Ra’noguldoshlar oilasiga mansub dorivor o’simliklar


Download 7.84 Kb.
Sana17.06.2023
Hajmi7.84 Kb.
#1527265
Bog'liq
RA’NOGULDOSHLAR OILASIGA MANSUB DORIVOR O’SIMLIKLAR


RA’NOGULDOSHLAR OILASIGA MANSUB DORIVOR O’SIMLIKLAR

Na’matak - Rosa turkumi 1-3 m balandlikdagi tikanli butalardan tashkil topgan. Barglari toq, patsimon, murakkab, yonbargchali. Gullari aktinomorf, 2 jinsli, yirik, oq pushti, sariq rangli, gulqo’rg’oni murakkab. Gulkosacha va gultojibarglari 5 tadan, changchi va urug’chilari ko’p. Mevasi soxta meva. Turkum 120 ga yaqin turni birlashtiradi. Shulardan O’zbekistonda 13 turi tabiiy holda o’sadi va bir nechta turlari manzarali o’simlik sifatida ekiladi.


Na’mataklar ichida itburun na’matak (R. canina) O’zbekistonda keng tarqalgan. Mevasi (gipantiya)dan dorivor xomashyo sifatida, urug’idan o’stirilgan ko’chatlaridan atirgullarni payvand qilish uchun payvandtag sifatida foydalaniladi. Na’mataklar atirgullarning kelib chiqishidagi asosiy manba hisoblanadi.
Na’matak mevasi tarkibida 4-6 %, ba’zan 18% gacha vitamin C, 0,3 mg % vitamin B2, K1, 12-18 mg % karotin, 18 % qandlar, 4-5% oshlovchi moddalar, 2 % atrofida limon va olma kislotalari, 3,7 % pektin va boshqa moddalar bo’ladi. Na’matak urug’ida moy, ildizi va bargida esa oshlovchi moddalar bo’ladi. Na’matak o’simligining mevasi tarkibida bir necha xil vitaminlar aralashmasi bor, shu sababli preparatlari avitaminoz kasalliklarini davolashda va oldini olishda ishlatiladi. Bundan tashqari, na’matak mevasi konditer sanoatida mahsulotlarni vitaminlashtirish uchun qo’llaniladi. Na’matak turlarining mevasidan karotolin preparati va na’matak moyi tayyorlanadi. Karotolin mevaning yumshoq etli qismining moyli ekstrakti bo’lib, tropik yaralar, ekzema (gush), eritrodermitning ba’zi turlari va yaralangan shilliq pardalarni davolash uchun surtiladi yoki dokaga shimdirilib, shikastlangan joyga qo’yiladi. Na’matak moyi maxsus usul bilan mevadan tayyorlanadi. Moyni tropik yaralar, dermatozlar, sassiq dimog’, yarali kolit, yotoq va boshqa yara, yorilishlarni davolash uchun ularga surtiladi yoki dokaga shimdirilib, qo’yiladi.
Olmadoshchalar oilachasi Nok (Pyrus), Olma (Malus), Behi (Cydonia), Irg’ay (Cotoneaster), Do’lana (Crataegus) kabi O’zbekistonda keng tarqalgan va xalq xo’jaligi bilan uzviy bog’langan turkumlarni o’z ichiga oladi.
Raʼnodoshlar, atirguldoshlar (Rosaceae) — ikki urugʻ pallali õsimliklar oilasi. Daraxt, buta va õtlardan iborat. Barglari ketmaket joylashgan. Gullari toʻgʻri, asosan, ikki jinsli, yakka yoki koʻpincha toʻpgulda õʻrnashgan. Changchisi koʻp; meva barglari bitta va koʻp boʻladi. Mevasi — poʻstli, koʻsakcha, olma, danak va boshqa koʻrinishda boʻladi. Baʼzi madaniy R.da mevalar partenokarp va urugsiz tuzilgan. 100 ga yaqin turkumi (3000 dan ortiq turi) bor. Butun yer sharida Tapkalgan. Asosan, Shim. yarim sharning moʻʼtadil va subtropik hududlarida tarqalgan. Oʻzbekistonda 38 turkumga mansub 266 turi usadi. R. oilasi koʻpincha quyidagi kenja oilalar: tobulgidoshcha lar (mevasi — koʻp poʻstli); olmadoshchalar (mevasi— olma); atirguldoshchalar (mevasi — koʻp koʻsakcha); ol xoʻridosh ch alar (mevasi — danakcha)ga boʻlinadi.R.ga mevali (olma, nok, behi, olcha, olvoli gilos, olxoʻri, oʻrik, shaftoli va boshqalar), rezavor mevali (malina, qulupnay, maymunjon va boshqalar), manzarali (atirgul, tobulgʻi va boshqalar) oʻsimliklar kiradi.
Bu oilaga shimoliy yarimsharning mo’tadil iqlimli mintaqalarida o’sadigan 120 turkumga mansub 3000 ga yaqin turdagi daraxt, buta va ko’p yillik o’tlar kiradi. O’zbekistonda uning 35 turkumga mansub 153 turi o’sadi.
Ra’nodoshlarning barglari yonbargchali, oddiy, uchga bo’lingan, panjasimon, patsimon yoki murakkab, poyada ketma –ket o’rnashgan. Gullari yakka-yakka, barg qo’ltig’ida o’rnashgan yoki shingil, qalqon, soyabon shaklidagi to’pgullarda joylashgan, ikki jinsli, hashorotlar yordamida changlanadi. Gulqo’rg’oni murakkab, to’g’ri, ko’pincha 5 a’zoli. Gul tojbarglari 5 ta, qo’shilmagan. Changchilari ko’p. Urug’chisi 5tagacha yoki undan ham ko’p. Tugunchasi 1-5 uyli. Mevasi – quruq (yong’oqcha, to’pbargak) yoki ho’l (bir yoki ko’p danakli meva yoki soxta meva).
Download 7.84 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling