Rahbarlik qobiliyati


Download 15.81 Kb.
Sana25.02.2023
Hajmi15.81 Kb.
#1230077
Bog'liq
tezis


Rahbarlik qobiliyati
Annotasiya.Rahbarlik qobiliyati har bir shaxsda kuzatilishi mumkin.Faqat shaxsga ishlov,ya’ni o’z ustida ishlash joriy qilinadi .Rahbar bir qator talablarga javob berishi kerak.
Kalit so’zlar.Rahbarning ish uslubi,boshqarish metodlari,sub’ektiv unsurlari.
Rahbarlik qilish degan so’zda izohli lug’atlarga boshqarish,maslahat berish,kuzatish,yo’naltirish,ko’rsatma berish degan turli ma’lumotlar berilgan.Rahbar o’z huquq va vakolatidan umumdavlat manfaatlarini jamoa va xodimlarning shaxsiy manfaatlari bilan uyg’un olib borishda mohirona foydalanish zarur.Ammo davlat manfaatlariga putur yetkazmasdan,shaxsiy manfaatlar umummanfaatlarga bo’ysinishi lozim.Rahbarning ish uslubi –bu boshqaruv jarayonida u yoki bu masalalarni hal qilishda uning o’ziga xos yondashishidir.
Rahbarlik uslubi boshqarish metodlari bilan muayyan o’zaro aloqada bo’ladi.
Sub’ektiv unsurlari rahbarning ishchanlik va shaxsiy sifatlari; mijozi,qobiliyati,va qiziqishi,bilimi,ko’nikma va mahorati;tadbirkorligi va tashabbuskorligi kabi fazilatlaridanamoyon bo’ladi.Rahbar vazmin’har qanday vaziyatda ham o’zini tutabiladigan odobli va xushmuomala bo’lishi zarur.O’z xatti-harakatini nazorat qila oladigan,kayfiyati va sezgilarini tiya biladigan,yurish turishida bo’ysinuvchilariga o’rnak ko’rsatadigan bo’lishga majburdir.Meni xayolimdagi rahbar, qo’l ostidagi xodimlarning hech biriga hech qachon buyruq ohangida ish buyurmaydi.Buyruq berishdan ko’ra maslahat solish afzal deb bilaman.Rahbarlarning ishchanlik va ma’naviy-madaniy xislatlarini baholash amaliyoti shuni ko’rsatadiki, bunda birinchi o’rinda e’tiqodlilik topshirilgan ish uchun shaxsan javobgarlikni his qilish,halollik vijdoniylilik,kishilarga nisbata mehribonlik va e’tibor bilan munosabatda bo’lish turadi
Download 15.81 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling