la  teriladi,  har  qoiiga  8—10  barg 
to‘plagan  ishchi  ulami  ehtiyotkorlik  bilan  qator  orasiga  qo‘yib  ketadi. 
Qator  tugagandan  keyin  barg  dastalari  ehtiyotlik  bilan  yig‘iladi  va  belgi- 
langan  joyga  tashib  chiqiladi.
Tamaki  barglarini  tizish  maydonchasiga  30—40  maxsus  quti  yoki  sa- 
vatlarda  tashilsa,  ular  shikastlanmaydi,  yaxshi  saqlanadi.  Barglarning  bandi 
tashqariga  qarab  joylanishi  kerak,  aks  holda  barglar  shikastlanib,  quritish 
paytida  qorayadi.  Yaxshisi  barglar  pmjinasimon  terilgani  ma’qul.  Bu  usul 
barglarni  tizishni  ham  osonlashtiradi.  Barglar  kanopga  yoki  simga  tizib 
chiqiladi.
Tamaki  yetishtirish  uchun  sarflangan  xarajatlarning  20—30  %  barg 
tizishga  to‘g‘ri  keladi.  Qo‘lda  tizilganda  uzunligi  60—70  sm  juvoldizda 
barglar  barg  bandlaridan  o‘tkazilib,  5—6  m  ipga  sidirib  tushiriladi.  1  m 
ipga  160—180  ta  barg  tizish  mumkin.  Sentabr,  oktabr  oylarida  havo  ha- 
rorati  pasayishi  tufayli  barglar  siyrakroq  tiziladi.  Bir  gektar  maydondagi 
mayda  bargli  tamakini  tizish  uchun  30—35  kg  ip  sarflanadi.
Download 216 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   49




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling