Radioaktivlikning kashf qilinishi


Download 18.07 Kb.
Sana27.01.2022
Hajmi18.07 Kb.
#509555
Bog'liq
OYNISO
39 2 2 darian, Document-WPS Office, davlat kadastri asoslari, Таклифнома дастур1, yakuniy nazorat кундузги 2022 yil, 3,9,1, 6,1, test 1, 4-ШАХСИЙ ТОПШИРИҚ (8), 3-ШАХСИЙ ТОПШИРИҚ (2), Python dasturlash tili haqida, 2 5199433060021444478

RADIOAKTIVLIKNING KASHF QILINISHI
Nemis fezigi Vilgelm Kondrad Rentgen 1895-yilda 8-noyabrda o’zining
qorong’u labaratoriyasida bariyning ko’kimtir platinali kristallari yaqinida
ko’kimtir nur taralayotganini ko’radi . Olimning aniqlashicha , bu hodisa
katodga oid nur tarqatadigan kruksovoy trubka yaqinida joylashgan elektr
toki bilan bog’liq edi. Maxsus qurilma necha marta elektr manbaiga ulangan
bo’lsa, shuncha marta yorug’lik sezildi.Lekin katod nurlari ko’rinmas nurlar
bo’lganligi uchun bu yorug’lik yangi fanga ma’lum bo’lmagan nur bo’lishi
mumkin edi. Rentgen bu nurlarni X-nurlar deb nomladi. Germaniya olimlari
buyuk kashfiyot oldida hayajonda qoldilar va bu nurlarni “Rentgen nurlari”deb
atashni taklif qildilar. “Rentgen nurlari”ning o’ziga xos xususiyatlari shunda
ediki , bu nurlar o’ralgan qora qog’oz , insonning yumshoq to’qimalari va
hamma predmetlardan to’siqsiz o’ta olar edi.V.K.Rentgen bu kashfiyoti uchun
1901-yili nobel mukofotiga sazovor bo’ldi .1896-yilda fransuz olimi Anri Bekkerl
o’z labaratoriyasiga uran rudasi bo’lgani bilan birga fotoplastinka olib keladi.Bu
plastinka olib kelinganiga qadar kasseta bo’lishiga qaramay kuygan edi.
SHunday qilib, insoniyat hatto atom yadrosining mavjudligini (u faqat 1911-yilda
Rezerford tomonidan kashf qilingan ) hayoliga keltirmagan bir vaqtda , ko’zga
Ko’rinmaydigan radioaktiv nurlar kashf qilindi . Aniqlanishicha , kashf qilingan
Barcha yangi nurlar o’z xususiyati bilan roentgen nurlariga yaqindir.
Radioaktivlik-ba’zi kimyoviy elementlar yadrolarining ixtiyoriy ravishda parchalanishi
oqibatida atrof - muhitga turli nurlarning tarqalishidir . Bu nurlarning tashqi muhit
bilan o’zaro ta’siri turf axil belgili ionlarning hosil bo’lishiga olib keladi.SHuning uchun
bu nurlar ionlovchi nurlar deb ataladi.
Ionlovchi radiatsiya o’zaro ta’sir qiluvchi atomlarni ionlashga yetarli energiyaga ega
bo’ladi.
Alfa, Betta,Gamma, Neytron, Rentgen nurlari kashf qilinganidan keyin ularning odam
organizmiga qanchalik salbiy ta’sir qilishini tekshirish uchun olimlar o’z qo’llari terisini
nurlantirib ko’radilar. Ionlovchi nur manbalari bilan ishlovchi va tajriba o’tkazuvchi bir
qancha olim va shifokorlar nurlanish qurboni bo’ladilar.
D.F.Reyshetilo 1906-yilda yozgan monografiyasida ionlovchi nurlanish manbalari bilan
Ishlaganda,albatta,ko’z va terini himoya qilish kerakligi to’g’risida yozadi.
RADIATSION GIGIYENA FANI VA UNING VAZIFALARI
Ionlovchi nurlarning faol ta’siri va keng ko’lamda qo’llanilishi
1928-yili(Stokgolm) radiologlarning II xalqaro kongressida radiy
va rentgen nurlaridan himoya qilish bo’yicha xalqaro tashkil
qilish uchun asos bo’ldi . Bu komissiya 1950 - yilda Radiatsion
himoya bo’yicha xalqaro komissiya deb qaytadan nomlandi.
Tarkibida deyarli barcha mamlakatlardan vakil bo’lgan mazkur
komissiya hozirgi kunda ham faoliyat yuritmoqda.
RHXK faoliyati ta’siri bilan 40-yilarda hamma mamlakatlarning
Sog’liqni saqlash Vazirliklarida radiatsion xavfsizlik xizmatlari
tashkil qilindi. Sobiq ittifoqda birinchi ixtisoslashgan labaratoriya
1945-yilda AMN SSR ning mehnat gigineyasi va kasb kasalliklari
Ilmiy-tekshirsh institutida tashkil qilindi.
Sanitariya-epidimiologiya xizmatlari tarkibida radiatsion xavfsizlik
va radiologik gurux bo’limi tashkil qilish esa 1958 - yildan keyin
boshlandi.Ittifoq tugatilgandan kiyin ham yurtimizda SES tarkibidagi
radiologik guruh va labaratoriya saqlanib qoldi.
Mazkur guruh xalq xo’jaligida,shuningdek ionlovchi nurlanish manbai
Bilan ishlaydigan barcha soxalarda radioaktiv birikmalarni qo’llaganda
radiatsion xavfsizlik masalalari bilan shug’ullanadi.Bu guruh o’z faoliyatida
radiatsion gigiyenaning asosi to’g’risidagi bilimlarga suyanadi.
Radiatsion gigiyena ionlovchi nurlanishning inson organizmiga salbiy ta’sirini,
yuzaga kelish sharoitlarini o’rganadigan va ionlovchi nurlarning organizmga
salbiy ta’sirini bartaraf qilish chora-tadbirlarini ishlab chiqadigan fan hisoblanadi.
Radiatsion gigiyenaning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:

  • Xalq xo’jaligi sohalarida qo’llaniladigan ionlovchi nurlanish manbalari turlari

va qo’llash sharoitlari bilan tanishish;
Download 18.07 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling