Rajamurodov z. T., Rajabov a. I. Odam va hayvonlar fiziologiyasi


Download 14.15 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/51
Sana23.12.2019
Hajmi14.15 Mb.
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   51
77382

0 ‘ZBEKIST0N RE SPUBLIKASI 

OLIY VA 0 ‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI

RAJAMURODOV Z.T.,  RAJABOV A.I.

ODAM  VA  HAYVONLAR 

FIZIOLOGIYASI

0 ‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi 

tomonidan bakalavriatning 5420100 biologiya yo‘nalishi 

talabalari uchun darslik sifatida ma’qullangan.



«Tib kitob» nashriyoti 

Toshkent -  2010 yil



UDK: 611  (575.1)

28.673

R17

Rajamurodov Z.T., Rajabov A.I., «Odam va hayvonlar fiziologiyasi», 

Darslik,  0 ‘zbekiston  Respublikasi  Oliy  va  o'rta  maxsus  ta'lim 

vazirligi, Toshkent: «Tib kitob» nashriyoti, 2010. 432 bet.

B B K  28.673ya73

Mazkur darslik oliy ta’lim muassasalarining “Biologiya, ekologiya, 

tibbiyot va umumiy chorvachilik” fani o‘quv dasturi asosida tuzilgan.

Dasturga  kiritilgan  11  ta  tizimning  hayotiy  jarayonlami  bajarilishi- 

dagi  funksiyalari,  ulami  tashkil  qiluvchi  to‘qimalar,  boshqa  tashkiliy 

qismlar orasidagi fiziologik bog‘lanishlar to‘lig‘icha talqin qilingan. Faqat 

ayrim tizimlarning organizmdagi hayotiy jarayonlami bajarilishidagi о‘mi, 

funksiyalari  va  amaliyotdagi  ahamiyati  hisobga  olingan  holda  joylari 

almashtirildi.

Muharrir:  biologiya fanlari doktori, 

professor Xodjayev J.X.



Taqrizchi: biologiya fanlari doktori, 

professor Almatov K.T.

ISBN- 978-9943-348-11-0

№ 748-4073 

iN A fM N G A M   D A V L A f

IIMIVERSIT-TI

AhUorot-resurs

.rkatl

© «Tib kitob» nashriyoti, 2010 y. 



Z.Rajamurodov, A.Rajabov, 2010 y.

SO‘Z  BOSHI

“Kadrlar  tayyorlash  milliy  dasturi”  va  “Ta’lim  to‘g‘risida”gi 

qonunlaming  (1997  yil  26  avgust)  ishlab  chiqilishi  xalq  xo‘jaligini 

malakali  mutaxassislar  bilan  ta’minlash,  ishlab  chiqarishni,  ilg‘or  fan  va 

texnologiyaning  yangi  zamonaviy  xalqaro  standartlar  talablariga  javob 

beradigan  asbob-uskunalari  bilan jihozlash  va  mamlakatning  rivojlangan 

buyuk  davlatlar  qatoriga  qo‘shishdek  muhim  dolzarb  va  kechiktirib 

bo‘lmaydigan vazifalami qo‘ydi.

Qo‘yilgan  vazifalaming  ijobiy  hal  etilishi,  dastavval  yosh  avlodni 

vatanni  sevish,  xalqga,  tabiatiga  qolaversa,  uni  tashkil  qiluvchi  tarkibiy 

qismlarining har biriga  qat’iy ishonch va muhabbat ruhida  tarbiyalashdan 

boshlanadi.

Prezidentimiz  I.A.Karimov  “Bizning  farzandlarimiz  bizdan’  ko‘ra 

kuchli, bilimdon,  aqlli,  dono  va albatta baxtli bo‘lishlari  shart”  deb ularga 

juda katta umid va ishonch bildirganki, demak ulami ulug‘  maqsad yo‘lida 

tarbiyalash, har bij pedagogning ulug‘ vazifasidir.

Buning  uchun  davlatimiz  о‘sib  kelayotgan  yosh  avlodni  ijtimoiy, 

siyosiy  tomondan  himoyalashni  va  ma’naviy,  ma’rifiy  tomondan 

tarbiyalashni o‘z zimmasiga olib  ijtimoiy,  iqtisodiy,  tabiiy va boshqa  aniq 

fanlami o‘qitish uchun xalqaro talablarga javob beradigan o‘quv qo‘llanma 

va  darsliklar bilan ta’minlash  dolzarb  muammolardan biri  ekanligi  e’tirof 

etilgan.


Ushbu taqdim etilayotgan o‘quv darsligi Oliy ta’lim tizimidagi ta’lim 

oluvchi  biologiya,  ekologiya,  tibbiyot  va  umumiy  chorvachilik 

fakultetlarining  talabalari  uchun  mo‘ljallangan  bo‘lib,  0 ‘zbekiston  milliy 

universiteti ilmiy kengashi tomonidan tasdiqlangan (2003  y.  Toshkent sh.) 

namunaviy o‘quv dasturi asosida tayyorlandi.

Dasturga  kiritilgan 

11 

ta 


tizimning 

hayotiy  jarayonlami 

bajarilishidagi  funksiyalari,  ulami  tashkil  qiluvchi  to‘qimalar,  boshqa 

tashkiliy  qismlari  orasidagi  fiziologik  bog‘lanishlar  to‘lig‘icha  talqin 

qilingan.  Faqat  ayrim  tizimlaming  organizmdagi  hayotiy  jarayonlami 

bajarilishidagi o‘mi, funksiyalari va amaliyotdagi ahamiyati hisobga olinib 

tushungan holda joylari almashtirildi.  Chunki, filogenetik jihatdan qadimgi 

boshqarilish  mexanizmi  bo‘lib,  gumoral  boshqarilish  hisoblanadi.  Turli 

hujayralar va organlarda  moddalar almashinuvi jarayonlari natijasida hosil 

bo‘luvchi  moddalar  qonga  va  limfaga  suriladi  va  butun  tana  bo‘ylab 

tarqaladi.  Bu moddalaming ko‘pchiligi  turli  organlar  faoliyatiga  gumoral 

ravishda ta’sir etadi.



3

Aynan  ana  shu  qadimgi  gumoralli  mexanizm  bazasida  evolyusion 

rivojlanish davomida yangi-asab mexanizmi shakllangan. Bundan tashqari, 

tibbiyot  va  veterinariya  amaliyotida  qon  tarkibi  o‘rganilganidan  keyin 

organlar  tizimlari  faoliyatiga  tavsif beriladi  va  tashxis  qo‘yiladi.  Bizning 

nazarimizda bunday dasturga kiritilgan o‘zgartirishlar biologlar, ekologlar, 

tibbiyot  va  veterinariya  hakamlari  bo‘lish  niyatida  ta’lim  olayotgan 

bakalavrlami fiziologik bilimlami egallashiga salbiy ta’sir ko‘rsatmaydi.

“Odam  va  hayvonlar  fiziologiyasi”  darsligi  eng  awalo  umumiy 

biologiya  yo‘nalishi  va  mutaxassisligi  bo‘yicha  ta’lim  oluvchi  talabalar 

uchun  mo‘ljallangan  bo‘lish  bilan  birga  mavjud  “Odam  fiziologiyasi”, 

“Hayvonlar  fiziologiyasi”  darsliklaridan  farqli  o‘laroq  ham  odam,  ham 

hayvonlar  to‘qimalar,  organlar  tizimlarida  kechayotgan  hayotiy jarayon- 

larga  qiyosiy  talqin  berilganligi  sababli,  tibbiyot  hamda  veterinariya 

fakulteti  talabalari  uchun  ham  fiziologiyani  o‘rganishda  zarur  ommabop 

darsliklardan bo‘lib xizmat etadi deb umid qilamiz.

Ushbu lotin alifbosida  o‘zbek tilida yozilgan  dastlabki  darslik bo‘l- 

ganligi  sababli,  ayrim  xato  va  kamchiliklarga  yo‘l  qo‘yilgan  bo‘lishi 

mumkin.  Shu  sababli  o'quvchilarimizdan  darslikni  yanada  yangi  ma’lu- 

motlar bilan  boyitish,  qanday yo‘llar bilan  talabalarga  manzur  bo‘ladigan 

tomonlarini  yoritish  mumkmligini,  yo‘l  qo‘yilgan  kamchiliklami  tuzatish 

haqidagi  o‘z  fikr  va  mulohazalarini  bildirishlarini  kutib  qolamiz  va 

oldindan minnatdorchiligimizni bildiramiz.



4

KIRISH

Fiziologiyaning predmeti, maqsadi va vazifalari

Fiziologiya  -   tirik  organizmda  kechayotgan  jarayonlar  va  ulami 

o‘rab  turgan  muhitda  hayot  kechirishga  moslashishini 

ta’minlovchi 

jarayonlar  haqidagi  fandir. 

Fiziologiya  odam  va  hayvonlami  yaxlit 

organizmida va uning a’zolari,  to‘qima, hujayralar hamda ulaming tuzilish 

birliklarini tashkil  qiluvchi qismlarida bajarilayotgan funksiyalar bo‘yicha 

qonunlami o‘rganadi.

Funksiya  -   bu  organizmda,  uning  organ  va  to‘qimalarida  tinimsiz 

o‘zgaruvchan atrof-muhit sharoitiga faol holda  moslashishida va shu bilan 

birga  ulaming  o‘zlari  ham  tashqi  muhitga  yetarlicha  ta’sir  ko‘rsatishi 

natijasida yuz beradigan moddalar almashinuvining o‘zgarishi natijasidir.

Fiziologiya  —  eksperimental  fan,  eksperimentlar  esa  laboratoriya 

hayvonlarida  (it,  mushuk,  quyon,  baqa  va  boshqalar)  hamda  maymunlar, 

qishloq xo'jalik hayvonlarida (sigir, ko‘y, echki va boshq.) bajariladi.

Eksperimentlar  ikki  turda,  o‘tkir  va  surunkali  tajribalar  orqali 

bajariladi.

0 ‘tkir  tajribalarda  odatda  hayvon  xushsizlantiriladi  yoki  qimirlay 

ohnaydigan holatga keltirilib,  hech  qanday hayvon hayotini  saqlab  qolish 

qoidalariga  rioya  qilinmagan  holda  operasiya  qilinadi  (tiriklayin  yorib 

ko‘riladi)  va  tajriba  oxirida  esa  hayvon  so‘yiladi.  0 ‘tkir  tajribalarda 

hayvonning  o‘rganilayotgan  organi,  unga kelayotgan nerv  tolalari  va  qon 

tomirlari ochiladi.

Bir  qator  o‘tkir  tajribalarda  a’zolar  maxsus  usullar  yordamida 

to‘qimalar  hayot  faoliyati,  mutadil  moddalar  almashinuvini  saqlash  yo‘li 

bilan  izolyatsiya  qilinadi.  Masalan,  ulardan  o ‘tuvchi  qon  tomirlari  orqali 

kislorod  bilan  boyitilgan  qon,  yoki  uni  о‘mini  almashtiruvchi  eritmalar 

o'tkaziladi  (perfuziya  usuli),  bundan tashqari  alohida a’zolarda  esa  (nerv, 

muskul  va  boshq.)  ulaming  hujayralarini  o‘sha  eritmalarga  joylashtirish 

yo‘li bilan o‘rganiladi.

0 ‘tkir  tajribalaming  kamchiligi  shundan  iboratki,  ular  hayvonning 

to‘qimalarini,  qon  tomirlari  va  nerv  tolalarini  qoplab  turuvchi  po‘stloqlar 

jarohatlanganidan keyinoq notabiiy sharoitlarda bajariladi.

Surunkali  tajribalarda  esa hayvonlar  avvaldan  sterillangan  sharoitda 

operasiya qilinadi  va hayvon to‘lig‘icha  sog‘ayganidan keyin ularda uzoq 

yillar  davomida  mo‘tadil  hayot  sharoitida  tajribalar  o‘tkazish  mumkin. 

Lekin,  surunkali tajribalar davomida operasiya asoratlari, masalan qo‘shni 

a’zolami (katta qorinni)  siljishi  kuzatilishi  mumkin, bu esa o‘rganiladigan

5


organ funksiyasini qisman bo‘lsada buzadi. Hozirda odamlar va hayvonlar 

organizmidagi  muhim  funksiyalami  yer  yuzida  va  hatto  kosmosda  ham 

uzoq  masofadan  turib  radio  uzatgich  va  o‘xshash  tizimlar  yordamida 

organizmni  hayot  faoliyatiga  hech  qanaqa  zarar  yetkazmasdan  televizion 

kuzatishlar olib borish va qayd qilish mumkin.

Odamlar  va  hayvonlaming  bosh  miya,  yurak,  qon  tomirlari,  nafas 

a’zolari,  skelet  mushaklari  va  boshqa  a’zolari  funksiyasining  sog‘lom 

hayot  sharoitiga  salbiy ta’sir ko‘rsatmasdan tashqi yuzaga mahkamlangan 

yoki  ichki  a’zolarga  kiritilgan  (radiopilyuli)  radiouzatgichlar  yordamida 

tadqiqot ishlarini olib borish mumkin.

Elektron asboblar va kompyuterlardan foydalanish esa eksperimentni 

o‘tkazishni  jiddiy  darajada  yengillatish  bilan  birga  uning  davomiyligini 

qisqartiradi.

Hozirgi zamon fiziologiyasida a’zolaming funksiyalarini  o‘rganishda 

modellash  ham  keng  qo‘llanilmoqda.  Modellar  fizik  apparatlar  holida 

bo‘lib,  matematik nazariyalar  asosida yasalgan,  ya’ni  fiziologik jarayonni 

imitiasiya qiladi yoki funksiya tabiiy sharoitda bajariladi.

Fizik  modellardan  foydalanish  yoki  modellar  fiziologik  gipoteza  va 

nazariyalami  to‘g‘riligini  organizmdan  tashqarida  tekshirib  ko‘rish 

imkonini  beradi  va  o‘rganiladigan  jarayon  va  funksiyalami  bajarilishi 

bo‘yicha  tabiat  qonunlariga  qanchalik  to‘g‘ri  kelishi  haqida  yangi 

yechimlarni topishda ya’ni yangi  fiziologik qonunlami  ochish uchun katta 

ahamiyatga  ega.  Masalan,  asab  tizimi,  asab  hujayralari,  sezgi  a’zolari, 

skelet mushaklari faoliyatining sun’iy elektron modellari yaratilgan.

Modellashtirish  muhim  amaliy  ahamiyatga  ega,  ya’ni  kibemetik 

mashinkalardan  aqliy  va  jismoniy  mehnat  qurollari  sifatida  foyda- 

lanilmoqda,  tibbiyotda  esa  ayrim  a’zolami  vaqtinchalik  almashtiradi. 

Masalan,  hisoblash  mashinkalari,  matnlarni  bir  tildan  ikkinchi  tilga 

o‘girish, harakat reaksiyalarining yuzaga kelish  va davomiylik tezliklarini 

aniqlash,  qonning kislorod bilan to‘yinishi,  eritrositlar miqdorini  aniqlash, 

yurak-o‘pka apparati, sun’iy buyraklar va h.k.

Ammo  shuni  qayd  qilish  kerakki,  a’zolaming  kibemetik  elektron 

modellari  ulaming  funksiyasini  jiddiy  ravishda  oseklashtiradi.  Ulaming 

asosiy  farqi  shundan  iboratkim,  ya’ni  modellarda  elektron  jarayonlar 

harakatlansa,  organizmda  esa murakkab  fiziologik va bioximik jarayonlar 

bajariladi.  Fiziologiyada  odam  organizmi  funksiyalarini  o ‘rganish  uchun 

uzoq  vaqtlardan  buyori  aynan  shu  fimksiyasi  dastlab  hayvonlarda 

o‘rganiladi,  ya’ni  hayvonlar  organizmi  odam  organizmining  ancha  qulay 

modeli  hisoblanadi.  Izolyasiya  qilingan  a’zolar,  to‘qimalar  va  hujayralar

6


faoliyatlarini  o'rganish bo‘yicha tajribalami ham modellashtirish mumkin. 

Hayvonlar  organizmini  funksional  qonuniyatlarini  o‘rganish  natijalari 

faqatgina  odamlar  organizmi  funksiyalarini  fiziologik  mexanizmlarini 

ochish uchun foydalanilmasdan, balki hozirgi zamon texnikasida (bionika) 

q o i keladigan yangi kibemetik mashinalar yaratish uchun foydalaniladi.

Hozirgi  zamon  elektronika,  kibemetika,  avtomatika  yutuqlariga 

asoslangan  tabiiy  sharoitda  fiziologik  jarayonlami  chuqur  va  to‘lig‘icha 

o'rganish  tadqiqotchiga  avval  imkoni  bo‘lmagan  yangi  fiziologik 

qonuniyatlarni  ochish  va  hatto  uzoq  vaqt  faoliyat  ko'rsatmagan  a’zoni 

almashtirish imkonini beradi.

Fiziologiyaning  asosiy  vazifasi,  odam  va  hayvonlar  asab  tizimi 

faoliyatining  va  organizmning  o‘ziga  xos  fiziologik  qonuniyatlarini 

ochishdan iborat,  ya’ni  organizmni barcha  hayotiy  ko‘rinishlarini va eng 

awalo  moddalar  va  energiya  almashinuvi,  psixika  va  xulq-atvorni 

boshqarish mexanizmlarini ishlab chiqish uchun zarur.

Demak,  fiziologiya  hayot  hodisalarini  mazmunini  tushuntirishda, 

tirik  organizmning  fizik va  kimyoviy jarayonlarrii  o‘rganishda,  boshqari­

lish mexanizmlarini  ishlab chiqishda,  aynan moddalar almashinuvi,  irsiyat 

va organizmni maqsadli o‘zgarishini ta’minlashda ishtirok etadi.

Fiziologiya  quyidagi  maqsadlarni  o‘z  oldiga  qo‘yadi:  1)  tirik 

organizmdagi  mo‘’tadil  funksiyalami  tinimsiz  ravishda  o‘zgamvchan  va 

rivojlanuvchi  sharoitga  bog‘liq holda bajarilish  qonunlarini  o‘rganadi,  2) 

tirik organizmdagi jarayonlami tarixiy,  filogenetik, xususiy va ontogenetik 

rivojlanishini va ulaming o‘zaro bog‘liqligini o‘rganadi.

Odam  va  hayvonlar organizmidagi  mo‘tadil  funksiyalaming  bajari­

lish  qommlarining  ochilishi  muhim  nazariy  ahamiyatga  ega,  ya’ni 

organizm  faoliyatidagi  hali  o‘rganilmagan  faoliyat  mexanizmlarini  sama- 

rali  o‘rganish  yo‘llarini  aniqlab  beradi.  Ayniqsa  alohida  hujayralaming 

(hujayralar  darajasida),  hujayralaming  tarkibiy  qismlarini  (subhujayra 

daraja)  fiinksiyalarini  va  joylanishi  hamda  hujayralar  molekulalarini 

tuzilishini (molekulyar daraja) o‘rganish juda muhimdir.

Fiziologiyaning qonunlari faqatgina nazariy ahamiyatga ega bo‘lmay, 

balki  xalq  xo‘jaligining  ko‘pgina  jabhalarida  amaliy  ahamiyatga  ham 

egadir.


7

FIZIOLOGIYANING RIVOJLANISHIDA FIZIKA, KIMYO VA 

BOSHQA ARALASH BIOLOGIK FANLARNING ROLI

Hozirgi  fizika  va kimyo  fanlarining  yutuqlari  hujayralar  va  ulaming 

turli  organoidlarini  bir  qator  nozik  tuzilishi  va  funksional  qonuniyat- 

larining  ochilishini  ta’min  etdi.  Dezoksikarbonuklein  (DNK)  va 

ribonuklein  (RNK)  kislotalaming  tuzilishini  o‘rganish,  hujayralarda  oqsil 

sintezlanishining  qonuniyatlarini  ochish  imkonini  berdi.  Nuklein 

kislotalarda  organizmning tuzilish  va  funksional  xususiyatlarini  irsiyligini 

dasturiy  ishtiroki  fiziologiya  uchun  muhim  ahamiyatga  ega.  Fizika  va 

kimyoning  yangi  usullari  asab  tizimini  turli  qismlarini  funksiyalari,  nerv 

yo‘llari  orqali  nerv  impulslarini  o‘tkazilishi  va  nervdan  a’zolarga  o‘tishi 

haqidagi  tushunchalarimizni  ancha  boyitdi  va  organizm  funksiyalarini 

maqsadli  o‘zgartirish  usullari  bilan  qurollantirdi.  Tadqiqotlaming  yangi 

fizik  usullari  yordamida  sezgi  a’zolarining  ilgaridan  ma’lum  bo‘lmagan 

funksiyalari  aniqlandi,  hozirgi  biologik  kimyo  esa  funksiyalaming 

boshqarilishida muhim  ahamiyatga ega bo'lgan ayrim oqsillarni sintezlash 

usullarini ishlab chiqdi.

Fiziologiyaning  rivojlanishi  uchun  organizmdagi  fizik  jarayonlami 

o‘rganuvchi-biofizika  va  organizmda  ximik  jarayonlami  o‘rganuvchi- 

biokimyoning ahamiyati o‘ta muhimdir.

Fiziologik  tahlillar  uchun  hozirgi  zamon  matematik  usullari  va 

kibemetika  hamda  avtomatik  boshqarish  usullaridan  keng  foydalanil- 

moqda,  ya’ni  bu usullar  sezgi  a’zolari  va  asab tizimi,  taktil  sezgisi,  xulq- 

atvor va o‘rgatish fiziologiyalarini o'rganishda, juda samarali hisoblanadi. 

Eksperimentlaming  natijalarini  hisoblash  va  tahlil  qilish  uchun  elektron- 

hisoblash mashinkalaridan foydalanilmoqda.

Biologiya  «Organik  dunyo  dinamikasi»  haqidagi  fan  bo‘lish  bilan 

birga  (K.A.Timiryazev),  organizmlar  evolyusiyasi  va  ular  funksiyalari 

qonuniyatlari  haqida  fiziologiyaning,  aynan  evolyusion  fiziologiyaning 

rivojlanishiga jiddiy ta’sir ko‘rsatdi.  Olz navbatida  fiziologiya ham  ayrim 

organizmlar  hayotiy  jarayonlarini  umumbiologik  qonuniyatlar  asosida 

o‘rganuvchi  biologiyaning  bir  qismi  sifatida  biologiyaning  rivojlanishi 

uchun muhim ahamiyatga ega.



FIZIOLOGIYANING ASOSIY BO‘LIMLARI VA UNING BOSHQA 

FANLAR ORASIDAGI 0 ‘RNI

Fiziologiya nihoyatda xilma-xil  fanlar bilan,  birinchi  galda biofizika 

va biokimyo  fanlari bilan chambarchas bog‘liq.  Molekulyar biologiyaning 

hozirgi  zamon  yutuqlariga  tayanib,  organizmdagi  hayotiy  jarayonlar



8

zaminida  asosan  fizik  va  kimyoviy  qonuniyatlar  mavjud  deyishimiz 

mumkin.  Bu  esa  hayotiy  jarayonlaming  ro‘yobga  chiqishida  fizik- 

kimyoviy  jarayonlar  ulushining  benihoya  kattaligidan  dalolat  beradi. 

Keyingi  paytda  fizika  va  kimyoning  hayotiy  jarayonlami  o‘rganadigan 

biokimyo  va  biofizika  fanlari  alohida-alohida,  mustaqil  fan  bo‘lib 

shakllandi. Organizmdagi hujayralar,  to‘qimalar a ’zolar, a’zolar tizimlarini 

tuzilish elementlaridan ajratib alohida o‘rganib bo‘lmaydi.  Chunlci muayan 

funksiyaning  asosida  ma’lum  bir  struktura,  tuzulish  shakli  bo‘ladi.  Shu 

sababli  fiziologiya  anatomiya,  gistologiya,  sitologiya  kabi  morfologik 

fanlar  bilan  uzviy  bog‘langandir.  Fiziologiya  fani,  patologik  fiziologiya, 

patalogik anatomiya va boshqa klinik fanlar bilan doimiy ravishda aloqada 

bo‘ladi.  Zotan  fiziologiya  sog‘lom  organizm  funksiyalarini  normal 

sharoitda  o‘rgansa,  patologik  fiziologiya  kasal,  bemor  organizm 

funksiyalarini  nonormal-patologik  sharoitda,  patologik  anatomiya  esa 

o‘lgan tizimlardagi o‘zgarishlami o‘rganadi.

Fiziologiya  fanining  usullaridan,  yutuqlaridan  klinikada  keng 

qo‘llanganligi  sning  klinik  fanlar  bilan  ham  yaqin  aloqada  bo‘lishidan 

dalolat  beradi.  Organizmning  turli  funksiyalarini  mexanizmni 

tushunib 

etishda kibemetikaning  ahamiyati katta bo‘lmoqda.  Gap  shundaki  so‘nggi 

yillarda  fiziologiyada  funksiyalami  modellashtirish  usuli  keng  qo‘llanil- 

moqda.  Benihoya  murakkab  asboblar  yordamida  qanday  bo‘lmasin  biror 

funksiya  mohiyatini  tushuntiradigan  maxsus  mexanizmlar  yaratilmoqda. 

Ana  shunday  mexanizmlar-moddalar  u  yoki  bu  organizmning  ishlash 

tamoyillarini  bilib  olish,  uning  fimktsional  mohiyatini,  boshqarilish 

mexanizmlarini  tushunib  olish  imkonini  bermoqda.  Fiziologiya  funksiya­

lami  tarixiy  va  individual  taraqqiyot  davrida  o‘zgarib  borishini  o‘rganar 

ekan,  umumiy  biologiyada  evolyutsion  ta’imotga,  embriologiyaning 

ma’lumotlariga tayanadi.

Fiziologiya  chorvachilik  va  veterinariyaning  barcha  bo‘limlari  bilan 

chambarchas  bo‘gliq.  Chunki  bu  ihtisosdagi  fanlarga  fiziologiya  faqat 

ilmiy asos bo‘lib xizmat qilib qolmasdan, balki ulaming yutuqlaridan keng 

ko‘lamda  foydalanib,  o‘zining  rivojlanishi  uchun  ham  keng  yo‘l  ochib 

oladi.  Fiziologiyaning  amaliy  ahamiyati  katta,  bu  fanni  bilmasdan  turli 

kasalliklar  paytida  organizm  funksiyalarini  qay  tarzda  va  nechog‘li 

buzilishini  tushunib  bo‘lmaydi.  Hayvonlarni  urchitish,  oziqalantirish, 

parvarish  qilish,  kasalliklaming  oldini  olish  va  davolashda  fiziologiyani 

bilish zarur.

Ayniqsa  odamlar  fiziologiyasining  rivojlanishi  muhim  nazariy  va 

amaliy  ahamiyatga  ega,  ya’ni  o‘z  navbatida  bu  fan  mehnat,  jismoniy



9

tarbiya  va  sport,  oziqlanish,  aviatsiya,  kosmik,  yosh  va  boshqa 

fiziologiyalarga ham bo‘Iinadi.

Organizmning  tuzilishi  va  funksiyalari  o ‘zaro  uzviy  bog‘liq  bo‘lib, 

filogenetik  va  ontogenetik  rivojlanishlarning  natijasi  hisoblanaldi. 

Shunday  qilib  funksiya  bajarilishida  moddalar  almashinuvi  o‘zgaradi,  bu 

esa  o‘z  navbatida  organizmning  ham  funksiyasini  o‘zgartirishi  mumkin, 

ya’ni  funksiyalaming  birligi  va  asosiy  ko‘rsatkichi  funksiyaning  o‘zi 

hisoblanadi.  Morfologik o‘zgarishlar va fiziologik  jarayonlar ham bir-biri 

bilan  mustahkam  bog‘liq.  Demak,  fiziologiya  odam  va  hayvonlar 

tanasining  tuzilishi  va  uning  tuzilmalarining  rivojlanish  qonuniyatlarini 

o‘rganuvchi  -   anatomiya,  organizm  to'qimalarming  optik  va  elektron 

mikroskopik tuzilishi haqidagi fan-gistologiya va hujayralar hayot faoliyati 

va  tuzilishi  haqidagi  —  sitologiya  fanlari  bilan  chambarchas  bog‘liqdir. 

Fiziologiyaning ayrim qismlari ijtimoiy fanlaming tabiiy-ilmiy asosi bo‘lib 

xizmat qiladi.

Sezgi  a’zolari  va  asab  tizimi  fiziologiyalari  falsafa,  psixologiya  va 

pedagogika bilan bevosita bog‘liqlikga ega.

TIBBIYOT VA CHORVACHILIK UCHUN ODAM VA 

HAYVONLAR FIZIOLOGIYASINING AHAMIYATI

Fiziologiya  -   tibbiyotning  nazariy  asosi.  Hujayralaming  hayot 

faoliyati  qonunlari,  uning  molekulyar  tuzilishidagi  mo‘’tadil  o‘zgarishlar 

ahamiyatini, 

uning 

tashqi 


muhit 

bilan 


birgalikdagi 

moddalar 

almashinuvini,  to‘qima  va  a’zolar  hayot  faoliyati  qonunlarini,  odam  va 

hayvonlar organizmining uni  o‘rab  turavchi  sharoit bilan  alotjasini,  uning 

barcha  funksiyalarini bajaralishidagi  tashqi muhit sharoitlari  rolini chuqur 

bilmasdan  turib,  funksiyalaming  buzilish  qonuniyatlarini  ochish, 

kasalliklarining  oldini olish va davolash mumkin emas.

Fiziologiya  qonuniyatlarini  ochish  -   hayotning  davomiyligini 

uzaytirishi,  sog‘liqni  saqlashni  ratsional  tashkil  qilish  va  mehnat  hamda 

yashash  sharoitini  yengillashtirish,  kasalliklami  oldini  olish  va 

davolashning yangi usullarini yaratish uchun zarurdir.

Xavfnining  oldini  oluvchi  va  davolovchi  tibbiyot,  ichuvchilik  va 

chekishga  qarshi  kurash  eng  awalo  tizimli  mehnat  faoliyati  va  sog‘lom 

turmush  tarzi  bilimlariga  asoslangandir.  Masalan,  mehnat  fiziologiyasini 

bilish  charchashni  oldini  olish,  qon  fiziologiyasi  esa  qon  quyishni  tashkil 

qilish va h.k.  imkoniyatlarini yaratadi.

Fiziologiya  -   ijtimoiy  va  xususiy  gigiyenalar,  onalar  va  bolalar 

sog‘ligini saqlash, maktab gigiyenasi, mehnatni to‘g‘ri tashkil qilish, uning

10


unumdorligini  oshirish,  maktablarda  o‘qitish  va  ishlab  chiqarish 

jarayonlarini tashkil qilishning asosi hisoblanadi.

Oziqlanish  fiziololgiyasi -  jamoaviy va xususiy ovqatlanishni to‘g ‘ri 

tashkil  qilish  haqida  amaliy  bilimlar  beradi.  Iqlimiy  fiziologiya  tashqi- 

tabiiy  muhit  omillarini  dozalash  haqida  tavsiyalar  beradi.  Aviatsion  va 

kosmik  fiziologiyalar  parvoz  paytida  odam  sog‘ligini  saqlashni  ilmiy 

jihatdan asoslaydi.

О‘sib  kelayotgan  yosh  avlodni  tug‘ilganidan  boshlab  jismonan 

baquvvat,  aqlan  va  jismonan  barkamol  qilib  tarbiyalash,  o‘smir  va 

yoshlami mehnatga o‘rgatish,  barcha  turdagi  ommaviy  sport va jismoniy 

madaniyatni qo‘llab-quvvatlash yoshga oid fiziologiya va jismoniy hamda 

sport fiziologiyasi  ma’lumotlariga  asoslanadi.  Odam  -  yosh  fiziologiyasi 

va ayniqsa nerv tizimi,  sezgi a’zolari fiziologiyasi, yoshga oid va umumiy 

psixologiya va pedagogikaning nazariy asosi hisoblanadi.

Qishloq xo‘jalik hayvonlari, parrandalar va baliqlar fiziologiyasi xalq 

xo'jaligida  muhim  ahamiyatga  ega.  Ayniqsa  qishloq  xo‘jalik  hayvonlari 

xulq-atvorini 

maqsadli 

ravishda 

o‘zgartirish, 

ulami 

saqlash 


va 

oziqlantirish,  yangi  zotlar  yaratish,  go‘sht-sut  mahsulotlari  ishlab 

chiqarishni  ko‘paytirish,  serpushtlikni  oshirish,  baliqlami  o‘rgatishda 

fiziologiyaning o‘mi salmoqlidir.

Hasharotlar fiziologiyasi, zararkunanda hasharotlarga qarshi kurashda 

va  aksincha  foydali  hasharotlami  (masalan,  asalarini)  urchitish  va 

parvarishlashda muhim amaliy ahamiyatga ega.



Download 14.15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   51




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling